Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
173
O‘ZBEKISTONDA TASHABBUSLI BUDJETLASHTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISHDA
ILG‘OR XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBAS
IDAN FOYDALANISH
Suyundikov Lochinbek Akmaljon o
‘
g
‘
li
Jamoat xavfsizligi universiteti
ORCID: 0009-0005-8169-8440
suyundikov.lochinbek0826@mail.ru
Annotatsiya.
Ushbu maqolada tashabbusli byudjetlas
htirishni O‘zbekistonda joriy etish
amaliyoti
o‘rganilib, xorijiy davlatlar tajribalaridan tushunchalar olingan. Tadqiqot tashabbusli
byudjetni davlat moliyasini boshqarishda ishtirok etish yondashuvi sifatida samaradorligini
baholashga qaratilgan. Maqolad
a xorijiy mamlakatlarda qo‘llanilayotgan turli
usullar tahlil
qilinib, ularning O‘zbekiston sharoitida moslashuvchanligi va qo‘llanilishi baholanadi.
Kalit so‘zlar:
partisipator budjetlashtirish, mahalliy budjet, davlat budjeti,
moliyalashtirish, loyiha.
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ПЕРЕДОВОГО ЗАРУБЕЖНОГО ОПЫТА В СОВЕРШЕНСТВОВАНИИ
ИНИЦИАТИВНОГО БЮДЖЕТИРОВАНИЯ В УЗБЕКИСТАНЕ
Суюндиков Лочинбек Акмалджан углы
Университет общественной безопасности
Аннотация
.
В данной статье изучена практика внедрения инициативного
бюджетирования в Узбекистане, заимствованы идеи из опыта зарубежных стран.
Исследование направлено на оценку эффективности инициативного бюджетирования
как подхода к управлению государственными финансами. В статье анализируются
различные методы, применяемые в зарубежных странах, оценивается их гибкость и
применение в условиях Узбекистана.
K
лючевые слова:
партисипатор бюджетирование, местный бюджет,
государственный бюджет, финансирование, проект.
THE USE OF ADVANCED FOREIGN EXPERIENCE IN IMPROVING INITIATIVE
BUDGETING IN UZBEKISTAN
Suyundikov Lochinbek Akmaljon ugli
University of Public Safety
Abstract.
This article examines the practice of implementing initiative budgeting in
Uzbekistan, and borrows ideas from the experience of foreign countries. The study aims to assess
the effectiveness of proactive budgeting as an approach to public finance management. The article
analyzes various methods used in foreign countries, assesses their flexibility and application in the
conditions of Uzbekistan.
Key words:
participator budgeting, local budget, state budget, financing, project.
UO
‘
K: 336.14
VII SON - IYUL, 2024
173-179
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
174
Kirish.
Jahon mamlakatlarida fuqarolarning budjet jarayonida ishtirok etishi va ochiqlikni
ta’minlash, jamoatchilik nazoratini
kuchaytirishga, bu orqali davlat organlari faoliyati
samaradorligini oshirish va korrupsiyaviy holatlarning oldini olishga xizmat qilmoqda.
Fuqarolarning ma’lum shakldagi budjet qarorini qabul qilish jarayonida ishtirok etishi
demokratik boshqaruv shakllar
iga ega ko‘plab mamlakatlarda deyarli XX asrning o‘rtalaridan
buyon amalda bo‘lib kelmoqda.
