YASHIL IQTISODIYOTGA O‘TISH SHAROITIDA TABIIY KAPITALNI JAMG‘ARISHNING MAKROIQTISODIY USULLARI

Annotasiya

Maqolada barqaror tabiiy kapitalni makro darajada jamg‘arish yoki makroiqtisodiy usullar, avvalo, davlat tomonidan tartibga solish yo‘nalishlarida namoyon bo‘ladi. Davlat tomonidan tartibga solish tizimida qonunlar, me’yoriy-huquqiy va tashkiliy-iqtisodiy asoslar ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Urunbayev , S. (2024). YASHIL IQTISODIYOTGA O‘TISH SHAROITIDA TABIIY KAPITALNI JAMG‘ARISHNING MAKROIQTISODIY USULLARI. Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil, 2(12), 190–196. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/64360
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Maqolada barqaror tabiiy kapitalni makro darajada jamg‘arish yoki makroiqtisodiy usullar, avvalo, davlat tomonidan tartibga solish yo‘nalishlarida namoyon bo‘ladi. Davlat tomonidan tartibga solish tizimida qonunlar, me’yoriy-huquqiy va tashkiliy-iqtisodiy asoslar ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr

www.e-itt.uz

190


YASHIL IQTISODIYOTGA O‘TISH SHAROITIDA TABIIY KAPITALNI

JAMG‘ARISHNING MAKROIQTISODIY USULLARI

Urunbayev Saparbek Samatovich

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti

ORCID-0009-0004-0464-6893

urunbayevsafarbek@gmail.com

Annotatsiya.

Maqolada

barqaror tabiiy kapitalni makro darajada jamg‘arish yoki

makroiqtisodiy usullar, avvalo, davl

at tomonidan tartibga solish yo‘nalishlarida namoyon

bo‘ladi. Davlat tomonidan tartibga solish tizimida qonunlar, me’yoriy

-huquqiy va tashkiliy-

iqtisodiy asoslar ishlab chiqish bo‘yicha

taklif va tavsiyalar berilgan.

Kalit so‘zlar:

ekotizim, tabiiy kapital, inson kapitali, sanoat, iqlim, iqtisodiy innovatsiya,

barqaror rivojlanish, konvensiya, yashil iqtisodiyot.

МАКРОЭКОНОМИЧЕСКИЕ МЕТОДЫ НАКОПЛЕНИЯ ПРИРОДНОГО КАПИТАЛА

В УСЛОВИЯХ ПЕРЕХОДА К ЗЕЛЕНОЙ ЭКОНОМИКЕ

Урунбаев Сапарбек Саматович

Ташкентский архитектурно

-

строительный университет


Аннотация

.

В статье рассматривается накопление устойчивого природного

капитала

на макроуровне, или макроэкономические методы, которые проявляются,

прежде всего, в направлениях государственного регулирования. Даны предложения и
рекомендации по разработке законов, нормативно

-

правовых и организационно

-

экономических основ системы государственного регулирования.

Ключевые слова:

экосистема, природный капитал, человеческий капитал,

промышленность, климат, экономические инновации, устойчивое развитие,
конвенция, зеленая экономика.

MACROECONOMIC METHODS OF ACCUMULATING NATURAL CAPITAL IN THE

CONTEXT OF THE TRANSITION TO A GREEN ECONOMY

Urunbayev Saparbek Samatovich

Tashkent University of Architecture and Construction

Abstract.

The article discusses the accumulation of sustainable natural capital at the

macro level, or macroeconomic methods, which are manifested primarily in the areas of
government regulation. Suggestions and recommendations on the development of laws, and
regulatory and organizational and economic foundations of the system of state regulation are
given.

Keywords:

ecosystem, natural capital, human capital, industry, climate, economic

innovation, sustainable development, convention, green economy.

UO‘K:

330.101.541

XII SON - DEKABR, 2024

190-196


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr

www.e-itt.uz

191

Kirish

.

