НЕКОТОРЫЕ ВОПРОСЫ КАЧЕСТВА ОБРАЗОВАНИЯ В ВУЗАХ

Аннотация

В данной статье рассматриваются реформы, проводимые в нашей республике по повышению качества образования, организации учебного процесса в соответствии с требованиями времени, роль высших учебных заведений в подготовке квалифицированных кадров, потенциал студентов., компетентность профессоров и преподавателей, и важность зарубежного опыта в образовательном процессе.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Джумаева G. (2023). НЕКОТОРЫЕ ВОПРОСЫ КАЧЕСТВА ОБРАЗОВАНИЯ В ВУЗАХ. Экономическое развитие и анализ, 1(7), 55–58. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/44845
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье рассматриваются реформы, проводимые в нашей республике по повышению качества образования, организации учебного процесса в соответствии с требованиями времени, роль высших учебных заведений в подготовке квалифицированных кадров, потенциал студентов., компетентность профессоров и преподавателей, и важность зарубежного опыта в образовательном процессе.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr

www.e-itt.uz

55



OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TA’LIM SIFATINING AYRIM MASALALARI

Djumayeva Guzal Axtamovna

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Annotatsiya.

Mazkur maqolada

ta’lim sifatini oshirishda respublikamizda olib borilayotgan

islohotlar, o’quv

jarayonini davr talablariga mos holda tashkil etish, malakali kadrlarni tayyorlashda oliy

ta’lim muassasalarining o’rni, talabalar salohiyati, professor

-

o’qituvchilarning kompitentligi va ta’lim

jarayonida xorij tajribasining ahamiyati kabi masalalar o’rganilgan.

Kalit so’zlar:

oliy ta’lim, ta’lim sifati, talaba, professor

-

o’qituvchi, nazariya va amaliyot, dual ta’lim.

НЕКОТОРЫЕ ВОПРОСЫ КАЧЕСТВА ОБРАЗОВАНИЯ В ВУЗАХ

Джумаева Гузаль Ахтамовна

Самаркандский институт экономики и сервиса

Аннотация

.

В данной статье рассматриваются реформы, проводимые в нашей республике

по повышению качества образования, организации учебного процесса в соответствии с
требованиями времени, роль высших учебных заведений в подготовке квалифицированных

кадров, потенциал студентов., компетентность профессоров и преподавателей, и важность
зарубежного опыта в образовательном процессе

.

Ключевые слова:

высшее образование, качество образования, студент, профессор

-

преподаватель, теория и практика, дуальное образование.

SOME ISSUES IN THE QUALITY OF EDUCATION IN UNIVERSITIES

Djumaeva Guzal Akhtamovna

Samarkand Institute of Economics and Service

Abstract.

. This article discusses the reforms implemented in our republic to improve the quality of

education, organization of the educational process in accordance with the requirements of the time, the
role of higher educational institutions in the educating qualified personnel, and the potential of student,

the competence of professors and teachers, and issues such as the significance of foreign experience in the
educational process.

Key words:

higher education, quality of education, student, professor-teacher, theory and practice,

dual education.


Kirish.

Bugungi kunda barcha sohalar singari ta’lim sohasini ayniqsa oliy ta’lim tizimini isloh qilish,

jamiyatimizning turli yo’nalishlari uchun yetuk, malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlash dolzarb
vazifalardan biri bo’lib qolmoqda va bu borada bir qator chor

a-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda,

xususan “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunning 2020

-yil 23-sentyabrda yangi tahrirda qabul qilinishi (Qonun,

2020), Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2023-

yil “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb

e’lon

qilinishi

34

, shulardan biri sifatida jahon xalqaro standart talablariga javob beradigan yuqori

malakali kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi

Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi

“O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim ti

zimini 2030-yilgacha

rivojlantirish konseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi Farmonining qabul qilinishi ham o’z mazmuniga

34

https://www.gazeta.uz/oz/2022/12/20/sifatli-talim/

VII SON - NOYABR, 2023

UO‘K: 378.4

55-58


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr

www.e-itt.uz

56

ega (Farmon, 2019). Bunday chora-

tadbirlardan ko’zlangan asosiy maqsad nafaqat milliy darajada, balki

xalqaro talablarga javob beruvchi malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdir.

