Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
130
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA VA BANK SAMARADORLIGINI OSHIRUVCHI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARLAR TAHLILI
Mirpulatova Luiza Mansurovna
O‘zbekiston Respublikasi Bank
-moliya akademiyasi
ORCID 0000-0002-5233-4526
Annotatsiya.
Ushbu maqolada
raqamli transformatsiya va raqamli texnologiyalarning
bank faoliyati samaradorligiga ta’siri o‘rganilgan. Tegishli adabiyotlar va empirik ma’lumotlarni
har tomonlama tahlil qilish orqali mualliflar
raqamli texnologiyalarlarning
turli o‘lchovlarini va
ularning bank samaradorligiga ta’sirini o‘
rganadilar. Maqolada bank tizimidagi raqamli
transformatsiya operatsiyalarni modernizatsiya qilish, mijozlar tajribasini yaxshilash va umumiy
samaradorlikni oshirish uchun raqamli texnologiyalar integratsiyasini o‘z ichiga oladi. So‘nggi
yillarda banklar te
z rivojlanayotgan moliyaviy muhitda raqobatbardosh bo‘lib qolishga
intilayotgani sababli, bu jarayon sezilarli kuchga ega bo‘ldi. Bank tizimida raqamli
transformatsiyalar tahlili samaradorlikni oshirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydigan bir qancha
asosiy texnologiyalar borasida keng qamrovli tahlillar olib borilgan.
Kalit soʻzlar:
raqamli transformatsiya, raqamli texnologiyalar,
bank faoliyati
samaradorligi,
sun’iy intellekt (AI)
, avtomatlashtirish, FinTech, innovatsion texnologiyalar.
АНАЛИЗ ЦИФРОВОЙ ТРАНСФОРМАЦИИ И ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ,
ПОВЫШАЮЩИХ ЭФФЕКТИВНОСТЬ БАНКОВСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ
Мирпулатова Луиза Мансуровна
Банковско
-
финансовой Академии Республики Узбекистан
Аннотация
.
В
данной
статье
рассматривается
влияние
цифровой
трансформации и цифровых технологий на эффективность банковской деятельности.
Путем всестороннего анализа соответствующей литературы и эмпирических данных
авторы исследуют различные аспекты цифровых технологий и их влияние на
эффективность банковской деятельности. В статье цифровая трансформация в
банковской системе предполагает интеграцию цифровых технологий для модернизации
операций, улучшения качества обслуживания клиентов и повышения общей
эффективности. Этот процесс приобрел значительный импульс в последние годы,
поскольку банки стремятся оставаться конкурентоспособными в быстро меняющейся
финансовой среде. В банковской системе анализ цифровых преобразований был
комплексно проанализирован
по нескольким ключевым технологиям, играющим
решающую роль в повышении эффективности.
Ключевие слова:
цифровая трансформация, цифровые технологии, банковская
эффективность, искусственный интеллект, автоматизация, FinTech, инновационные
технологии.
UO
‘
K: 336.5 (575.1)
IX SON - SENTYABR, 2024
130-138
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
131
ANALYSIS OF DIGITAL TRANSFORMATION AND DIGITAL TECHNOLOGIES
THAT IMPROVE BANKING EFFICIENCY
Mirpulatova Luiza
Banking and Finance Academy Republic of Uzbekistan
Abstract:
This article examines the impact of digital transformation and digital
technologies on the effectiveness of banking activities. Through a comprehensive analysis of
relevant literature and empirical data, the authors explore various dimensions of digital
technologies and their impact on banking performance. In the article, digital transformation in
the banking system involves the integration of digital technologies to modernize operations,
improve customer experience and improve overall efficiency. This process has gained significant
momentum in recent years as banks strive to remain competitive in a rapidly evolving financial
environment. In the banking system, the analysis of digital transformations has been
comprehensively analyzed on several key technologies that play a decisive role in increasing
efficiency.
Keywords:
digital transformation, digital technologies, banking efficiency, artificial
intelligence (AI), automation, FinTech, innovative technologies.
Kirish.
