Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr
www.e-itt.uz
113
IQTISODIY MUTANOSIBLIKNING BUZILISH OMILLARI VA UNI ANIQLASHGA
DOIR YONDASHUVLAR
PhD
Murtazayev Isabek Bazarbayevich
Mirzo Ulug‘bek nomidagi
O‘zbekiston Milliy universiteti
ORCID: 0009-0005-9012-1918
Annotatsiya.
Iqtisodiy mutanosiblikning buzilish sabablarini o‘rganish dastlab uning
makro, mikro darajadagi ko‘rsatkichlari va
mezonlarini ilmiy tadqiq etishni talab etadi. Shu
nuqtai nazardan ko‘plab makro darajadagi hisob
-kitoblarni tahlil qiluvchi milliy iqtisodiyot
mustaqil va tashkiliy jihatdan o‘zaro bog‘liq xo‘jalik yurituvchi subyektlardan iborat bo‘lib, turli
mulk shaklla
ri ko‘rinishida jamiyatdagi ijtimoiy va individual mehnat taqsimotining rivojlanishi
hamda iqtisodiy manfaatlar tizimining bir-biriga mos ravishda amalga oshirilishini aks ettiradi.
Agar iqtisodiy manfaatlar bir-biriga zid kelsa, iqtisodiy faollik susayadi, yalpi ichki mahsulotni
ishlab chiqarish sur'atlari pasayadi, aholi daromadlari kamayadi va bu holatni mutanosiblikning
buzilish alomatlari deb qarash lozim bo‘ladi.
Kalit so‘zlar:
iqtisodiy mutanosiblik, mutanosiblik mezoni, ishlab chiqarish, mehnat
unum
dorligi, bandlik darajasi, iqtisodiy o‘sish, jamg‘arish va investitsiyalar, xufiyona iqtisodiyot.
ФАКТОРЫ НАРУШЕНИЯ ЭКОНОМИЧЕСКОЙ ПРОПОРЦИОНАЛЬНОСТИ
И ПОДХОДЫ К ЕГО ОПРЕДЕЛЕНИЮ
PhD
Муртазаев Исабек Базарбаевич
Национальный университет Узбекистана
имени Мирзо Улугбека
Аннотация
.
Изучение причин экономического неравновесия требует в первую
очередь научного изучения его показателей и критериев на макро
-
и микроуровне. С этой
точки зрения национальная экономика, как анализируют многие расчеты макроуровня,
состоит из самостоятельных и организационно взаимосвязанных хозяйствующих
субъектов, отражает развитие общественного
и индивидуального разделения труда в
обществе в форме различных форм собственности, а последовательная реализация
системы экономических интересов. Если экономические интересы конфликтуют друг с
другом, экономическая активность замедляется, темпы производства валового
внутреннего продукта снижаются, доходы населения уменьшаются, и такую
ситуацию
следует рассматривать как признак диспропорции.
Ключевые
слова:
экономическая
пропорциональность,
критерий
пропорциональности, производство, производительность труда, уровень занятости,
экономический рост, сбережения и инвестиции, тайная экономика.
UO‘K:
330.36.011
XII SON - DEKABR, 2024
113-121
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr
www.e-itt.uz
114
FACTORS OF DISRUPTION OF ECONOMIC BALANCE AND APPROACHES
TO ITS DETERMINATION
PhD
Murtazayev Isabek Bazarbayevich
National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek
Abstract.
The study of the causes of economic imbalances requires, first of all, a scientific
study of its indicators and criteria at the macro and micro levels. From this point of view, the
national economy, which is analyzed in many macro-level calculations, consists of independent
and organizationally interconnected economic entities, reflecting the development of the social
and individual division of labor in society in the form of various forms of ownership and the
harmonious implementation of the system of economic interests. If economic interests conflict
with each other, economic activity slows down, GDP growth rates decrease, and population
incomes decrease, and this situation should be considered as a sign of imbalance.
Keywords:
economic proportionality, proportionality criterion, production, labor
productivity, employment rate, economic growth, savings and investments, secret economy.
Kirish.
Iqtisodiy mutanosiblikning makrodarajadagi asosiy ko‘rsatkichlari tovar hajmi bilan pul
massasi,
jamg‘armalar va investitsiyalar, daromadlar bilan xarajatlar, sanoat bilan
qishloq
xo‘jaligi, bandlik va inflyatsiya darajasi o‘rtasida bo‘lsa, mikroiqtisodiy sharoitga esa,
sanoatning qazib olish va qayta ishlash tarmoqlari, chorvachilikning sut va go‘s
ht ishlab
chiqarish sohalari o‘rtasidagi mutanosibliklar kiradi.
Chunonchi, h
ar bir ko‘rsatkich o‘z ifodasini iqtisodiy mutanosiblikning ma'lum
mezonlarida topadi. Masalan, yalpi ichki mahsulotning ko‘payishi iqtisodiy o‘sish sur'atida,
milliy daromadning o
shishi xalq farovonligi darajasida o‘z aksini topadi. Shu sababli, iqtisodiy
mutanosiblik mezonlarini nazariy va amaliy jihatdan bilish katta ahamiyatga ega.
Adabiyotlar sharhi.