Prezidentimiz ta’kidlaganidek, ta’lim sifatini oshirish Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu

yagona to‘g‘ri yo‘lidir: «Yusuf Xos Hojib bobomiz aytganlaridek, „Zakovat bor joyda ulug‘lik bo‘ladi, bilim

bor joyda buyuklik bo‘ladi“. Shuning uchun ushbu s

ohada boshlagan islohotlarimizni davom

ettirishimiz, ta’lim dargohlariga borib, o‘qituvchi va murabbiylar bilan ko‘proq muloqot qilib, sifatni

oshirish bo‘yicha ular qo‘ygan masalalarni birgalikda hal qilishimiz zarur».

35

Adabiyotlar sharhi.

H

о

zird

а

kunda mamlakatimiz

о

liy t

а’lim tizimidа

k

а

drl

а

r t

а

yy

о

rl

а

sh sif

а

tini

о

shirish eng muhim

va dolzarb, t

а

k

о

mill

а

shtirishi b

о

r

а

sid

а

keng k

о‘lа

md

а

gi ilmiy t

а

dqiq

о

t ishl

а

ri

а

m

а

lg

а

о

shirilm

о

qd

а

.

Oliy ta’limda sifatni baholash masalasi XX asrning oxirida dunyo miqyosida eng dolzarb masala

sifatida maydonga chiqdi. Birlashgan millatlar ta’lim, bilim va madaniyat tashkiloti –YUNЕSKO (United

Nations Edusational, Ssientifis and Sultural

Organization) tomonidan 1998 yilda o‘tkazilgan kon

-

ferensiyada butun dunyo dekleratsiyasi qabul qilindi va uning 11-

moddasi “Sifatni baholash” deb

nomlandi. Bunda oliy ta’lim sifati ko‘p o‘lchamli konsepsiyadan iborat ekanligi ta’kidlandi. Ushbu

konsep

siyada o‘quv va akademik dasturlar, ilmiy tadqiqot ishlari, professor

-

o‘qituvchilar, talabalar,

o‘quv binolari, moddiy

-texnika bazasi, jihozlar, jamiyat uchun sifatli kadrlar tayyorlash, akademik

muhit si-fatni belgilovchi dasturlar keltirilgan. Shu

ningdek, sifatni baholaydigan tashkilotlar to‘g‘risida

ham ma’lumotlar beriladi. Lekin, “oliy ta’lim sifati” tushunchasini yoritib berish va uning ijtimoiy

-

iqtisodiy izohi bo‘yicha yakuniy to‘xtamga kelinmagan

(Farmon, 2019).

Mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash bu

tizimning eng muhim vazifalaridan hisoblanadi. Bu borada mamlakatimiz va xorijda soha

mutaxassisslari va olimlari o’zlarining ilmiy izlanishlarini olib borishgan.

Maqolaning nazariy va metodologik asosini xorij olimlaridan Dronishines (2002), Potashnik

(2015)

kabi olim va mutaxassislar o’zlarining ilmiy izlanishlari va asarlarida olib borishgan.

Ta’lim tizimi sifatini oshirishda innovatsion faoliyatni samarali qo‘llashning nazariy va amaliy

muammolarini O‘zbekiston olimlaridan Peregudov

(2003), Saidov (2002) va boshqalarning asarlarida

tadqiq etilgan.

Oliy ta’limda sifat ko‘p qirrali, ko‘p darajali va dinamik tushuncha bo‘lib, u ta’lim modelining

mazmuniy birligiga, muassasaning missiya va vazifalariga hamda o‘ziga xos ma’lum standartlarga
bog‘liqdir

(

Дронишинец

, 2002).

Ta’lim va ta’lim sifatini tadqiq qilgan Potashnik

(2015) va boshqa

larning fikricha, ta’lim

boshqaruvi fanning nazariy-metodologik asosini tizimli, funksional, sinergetik, faoliyatli, vaziyatli,

refleksiv, milliy-hududiy va natijaga asoslangan yondoshuvlar tashkil etadi. Mazkur yondashuvlar

ta’limda samarali boshqaruv faoliyatini amalga oshirish uchun nazariy asos bo’lib xizmat qiladi.

Kampbel va Roznianing (2002)

fikricha, sifat baholanmaydi va o‘lchanmaydi, balki ilm ahli

tomonidan sifatning qayerda va qachon ta’minlanishi tan olinadi

.