So‘nggi yillarda jahon bank
tizimida raqamli texnologiyalarning paydo bo
‘
lishi va taraqqiy
etishi banklarni ham innovatsiyalarni joriy qilishga majbur qilmoqda va ularning operatsion
samaradorlikni oshirish uchun raqamli transformatsiya qilish strategiyalarni ishlab chiqishga
undamoqda. Ushbu texnologiyalar bank mijozlarining xatti-
harakatlari, banklar o‘rtasida
raqobatbardosh muhitni, banklar uchun misli ko‘rilmagan imkoni
yatlar yaratishda muhim rol
o‘ynaydi. Lekin ushbu
raqamli transformatsiya banklar uchun raqamli resurslardan
foydalanish va qiymat yaratish uchun raqamli mahsulotlarni ishlab chiqish strategiyalarini
tobora ko‘proq ishlab chiqmoqdalar. Banklarning asosiy strategiyalaridan biri o‘z faoliyatini
muntazam yaxsh
ilashga qaratilgan texnologiyalardan samarali foydalanmoqda. Biroq, so‘nggi
yillarda raqamli transformatsiya tezligi tezlashdi. Raqamli texnologiyalar operatsion
samaradorlikni oshirish, xarajatlarni kamaytirish va mijozlar ehtiyojini qondirishni yaxshilash
orqali yangicha bank tizimini shakllantirmoqda. Xususan, jahonda bank mijozlarining qariyb
72 foizi onlayn-banking xizmatlaridan, 59 foizi esa mobil banking xizmatlaridan faol
foydalanmoqda
24
. Birgina 2
023 yilning o‘zidayoq butun dunyo bo‘ylab smartfon
fo
ydalanuvchilarining 52 foizi mobil banking qulayligi uchun foydalanyotgan bo‘lsa, 2024 yil
oxiriga borib mobil banking orqali tranzaksiyalar hajmi 3,8 trillionni tashkil qilishi
kutilmoqda
25
. Birgina sun
’iy intellekt (AI) va avtomatlashtirish natijasida x
arajatlarni tejash
2025 yilga kelib samaradorlikni oshirish, firibgarlikni aniqlash va mijozlarga xizmat
ko‘rsatishni yaxshilash orqali banklarni taxminan 450 milliard dollar xarajatdan tejashi
kutilmoqda
26
.
Adabiyotlar tahlili.
Tian, Zhang vs Qu (2022), iqt
isodchi olimlar fikri bo‘yicha bugungi raqamli davrda tijorat
banklari raqamli texnologiyalar asosida keng qamrovli o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda.
Raqamlashgan davrda nafaqat banklarning ishlash u
slubini o‘zgartirdi, balki mijozlar
tajribasini ham o
‘zgartirib bormoqda. Onlayn bank amaliyotlarida mobil to‘lovlargacha raqamli
texnologiyalar tijorat banklar faoliyati samaradorligini oshirishning ajralmas qismiga aylandi.
https://www.statista.com/statistics/1228757/online-banking-users-worldwide/
25
https://wifitalents.com/statistic/mobile-banking-industry/
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
132
Raqamli iqtisodiyotning kirib kelishi bilan tijorat banklari faol yoki passiv ravishda raqamli
transformatsiyani amalga oshirmoqda.
Zhou (2022) esa sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar va blokcheyn kabi raqamli
texnologiyalarning rivojlanishi bilan mamlakatlar bosqichma-bosqich raqamli iqtisodiyot
davriga kirib kelayotganini ta’kidladi. S
u, Su va Wang (2021) ilm-fan va texnologiyaning
rivojlanishi an’anaviy sanoatning innovatsiyalarini rag‘batlantirish bilan birga raqamli
transformatsiya mihim tendentsiyaga ayla
nib borayotganligi bo‘yicha tadqiqotlar olib bordi.
Zhu, Jin (2023) tadqiqotlarida raqamli texnologiyalarga asoslangan bank tizimida raqamli
transformatsiya samaradorlikni sezilarli darajada oshirishga xizmat qilishi keltirib o‘tilgan.
Qian (2023) tadqiqot
lar shuni ko‘rsatmoqdaki, raqamlashtirish moliyaviy boshqaruvda
operatsion samaradorlikni, qaror qabul qilish tezligini va tashqi aloqalarni yaxshilaydi.
Xususan, Avira, Setyaningsih va Utami (2023) kabi iqtisodchi olimlar tijorat banklari
tomonidan raqaml
i toʻlov texnologiyalarini joriy etish orqali ushbu ekotizimida iqtisodiy
samaradorlikni oshirdi, bu esa kirish xarajatlarining yanada arzonlashishiga olib keldi.
Shuningdek, Saroy, Jain, Awasthy va Dhal (2023) kabi iqtisodchilar raqamli moliya tijorat
ban
klarining umumiy omil salohiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, texnologik va moliy
aviy
innovatsiyalar, sanoat integratsiyasi va afzalliklari orqali samaradorlikni oshirishga zamin
yaratishi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borgan.
