Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
101
SANOAT KORXONALARIDA KLASTER FAOLIYATI
INNOVATSION TIZIM SIFATIDA
dots.
Isxakov Abdulaxad
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti
ORCID: 0009-0002-6749-4140
Annotatsiya.
O‘zbekiston iqtisodiyotining raqamli formatga o‘tishi va innovatsion
strategiyalar afzalliklaridan foydalangan holda sanoat korxonalarini samarali rivojlantirish
O‘zbekistonga ijtimoiy
-iqtisodiy rivojlanishning yangi darajasiga chiqish va global iqtisodiyotda
texnologik yetakchilikni shakllantirishga imkon beradi.
Kalit so‘zlar:
innovatsiya, konsepsiya, klaster tizim.
КЛАСТЕРНАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ В ПРОМЫШЛЕННЫХ ПРЕДПРИЯТИЯХ КАК
ИННОВАЦИОННАЯ СИСТЕМА
доц.
Исхаков Абдулахад
Ташкентский государственный технический
университет имени Ислама Каримова
Аннотация.
Переход экономики Узбекистана на цифровой формат и эффективное
использование преимуществ инновационных стратегий в развитии промышленных
предприятий позволит Узбекистану выйти на новый уровень социально
-
экономического
развития и сформировать технологическое лидерство в глобальной экономике.
Ключевые слова:
инновация, концепция, кластерная система.
CLUSTER ACTIVITY IN INDUSTRIAL ENTERPRISES
AS AN INNOVATIVE SYSTEM
assoc. prof.
Isxakov Abdulaxad
Tashkent State Technical University
named after Islam Karimov
Abstract.
The transition of Uzbekistan’s economy to a digital format and the effective use of
the advantages of innovative strategies in the development of industrial enterprises will enable
Uzbekistan to reach a new level of socio-economic development and establish technological
leadership in the global economy.
Keywords:
innovation, concept, cluster system.
UO‘K:
368.186.13
V SON - MAY, 2025
101-106
00
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
102
Kirish.
O‘zbekistonda tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish, uning yеtakchi tarmoqlaridan biri bo‘lgan
kon-metallurgiya sanoatini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, sohaning raqobatbardoshligini
oshirish va ishlab chiqarishni samarali shakllarda tashkil qilish kabilarga alohida e’tibor qaratilmoqda.
2022-2026-yillarda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 1,4 baravarga oshirish va
ta’minlashda iqtisodiyotning o‘sish sur’atlari bilan muvozanatlashgan ustuvor strategik tarmoqlarni
rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Belgilangan vazifalarni amalga oshirishda, jumladan, sohada qo‘shimcha
qiymatni shakllantirishning yaxlit zanjirini yaratish, innovatsion klaster faoliyati samaradorligini
baholash yondashuvini soha xususiyatlarini e’tiborga olgan holda
takomillashtirish,
metallurgiya
sanoati mahsulotlari eksportini rivojlantirishning samarali tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini asoslash,
sohani rivojlantirishning prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotlarni izchil davom
ettirish maqsadga muvofitq.
Adabiyotlar sharhi.
Mualliflar yangi texnologiyalarning iqtisodiyotga qanday ta'sir ko'rsatishini, shuningdek,
innovatsiyalarni ishlab chiqish va tatbiq etish jarayonlarini «qora qutilari» orqali o'rganadilar.
Kitob texnologik o'zgarishlar iqtisodiy transformatsiyalarga qanday turtki bo'lishini tushunish
uchun nazariy asoslarni taqdim etadi va turli sohalarda texnologiyalarni joriy etishga oid
haqiqiy misollar bilan tahlil qiladi. (Rosenberg, 2024)
O'zbekiston iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish va diversifikatsiya qilishda
milliy innovatsion tizimni rivojlantirishning ahamiyatini ta'kidlaydi. Ushbu ishda
mamlakatning milliy iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va raqobatbardoshligini oshirishning
asosiy yo'nalishlari o'rganiladi. Maqolada innovatsion strategiyalarni joriy etish orqali
iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatlari ko'rib
chiqiladi. (Tursunxodjaev, 2015).
