Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
56
O‘ZBEKISTONDA TURIZM XIZMATLARI EKSPORTINING HOZIRGI HOLATI VA UNI
RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI: STATISTIK TAHLIL ASOSIDA YONDASHUV
Baxromov Akmal
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0000
–
0003
–
3713
–
3117
Annotatsiya.
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida turizm xizmatlari eksportining
hozirgi holati statistik tahlil asosida o‘rganilgan.
2018
–
2024
–
yillar mobaynidagi eksport
ko‘rsatkichlari, asosiy xizmat turlari va mintaqaviy yo‘nalishlar tahlil qilingan. Natijalarga ko‘ra,
turizm xizmatlari umumiy xizmatlar eksportida ikkinchi o‘rinda turadi va qo‘shni davlatlar bilan
aloqalar ustuvor ahamiyatga ega. Tadqiqot davomida SWOT, tarkibiy, dinamik va solishtirma
tahlil usullari qo‘llanildi. Xulosa va takliflar qismida turizm eksportini yanada rivojlantirish uchun
infratuzilma, raqamli marketing, hududiy diversifikatsiya va norasmiy institutlar salohiyatidan
foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
Kalit so‘zlar:
turizm xizmatlari, eksport, statistik tahlil, mintaqaviy hamkorlik, O‘zbekiston.
СОВРЕМЕННОЕ СОСТОЯНИЕ ЭКСПОРТА ТУРИСТИЧЕСКИХ УСЛУГ В УЗБЕКИСТАНЕ И
ВОЗМОЖНОСТИ ЕГО РАЗВИТИЯ: ПОДХОД НА ОСНОВЕ СТАТИСТИЧЕСКОГО
АНАЛИЗА
Бахромов Акмал
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотация.
В статье рассматривается текущее состояние экспорта
туристических услуг в Республике Узбекистан на основе статистического анализа.
Проанализированы данные за 2018–2024 годы, включая основные виды услуг и
региональные направления. Установлено, что туристические услуги занимают второе
место в структуре экспорта услуг и в основном ориентированы на страны СНГ. В работе
использованы методы
SWOT
–анализа, структурного и сравнительного анализа. В
разделе рекомендаций предлагаются меры по улучшению экспортного потенциала,
включая
развитие
инфраструктуры,
цифрового
маркетинга,
региональной
диверсификации и использование потенциала неформальных институтов.
Ключевые слова:
туристические услуги, экспорт, статистический анализ,
региональное сотрудничество, Узбекистан.
UO‘K:
330.101.22
V SON - MAY, 2025
56-63
00
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
57
CURRENT STATUS OF TOURISM SERVICES EXPORT IN UZBEKISTAN AND
OPPORTUNITIES FOR ITS DEVELOPMENT: AN APPROACH BASED ON STATISTICAL
ANALYSIS
Bakhromov Akmal
Tashkent State University of Economics
Abstract.
This article analyzes the current state of tourism services export in the Republic
of Uzbekistan using statistical methods. It examines export data from 2018 to 2024, focusing on
key service types and regional trends. The results show that tourism services rank second among
all service exports and are predominantly oriented toward neighboring CIS countries. The
research employs SWOT, structural, comparative, and time
–
series analysis. Based on the findings,
the paper presents recommendations to boost tourism exports by improving infrastructure,
leveraging digital marketing, enhancing regional diversification, and utilizing informal
institutions.
Keywords:
tourism services, export, statistical analysis, regional cooperation, Uzbekistan.
Kirish.
Xizmatlar iqtisodiyotining jadal rivojlanishi sharoitida turizm sohasi ko‘plab mamlakatlar
uchun milliy iqtisodiyotning strategik
yo‘nalishiga aylanmoqda. Jahon Sayyohlik Tashkiloti
(UNWTO) ma’lumotlariga ko‘ra, 2023–yilda global turizm sektori pandemiyadan so‘ng to‘liq
tiklanish bosqichiga kirib, xalqaro turistlar soni 1,3 milliard kishidan oshgan. Bu raqam 2019
–
yildagi ko‘rsatkichn
ing 88 foiziga tengdir (UNWTO, 2024).
