Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
111
OLIY TA’LIM MUASSASALARI MOLIYAVIY RESURSLARI SHAKLLANISH
TIZIMINI BOSHQARISH AMALIYOTINING TAHLILI
PhD
Karlibaeva Gulshat
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0009-0002-8724-9337
Annotatsiya.
Hozirgi sharoitda aksariyat O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida akademik
faoliyatning rivojlanishi ular daromadlarining shakllanishida to‘lov
-shartnoma asosidagi
daromadlarning jami daromadlardagi ulushining yuqori ko‘rsatkichini ta’minlamoqda. Toshkent
davlat iqtisodiyot universiteti faoliyati
ni moliyalashtirishda to‘lov
-shartnoma faoliyatidan
tushumlar y
etakchi rol o‘ynaydi. Bu, o‘z navbatida, faoliyat aspektrini kengaytirish va
diversifikatsiya qilish bilan bog‘liq tizimli islohotlarni amalga oshirish
ni taqozo etadi. Tahlillar, oliy
ta’lim muassasalarida moliyaviy rejalashtirish tizimi universitetlar joriy rivojlanishi bilan bog‘liq
taktik vazifalarni real holatda to‘liq hisobga olmaydi. Ushbu holat oliy ta’lim muassasalarida
moliyaviy rejalashtirish tizimini zamonaviy shart-sharoitlarga asoslangan holda takomillashtirishni
va ilg‘or usullarni joriy qilishni taqozo qiladi.
Kalit so’zlar:
oliy ta’lim muassasalar, moliyaviy resurslar, moliyaviy va akademik mustaqillik,
ta’lim xizmatlari, daromad va xarajatlar, byudjet manbalari, profitsit, to’lo
v-
shartnoma mablag’lari.
АНАЛИЗ ПРАКТИКИ УПРАВЛЕНИЯ СИСТЕМОЙ ФОРМИРОВАНИЯ ФИНАНСОВЫХ
РЕСУРСОВ ВЫСШИХ УЧЕБНЫХ ЗАВЕДЕНИЙ
PhD
Карлибаева Гулшат
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотация
.
В современных условиях развитие академической деятельности в
большинстве высших учебных заведений Узбекистана обеспечивает высокий показатель
доли платно
-
контрактной основы в общем объеме доходов при формировании их доходов.
Доходы от платно
-
контрактной деятельности играют ведущую роль в финансировании
деятельности Ташкентского государственного экономического университета. В свою
очередь, это требует проведения системных реформ, связанных с расширением и
диверсификацией сферы деятельности. Анализ
показывает, что система финансового
планирования в высших учебных заведениях не в
полной мере учитывает тактические
задачи, связанные с текущим развитием университетов. Данная ситуация требует
совершенствования системы финансового планирования в высших учебных заведениях с
учетом современных условий и внедрения передовых методов.
Ключевые слова:
высшие учебные заведения, финансовые ресурсы, финансовая и
академическая независимость, образовательные услуги, доходы и расходы, бюджетные
источники, профицит, платно
-
контрактные средства.
UO
‘
K:
37с(с52)
IV SON - APREL, 2024
111-121
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
112
ANALYSES OF THE HONE OF OVERSEEING THE FRAMEWORK OF ARRANGEMENT OF
FINANCIAL RESOURCES OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS
PhD
Karlibaeva Gulshat
Tashkent State University of Economics
Abstract.
In Uzbekistan, many universities are making a lot of money from students' fees.
Income from payment contracts is the main way Tashkent State University of Economics funds its
activities. This means we need to make big changes to expand and diversify what we do. The study
found that colleges and universities don't properly consider the important tasks needed for their
growth when planning their finances. This situation needs better money planning in colleges and
universities, using new methods that fit today's needs.
Key words:
higher education institutions, financial resources, financial and academic
independence, educational services, income and expenses, budget sources, extra money, paid-
contract funds.
Kirish.
Jahonda kuchayib borayotgan global miqyosdagi raqobat sharoitida rivojlangan
mamlakatlar YaIMda oliy taʼlim muassasalarining kompleks rivojlanishiga kiriti
layotgan
investitsiyalar hajmi ulushini oʻstirib borish amaliyoti yaqqol namoyon boʻlmoqda. Taʼlim ti
zimida
oliy taʼlimning rivoj
lanish darajasi har bir mamlakatning kadrlari intellektual salohiyatini
mustahkamlanishiga, yuqori qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish imkoniyatiga ega innovatsion
tarmoqlarning rivojlanishiga mustahkam zamin yaratmoqda. “Taʼli
m xizmatlari bozori dunyodagi
eng yirik tarmoqlardan biri boʻlib, jahon yalpi ichki mahsulotining qariyb 6% dan ortigʻini tashkil
etadi. 2021-
yilda jahon taʼlim xizmatlari bozorining hajmi, rasmiy manbalarga koʻra, 6,5 trillion
dollarga yetgan, Shundan, gl
obal taʼlim texnologiyalari
(EdTech) bozorining hajmi esa 270 milliard
dollarni tashkil etdi. Bu ekspertlar hisob-
kitoblariga koʻra, umumiy taʼlim xizmatlari bozorining
atigi 4 foizidan sal koʻproqni tashkil qiladi. Ushbu koʻrsatkich 2020 yilda qariyb 3,6%
ni tashkil
etgan. 2022 yild
a global EdTech bozori hajmining 12% oʻsishini hisobga olsak ham, 2022 yil
oxirida onlayn taʼlim bozorining ulushi umumiy bozor hajmining 5,5% ini tashkil qilganligini
anglatadi
30
”. Taʼlim xizmatlari bozorida onlayn taʼlim texno
logiyalarining rivojlanishida esa oliy
taʼlim tizimi muhim rol oʻynagan.
Adabiyotlar sharhi.