Bugungi kunga kelib “Yashil iqtisodiyot”ga o‘

tish jarayoni har bir mamlakat uchun alohida

ahamiyat kasb etib, tabiiy kapital, inson kapitali va mamlakatning iqtisodiy rivojlanish

darajasiga kabi xususiyatlarga bevosita bo

g‘

liq holda r

o‘

y beradi. Shuning uchun avvalo,

o‘

tish

jarayoni uchun qulay (huquqiy infratuzilma, ra

g‘

batlantiruvchi omillar va h.k.) muhit yaratish

zarur.

O‘

zbekiston iqtisodiyotida tarkibiy

o‘

zgarishlarning uzoq muddatli strategiyasini ishlab

chiqish nafaqat ichki, balki global jarayonlar va muammolarni hisobga olishni taqozo etadi. Shu

nuqtai nazardan barqaror iqtisodiy rivojlanishning yangi, resurslardan samarali foydalanishga
asoslangan, innovatsion iqtisodiyotga

o‘

tish izchil tarkibiy

o‘

zgarishlarni amalga oshirish va

barqaror taraqqiyotning eng samarali vositalaridan biri hisoblanadi.

Barqaror iqtisodiy

o‘sishni ta’minlash, “sof texnologiyalar”ga n

isbatan innovatsion

yonda

shish, “Yashil iqtisodiyot”ni shakllantirish muammolari xalqaro iqtisodiy, ekologik,

investitsion forumlarda muntazam ravishda muhokama etib kelinmoqda. O‛zbekistonda olib

borilayotgan

ijtimoiy-iqtisodiy

islohotlar

sharoitida

iqtisodiyotning

innovatsion

rivojlantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishga qaratilgan

izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

O‘

zbekistonda tabiiy kapitalni jam

g‘

arish bilan bo

g‘

liq faoliyatni yuritish qonunlar,

Prezident farmonlari, hukumat qarorlar

i, tarmoq strategiyalari va rejalaridan iborat. Ba’zi

qonunlar atrof-muhitni muhofaza qilish va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan

foydalanish sohalarini tartibga soladi.

Bunday sharoitda davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining tabiatni muhofaza

etishga taalluqli huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari, aholining

tabiatni muhofaza qilish sohasidagi huquq va majburiyatlari, atrof tabiiy muhit sifatini

normativlar bilan tartibga solish, tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish, ekologiya

ekspertizasi va nazorati, tabiatni muhofaza qilishni ta’minlashning iqtisodiy chora

-tadbirlari,

favqulodda ekologiya vaziyatlari, ekologiya talablari, tabiatni muhofaza qilishga doir

javobgarlik, tabiatni muhofaza qilishga oid nizolarni hal qilish masalalari k

o‘

rib chiqilgan.

Adabiyotlar sharhi.

Bugungi kunga kelib, antropogen omil tufayli ekologiyaga insoniyat tomonidan

yetkazilayotgan zarar miqdori kun sayin ortib bormoqda. Tabiiyki bu jarayonni oldini olish va

uning ta’sirini kamaytirish jahon hamjamiyati oldida turgan eng dolzarb vazifalardan

biri

sanaladi. Masalagaqisqa muddatli yechim sifatida, BMTning Iqlim

o‘

zgarishi t

o‘g‘

risidagi

doiraviy konvensiyasi doirasida, 2015 yil 12 dekabrda konsensus asosida Parij kelishuvi qabul

qilingan edi.

O‘

zbekiston ham mazkur sohadagi islohotlarni amaliyotga joriy etishda mintaqada

yetakchi davlatlardan biri sanaladi.