Iqtisodchi olim Vaxabovning

(2023)

fikricha,

oliy ta’lim va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi

bog‘liqlikning kuchayib borishi oliy ta’lim sifatiga bo‘lgan talablarni o‘z

-

o‘zidan (avtomatik tarzda)

shakllantirgan. Bunda oliy ta’lim iqtisodiyotning bir tarmog‘i bo‘lib hisoblangan va oliy ta’lim natijalari

iqtisodiyot tarmoqlari tal

ablariga javob berishi talab etilgan. Chunki, o‘zgaruvchan sivilizatsiyalar va

globallashuv davrida mamlakatning raqobatbardoshligi ko‘p jihatdan oliy ta’lim sifati darajasiga
bog‘liq, u qanchalik yuqori bo‘lsa, davlatning xalqaro bozordagi raqobatbardo

shligi shunchalik yuqori

bo‘ladi. Ushbu omillar oliy ta’limni bozor mexanizmlariga to‘liq bo‘ysunadigan sohaga aylantirdi,

iqtisodiy sohalar bilan aloqasida muhim

ahamiyat kasb etdi va bugungi kunda ta’lim sifati bozor orqali

namoyon bo‘lmoqda

.

Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqot jarayonida qiyosiy tahlil usuli orqali oliy ta’lim sifa

-

tining umumiy va o‘ziga xos bo‘lgan

jihatlar aniqlandi. Abstraksiyalash usuli yordamida turli xil fikrlarni umumlashtirilgan natijalari

shakllandi, shuningdek nazariy-emperik metodlar, analiz va sintez, taqqoslash, deduksiya usullaridan

foydalanildi. Bu esa oliy ta’lim sifatini ta’minlash bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy hodisalarning

muayyan guruhini kuzatishga va uning asl mazmunini bilib olishga imkon berdi.

35

https://www.gazeta.uz/oz/2022/12/20/sifatli-talim/


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr

www.e-itt.uz

57

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Yangi O’zbekistonnning ijtimoiy

-iqtisodiy rivojlanishida zamonaviy bilim va yangicha

yondashuvlarga ehtiyoj mavjud. Ta’lim sifatini oshirishda o’quv jarayonini davr talablariga mos holda

tashkil etish, davlat

(tarmoq) ta’lim standartlari va o’quv dasturlarini xorij amaliyotidan kelib chiqib

takomillashtirib borish, yangi avlod o’quv adabiyotlarini yaratish, zamonaviy pedagogik va axborot

texnologiyalaridan foydalanish hamda ularni mukammallashtirib borish davr talabi hisoblanadi. Bu

borada oliy ta’lim muassasalarida quyidagi bir qator muammolar ko’zga tashlanadi:

Birinchidan, hozirgi kunda oliy ta’limdagi barcha talabalarni oliy ta’lim darajasida bilimli

salohiyatli deya olmaymiz, chunki bir yo’nalishda yoki guruhda tahsil olayotgan talabalarning bilim
salohiyati turlicha, OTMda o’qish uchun bilim salohiyati yetmas

ada moliyaviy salohiyati buni ko'taradi,

ya’ni tabaqalashtirilgan to’lov

-

kontrakt to’lay oladi va aksincha, bilimlarni egallashga salohiyatli

talabgorlarning iqtisodiy imkoniyatining yo’qligi, ular aksariyatining oliy ma’lumot olishiga to’siq

bo’ladi.

Ikkinchidan, bilamizki, OTM kredit-

modul tizimiga o’tib bormoqda hamda ta’lim jarayoni

HEMIS(Higher Education Menegment Information System) dasturida olib borilmoqda. Bu hozirgi

jarayonda kredit-

modul tizimi ham, HEMIS dasturi ham to’

liq talablarga javob beradigan darajada

ishlayapti deb ayta olmaymiz. HEMIS dasturi bo’yicha o’qituvchi

-

professorlarga har o’quv yilida master

-

klasslar o’tilishi lozim, chunki HEMIS dasturining o’zi ham takomillashtirilib borilayapti.

Kredit-

modul tizimi to’liq talab darajasida ishlasagina kafedralarda o’qituvchi

-

professorlar o’z

ustida yanada ko’proq ishlaydilar, raqobatlashadilar va (shunga muvofiq oylik maosh olishlarini bilgan
holda) talabalarni ko’proq qamrab olishga harakat qilish

adi.