O’rganishlar
natijasida, Karaseva (2006) moliyaviy rejalashtirishni kelajakdagi daromadlar
va xarajatlarni boshqarish sifatida belgilaydi, Gryaznova (2012)moliyaviy siyosatni amalga
oshirish bo'yicha chora-tadbirlar majmui sifatida Likhacheva (2003) moliyaviy rejalashtirishni
tashkilotdagi umumiy boshqaruv tizimining bir qismi sifatida ko'rib chiqmasdan, "moliyaviy
rejalashtirish" tushunchasini faqat tahlil nuqtai nazaridan belgilaydi. Lapusta va Kolmykova
(2002) moliyaviy rejalashtirishning mohiyatini ochib berishda ular uning jarayon mohiyatidan
kelib chiqadi.
Adam Smit (2009) shotland iqtisodchisining "bozorning ko'rinmas qo'li" iborasi bo'lib, u
resurslarni taqsimlashda samarali dastak vazifasini o'taydigan tizimning avtonomiyasi va o'zini
o'zi ta'minlashini ko'rsatish uchun ishlatgan. Uning mohiyati shundaki, o'z manfaatiga faqat
birovning ehtiyojlarini qondirish orqali erishish mumkin. Shunday qilib, bozor ishlab
chiqaruvchilarni boshqa odamlarning manfaatlarini ro'yobga chiqarishga va birgalikda butun
jamiyatning boyligini oshirishga "turtki
bo’ladi". Shu bilan birga, resurslar foydaning "signal
tizimi" ta'sirida talab va taklif tizimi orqali ulardan foydalanish eng samarali bo'lgan sohalarga
o'tadi. Adam Smit (2009) har bir ishlab chiqarish omili
–
ta’lim, ish haqi va foiz uchun ma'lum bir
30
IIASA, VID/ÖAW, WU.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
113
"tabiiy" narx darajasini belgilash muammosini ko'rib chiqadi. Bu darajalar "tabiiy" narx nazariyasi
uchun fundamental ahamiyatga ega edi, chunki har qanday mahsulotning narxi har bir omilning
"tabiiy" daromad darajalarining yig'indisi bo'lsa, "tabiiy" hisoblanadi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu maqolada turli hil usullardan foydalanildi.
Oliy taʼlim muassasalarini moliyalashtirish
va monitoring tizimini
boshqarish bilan bogʻliq moliyaviy munosabatlar
bo’yicha mavjud bo’lgan
ilmiy tadqiqotlarni o’rganish, tizimli va statistik tahlil, taqqoslash, solishtirma tahlil, ilmiy
bashoratlash va mantiqiy yondashuv usullaridan foydalanilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Har bir tadbirkorlik sub’yekti kabi moliyaviy mustaqillikka ega bo‘lgan oliy ta’lim
muassasalarida ham moliyaviy resurslarning shakllanish tizimida umumiy va xususiy o‘ziga
xosli
klar mavjud bo‘ladi.
Umumiy xususiyatlar sifatida moliyaviy resurslar shakllanishinining 3 ta asosiy manbaini
kuzatish mumkin:
1.
Xususiy moliyaviy resurslar manbai. Bunda eng asosiy faoliyat universitetlar uchun
ta’lim xizmatlarini samarali taklif qilish, ilmiy tadqiqot faoliyati bo‘yicha natijalarni
tijoratlashtirish va boshqa faoliyatlar bilan bog‘liqdir. Bu
faoliyatlardan keladigan daromadlar va
tushumlarni kiritish imkoniyati mavjud.
2.
Ta’lim xizmatlarini taqdim etish, ilmiy tadqiqot faoliyati natijalarini
tijoratlashtirish va
boshqa tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish natijasida keladigan mablag‘ va tu
shumlarni
kiritish mumkin bo‘ladi.
3.
Moliyaviy bozorlardan jalb qilinadigan moliyaviy resurslar manbai. Ushbu manba, ayni
paytda keng spektrdagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan eng faol foydalaniladigan
instrumentlarni o‘z ichiga olib, moliyaviy resurslar harakatidagi eng yirik yo‘nalishni o‘zida
mujassamlashtiradi. Hozirgi sharoitda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida moliyaviy
bozorlardan jalb qilinadigan moliyaviy resurslar, asosan, kredit instrumentlari shaklida amalga
oshirilmoqda.
4.
Qayta taqsimlash vositasida kelib tushadigan moliyaviy resurslar manbalari. Ushbu
manba oliy ta’lim muassasalari moliyaviy resurslari shakllanishida yaqin tarixiy
retrospektivada
eng asosiy manba hisoblangan. Ushbu manbaga davlat byudjeti tomonidan ajratiladigan grantlar,
subsidiyalar, maqsadli jamg‘armalar ajratmalari, sug‘urta qoplamalari va beg‘araz tushumlar
nazarda tutiladi.
Zamonaviy sharoitlarda oliy ta’lim
muassasalariga berilayotgan moliyaviy va akademik
mustaqillik sharoitida universitetlarni moliyalashtirishning zamonaviy instrumentlaridan keng
foydalanishga shart-sharoit yaratilmoqda.
Avvalo, qayta taqsimlash vositasida kelib tushadigan moliyaviy resurslar manbalari
tarkibidagi byudjet grantlari va subsidiyalari mexanizmini ko‘rib o‘tadigan bo‘lsak, ushbu
m
anbaning keyingi yillarda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari moliyaviy resurslari manbalari
tarkibida ham pasayib borayotganligini kuzatish mumkin.
