Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
256
QISHLOQ X
O‘
JALIGI KORXONALARINING IQTISODIY SALOHIYATINI
TAHLIL QILISH USLUBIYOTI
Xakimov Tulkin Xalimovich
Toshkent t
o‘q
imachilik va yengil sanoat instituti
ORCID: 0000-0001-7280-9981
Annotatsiya.
Qishloq
xo‘jaligi korxonalarining iqtisodiy salohiyatini oshirish, sohada yuqori
qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab ch
iqarishni rivojlantirish orqali mamlakat sanoatini
xomashyo, aholini sifatli oziq -
ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash
iqtisodiy islohotlarning hozirgi
bosqichida muhim ahamiyat kasb etadi. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur maqolada qishloq
xo‘jaligi ko
rxonalari iqtisodiy salohiyatini tahlil qilish uslubiyoti tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar
:
qishloq xo‘jaligi, korxona, salohiyat, iqtisodiy sa
lohiyat, zahira, imkoniyat,
bozor salohiyati, boshqaruv salohiyati, moliyaviy salohiyat, agrar siyosat.
МЕТОДИКА
АНАЛИЗА ЭКОНОМИЧЕСКОГО ПОТЕНЦИАЛА
СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННЫХ ПРЕДПРИЯТИЙ
Хакимов Тулкин Халимович
Ташкентский институт текстильной и легкой промышленности
Аннотация.
Повышение экономического потенциала сельско
-
хозяйственных
предприятий, развитие производства продукции с высокой добавленной стоимостью в
отрасли, обеспечение промышленности страны сырьем, населения качественными
продуктами питания имеет важное значение на современном этапе экономических
реформ. Исходя из этого, в данной статье анализируются методика анализа
экономического потенциала сельскохозяйственных предприятий.
Ключевые слова:
сельское хозяйство, предприятие, потенциал, экономический
потенциал, резерв, возможность, рыночный потенциал, управленческий потенциал,
финансовый потенциал, аграрная политика.
METHODOLOGY FOR ANALYZING THE ECONOMIC POTENTIAL OF
AGRICULTURAL ENTERPRISES
Khakimov Tulkin Halimovich
Tashkent Institute of Textile and Light Industry
Abstract.
Increasing the economic potential of agricultural enterprises, developing the
production of high-value-added products in the industry, providing the country's industry with
raw materials and the population with high-quality food products is important at the present
stage of economic reforms. Based on this, this article analyzes the methodology for analyzing the
economic potential of agricultural enterprises.
Keywords:
agriculture, enterprise, potential, economic potential, reserve, opportunity,
market potential, managerial potential, financial potential, agrarian policy.
UO
‘
K: 338.434
VI SON
—
IYUN, 2024
256-262
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
257
Kirish.
Jaho
n iqtisodiyotining rivojlanish sur’atlari shundan guvohlik beradiki, kishilik
jamiyatining barcha soha va jabhalari, ayniqsa global iqlim o‘zgarishi natijasida sayyoramizning
ko‘plab hududlarida keng avj olayotgan qashshoqlik va ocharchilikka barham be
rishning asosiy
omillaridan biri sifatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtiruvchi, shuningdek, ularga turli
yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatuvchi sub’yektlarning xo‘jalik faoliyatini innovatsiyalar asosida
tashkil etish strategik ahamiyat kasb etgani holda, ushbu jarayonni uzluksiz takomillashtirish
davr talabiga aylanib bormoqda.
Muhim strategik tarmoqlardan biri sifatida qishloq xo‘jaligining vazifasi
- mamlakatda,
shuningdek, jahon miqyosida oziq-
ovqat xavfsizligini ta’minlashdan iboratdir. Goldman Sa
chs
xalqaro konsalting kompaniyasining ma’lumotlariga ko‘ra, BMT 2050 yilga borib dunyo aholisi
9,8 mlrd. kishiga etishini, buning uchun oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 70
foizga oshirish kerakligini bashorat qilmoqda. BMT, XVJ, Jahon banki kabi bir qator nufuzli
xalqaro tashkilotlar dunyoda oziq-ovqat inqirozi yanada chigallashishini, buning uchun qishloq
xo‘jaligini barqaror rivojlantirish, sohaga innovatsiyalarni izchil joriy etish, ilmiy
-tadqiqotlarni
yanada jonlantirish zarurligini ta
’k
idlashmoqda.