Raqamli bank transformatsiyasi, samaradorligi va tijorat banklarida ekologik, ijtimoiy va
boshqaruv (ESG) sama
radorligi o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda rahbarlarning
innovatsiyalardan xabardorligi va texnik bilimlari hal qiluvchi rol o‘ynaydi (Zuo, Li, & Xia,
2023). Unga
ko‘ra, tijorat banklarining raqamli moliya bilan integratsiyalashuvi, mahsulot
va
xizmatlardagi innovatsiyalar hamda korporativ boshqaruv darajasi tijorat banklari faoliyati
samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Buning natijasida, birjalarda listing kapitalni, kredit fondi manbalarini, masshtab
samaradorligini oshiradi, xarajatlarni kamaytiradi, bozor cheklovlarini kuchaytiradi va tijorat
banklari samaradorligini oshirishga olib keladi. Bank sohasida aqlli robotlar, aqlli savdo
nuqtalari, naqd pulni qayta ishlash mashinalari va tanga ayirboshlash mashinalarining paydo
bo‘lishi
ti
jorat banklarining barqaror rivojlanishga erishishning yo‘llaridan biridir. Tijorat
banklari an’anaviy tarmoq sifatida axborotlashtirishning asosiy obekti bo‘lib borqmoda (Wan
g,
Wang, 2022).
Tadqiqot metodologiyasi.
Mazkur maqolada raqamli transformatsiya va bank samaradorligini oshiruvchi raqamli
texnologiyalarlar turlari va zamonaviy moliyaviy texnologiyalar asosida bank xizmatlarini
raqamlashtirish hamda ularning bank samaradorligiga ta’siri
tadqiq etilgan. Shuningdek,
tadqiqot metodologiyasi sifatida ilmiy, tarixiy va amaliy manbalarni qiyosiy tahlilida ilmiy
abstraksiyalash, mantiqiy va tarkibiy tahlil qilish, guruhlashtirish va segmentli tahlil
usullaridan foydalanilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Tijorat banklarining raqamli transformatsiyasid
an so‘ng kreditlash samaradorligi
tezlashdi, kichik va o‘rta korxonala
rni moliyalashtirish samaradorligi oshirildi (Zhao, and other,
2022). Xorijlik olim Shou (2021) taʼkidlaganidek, moliyaviy texnologiyalar banklarning raqamli
transformatsiyasiga yordam bergan va risklarni boshqarish va nazorat qilish darajasini
pasaytirish
orqali banklar samaradorligini oshirgan. Tadqiqotlarga ko‘ra, raqamli
transformatsiya bir tomondan, raqamli texnologiyalar va texnikalarni qo‘llashning tashkiliy va
iqtisodiy sharoitlarga, ikkinchi tomondan, yangi mahsulot va xizmatlarga bevosita va bilvosita
ta’siriga asoslanadi.
Raqamli transformatsiya jarayoni yangi biznes modellarini yaratishga, samaradorlikni
oshirishga va raqobatbardoshlikni oshirishga olib keladi, natijada iqtisodiy va tashkiliy
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
133
rivojlanishga olib keladi (Струк, et al. 2022).
Raqamli transformatsiya tashabbuslarining
muvaffaqiyati ko‘p jihatdan boshqaruvga ta’sir ko‘rsatadigan va raqamli asrda rahbarlarning
rolini qayta belgilovchi turli omillarga tayanadi (Mihu, Pitic, & other, 2023).
Raqamli transformatsiya jarayonlarining ushbu asosiy jihatlariga ustuvor ahamiyat berib,
tashkilotlar raqamli amaliyotninig murakkabliklarini yo‘lga qo‘yishi hamda ushbu jarayonda
uzoq muddatli muvaffaqiyatga erishishi mumkin.
Ilmiy
tadqiqotlarga ko‘ra, so‘nggi paytlarda tadqiqotchilar tijorat ban
klarning raqamli
transformatsiyasini moliyaviy texnologiyalar nuqtai nazaridan tadqiq qilishgan va banklarning
raqamli transformatsiyasi tijorat banklari faoliyati samaradorligini oshirganligini va ularning
moliyaviy ko‘rsatkichlarini yanada yaxshilashga olib kelganini ta’kidlab kelmoqda.
Raqamli texnologiyalar mijozlar tajribasini, operatsion samaradorlikni, innovatsiyalarni
va ma’lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilishni oshirish orqal
i bank amaliyotiga sezilarli
ta’sir ko‘rsatmoqda. Raqamli bankingga
o‘tish marketing xizmatlari uchu
n raqamli kanallardan
foydalanish (Kasimova, 2023), raqamli kirishning ahamiyati, kanallar va bank faoliyati uchun
qiymat, raqamlashtirish va moliyaviy natija
lar o‘rtasidagi ijobiy bog‘liqlik kabi turli jihatlarda
yaqqol na
moyon bo‘di.