O‘

zbekistonda tabiiy kapitalni jam

g‘

arish bilan bo

g‘

liq

faoliyatni yuritish qonunlar, Prezident farmonlari, hukumat qarorlari, tarmoq strategiyalari va
rejalaridan iborat bir neshta normativ huquqiy hujjatlar qabul qilinganligi davlatning soha

istiqboliga befarq emasligidan darak. Xususan, 2019 yil 4 oktabrdagi PQ-4477-sonli Qarorga

asosan,

O‘

zbekistonning 2019

2030 yillar davrida

O‘zbekiston Respublikasining «yashil»

iqtisodiyotga

o‘

tish strategiyasi tasdiqlangan. Unga k

o‘

ra, mazkur davrda umumiy elektr

energiyasi ehtiyojida qayta tiklanuvchi energoresurslar ulushini 25% ga yetkazish, transport

xarajatlarin

i qisqartirish va transport sohasining samarali faoliyatini ta’minlashga qaratilgan

yagona kompleks rivojlanish siyosatini shakllantirish, shaharni uzoq muddatli rivojlantirish

rejalari va ekologik xavfsizlik choralariga muvofiq «yashil» transportni rivoj

l

antirish, «yashil»

kreditlash, venchur moliyalashtirish tizimini joriy etish kabi vazifalar belgilab berilgan.

Vazirlar Mahkamasining 25.11.2020 yildagi «Respublika hududlarida o‘

rmonzorlar,

shuningdek, Orol dengizi va Orolb

o‘yi hududlarida «Yashil qoplam

a

lar» barpo etish bo‘

yicha

q

o‘

shimcha chora-tadbirlar t

o‘g‘risida»gi

745-son qarori tasdiqlangan. Unga k

o‘

ra, Orolb

o‘

yi


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr

www.e-itt.uz

192

hududi ekologik fojianing markaziga aylandi. Biz mavjud ahvolni yaxshilash uchun bu yerda
ikki million gektar yangi

o‘

simlik maydonlari va daraxtzorlar yaratish, tuproq qatlamini

shakllantirish b

o‘

yicha ulkan ishlarni amalga oshirmoqdamiz.

Vaxabov va Xojibakiyevning (2020)

“Yashil iqtisodiyot” nomli darsligida tabiiy

resurslarni tejash va ekologik texnologiyalarni joriy qilish b

o‘

yicha nazariy va amaliy masalalar

yoritilgan. Bu asar tabiiy kapitalni jam

g‘

arishning ekologik asoslarini

o‘

rganishda muhim

manba hisoblanadi.

Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqot jarayonida mavzuga oid mantiqiy taqqoslash, umumlashtirish, ilmiy

mushohada, tizimli yondashuv, statistik hamda qiyosiy tahlil usullaridan foydalanilgan.

Shuningdek, yashil iqtisodiyot kontseptsiyasining shakllanishi va rivojlanishida turli
omilla

rning ta’sirini baholashda korrelatsion va regression usullardan foydalanildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022

-2026 yillarga m

o‘

ljallangan

Yangi

O‘

zbekistonning taraqqiyot strategiyasi t

o‘g‘risida”

gi farmonida yettinchi ustuvor

y

o‘

nalishning 79 maqsadi ekologik muammolarni bartaraf etish, Butunjahon ekologiya

xartiyasini ishlab chiqish tashabbusini ilgari surish, respublika hududida amalga oshirilayotgan

x

o‘

jalik va boshqa turdagi faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini belgilash yuzasidan

davlat ekologik ekspertizasini

o‘

tkazish belgilangan. 80-

maqsad esa «Yashil makon»

umummilliy loyihasini amalga oshirishga qaratilgan. Bunda jami rejalashtirilgan 560 ming
gektar yer maydonining 375 ming gektarida

o‘

rmonzor barpo etiladi. Qoraqalpo

g‘

iston

Respublikasidagi

o‘

rmon fondi yerlari va Orol dengizining suvi qurigan hududlarida, Xorazm,

Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi Orolb

o‘

yi hududlarida 172 ming gektar hamda boshqa

hududlardagi

o‘

rmon fondining to

g‘

, vodiy va t

o‘

qay yerlarida 13 ming gektar maydonga dov-

daraxtlar ekish kabi vazifalar belgilangan.

