Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
123
QISHLOQ XO‘JALIGI KORXONALARINING IQTISODIY SALOHIYATI TAHLILINI
AXBOROT BILAN TA’MINLASH
Xakimov Tulkin
Toshkent t
o‘q
imachilik va yengil sanoat instituti
ORCID: 0000-0001-7280-9981
Annotatsiya.
Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligi korxonalarining iqtisodiy salohiyatini tahlil
qilishda axborot bilan ta’minlashning ahamiyati yoritilgan. Muallif axborot texnologiyalari va
statistik ma’lumotlarning iqtisodiy tahlildagi o‘rni, qishloq xo‘jaligi korxonalar
ining faoliyatini
samarali rejalashtirishdagi roli haqida fikr yuritadi. Maqolada iqtisodiy salohiyatni aniqlashda
axborot resurslaridan foydalanish usullari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari
tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar:
iqtisodiy salohiyat, qishloq xo‘jaligi, axborot ta’minoti, tahlil, axborot
texnologiyalari, korxonalar samaradorligi, rejalashtirish, statistik ma’lumotlar, menejment,
raqamli transformatsiya.
ИНФОРМАЦИОННОЕ ОБЕСПЕЧЕНИЕ АНАЛИЗА ЭКОНОМИЧЕСКОГО ПОТЕНЦИАЛА
СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННЫХ ПРЕДПРИЯТИЙ
Хакимов Тулкин
Ташкентский институт текстильной и легкой промышленности
Аннотация.
В данной статье рассматривается значение информационного
обеспечения в анализе экономического потенциала сельскохозяйственных предприятий.
Автор подчеркивает роль информационных технологий и статистических данных в
проведении экономического анализа, а также их значение в эффективном планировании
деятельности аграрных предприятий. В статье анализируются методы использования
информационных ресурсов для оценки экономического потенциала, существующие
проблемы и пути их решения.
Ключевые
слова:
экономический потенциал, сельское хозяйство, информационное
обеспечение, анализ, информационные технологии, эффективность предприятий,
планирование, статистические данные, управление, цифровая трансформация
.
UO‘K:
330.524
338.434
VI SON - IYUN, 2025
123-132
00
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
124
INFORMATION SUPPORT FOR THE ANALYSIS OF THE ECONOMIC POTENTIAL OF
AGRICULTURAL ENTERPRISES
Khakimov Tulkin
Tashkent Institute of Textile and Light Industry
Abstract.
This article explores the importance of information support in analyzing the
economic potential of agricultural enterprises. The author emphasizes the role of information
technologies and statistical data in economic analysis, as well as their significance in effective
planning of agricultural operations. The paper analyzes methods of utilizing information
resources to assess economic potential, identifies current challenges, and suggests possible
solutions.
Keywords:
economic potential, agriculture, information support, analysis, information
technologies, enterprise efficiency, planning, statistical data, management, digital
transformation.
Kirish.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo‘jaligi tarmog‘i mamlakat oziq
-ovqat xavfsizligini
ta’minlash, eksport salohiyatini oshirish va hududiy iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashda
muhim o‘rin tutadi. Bugungi kunda qishloq xo‘jaligi korxonalarining iqti
sodiy salohiyatini
to‘g‘ri baholash va tahlil qilish ularga to‘g‘ri strategik qarorlar qabul qilish imkonini beradi.
Bunday tahlillar samarador bo‘lishi uchun zamonaviy axborot texnologiyalaridan, ayniqsa
raqamli axborot tizimlaridan keng foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
So‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligi sohasida raqamlashtirish jarayonlari jadallashdi, bu esa
axborot bilan ta’minot sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Yevropa Ittifoqi, AQSh, Xitoy kabi
davlatlarda “raqamli qishloq xo‘jaligi” konsepsiyasi asosida ishlab
chiqilgan agroaxborot
tizimlari fermer xo‘jaliklarining rentabelligini oshirishga, resurslardan samarali foydalanishga
va moliyaviy risklarni kamaytirishga xizmat qilmoqda.
O‘zbekistonda ham agrar sohani modernizatsiya qilish, resurs tejamkor texnologiyalarni
joriy etish va statistik hamda operativ ma’lumotlar asosida tahliliy qarorлар қабул qilish
borasida izchil islohotlar olib borilmoqda. Shu nuqtai nazardan, qishloq xo‘ja
ligi
korxonalarining iqtisodiy salohiyatini baholashda axborot bilan ta’minlash tizimini
takomillashtirish, mavjud axborot resurslaridan oqilona foydalanish dolzarb masalalardan
biridir.
Mazkur maqolada aynan shu masalaga
—
ya’ni iqtisodiy salohiyat tahlilini axborot bilan
ta’minlashning metodologik asoslari, amaliy ahamiyati, mavjud muammolari va ularning
yechimlariga e’tibor qaratiladi.