Tijorat banklari, elektron bank xizmatlarining bank faoliyati va daromadlarini
shakllantirishga ta’siri (
Bousrih, 2023), rentabellik va samaradorlikni oshirishga olib keladigan
raqamli strategiyalarga o‘tish (
Omarini, 2017) shular jumlasidandir.
Ushbu natijalar birgalikda raqamli texnologiyalarning bank amaliyotini qayta
shakllantirishdagi hal qiluvchi rolini ta’kidlab, banklarning raqobatbardoshligini saqlab qolish
va rivojlanayotgan mijozlar talablarini qondirish uchun raqamli vositalarni moslashtirish va
ulardan foydalani
sh zarurligini ta’kidlaydi. Unga ko‘ra, kiberxavfsizlik risklarini bartaraf etish
va raqamli amaliyotlarni rag‘batlantirish bank tizimining barqaror va adol
atli evolyutsiyasini
ta’minlash uchun muhim shartdir.
Shu nuqtai nazardan bugungi kunda tijorat banklari va ularninig mijozlariga raqamli
transformatsiyalarning ta’sir doirasininig oshib borishi ikki tomon uchun ham muhim ijobiy
kutilmalarni olib keladi (1-rasm).
1-
rasmga ko‘ra tijorat banklari va ularning mijozlari o‘rtasidagi raqamli
transformatsiyalar
sohasidagi o‘zaro hamkorligi moliya tizimini qayta shakllantirayotgan
dinamik munosabatlari hisoblanadi Raqamli transformatsiyalar internet, mobil toʻlovla
r,
raqamli valyuta, real vaqt rejimidagi toʻlovlar, mijozl
ar xatti-
harakatlaridagi oʻzgarishlar,
texnologik tendentsiyalar va tartibga soluvch
i ishlanmalarni oʻz ichiga olgan koʻplab texnologik
innovatsiyalarni oʻz ichiga oladi.
Ushbu elementlarning o‘zar
o
ta’sirini tushunish tijorat banklari va ularning mijozla
ri
o‘rtasidagi o‘zgaruvchan dinamikani tus
hunish uchun juda muhimdir.
Shuningdek, raqamli transformatsiyalar sohasida tijorat banklari va ularning mijozlari
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar innovatsi
ya
lar, qulayliklar hamda o‘zgaruvchan tartibga solish
bila
n ajralib turadi. O‘sish va etuklik bosqic
hlarida tijorat banklari retsessiya va bosqichma-
bosqich chiqish davridagi banklarga qaraganda raqamli transformatsiya orqali operatsion
imkoniyatlarni oshiri
shda muhimroq rol o‘ynaydi (Zhu, & Jin, 2023). Shu bilan
birga tjorat
banklarining raqamli transformatsiyasi raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga javoban
muqarrar tendentsiya bo‘lib, uzoq muddatli rivojlanish uchun imkoniyatlar yaratadi (Baoshan,
Jiayin, 2022).
Texnologik innovatsiya rivojlanishi fonida mijozlarning xohish-
istaklari o‘zgarib boradi,
shu bilan birga tijorat banklari raqamli transformatsiyalarni tobora raqamli asrda dolzarb,
raqobatbardosh va mijozlarga yo‘naltirilgan bo‘lib qolish uchun
strategik majburiyat sifatida
qabul qiladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
134
1-rasm. Tijorat banklari va mijozlarining raqamli tra
nsformatsiyalarga o‘zaro ta’siri
Manba:
muallif tomonidan ishlab chiqilgan.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, tijorat banklari tomonidan raqamli transforma
tsiya
jarayonlariga kiritilgan investitsiyalar salmog‘ini oshib borishi ushbu banklarnining sof
daromadlarini oshishiga xizmat qilmoqda. Raqamli transformatsiyaning tijorat banklari
rentabelligiga ta’siri turli omillarga qarab o‘zgarib turadi. Shu nuqtai n
azaradan, xorijlik olimlar
tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, raqamli transform
atsiya tijorat
banklarining, xususan, aksiyadorlik banklarining rentabelligini sezilarli darajada oshiradi, yirik
davlat banklari esa bir xil darajada samaradorlikka erisha olmaydi (Huang, 2023).
Raqamli transformatsiya ba’zi tijorat banklari uchun rentab
ellikni oshirishi mumkin
bo‘lsa
-da, natijalar bank hajmi, joylashuvi va amalga oshirilgan muayyan strategiyalarga qarab
farq qilishi mumkin (Taka, & Bayarçe
lik, 2023).