Jahon davlat moliyasini isloh etish sharoitida tashabbusli budjetlashtirish orqali
moliyaviy resurslardan samarali foydalanish borasida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
Budjet mablag‘laridan samarali foydalanishda davlat xus
usiy sektor boshqaruvini ajratishning
aniqligini ta’minlash, budjet mablag‘larini ta’minlashda vakolatli organlar rolini kuchaytirish,
aholi ishtirokini kengaytirish, fiscal siyosat maqsadlariga erishishni nazorat qilish, moliyaviy
axborot va risklarni, ic
hki va nazoratlarining o‘zaro ta’sirini aniqlash, moliyaviy
ma’lumotlarning ochiqligi ta’minlanishida real vaqt rejimiga amal qilinishi va amalga
oshirilishi, moliyaviy siyosatning ochiqligini t
a’minlash me’yorlarini takomillashtirish bu
boradagi vazifala
ring muhim omili bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekistonda Davlat budjetining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan jamoatchilik
nazoratini amalga oshirish, tashabusli budjetlashtirishni moliyalashtirish mexanizmini
takomillashtirishda o‘ziga xos e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan holatlar mavjud. Jumladan,
tashabbusli budjetlashtirish jarayoni shaffofligi va ochiqligi to‘liq ta’minlanmagan,
fuqarolarning tashabbusli loyihalari bo‘yicha sarflanayotgan mablag‘larning maqsadliligi va
samaradorligi yetarlicha t
a’minlanmagan hamda, budjet mablag‘larining taqsimotida
jamoatchilik tomonidan nazorat qilish mexanizmi talab darajada yo‘lga qo‘yilmaganligi kabi
holatlar mavjud bo‘lib, ularni hal etish yo‘lla
rini ishlab chiqish va amaliy yechimlarini topish
muhim ahamiy
at kasb etadi. “O‘zbekiston —
2030 strategiyasi”ga muvofiq, “Mahallaning
mablag‘larini aholining ovoziga ko‘ra, infratuzilma loyihalariga yo‘naltirish amaliyotini joriy
qilib, mahallalardagi mua
mmolarni hal etish uchun ajratiladigan mablag‘lar miqdorini ka
mida
3 barobar ko‘paytirish. Aholi tashabbusi bilan infratuzilmani yaxshilashga ajratiladigan
mablag‘larni 24 trillion so‘mga
y
etkazish” vazifalari belgilangan. Mazkur vazifalarning
bajarilishi tashabbusli budjetlashtirishni moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish
shuningdek, ushbu mavzuni dolzarbligini yanada oshirish zaruratini ko‘rsatmoqda.
Adabiyotlar sharhi.
Tashabbusli budjet tushunchasi va tashabbusli budjetni moliyalashtirishning nazariy va
huquqiy asoslari, budjet ochiqligi va shaffofligini oshirish, mahalliy soliqlarni hisoblash
mexanizmini takomillashtirish orqali mahalliy budjet daromadlarini mustahkamlash va
daromadlar manbaini kengaytirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar xorijlik va o‘zbekistonlik
iqtisodchi olimlarning asarlarida tadqiq qilingan.
Iqtisodchi Anwar Shah (2007) tashabbusli budjetlashtirish (partitsipator
budjetlashtirish)
–
bu to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri demokratiyaning bir turi bo‘lib, munitsipal hudud
aholisiga mahalliy hukumat budjetining bir qismini taqsimlashda bevosita ishtirok etish
imkoniyatidir. Munitsipal (mahalliy) budjet mablag‘larini taqsimlash ommaviy jarayonda
amalga oshirilib, muhokama qilish va keyinchalik tanlangan loyihalarning bajarilishini nazorat
qilish orqali amalga oshiriladi (Anwar Shah, 2007)
deb ta’rif bergan.
Iqtisodchi olim Vagin (2017) Partisipator budjetlashtirish (PB)
–
bu mahalliy
ahamiyatdagi masalalarni budjetni jamoatchilik fikri asosida shakllantirishga asoslangan holda
budjet ma
blag‘larini sarflash obyektlarini aniqlash va tanlashda, shuningdek tanlan
gan
loyihalarning amalga oshirilishini bevosita fuqarolar ishtirokida nazorat qilish orqali hal
qilishning turli-
tuman amaliyotlari jamlamasidir deb ta’riflagan.
Iqtisodchi Anja Roke (
2014
) tashabbusli budjetlashtirish usullari 1989-yilda Braziliyada
paydo
bo‘lgan bo‘lib, shundan beri butun dunyoga tarqaldi. Moslashuv jarayonida ushbu
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
175
amaliyotlarni joriy etgan har bir mamlakatda usullar mintaqaviy xususiyatlarga muvofiq
o‘zgartirildi. Farqlar, birinchi navbatda, rejalashtirish miqyosida edi, mamlakatga qara
b, u
shahar, mintaqaviy yoki viloyat darajada bo‘lishi mumkin edi. Ba’zi mamlakatlarda ushbu
jarayonlar Qonunchilik normasi shaklida qo‘llanilgan bo‘lsa, boshqala
rida esa jarayonni ishlab
chiquvchilari mahalliy qonunchilikda mavjud bo‘lgan vositalardan foy
dalanganlar. 2014-yildan
boshlab tashabbusli budjetlashtirish butun dunyo bo‘ylab 1500 dan ortiq hududiy mahalliy
organlarda qo‘llanilgan va fuqarolarning davlatn
i boshqarishda bevosita ishtirok etishining
muhim instituti bo‘lganligini ta’kidlagan.