Adabiyotlar sharhi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining iqtisodiy salohiyatini boshqarish va baholash masalalari
ko‘plab milliy va xalqaro olimlar tomonidan tadqiq qilingan. Xalqaro tajribada bu yo‘nalishda
innovatsion boshqaruv usullari, raqamlashtirish va resurslarni samarali taqsimlash kabi
jihatlar asosiy e’tiborga olinadi
. Xususan, Rossiyalik mutaxassis Ekimov
“qishloq xo‘jaligi
korxonalarining ishlab chiqarish salohiyatini chuqur tahlil qilgan va ishlab chiqarish
salohiyatini oshirish yo‘llarini taklif qilgan”
(Ekimov,2021). Yana bir rossiyalik mutaxassis
Zinina “qishloq xo‘jaligi korxonalarining tadbirkorlik salohiyatini oshirish orqali iqtisodiy
salohiyatni mustahkamlash yo‘llarini o‘rgangan”
(Zinina,2020). Ukrainalik mutaxassis
Antohenkova “qishloq xo‘jaligi korxonalarining resurs salohiyatidan samarali foydalanish
orqali mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini t
a’minlash va qishloq hududlarini rivojlantirish”
masalalariga o‘z tadqiqotlari to‘xtalib o‘tgan
(
Antoshchenkova, 2020
). Polshalik mutaxasis
Matyja “qishloq xo‘jaligi korxonalarining raqobatbardoshligini oshirishning resurs bazasi va
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
125
salohiyatini oshirish masalalarini” o‘z ilmiy ishlarida keng yoritgan
(Matyja,2016).
Belorussiyalik iqtisodchi Samaxavets “qishloq xo‘jaligi korxonalarining moliyaviy salohiyatini
yaxshilash yo‘llarini” o‘z tadqiqotlarida ochiqlab o‘tgan
(Samaxavets, 2014). Yana bir
rosssiyalik mutaxassis Podkopaev o‘z tadqiqotlarida asosan “qishloq xo‘jaligi korxonalarining
iqtisodiy salohiyatini tahlil qilish masalalariga to‘xtalib o‘tgan”
(Podkopayev, 2016).
O‘zbekiston sharoitida esa, qishloq xo‘jaligi sohasining rivojl
anishi va korxonalar
samaradorligini oshirishga qaratilgan tadqiqotlar so‘nggi yillarda faollashdi. I. Umarov o‘z
tadqiqotlarida “qishloq xo‘jaligi korxonalarining boshqaruv salohiyatini yaxshilash
masalalariga” to‘xtalib o‘tgan
(Umarov, 2018)
. Shoniyozova “qishloq xo‘jaligi korxonalarining
moliyaviy salohiyatini oshirishda davlat tomonidan qo‘llab
-
quvvatlashning ahamiyati” haqida
o‘z izlanishlarida xulosalar berib o‘tgan
(Shoniyozova, 2023)
. Nosirova “qishloq xo‘jaligida
faoliyat ko‘rsatuvchi kichik biznes
korxonalarining eksport salohiyatini oshirish masalalariga”
o‘z ilmiy asarlarida to‘xtalib o‘tgan
(Nosirova, 2021)
. Yuqorida o‘rganilgan adabiyotlar tahlili
shuni ko‘rsatadiki, qishloq xo‘jaligi korxonalarining iqtisodiy salohiyatini o‘rganishga
qaratilgan ishlarda yaxlit baholash va tahlil qilish tizimi shakllantirilmagan, shuningdek,
iqtisodiy salohiyatni baholash metodikalari bo‘yicha mamlakatimizda hali yetarlicha tizimli
yondashuvlar ishlab chiqilmaganligi haqida fikrlar mavjud. Shu bois, iqtisodiy salohiyatni aniq
baholash va uni boshqarish uchun zamonaviy uslubiy asoslar yaratish dolzarb hisoblanadi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Mazkur tadqiqotda korxonaning iqtisodiy salohiyatini tahlil qilish va baholashda bir
nechta ilmiy-uslubiy yondashuvlar qo‘llanildi. Tizimli tahlil usuli asosida korxonaning iqtisodiy
salohiyatini shakllantiruvchi asosiy omillar aniqlab olindi. Taqqoslash usuli orqali turli
korxonalar faoliyatining iqtisodiy ko‘rsatkichlari solishtirildi va baholashning nisbiy natijalari
tahlil qilindi. Statistik tahlil, moliyaviy ko‘rsatkichlar tahlili, grafik va jadval usullari yordamida
korxonaning moliyaviy barqarorligi, rentabelligi, aktivlardan foydalanish darajasi va boshqa
muhim parametrlar baholandi. Tadqiqotda shuningdek, mavjud ilmiy adabiyotlar, normativ-
huquqiy hujjatlar va rasmiy statistik manbalar asos sifatida qo‘llanildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Iqtisodiy salohiyat qishloq xo‘jaligi korxonasining mavjud resurslari, imkoniyatlari va
ishlab chiqarishni tashkil etish shart-sharoitlarining jamlanmasidir. Mazkur salohiyat
korxonaning mahsulot ishlab chiqarish quvvatlaridan eng yuqori samara bilan foydalanishni
ko‘zda tutadi. Iqtisodiy salohiyatni aniq baholash va tahlil qilish uchun “yuqori sifatli, kompleks
va tizimli ma’lumotlar bazasi” talab etiladi (Kuryanov,2019).