Uchinchidan, yana bir muammolardan biri bu moddiy-

texnik ta’minot bilan ta’minlanganlik

darajasi. Aksariyat OTMning o’quv binolari sig’imining yetishmasligi, ya’ni tabaqalashtirilgan to’lov

-

kontarkt asosida o’qiyotgan talabalar sonining oshishi hisobiga OTM qo’shimcha va(yoki) ijaraga
olingan binolarda o’quv jarayonlari tashkil etilmoqda. Bu esa OTMda tahsil olayotgan talabalarning

hammasiga ham bir xil zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta’minlangan o’quv(ma’ruza)

xonalarida tahsil olish imkoniyatini yaratmaydi. Bu esa professor-

o’qituvchilarning o’quv

mashg’ulotlarining samarali o’tishiga hamda talabalarning o’zlashtirishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

To’rtinchidan,

professor-

o’qituvchilarning kasbiy kompitentlik masalasi. Professor

-

o’qituvchilarni ham ikki toifaga ajratishimiz mumkin bo’ladi, ya’nikim an’anaviy dastur asosida dars

o’tadigan o’qituvchilar hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida interfaol usullarni qo’llagan
holda dars mashg’ulotlarini olib boradigan o’qituvchi

-professorlar. Bilamizki, interfaol usullarni

qo’llash albatta o’qituvchidan ma’lum darajada fanga(mavzuga) ilmiy

-ijodiy ham iqtisodiy jihatdan

tayyorgarlikni talab qiladi,

ammo har ikkala toifa o’qituvchi

-professorlar bir xil maosh oladi, moliyaviy

manfaatdorlik bo’lmaganidan keyin o’z ustida ishlamay qo’yadi. Bu ta’lim sifatining pasayishiga olib

keladi.

Beshinchidan, nazariya bilan amaliyotning bir-

biridan uzilib qolganida, darslik, o’quv

qo’llanmalarning hozirgi zamon yangiliklari va o’zgarishlarni qamrab olmayotganligi, bu esa nazariy

bilimlar amaliyotdan orqada qolishiga ta’lim sifatining pasayishiga o

lib keladi. Ish beruvchilarning OTM

bilan hamkorligining yo’qligi, yoki bo’lsada ayrim yo’nalishlardagina ma’lum foizlarni tashkil etadi

xolos.

Ta’kidlash joizki, OTMlarda “Ta’lim to’g’risida”gi qonunda ko’rsatilgan dual ta’limni rivojlantirish

va yanada takomillashtirishni talab qiladi.

Oltinchidan, OTMda talabalar tomonidan bajariladigan kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlar,

malakaviy amaliyot mavzularinig yillar davomida bir xil shakl va mazmunda saqlanib qolayotganligi, bu

borada talabalarning shaxsiy va kasbiy rivojlanishining susay

ishi ko’zga tashlanadi.

Х

ul

о

s

а

v

а

t

а

klifl

а

r.

Ushbu maqolada

OTMning ta’lim sifati ko’rsatkichlariga ta’sir qiladigan ayrim muammolari bayon

etilgan bo’lib, bularni bartaraf etishda quyidagi takliflar ishlab chiqildi:

-

O’qituvchi

-professorlarning pedagogik mahoratini, kasbiy kompitentligini oshirish maqsadida

xalqaro tajribalarga (UNISEF, UNESCO, xorijiy 500 talikka kirgan OTM tajribalariga) asoslangan master

klasslarda ishtirokini ta’minlash;

-

OTMlarda dual ta’limni rivojlantirish;


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr

www.e-itt.uz

58

- OTMda talabalar tomonidan bajariladigan kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlar, malakaviy

amaliyot mavzularning tarkibiy jihatdan yildan-

yilga takomillashtirilib, yangilanib borilishi ta’minlash;

-

malakaviy ishlar, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalaridan iborat ilmiy texnik ma’lumotlar

elektron bazasini yaratish, kelgusidagi ilmiy texnik ma’lumotlar yangiligini ta’minlash maqsadida

antiplagiat tizimidan foydalanishni keng joriy etish;

Yuqoridagi muammolar va takliflarning joriy etilishi OTMda professor-

o’qituvchilarning

malakasini muntazam oshirish, bunda alternativ usullarni qo’llash hamda tinimsiz izlanishlarni yo’lga
qo’yish kabi vazifalarni amalga oshirishni taqazo etadi. Bu o’z navbatida pedagoglarga katta mas’uliyat

yuklaydi.