Ushbu 1-rasmda byudjetdan moliyalashtirish mexanizmi 3 ta kanalli moliyaviy reurslar
harakatini o‘zida mujassamlashtiradi. Birinchi kanal o‘zida joriy xarajatlarni moliyalashtirishni
mujassamlashtirib, iqtisodiy tasnif bo‘yicha bu I va II guruh xarajatlarini o‘zida
mujassamlashtiradi. Amaldagi qonunchilikka muvofiq ushbu xarajatlarni moliyaviy ta’minlash
uchu
n ajratilgan mablag‘lar, asosan, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar va ish haqiga
(Qaror, 1999) qo‘shimchalarni o‘zida mujassamlashtiradi. Us
hbu xarajatlarni moliyalashtirish
uchun sarflanadigan byudjet mablag‘lari universitetlar operatsion faoliy
atining uzluksizligi,
professor-
o‘qituvchilar va xodimlar mehnatini rag‘batlantirishni o‘zida mujassamlashtiradi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
114
1-rasm. Ol
iy ta’lim muassasalarini davlat byudjetidan moliyalashtirish
mexanizmining tashkiliy tuzilmasi
31
Shartnomalar asosida
moliyalashtirish uchun ajratiladigan byudjet mablag‘lari
universitetlarning me’yordagi faoliyati uchun qo‘shimcha xizmatlarni sotib olish
natijasida
vujudga keladigan yuridik majburiyatlar.
3-guruhdagi xarajatlarda investitsiyalarni moliyalashtirish, universitetlar texnik bazasinini
takomillashtirish, kapital qurilish xarajatlarini o‘zida mujassamlashtiradi.
Umuman, har uchala kanalga asoslangan moliyalashtirish mexanizmi elementlari turlicha
bo‘lib, ushbu moliyalashtirish uchun shakllantiriladigan mablag‘lar byudjetdan ajratilishi ko‘zda
tutiladigan bo‘linsa, bunday holatda ushbu tushumlar yoki daromadlar faoliyatning turli
jihatlarini muvozanatli rivojlantirish vazifasini bajaradi.
Demak, bundan xulosa qilish mumkinki, byudjet m
ablag‘lari universitetlar uchun ajratiladi
va ular notijoriy operatsion faoliyatni tarkibiy rivojlantirish, shuningdek, rivojlanish yoki
investitsion byudjetini shakllantirish muammolarni ham hal etishi mumkin. Universitetlar
moliyalashtirish mexanizmi orqali xarajatlarni moliyalashtirish elementlari bilan bir-biridan
farqlanadi. Xususan, davlat universitetlarida tasdiqlangan smeta doirasidagi 1 va 2-guruh
xarajatlar
i bo‘yicha avtomatik tarzda yuridik majburiyatlar yuzaga keladi, hisobot oyining oxiri va
yangi navbatdagi oyning boshida moliyaviy majburiyatlarning yuzaga kelishi avtomatik tarzda
kuzatiladi. Lekin 3 va 4-guruh xarajatlari tuzilgan shartnomalar va ushbu shartnomalar asosida
ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlarning yakuni bo‘yicha to‘lov
larni amalga oshirish
mexanizmi ishga tushadi.
Oliy ta’lim muassasalarining daromadlari zamonaviy iqtisodiyotda sezilarli o‘zgarishlarga
duch kelmoqda. “Oliy ta’lim muassasalarining daromadlari” tushunchasi va mavjud tasniflari
o‘rganilganda, daromadni moliyaviy nuqtayi nazaridan aniqlash mumkin. Iqtis
odiy nuqtayi
nazardan daromad "pul va boshqa qiymatlar ko‘rinishidagi har qanday faoliyat natijasida olingan
moliya
viy mablag‘lar” (Rayzberg & Lozovskiy, 2007) hisoblanadi. Daromad –
ma’lum bir
31
Rasm muallif tomonidan shakllantirilgan.
Oliy ta’lim muassasalarini byudjetdan moliyalashtirish mexanizmi
Joriy xarajatlarni
moliyalashtirish (smetali va
normativ)
Individual smeta orqali moliyalashtirish
Ish haqi fondini, nafaqa pensiya va
stipendiyalarni moliyalashtirish
Natijaga yo‘naltirilgan byudjetni shakllantirish
va moliyalashtirish
Subsidiyalar va subvensiyalar
Shartnomalar asosida
moliyalashtirish
Bajarilgan ish (xizmatlar)ni moliyalashtirish
Byudjet kreditlari
Investitsion soliq krediti
Boshqa shartnomaviy majburiyatlarni
moliyalashtirish
Investitsion moliyalashtirish
Kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish
Davlat mulkini operativ boshqarishga berish
orqali moliyalashtirish (Unitar mulkchilikka
asoslangan OTMlar)
Loyihaviy moliyalashtirish
Iqtisodiy nasnif bo‘yicha I va II
guruh xarajatlarini moliyalashtirish
Iqtisodiy nasnif bo‘yicha VI guruh
xarajatlarini moliyalashtirish
Iqtisodiy nasnif bo‘yicha III
-guruh
xarajatlarini moliyalashtirish
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
115
sub’yektning foydasini tashkil etuvchi va uning moliyaviy barqarorligini ta’minlaydigan turli xil
iqtisodiy faoliyat turlarini amalga oshirish natijasida hosil bo‘lgan pul mablag‘lari hisoblanadi. Oliy
ta’lim muassasalarining daromadlari iqtisodiy faoliyat doirasi bilan belgilanadigan o‘ziga xos
xususiyatlarga ega. O
liy ta’lim muassasasining daromadlari guruhiga pul mablag‘larining kirib
kelishi, ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha majburiyatlarning bir vaqtning o‘zida yuzaga
kelishi, oliy ta’lim muassasalari faoliyatining moliyaviy natijasini belgilaydigan ilmiy
-tadqiqot
ishlari ham uning muhim qismi hisoblanadi. Quyidagi jadvalda Toshkent davlat iqtisodiyot
universiteti daromadlari tarkibi tahlili
keltirilgan. Unda asosiy daromadlarning yuqori salmog‘i
to‘lov
-
kontraktlari shaklidan tushadigan daromadlarga to’g‘ri kelishini ko‘rish mumkin.