Iqtisodchi Chumakova (2022) Tashabbusli budjetlashtirish
–
bu fuqarolarning budjet
xarajatlari ob’ektlarini tanlashda bevosita ishtirokida mahalliy ahamiyatga ega bo‘lga
n
masalalarni hal qilish, shuningdek tanlangan loyihalarning bajarilishini keyinchalik nazorat
qilish bo‘yicha turli xil, fuqarolik asosidagi Rossiya amaliyotlari to‘plamidir deb ta’kidlagan.
Iqtisodchi Xamidov (2023) tashabbusli budjetlashtirish mexanizmi fuqarolarga budjetga
xizmat ko‘rsatish va monitoringni amalga oshirish vositasi sifatida tushunish va unga bog‘liq
imkoniyatlardan foydalanish bilan bir qatorda fuqarolarning moliyaviy savodxonligi oshishiga
sabab bo‘ldi deb ta’kidlagan.
Iqtisodchi Qosim
ova (2012) ta’kidlaganidek, “Mahalliy budjetlar Respublika budjetida
muhim tarkibiy qismni tashkil etadi va mahalliy xokimiyatlarning faoliyat yuritishlarida
moliyaviy asos bo‘lib hisoblanadi. Mahalliy budjetlar faoliyati mahalliy talab
-ehtiyojlarini
to‘la
roq qondirishni hamda, davlatning markazlashgan tartibda amalga oshiradigan
tadbirlarining baj
arilishi bilan uzviy bog‘liq holda ijro etishga imkon yaratib beradi. Mahalliy
budjetlar mintaqalardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni bartaraf etishda asosiy manba va
mahalliy boshqaruv organlari faoliyatining iqtisodiy asosi bo‘lganligi tufayli budjetga
qo‘shimcha mablag‘lar jalb etish manbalarini izlab topish va mavjud mablag‘larni samarali
sarflanishini ta’minlash orqali budjet siyosati samaradorligini ta’minlaydigan asosiy omil bo‘lib
xizmat qiladi. Mahalliy budjetlar faoliyati barqarorligini ta’minlov
chi omil
–
ular daromad
bazasini mustahkamlash hisoblanadi”.
Professor Jo‘rayevning
(2005)
fikricha soliqlarning budjet tizimi bo‘g‘inlari o‘rtasida
taqsimlanish tartibini takomillashtirish davlat budjetining daromad bazasini shakllantirish
nuqtai-nazardan muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Buning sababi shundaki, asosiy va
barqaror tushum manba
i bo‘lgan soliq turlarini mahalliy budjetlarga o‘z daromad bazasini
shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Va aksincha, mahalliy budjetlarning daromad
bazasini asosan tartibga soluvchi daromadlar (umumdavlat soliqlar) hisobidan shakllanish
tartibini yuzaga keltirishi mahalliy moliya organlarida loqaydlikni yuzaga keltirishi hamda
soliq undirish samaradorligini pasayishiga olib kelishi mumkin.
Iqtisodchi
Mamanazarov
(2002)
ta’kidlaganidek,
m
ahalliy
budjetlarni
balanslashtirishning shunday tizimi ishlab chiqilishi kerakki, bu tizim: huquqiy-iqtisodiy
samaradorlikning ko‘proq mahalliy hokimiyat organlariga o‘tkazilishi. Budjet mas’uliyatini
fuqarolarning yashash
joyidan qat’iy nazar asosiy ijtimoiy ne’matlardan teng bahramand
bo‘lishlarini, soliqlarni
ko‘proq yig‘ishdan mahalliy manfaatdorlikning oshishini ta’minlashi
zarur. Mahalliy hokimiyatlar qonuniy tartibda o‘rnatilgan soliq
-budjet avtonomiyasiga ega
bo‘lmas
ekan, ular hududiy moliyalashtirishning iqtisodiy samarasini oshirishga harakat qila
olma
sliklari ta’kidlangan.