O‘zbekiston uchun ham turizm xizmatlarini eksport qilish milliy iqtisodiyotning barqaror
o‘sishini ta’minlashda muhim omillardan biri sifatida qaralmoqda. 2024–
yilning yanvar
–
mart
oylarida xizmatlar eksporti hajmi 1,139,4 mln AQSH dollarini tashkil etib, umumiy eksport
hajmining 17,8 foiziga teng bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich 2023–yilga nisbatan 9,6 foizga o‘sdi. Xizmatlar
eksporti tarkibida esa sayyohlik (turizm) xizmatlari 40 foiz ulush bilan ikkinchi o‘rinda turadi
(Statistika qo‘mitasi, 2024).
O‘zbekistonning boy tarixiy–
madaniy merosi, ekologik jihatdan toza hududlari, diniy va
ziyorat turizmi salohiyati uni turizm xizmatlarini eksport qilishda mintaqada yetakchi o‘ringa
chiqara oladigan imkoniyatlaridan biridir. Shu bilan birga, vizasiz rejimlarning kengaytirilishi,
raqamli texnologiyalarning joriy qilinishi, “Open Sky” tamoyilining bosqichma–
bosqich joriy
etilishi kabi islohotlar O‘zbekistonning xalqaro turizm maydonida raqobatbardoshligini
kuchaytirmoqda (Farmon, 2024).
Shu asosda, mazkur tadqiqotning maqsadi
—
O‘zbekiston Respublikasida turizm
xizmatlari eksportining hozirgi holatini statistik tahlil asosida baholash, mavjud imkoniyat va
muammolarni aniqlash hamda eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab c
hiqishdan
iborat. Tadqiqotning dolzarbligi, bir tomondan, turizm xizmatlariga xalqaro talabning ortib
borayotganligi, ikkinchi tomondan esa, O‘zbekistonning ichki islohotlar bilan ushbu yo‘nalishni
strategik ustuvorlik sifatida belgilaganligida namoyon bo‘
ladi.
Adabiyotlar sharhi.
Turizm xizmatlari eksporti global iqtisodiyotda tashqi savdo balansini mustahkamlash va
iqtisodiy diversifikatsiyani ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekiston kabi rivojlanayotgan
mamlakatlar uchun bu soha iqtisodiy daromad manbai va xalqaro nufuzni oshirish vositasi
sifatida qaraladi. Adabiyotlar sharhi ushbu sohadagi mavjud bilimlarni tahlil qilish,
bo‘shliqlarni aniqlash va tadqiqot yo‘nalishlarini belgilashga qaratilgan.
Xalqaro tadqiqotlar turizm eksportining iqtisodiy samaradorligi va institutsional
omillarga bog‘liqligini ta’kidlaydi. Global turizm eksporti xizmatlar savdosining 25% dan
ortig‘ini tashkil etadi (UNWTO, 2023). Göçer va Bulut (2020) rivojlanayotgan mamlaka
tlarda
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
58
infratuzilma sifati va raqamli marketing eksport o‘sishini ta’minlashda muhim ekanligini
ko‘rsatdi, ammo marketingning sustligi salohiyatni cheklaydi. Gretzel va boshqalar (2015)
raqamli texnologiyalarning, xususan, sun’iy intellekt va IoT asosidagi platfo
rmalarning
sayyohlarni jalb qilishda samaradorligini ta’kidladi, biroq O‘zbekiston kabi mamlakatlarda bu
texnologiyalarni joriy etish cheklanganligini qayd etdi.
Mahalliy adabiyotlarda Norchayev (2021) O‘zbekiston turizm infratuzilmasining eksport
salohiyatidagi rolini tahlil qildi, lekin xalqaro raqobatbardoshlik masalalariga kam e’tibor berdi.