Bu banklar yaqin kelajakda FinTech va innovatsion texnologiyalarga nisbatan potentsial
h
arakatlarni amalga oshirishi mumkinligini aniqlash uchun asos bo‘lib xizmat q
iladi. Quyida
so‘nggi besh yil davomida tijorat banklari tomonidan mijozlari uc
hun taklif etilgan raqamli
texnologiyalar xizmatlari keltirilgan (2-rasm).
Tijorat banklari o‘z mijozlarining o‘zgarib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun
rivojlanayorgan innovatsion texnologik xizmatlarni taklif etib, raqamlashtirishda yetakchi
bo‘li
b
kelmoqda. Unga ko‘ra raqamlashtirilgan texnologik xizmatlar mijozlar bilan o‘zaro
aloqalardan tortib, bek-
ofis jarayonlarigacha bo‘lgan bank operatsiyalarining turli jihatlari
ni
qamrab olgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
135
2-rasm. Tijorat banklarida raqamlashgan texnologik xizmatlarning turlari
Manba:
muallif tomonidan ishlab chiqilgan.
2-
rasmga ko‘ra tijorat banklari tomonidan
taqdim etilayotgan raqamli texnologiya
xizmatlari mijozlar tajribasini oshirish, operatsion samaradorlikni oshirish va bank
operatsiyalarida xavfsizlikni ta
ʼ
m
inlashda oʻzaro bogʻlangan ekotizimni tashkil etadi.
Ushbu jarayonda onlayn bank platformalari raqamli banking asosi bo‘lib xizmat qiladi,
mijozlarga veb-por
tallar yoki mobil ilovalar orqali keng ko‘lamli bank xizmatlaridan
foydalanish qulayligini ta’minlaydi. Raqamli platformalar mijozlar ma’lumotlarini xavfsiz
saqlash va boshqarish uchun katta ma’lumotlar bazalaridan foydalanadi, shaxsiylashtirilgan
xizmatla
r va ma’lumotlarga asoslangan tushunchalarni beradi.
Mobil bank ilovalari bank xizmatlarini smartfonlar va boshqa mobil qurilmalarga
kengaytirib, mijozlarga tranzaktsiyalarni amalga oshirish orqali hisob ma’lumotlariga kirish
imkoniyatini beradi. Ushbu ilo
valar mijozlarga o‘z hisoblaridan qulay foydalanishga
smartfonlar va boshqa mobil qurilmalar orqali tranzaksiyalarni amalga oshirish imkonini
berish orqali bank tizimini sezilarli darajada o‘zgartirdi (Huseynli, Kandemir, 2023).
Raqamli hamyonlar kontaktsi
z to‘lovlarni osonlashtirish, onlayn tranzaktsiyalarda tezlik,
xavfsizlik va qulaylikni taklif qi
lish orqali mobil bankingni to‘ldirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi
(Rusul, 2023). Boshqa tomondan, “Peer
-to-
Peer” (P2P) toʻlov xizmatlari jismoniy shaxslar
oʻrtasida uzluksiz pul oʻtkazmalarini kuchaytirib, pandemiya kabi qiyin paytlarda mikro, kichik
va o
ʻrta korxonalarning rivojlanishiga hissa qoʻshadi (Sable, Rathod, & other, 2022). Raqamli
to‘lov
tizimlari, jumladan, elektron hamyonlar evolyutsiyasi moliyaviy operatsiyalarni
o‘zgartirib, ularni iste’molchilar uchun oson va qulayroq qilib, naqd pulsiz i
qtisodiyotga
o‘tishga olib keladi
Real vaqt rejimidagi to‘lov tizimlari tranzaktsiyalarni qayta ishlash tezligi va
samaradorligini oshiradi, bu esa bank hisobl
ari o‘rtasida tezkor pul o‘tkazmalarini amalga
oshirishga xizmat qiladi. Real vaqt rejimida mobil
toʻlov tizimlarida mobil telefonlar va
interaktiv ovozli javob texnologiyasidan foydalanishda tijorat banklar va foydalanuvchilarni
muammosiz bogʻlovchi xavfs
iz va qulay tranzaktsiyalarni osonlashtirdi (Singh, Subramaniam,
& Malhotra, 2023).
Robo-maslahat xizmatlari shaxsiylashtirilgan investitsiya maslahati va portfelni
boshqarish uchun algoritmlar va avtomatlashtirishdan foydalanadi, chatbotlar va virtual
yor
damchilar esa odatiy vazifalarni avtomatlashtirish va real vaqtda yordam ko‘rsatish orqali
mijozl
arning o‘zaro aloqalarini yaxshilaydi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
136
Raqamli identifikatorni tekshirish yechimlari hisob ochish, tranzaktsiyalarni qayta
ishlash va boshqa o‘zaro aloqalar pa
ytida mijozlar identifikatorini autentifikatsiya qilish orqali
bank operatsiyalarida xavfsizlik v
a ishonchni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, maslahat xizmatlari, chatbotlar va virtual yordamchilar hamda raqamli
identifikatsiyani tekshirish tijorat banklaridagi raqamlashtirilgan texnologiya xizmatlarining
o‘zaro bog‘langan tarkibiy qismlari bo‘lib, ularning har biri mijozlar uchun uzluksiz va xavfsiz
bank tajribasini ta’minlaydi.