Quyida keltirilayotgan jadval ma’lumotlaridan ko‘rish mumkinki, Toshkent davlat
iqtisodiyot universiteti jami daromadlari nominal mazmunda 2021-
yilda 268917,9 mln. so‘mni
tashkil qilgan bo‘lsa, 2022
-
yida ushbu ko‘rsatkich 299809,5 mln. so‘mga yetgan. 2023
-yilgi
daromadlar 311120.9 mln. so‘mni tashkil qildi.
1-jadval
Toshkent davlat iqtiso
diyot universiteti daromad va xarajatlari tahlili, mln so‘m
32
№
Moliyalashtirish
manbai
2021-yil
2022-yil
2023-yil
(kutilayotgan)
2021-yilga
nisbatan 2023
yildagi o‘sish,
%da
D
ar
om
ad
la
r
Ha
ra
ja
tl
ar
i
D
ar
om
ad
la
r
X
ar
aj
at
la
ri
D
ar
om
ad
la
r
X
ar
aj
at
la
ri
D
ar
om
ad
la
r
X
ar
aj
at
la
ri
1.
Byudjetdan
ajratilgan
mablag‘lar
24252,1 24121,2 32899,5 32676,1 46168,7 46168,7 190,4
191,4
2.
To‘lov
-
shartnoma
mablag‘lari
211456,9 184562,1 228795,6 186687,1 212719,1 381370,1 100,6
206,6
3.
Qo‘shma ta’lim
dasturlari
mablag‘lari
24565,4 20145,9 27111,3 24663,2 36781,9 38972,2 149,7
193,4
4.
Innovatsiya
jamg‘arma
mablag‘lari
2101,4
1998,5
2401
2561,9
5689,1
4320,8
270,7
216,2
5.
Rivojlantirish
jamg‘arma
mablag‘lari
6542,1
4754,4
8602,1
6994,6
9762,1
12562,1 149,2
264,2
Jami:
268917,9 235582,1 299809,5 253582,9 311120,9 483393,9
115,7
205,2
Moliyaviy holat
Profitsit
Profitsit
Defitsit
Jami daromadlarning tarkibidan ko‘rish mumkinki, to‘lov
-
shartnoma asosida ta’lim
xizmatlarini ko‘rsatish vositasida olingan daromadlar 2021
-
yilda 211456,9 mln. so‘mni tashkil
qilgan bo‘lsa, 2023
-yilga kelib, ushbu daromadlarning nomi
nal qiymati 212719,1 mln. so‘mni
tashkil qilishi kutilmoqda. Xuddi shuningdek, jami yillik xarajatlar 2021-yilda 235582,1 mln.
so‘mni tashkil qilgan. 2023
-
yilga kelib, esa, ushbu ko‘rsatkich 483393 mln. so‘mni tashkil qildi.
Tahlillar shuni tasdiqlaydiki, 2021-2022-yillarda TDIU daromadlar va xarajatlar byudjeti
profitsit bilan ijro etilgan, 2023-yilgi kutilayotgan natijalar yuqori darajadagi xarajatlar natijasida
defitsit bilan ijro etilgan. Lekin shunga qaramasdan, daromad va xara
jat ko‘rsatkichlarining qat’iy
nazorati, pirovardida, profitsit bilan ijro etilishi kutilishi prognoz qilingan.
32
Jadval muallif tomonidan shakllantirilgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
116
2021-yilga nisbatan 2023-
yildagi jami daromadlarning dinamik o‘sishi 115,7 foizni tashkil
qilgan bo‘lsa, bunda byudjetdan ajratilgan mablag‘larning o‘sishi (190,4 foiz
) va Innovatsion
jamg‘arma mablag‘lari (270,7 foiz) ta’siri vazni yuqori bo‘lgan.
Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rsatilganidek, daromadlarning nominal qiymati
bo‘yicha o‘sishda innovatsion jamg‘arma mablag‘larining o‘sish sur’ati yuqori bo‘lsa
-da, jami
daromad o‘sish sur’atining past ko‘rsatkichi ushbu daromadlarning jami daromadlaridagi
ulushining past ko‘rsatkichiga bog‘liq bo‘lganligi kuzatilgan.
2-jadval
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti daromad va xarajatlari
sa
lmog‘ining tahlili, jamiga nisbatan foizda
33
№
Moliyalashtirish manbai
2021-yil
2022-yil
2023-yil
D
ar
om
ad
la
r
Ha
ra
ja
tl
ar
D
ar
om
ad
la
r
X
ar
aj
at
la
r
D
ar
om
ad
la
r
X
ar
aj
at
la
r
1.
By
udjetdan ajratilgan mablag‘lar
9,0
10,2
11,0
12,9
14,8
9,6
2.
To‘lov
-kontrakt mabl
ag‘lari
78,6
78,3
76,3
73,6
68,4
78,9
3.
Qo‘shma ta’lim dasturlari mablag‘lari
9,1
8,6
9,0
9,7
11,8
8,1
4.
Innovatsiya jamg‘arma mablag‘lari
0,8
0,8
0,8
1,0
1,8
0,9
5.
Rivojlantirish jamg‘arma mablag‘lari
2,4
2,0
2,9
2,8
3,1
2,6
Jami:
100
100
100
100
100
100
Daromadlar tarkibidan ko‘rish mumkinki, 2021
-2023-
yillarda jami daromadlarda to‘lov
kontraktdan tushumlarning ulushi yuqori bo‘layotgan kuzatilmoqda.
3-jadval
Davlat oliy ta’lim muassasalarining daromadlari va xarajatlari to‘g‘risida ma’lumot
34
(2022-yil 1-y
anvar holatiga), mln. so‘m.