Zamonaviy sharoitda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarining joriy holatini monitoring qilish,
mavjud resurslardan foydalanishni baholash va tahlil qilish, samarali boshqaruv echimlarini
ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari alohida dolzarb va amaliy ahamiyat kasb etadi.
Zamonaviy korxona uchun eng dolzarb muammolardan biri
–
bu raqobatbardoshlik
muhitida samarali faoliyat yuritish va o‘zgaruvchan tashqi muhitga moslashishdan iboratdir.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyati samaradorlig
i muammolari ularning salohiyatidan
foydalanish bilan bog‘liq bo‘lib, bu o‘z navbatida qishloq xo‘jaligi korxonasi salohiyati va uning
yashirin zaxiralarini aniqlashni ko‘zda tutadi. Qishloq xo‘jaligi korxonasi iqtisodiy salohiyatini
boshqarish strategik maqsa
dlarga erishish va bozorda barqaror faoliyat yuritishni ta’minlashga
yo‘naltirilganligi bilan ajralib turadi.
Mazkur ilmiy maqolaning
dolzarbligi hozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligi korxonasining
iqtisodiy salohiyati va undan foydalanish samaradorligini tahlil qilish borasida yetarlicha
uslubiy ta’minotning ishlab chiqilmaganligi bilan izohlanadi.
Adabiyotlar sharhi.
Iqtisodiy adabiyotlarda “Moliyaviy salohiyat” tushunchasi keng ko‘llanilib, davlat, hudud,
korxona, u
y xo‘jaliklarining jami moliyaviy imkon
iyatlarining rivojlanishi sifatida qaraladi.
Xususan, mahalliy iqtisodchi
–
olimlarimizdan Pardayev (2002) moliyaviy salohiyatni
korxonalar nuqtai nazaridan uning faoliyatini to‘li
q
ta’minlaydigan turli manbalardan tarkib
topgan moliyaviy resurslar majmui s
ifatida ta’riflagan. Zulunova
(2008) korxonalarning
moliyaviy salohiyati deb, uning moliyaviy xo‘jalik faoliyatini, ya’ni unda sodir bo‘ladigan barcha
iqtisodiy jarayonlarni to‘li
q
ta’minlaydigan turli manbalardan (o‘z mablag‘lari va chetdan jalb
qilingan
mablag‘lar, ya’ni majburiyatlar)dan tarkib topgan moliyaviy resurslar majmui sifatida
tan olinadi (Zulunova, 2008).
Bunda moliyaviy salohiyatga oid barcha jarayonlar bir tomonlama qamrab olingan bo‘lib,
mikro darajadagi moliyaviy resurslar bilan tavsiflangan. Korxonalar moliyaviy salohiyat
kategoriyasini Buranova (2020) shunday ta’kidlaydi: “Moliyaviy salohiyat –
bu
korxonaning o‘z
hususiy va jalb qilingan moliyaviy resurslari bo‘lib, joriy va kelajakdagi
harajatlarini tasarruf
etishda o‘zi haqlidir”. Be
lorussiyalik mutaxasssislar Plaksin va Poles
huk (2013) “Korxonaning
moliyaviy
–
iqtisodiy salohiyatini uning tashkil etadigan komponentlar summasi sifatida emas,
balkim, har qanday ishlab chiqarish tizimida bo‘lganiday, murakkab, o‘zaro bog‘liq salohiyatla
r
tizimining elementlari yig‘indisi sifatida e’tirof etganlar”
(Plaksin, Poleshuk, 2013).
Yuqoridagilardan farqli ravishda, Suxova (2016) “Korxona moliyaviy salohiyati:
tushunchasi, mazmuni, o‘lchash usullari” nomli nashrida korxonalar moliyaviy salohiyat
ini
“Korxona moliyasi” tushunchasi bilan bog‘lab, iqtisodiy munosabatar tizimi sifatida kor
xona
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
258
moliyaviy resurslarini shakllantirish, taqsimlash va ishlatilishi jarayonida paydo bo‘lishini
ifodalaydi”
(Suxova, 2016).
Iqtisodiy salohiyatni xo‘jalik yuriti
shning moddiy asosi sifatida tavsiflash asnosida
Shukov (2002) iqtisodiy salohiyatning quyi
dagi tarkibiy qismlarni ajratib ko‘rsatadi: tabiiy
-
resurs; ekologik -
iqtisodiy; ishlab chiqarish; innovatsion va ta’lim (intellektual); mehnat
(kadrlar) salohiyati (Shukov, 2002).