Raximova (2024) raqamli innovatsiyalarni joriy etishni taklif qildi, ammo amaliy
mexanizmlarni aniq ko‘rsatmadi. Jumaniyazova (2024) norasmiy institutlarning (madaniy
yaqinlik, til o‘xshashligi) Markaziy Osiyo sayyohlar oqimini oshirishdagi ahamiyatini ta’kidladi,
bu mintaqaviy hamkorlikning muhimligini tasdiqlaydi.
Xalqaro tajribalar Turkiya va Ispaniya misolida muvaffaqiyatli strategiyalarni ko‘rsatadi.
Turkiya 2023
–
yilda 49 milliard AQSh dollari eksport daromadi oldi, bu infratuzilma va raqamli
marketingning uyg‘unligi natijasidir (WTTC, 2024). Ispaniyaning “Turismo España” (2023)
brendi global bozorda 85 million sayyohni jalb qildi. Bu tajribalar O‘zbekiston uchun brending
va diversifikatsiya bo‘yicha saboq beradi.
Nazariy jihatdan, institutsional nazariya rasmiy (vizasiz rejimlar) va norasmiy (madaniy
yaqinlik) institutlarning eksportdagi rolini ta’kidlaydi (North, 1990). Biroq, mahalliy
adabiyotlarda norasmiy institutlarning miqdoriy tahlili cheklangan, bu tadqiqot
bo‘shlig‘i
sifatida aniqlandi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu tadqiqot O‘zbekiston Respublikasida turizm xizmatlari eksportining hozirgi
holatini tahlil qilish, muammolarni aniqlash va rivojlantirish imkoniyatlarini baholashga
qaratilgan bo‘lib,
deskriptiv
–
statistik
va
analitik
–
tahliliy
metodlarga tayandi. Ma’lumotlar
manbalari sifatida Davlat statistika qo‘mitasi, UNWTO, Jahon banki, WTTC (World Travel and
Tourism Council), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining ochiq
axborotlari va rasmiy hisobotlaridan foydalanildi.
Tahlil uchun 2018
–
2024
–yillar mobaynidagi turizm xizmatlari eksporti ko‘rsatkichlari,
transport va joylashtirish xizmatlari bo‘yicha statistik ma’lumotlar, vizasiz rejimlar joriy etilishi
ta’siridagi turistlar oqimi dinamikasi asosiy ma’lumot manbai bo‘lib
xizmat qildi. Asosiy
statistik ma’lumotlar quyidagi manbalardan olindi:
−
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi (stat.uz)
−
Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO)
−
WTTC
–
Travel & Tourism Economic Impact Reports
−
Jahon bankining mamlakat bo‘yicha hisobotlari
Tadqiqot doirasida quyidagi
ilmiy
–
tahliliy va statistik usullar
qo‘llanildi:
−
Deskriptiv statistika
—
turizm eksportining hajmi, uning xizmatlar eksportidagi
ulushi, o‘sish sur’atlari va yo‘nalishlar bo‘yicha tasviriy tahlil;
−
Tarkibiy tahlil
—
xizmatlar eksporti ichida turizm xizmatlarining o‘rni, asosiy xizmat
turlari (transport, joylashtirish, ekskursiya xizmatlari) bo‘yicha tarkibiy tahlil;
−
Vaqt qatorlari tahlili
—
2018
–
2024
–yillar mobaynidagi eksport ko‘rsatkichlari
asosida dinamikani tahlil qilish va prognoz qilish imkonini beradi;
−
Solishtirma tahlil
—
boshqa davlatlar tajribasi (Turkiya, Ispaniya, Qozog‘iston) bilan
O‘zbekiston modelini solishtirish;
−
Ekspert baholash
—
turizm sohasi mutaxassislari fikrlari asosida asosiy to‘siq va
imkoniyatlar baholandi.