№
Oliy ta’lim muassasasi nomi
JAMI
daroma
dlar
Daromadlar
Jami
xarajatlar
Byudjet
mablag‘lari
To‘lov
shartnoma
mablag‘lari
bo‘yicha
daromadlar
Rivojlantirish
mablag‘lari
bo‘yicha
daromadlar
Mln.
so‘m
%da Mln.
so‘m
%da Mln.
so‘m
%da
1
Andijon davlat universiteti
211774,4 47114,2
22,2
161381,5
76,2
3278,7
1,5
225149,7
2
Buxoro davlat universiteti
251734,4 59508,7
23,6
187932,4
74,7
4293,3
1,7
244807,8
3
Toshkent irrigatsiya va qishloq
xo‘jaligini
mexanizatsiyalash
muhandislari instituti
113036,6 37587,4
33,3
67320,6
59,6
8128,6
7,2
101612,4
4
Toshkent davlat texnika
universiteti
276072,1 68127,7
24,7
152864,8
55,4
55079,6
20,0
253241,9
5
Toshkent davlat iqtisodiyot
universiteti
237406,5 19794,3
8,3
212236
89,4
5376,2
2,3
188113,4
6
Toshkent moliya instituti
137400,2 14233,5
10,4
119490,1
87,0
3676,6
2,7
115954,7
7
Jizzax politexnika instituti
92884,2 29174,7
31,4
61401
66,1
2308,5
2,5
83638,7
8
Qarshi davlat universiteti
232780,1 40197,9
17,3
190656,4
81,9
1925,8
0,8
170979,6
9
Samarkand davlat universiteti 216655,3 60160,7
27,8
154121,2
71,1
2373,4
1,1
228883,5
10 Termiz davlat universiteti
251213
47265,5
18,8
201242
80,1
2705,5
1,1
225929,1
11 Guliston davlat universiteti
167513,8 35978,7
21,5
129889,8
77,5
1645,3
1,0
107812,8
12
Farg‘ona davlat universiteti
233457,7 50488,5
21,6
180850,8
77,5
2118,4
0,9
187662,2
13 Urganch davlat universiteti
308789
58543,1
19,0
246335,7
79,8
3910,2
1,3
312348,3
14 Qoraqalpoq davlat universiteti 286133,5 55879,8
19,5
227983,1
79,7
2270,6
0,8
234021,5
33
Jadval muallif tomonidan shakllantirilgan.
34
O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi ma’lumotlari
.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
117
Lekin tahlil qilinayotgan davrlarda to‘lov kontrakt mablag‘lari 2021
-yilda 78,6 foizni tashkil
qilgan bo‘lsa, 2023
-yilda
ushbu ko‘rsatkich 68,4 foizga pasaygan. Ushbu tenden
tsiyani boshqa
referent universitetlar bilan
taqqoslaydigan bo‘lsak quyidagi manzarani
ng
guvohi bo‘lish mumkin.
Jadval ma’lumotlarida ko‘rsatilganidek, byudjet mablag‘lari bo‘yicha moliyalashtirish
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini
mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Jizzax
politexnika instituti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent davlat texnika universitetlarida 24-
33%gacha bo‘lib, yuqori salmoqqa ega.
To‘lov
-
shartnoma mablag‘lari bo‘yicha tushumlari:
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, Andijon davlat universiteti,
Buxoro davlat universiteti, Namangan davlat universiteti, Qarshi davlat universitetlarida 81-89%
foiz diapazonida tebranmoqda.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston oliy ta’lm muassasalarida Rivojlantirish
mablag‘larini shakllantirish belgilangan bo‘lib, ushbu fondning daromadlari quyidagi manbala
r
hisobiga shakllantirilishi ko‘zda tutilgan
35
:
−
hisobot choragining so‘nggi ish kunida, xarajatlar smetasiga muvofiq
, tejalgan
mablag‘larni kiritish amalga oshiriladi. Bu mablag‘lar
, asosan, universitetning moddiy-texnik
bazasini rivojlantirishga yo‘naltiriladigan kapital qo‘yilmalarini moliyalashtirish uchun ishlatiladi.
Ushbu kategoriyadagi daromadlar hisobiga kiritilgan mablag‘lar boshqa maqsadlar uchun
ishlatilmaydi;
−
faoliyat ixtisosligi
bo‘yicha xizmatlar va ishlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar
faoliyatning tijoriy aspektidan keladigan mablag‘lardir. Umuman, ushbu daromadlar
kategoriyasiga hozirgi sharoitda universitetlar ilmiy tadqiqot faoliyatini tijoratlashtirish, pullik
maslahat xizmatlarini taqdim etish, maxsus kurslarni tashkil qilishdan tushumlar va xo‘jalik
shartnomasi asosidagi tushumlar kiritiladi;
−
tashkilotlar byudjeti balansida turgan mol-
mulkni ijaraga berishdan olingan mablag‘lar
byudjet tashkilotining moliyalashtirish mexanizmi orqali ishlatiladi;
−
belgilangan tartibda byudjet tashkilotlari tasarrufida qoldiriladigan mablag‘lar ayrim
maqsadlarni amalga oshirish uchun ajratiladi;
−
homiylikdan olingan mablag‘lar hisobidan shakllantiriladi.
Byudjet tashkilotlari xod
imlarning mehnat intizomini buzganligi sababli qo‘llanilgan
jarimalar byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamiyatiga aylantirish manbai bo‘lib, ushbu
jarimalarning summasi tegishli byudjet daromadiga o‘tkaziladi. Bu ish haqi xarajatlari O‘zbekiston
Resp
ublikasining Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi va byudjetdan mablag‘
oluvchilarga tadbiq etiladi.
Umuman, xulosa qilish mumkinki, zamonaviy sharoitlarda O‘zbekiston
Respublikasida faoliyat yuritayotgan universitetlarda moliyalashtiris
hning asosiy manbai ta’lim
xizmatlarini tijoratlashtirish, to‘lov shartnomalaridan tushadigan mablag‘larga bog‘liq bo‘lmoqda.