Ta’kidlash о‘rinliki, mamlakatimizda ham qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan

fоydalanishga katta e’tibоr qaratilmоqda. “O‛zbekiston —

2030” Strategiyasida 2030

-yilgacha

erishiladigan “Yashil iqtisodiyot”ga o‛tish, uning asosi bo‛lgan qayta tikl

anuvchi energiyadan

foydalanish ko‛rsatkichlarini keskin oshirish maqsadi keltirilgan. Unga ko‛ra:

Qayta

tiklanuvchi energiya manbalarini 25 ming MVt hamda jami iste’moldagi ulushini 40

foizga yetkazish.

Sanoatda “yashil sertifikat”lar bozorini rivojlantir

i

sh va “ekologik markirovkalash”

amaliyotini joriy qilish.

3 GVt quvvatli 3 ta issiqlik elektr stansiyalarini modernizatsiya qilish orqali tabiiy gaz

sarfini kamaytirish.

Ko‛p qavatli uy

-joylardagi xonadonlarning energiya samaradorligi (energoaudit)ni

baholash tizimini joriy etish.

Shaharlarda jamoat transportini ekologik toza yoqil

g‘iga o‛tkazish.

Iqlim o‛zg

arishi sohasida barcha issiqxona gazlarini qamrab oluvchi monitoring tizimini

(MRV) yaratish.

Issiqxona gazlarining yalpi ichki mahsulot birligiga nisbatan 2010-yildagi darajadan 30

foizga qisqartirish kabi samaradorlik ko‛rsatkichlari belgilab berilgan.

Shu bois, Orolb

o‘

yi mintaqasi uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson xavfsizligi

b

o‘

yicha k

o‘

p tomonlama sheriklik trast fondi tuzildi. Umid qilamizki, ushbu fond o

g‘

ir ekologik

hududda yashayotgan aholiga amaliy yordam k

o‘

rsatish uchun xalqaro hamjamiyatning

tayanch platformasi b

o‘

lib xizmat qiladi.

Mamlakatimiz Orolb

o‘

yi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi, deb

e’lon qili

sh haqida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining maxsus

rezolyusiyasini qabul qilishni taklif etildi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr

www.e-itt.uz

193

Umuman olganda,

O‘

zbekistonda yashil iqtisodiyotga

o‘

tish b

o‘

yicha boshqaruv

jarayonlarini tahlil qilish, y

o‘

l xaritasini qabul qilish va davlat organlarini

o‘

zaro bo

g‘

laydigan

integratsiyalashgan chora-tadbirlar tizimi amalga oshirilmoqda.

1-rasm

.

“Yashil” o‘sish bilan bog‘liq strategiyalarni milliy va tarmoqlar miqyosida

rejalashtirish.

Ma’lumki, O‘

zbekiston Respublikasi dengizga t

o‘g‘

ridan-t

o‘g‘

ri chiqishi imkoni b

o‘

lmagan

davlat hisoblanadi. Umumiy yer maydoni 448 978 km.

2

dan iborat. Markaziy Osiyoning

markazida joylashgan b

o‘

lib, Qozo

g‘

iston, Turkmaniston, Af

g‘

oniston, Tojikiston va Qir

g‘

iziston

bilan chegaradosh. Aholisi 2017 yilda 32 653,9 ming kishini tashkil etgan b

o‘

lsa, 2023 yilda 36

799,8 ming kishidan iborat b

o‘

ldi. Markaziy Osiyoda aholi soni b

o‘

yicha birinchi

o‘

rinda turadi

va aholisi tez sur’atlarda o‘

sib borayotgan mamlakatlar qatoriga kiradi.

O‘

zbekistonning yalpi

ichki mahsuloti 2017 yilda 5,3 foiz, 2020 yilda 1,6 foiz va 2023 yilda 6,0 foizga

o‘

sdi. Sanoat

ishlab chiqarishning

o‘

sish hajmi 2017 yilda 4,6 foiz va 2023 yilda 6,0 foizni, shunga mos

ravishda to

g‘

-kon sanoati 17,6 va 1,0 foiz, qurilish ishlari 5,6 va 6,4 foiz, qishloq x

o‘

jaligi ishlab

chiqarish hajmi 2,0 va 4,1 foiz, tashqi savdo 15,4 va 23,9 foiz va korxonalar soni 4,1 va 12,0
foizni tashkil etdi

