MAMLAKATIMIZDA INKLYUZIV TURIZMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

Annotasiya

Ushbu maqolada yurtimizda inklyuziv turizmning rivojlanish holati oʻrganilib, unga taʼsir etuvchi omillar aniqlangan holda mamlakatimizda ushbu turizm turini rivojlantirish istiqbollari mualliflik yondashuvlari asosida yoritilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Maxmudova , A., & Amirova , D. (2025). MAMLAKATIMIZDA INKLYUZIV TURIZMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI. Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil, 3(2), 83–87. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/80097
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada yurtimizda inklyuziv turizmning rivojlanish holati oʻrganilib, unga taʼsir etuvchi omillar aniqlangan holda mamlakatimizda ushbu turizm turini rivojlantirish istiqbollari mualliflik yondashuvlari asosida yoritilgan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral

www.e-itt.uz

83



MAMLAKATIMIZDA INKLYUZIV TURIZMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

PhD, dots.

Maxmudova Aziza Pirmamatovna

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

ORCID: 0009-0003-3406-9225

azizamakhmudova2@gmail.com

Amirova Dilafroʻz Anvarovna

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

ORCID: 0009-0006-4177-9278

aminova538@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu maqolada yurtimizda inklyuziv turizmning rivojlanish holati

oʻrganilib, unga taʼsir etuvchi omillar aniqlangan holda mamlakatimizda ushbu turizm turini

rivojlantirish istiqbollari mualliflik yondashuvlari asosida yoritilgan.

Kalit soʻzlar:

inklyuziv turizm, turistik infratuzilmalar, jismoniy qobiliyati cheklanganlar,

toʻsiqsiz turizm, mehnat jamoalari, investitsion mablagʻlar.

ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВИТИЯ ИНКЛЮЗИВНОГО ТУРИЗМА В НАШЕЙ СТРАНЕ

PhD, доц.

Махмудова Азиза Пирмаматовна

Самаркандский институт экономики и сервиса

Амирова Дилафруз Анваровна

Самаркандский институт экономики и сервиса

Аннотация.

В данной статье исследуется состояние развития инклюзивного

туризма в нашей стране и освещаются перспективы развития этого вида туризма в
нашей стране на основе авторских подходов.

Ключевые слова

:

инклюзивный туризм, туристическая инфраструктура, люди с

ограниченными физическими возможностями, безбарьерный туризм, трудовые

сообщества, инвестиционные фонды.

PROSPECTS FOR THE DEVELOPMENT OF INCLUSIVE TOURISM IN OUR COUNTRY

PhD, assoc. prof.

Makhmudova Aziza Pirmamatovna

Samarkand Institute of Economics and Service

Amirova Dilafruz Anvarovna

Samarkand Institute of Economics and Service

Abstract.

This article explores the state of development of inclusive tourism in our country

and highlights the prospects for the development of this type of tourism in our country on the basis

of authorʼs approaches, with the identification of factors affecting it.

Keywords

:

inclusive tourism, tourist infrastructures, physically handicapped, barrier-free

tourism, labor communities, investment funds.

UOʻK: 338.48

II SON - FEVRAL, 2025

83-87

00


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral

www.e-itt.uz

84

Kirish.

Inklyuziv turizm – bu turli xil talqin qilinishi mumkin boʻlgan murakkab tushuncha boʻlib,

ayrim manbalarda ushbu turizm turiga toʻsiqsiz turizm, nogironlar uchun turizm deb ham tarif
keltirilgan. Inklyuziv turizm faqat nogironlar uchun moʻljallangan allaqachon adaptiv
turizmdan farq qiladi. Inklyuzivlik – bu turli ijtimoiy guruhlarning (nogironlar, keksalar, turli

ijtimoiy ozchilik vakillari) ning oʻzaro munosabatlaridir. Bunday holda, jamoalar hayotining
turli sohalari vakillaridan ushbu guruhlarning har biri alohida isteʼdod va qobiliyatlarini oʻzaro
almashish uchun ongli ravishda tuziladi. Inklyuziv turizm zamonaviy turizm industriyasining

eng yangi yoʻnalishlaridan biri boʻlib, yaʼni barcha sayohatchilar boshqa shaxslardan qatiy
nazar, teng sharoitlarda va oʻzini hurmat qilgan holda turizm xizmatlaridan cheklovlarsiz

foydalanishlari mumkin.