Mutanosiblikning mehnatga layoqatli aholi bandligini ta'minlash mezoni bu - mehnat va
yer, boylikning asosiy manbai va ishlab chiqarishni rivojlantirishning manbai hisoblanadi.
Zamonaviy ishlab chiqarishning asosiy resurslari bo‘lmish kapital, informatsiya, texnologiya va
tashkil etish barchasi inson ijodining mahsuli bo‘lib, jami
yatda ulardan samarali foydalanish
doimo dolzarb masala sanalgan.
Shu nuqtai nazardan, ishsizlikning kelib chiqishini aniqlashtiradigan quyidagi nazariy
qarashlar bugungi kunda milliy iqtisodiyotimizdagi mavjud ba'zi holatlarni tushuntirishda
dolzarb hisoblanadi:
Iqtisodchi olim Sey (2008) o‘zining “Siyoisiy iqtisod traktati” nomli asarida “...ish haqi
darajasining g‘oyat yuqoriligi mehnat bozori qonunining tasodifiy holati sifatida talqin qilinsa,
ish haqi darajasi yollanma mehnatga talabni shakllantiruvchi tadbirkorlar tomonidan tegishli
me'yorlarda saqlanib, mehnat
bozoridagi mutanosiblik avtomatik ravishda ta'minlanadi” deb
e'tirof etadi.
Ingliz iqtisodchisi Mal'
tusning (2022) fikricha, “Aholining o‘sish sur'ati geometrik
progressiyada, ishlab chiqarishn
ing o‘sish sur'ati esa, arifmetik progressiyada o‘sishga ega
b
o‘lsa, bunday jarayon aholi jon boshiga tushadigan daromadlarning kamayishiga olib keladi.
Ushbu holat taraqqiyotning turli bosqichlarida aholining kapitalga bo‘lgan talabi mahsulotlar
taklifiga
qaraganda yuqori bo‘lish ehtimoli borligini ko‘rsatadi” deb
hisoblaydi.
Angliyalik iqtisodchi Pigu (2008) “Mehnat bozorida takomillashmagan raqobatning
mavjudligi, ya'ni ish haqining oshishi bevosita pul bilan to‘lanadigan ish haqini kamaytiradi
hamda ba
ndlikni rag‘batlantiradi” deydi.
Mashhur iqtisodchi olim Keyns
(2014) “Iste'mol, jamg‘arish va investitsiya jarayonlari
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr
www.e-itt.uz
115
bir-
biriga nomutanosiblikda amal qiladi. Chunki, jamg‘arish va investatsiyaning sub'ektlari turli
ijtimoiy guruxlar bo‘lganligi uchun h
a
m jamg‘arishni investitsiyaga aylantirish uchun iste'mol
va in
vestitsiya buyicha samarali talab zarur bo‘ladi” deya talqin etadi.
Yangi Zelandiyalik iqtisodchi olim Fillips (2009) “Ish haqining o‘rtacha yillik o‘sishi bilan
ishsizlik o‘rtasidagi o‘zaro bo
g
‘liqlik, ya'ni bu bog‘liqlikning teskari mutanosiblikdaligi: a
gar ish
haqi tez oshsa, ishsizlik ham nisbatan tezroq paydo bo‘lishi yoki aksincha bo‘lishi mumkinligi”
ni isbotlaydi.
Amerikalik iqtisodchi Ouken (2009) ishsizlikning haqiqiy darajasi bilan real YaIM hajmi
o‘rtasida teskari bog‘liqlik borligini isbotlab, uzining “Ouken qonuni” ni kashf etdi va unga ko‘ra
“...ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan 1 foizga oshsa real YaIMni 2,5 foiz
orqada qolishini ko‘rsatadi” degan g‘oyani ilg
ari suradi.
Shunday ekan, ishsizlikning tabiiy darajasi 4-6 foi
zda bo‘lishi me'yoriy holat, deb qaralib,
uning tabiiy darajasi YaIMning potentsial hajmini aniqlash imkonini tug‘diradi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Nazariy-metodologik tahlil: Iqtisodiy mutanosiblik hamda uning buzilish omillari va
yondashuvlar bo‘yicha mavjud ilmiy asarlarni o‘rganish.
Statistik tahlil
: Iqtisodiy ko‘rsatkichlarni (masalan, yalpi ichki mahsulot (YIM), ishsizlik
darajasi, inflyatsiya, tashqi savdo balansi) o‘rganish va ularni ta
hlil qilish.
Trend tahlili
: Vaqt o‘tishi
bilan iqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘zgarishini tahlil qilish va
buzilishning boshlang‘ich omilarini aniqlash.
Solishtirma tahlil: Iqtisodiy mutanosiblikning turli mamlakatlar yoki hududlarda qanday
shakllanishini va buzilish belgilarini solishtirish.
Tarmoq tahlili
: Turli iqtisodiy sektorlar (sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmatlar sohasi)
o‘rtasidagi mutanosiblikni baholash.
Tizimli yondashuv:
Iqtisodiy tizimning barcha elementlarini bir butun sifatida o‘rganish
va ula
rning o‘zaro ta’sirini baholash.