Oliy ta’lim muassasalari daromadlarining ahamiyati ular faoliyatida yuqori bo‘lib, daromad
manbalari va turlari bilan belgilanadi
. Ilmiy manbalarda daromadlarning ko‘p sonli tasniflari
keltirilgan, ularning keng ko‘lamli, hamma jihatini qamrab oluvchi xususiyatini ta’kidlash
maqsadga muvofiq. Tadqiqot natijalari bo‘yicha, oliy ta’lim muassasalari daromadlarining tasnifi
oliy ta’lim
muassasalari faoliyatining asosiy mazmunini aks ettirishi kerak.
Shuningdek, ta’lim
xizmatlari uchun belgilangan tabaqalashtiri
lgan to‘lov shartnoma qiymati ham universitetlar
umumiy moliyaviy resurslari tarkibidagi to‘lov shartnoma mablag‘larining qiymati
ning
shakllanishiga ta’sir etadi. Bundan tashqari, davlat ehtiyojlari uchun kadrlar tayyorlashga
ehtiyojning tabaqalashtirilgan
tizimi ham oliy ta’lim muassasalari yillik byudjeti tarkibida
daromadlar ulushining shakllanishiga ta’sir etuvchi omil hisoblana
di.
Oliy ta’lim muassasalari
faoliyatining mohiyatini, ularning moliyaviy natijalarini belgilaydigan asosiy guruhlar mavjud.
Ular quyidagilardan iborat:
35
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
1999 yil 3 sentyabrdagi 414-son qarori //
01.01.2023 y., 07/23/471/0001-
son bilan yangilangan //
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
118
2-rasm.
Oliy ta’lim muassasalarida moliyaviy natijalarni belgilaydigan asosiy guruhlar
Mamlakatimiz
da ta’lim xizmatlari bozorida oliy ta’lim muassasalari strategiyasiga ta’sir
ko‘rsatadigan daromad turlariga alohida e’tibor qaratish lozim. Iste’molchilarning qaysi guruhi
ta’lim xizmatlarini moliyalashtirishi muhimligini bilishimiz zarur. Masalan, ta’lim
xizmatlarini
moliyalashtirishga uchinchi tomon, ya’ni ish beruvchilarining jalb etilishi talaba o‘qishni
tugatganidan so‘ng ish bilan ta’minlashni kafolatlaydi, bu esa, bitiruvchilarning bandligi bo‘yicha
oliy ta’lim muassasasi reytingiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Tushumlar tarkibidagi manbalardan biri davlat topshirig‘ini bajarish uchun b
yudjetdan
moliyalashtirish hisoblanadi. H
ozirgi vaqtda oliy ta’lim muassasalari davlat topshirig‘ining sifati
va hajmi uchun raqobat kurashiga kirishmoqda, bu esa, pullik
ta’lim xizmatlari bozoridagi
kurashdan aslo qolishmaydi.
Tushumlar tarkibi oliy ta’lim muassasalarining iqtisodiy faoliyati xavfiga sezilarli ta’sir
ko‘rsatadi, birinchi navbatda, “byudjetning o‘zida, uning daromadlari tarkibida bozor haqiqatiga
mos kelma
ydigan” xavf mavjud. Oliy ta’lim muassasalaridagi asosiy komponent
-
konvergentsiyani ko‘rsatmaydi.
Hozirgi kunda oliy
ta’lim muassasalarida talabalarni ularning rivojlanishi uchun zarur
bo‘lgan miqdorda pullik qabul qilish imkoniyati mushkulliklarga yol qo‘ymaydi. Bu javobgarlik
oliy ta’lim muassasalaridagi asosiy resurslar va professor
-
o‘qituvchilar kadrlarining cheklani
shiga
asoslanadi. Bir qator omillar pullik oliy ta’lim muassasasi rentabelligining oshishiga olib kelsa,
ba’zilari esa
, - norentabellikka olib keldi. Daromadlarning shakllanishidagi bu tendentsiyalar
quyidagi
jadvaldan ko‘rinib turganidek, UrDIU uchun ham
xosdir.
4-jadval
UrDIU byudjeti manbalari holati tahlili
36
, %
Daromad tarkibi
2020-y.
2021-y
2022-y
Federal by
udjet mablag‘lari
39
32
24
O‘z daromadlari
61
68
76
Jami
100
100
100
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rish mumkinki, federal byudjetdan moliyalashtirishning 2020
-
yilda 39% dan 2021-yili 32% tushgan va 2022-
yildan 24 % kamayganligini ko‘rishimiz mumkin.
Bugungi kunda oliy ta’lim muassasasi federal byudjet mablag‘lari umumiy daroma
dining 24% ga
yetib, bu esa, 2020-yilga nisbatan 15% ga kamayganligini kuzatish mumkin. Demak, yildan yilga
o‘z daromadlarining ustunligi oshib bormoqda, bu, bir tomondan, davlat xarajatlari va shaxsiy
darom
adlarni shakllantirish uchun mas’uliyatning o‘zg
arishi nuqtayi nazaridan ijobiy
tendentsiyani anglatadi.
36
Jadval muallif tomonidan shakllantirilgan.
•birinchidan, bir yoki bir nechta ta’lim dasturlarini, mazmunini, talabalarni
tarbiyalashni amalga oshirish;
•
ikkinchisi, ilmiy ishlarini olib borish;
•uchinchisi, o‘quv va tadqiqot jarayonini ta’minlash hamda unga xizmat ko‘rsatish
bo‘yicha faoliyat hisoblanadi;
• turli faoliyatlar: bu oliy ta’lim muassasalariga ruxsat etilgan belgilangan
turlardagi daromadlardan tashkil topgan faoliyatlar.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
119
Quyida keltirilgan jadvalda universitetlarning o‘z daromadlari tarkibi dinamikasi
universitetlarning asosiy faoliyatida pullik ta’lim xizmatlaridan ol
inadigan daromadlarning
ustunligini
ko‘rsatadi va universitetning o‘z daromadlarining 96
-98% ini tashkil etadi, bu
moliyaviy barqarorlikni aks ettiradi, tadqiqot hamda ishlanmalar va ijara daromadlarining
pasayishi kuzatilmoqda.