Xasanov (2023) tahriri ostida chop qilingan “Moliya va soliqlar” darsligida korxonaning
iqtisodiy salohiyati ishlab chiqarish, kadr, intellektual, moliyaviy, boshqaruv kabi tashkil
etuvchilardan tarkib topishi ta’kidlab o‘tiladi. Bunday
tasniflash iqtisodiy salohiyatni tahlil
qilishda korxona faoliyat ko‘rsatishning tashqi shart
-sharoitlari, resurslarning texnik-iqtisodiy
tavsifi, korxonaning mehnat resurslari, moliyaviy resurslar, xo‘jalik yuritish usullari kabi
omillarni guruhlash imkonini beradi (Xasanov va boshq., 2023).
Buxgalteriya sohasida mamlakatimizning ko‘zga ko‘ringan iqtisodchi olimlaridan biri
Muxametov (2024)
qishloq xo‘jaligi korxonalarining iqtisodiy salohiyatini tahlil qilish
kelgusida mahsulot tannarxini pasaytirish, sohada ishga solinmagan imkoniyatlarni aniqlash
imkonini berishi haqida to‘xtalib o‘tadi, uning fikricha iqtisodiy salohiyatni tahlil korxona
raqobatbardoshligini oshirishning muhim manbai hisoblanadi (Muxametov, 2024).
Rossiyalik mutaxassislar Kuzubov va De
nisenkolar (2017) qishloq xo‘jaligi
korxonalarining iqtisodiy salohiyatini tahlil qilishda asosiy e’tiborni asosiy fondlardan
foydalanish darajasiga qaratishni taklif qiladilar
(Kuzubov, Denisenko, 2017).
Mavzuga doir adabiyotlar tahlili qishloq xo‘jalig
i korxonalarning iqtisodiy salohiyati
masalalari atroflicha o‘rganilmaganligini ko‘rsatadi. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur
maqolada qishloq xo‘jaligi korxonalari iqtisodiy salohiyatini
tahlil qilish uslubiyotiga
to‘xtalamiz.
Tadqiqot metodologiyasi.
Maqolada mahalliy va xorijiy olim va mutaxassislarning iqtisodiy tahlilni tashkil etish
nazariyasi va amaliyoti, boshqaruv maqsadlarida moliyaviy ma’lumotlarni baholash uchun
tahliliy amallarni bajarish va o‘rganilayotgan muammo bo‘yicha mahalliy va xori
jiy ilmiy-
tadqiqot muassasalarining tavsiyalaridan kelib chiqib mualliflik qarashlari ilgari suriladi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari iqtisodiy salohiyatining tashkil etuvchilarini aniqlashtirish
maqsadida mazkur maqolada guruhlash, taqqoslash, grafik, omillarni tahlil qilish kabi
usullardan foydalanildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarini muvaffaqiyatli va samarali boshqarishni ta’minlash qishloq
xo‘jaligi ishlab chiqarishini boshqarishga malakali va muvozanatli yondashuvni tal
ab qiladi, bu
asosan ishlab chiqarish jarayonlari va operatsiyalari natijalarini tahlil qilish qobiliyati bilan
belgilanadi.
Iqtisodiyot fanida o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlarga omillar ta’sirini baholash, tahliliy
ma’lumotlarni umumlashtirish va o‘rganish
borasida turli tuman usul va vositalar ishlab
chiqilgan bo‘lib, bugungi kunda mazkur vosita va usullardan amaliyotda keng foydalanilib
kelinmoqda.
Iqtisodiy tahlil boshqaruv jarayonining ajralmas tarkibiy qismi sifatida boshqariladigan
ob’ektda sodir bo‘l
ay
otgan o‘zgarishlarni miqdor va sifat jihatdan baholashni ta’minlaydi;
boshqaruv sub’yekti tomonidan salbiy va ijobiy hodisalarning rivojlanish tendentsiyalarini o‘z
vaqtida aniqlashga yordam beradi, bu o‘z navbatida salbiy jarayonlarning oldini olish, ij
obiy
jarayonlarni yanada jonlantirish imkoniyatini beradi.