Mavzun
i yoritishda yuqorida ko’rsatilgan
metodlardan foydalanildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Bgungi kunda, Mikroiqtisodiyot darajasida mutanosiblik mezoni sifatida, xo‘jalik
faoliyatidan olinadigan daromadlarning uzluksiz oshishini ta'minlaydigan yuqori mehnat
unumdorligi, korxonaning rentabellik darajasi va foyda normasini tushunamiz.
Mazkur mezonlar, bir tomondan, korxonalarda mehnat resurslari va ishlab chiqarish
quvvatlaridan samarali foydalanishni, ikkinchi tomondan esa, amalda foydalanilayotgan
texnika va texnologiyaning zamonaviylik darajasini ko‘rsatadi.
Makroiqtisodiy darajada esa, mutanosiblik mezoni sifatida ko‘p hollarda umumiqtisodiy
mutanosiblik ta'minlanganligi qaralib, unga erishishning asosiy yo‘li si
f
atida ko‘p holla
rda
bandlik va inflyatsiyaga ustuvorlik beriladi.
Chunki, makroiqtisodiy barqarorlik asosan mana shu ikki ko‘rsatkichga bog‘liklikda
o‘rganiladi. Shu nuqtai nazardan iqtisodiy mutanosiblikning an'anaviy mezoni
- inflyatsiya va
bandlik darajasini tegishli me'yorlarda saqlash orqali ishlab chiqarishni rivojlantirishni
ta'minlashni nazarda tutadi. Bu yerda iqtisodiy mutanosiblik oraliq maqsadga, ya'ni ishlab
chiqarishni rivojlantirish va uniig natijasining miqdor, hajm va tarkib jihatdan iste'molning
miqdor, hajm va tarkibiga mos kelishiga qaratilgan.
Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, iqtisodiy mutanosiblikning an'anaviy mezonlariga
qo‘shilgan holda, aytish mumkinki, unga qo‘shimcha ravishda iqtisodiy barqarorlik, real
iqtisodiy o‘sish va hayot
farovonligi darajasini oshirish kabi mezonlarni kiritish maqsadga
muvofiqdir.
Demak, mazkur mezonlar iqtisodiy mutanosiblikni oraliq maqsad va tor ma'noda
tushinishdan himoyalab, uni xalq farovonligini oshirish tomon yo‘naltirishga xizmat qiladi. Har
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr
www.e-itt.uz
116
qanda
y yo‘l bilan umu
miqtisodiy mutanosiblikka erishish - ishlab chiqarishning pirovard
maqsadi bo‘la olmasligi, pirovard maqsad
-
aholi daromadlaridagi o‘sishini uzluksiz ta'minlash,
real iqtisodiy o‘sish va iqtisodiy barqarorlikka erishish orqali xalq farovo
nligini ta'minlash
bo‘lishi lozim. Ijtimoiy ehtiyojlarning qondirilish darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa,
makroiqtisodiy mutanosiblik shunchalik barqaror ta'minlangan deb, hisoblash mumkin.
Bugungi kunda, aholi bandligini ta'minlash maqsadida ishsizlikni bartaraf etish uchun
keng ko‘lamli ijtimoiy
- iqtisodiy harakatlar olib borilmoqda.
Ishsizlik zamonaviy bozor iqtisodiyotining ajralmas belgisi hisoblanib, o‘tish davrida ham
muhim ahamiyat kasb etganligi uchun uning paydo bo‘lish sabablarini o‘rganishni maq
sadga
muvofiq, deb hisoblaymiz. Ishsizlikning mavjudligi quyidagilar bilan izohlanadi:
-
raqobat natijasida xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar ma'lum qismining bankrotga uchrashi;
- ilmiy va texnik taraqqiyotining uzluksiz rivojlanishi sharoitida kapitalning to
‘planishi;
-
iste'mol, jamg‘arish va iivestitsiyalar o‘sishi o‘rtasidagi ob'ektiv nomutanosiblik;
- kengaytirilgan takror ishlab chiqarish rivojlanishining davriylik xarakteriga egaligi;
- zamonaviy bozor va shu jumladan mehnat bozorida raqobatning takomillashmaganligi
-
kabi omillar ishsizlik mavjud bo‘lishini yaqqol namoyon qilib qo‘yadi.
Ishsizlik bilan bog‘liq holatda rivojlanishining kuzatilishi mumkin bo‘lgan
makrodarajadagi iqtisodiy mutanosiblikning yana bir mezoni - inflyatsiyadir. Inflyatsiya - bu
tovar-
pul muomalasi yo‘lining ortiqcha yaroqsiz pullar bilan to‘lib
-toshib ketishi, ya'ni milliy
bozorlardagi tovar hajmi bilan pul massasi o‘rtasidagi mutanosiblikning buzilishidir.
Inflyatsiyaning kelib chiqish sabablarini umumiy holda xalq xo‘jaligid
agi
nomutanosibliklar, bozor iqtisodiyotining takomillashmagan mexanizmi, aholining
inflyatsiyani kutishga moyilligi va tashqi iqtisodiy omillar hisoblanadi.