Adabiyotlar sharhi.

Tadqiqotimiz davomida bir nechta mahalliy va xalqaro olimlar asarlari oʻrganildi. Xorij

olimlaridan Bastirkina, Ambrose, Darsi, Karpova, Popova shular jumlasidandir. Yuqoridagi
olimlarning mavjud nazariy qarashlarini tahlil qilish asosida dunyoning turli mintaqalarida

ushbu turizm sohasiga yondashuv sezilarli bir-biridan farq qiladi. Mamlakatimizda qonun
hujjatlari mavjudligiga qaramay, nogironlarning huquqlarini tartibga solish va ushbu turizm

turini amalda rivojlanish holati ancha past darajada qolmoqda. Inklyuziv turizm tushunchasini
“all inclusive” atamasi bilan aralashtirib yubormaslik kerak. Ikkinchi tushuncha odatda
rekreatson turizmda qoʻllaniladi. Hozirda inklyuziv turizmga berilgan yagona tushuncha

keltirilmagan va ushbu turizm turining maʼnosi koʻplab tariflarga ega.

Rossiya olimi Konanova (2019) “Inklyuziv turizm” nomli asarida ushbu turizm turiga

quyidagicha taʼrif bergan. “Inklyuziv turizm – bu nafaqat faol dam oluchilar uchun balki,
jismoniy imkoniyati cheklangan insonlar uchun ham dam olish imkoniyatini yaratishdir”. Ayni
paytda ushbu turizm turiga bogʻliq boʻlgan va keng tarqalgan atamalar quyidagilardir:

1.

Muayyan shaxsning jismoniy qobiliyatlari yoki nogironligidan qatiy nazar barcha

toifadagi isteʼmolchilar uchun turizm.

2.

Toʻsiqsiz turizm – bu biznesning bir turi boʻlib, bu insonlarning maʼlumoti va

shaxsiyatidan qatiy nazar, ularning ehtiyojlarini hisobga olgan holda turistik xizmatlarni tashkil
qilishdir.

3.

Inklyuziv turizm – bu insonlarning ijtimoiy kelib chiqishi va nogironligidan qatiy nazar

turizmning barcha xizmatlaridan toʻliq foydalana olish imkoniyatidir.

Djavadova (2020) fikricha, inklyuziya bu jamiyat hayotini shunday tashkillashtirish

prinsipiki, barcha insonlarga ularning tashqi koʻrinishlari, kelib chiqishi yoki sogʻligʻining
holatidanqatʼiy nazar turli jabhalarda ishtirok etish demakdir. Inklyuziv turizm tushunchasini
aniqlashda Scheyvens va Biddulf (2018) inklyuziv turizm rivojlanishining turli xil 7ta

elemenlarini ilgari surishgan. Ularning fikriga koʻra, bu elementlar inklyuziv turizmni tadqiq
qilishning yoʻnalishlarini aks ettiradi.

Semchenko, Nezhelchenko, Yasenok va Boltenkolar fikricha, inklyuziv turizm odatda

doimiy yoki vaqtinchalik cheklovlar hamda jismoniy imkoniyatlardan qatʼiy nazar barcha
uchun foydalanish mumkin boʻlgan turizm sifatida tushuniladi.

Soʻngi oʻn yil ichida ekspert tahlillari turizm biznesining ushbu sohasida jadal oʻsishni

koʻrsatmoqda, garchi chet elda ham ushbu turizm turini massiv deb aniqlash qiyin boʻlsa ham.

Butun dunyoda inklyuziv turizmga talab ortib bormoqda.

Tadqiqot metodologiyasi

.