Ushbu raqamli texnologiya xizmatlarining tijorat banklarida
o‘zaro aloqasi mijozlarga
uzluksiz, samarali va xavfsiz bank tajribasini taqdim etadi. Jarayonlarni avtomatlashtirish,
xizmatlarni shaxsiylashtirish va xavfsizlik choralarini kuchaytirish uchun texnologiyadan
foydalangan holda, tijorat banklari tobora raqamli dunyoda raqobatbardoshligini saqlab qolishi
va o‘z mijozlarining o‘zgaruvchan ehtiyojlarini
qondirishlari mumkin. Tijorat banklarida
raqamlashtirilgan texnologik xizmatlar mijozlar tajribasini va operatsion samaradorlikni
oshirishda, moliya sanoatida
innovatsiyalarni rag‘batlantirishga qaratilgan keng qamrovli
raqamli innovatsiyalar hisoblanadi.
Ushbu texnologiyalarni qo‘llash orqali banklar raqobatbardosh bo‘lib qolishi,
mijozlarning o‘zgaruvchan talablariga moslashishi va raqamli iqtisodiyotda o‘sis
hni
rag‘batlantirishi mumkin.
Raqamli transformatsiya amaliyoti kreditlash jarayonlarini qisqartirishga, qarz oluvchilar
va kreditorlar uchun xarajatlarni tejashga va tijorat banklari uchun iqtisodiy samaradorlik
ko‘rsatkichlarini yaxshilashga olib keladi
(Karthika, Neethu, & Lakshmi, 2022).
Shuningdek, raqamli bank tizimiga o‘tish mijozlar ma’lumotla
rini markaziy saqlash
imkonini beradi, ushbu holatda bank operatsiyalari xavfsizligini kuchaytirish orqali ko‘proq
ma’lumotga ega bo‘lgan investitsiya va kredi
t qarorlarini osonlashtirishga xizmat qiladi.
Raqamli vositalar va texnologiyalar turli bank jarayonlarini optimallashtiradi, hisob
ochish, kreditni qayta ishlash va to‘lov operatsiyalari osonlashtiradi. Ushbu soddalashtirilgan
jarayonlar nafaqat tezlik va aniqlikni oshiradi, balki operatsion ortiqcha kechikishlarni
kamaytiradi va natijada umumiy samaradorlikni oshirishga olib keladi.
Raqamli bank kanallari mijozlarga moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish va
xizmatlardan foydalanishning qulay va xavfsiz usullarini taklif etadi (Rathnayake, 2023). Bank
ishida texnologiyadan foydalanish turli xil raqamli ilovalarni ishlab chiqishga, mijozlar tajribasi
va qoniqishini oshirishga olib keldi (Cserne, and other, 2022). Xususan, mobil banking ilovalari,
onlayn hisobni boshqarish va chatbotlar kabi xususiyatlar mijozlarga vazifalarni tez va qulay
bajarish imkonini yaratadi. Bu mijozlar tajribasini nafaqat qoniqishni oshiradi, balki mijozlarni
ushlab qolish, sodiqligini oshiradi va natijada bankning moliyavi
y ko‘rs
atkichlariga hissa
qo‘shadi.
Shu bilan birga, raqamli transformatsiya tijorat banklarga mijozlarning katta hajmdagi
ma’lumotlarini to‘plash, tahlil qilish va ulardan foydalangan holda ilg‘or tahliliy innovatsion
mashinalarni o‘rganish algoritmlari h
amda tijorat banklarga mijozlar xatti-harakati, imtiyozlari
va risklari haqida tushunchaga ega bo‘lishga
xizmat qiladi. Ma’lumotlar tahlilidan foydalangan
holda, banklar yangi daromad imkoniyatlarini aniqlashi, mahsulot takliflarini
optimallashtirishi va moliyaviy risklarni yanada samaradorligini oshirish, bu esa umumiy
moliyaviy ko‘rsatkichlarning o‘sishiga
olib keladi.
Raqamli vositalar real vaqt rejimida moliyaviy operatsiyalarni monitoring qilish va tahlil
qilishni osonlashtirish bilan birga tijorat banklariga potentsial risklar va boshqa bank
amaliyotlarini tezda samarali aniqlash va ularga javob berishga yordam beradi.