Zamonaviy bozor iqtisodiyotining takomillashmagan ko‘rinishi
- bu davlat
monopoliyasining mavjudligi
dir. Bu holat balanslashtirilmagan byudjet bo‘lishiga olib kelib,
byudjet defitsitini moddiy tovarlar bilan biriktirilmagan ortiqcha pul chiqarish orqali
vaqtinchalik hal etish amaliyotining real hayotda qo‘llanishidir. Bundan tashqari,
makroiqtisodiy beqarorlik sharoitida xaridorlar va tovar ishlab chiqaruvchilarning inflyatsion
kutishi va jahon iqtisodiyotining har bir davlat iqtisodiyotiga nisbatan beqaror va nomutanosib
ta'siri ham inflyatsiyani keltirib chiqarishi mumkin. Bu yerda iqtisodiy va harbiy jihatdan
qudratli davlatlar olib borayotgan siyosatining boshqa davlatlar milliy iqtisodiyotiga ta'siri
nazarda tutilmoqda (Хамираев
, 2004).
Yuqorida qayd etilgan omillarning barchasi inflyatsion qobiqni paydo qilib, quyidagi
ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi
:
- talab va xarajatlar inflyatsiyasi;
- kuchsiz, golopirlashuvchi va giperinflyatsiya;
- balanslashgan va balanslashmagan inflyatsiya;
- kutilayotgan yoki kutilmagan inflyatsiya;
- ochiq va yopiq -
inflyatsiyaga bo‘linadi.
Hozirgi sharoitda inflyatsiy
a muammosi bugungi iqtisodiyotning “xronologik kasali”ga
aylanib bormoqda va bu iqtisodiyotdagi pul massasi bilan ishlab chiqarilgan tovarlar, xizmatlar
hajmi o‘rtasidagi nisbatda o‘z aksini topmoqda.
Makrodarajadagi eng muhim iqtisodiy mutanosibliklardan biri bu jamiyatdagi pul
massasi bilan tovar va xizmatlar hajmi o‘rtasidagi mutanosiblik hisoblanadi. Umumiy pul
massasi, deganda ana shu yalpi milliy mahsulotning muomalasini ta'minlaydigan pul miqdorini
anglatadi. Shu sababdan ham iqtisodiy mutanosiblik t
ushunchasining miqdor ko‘rsatkichlari
yalpi ichki mahsulot qiymati bilan pul massasiga tenglashtiriladi.
Ta'kidlash lozimki, iqtisodiy mutanosiblikning buzilishini ifodalaydigan mezon narxlar
indeksining o‘zgarishidir. Mazkur holat, birinchi navbat
da, jamiyatdagi tovarlar, xizmatlar bilan
ularning muomalasini ta'minlaydigan pul massasi o‘rtasidagi mutanosiblikning buzilishini
anglatadi. Ushbu buzilish darajasiga ta'sir etuvchi boshqa omillar ham mavjud bo‘lib, ulardan
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr
www.e-itt.uz
117
asosiysi jamiyatdagi yalpi tovarlar bilan xizmatlar massasini hisoblash uslubiyatining
eskichaligidir.
Jamiyatdagi tovarlar, xizmatlarga nafaqat bir yilda ishlab chiqarilgan yalpi ichki
mahsulotni, balki jamiyatda sotilishi mumkin bo‘lgan barcha tovar va xizmatlarni kiritish lozim,
ikkinchidan
, ana shularni ayirboshlash uchun kerak bo‘lgan pul massasini aniqlash zarur.
Masalaga mantiqan yondashib, hayotimizda sodir bulayottan jarayonlarga real qaraydigan
bo‘lsak, jamiyatda mavjud bo‘lgan barcha moddiy ne'matlar, ularning egalari kimligi
dan, qaysi
mulkchilik shaklidan qat'iy nazar sotilishi va sotib olinishi lozim. Agar, bu mulk ob'ektlari
sotiladigan yoki sotib olinadigan bo‘lsa ularning sotilishi uchun ma'lum pul massasi, ya'ni
muomalaga pul chiqarilishi kerak. Mana shunday zaruratdan kelib chiqib jamiyatda
mutanosiblik tushunchasiga keng mazmun berib, uning tarkibiga yalpi ichki mahsulotdan
tashqari jamiyatda sotilishi mumkin bo‘lgan butun moddiy ne'matlarni qo‘shishni maqsadga
muvofiq deb, hisoblaymiz.
Shunday ekan, iqtisodiy barqarorlik - ta'minlangan iqtisodiy mutanosiblikning hosilasi
sifatida yuzaga chiqib, real iqtisodiy o‘sish uchun tegishli shart
-sharoit yaratadigan mezon
bo‘lib xizmat qilish kerak.
Tadqiqot natijalaridan ko‘rinib turibdiki, iqtisodiy mutanosiblikning yana bir mu
him
mezoni -
bu real iqtisodiy o‘sishdir. Iqtisodiyotdagi nisbatlarni oqilona tashkil etish, tarmoqlar
va sohalar o‘rtasidagi mutanosiblikni ta'minlash, inflyatsiyani jilovlash va yuqori bandlikni
ta'minlashdan ko‘zlangan maqsad iqtisodiyotni barqarorlasht
irish va
real iqtisodiy o‘sishga
erishishdir. Chunki, real iqtisodiy o‘sish o‘zida, bir tomondan, resurslardan samarali
foydalanish, ishlab chiqarishda zamonaviy texnika va texnologiyalarni qo‘llashni, ikkinchi
tomondan esa, yangidan yaratilgan qiymatni va ehtiyojlarni qondirishning moddiy negizini
barpo etib, xalq farovonligini oshirish asosini vujudga keltiradi. Shu sababli, mamlakatimizda
olib borilayotgan iqtisodiy islohotlardan ko‘zlangan maqsad
-
iqtisodiy o‘sishga erishish orqali,
aholining farovon yashashini ta'minlashga qaratilgan.