To‘xtasinov (2020) klasterlarning asosiy elementlarini
- iqtisodiy, texnologik va ilmiy
jihatlarni tahlil qiladi. Kitobda klasterlarning rivojlanishining asosiy bosqichlari va ularning
o‘zaro aloqasi, shuningdek, innovatsion faoliyatni rivojlantirishdagi roli o‘rganilgan. Muallif,
shuningdek, klasterning turli sanoat tarmoqlarida qanday samarali ishlashini, ayniqsa,
to‘qimachilik, texnologiya va ishlab chiqarish sanoatlarida qanday qo‘llanilishini o‘rganadi.
Klasterlarni innovatsion tizim sifatida boshqarishning amaliy usullari va innovatsiyalarni joriy
etish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etiladi.
Isroilov (2021) klasterlarning sanoat rivojlanishidagi o‘rni va innovatsiyalarni joriy
etishda qanday rol o‘ynashini tushuntiradi. Kitobda, klasterlarning sanoat korxonalari uchun
qanday iqtisodiy va innovatsion imkoniyatlarni yaratishi, resurslarni samarali taqsimlash va
texnologiyalarni birlashtirish orqali qanday o‘sish va rivojlanish imkoniyatlarini taqdim etishi
yoritilgan. Muallif, klasterlarning yirik texnologik va ishlab chiqarish tarmoqlarida qanday
ishlashini misollar orqali keltiradi va sanoatni zamonaviy texnologiyalar bilan modernizatsiya
qilishdagi samarali yondashuvlarni taqdim etadi.
Kadirov (2022) tomonidan yozilgan ushbu kitobda sanoat klasterlarining iqtisodiy
samaradorlikka ta’siri chuqur tahlil qilinadi. Kitobda sanoat klasterlarining samarali
ishlashining asosiy omillari, ularning raqobatbardoshlikni oshirish va iqtisodiy o‘sishn
ing
tezlashishiga ta’siri ko‘rsatilgan. Muallif klasterlar asosida ishlab chiqarish xarajatlarini
kamaytirish, resurslarni optimallashtirish va innovatsion faoliyatni qo‘llab
-quvvatlashni
qanday amalga oshirishni tushuntiradi. Bu asar, iqtisodiy samaradorlikni oshirishda
klasterlarning ahamiyatini va sanoat tarmoqlarini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan
strategiyalarni o‘rgatadi.
Mamadaliyev (2021) tomonidan yozilgan kitobda sanoat klasterlarining innovatsion
tizimdagi ahamiyati va ular orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda qanday
yondashuvlar mavjudligi haqida so‘z yuritiladi. Asarda klasterlar va innovatsiyalar o‘rta
sidagi
o‘zaro bog‘liqlik, yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish jarayonlari tahlil etilgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
103
Muallif klasterlarni innovatsion tizim sifatida boshqarishning samarali metodlarini taqdim
etadi va sanoat tarmoqlarida ularni qo‘llashdagi amaliyotlarni ko‘rsatadi. Bu asar klaster
faoliyatining iqtisodiy samaradorlikni oshirishdagi ahamiyatini keng tushunishga yordam
beradi.
Niyozov (2020) kitobida sanoat va texnologiya klasterlarining innovatsion tizimlarni
rivojlantirishdagi roli tahlil qilinadi. Kitobda, klasterlar orqali yangi texnologiyalarni ishlab
chiqish, ilmiy-tadqiqot ishlari va ishlab chiqarishni innovatsion ravishda modernizatsiya qilish
masalalari ko‘rib chiqiladi. Sanoat korxonalarida klaster faoliyatini samarali boshqarish va
innovatsion tizimni rivojlantirishga doir yondashuvlar va metodologiyalar batafsil o‘rganilgan.