Tadqiqot jarayonida analiz va sintez, induksiya va deduksiya, tizimli, qiyosiy va omilli

tahlil, ilmiy abstraksiya, sosiologik soʻrov va boshqa usullardan foydalanildi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral

www.e-itt.uz

85

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Nogironlik yoki insonning jismoniy qobiliyatining cheklanishi murakkab ijtimoiy omil

boʻlib, uning taʼsirini hech bir jamiyat eʼtiborsiz qoldira olmaydi. Mamlakatimizda bugungi
kunda nogironlar va maxsus jismoniy sharoitlarga ega odamlar uchun ularning ahvolini
yengillashtirishga qaratilgan koʻplab tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Oʻzbekiston

Respublikasi Prezidentining 12.01.2024 yildagi “Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin
oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PF-9-son
Farmonida mehnat jamoalari va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining mamlakatimiz boʻylab

sayohatlarini tizimli tashkil etish boʻyicha aniq reja-jadvallarni ishlab chiqish va tasdiqlash
boʻiycha chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan (Farmon. 2024).

Inklyuziv turizm sohasini rivojlantirish iqtisodiy oʻsish va bandlikka katta yordam boʻlib

xizmat qiladi va davlat jamiyat uchun, birinchi navbatda, inson huqulari va erkinliklarini
hurmat qilish, dam olish va nogiron sayyohlar uchun ishlash huquqini amalga oshirish nuqtai

nazaridan ijtimoiy vazifa boʻlib xizmat qilishi kerak.

Inklyuziv turizmni rivojlantirishning uzoq muddatli maqsadi – barcha sayyohlar, ularning

shaxsiy ehtiyojlari, yoshi va jismoniy cheklovlaridan qatiy nazar, faol ishtrok etishi mumkin

boʻlgan turistik muhitni yaratish, bu ijtimoiy birdamlikka va nogironlarni chetlashtirishni
yengishga olib keladi.

Bizning fikrimizcha ushbu turizm turini muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun quyidagi

xizmat koʻrsatish tarmoqlarining uzviyligini taʼminlash maqsadga muvofiqdir:

-

Joylashtirish vositlari imkoniyatlarining mavjudligi;

-

Tranport xizmatlarining rivojlanganlik darajasi;

-

Turistik infratuzilmalarning axborot bilan taʼminlanganlik darajasi.

Bizning fikrimizcha, sayyohlik kompaniyalari, turar joy binolari va boshqa turistik

infratuzilma binolari, jumladan transport sohasining axborot veb-saytlari ham koʻzi ojiz
foydalanuvchilar uchun ochiq boʻlishi kerak. Bundan tashqari madaniy obʼektlar, xususan

muzeylar, teatrlar, meʼmoriy va tarixiy yodgorliklar, davlat muassasalari va boshqa tashkilotlar
ham nogiron sayohatchilarning dam olishlari, ekskursion isteʼmolni amalga oshirishlari uchun
toʻliq imkoniyatlarni yaratishlari maqsadga muvofiq.

Mamlakatimizda inklyuziv turizmning rivojlanishini tahlil qilish jarayonida ushbu turizm

turini rivojlantirishda bir qator toʻsiqlar mavjudligi aniqlandi, xususan,

-

Inklyuziv turizm hududi sifatida turitsik dessinatsiyalarning reklamasi yetarli emas.

-

Inklyuziv turizm sohasidagi statistik maʼlumotlarning yetarli emasligi (va baʼzan

yoʻqligi).

-

Inklyuziv turizm mijozlarining moliyaviy imkoniyatlarining qoniqarsiz holati.

-

Nogiron sayyohlarning ehtiyojlariga moslashtirilgan shahar infratuzilmasining talabga

javob bermasligi, yaʼni moslashtirilgan shahar transporti, nogironlar uchun piyodalar

yoʻlaklarining mavjud emasligi.

-

Ushbu turdagi turizm turining past investitsion jozibadorligi;

-

Malakali kadrlarning yetishmasligi.

Nogironlar uchun turizmni tashkil qilishda bir qancha toʻsiqlar mavjudligini inobatga

olish zarur, ushbu toʻsiqlarni ichki, tashqi va aloqa toʻsiqlariga boʻlish mumkin.