Iqtisodiy mutanosiblikning tom mezoni
–
bu xalq faravonligini oshirishdir. Chunki,
o‘tkazilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va bu sohada qilinayotgan sa'y
-harakatlarning
hammasi xalq farovonligini ta'minlashga qaratilgan bo
‘
lishi lozim.
Iqtisodiy mutanosiblikning asosiy mezonlari aniqlangandan keyin uning buzilishiga olib
keluvchi omillar to‘g‘risida so‘z yuritish mantiqan to‘g‘ri, deb hisoblash mumkin.
Iqtisodiy mutanosiblikning buzilishi tabiat yoki jamiyatdagi mutanosibliklar buzilishidan
farq qiladi. Agar tabiatdagi mutanosiblik buzilsa, unda muvozanatning bir tomoni qisqarib,
ikkinchi tomoni ko‘payadi. Iqtisodiyotda buzilsa, jamiyat a'zolari mutanosiblikka oqilona
yondashib, maqsadga muvofiq mutanosiblikni ta'minlashga ha
rakat qiladi va ko‘zlangan
maqsadlarga erishadilar.
Ta'kidlash joizki, iqtisodiy mutanosiblik buzilishining asosiy sabablaridan biri - bu bir
tomondan, ijtimoiy ehtiyojlarning cheksiz o‘sishi bilan ularni qondirish uchun talab qilinadigan
ishlab chiqarish
resurslarnning cheklanganligi bo‘lsa, ikkinchidan, mavjud ehtiyojlarni
qondirish bilan tegishli ne'matlarni ishlab chiqarish vaqtining mos kelmasligidir. Chunki,
ehtiyojlar g‘oyat o‘zgaruvchan bo‘lib, ularning o‘zgarishi, ishlab chiqarish tarkibi v
a turining
o‘zgarishiga qaraganda doimo oldinda bo‘ladi. Sababi, bozorda namoyon bo‘lgan ehtiyojni
qondirish uchun talab qilinadigan tovarlarni ishlab chiqarish ma'lum bir vaqtni taqozo etadi.
Masalan, bozorda kecha namoyon bo‘lgan talabni qondirish uchun
deylik o
‘n kun muddat kerak
bo‘ladi, lekin, bu tovarlar ishlab chiqarilishiga qadar ehtiyojlar o‘zgarmasligiga hech kim kafolat
bera olmaydi, odatda ehtiyojlar uzluksiz o‘zgarish tendentsiyasiga ega.
Turli darajadagi iqtisodiy mutanosibliklar buzilishi negizida ushbu ziddiyat yotadi. Agar,
bu ziddiyatlar oqilona me'yorlarda, o‘z vaqtida bartaraf etilsa, mutanosiblik ta'minlanadi,
saqlanadi va barqarorlashadi yoki aksincha bo‘lishi mumkin.
Iqtisodiy mutanosiblik buzilishining yana bir muhim sababi iqtisodiy taraqqiyotning
siklik rivojlanishi hisoblanadi. Jahon iqtisodiyotining rivojlanish tarixi shuni ko‘rsatadiki,
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr
www.e-itt.uz
118
iqtisodiy taraqqiyot bir tekis, to‘g‘ri yo‘ldan bormasdan, asta
-sekin, evolyutsion tarzda boradi.
Bu yo‘lda makroiqtisodiy mutanosiblikning buzilishi ham
tabiiy jarayonga aylanib, taraqqiyot
nomutanosibliklar orqali eskirgan ishlab chiqarish vositalari, ishlab chiqarish usullari va
yo‘llarini doimo yangilab boradi. Jamiyat taraqqiyoti “mutanosiblik
- nomutanosiblik -
mutanosiblik” tamoyilida rivojlanib bor
adi.
Mashhur avstriyalik iqtisodchi Yozef Shumpeter o‘z davrida iqtisodiy taraqqiyotning
mutanosibli va nomutanosibli rivojlanishini tahlil qilib, iqtisodiy jarayonlar tebranishining uch
siklli chizmasini taklif qilgan edi. Bu sikllar bozor iqtisodiyotining uch darajasida amal qilib,
ularni qisqa, o‘rta va uzun sikllar deb ataydi.
Qisqa sikllarning davomiyligi 4 yilga yaqin bo‘lib, ular tovar
-moddiy zaxiralarining
harakati bilan bog
‘liqdir. Bu sikllar asosiy kapital ko‘rinishidagi investitsiyalarning tovar
-
m
oddiy boyliklar zahirasi hajmidan ko‘payib ketganida, moddiy ne'matlar zahirasining unga
bo‘lgan talabidan oshib ketgan holatlarni ifoda etadi. Bunday vaziyatda ishlab chiqarishni
ng
o‘sish sur'atlari pasayishi mumkin.