Shuningdek, talabalar

о‘rtа

sid

а

s

оg‘lо

m r

а

q

о

b

а

t muhiti t

а

k

о

mill

а

sh

а

di; OTMda tayyorlanay

о

tg

а

n

k

а

drl

а

rning j

а

h

о

n miqy

о

sid

а

gi r

а

q

о

b

а

tb

а

rd

о

shligi

о

rt

а

di; ishl

а

b chiq

а

rish v

а

t

а’lim о‘rtа

sid

а

gi

integr

а

tsiy

а

kuch

а

y

а

di; ilmiy t

а

dqiq

о

t n

а

tij

а

l

а

rining s

а

m

а

r

а

d

о

rligi

о

rt

а

di.

Oliy ta’lim sohasida sifatning ta’minlanishi provardda yetuk kadrlar tayyorlashga sabab bo‘ladi.

Adabiyotlar / Литература / Literature

:

Campbell C., Rozsnyai C. (2002) Benchmarking for Higher Education Programmes.

Bucharest:

UNESCO-CEPES,.

p.223.

Вахабов, А., & Хўжаханов, М. (2023). “ОЛИЙ ТАЪЛИМ СИФАТИ” ИЛМИЙ КАТЕГОРИЯСИ ВА

ИЖТИМОИЙ

-

ИҚТИСОДИЙ

МОҲИЯТИ.

Iqtisodiyot

Va

taʼlim,

24(2),

335

341.

https://doi.org/10.55439/ECED/vol gygyytttyy24_iss2/a10

Дронишинец Н.П. (2002) Проблемы управления системой высшего образования в Японии //

Университетское управление.

- 1. -

С. 70

-79.

Каримов А.А., Перегудов Л.В. (2003) Основы системы мониторинга и управления

качеством высшего образования. –Т.

Қонун

(2020

) Ўзбекистон Республикасининг ―Таълим тўғрисидаги ЎРҚ

-637-

сонли Қонуни.

https://lex.uz/docs/5013007

Перегудов Л.В., Саидов М.Х. (2002) Олий таълим менежменти ва иқтисодиёти: Ўқув

қўлланма.

-

Т.: Молия,

-

184 б

Поташника М.М., Лазарева

B.C

. (2015) Управление развитием школы: пособие для

руководителей образовательных учреждений./–М.: Новая школа.

Фармон (2019) Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 8 октябрдаги

“Ўзбекистон Республикаси

олий таълим тизимини 2030 йилгача ривожлантириш концепциясини

тасдиқлаш тўғрисида”ги ПФ

-5847-

сонли Фармони.

https://lex.uz/docs/4545884

Библиографические ссылки

Campbell C., Rozsnyai C. (2002) Benchmarking for Higher Education Programmes. –Bucharest: UNESCO-CEPES,. –p.223.

Вахабов, А., & Хўжаханов, М. (2023). “ОЛИЙ ТАЪЛИМ СИФАТИ” ИЛМИЙ КАТЕГОРИЯСИ ВА ИЖТИМОИЙ-ИҚТИСОДИЙ МОҲИЯТИ. Iqtisodiyot Va taʼlim, 24(2), 335–341. https://doi.org/10.55439/ECED/vol gygyytttyy24_iss2/a10

Дронишинец Н.П. (2002) Проблемы управления системой высшего образования в Японии // Университетское управление. - 1. - С. 70-79.

Каримов А.А., Перегудов Л.В. (2003) Основы системы мониторинга и управления качеством высшего образования. –Т.

Қонун (2020) Ўзбекистон Республикасининг ―Таълим тўғрисидаги ЎРҚ-637-сонли Қонуни. https://lex.uz/docs/5013007

Перегудов Л.В., Саидов М.Х. (2002) Олий таълим менежменти ва иқтисодиёти: Ўқув қўлланма. - Т.: Молия, -184 б

Поташника М.М., Лазарева B.C. (2015) Управление развитием школы: пособие для руководителей образовательных учреждений./–М.: Новая школа.

Фармон (2019) Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 8 октябрдаги “Ўзбекистон Республикаси олий таълим тизимини 2030 йилгача ривожлантириш концепциясини тасдиқлаш тўғрисида”ги ПФ-5847-сонли Фармони. https://lex.uz/docs/4545884