Shu bilan birga, moliyaviy risklarni boshqarishning kengaytirilgan imkoniyatlari tijorat
banklariga yo‘qotishlarni minimallashtirishda, me’yo
riy hujjatlar talablariga rioya qilishda va
moliyaviy aktivlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Raqamli transformatsiya tijorat banklariga mijozlarning o‘zgaruvchan ehtiyojlari va
afzalliklariga moslashtirilgan innovatsion mahsulot va xizmatlarni taklif qilish imkonini berib,
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
137
yangi daromad manbalarini oshiradi. Raqamli tranzaktsiyalarning
bank faoliyatiga ta’siri
sezilarli darajada ekanligi isbotlangan, bu esa moslashuvchan raqamli mahsulotlar va xizmatlar
orqali daromadning oshishiga olib keladi.
Xulosa va takliflar.
Raqamli kanallar va texnologiyalarni qo‘llash orqali banklar o‘zlarini
ng bozor
imkoniyatlarini kengaytirishi, yangi mijozlarni jalb qilishi va raqamli iqtisodiyotda paydo
bo‘layotgan imkoniyatlardan foydalanishi natijasida
daroma
dlar o‘sishi va rentabellikni
oshirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, raqamli transformatsiyaning amalga oshirilishi moliyaviy sektordagi
iste’molchilarning xatti
-
harakatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi hamda biznes muvaffaqiyati va
mijozlarning sodiqligi uch
un ushbu transformatsiyani boshqarish muhimligini ta’kidlaydi.
Bugungi informatsion asrda raqamli
transformatsiyalanrning tez sur'atda o‘sishi fonida
tijorat banklarini o‘zgaruvchan bozor sharoitlariga, tartibga soluvchi talablarga va mijozlar
kutishlariga moslashish uchun tezkorlik va moslashuvchanlik zarurati otrib bormoqda.
Raqamli texnologiyalarni
qo‘llagan holda, tijorat banklari rivojlanayotgan tendentsiyalarga
tezda javob berishi, yangi imkoniyatlarni qo‘lga kiritishi va raqobatchilardan oldinda bo‘l
ishi,
shu tariqa bozorda moliyaviy samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatini
oshiradi.
Xulosa o‘rnida, raqamli transformatsiya tijorat banklari uchun xarajatlarni kamaytirish,
operatsion jarayonlarni takomillashtirish, mijozlar tajribasin
i oshirish, maʼlumotlarga
asoslangan tushunchalardan foydalanish, moliyaviy risklarni boshqarish imkoniyatlarini
kuchaytirish, daromadlar oʻsishini ragʻbatlantirish va tez rivojlanayotgan sharoitlarda
moslashuvchanlikni takomillashtirish orqali moliyaviy samaradorlikni oshirishga xizmat
qiladi.
Adabiyotlar/ Литература/ Reference:
Avira, S., Setyaningsih, E., & Utami, S. S. (2023). Digital Transformation in Financial
Management: Harnessing Technology for Business Success. Influence: International Journal of
Science Review, 5(2), 336-345.
Baoshan, Liu., Jiayin, Nong. (2022). Development trend and inspiration of digital
transformation of commercial banks under the rise of digital economy. BCP business &
management, 29:122-129. doi: 10.54691/bcpbm.v29i.220
Bousrih, J. (2023). The impact of digitalization on the banking sector: Evidence from fintech
countries. Asian Economic and Financial Review, 13(4), 269-278.
Cserne, Panka, Póta., Patrícia, Becsky
-Nagy. (2022). Impact of digitalization on the financial
sector. Competitio, 21(1-2):29-42. doi: 10.21845/comp/2022/1-2/6
Huang, Z. (2023). Research on the impact of digital transformation of commercial banks on
profitability. In SHS Web of Conferences (Vol. 163, p. 02015). EDP Sciences.
Huseynli, N., Kandemir, G., & Huseynli, B. (2023). Analysis of consumer behavior variables
influencing the a
doption of mobile banking. Управленец, 14(1), 60
-73.
Karthika, M., Neethu, K., & Lakshmi, P. (2022). Impact of Fintech on the Banking Sector.
Integrated Journal for Research in Arts and Humanities, 2(4), 109-112.
M.Kasimova (2023). Need for use of digital technologies in marketing service and its
development in banks. Economics and Innovative Technologies, 11(2):372-379. doi:
10.55439/eit/vol11_iss2/i36
Mamadiyarov, Z. (2019). Remote Banking Services and Development Prospects in
Uzbekistan. International Finance and Accounting, 2019(3), 15.