Milliy

miqyosda

belgilanadigan

hissalar, 2021-2030 yillar

2022-2030 yillar uchun “Yashil”
iqtisodiyot strategik dasturi

“2019-2030 yillarda “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini tasdiqlash

to‘g‘risida”gi Prezident Qarori

M

av

zu

ga

o

id

st

ra

te

gi

ya

la

r

2022-2030

yillar

uchun

Iqlim

o‘zgarishi

strategiyasi

(ishlab

chiqilmoqda)

2022-2030 yillar uchun milliy,
tarmoqlar va xududlar moslashish
rejalar (ishlab chiqilmoqda)

O‘zbekistonda

suv

resurslarini

boshqarish

bo‘yicha

2021-2023

yillar uchun strategiya

2020-2030 yillar uchun Qishloq
xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasi

2020-2030 yillar uchun atrof-muhit
muhofazasi konsepsiyasi

2019-2028 uchun qattiq maishiy
chiqindilar bo‘yicha strategiya

2010-2028 yillar uchun biologik
xilma-xillikni

saqlab

qolish

strategiyasi

2020-2030

yillar

uchun

elektr

energiyasi konsepsiyasi

2020-2030 yillar uchun Raqamli
O‘zbekiston strategiyasi

2021-2025 yillar uchun qurilish
sanoati strategiyasi

2020-2024 yillar uchun Davlat moliyasini boshqarish strategiyasini amalga

oshirish “yo‘l xaritasi”

R

es

ur

s

aj

ra

ti

sh

3 yillik davr gorizonti uchun o‘rta muddatli

budjet doirasi

Yillik budjet dasturlari doirasida tashkil etilgan

1 yillik davr gorizonti


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr

www.e-itt.uz

194

1-jadval

O‘

zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish k

o‘

rsatkichlari

(

o‘

tgan yilga nisbatan, foizda)

Ko‘r

satkichlar

2017 y. 2018 y. 2019 y. 2020 y. 2021y. 2022 y. 2023 y.

Aholi soni

1,7

1,8

2,0

1,9

2,1

2,1

2,2

Yalpi ichki mahsulot

hajmi

5,3

5,1

5,6

1,6

7,4

5,7

6,0

Sanoat ishlab

chiqarish

4,6

14,4

6,6

0,7

8,7

5,2

6,0

Tog‘

-kon sanoati

17,6

25,4

-1,0

-21,9

10,7

1,9

1,0

Qurilish ishlari

5,6

9,9

19,0

9,1

6,8

6,6

6,4

Qishloq xo‘jaligi

2,0

0,3

2,5

3,0

4,0

3,6

4,1

Tashqi savdo

15,4

27,3

26,2

-13,1

16,0

19,8

23,9

Korxonalar soni

4,1

6,4

13,3

23,1

19,4

11,3

12,0

O‘

zbekiston strategik foydali qazilmalarning zaxiralari b

o‘

yicha birinchi

o‘

nta mamlakat

qatoriga kiradi. Oltin zaxirasi b

o‘

yicha 5-

o‘

rin, uran zaxirasi b

o‘

yicha 12-

o‘

rin, mis zaxirasi

b

o‘

yicha 8-

o‘

rin, kaliy tuzlari zaxirasi b

o‘

yicha 4-

o‘

rinda turadi. Tabiiy gaz va k

o‘

mir kabi yer

osti boyliklari b

o‘

yicha 30 ta yetakchi davlatlar qatoriga kiradi. Tabiiy resurslari b

o‘

yicha

Markaziy Osiyo mintaqasida Qozo

g‘

istondan keyin 2-

o‘

rinda turadi.

Jahonda energiya resurslarini tejash masalasining dolzarbligi tobora ortib bormoqda. Shu

bois yurtimizda “yas

hil ener

getika”ni rivojlantirish va iqtisodiyotga energiya

tejamkor

texnologiyalarni keng joriy qilish bo‛yicha katta marralar olingan.