Muallif, klasterlarning sanoat tarmoqlarida
texnologik o‘zgarishlarni amalga oshirishdagi
muhim rolini ko‘rsatadi va samarali boshqaruvning zarurligini ta'kidlaydi.
Zokirov (2021) tomonidan yozilgan bu kitobda klasterlash va innovatsion tizimlarning
raqobatbardoshlikni oshirishdagi roli o‘rganilgan. Kitobda, klasterlashning sanoat
korxonalarida innovatsion yondashuvlarni qo‘llash orqali qanday raqobatbardoshlikni
oshi
rishi, yangi bozorlar yaratish va iqtisodiy samaradorlikni oshirish haqida ma’lumotlar
keltirilgan. Muallif, klasterlarning ishlab chiqarish jarayonlaridagi innovatsiyalarni samarali
joriy etish orqali raqobatni kuchaytirishni tushuntiradi.
Dunyo mamlakatlarining raqobatbardoshlik va innovatsion faolligini o'rganadi. Ushbu
hisobotlar mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish darajasini, raqobatbardoshlik salohiyatini va
innovatsion tizimlarning samaradorligini baholaydi. Hisobotlar, shuningdek, global iqtisodiy
o'zgarishlar va ularning innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlashdagi ahamiyatini yoritadi, turli
mamlakatlar o'rtasida texnologik yutuqlar va innovatsion tizimlar bo'yicha o'zaro raqobatni
ko'rsatadi. Bu tahlillar milliy iqtisodiy strategiyalarni ishlab chiqishda va kelajakdagi
rivojlanish yo'nalishlarini belgilashda muhim ahamiyatga ega (Report, 2023).
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqotni amalga ilmiy va umumiy tahlil, qiyoslash, oʻzaro solishtirma tahlil usullaridan
keng foydalanilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Sanoat korxonalarida innovatsion jarayonlarni amalga
oshirishning ko‘plab modellari
mavjud. Klassik model shundan iboratki, unda fan ishlab chiqarishga ta’sir qiladi va
tashkilotning iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo’shadi. Bu modeldagi innovatsiyalar fan va ishlab
chiqarish o‘rtasida “vositachi” vazifasini
bajaradi.
Fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi o‘zaro aloqaning zanjirli modeli innovatsion
faoliyatning ko‘p qirraliligi va murakkabligini, shuningdek, uning shakllanishi va rivojlanishi
jarayonining dinamikasini hisobga oladi. Bundan tashqari, nafaqat fanning innovatsion
faoliyatga ta’siri, balki innovatsiyaning fanda sodir bo‘layotgan jarayonlarga ta’siri ham hisobga
olinadi.
Ko’p kanalli va o‘rganish modeli sifatida taqdim etilgan interaktiv model
innovatsiyalarning ITTKIga teskari ta’sirini hisobga oladi va bu jarayonni o‘zgaruvchan tashqi
sharoitlar nuqtai nazaridan ham ko‘rib chiqadi. Hozirgi vaqtda sanoat majmualarida amal
ga
oshirilayotgan innovatsion jarayonlar sanoat ishlab chiqarishini sifat jihatidan yangi, sanoat-
texnologik jihatdan shakllantirish va uni boshqarishga qaratilgan. Innovatsion jarayonlarni
amalga oshirish bosqichlari va qonuniyatlari, ularni muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam
beruvchi ta’sir etuvchi omillar tizimli ilmiy tahlildan o‘tkaziladi.
Ushbu qoida ilm-fan va ITTKI innovatsiyalarni shakllantirish, joriy etish va tarqatishda
alohida muhim rol o‘ynashini tasdiqlaydi.
Shunday qilib, «sanoat majmualarida innovatsion jarayonlar» toifasini ochib berish,
ushbu jarayonlarga nazariy yondashuvlarni o‘rganish innovatsion faoliyatni shakllantirish va
tashkil etishning asosi ularning ilmiy bilimlarni tijoratlashtirish qobiliyati ekanligini aniqlashga
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
104
imkon beradi. Bunday faoliyatning tarkibiy qismlari fan, resurs, axborot va kadrlar bilan
ta’minlash, marketing, intellektual mulk, korxonadagi ITTKI hisoblanadi.