Yuqoridagilardan aytish mumkinki, tashabbusli budjetlashtirishni moliyalashtirishda
m
intaqalarning o‘zini
-
o‘zi moliyaviy ta’minlash darajasini
oshirish, davlat boshqaruvi
organlarining va mahalliy davlat hokimiyati organlarining mahalliy budjetlar daromadlari va
xarajatlarini shakllantirishdagi roli, mustaqilligi va mas’uliyatini oshirish, budjet ochiqligi va
shaffofligini ta’minlash dolzarb masa
lalardan biri hisoblanadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
176
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqot ishini bajarishda
jarayonida statistik ma’lumotlarni qayta ishlash, analiz va
sintez, ilmiy abstraktsiya, qiyosiy tahlil qilish, guruhlash hamda statistik tahlil usullaridan
foydalanilgan. Mahalliy va xorijiy olimlarning tashabbusli (partisipator) budjetlashtirish
bo‘yicha iqtisodiy qarashlari sohadagi muammolar va ularning yechimlari bо‘yicha izlanishlari
hamda, sohaga doir qonuniy va meyoriy-
huquqiy hujjatlar о‘rganilib, xulosa va takliflar
ishlab
chiqildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
1980-yillar oxirida PB (Participatory Budgeting) ilk bor Braziliyadagi Portu-Alegri
shahrida paydo bo‘ldi. Keyingi yillarda u avval Braziliyaning boshqa shaharlarida va Lotin
Amerikasi mamlakatlarida faol qo‘llanilgan, so‘ng boshqa qit’alarga yoyilgan. Bugungi
kunda
“
Hope for Democracy. 30 years of Participatory Budgeting Worldwide
”
kitobi mualliflarining
baholashicha, Partisipator budjet amaliyotlari soni butun dunyoda 7000 dan oshadi (Vagin,
2021).
Avval boshida PB amaliyotlari asosan shaharlarda amalga oshirilgan edi. Lotin
Amerikasida aksariyat million fuqarolik shaharlar partisipator budjetlashtirish tajribasiga ega.
Yevropada ham PB
—
asosan shaharlarga xos amaliyot. Lissabon, Turin, Parij, Milan, Berlin
—
bu PB loyihalarini amalga oshirayotgan shaharlarnin
g to‘liq bo‘lmagan ro‘yxati. Bir vaqtning
o‘zida
Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlarida PB asosan qishloq joylariga xos amaliyot
hisoblanadi (
Вагин
,
Тимохина
, 2017).
Tashabbusli budjetlashtirishning ilg‘or xorijiy mamlakatlarda fuqarolarining jamoatchilik
asosida ishtirok etadigan dasturlari va ularning xususiyatlari 1-jadvalda umumlashtirildi.
Dunyoda ushbu yondashuvlarni amalga oshirishning tu
rli misollari mavjud bo‘lib, ular
davlat va munitsipal hokimiyat organlarining ushbu jarayonga jalb etilish darajasi, budjet
mablag‘larini taqsimlash to‘g‘risida qaror qabul qilishda jamoatchilikning roli, shuningdek,
birgalikda moliyalashtirish loyihalarida aholining bevosita moliyaviy ishtiroki zarurligi bilan
farqlanadi. Dunyo bo‘ylab budjetlashtirishning jam
oatchilik asosida ishtirok etishning eng keng
tarqalgan shakli bu partisipator budjetlashtirishdir.
U 1980-
yillarning oxirida paydo bo‘lib, Lotin Am
erikasi mamlakatlarida keng tarqalgan
bo‘lib, aholining eng kambag‘al qatlamlari muammolarini hal qilish uch
un foydalaniladi.
1-
jadvaldan ko‘rinadiki, tashabbusli budjetlashtirishning dunyo bo‘yicha keng tarqalgan
Braziliyaning Portu-Alegri
shahri budjetin
ing 21% ovoz berish yo‘li orqali taqsimlanib, unda
fuqarolarning 7 000 takliflari joriy qilingan. Natijada mahalliy budjetga soliqlarning
yig‘iluvchanlik darajasi 50 foizgacha oshgan hamda, xalq demokratiyasining shakllanishiga
erishilgan.
Ispaniyaning Sevilya
shahrida fuqarolar tomonidan budjetning 50% tashabbusli budjet
loyihasi doirasida taqsimlanib, har yili 20 000 dan ortiq odamlar muhokamalarda ishtirok
etadilar. Mahalliy boshqaruv organlaridan “budjet nazoratchilari”ni saylash mexanizmi tashkil
etilgan. Natijada,
“
Xalq budjeti
”
shakllanib,
“
Partisipator demokratiya
”
modeli yaratildi
(
Захарчук
,
Некрасов
,
Пасынков
, 2019).