Tahlil ishlari uchun
MS Excel
hamda
STATA
dasturlaridan foydalanildi. Vaqt qatorlari
uchun trend chiziqlari va regressiya tahlillari amalga oshirildi. Bunda prognozlash
imkoniyatlari ham sinovdan o‘tkazildi.
Tadqiqot cheklovlari quyidagilardan iborat:
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
59
−
Ba’zi statistik ma’lumotlarning so‘nggi yillar uchun rasmiy manbalarda mavjud emasligi;
−
Turizm xizmatlari eksportini to‘liq qiymatli baholash uchun talab va iste’mol tarafidagi
(ya’ni turistlar tomonidan sarflangan mablag‘lar hajmi) indikatorlarning cheklanganligi;
−
Norasmiy institutlar (madaniy aloqalar, diaspora, til yaqinligi) ta’sirini miqdoriy
o‘lchashdagi qiyinchiliklar.
−
Shu bilan birga, mavjud ma’lumotlar va metodologik baza tadqiqotning amaliy va ilmiy
ahamiyatini saqlab qolishga imkon berdi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Ushbu tadqiqot doirasida O‘zbekiston Respublikasida turizm xizmatlari eksportining
dinamikasi, tarkibiy o‘zgarishlari, eksport yo‘nalishlari hamda mintaqaviy diversifikatsiya
darajasi tahlil qilindi. Natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston turizm xizmatlari eksportida o‘sish
sur’atlarini saqlab qolayotgan bo‘lsada, ushbu soha hali ham yuqori salohiyatga ega bo‘lgan
holda to‘liq rivojlanmag
an segmentlar mavjudligi bilan ajralib turadi.
2024
–
yilning yanvar
–mart oylarida O‘zbekistonda xizmatlar eksporti hajmi 1,139,4 mln
AQSh dollarini, ya’ni umumiy eksport hajmining 17,8 foizini tashkil etdi. Shundan turizm
xizmatlari eksportining ulushi 40,0% bo‘lib, bu xizmatlar eksporti tarkibidagi eng
yirik
segmentlardan biri hisoblanadi. Taqqoslash uchun, 2023
–
yilning shu davriga nisbatan umumiy
xizmatlar eksporti 9,6% ga oshgan bo‘lsa, turizm xizmatlari eksportidagi o‘sish 2022–
yilga
nisbatan 13,4% ni tashkil etgan (Statistika qo‘mitasi, 2024).
O‘zbekiston xizmatlar eksportining ichki tarkibini tahlil qilish, ayniqsa turizm
eksportining boshqa xizmat turlari bilan solishtirilganda tutgan o‘rni va dinamikasini
chuqurroq ko‘rsatib beradi. Quyidagi jadvalda 2024–
yilning birinchi choragida xizmatlar
eksportining asosiy turlari va ularga to‘g‘ri keladigan ulushlar ko‘rsatilgan. Bu ma’lumotlar,
xizmatlar ichida aynan turizm eksportining strategik ahamiyatga ega ekanligini aniq aks
ettiradi.
1
–
jadval
O‘zbekistonda xizmatlar eksportining tarkibiy tuzilmasi
(2024
–
y. 1
–
chorak, mln AQSh dollari)
Xizmatlar turi
Hajmi
(mln USD)
Umumiy xizmatlar eksportidagi ulushi
(%)
Transport xizmatlari
529
46,40%
Sayohat (turizm) xizmatlari
455,8
40,00%
Telekom, IT va axborot
xizmatlari
76,3
6,70%
Boshqa tadbirkorlik xizmatlari
33
2,90%
Sug‘urta va pensiya xizmatlari
16
1,40%
Moliyaviy xizmatlar
10,3
0,90%
Intellektual mulkdan
foydalanish
7,8
0,70%
Jami
1 139,40
100%
Manba:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida tayyorlandi.
Ushbu jadvaldan ko‘rinib turibdiki, turizm xizmatlari (sayohat) transport xizmatlaridan
keyin xizmatlar eksportidagi ikkinchi yirik segment hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich O‘zbekistonda
turizm sektorining tashqi savdo balansidagi o‘rni tobora ortib borayotganini va uni
chuqurlashtirilgan diversifikatsiya, marketing siyosati va xalqaro hamkorlik asosida yanada
kengaytirish mumkinligini anglatadi.