O‘zbekistonda iqtisodiyot va jamiyat ehtiyojlarini qondirish uchun innovatsion
mahsulotlarni shakllantirish va joriy etishda o‘zaro ta’sir qiluvchi hamda o‘z faoliyatini davlat
innovatsion siyosati doirasida tashkil etuvchi innovatsion faoliyat obyektlari va subyektlari
majmuini o‘z ichiga oluvchi milliy va hududiy innovatsion tizimlar (MIT va HIT)
shakllantirilmoqda. Ushbu tizimlarning muhimligiga qaramay, MIT va HIT toifalarining yagona
ta’rifi va ularni shakllantirishning
yagona metodologiyasi hali ham mavjud emas. Shuningdek,
bu tizimlarning turli mamlakatlardagi maqsadlari ham har xil: Fransiyada
–
qo‘shimcha ish
o‘rinlarini yaratish, Germaniyada –
ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirish, Yaponiyada –
innovatsion mahsulotlarni chiqarish. Shu bilan birga, MIT faoliyatida umumiy narsa bor - MIT
faoliyati uchun asos yaratadigan milliy iqtisodiyotning asosiy tarmoqlariga quyidagilar kiradi:
- bilimlar yaratish (ilmiy tadqiqotlar);
-
bilimlar tarqatish, diffuziya, transfer va qo‘llash (ITTKI, innovatsion mahsulot ishlab
chiqarish);
- innovatsiyalarni tijoratlashtirish (bozor institutlari, innovatsion mahsulotlar bozori);
- innovatsion faoliyat uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini
oshirish;
- innovatsion-investitsion infratuzilmani rivojlantirish;
-
davlat tomonidan boshqarish va tartibga solish (me’yoriy
-huquqiy asos, davlat sanoat,
investisiya va innovatsiya siyosati).
1 -rasm. MIT tuzilishi
(
Турсунходжаев, 2015
)
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
105
Korxona va tashkilotlar o
‘
zlarining innovatsiya darajasiga qarab qisman yoki to
‘
liq MIT ga
kirib, uning quyi tizimlari, tarmoqlari va ularning o
‘
zaro aloqalarini shakllantiradi, ya
’
ni MIT
strukturasini shakllantiradi. 1-rasmda boshqaruv tizimining xarakterli xususiyatlarini
umumlashtirish sifatida MIT tuzilishi ko
‘
rsatilgan.
Elementlar o‘rtasida funksional o‘zaro aloqa
zaif yoki amalda yo‘q.
HIT tizim hosil qiluvchi, MIT tarmoqlararo bo‘g‘ini bo‘lib, uning doirasida mintaqaning
innovatsion salohiyati amalga oshiriladi.
Klasterning innovatsionlik darajasi biznes g‘oyalar, ilmiy bilimlar, malakali
mutaxassislarni tayyorlash, shuningdek, innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi va uni
tijoratlashtirish darajasi uchun tashkilotlarning klasteriga integratsiyalashuv darajasini aks
yettiruvchi miqdoriy va sifat tavsiflari bilan belgilanishi kerak. Innovatsiya klasterlarini
shakllantirishning asosiy tamoyillari sifatida quyidagilar ajratib ko‘rsatiladi:
- ilmiy salohiyatning mavjudligi (tadqiqot markazlari, olimlarning mavjudligi, ishlab
chiqarish bazasi);
- klaster yaratish uchun institusional shart-sharoitlar (klaster tashkil etuvchi sanoatning
mavjudligi, innovatsion klasterni yaratish g‘oyasini lokal hokimiyat organlari tomonidan
qo‘llab
-
quvvatlash, davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qo‘llab
-quvvatlash);
-
davlat iqtisodiyotini rivojlantirishning strategik ustuvor yo‘nalishlari sifatida namoyon
bo‘ladigan innovatsion klaster yaratishning siyosiy shartlari;
- mintaqa sanoat majmuasi va klasterga kiruvchi korxonalarning innovasionlik darajasi.