Ispaniyada ko‘p funktsiyali onlayn
-
platforma aholiga loyihalar g‘oyalarini va loyiha
takliflarini taqdim etish hamda, ularga ovoz berish imkonini beradi. Ko‘pchilik siyosat sohalari
bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini b
ildirish v
a muammolarni ko‘tarish uchun imkon qadar
ko‘proq odamlarni jalb qilish platformani yaratishdan ko‘zlangan maqsad edi. U asosan
jamoatchilik ishtirokida budjetni tuzishda qo‘llanildi. Onlayn
-platformadan foydalanib,
fuqarolar uch oy ichida loyiha takliflarini yoqlab yoki unga qarshi ovoz beradi.
Keyin ovoz berishning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi, unda madridliklar bir yarim oy
davomida eng ommabop loyihalar bo‘yicha ovoz beradi. Eng ko‘p ovoz to‘plagan g‘oyalar tanlab
olinadi va Madrid shahri budjetining dastlabki loyihasiga kiritiladi (
O‘roqov, Irgashev,
G‘aybullaev, 2022)
.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
177
1-jadval
Xorijiy mamlakatlar fuqarolarining jamoatchilik asosida ishtirok etadigan
dasturlari va ularning xususiyatlari
(
Захарчук и др. 2019)
Mamlakat
shahar
Aholi
soni
Xususiyatlari
Natija
Portu-Alegri,
Braziliya
1 467 823 -
budjetning 21% ovoz berish yo‘li orqali
taqsimlanadi;
-fuqarolarning 7000 takliflari joriy qilingan;
-hayot sifati indeksi hisobga olingan holda
mablag‘lar taqsimoti (kambag‘al tumanlar
ko‘proq mablag‘ oladi)
Soliqlarning
yig‘iluvchanlik darajasi
50 foizgacha oshgan;
Xalq demokratiya-sining
shakllanishi.
Reykyavik,
Islandiya
118 814
-budjet xarajatlarining muhokamasi uchun
internetdan keng foydalanish;
-on-line ovoz berish jarayoni tashkil etilgan;
shahar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha
1000 dan ortiq takliflar kelib tushgan; -ovoz
berish jarayonida aholining 1/3 qismidan
ortig‘i ishtiro
k etgan.
Siyosiy jarayonlarga xalq
rolinining kuchayishi;
Hukumatga
nisbatan
insonlarning
ishonchining tiklanishi.
Boston,
AQSh
4 180 000 -Local Initiatives Support Corporation
–
shahar infrastrukturasini rivojlantirish va
rag‘batlantirish tizimi joriy etilgan;
-
1 doll. o‘z mablag‘lari hisobiga LISC
investorlar tomonidan 3-
4 dollar mablag‘
kiritiladi;
- 1 mln dollardan 2 mln dollargacha
investitsiya kiritgan investorlar federal
soliqlardan 35%gacha va mintaqaviy
soliqlardan 50%gacha imtiyozga ega
bo‘ladilar.
186 ming kv. m jamoat
joylarini tashkil etilishi;
30
ming
atrofida
fuqarolar uy-joy olishi
qo‘llab
-quvvatlanadi.
Sevilya,
Ispaniya
706 635
-
budjetning 50% tashabbusli budjet
loyihasi doirasida taqsimlanadi;
-
har yili 20 000 dan ortiq odamlar
muxokamalarda ishtirok etadilar;
-
internet orqali shaxsiy loyihalarni taqdim
etish imkoniyati;
-
mahalliy boshqaruv organlaridan
“budjet
nazoratchilari
”
ni saylash mexanizmi tashkil
etilgan.
“
Xalq
budjeti
”
shakllanishi;
“
Partisipator
demokratiya
”
modeli.
Chendu,
Xitoy
16 004 000 -
50 000 loyihalar, 90% qishoq xo‘jaligiga
mo‘ljallangan;
-
qishloq xo‘jaligi maqsadida
70 yil muddatga erga egalik qilish huquqidan
foydalanish;
-loyihaning moliyalashtirilishi;
-Davlat investitsiya fondidan kredit olish
“
Chendu kichik shaharlari investitsion
kompaniyasi
”
Iqtisodiy
o‘sish
va
yashash sifatini oshirish
bo‘yicha qishloq xo‘j
aligi
infrastrukturasini
rivojlantirish.