5-jadval
UrDIU o‘z mablag‘
lari tarkibi
37
,%da
O‘z mablag‘lari
tarkibi
2020-y.
2021-y.
2022-y.
O‘z
mablag‘lari
, shundan:
100
100
100
To‘lov
-shartnoma asosidagi
ta’lim xizmatlari
98,6
97,9
96,1
Tadqiqotlar
bo‘yicha
ishlanmalar
1,3
0,9
0,7
Ijara
to‘lovlari va boshqa daromadlar
0,1
1,2
3,2
Jadvalda UrDIU byudjetdan moliyalashtirish tarkibi keltirilgan. Bu daromadlar tarkibi
byudjetdan moliyalashtirishda pullik ta’lim xizmatlarining ustunligini aks
ettiradi. Xususan,
universitet xususiy kapitalining shakllanishida to‘lov
-shartnoma asosidagi t
a’lim xizmatlari
hissasi 2020-2022-yillarda 96,1-98,6 foiz diapazonida tebranib, pasayish tendentsiyasini
namoyon qilmoqda. Ijara to‘lovlari va boshqa daromadlarning ulushini ortib borishi QS xalqaro
reyting agentligi mezonlari bo‘yicha sanoatdan
tushumlar xajmining ortib borayotganidan dalolat
beradi.
6-jadval
UrDIU byudjetdan moliyalashtirish tarkibi
38
, %
Daromad tarkibi
2020-y.
2021-y.
2022-y.
Davlat grantlari va subsidiyalar, jumladan:
100
100
100
Ta’lim xizmatlari uchun subsidiyalar
99
95
92
Fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar uchun
subsidiya
1
6
8
Ushbu
jadvalda keltirilgan ma’lumotlarda 92
-
99% ta’lim xizmatlari uchun subsidiyalar, 1
-
8% fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar uchun subsidiyalarga to‘g‘ri kelmoqda.
Bunda, birinchi n
avbatda, universitetning asosiy missiyasi aksariyat milliy oliy ta’lim
muassasalari kabi kadrlar tayyorlash hisoblanib, daromadlarning asosiy ulushi ushbu faoliyati
hisoblanadi.
Ikkinchidan, to‘lov
-
shartnoma asosidagi ta’lim xizmatlari bilan bog‘liq xara
jatlarning
samarali ijrosi, ushbu manbaning xususiy kapitalini shakllantirishdagi hissasini yuqori bo‘lishini
ta’minlamoqda.
Oliy ta’lim muassasalar
i
ni moliyalashtirishning eng muhim manbalaridan biri bu o‘z
mablag‘iga ega bo‘lishdir. Ross
iya universitetla
rida xayriya mablag‘larining ulushi asta
-
sekin o‘sib
bormoqda. Oxirgi paytlarda oliy o‘quv yurtlarida jamg‘arma fondlarini shakllantirishning
barqaror tendenstiyasi kuzatilmoqda va yuqori ixtisoslashgan universitetlar ham xayriya fondiga
katta qiziqish bilan qaramoqda.
Ayni paytda pullik ta’lim xizmatlarining ustunligi oliy ta’lim muassasalarida asosiy
ahamiyatga ega. Rentabellikga erishish uchun oliy ta’lim muassasalari oldida ilmiy va innovatsion
faoliyatdan olinadigan daromadlar ulushini 30 foizgacha os
hirishga e’tibor qaratish lozim,
daromadlar tarkibini diversifikatsiyasi muhim ahamiyat kasb etadi.
37
Jadval muallif tomonidan shakllantirilgan.
38
Jadval muallif tomonidan shakllantirilgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
120
Oliy ta’lim muassasalari daromadlarini diversifikatsiya qilish yo‘nalishlarini hisobga olgan
holda, ko‘rsatilgan masalalarni quyidagi tarzd
a taklif etamiz.
3-rasm.
Daromadlarni diversifikatsiya qilish yo‘nalishlari
Oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashda yuqorida ko‘rib chiqilgan
daromadlardan tashqari, oliy ta’lim muassasasining xarajatlari katta rol o‘ynaydi.
Bugungi kunda naf
aqat raqobatbardosh bo‘lish, balki ta’lim xizmatlari bozorining yangi
talablariga javob berish imkoniyatini beradigan daromadlarni boshqarishning yangi modellaridan
foydalangan holda oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish masalasiga ham
alohida ahamiyat
qaratilmoqda. Mehnat bozori, raqobatbardoshlik va moliyaviy barqarorlikni saqlash muhim
masala hisoblanadi. Bu oliy ta’lim muassasalaridan daromadlarni boshqarish bo‘yicha yangi
yechimlarni izlashni talab qiladi.
Zamonaviy sharoitda byudj
et mablag‘larinin
g aniq yetishmasligi va shuning uchun muqobil
moliyalashtirish manbalarini faol izlash kuzatilmoqda, bu, ayniqsa, oliy ta’lim muassasalariga
xosdir. Oliy ta’lim sohasida asosiy daromad manbai bo‘lgan innovatsion faoliyat shakllari
yetarli
emas. Masalan, biznes-parklar, biznes-inkubatorlar, innovatsion markazlar va klasterlar yetarli
darajada rivojlanmagan.
Ta’lim va innovatsiyalar sohasidagi amaldagi qonun hujjatlarida oliy ta’lim muassasalarida
innovatsion faoliyatni
rivojlantirishga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan turli huquqiy cheklovlar
nazarda tutilgan.