Energiya ta’minotidagi defitsitni to‛liq qoplash maqsadida 2024

-yil aprel oyida har bir

tuman va shaharda o‛rganishlar o‛tkazildi. Shu asosda 4,5 milliard kub metr gaz va 7,5 mil

liard

kilovatt soat elektrni iqtisod qilish bo‛yicha tumanbay dasturlar qabul qilindi.

Ta’kidlanganidek, ko‛p hudud va tarmoqlarda hali aytarli natija bo‛lgani yo‛q, rahbarlari

esa “so‛rov bo‛lmayapti” deb, bu vazifalarni o‛z holiga tashlab qo‛ygan.

Xususan, Toshkent viloyati rejaga nisbatan 40 million kub metr, Toshkent shahri 19

million, Samarqand 13 million, Xorazm 3,5 million kub metr gazni ko‛p iste’mol qilgan.

2030-yilga borib 2016-yilga nisbatan yalpi ichki mahsulotning energiya si

g‘

imini ikki

barobarga qisqartirish b

o‘

yicha q

o‘

yilgan topshiriqlarni hisobga olgan holda, korxona va

tashkilotlarga energiya sarfi hajmini qisqartirish b

o‘

yicha aniq maqsadli parametrlarni

belgilash zarurati mavjud.

Ushbu muhim vazifalarni inobatga olib,

O‘

zbekiston Respublikasi islohotlari yalpi ichki

mahsulotning energiya si

g‘

imini yanada qisqartirish, mahsulot tannarxini kamaytirish va qayta

tiklanuvchi manbalar energiyasidan foydalanishni kengaytirishga y

o‘

naltirilgan.

Iqtisodiyotni energiya resurslari bilan ikkita vazif

ani hal etish orqali ta’minlanishi

nazarda tutilmoqda. Birinchidan, qayta tiklanuvchi energiya resurslaridan keng foydalanish

orqali yoqil

g‘

i balansini diversifikatsiyalash imkoniyati vujudga kelishi mumkin. Bunda

an’anaviy yoqilg‘

i turlarini qayta tiklanadigan energiya turlariga almashtirish hisobiga ularning

elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarishdagi hissasini kamaytirish nazarda tutilmoqda.
Ikkinchidan, iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarishning energiya si

g‘

imini qisqartirishning

uzoq muddatli dasturini amalga oshirish, sanoat faoliyati hududlarining ekologik holatini

yaxshilash orqali erishiladi.

Yaqin istiqbolda ustuvor vazifa sifatida iqtisodiyotning energiya va resurs si

g‘

imini

qisqartirish, ishlab chiqarishga energiyani tejaydigan texnologiyalarni keng joriy qilish, qayta

tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, mehnat samaradorligini

oshirish k

o‘

zda tutilmoqda.

Yuqoridagi tahlillar

O‘

zbekiston iqtisodiyotini rivojlanishi bevosita tabiiy resurslarni

o‘

zlashtirish bilan bo

g‘

liqligini ifodalaydi. Bu esa global iqlim

o‘

zgarishi sharoitida ekologik


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr

www.e-itt.uz

195

talablarga rioya etishni talab etadi va

o‘

ta muhim sanaladi. Shu bois, mazkur y

o‘

nalishdagi

v

azifalar “O‘

zbekiston

2030” strategiyasida qa’tiy belgilab o‘

tilgan. Mazkur strategiyaga k

o‘

ra,

to

g‘

-kon sanoatida ekologik talablar va atrof-

muhit muhofazasi me’yorlarini xalqaro

standartlar asosida belgilash dasturini ishlab chiqish, bunda atrof-muhitga chiqariladigan

ifloslantiruvchi moddalarni ekologik talablar doirasidan oshmasligin

i ta’minlash

va ekologik

menejment tizimini joriy etish choralarini nazarda tutish belgilangan.