Shunday qilib, qisqa sikllar iste'mol va investitsiya bozoridagi mutanosiblikni tiklash
bilan bevosita bog‘liqdir.
O‘rta sikllar davomiyligi 8
-
10 yilni tashkil etib, ko‘pincha sanoat sikli ham deyiladi. Bu
sikllarning
4 ta fazasi bo‘lib, inqiroz, depressiya, jonlanish va ko‘tarilishdan iborat
dir.
Uzun sikllar yoki uzun to‘lqinlar mashhur rus iqtisodchi olimi Kondrat'ev tomonidan
asoslangan bo‘lib, uning fikricha bozor iqtisodiyoti o‘zining industrial bosqichida izchill
ik bilan
“ko‘tarilish va pasayish” davriga ega bo‘lishini va bu to‘lqinlarni
ng davomiyligi yarim asr
atrofida bo‘lishini e'tirof etadi.
Uning fikricha fan va texnika taraqqiyoti uzoq muddatli sikllar yoki to‘lqinlarning kelib
chiqishining ichki omili hisoblanishini va sikllar:
1 -
to‘lqin
- XVIII ayerning 90-yillardan to 1844-1851 yilgacha;
2 -
to‘lqin
- 1844-1851 yildan 1890-1896 yilgacha;
3 -
to‘lqin
- 1890-1896 yillardan 1914-
1920 yillargacha (Кондратьев
, 2007) - amal qilgan
uchta uzun to‘lqinni ko‘rsati
b, isbotlab bergan edi.
Darhaqiqat, jahon iqtisodiyoti 1914-
1945 yillarda uchinchi uzun to‘lqinning pasayish
davrini tugatdi. Uzun to‘lqinlar nazariyasining to‘g‘riligini 1929
-1933 yillarda Amerika va
Yevropada ro‘y bergan “Buyuk inqiroz” ham tasdiqlayd
i. 1945-
1980 yillarda to‘rtinchi
to‘lqinning ko‘tarilish davri, pasayish davri esa 1980
-2000 yillarda tugadi. Insoniyat XXI asrga
N.D.Kond
rat'evning beshinchi ko‘tarilish to‘lqini bilan kirmoqda va bu holat O‘zbekiston
iqtisodiyotiga ham xos bo‘lgan jarayo
ndir.
Bu sikllarning o‘zi ham nomutanosiblikning ko‘rinishlari hisoblanadi. Cheklangan
resurslar bilan cheksiz ehtiyojlar o‘rtasidagi zidd
iyat, bir tomondan, taraqqiyotning asosi
hisoblansada, ikkinchi tomondan, ta'minlangan mutanosibliklar buzilishining bosh omili
sifatida yuzaga chiqadi. Bu ziddiyatni butunlay bartaraf qilishning imkoniyati ham, zarurati
ham yo‘qligini e'tibordan qochirmas
lik kerak.
Bundan tashqari, sikllikning kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan bir necha muhim
o‘zgaruvchi omillar ham mavjud bo‘lib, ular:
- korxonaning kapital bilan qurollanishi, qiymati va uning tarkibi;
- mehnat unumdorligi;
- milliy daromadda mehnatning ulushi;
- texnik taraqqiyot tezligi;
-
bazis innovatsiyalarning vaqt va fazoda nisbatan to‘planuvchanligi;
- umumiy i
shlab chiqarishga kiritilgan kapital qo‘yilmalarda ekstensiv va intensiv
investitsiyalarning nisbiy ulushi;
- ishlab chiqarish xarajatlarn
ing tarkibiy o‘zgarishi;
-
ishlab chiqarishning tarmoqlari tarkibining o‘zgarishi;
-
shaxsiy iste'mol tarkibining o‘zg
arishi;
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr
www.e-itt.uz
119
- mahsulotlar, texnologiya va kapitallarning hayotiy sikllari;
- asosiy kapitaldan foydalanish darajasi;
- ishchi kuchidan foydalanish darajasi;
- tabiiy resurslardan foydalanish darajasi;
- qiyosiy narxlar va boshqa omillar - siklik rivojlanishning kelib chiqishiga ma'lum
darajada ta'sir qiladi (Хамираев
, 2004).