Mamadiyarov, Z. (2022). РАҚАМЛИ ТРАНСФОРМАЦИЯ ЖАРАЁНИДА БАНК
ХИЗМАТЛАРИНИ МАСОФАДАН КЎРСАТИШНИ ИННОВАЦИОН РИВОЖЛАНТИРИШ
ИСТИҚБОЛЛАРИ Зокир Мамадияров. Scientific Journal of “International Finance & Accounting
.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
138
Mamadiyarov, Z. T. (2019). Development of remote banking services in commercial banks.
Iffd (PhD) diss. avtoref. T.: TMI.
Mihu, C., Pitic, A. G., & Bayraktar, D. (2023). Drivers of Digital Transformation and their
Impact on Organizational Management. Studies in Business and Economics, 18(1), 149-170.
Omarini, A. (2017). The digital transformation in banking and the role of FinTechs in the
new financial intermediation scenario. August 2017, DOI:10.19070/2643-038X-170001
Qian, C. (2023). The Synergistic Power of Fintech and Digital Transformation. Highlights in
Business, Economics and Management, 15, 169-174.
Rathnayake, N. D. N. B. (2023). The Era of the Transition
–
From Traditional to Digital
Banking. In Transformation for Sustainable Business and Management Practices: Exploring the
Spectrum of Industry 5.0 (pp. 41-55). Emerald Publishing Limited.
Rusul, Hamid., Anas, Saleh. (2023). Digital Wallets. 12(10):183-199. doi:
10.25130/jis.21.12.10.2.8
Sable, N. P., Rathod, V. U., Sable, R., & Shinde, G. R. (2022, December). The Secure E-Wallet
Powered by Blockchain and Distributed Ledger Technology. In 2022 IEEE Pune Section
International Conference (PuneCon) (pp. 1-5). IEEE.
Saroy, R., Jain, P., Awasthy, S., & Dhal, S. C. (2023). Impact of digital payment adoption on
Indian banking sector efficiency. Journal of Banking and Financial Technology, 7(1), 1-13.
Shou, H. (2021) In The Impact of Financial Technology on the Operational Efficiency of
Commercial Banks. In Proceedings of the 2021 12th International Conference on E-Business,
Management and Economics, Beijing, China, 17
–
19 July; pp. 499
–
505.
Singh, I., Subramaniam, S., & Malhotra, S. (2023). U.S. Patent No. 11,663,591. Washington,
DC: U.S. Patent and Trademark Office.
Su, J.; Su, K.; Wang, S. (2021) Does the Digital Economy Promote Industrial Structural
Upgrading?
—
A Test of Mediating Effects Based on Heterogeneous Technological Innovation.
Sustainability, 13, 10105.
Taka, M. E., & Bayarçelik, E. B.
(2023). Sustainable digital transformation of financial
institutions. Business & Management Studies: An International Journal, 11(1), 253-269.
Tian, X.; Zhang, Y.; Qu, G. (2022) The Impact of Digital Economy on the Efficiency of Green
Financial Investment
in China’s Provinces. Int. J. Environ.
Res. Public Health, 19, 8884.
Toshtemirovich, M. Z. INNOVATIVE APPROACHES OF REMOTE BANKING TYPES SERVICES
IN THE PROCESS OF TRANSFORMATION OF BANKS TO E-COMMERCE. International Journal of
Innovations in Engineering Research and Technology, 1-9.
Wang, L.; Wang, Y. (2022) Supply chain financial service management system based on block
chain IoT data sharing and edge computing. Alex. Eng. J., 61, 147
–
158.
Zhao, J.; Li, X.; Yu, C.-H.; Chen, S.; Lee, C.-C. (2022) Riding the FinTech innovation wave:
FinTech, patents and bank performance. J. Int. Money Financ. 122, 102552.
Zhou, Y. (2022) The Application Trend of Digital Finance and Technological Innovation in
the Development of Green Economy. J. Environ. Public Health, 2022, 1064558.
Zhu, Y., & Jin, S. (2023). COVID-19, digital transformation of banks, and operational
capabilities of commercial banks. Sustainability, 15(11), 8783.
Zhu, Y., & Jin, S. (2023). How Does the Digital Transformation of Banks Improve Efficiency
and Environmental, Social, and Governance Performance?. Systems, 11(7), 328.
Zuo, L., Li, H., & Xia, X. (2023). An Empirical Analysis of the Impact of Digital Finance on the
Efficiency of Commercial Banks. Sustainability, 15(5), 4667.
Струк, Наталія, et al.
(2022) "Impact analysis of digital transformation on the national
business structures development." Financial and credit activity problems of theory and practice
6.47: 218-229.