Oliy ta’lim muassasalari ko‘chmas mulkni ijaraga berish bo‘yicha amaldagi qonunchilik
normalarini qo‘llashda yuzaga keladigan huquqiy ziddiyatlar byudjet mulkidan
foydalanishdan
kelib chiqadigan huquqiy munosabatlarni tartibga solish uchun amaldagi qonunchilikni isloh
qilish zarurligini ko‘rsatadi.
Daromad keltiradigan faoliyatdan olingan mablag‘lardan foydalanishning mumkin bo‘lgan
chegaralari, shuningdek, ulardan
foydalanish tartibi bo‘yicha mumkin bo‘lgan cheklovlar
noaniqligicha qolmoqda.
Xulosa va takliflar.
Yuqoridagilardan shuni ta’kidlash mumkinki, oliy ta’lim muassasalarining daromad
keltiruvchi faoliyatidan olingan mablag‘larning sarflanishi ustidan davla
t nazoratining mavjud
usullari, shu j
umladan, jamoatchilik nazorati kabi nazoratning o‘rnatilishi ham ilmiy qiziqish
uyg‘otadi. Ushbu holatlar daromad keltiradigan faoliyatning paydo bo‘lishining huquqiy
shartlarini rasmiylashtirishga, uning huquqiy mohiyatini aniqlashga qaratilgan tadqiqotlarni
amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Oliy ta’lim muassasalarining daromad keltiruvchi
faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning qiyosiy tahlilini amalga oshirish
Oliy ta’lim muassasalarinida ilmiy-
tadqiqot ishlarni jadallashtirish va
tadqiqotdan olinadigan usushlar
miqdorini ko‘paytirish;
Marketing tuzilmasini yaratish, shu
bilan birga tadqiqot ishlari yakuniy
mahsulot bozoriga yo‘naltirilgan
loyiha yondashuviga asoslanishi
kerak. Oliy ta’lim muassasalarini
rivojlantirish uchun maqsadli
fondlarni shakllantirish maqsadga
muvofiq.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
121
“daromad keltiradigan faoliyat” tushunchalari bilan bog‘liq tushunchalarni farqlash, ta’lim
tizimidagi ta’lim muassasalarining daromad keltiruvchi faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik
me’yorlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
Oliy ta’lim muassasalari
ni byudjetdan moliyalashtirish muhim r
ol o‘ynaydi, chunki boshqa
manbalarning turli sabablariga ko‘ra hali ham zaifligi mavjud. Amalda, oliy ta’lim muassasalarini
byudjetdan moliyalashtirishni mustahkamlash uchun turli yondashuvlar mavjud: birinchidan,
ta’
lim davlat byudjet xarajatlari hisobig
a qoplash; ikkinchidan, maqsadli yig‘imlarni joriy etish
yoki qat’iy maqsadli soliq daromadlari doirasida belgilash.
Shunday qilib, ta’lim, ilmiy
-tadqiqot va innovatsiyalar sohasidagi faoliyatning xilma-xilligi
oliy ta
’lim muassasalari daromadlarining oshishiga va jamiyatning ushbu sohalarga bo‘lgan
ehtiyojlarini qondirishga bevosita ta’sir qiladi, degan xulosaga kelish mumkin.
Xususan, hozirgi sharoitda aksariyat O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida akademik
faoliyatning rivojlanishi ular daromadlarining
shakllanishida to‘lov kontrakt asosidagi
daromadlarning jami daromadlardagi ulushining yuqori ko‘rsatkichini ta’minlamoqda. Lekin o‘rta
istiqbolda universitetlar raqobatbardoshligini oshirish universitetlar oldiga “Tadbikorlik
universiteti” nomli ilmiy
-tadqiqot faoliyatini kuchaytirish natijasida, ilmiy-innovatsion
ishlanmalarni tijoratlashtirish hisobiga daromadlar tarkibini yanada optimallashtirish vazifasini
yuklaydi.
Adabiyotlar / Литература/ Reference:
Qaror (1999) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414
-
son qarori // 01.01.2023 y., 07/23/471/0001-son bilan yangilangan. //
Rayzberg B.A., Lozovskiy L.Sh., Starodubtseva E.B. (2007) Sovremennui ekonomicheskiy slovar.
- 5-
chi to’plam, –М.
: Infra-
М,.
- 495 b.
Jean Dellemotte
(2009) Adam Smith's “Invisible Hand”: Refuting the Conventional Wisdom. 4
-
chi to’plam, In L'Éco
nomie politique Volume 44, 28-41 b.
Lapusta M.G. (2002) Sovremennyy finansovo-kreditnyy slovar /Pod obshch. red. M. G. Lapusty,
P. S. Nikolskogo.
–
2-chi nashr.,
qo’shimcha
.
–
M.: Infra-M,.
–
568 b.
Likhacheva O.N. (2003) Korxonada moliyaviy rejalashtirish: Proc. nafaqa.
–
M.: MChJ “TK
Velby”, –
203 b.
Kolmykova E. S. Byudjetlashtirish moliyaviy vosita sifatida rejalashtirish // Yosh olim.
–
2014.
–
No3.
–
506 b.
Gryaznova A.G., Markina E.V., Sedova M.J.I. va boshqalar; (2012) Financi: darslik / A. G.
Gryaznova, E. V. Markina tomonidan tahrirlangan. - 2-nashr, qayta ko'rib chiqilgan. va qo'shimcha -
M.:Financi i statistika,
–
496 b.
Karaseva I.M. (2006) Moliyaviy menejment: darslik. uchun qo'llanma ixtisosligi "Tashkilotni
boshqarish / I.M. Karaseva, M.A. Revyakina; Yu.P. Aniskina tomonidan tahrirlangan. - Moskva:
Omega, - 335 b.