Iqtisodiy tahlil subyektlari boshqariladigan ob’ektning mulkdorlari va rahbarlari, xo‘jalik
yurituvchi subyekt bilan iqtisodiy hamkorlikdan bevosita va bilvosita manfaatdor bo‘lgan
tashqi foydalanuvchilar hisoblanadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
259
Iqtisodiy tahlilning axborot bazasini turli xil tashqi axborot manbalarini va shuningdek,
korxonaning ichki axborot massivlarini o‘z ichiga olgan boshqaruv ob’ekti faoliyati to‘g‘risidagi
butun axborot tizimi tashkil qiladi.
Tahlilni a
malga oshirish borasidagi uslubiy yondashuv analitik tadqiqotni o‘tkazish
tartibi, muayyan obyekt ustida ishlashning analitik usullaridan foydalanish qoidalari va ketma-
ketligini belgilab beradi. Uslubiy yondashuvning maqsadi tahlilning barcha bosqichlarida
tahliliy jarayonlarni amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat bo‘lib, ular
ob’ekt faoliyatiga boshqaruv ta’sirini yaxshilashning mumkin bo‘lgan usullarini aniqlash va
belgilashga yordam berishi lozim bo‘ladi.
Adabiyotdagi mavjud tus
hunchalar va yondashuvlarni o‘rganish asosida iqtisodiy tahlilni
amalga oshirishning uslubiy yondashuvi borasida quyidagi fikrni ilgari suramiz: “qishloq
xo‘jaligi korxonalarining iqtisodiy salohiyatini tahlil qilishga uslubiy yonda
shuv muayyan bir
maqsa
dga erishish borasida tahlilni amalga oshiruvchi sub’yekt tomonidan qo‘llaniluvchi usul
va vositalar, miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari tizimi majmuini ifoda etadi”.
Ilmiy izlanishlar olib borish natijasida qishloq xo‘jalik krxonalar
ining iqtisodiy
salohiyatini baholash va tahlil qilish borasida mualliflik yondashuvi ishlab chiqildi.
Uslubiy yondashuvning eng muhim jihati
–
bu iqtisodiy rivojlanishning erishilgan
darajasi, mavjud ishlab chiqarish va bozor sharoitlari, qishloq xo‘jalig
i biznesini
rivojlantir
ishning mumkin bo‘lgan istiqbollari asosida boshqaruv sub’yekti tomonidan
belgilanadigan tahliliy ishlarning maqsadli belgilanishi hisoblanadi.
Zamonaviy sharoitda qishloq xo‘jaligi korxonalarining iqtisodiy salohiyatini tahlil
qilishning asosiy maqsadi q
ishloq xo‘jaligi biznesini tashkil etish samaradorligi darajasini
aniqlash va korxonaning bozorda barqarorligini oshirishning mumkin bo‘lgan usullarini
belgilashdan iborat bo‘lmog‘i lozim.
Avvaldan mavjud yondashuvlardan farqli o‘lar
oq, biz tomondan ishlab chiqilgan va taklif
qilinayotgan yondashuvni qo‘llash salohiyatning tarkibiy qismlarini tahlil qilish va iqtisodiy
salohiyatni ikki yo‘nalishda –
holat darajasiga (yuqori, o‘rta, past) va qiymatga qarab aniqlash
imkonini beradi.
Taklif etilayotgan yondash
uvdan qishloq xo‘jaligi korxonalarining amaliy faoliyatida
qo‘llash bir qator o‘ziga xosliklarga egaligi bilan ajralib turadi:
-
qishloq xo‘jaligi korxonalari iqtisodiy salohiyatining mazmuni to‘rtta tarkibiy qism
sifatida taqdim etiladi: ishlab chiqarish, moliyaviy, boshqaruv va bozor salohiyati;
- korxonalarning iqtisodiy salohiyatini tahlil qilish analitik ishlarning ketma-ket beshta
bosqichi shaklida amalga oshiriladi, bu yerda salohiyat tarkibiy qismlarini baholashning
analitik jarayonlari ajratib ko
‘rsatiladi;
-
qishloq xo‘jaligi korxonalarining ishlab chiqarish salohiyati tarkibini o‘rganish tahlil
uslubiyotida y
er, biologik, moddiy va mehnat tarkibiy qismlarini baholash ko‘rsatkichlarini
taklif qilish imkonini beradi;
- qish
loq xo‘jaligi korxona
la
rining holati va rivojlanishining moliyaviy ko‘rsatkichlarini
tahlil qilish korxonalarning moliyaviy salohiyatini tahlil qilish uslubiyotini ishlab chiqish va
asoslash imkonini beradi;
-
qishloq xo‘jaligi korxonalarida mavjud tashkiliy tuzilma va boshqa
ruv jarayonini
o‘rganish bizga zarur tahliliy ko‘rsatkichlar tizimini shakllantirgan holda korxonalarning
boshqaruv salohiyatini tahlil qilish modelini ishlab chiqish va taklif qilish imkonini beradi;
- muammoli-
analitik yondashuvni qo‘llash iqtisodiy sal
ohiyatning tarkibiy qismlarini
baholashning ierarxik modelini yaratish uchun asos bo‘lib xizmat qildi, bu bozor salohiyatining
o‘rni va ahamiyatini ko‘rsatadi, shuningdek uni baholashning
miqdoriy va sifat mezonlarini
belgilaydi.