Sayohat xizmatlari eksportining asosiy qismini transport xizmatlari, joylashtirish
xizmatlari va ekskursion xizmatlar tashkil qiladi. Bu xizmatlar turistlarning O‘zbekistonga
bo‘lgan dastlabki talablarini aks ettiradi. Shu bilan birga, qo‘shimcha xizmatlar
–
gastronomik
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
60
tajriba, sog‘lomlashtirish, ekoturizm va ziyorat turizmi bo‘yicha xizmatlar eksporti sezilarli
darajada rivojlanmaganligi aniqlangan. Bu esa xizmatlarni
chuqur diversifikatsiya qilish
zarurligini
ko‘rsatadi.
1
–rasm. O‘zbekistonga kelgan xorijiy sayyohlar tarkibi (2023–
yil)
Manba:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida tayyorlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi va boshqa rasmiy manbalar asosida
2024
–
yil boshida mamlakatga kelgan xorijiy turistlar soni va ularning kelib chiqish
mamlakatlari bo‘yicha quyidagi chizma shakllantirildi. Bu grafik O‘zbekiston xizmatlar
eksportida aynan turizm segmentining regional xarakterini yaqqol ko‘rsatib beradi. Ayniqsa,
qo‘shni davlatlar (Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘izist
on)dan kirib kelayotgan turistlar sonining
yuqoriligi hududiy hamkorlik va chegaraviy turizmning salohiyatini tasdiqlaydi.
Tahlil shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekistonning turizm xizmatlari eksporti asosan qo‘shni
davlatlar va MDH mamlakatlariga yo‘naltirilgan. 2023–yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonga
tashrif buyurgan xorijiy turistlarning 72 foizi aynan MDH mamlakatlari (Qozog‘isto
n, Rossiya,
Tojikiston, Qirg‘iziston) fuqarolari hisoblanadi (Statistika qo‘mitasi, 2024).
Qiyosiy tahlillar shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekistonning turizm xizmatlari eksporti hali ham
to‘liq shakllanmagan marketing va brendlash siyosati tufayli xalqaro bozorda Turkiya, Ispaniya
kabi mamlakatlarga nisbatan pastroq darajada qolmoqda. Masalan, Turkiya 2023
–
yilda turizm
xizmatlari eksportidan 49 milliard dollar daromad olgan (WTTC, 2024).
Tahlil natijalari quyidagi asosiy cheklovchi omillarni ko‘rsatdi:
−
Infratuzilmadagi muammolar
: havo qatnovi, yo‘llar, mehmonxonalar sifati va soni
jihatidan ayrim yo‘nalishlarda cheklovlar mavjud;
−
Marketing va raqamli texnologiyalardan foydalanishning sustligi:
xorijiy
auditoriyaga yetarli reklama materiallarining yo‘qligi;
−
Xalqaro brend va imidj masalalari:
O‘zbekiston turizm yo‘nalishlari hali jahon
bozorida to‘liq shakllanmagan;
−
Norasmiy institutlar imkoniyatlarining yetarli o‘rganilmaganligi
:
bu imkoniyatlar
turizm oqimini oshirishda muhim omil bo‘lishiga qaramay, tahlil va prognozlashda deyarli
hisobga olinmaydi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida xizmatlar eksporti, xususan, turizm
xizmatlari eksportining salmog‘i barqaror o‘sib borayotganini statistik ma’lumotlar
isbotlamoqda. 2024
–
yilning birinchi choragida xizmatlar eksporti hajmi 1 139,4 mln AQSh
doll
arini tashkil etib, bu umumiy eksportning 17,8 foiziga teng bo‘ldi. Shu jumladan, sayohat
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
61
(turizm) xizmatlari 455,8 mln dollarlik ulush bilan ikkinchi o‘rinda turmoqda, bu xizmatlar
eksportidagi muhim strategik salohiyatni anglatadi (WTTC, 2024).