AQShning Boston
shahrida esa, shahar infrastrukturasini rivojlantirish va
rag‘batlantirish tizimi joriy etilgan. 1 doll. o‘z mablag‘lari hisobiga LISC investorlar tomonidan
3-
4 dollar mablag‘ kiritiladi. Eng aso
siysi, 1 mln dollardan 2 mln dollargacha investitsiya
kiritgan investorlar federal soliqlardan 35%gacha va mintaqaviy soliqlardan 50%gacha
imtiyozga ega bo‘ladilar. Natijada, 30 ming atrofida fuqarolar uy
-joy olishiga erishiladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
178
1-
rasm ma’lumotlariga ko‘
ra, shunigdek,tadqiqot jarayonida shuni guvohi
bo‘ldikki,
dunyo amaliyotida mahalliy aholi tomonidan budjet daromadlarini taqsimlash va nazorat
qilishda budjetning 10 foizdan 60 foizgacha qismini taqsimlashda ishtirok etishlari yo‘lga
qo‘yilgan. Xususan, R
ossiya Federatsiyasida 10-30 foiz, Kolumbiyada 60 foiz, Ispaniyada 50
foiz, Dominikan Respublikasida 15 foiz, Braziliyada 20-40 foizgacha fuqarolar tomonidan
tashabbusli loyihalar asosida budjetlarini taqsimlashda ishtirok etmoqdalar (
Вагин,
Тимохина, 2017
).
1-rasm. Xorijiy mamlakatlarda fuqarolar tomonidan tashabbusli loyihalar
asosida budjetlarini taqsimlashdagi ishtiroki %
Manba:
tadqiqitlar asosida muallif tomonidan tuzildi.
Rossiya
hududida maktab tashabbusi budjetlashtirish loyihasi ilk bor
2017-
yilda Saxalin viloyatida joriy qilingan bo‘lib, 2019
-yildan boshlab Sankt-Peterburg,
Yamalo-
Nenets avtonom okrugida, Oltoy o‘lkasi, Komi Respublikasi, Yaroslavl viloyatlarida
mintaqaviy “maktab” dasturlari paydo bo‘ldi. Bir qator sha
harlarda maktab tashabbuslarini
budjetlashtirish loyihasi munitsipal tashabbuslar sifatida belgilangan. Maktab tashabbuslarini
budjetlashtirishda qo‘llaniladigan amaliyotlar nafaqat Rossiya miqyosida, balki jaho
n
tajribasida ham yangi yondashuvdir (
Вагин, Шаповалова, 2018)
.
RFda “Maktab budjeti
-
2022” loyihasining asosiy maqsadi, 9
-11-
sinf o‘quvchilarida faol va
mas’uliyatli fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, fuqarolarning budjet jarayonida ongli
ishtirokini ta’minlaydigan yangi malaka va ko‘nik
malarni shakllantirish hisoblanadi. Mazkur
loyihaning birinchi bosqichi 2022-yil (sentabr-dekabr) tashabbusli loyihalarni tayyorlash va
tanlab olish.
2023-
yilda g‘olib loyihalarni amalga oshirish va 2024
-yilda ishga tushurish belgilangan.
Loyihada 18 ta m
a’muriy hududiy mintaqalardan 90 ta maktab va 12 ming nafar o‘quvchilar
ishtirok etgan. Maktab TB loyihasining moliyalashtirish hajmi 90 mln rublni tashkil etib, 1 ta
maktab uchun 3 mln rubl miqdorida subsidiya ajratilgan.
Xulosa va takliflar.
Mavzu doira
sida O‘zbekistonda tashabbusli budjetlashtirishning moliyaviy mexanizmini
takomillashtirish va xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalariga ko‘ra quyidagi xulosalar
shakllantirildi.
O‘rganishlar ko‘rsatmoqdagi, G‘arb yondashuvining asosiy xususiyati
- budjet
mablag‘larini taqsimlash bo‘yicha
ekspert Kengashlariga jamoatchilik vakillarini
kiritilishi
dir. Bu esa, moliyaviy resurslarni taqsimlash samaradorligi va fuqarolar uchun
budjet jarayonining shaffofligini oshirishga imkon beradi.
Xorijiy mamlakatlar ta
jribasiga ko‘ra, tashabbusli budjetlashtirishni moliyalashtirish
manbasini kengaytirish maqsadida, O‘zbekiston amaliyotida
birgalikda moliyalashtirish
mexanizmini joriy etish. Bunda, tashabbusli budjetlashtirishni birgalikda moliyalashtirishda
20-40%
10-30%
60%
50%
15 %
10-30 %
0
10
20
30
40
50
60
70
Braziliya
Rossiya
Kolumbiya
Ispaniya
Dominikan Res.