Shu bois to

g‘

-kon sanoatida ekologik talablar va atrof-

muhit muhofazasi me’

yorlarini

xalqaro standartlar asosida belgilash dasturi ishlab chiqilgan. Dasturga asosan atrof-muhit

muhofazasiga qaratilgan quyidagi maqsadlar belgilab olingan

(Йиллик ахборотнома, 2023)

:

atrof-muhit ifloslanishining oldini olish;

texnogen

ta’sirdan

zararlangan yerlarni qayta tiklash;

moddiy, energetik, texnik, ekologik va moliyaviy resurslar sarfini kamaytirgan holda

mineral xom ashyodan t

o‘

liq foydalanish;

ISO 14001:2015 xalqaro standarti asosida ekologik menejment tizimining samarali

ishl

ashini ta’minlash va takomillashtirish.

Demak, davlat tomonidan iqtisodiyot tarmoqlarida tabiiy kapitalni jam

g‘

arish siyosati

barcha jabhalarni qamrab olgan, majmuali, ekotizimli yondoshuv bilan amalga oshiriladi.

Bunda asosiy mexanizm sifatida ma’muriy, i

qtisodiy, ijtimoiy va axborot dastaklarini ajratib

k

o‘rsatish mumkin. Jumladan, ma’muriy mexanizmlar iqtisodiyot tarmoqlarining atrof

-muhitga

zarar yetkazmasligi uchun qanday

standartlarga qat’iy rioya qilish zarurligini belgilab beruvchi

me’yoriy

-huquqiy cheklovlar hisoblanadi. Ushbu mexanizm orqali belgilangan tartiblarga zid

hatti-harakatlar amalga oshirilganda korxona va tashkilotlarga nisbatan sanksiyalar
q

o‘

llaniladi. Mas

alan, sanoat ishlab chiqarishida ma’lum moddalarni ishlab chiqarish, qishloq

x

o‘

jaligi ishlab chiqarishida ayrim moddalarni q

o‘

llash va boshqa xatti-harakatlarni

ta’qiqlashda ma’muriy dastaklardan foydalaniladi. Shu bois ma’muriy dastaklar me’yoriy

-

huquqiy cheklovlarni ishlab chiqish, tartibga solish va nazorat qilish jarayonlaridan tashkil
topgan b

o‘

ladi.

Xulosa va takliflar.

Xulosa qilib aytadigan b

o‘lsak, ahоli sоg‘lоm va munоsib hayоt kechirishining muhim

оmili —

ekоlоgik barqarоrlikni kafоlatlash, tabiiy resurslarning barcha majmuini muhоfaza

qilish hamda ulardan оqilоna fоydalanishni sо‘zsiz ta’minlashga qaratilgan tashkiliy

-huquqiy

asоslarni takоmillashtirish dоimiy ustuvоrlik kasb etmоqda. Zerо, dunyоda ekоlоgik

barqarоrlik nainki tabiat, balki insоniyatning hayоt

-

mamоt masalasiga aylanib bоrayоtgan ayni

paytda atrоf

-mu

hit muhоfazasini yaxshilashga dоlzarb vazifa sifatida qarash, kelajak

avlоdlarimiz taqdiri uchun ham mas’ul ekanimizni unutmaslik darkоr.

O‘

zbekistonda tabiiy kapitalni jam

g‘

arishning makro darajadagi usullari institutsional

asoslar, tabiiy va texnologik k

o‘

rsatkichlardan iborat.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim

o‘

zgarishi vazirligi, Iqtisodiyot va

moliya vazirligi, Energetika vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qishloq x

o‘

jaligi

vazirligi, Suv x

o‘

jaligi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal x

o‘

jaligi vazirligi, Transport

vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va So

g‘

liqni saqlash vazirligi tomonidan tabiiy

kapitalni jam

g‘

arishning institutsional rivojlanishiga k

o‘

maklashish va ixtisoslashgan

guruhlarni tashkil qilish b

o‘

yicha hamkorlik mexanizmi y

o‘

lga q

o‘

yishda mahalliy hokimiyat

organlari tarkibidagi tashkilot tuzilmalarining tegishli texnik-iqtisodiy salohiyati yetarli emas.