Davlatning qulay turizmini rivojlantirish uchun javobgarligi uning nogironlar uchun qulay

muhitini yaratish uchun mablagʻlarni jalb qilish jarayonida oʻynaydigan roli bilan belgilanadi,

bu mamlakatning oʻzi uchun ham, davlat va mintaqaviy tuzilmalar uchun ham muhimdir. Taʼsir
qilishning asosiy vositalari quyidagilardir:

-

milliy ustvorliklarni aniqlash asosida rejalashtirilgan rivojlanish konsepsiyasiga

yoʻnaltirilishi lozim boʻlgan turizm sohasida faoliyatini rivojlantirish jarayoni ustidan nazoratni
taʼminlash;

-

davlat organlarining vakolatiga kiruvchi va har qanday ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat uchun

ayniqsa, inklyuziv turizm asos boʻlgan tegishli infratuzilmani shakillantirish;


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral

www.e-itt.uz

86

-

davlat aralashuvi, zarurat tugʻilganda, birinchi navabatda, hajmi koʻpincha biznes

sohasidagi manfaatdor tomonlarning imkoniyatlaridan oshib ketadigan kapitalni talab qiluvchi

loyihalarni amalga oshirish uchun dolzarbdir (bu turizmning ijtimoiy ahamiyatga ega turlari
uchun zarur infratuzilmani rivojlantirish va yaratish uchun dolzarbdir).

-

investitsiyalar hajmi boʻyicha qarorlarni asoslashga bevosita taʼsir koʻrsatadigan qulay

turizmni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash (davlat koʻmagida ishlab chiqilgan sanoat
korxonalari va rivojlanish dasturlari investitsiyalar uchun eng jozibador hisoblanadi).

Xulosa va takliflar.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj nafaqat ichki balki xorijiy sayyohlarning ham ehtiyojini qondira

oladigan va soliq tushumlari, investitsiyalar oqimi va ish oʻrinlarini yaratish kabi manbalar
orqali mamlakat va uning mintaqalarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga katta hissa
qoʻshadigan zamonaviy raqobatbardosh turizm mahsulotini yaratish uchun aniq, tizimli va

maqsadli davlat siyosatini ishlab chiqish maqsadga muvofiq.

Mamlakatimizda inklyuziv turizmni rivojlantirishning dolzarbligi shundan iboratki,

nogironlar uchun turizm nafaqat dam olish va reabilitatsiya vositasi, balki, bu orqali ijtimoiy

himoyaga muhtoj insonlar jismoniy funksiyalarini faollashtirish va uni qayta tiklash imkoniyati
hamdir. Shu bilan birga, dam oluvchilar oʻz navbatida aqliy resurslarni safarbar qilish bilan

birga, oʻzlarining psixiko-emotsional munosabatlarini tiklaydi va oʻzini-oʻzi qadrlash
ahamiyatini oshiradi. Inklyuziv turizmning koʻp tarmoqli tabiati turizm bozorining dinamikasi
va tuzilishini aks ettiruvchi koʻrsatkichlar toʻplamini, shu jumladan arzon turizm sohasida

statistik oʻrganishga asoslangan uslubiy vositalardan foydalanishni oʻz ichiga oladi.

Tadqiqotlarimiz davomida inklyuziv turizmni tashkil etishga taʼsir qiladigan quyidagi

omillarni keltirishimiz mumkin:

1.

Potensial sayyohlarning jismoniy holati (nogironlik, cheklangan huquq layoqati).

2.

Potensial sayyohlarning moliyaviy ahvoli (sayyohat uchun mablagʻ yetishmasligi).

3.

Nogironlar uchun qulay transport xizmatlarining koʻrsatilmasligi.

4.

Turar joy binolari uchun oshirilgan narxlar.

5.

Byurokratik toʻsiqlarning mavjudligi (masalan, xorijiy sayyohat uchun viza tartibining

murakkabligi).

6.

Turistik mahsulotlar haqida notoʻgʻri axborotning tarqalganligi, yaʼni zaif reklama.

7.

Nogironlar uchun mavjud boʻlgan turitsik xizmatlar va turistik yoʻnalishlarning

cheklangan doirasi.

8.

Insonlarga sayohat qilishlari uchun motivatsiyaning yetishmasligi.

Ushbu muammolarni hal qilish uchun quyidagi chora-tadbirlarning majmuasini taklif

qilish mumkin:

1.

Inklyuziv turizm uchun transport va mehmonxona tuzilmasini yaratish, shu jumladan,

ayeroportlar, vokzallar, vagonlar va avtobuslar uchun uskunalar, maxsus toʻxtash joylari, liftlar,
mehmonxona xonalarini nogironlar maxsus jihozlar bilan taʼminlash.