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, turizm xizmatlari eksportining o‘sishiga bir necha omillar
ta’sir
qilmoqda: vizasiz rejimlarni kengaytirish, infratuzilma loyihalarini amalga oshirish,
raqamli texnologiyalarni joriy etish va mintaqaviy hamkorlikning kengayishi. Shu bilan birga,
eksport tarkibida transport xizmatlari bilan birgalikda turizm xizmatlari asosiy ulushni egallab
kelmoqda. Bu esa O‘zbekistonning transport–
logistika imkoniyatlari va turizm salohiyati
o‘rtasida sinergiya mavjudligini anglatadi.
2022
–
2024
–
yillar davomida turizm eksporti hajmi 12
–13% oralig‘ida o‘sdi. Bu dinamik
ko‘rsatkichlar xizmatlar sektorida aynan turizm eng tez sur’atda rivojlanayotgan tarmoq
ekanini ko‘rsatadi. Xususan, 2023–yilda O‘zbekistonga 7,2 mln dan ortiq xorijiy sayy
oh tashrif
buyurgan bo‘lib, ulardan 36,8% Qozog‘iston, 21,8% Tojikiston va 12,6% Qirg‘izistondan kelgan.
Bu esa O‘zbekiston turizm xizmatlari eksportida qo‘shni davlatlar bilan yaqin aloqalarga
tayangan model ustuvorligini tasdiqlaydi (Turismo Espana, 2023).
Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, institutsional islohotlar, ayniqsa viza siyosatining
liberallashuvi, turizm infratuzilmasiga investitsiya jalb qilish, transport
–
kommunikatsiya
tizimini modernizatsiya qilish eksportni oshirishda muhim omillar hisoblanadi. Shuningdek,
norasmiy institutlar
—
madaniy yaqinlik, til o‘xshashligi, tarixiy aloqalar —
ayniqsa qo‘shni
davlatlar bilan sayyohlar almashinuvida samarali rol o‘ynamoqda. Bu omil ayniqsa Tojikiston,
Qirg‘iziston va Qozog‘iston kabi davlatlar bilan bo‘lgan aloqalarda yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Taqqoslashlar shuni ko‘rsatadiki, Malayziya,
Turkiya, Ispaniya, Italiya kabi davlatlarda
raqamli marketing, halol turizm va madaniy meros asosida servislar eksporti samarali tashkil
etilgan. O‘zbekiston uchun bu tajribalar ayniqsa halol turizm infratuzilmasini yaratish, turizm
brendini shakllantirish, davlat
–
xususiy sheriklik asosida infratuzilmani kengaytirish kabi
yo‘nalishlarda qo‘llanilishi mumkin.
Shuningdek, eksport tarkibidagi barqarorlikni ta’minlash uchun safarning
mavsumiyligiga bog‘liq risklarni kamaytirish, diversifikatsiyalashgan turistik yo‘nalishlarni
taklif etish va ekoturizm, gastronomik turizm, sog‘lomlashtirish
turizmi kabi yangi
yo‘nalishlarni ilgari surish dolzarb bo‘lib bormoqda. Ayni vaqtda mavjud turist oqimining 70%
dan ortig‘i faqat 4–5 shaharga (Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva) to‘g‘ri kelayotgani, boshqa
hududlarda potensial to‘liq ishga solinmaganini ko‘rsatadi.
Statistik tahlillar shuni anglatadiki, O‘zbekistonda turizm xizmatlari eksportini
rivojlantirish uchun mavjud salohiyat yuqori, ammo bu salohiyatni to‘laqonli ishga solish uchun
tizimli yondashuv, institutsional innovatsiyalar, hududiy diversifikatsiya va raqamli marketing
strategiyalarining uyg‘unligi talab etiladi.
Xulosa va takliflar.