Taklif etilayotgan uslubiy yondashuvda tahliliy ishlarning axborot bazasiga, buxgalteriya
hisobi va tahlil jarayonini takomillashtirish va foydalanilayotgan ma’lumotlarning sifatini
oshirish masalalariga alohida e
’tibor qaratiladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
260
Bozor raqobati kuchayib borayotgan zamonaviy sharoitda boshqaruv sifati jarayonlari
birinchi o‘ringa chiqadi, ularni baholash to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri axborot ma’lumotlarining o‘z vaqtida
va ishonchliligiga bog‘liq bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligi
korxonalarining boshqaruv salohiyati modelini ishlab chiqishda
boshqaruv tizimining sifati tarkibiy qismlar: ishlab chiqarish jarayonlari, kredit siyosati,
mehnat munosabatlari, moliyaviy jarayonlar prizmasi orqali namoyon bo‘ladi.
Boshqaruv sifatini tizi
mli monitoring qilish imkoniyatini ta’minlash uchun biz ushbu
tarkibiy qismlarga muvofiq korxonada biznes-jarayonlarni tashkil etish darajasini aks
ettiruvchi ishlab chiqarish va moliyaviy ko‘rsatkichlarning zarur ro‘yxatini o‘z ichiga olgan
korxona ichida ichki rejalashtirish va tahliliy hujjatlarni ishlab chiqish zarur deb hisoblaymiz.
Qishloq xo‘jaligi korxonasi salohiyati ko‘rsatkichlarini qiyosiy tahlilini o‘tkazish uchun
vaqti-
vaqti bilan hududlar kesimida bozorlardagi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqari
shining
miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga olgan ma’lumo
tl
arni to‘plash va umumlashtirish
talab qilinadi.
1-jadval
Qishloq xo‘jaligi korxonalari iqtisodiy salohiyatining tuzilmasi
100
Salohiyatning
tashkil etuvchisi
Salohiyatni shakllantiruvchi omillar
Salohiyatni tavsiflovchi
ko‘rsatkichlar
Ishlab chiqarish
salohiyati
1. Ishlab chiqarish resurslarining
mavjudligi va holati: yer, chorva
mollari, asosiy va aylanma mablag‘lar,
mehnat resurslari;
2. Yer, asosiy va aylanma mablag‘lar va
ishchi kuchidan foydalanish holati va
darajasi;
3. Resurslarni yangilash darajasi va
me
hnatni rag‘batlantirish tizimi
1. Qishloq xo‘jaligi yerlari va asosiy
podaning mahsuldorligi va
rentabelligi;
2. Yosh hayvonlar, xomashyo va
materiallarning qaytimi;
3. Moddiy asosiy vositalarning
rentabelligi va qaytimi;
4. Mehnat unumdorligi, bir xodimga
to‘g‘ri keluvchi o‘rtacha sof daromad
Moliyaviy
salohiyat
1. Kompaniyaning moliyaviy
barqarorligi;
2. Moliyaviy xatar darajasi;
3. Kapitaldan foydalanish samaradorligi;
4. Investisiya siyosati va moliyaviy
boshqaruv vositalari
1. Moliyaviy mustaqillik koeffisienti;
2. Moliyalashtirish koeffisienti;
3. Sof aktivlarning rentabelligi;
4. Moliyaviy dastak samarasi
Boshqaruv
salohiyati
1. Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi;
2. Biznesni axborot bilan ta’minlash
holati va darajasi;
3. Biznes jarayonlarini boshqarish sifati
1. Ishlab chiqarish jarayonlari, kredit
siyosati, mehnat munosabatlari,
moliyaviy jarayonlarni boshqarish
ko‘rsatkichlari;
2. Boshqaruv salohiyatining integral
ko‘rsatkichi
Bozor salohiyati
1. Korxona o‘lchami;
2. Moddiy-texnik bazaning holati va
qo‘llaniluvchi ishlab chiqarish
texnologiyalari;
3. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini
kreditlash va moliyalashtirish darajasi
va shartlari;
4. Bozorda raqobatbardoshlik darajasi
1. Miqdoriy baholash mezonlari:
tushum, daromad, sof daromad, sof
foyda, sof aktivlar;
2. Sifat baholash mezonlari: foyda
me’yori, sof daromad darajasi, tushum
sifati, barqaror rivojlanish sur’ati,
korxonaning raqobatbardoshligi;
3. Bozor salohiyatining integral
ko‘rsatkichi
100
Muallif ishlanmasi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
261
Tahliliy
ma’lumotni qayt
a
ishlash yo‘llari va usullarini tanlash, uni umumlashtirish,
ma’lumotlarning to‘liqligi va taqdim etish davriyligi boshqaruv sub’yekti tomonidan ishlab
chiqarishning o‘ziga xos sharoitlari, professionallik darajasi va korxonaning moliyaviy
boshqaruv tizimini tashkil etish darajasidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining iqtisodiy salohiyatini tahlil qilishda tavsiya etilgan
uslubiy yondashuvdan foydalanish salohiyat tarkibiy unsurlarining darajasi va kattaligiga
ta’sir
qiluvchi omillarni aniqlashni, ularni tizimli baholash va monitoringini talab qiladi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining o‘ziga xos xususiyatlari va qishloq xo‘jaligi
korxonalarining iqtisodiy salohiyatining mazmunini o‘rganish korxonalarning
holati va
salohiy
atidan foydalanishga ta’sir qiluvchi asosiy omillarni aniqlashtirishga imkon beradi
(1-jadval).
1-
jadvalda keltirilgan omillarni tahlil qilish va ular asosida qishloq xo‘jaligi korxonasining
iqtisodiy salohiyati tarkibiy qismlarining tavsiya etilgan ko
‘r
satkichlarini baholash mavjud
salohiyat darajasini aniqlash va uning har bir tarkibiy qismining qiymatini baholash imkonini
beradi.
Xulosa va tavsiyalar.
Moliyaviy salohiyatni boshqarish sohasidagi vaziyatni yaxshilashga qaratilgan chora-
tadbirlar sifatida quyidagilar taklif qilinadi:
-
qishloq xo‘jaligi korxonalarining maqbul kapital tuzilmasi bo‘yicha tavsiyalar ishlab
chiqish;
- samarali moliyaviy boshqaruv tizimini ishlab chiqish va joriy etish, boshqaruv
jarayonida kapitalning o‘rtacha solishtir
ma
ulushi va boshqa dastaklar ko‘rinishidagi moliyaviy
vositalardan foydalanishni faollashtirish.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan va moliyaviy
-
xo‘jalik faoliyati
samaradorligining pasayishiga olib keladigan asosiy xatarlar qishl
oq xo‘jaligi ishlab chiqarishi
uchun xavfli bo‘lgan tabiiy hodisalar ta’sirida hosildorlikning yo‘qolishi (o‘lishi) yoki qisman
yo‘qolishi va chorvachilikning kamayishi hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun xos bo‘lgan va umuman olganda korx
onalar iqtisodiy
salohiyatining darajasi va hajmiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan muammolar sirasiga
quyidagilarni kiritish mumkin:
-
asosiy vositalarning ma’naviy va jismoniy eskirish darajasining oshib bori
shi;
-
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvch
ilarining moliyaviy, logistika va axborot resurslari
bozorlariga, tayyor mahsulotlar bozorlariga kirishini qiyinlashtiruvchi bozor
infratuzilmasining qoniqarsiz rivojlanish darajasi;
-
qishloq xo‘jaligi ishlab c
hiqaruvchilarining erdan foydalanish va erga egalik qilish
masalalari.