Yuqoridagilar bilan bir qatorda, iqtisodiy mutanosiblikning buzilishiga ta'sir etuvchi yana
bir sabab - bu xufiyona
iqtisodiyotning mavjudligidir. Zamonaviy iqtisodiyot o‘zining g‘oyat
jadalligi va o‘zgaruvchanligi bilan bir qatorda uning tarkibida xufiyona iqtisodiyot borligini ham
eslatib turadi. Xufiyona iqtisodiyotning u
lushi har bir davlatda turlicha bo‘lib, uning hajmi o‘zga
davlatlarda amal qilayotgan iqtisodiy siyosat, ya'ni soliq, boj-tarif va pul - kredit siyosatining
hamda investitsion muhitning qay darajada samarali tashkil etilganiga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Qaysiki davlatda oqilona iqtisodiy siyosat yuriti
layotgan bo‘lsa, shu yerda xufiyona
iqtisodiyot hajmi nisbatan kam bo‘ladi. Qayerda ishlab chiqarishni, tadbirkor, kichik va o‘rta
biznes taraqqiyotini bukuvchi, soliq, boj-tarif va byudjet siyosati yuritilayot
gan bo‘lsa, usha
yerda soliq, to‘lashdan bo‘yin tovlovchilar ko‘payadi va pirovardida xufiyona iqtisodiyot
rivojlanadi. Masalan, rossiyalik iqtisodchilarning fikriga qaraganda Rossiyada yalpi ichki
mahsulotning taxminan 1/3 qismi yashirin iqtisodiyot sekto
rida yaratilayotgan bo‘lib, bu
mahsulot hech bir idora tomonidan hisobga olinmaydi. Yoki, Rossiya davlat xizmatchilari
akademiyasining sotsiologik markazining bergan ma'lumotiga ko‘ra Rossiya iqtisodiyotida
yashirin iqtisodiyot hajmi keyingi un yilda besh barabar oshganligini yoki Yevropa davlatlarida
6-
10 foiz bo‘lgan bir vaqtda Rossiya yalpi ichki mahsulotining 35 foizga yaqinini tashkil etishini
ta'kidlaydi
(Аргументы и факты
, 2022).
Ma'lumki, bu yashirin mahsulotlar bozorda sotiladi va sotib olinadi. Bunday yashirin
mahsulot hamma mamlakatlarda, sh
u jumladan, O‘zbekistonda ham mavjud bo‘lib uning
miqdorini taxminan 25 foiz, deb faraz qilgan taqdirimizda 202
3 yilda 1,07 kvadrillion so‘mlik
yalpi ichki mahsulot yaratilganligi inobatga olsak xufiyona iqtisodiyot hajmi 245 trillion so‘mlik
mahsulotni tashkil etadi. Bunday katta miqdordagi mahsulotning hisobga olinmasligi milliy
iqtisodiyot mutanosibligi uchun katta xavf mavjudligini keltirib chiqaradi.
Chunki, respublikamizda “xufiyona iqtisodiyot” mahsulotlarining sotilishi va sotib olinishi
o‘z navbatida yalpi moddiy ne'matlar hajmi bilan pul massasi o‘rtasidagi mutanosiblikka ham
salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Shu
bilan bir qatorda ta'kidlash lozimki, jamiyatdagi yashirin
mahsulotning muomalasi asosan naqd pulni taqozo etadi. Xufiyona iqtisodiyotniig rivojlanish
va mavjudlik sharti bu muomaladagi naqd pulning ko‘p miqdorida bo‘lishi va naqd pul orqali
hisob-kitob qi
linishidir. Bu iqtisodiyotning boshqacha amal qilish va rivojlanish yo‘li yo‘q,
chunki, boshqa hollarda u oshkora bo‘lib ketadi. Zamon talablarid
an biri bu - iqtisodiyotda
tovarlar muomalasining samarali-
tejamli yo‘li bu naqd pulsiz hisob
-kitob qilishdir.
Jamiyatda xufiyona iqtisodiyot hajmining kengayishi xavfli jarayon bo‘lib, bu pul
muomalasi tizimining izdan chiqishiga, inflyatsiya jarayoninig kuchayishiga va oxir-oqibat
milliy iqtisodiyot mutanosibligining buzilishiga olib keladi.
Xufiyona iqtisodiyotning shunday xususiyati borki, uning muomalasiga kelib tushgan
pullar ko‘payib, shu sohadan chetga chiqmaydi va o‘z domiga boshqa
-boshqa yangi sohalarni
ham torta boshlaydi. Bundan tashqari, xufiyona iqtisodiyot mamlakatning ichki qonunlari
bo‘yicha chet el
valyutasi muomalasining aylanishiga qaramasdan ularni o‘z muomalasiga,
milliy iqtisodiyotga jalb etadi va ularning yashirin harakatini vujudga keltiradi. Chunki, yashirin
iqtisodiyot sub'ektlari yashirin holatda chet eldan ko‘plab tovarlar olib kelib, che
tga tovarlar
chiqaradi. Mamlakat ichida chet el valyutalarining yashirin muomalasi umumiy tovar bilan pul
muomalasi mutanosibligining buzilishiga olib keladi.
Lekin, mamlakatda pul tanqisligi vujudga kelganda, yuridik va jismoniy shaxslarning ish
haqini o‘
z vaqtida berish qiyinchiliklari, pul inflyatsiyasi, korxonalarning debitorlik
qarzlarining ko‘payishi kabi muommalarning kelib chiqishida ham bi
z yuqorida qayd etgan
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr
www.e-itt.uz
120
holatlar ma'lum darajada sababchi bo‘lib qoladi. Bunday noxush holatlar nominal va real i
sh
haqi o‘rtasidagi mutanosiblikning buzilishiga, bu esa, uz navbatida makroiqtisodiy
mutanosiblikning buzilishiga olib keladi.
Shu sababli, resp
ublikamizda olib borilayotgan davlatning monetar siyosatiga ko‘ra
muomaladagi pul massasi har doim davlat nazoratiga olingan.