O‘zbekistonning turizm xizmatlari eksportidagi mavjud salohiyati chuqur iqtisodiy,
institutsional va mintaqaviy omillar bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, statistik tahlillar ushbu soha
milliy iqtisodiyotda tobora muhim o‘rin egallayotganini ko‘rsatadi. 2024–
yilning dastlabki uch
oyida xizmatlar eksporti hajmi 1,1 mlrd AQSh dollaridan oshib, umumiy eksportning 17,8
foizini tashkil qilgan bo‘lsa, turizm xizmatlarining bu tarkibdagi ulushi 40% atrofida bo‘ldi
(
Statistika qo‘mitasi, 2024
). Bu esa, ushbu tarmoqni r
ivojlantirish, ayniqsa qo‘shni davlatlar va
mintaqaviy hamkorlik
doirasida eksport hajmini oshirish muhimligini ko‘rsatadi.
Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekistonning turizm xizmatlari eksporti asosan
Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston kabi yaqin geografik va madaniy jihatdan bog‘liq bo‘lgan
mamlakatlar bilan faol aloqalarda rivojlanmoqda. Bu esa, norasmiy institutlarning
–
til
yaqinligi, umumiy tarixiy va diniy meros, diasporaviy aloqalar kabi omillarning
–
turizm
eksportidagi rolini kuchaytiradi.
Shuningdek, xorijiy tajriba tahlili (Turkiya, Malayziya, Ispaniya, Italiya, Qozog‘iston
misolida) shuni ko‘rsatadiki, turizm eksportining muvaffaqiyati quyidagi omillarga asoslanadi:
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
62
•
Turizm sohasida davlat siyosatining uzluksizligi va aniq strategik yondashuvlar
mavjudligi;
•
Davlat
–
xususiy sheriklik asosidagi infratuzilma rivoji;
•
Mahalliy mahsulotlarni xalqaro bozorlarda turistik brend sifatida ilgari surish;
•
Turizmning yangi tarmoqlarini
–
gastronomik, sog‘lomlashtirish, halol turizm, ekologik
yo‘nalishlarni –
faol joriy etish.
Bu asosda quyidagi asosiy takliflar ishlab chiqildi:
1.
Institutsional islohotlarni chuqurlashtirish
:
−
Turizm eksportini tartibga soluvchi normativ
–
huquqiy hujjatlar takomillashtirilsin.
−
Turizm sohasida davlat
–xususiy sheriklikni kengaytirish bo‘yicha normativ baza
mustahkamlasin.
−
Halol
turizm, ekoturizm, sog‘lomlashtirish turizmi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha huquqiy
asoslar yaratilishi lozim.
2.
Norasmiy institutlarning salohiyatidan samarali foydalanish
:
−
Diasporalar bilan ishlash mexanizmlarini turizm marketingi bilan bog‘lash kerak.
−
Qo‘shni davlatlar bilan transchegaraviy turizm marshrutlarini yaratishda madaniy
umumiylik va tarixiy merosdan foydalanish zarur.
3.
Transport va logistika infratuzilmasini rivojlantirish
:
−
Qo‘shni davlatlar bilan bog‘lovchi temir yo‘l, avtomobil va aviaqatnov infratuzilmasi
kengaytirilsin.
−
“Open Sky” siyosatini bosqichma–
bosqich joriy etish orqali mintaqaviy va xalqaro
turistik oqimlar rag‘batlantirilsin.
4.
Marketing strategiyasini yangilash va brending
:
−
“Visit Uzbekistan”, “Halal Silk Road” yoki “Spiritual Heritage Tours” kabi xalqaro
e’tiborni tortuvchi brendlarni ishlab chiqish zarur.
−
Xalqaro sayyohlik yarmarkalari, ko‘rgazmalarda doimiy qatnashish, raqamli marketing
(Google Ads, TripAdvisor, Booking) imkoniyatlaridan keng foydalanish kerak.
5.