2.

Tibbiy turizmni rivojlantirish, sogʻliqni saqlash va sogʻlomlashtirish muassasalari

tarmogʻini kengaytirish, bu orqali nogironlar sogʻligini yaxshilash va natijada sayohat qilish
qobiliyatini oshirish imkoniyatiga ega boʻladilar.

3.

Ijtimoiy turizmni rivojlantirish, kam taʼminlangan aholining turistik faoliyatini qoʻllab-

quvvatlash, oilaviy va mavsumdan tashqari turizmni ragʻbatlantirish.

4.

Yoʻl infratuzilmasini yaxshilash, transport vositalarini qurish, chiptalar sotish tizimini

takomillashtirish. Raqobatbardosh transport turlari – temir yoʻl, havo transporti hamda
yoʻlovchilarni charter tashishni samarali tashkil etish.

5.

Ixtisoslashtirilgan mehmonxona tarmoqlarini kengaytirish, ularga egalik qiluvchi

jismoniy va yuridik shaxslar uchun soliq imtiyozlari orqali ularning qurilishini ragʻbatlantirish.

6.

Nogironlar uchun qulay boʻlgan sayyohlik va diqqatga sazovor joylarni tomosha qilish

xizmatlarini axborot bilan taʼminlash tizimini ishlab chiqish.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral

www.e-itt.uz

87

7.

Sayyohlik agentliklari va turoperatorlar tomonidan xizmat turlarini kengaytirish,

tegishli ijtimoiy guruhlar ehtiyojlariga muvofiq turistik yoʻnalishlarni shakllantirish.

Mamlakatimizda turistlarning bu kabi toifasi ehtiyojlarini hisobga olgan holda turistik

mahsulotlarni inklyuziv turizm nuqtai nazaridan loyihalash odatiy holga aylanish kerak, ammo
turizm sanoatining imkoniyatlari oʻrtasidagi qarama-qarshiliklarini bartaraf etish uchun

mintaqalarning turistik salohiyatini toʻliq amalga oshirishni taʼminlash maqsadga muvofiqdir.


Adabiyotlar /Литература/Reference:

Farmon (2024) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 12.01.2024 yildagi “Respublikaga

xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-

tadbirlari toʻgʻrisida” gi PF-9-son Farmoni.

Mahmudova, A. (2018) Ensuring the competitiveness of the scientific approaches of eco-

tourism. A case of Uzbekistan. American Journal of Economics and Business Management,

1(4), 1-8.

Makhmudova, A. P., & Karimov, A. (2022). Conflict situations in tourism enterprises and ways

to solve them. International Journal of Discoveries and Innovations in Applied Sciences, 2(2), 103-
106.

Scheyvens, R., Biddulph, R. (2018) Inclusive tourism development. Tour. Geogr. 589–609-p.
Джавадова, С. А. (2020). Перспективы развития инклюзивного туризма в России. E-

Scio, (2 (41)), 177-183.

Конанова Е.И. (2019) Инклюзивный туризм. Технология и организация

туристического продукта. Учебное пособие. Ростов на Дону – Таганрог. Издательство

Южный Федеральный университет.

Bibliografik manbalar

Farmon (2024) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 12.01.2024 yildagi “Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PF-9-son Farmoni.

Mahmudova, A. (2018) Ensuring the competitiveness of the scientific approaches of eco-tourism. A case of Uzbekistan. American Journal of Economics and Business Management, 1(4), 1-8.

Makhmudova, A. P., & Karimov, A. (2022). Conflict situations in tourism enterprises and ways to solve them. International Journal of Discoveries and Innovations in Applied Sciences, 2(2), 103-106.

Scheyvens, R., Biddulph, R. (2018) Inclusive tourism development. Tour. Geogr. 589–609-p.

Джавадова, С. А. (2020). Перспективы развития инклюзивного туризма в России. E-Scio, (2 (41)), 177-183.

Конанова Е.И. (2019) Инклюзивный туризм. Технология и организация туристического продукта. Учебное пособие. Ростов на Дону – Таганрог. Издательство Южный Федеральный университет.