Xulosa va takliflar.
Iqtisodiy mutanosiblik tizimi shunchalik murakkabki, tizimning qaysi bir bug‘inida
nisbatlar
o‘zgarsa, bu hol iqtisodiyotning boshqa bug‘inlariga o‘z ta'sirini ko‘rsatadi va bu
to‘lqinsimon harakat yunalishiga ega bo‘la
di.
Iqtisodiy mutanosiblikning buzilishiga tashqi omillar ham o‘z ta'sirini ko‘rsatadi. Bu
tashqi savdoning tarkibi, ya'ni eksport
va import miqdori bo‘lib, agar tashqi savdo balansi aktiv
bo‘lsa bu holat mamlakat ichidagi makro, mikroiqtisodiy mutanosiblikka ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
Amaliyotda tashqi savdoning aktiv balansi hamisha eksport qilingan tovarlarning milliy ichki
bozorla
rdagi narxi jahon bozoridagi narxdan past bo‘lib, tovarlarni ichki bozorda sotishdan
ko‘ra tashqi bozorda sotish afzal va samarali bo‘lishi mumkin.
Tashqi savdoning aktiv balansi nafaqat iqtisodiy jihatdan samarali balki boshqa iqtisodiy
jarayonlarga ham jumladan, makroiqtisodiy mutanosiblikni ta'minlashga ham ijobiy ta'sir
ko‘rsatadi. Masalan, tashqi savdoning aktiv balansi maml
akatning milliy valyutasini
konvertatsiya qilishga imkon beradi. Bu esa, uz navbatida milliy pulning qadrini bir me'yorda
saqlab t
urishga, mamlakatning valyuta zaxirasini ko‘paytirishga va chet el investitsiyasini
milliy iqtisodiyotga ko‘proq jalb qilishga
imkon beradi. Milliy valyuta, iqtisodiy barqarorlikni
ta'minlash, uni yuqori sur'atlar bilan o‘sishga va eng muhimi makro hamda m
ikrodarajadagi
mutanosiblikni ta'minlashga asos yaratadi.
Darhaqiqat, biz yuqorida iqtisodiy nomutanosiblikni keltirib chiqaradigan asosiy
sabablarni tahlil qildik. Demak, iqtisodiy mutanosiblikning buzilishi bu - yalpi ichki mahsulot
o‘sishi sur'ati yoki
ijtimoiy - iqtisodiy ishlab chiqariishing pasayishidir. Agar, yalpi ichki
mahsulotning ishlab chiqarish hajmida pasayish tendsntsiyasi kuzatlsa
–
bu ishlab chiqarilgan
tovar va xizmatlar miqdori bilan pul massasi o‘rtasida jiddiy nomutanosiblik borligidan
dalolat
beradi.
Xulosa qilib aytganda, iqtisodiy mutanosiblikning buzilishi - bu bir tomondan, ijtimoiy
ehtiyojlarning cheksi
z o‘sishi bilan ularni qondirish uchun talab qilinadigan ishlab chiqarish
resurslarnning cheklanganligi bo‘lsa, ikkinchidan, mavju
d ehtiyojlarni qondirish bilan tegishli
ne'matlarni ishlab chiqarish vaqtining mos kelmasligidir.
Iqtisodiy mutanosiblik buzilishiga olib keluvchi omillarni bilish va anglash kelajakda
ijtimoiy - iqtisodiy inqirozlar kabi salbiy hodisalarning oldini olishga xizmat qiladi.
Adabiyotlar/Литература/Reference
s:
Аргументы и факты
(2022)
(06.11.2022). АиФ.
ru
. МОг. КО, Огр.
Оукен
,
Артур
(2009) // 100
Economists since Keynes: An introduction to the lives & works of one hundred great economists of
the past. -
СПб
.:
Экономикус
, -
С
. 225-227. -384
с
.
(2008) // 100
Economists before Keynes: An introduction to the lives & works of one hundred great economists
of the past. -
СПб
.:
Экономикус
, -
С
. 240-243. -352
с
.
Сэй
,
Жан
Батист
(2008) // 100
Economists before Keynes: An introduction to the lives & works of one hundred great economists
of the past. -
СПб
.:
Экономикус
,
-
С
. 287-289.
-352
с
.
Филлипс
,
А
.
Уильямс
(2009) // 100
Great Economists since Keynes: An introduction to the lives & works of one hundred great
economists of the past. -
СПб
.:
Экономикус
, -
С
. 310-312. -384
с
.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr
www.e-itt.uz
121
Кейнс Д.М.
(2014)
Общая теория занятости, процента и денег
Директ
-
Медиа
, 472-
стр.
Кондратьев Н.Д.
(2007)
Основные проблемы экономической статики и динамики
.
Монография.
-
М
.
: Директ
-
Медиа,
-
403 с.
Мальтус Т.Р.
(2022)
. -
М.:
Издательство «Наше завтра»,
-
320 с.
Ҳамираев
О.Х. (2004) Иқтисодий мувозанатнинг назарий асослари ва уни
таъминлаш механизмлари. И.ф.д. илмий даражасини олиш учун ёзилган диссетация
. -
Т.:
-
280 бет.