Hududiy
diversifikatsiyani ta’minlash
:
−
Faqat yirik shaharlargagina emas, balki vohalar, tog‘li hududlar, cho‘l zonalari va
transchegaraviy yo‘nalishlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish kerak.
−
Mahalliy aholini kichik biznesga jalb etish orqali oilaviy mehmonxonalar va mahalliy
xizmatlarni eksportga yo‘naltirish mexanizmlari yaratilishi kerak.
6.
Tahliliy bazani takomillashtirish va prognoz modellarini ishlab chiqish
:
−
Turistlar oqimi, sarf
–xarajatlar, xizmatlar eksporti hajmi bo‘yicha prognozlash tizimlari
STATA yoki SPSS dasturlari asosida ishlab chiqilishi lozim.
−
Barqaror turizm uchun indikatorlar to‘plami joriy etilishi va muntazam monitoring olib
borilishi muhim.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda turizm xizmatlari eksportining zamonaviy
bosqichda rivojlanishi uchun mavjud infratuzilma va inson kapitali salohiyatidan to‘liq
foydalanish, xalqaro tajriba va raqamli texnologiyalar asosida yangi mexanizmlarni joriy etish
zarur. Eksport tarkibida turizmning o‘rnini mustahkamlash uchun davlat siyosati, xususiy
tashabbus va mintaqaviy integratsiya uyg‘unligini ta’minlash strategik ahamiyatga ega.
Adabiyotlar/Литература/References:
Bakhromov, A. (2023). Turizm xizmatlari eksportini oshirishda innovatsion marketing va
raqamli texnologilayar ta’siri. YASHIL
IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT, 1(maxsus son).
Bakhromov, A., Juraeva, N., Nurfayzieva, M., Oppokkhonov, N., & Egamnazarov, K. (2023).
Sun'iy intellektning turizm sohasida xizmat ko'rsatish sifatini oshirishdagi o'rni. Academic
research in educational sciences, 4(6), 23
–
31.
Göçer, İ., & Bulut, Ş. (2020). Tourism exports and economic growth: An analysis of developing
countries. Journal of Tourism and Services, 11(20), 45
–
60.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
63
Gretzel, U., Sigala, M., Xiang, Z., & Koo, C. (2015). Smart tourism: Foundations and
developments. Electronic Markets, 25(3), 179
–
188.
Jumaniyazova, R. Sh. (2024). Turizm infratuzilmasi tushunchasi va uning o‘ziga xos jihatlari.
Ijtimoiy
–
gumanitar fanlarning dolzarb muammolari, 2, 45
–
52.
Norchayev, A. N. (2021). Zamonaviy turizm infratuzilmasining shakllanishi. Toshkent: TDIU.
North, D. C. (1990). Institutions, Institutional Change and Economic Performance.
Cambridge: Cambridge University Press.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. (2024). Xizmatlar eksporti bo‘yicha
2024
–
yil yanvar
–
mart hisobotlari. Retrieved from https://stat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2024). PF–
9
–
son Farmon: Respublikaga xorijiy
turistlar oqimini oshirish va ichki turizmni jadallashtirish bo‘yicha chora–tadbirlar to‘g‘risida.
Retrieved from https://lex.uz
Raximova, U. Z. (2024). Turizm infratuzilmasini innovatsion rivojlantirish. Iqtisodiyot va
turizm, 1, 136
–
142.
Turismo España. (2023). Annual Report. Madrid: Spanish Tourism Agency.
UNWTO. (2023). International Tourism Highlights
–
Uzbekistan country profile. Retrieved
UNWTO. (2023). Uzbekistan Country Report: Xalqaro turistlar statistikasi. Retrieved from
UNWTO. (2023). World Tourism Barometer (Vol. 21, Issue 3). Madrid: UNWTO Publications.
UNWTO. (2024). World Tourism Barometer (Vol. 22, Issue 1). Retrieved from
WTTC. (2024). Travel & Tourism Economic Impact 2023
–
Turkey. London: WTTC. Retrieved