O'zbekiston
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
179
fuqarolar,
yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar mablag‘lari ishtirok etadi.
Tashabbus loyihalarning investorlarini jalb qilish uchun aholi uchun ta’lim dasturlarini
ishlab chiqish.
Tashabbusli loyiha ishtirokchilariga kiritilgan investitsiyalar miqdori b
o‘yicha
soliq imtiyozlari va pereferentsiyalarni joriy etish lozim. Bunda, yuridik shaxslardan
olinadigan foyda solig‘i stavkasini va aylanmadan olinadigan soliqlar bo‘yicha amaldagi
stavkalarining 50 foiz pasaytirilgan stavkada soliqni hisoblash amaliyotini joriy etish maqsadga
muvofiqdir.
Xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasidan kelib chiqib, maktab infratuzilmasini
rivojlantirish, budjet mablag‘larini taqsimlash jarayonida o‘quvchilarida faol va mas’uliyatli
fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish hamda ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
maqsadida O‘zbekistonda ham
“Mening maktabim”
tashabbusli loyihasini joriy etish
maqsadga muvofiqdir.
Adabiyotlar/Literatura/Reference:
Anja Röcke.
(
2014
) Framing Citizen Participation: Participatory Budgeting in France,
Germany, and the United Kingdom
(
англ
.)
.
—
New York, NY:
Palgrave Macmillan
,
—
240 p.
—
ISBN 978-1-137-32666-9
.
Anwar Shah. (2007) Participatory Budgeting. Public Sector Governance and Accountability
(англ.). —
Washington, DC: Всемирный банк,
- 269 p.
—
ISBN 978-0-8213-6923-4.
Jo‘rayev A
.S. (2005) Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishning daolzarb
muammolari: i.f.d. . diss. avtoreferati. Toshkent, DJQA,
–
6 b.
Mamanazarov A. (2002) Mahalliy byudjetlarni barqarorlashtirishda soliqlarning rolini
oshirish masalalari. I.f.n.dissertatsiyasi avtoreferati.
–
Toshkent,
–
24 b.
O‘roqov U., Irgashev I., G‘aybullaev O. (2022) Fuqarolar ishtirokidagi mahalliy byudjet.
Baktria press.
Qosimova
G.A., Shaakramov K. (2012) Mahalliy byudjetlar. O‘quv qo’llanma. –
T.: “Iqtisod
-
moliya”.
-260 b.
Suvnаqulov А.R., Аliаsqаrov O.А., (2021) Xorij mаmlаkаtlаridа bуudjet hisobi.(Dаrslik). –
Toshkent: “Nihol Print”. –
356 bet.
Vagin
V.V. (2021)
O‘zbekiston Respublikasida partisipator byudjetlashtirish va byudjetni
jamoatchilik fikri asosida shakllantirish b
o’yicha asosiy savollar., Toshkent 2021 yil. 22 bet.
Xamidov X.X. (2023) Davlat moliyasini isloh etish jarayonida tashabbusli budjetlashtirish
istiqbollari. Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ilmiy darajasini olish
uchun yo’
zilgan dis. avtoreferati.- Toshkent: TDIU, - 61 b.
Вагин В.В., Тимохина Е.А., (2017) 25 Вопросов об инициативном бюджетировании :
учебное пособие / В.В.Вагин, Е.А.Тимохина, и соавт.
-
Москва: Т8 Издательские технологии,
-
46 с.
https://www.participatorybudgeting.org/what-is-pb/
Вагин В.В., Шаповалова Н.А. (2018) Состояние инициативного бюджетирования
в
Российской Федерации: новые тренды и
возможности развития
// Научно
-
исследовательский финансовый институт. Финансовый журнал. №
1 (41). С.
110
–
122.
Захарчук Е.А., Некрасов А.А., Пасынков А.Ф. (2019) Бюджетирование на основе
общественного участия: зарубежный опыт и практика применения в России. Финансы:
теория и практика. 23(1).
Чумакова, Е. А. (2022) Актуальные вопросы развития инновационного
бюджетирования в Российской Федерации. Учебное пособие. Волгоградский институт
управления –
филиал РАНХиГС, –
158 с.