Shu bois, mintaqalarda ilmiy-texnik taraqqiyot, sanoat tarmoqlarida ilmiy sohalarning

rivojlantirish, qishloq x

o‘

jaligi ishlab chiqarishining sanoat asoslariga k

o‘

chirish, xizmatlar

sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushini oshirib borish, turizmni rivojlantirish, ishlab

chiqarishni transport va xomashyoga bo

g‘

liqligining qisqartirish, mehnat munosabatlarining

takomillashtirish va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlantirish kabi chora-tadbirlarni

tabiiy kapitalni jam

g‘

arish bilan uzviy bo

g‘

liqlikda amalga oshirish maqsadga muvofiq.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr

www.e-itt.uz

196

Adabiyotlar/Литература/Reference:

Farmon (2022) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF

-60-son

“2022

-

2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi

farmoni.

https://lex.uz/docs/5841063

Farmon (2023)

O‘

zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentabrdagi PF-158-son

“O‘zbekiston –

2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni.

https://lex.uz/docs/6600413

Parijskoe soglashenie

https://lex.uz/docs/5075088

Qaror (2019) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 oktabrdagi PQ

-4477-son

“2019

-

2030 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini

tasdiqlash to‘g‘risida”gi q

arori.

https://lex.uz/docs/4539502

Qonun (2018)

O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrdagi 754

-XII-

son “Tabiatni

muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qon

uni. https://lex.uz/docs/1071153. Isadjanov A. Barqaror

r

ivojlanish maqsadlari: ustuvor yo‘nalishlari va dolzarb vazifalari// Ilmiy tahliliy axborot. –

Toshkent: № 1, 2018. –

B. 96-97.

Qonun (2018)

O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 2 oktabrdagi O‘RQ

-491-

son “Parij

bitimini (Parij, 2015 yil 12 dekabr) ratifik

atsiya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni

Qonun (2019)

O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 21 maydagi O‘RQ

-539-

son “Qayta

tiklanuvchi

energiya

manbalaridan

foydalanish

to‘g‘risida”gi

Qonuni.

https://lex.uz/docs/43468316. Davыdenko L.N. Mestnыe prirodnыe resursы kak zalog

inostrannыx investitsiy// J. Prirodnыe resursы. –

Minks: № 1, 2012.

- S. 113-120.

Vaxabov A.V., Xajibakiyev SH.X. (2020) Yashil iqtisodiyot (Darslik).

Toshkent: Universitet,

2020.

B. 16-19.

Йиллик ахборотнома (2023)–

Тошкент: Тоғ

-

кон ва геология вазирлиги,–

Б. 17

-18.

Bibliografik manbalar

Farmon (2022) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni. https://lex.uz/docs/5841063

Farmon (2023) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentabrdagi PF-158-son “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni. https://lex.uz/docs/6600413

Parijskoe soglashenie https://lex.uz/docs/5075088

Qaror (2019) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 oktabrdagi PQ-4477-son “2019-2030 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori. https://lex.uz/docs/4539502

Qonun (2018) O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrdagi 754-XII-son “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni. https://lex.uz/docs/1071153. Isadjanov A. Barqaror rivojlanish maqsadlari: ustuvor yo‘nalishlari va dolzarb vazifalari// Ilmiy tahliliy axborot. – Toshkent: № 1, 2018. – B. 96-97.

Qonun (2018) O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 2 oktabrdagi O‘RQ-491-son “Parij bitimini (Parij, 2015 yil 12 dekabr) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni

Qonun (2019) O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 21 maydagi O‘RQ-539-son “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni. https://lex.uz/docs/43468316. Davыdenko L.N. Mestnыe prirodnыe resursы kak zalog inostrannыx investitsiy// J. Prirodnыe resursы. – Minks: № 1, 2012. - S. 113-120.

Vaxabov A.V., Xajibakiyev SH.X. (2020) Yashil iqtisodiyot (Darslik). – Toshkent: Universitet, 2020. – B. 16-19.

Йиллик ахборотнома (2023)– Тошкент: Тоғ-кон ва геология вазирлиги,– Б. 17-18.