Ishlab chiqilgan yondashuv nafaqat qishloq xo‘jaligi sohasida, balki xalq xo‘jaligining
boshqa tarmoqlarida ham korxona salohiyatini boshqarish sohasidagi tahliliy qarorlarni
asoslash vositasi sifatida xizmat qilishi mumkin. Salohiyatni baholashning moliyaviy
ko‘rsatkichlarini tahlil qilishning taklif etilayotgan usullaridan iqtisodiy tahlil nazariyasida
tahliliy echimlarning iqtisodiy mazmunini tushunishda ham keng foydalanish mumkin.
Adabiyotlar/ Литература/ Reference:
Akramov G. (2024)
HUDUD MOLIYAVIY SALOHIYATINI BOSHQARISHNING O ‘ZIGA XOS
JIHATLARI //Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil.
–
Т. 2. –
№. 1. –
С. 18
-26.
Muxametov Abubakr Baboyevich, & Matkuliyeva Sanobar Ismailovna. (2024). QISHLOQ
XO‘JALIGI KORXONALARINING ISHLAB CH
IQARISH SALOHIYATINI TAHLIL QILISH. Miasto
Przyszłości,
49,
597
–
611.
Retrieved
from
http://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/3945
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
262
Xakimov, T. (2024). QISHLOQ XO
‘J
ALIGI KORXONALARINING IQTISODIY SALOHIYATI VA
UNING
TASHKIL
ETUVCHILARI. Iqtisodiy
Taraqqiyot
Va
Tahlil, 2(3),
167
–
175.
https://doi.org/10.60078/2992-877X-2024-vol2-iss3-pp167-175
Xasanov B.A., Xashimov A.A., Muxametov A.B., Abduvoxidov A.A., Urazmatov J.M.,
G‘.B.Akramov, M.A.Narbayeva, D. B. Eshpulatov (2023) Moliya va soliqlar. darslik / // prof.
B.A.Xasanov tahriri ostida.
–
T.: “Iqtisodiyot dunyosi”.
Yuldashev Fozil Turapovich (
2023) “
Iqtisodiyotni transformatsiyalash jarayonida sanoat
korxonalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash yo‘llari”
mavzusida 08.00.07
–
Moliya, pul
muomalasi va kredit
ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi avtoreferati// T.
Абдувахидов А.А. и др. (2022) АГРАР СЕКТОРДА ИННОВАЦИОН ТАДБИРКОРЛИКНИ
РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ ЙЎЛЛАРИ //BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN
ILMIY JURNALI.
–
Т. 2. –
№. 10. –
С. 9
-12.
Буранова Л.
(2020)
Финансовый потенциал региона: понятие, сущность и значение
для развития Сурхандарьинской области //Экономика и инновационные технологии. –
№.
4.
–
С. 204
-213.
Зулунова
Ф.А.
(2008)
Корхоналар
молиявий
салоҳият
таҳлилини
такомиллаштириш. //Диссертация.//Самарқанд.
-
21б
Кузубов А.А., Денисенко И.А.
(2024)
Теоретические аспекты анализа использования
основных средств сельскохозяйственных предприятий // RJOAS. 2017. №4. URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/teoreticheskie-aspekty-analiza-ispolzovaniya-osnovnyh-
sredstv-selskohozyaystvennyh-
predpriyatiy (дата обращения: 30.06.2024).
Нурмухаммидова М.Х. и др. (2021) ИҚТИСОДИЙ ИСЛОҲОТЛАРНИНГ ҲОЗИРГИ
БОСҚИЧИДА ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИНИ БАРҚАРОР РИВОЖЛАНТИРИШ АСОСЛАРИ //TA'LIM
VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI.
–
Т. 1. –
№. 6. –
С. 401
-417.
Пардаев М.К.
(2002)
Иқтисодиётни эркинлаштириш шароитида иктисодий
тахлилнинг назарий ва методологик муаммолари //Иқтисодиёт фанлари доктори
илмий даражасини олиш учун диссертация автореферати. Т.: Банк молия академияси.
-
22-
27б
Плаксин В.И., Полещук А.С.
(2013)
Финансовый потенциал Белорусии его оценка и
использование. Экономический журнал Белорусии.
-
№3.
-
с.87
-97
Сухова Л.Ф.
(2016)
Финансовый потенциал предприятия: понятие, сущность,
методы измерения. //Финансовая аналитика проблемы и решения. 12.
-
с2
-9
Щуков В.Н.
(2002)
Экономический потенциал регионов России и эффективность его
использования: учебное пособие //Иваново: ИГТА,
–58 с. –
2002.