Dunyo mamlakatlari ixtisoslashuvi tarmoqlari bo‘yicha klasterlarning taqsimlanishi 1
-
jadvalda keltirilgan.
1-jadval
Dunyoda ixtisoslashuv tarmoqlari bo
‘
yicha klasterlar taqsimlanishi.
Ixtisoslashuv
Klasterlar soni
Mahsulotlar ishlab chiqarish
23
Yashil texnologiyalar
21
Avtomobilsozlik
19
Tibbiy xizmatlar
19
Metallurgiya
13
Turizm
13
Qurilish
12
Kreativ sanoatlar
11
Yangi materiallar
10
Biotexnologiyalar
9
Optika va fotonika
8
Ta’lim
7
Mikro va nanotexnologiiyalar
6
Aviakosmik texnologiyalar
6
Kimyo
6
Nashriyot va OAV
5
Ko‘ngilocharliklar
2
Telekommunikatsiyalar
2
Ushbu jadval shundan dalolat beradiki, klasterlash sanoatda iqtisodiy faoliyatning deyarli
barcha turlarini qamrab olgan va rivojlanishni davom ettirmoqda.
Xulosa va takliflar.
Ta’kidlash joizki, O’zbekistonning davlat hududida shakllangan sanoat klasterlarini,
ularning kichik miqdori sababli na klasterlarga, na to
‘
liq aglomeratsiya birlashmalariga
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
106
taalluqli deb bo’lmaydi. Ular jug
‘
rofiy jihatdan olisda joylashgan kompaniyalarni guruhlash
belgisi asosida, qo
‘
shilgan qiymat zanjiri tugallanganda yoki O
‘
zbekiston Respublikasi
subyektlarida yoki bir qancha mintaqalarda import o
‘
rnini bosuvchi ishlab chiqarish va
texnologiyalar yaratilgandan keyingina klaster deb hisoblanishi mumkin. Bundan kelib chiqqan
holda, innovatsion klasterlarni, klasterlarni rivojlantirish dasturlarini tahlil qilishda ko
‘
rib
chiqilayotgan toifaga jahon yondashuvlarga tayanish talab etiladi.
Adabiyotlar
/Литература/
Reference:
Farmon (2021) O
‘
zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-yanvardagi PF-60-
sonli
“2022
-2026-yillarda Yangi O
‘
zbekistonni rivojlantirish strategiyasi to
‘
g
‘
risida
”
gi Farmoni.
Isroilov A. A., (2021)
Klasterlar va innovatsiyalar.
Samarqand.
Kadirov T. O., (2022)
Sanoat klasterlari va iqtisodiy samaradorlik.
Farg‘ona.
Mamadaliyev Z. B., (2021)
Sanoat klasterlari va innovatsion tizim.
Buxoro.
Niyozov S. B., (2020)
Sanoat va texnologiya klasterlari.
Toshkent.
Report (2023) The Global Competitiveness Report 2020-2023 // World Economic Forum.
URL:
GCR2019-
2023/05Full
Report/
TheGlobal
Competitiveness Report 2020-2023 _FINAL.pdf; The Global Innovation Index 2023.
Rosenberg, N. (2024) Inside the Black Box: Technology and Economics/N. Rosenberg, N.
Kline. - Cambridge University Press. - 328 p.
To‘xtasinov M., (2020)
Klasterlar va innovatsiyalar.
Toshkent.
Zokirov D. R., (2021)
Klasterlash va innovatsion tizimlar.
Namangan.
Турсунходжаев М.Л. (2015). Развитие национальной инновационной системы как
инструмент повышения конкурентоспособности и диверсификации экономики
Узбекистана. Основные направления дальнейшей модернизации и повешения
конкурентоспособности национальной экономики. VII Форума экономистов. –
Т.: ИПМИ, С.
104.