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining iqtisodiy salohiyatini chuqur va ishonchli tahlil qilishda
turli xil ma’lumotlar manbai asos bo‘lib xizmat qiladi. Avvalo, moliyaviy
-iqtisodiy hisobotlar,
jumladan buxgalteriya balansi, daromad va xarajatlar to‘g‘risidagi
hisobotlar, pul oqimlari va
iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari korxonaning moliyaviy barqarorligini baholashda
muhim rol o‘ynaydi.
Bundan tashqari, ishlab chiqarish faoliyatiga oid statistik ma’lumotlar —
ekin maydonlari
hajmi, dehqonchilik va chorvachilik natijalari, hosildorlik ko‘rsatkichlari, shuningdek, texnik
vositalarning texnik holati va ulardan foydalanish samaradorligi ishlab chiqarish
imkoniyatlarini aniqlashga xizmat qiladi.
Mehnat resurslari statistikasi, xususan xodimlar soni, ularning kasbiy malakasi, mehnat
unumdorligi va ish vaqtidan foydalanish darajasi mehnat salohiyatini baholashda asosiy
ko‘rsatkichlardan hisoblanadi. Shu bilan birga, material
-
texnik ta’minot holati —
ya’ni urug‘,
o‘g‘it, kimyoviy moddalar, yoqilg‘i
-moylash materiallari va ularning zahirasi hamda
taqsimlanish holati
—
ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligi va samaradorligiga bevosita
ta’sir ko‘rsatadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
126
Bozor sharoitlari va savdo faoliyatiga doir axborotlar, jumladan mahsulot narxlarining
o‘zgarish tendensiyalari, xarid va sotuv statistikasi, tuzilgan shartnomalar hamda raqobat
muhiti tahlili korxonaning tashqi iqtisodiy imkoniyatlarini belgilashda katta ahamiyat kasb
etadi.
Shuningdek, iqlim va tabiiy resurslarga oid ma’lumotlar, xususan ob
-havo sharoitlari,
tuproq va suv resurslarining holati, geoekologik omillar ham tahlil jarayonida inobatga olinishi
lozim, chunki ular ishlab chiqarish natijalariga bevosita ta’sir etadi.
Nihoyat, zamonaviy texnologik innovatsiyalar va raqamlashtirish darajasi
—
agrotexnologik yangiliklar, avtomatlashtirish jarayonlari va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanish holati
—
korxonalarining raqobatbardoshligi va iqtisodiy o‘sish
istiqbollarini belgilashda muhim mezonlar hisoblanadi.
Mavjud salohiyat va tashqi muhit tahlili asosida strategik rejalar, iqtisodiy va texnologik
jihatdan barqaror rivojlanish istiqbollari belgilanadi.
1-
rasm. Qishloq xo‘jaligi korxonalari iqtisodiy salohiyatini tahlil qilish axborot bazasi
Qishloq xo‘
jaligi korxonasining iqtisodiy salohiyatini
to‘liq va obyektiv baholash korxona
faoliyatini maqbullashtirish
hamda barqaror rivojlanishni ta’minlashda muhim ahamiyatga
ega. Bu esa
yuqorida tilga olib o‘tilgan keng qamrovli
ma
’
lumotlar bazasi va bosqichma-bosqich
tahlil jarayonlari orqali amalga oshiriladi.
Iqtisodiy tahlilning mazmundorligi, uning chuqurligi hamda qishloq xo
‘
jaligi
korxonalarining iqtisodiy salohiyatiga ta
’
sir etuvchi barcha omillarning to
‘
liq inobatga olinishi,
o
‘
z navbatida, axborot ta
’
minotining darajasiga bog
‘
liqdir.
“
Iqtisodiy salohiyat tahlilining
axborot ta
’
minoti tizimini yaratish
—
bu axborot bazasini shakllantirishni talab
qiladi
”(
Salnikov,2018). Iqtisodiy salohiyat tahlili vazifalari va uni baholash uchun tavsiya
etilgan tahliliy ko
‘
rsatkichlar asosida, tadqiqot ishida qishloq xo
‘
jaligi korxonalari iqtisodiy
salohiyatini tahlil qilishning axborot bazasi tuzilmasi taklif etiladi (1-rasm).
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
127
Qishloq xo‘jaligi korxonalari iqtisodiy salohiyatini tahlil qilish jarayonida axborot
bazasidan to‘g‘ri va maqsadli foydalanish ma’muriy boshqaruv apparatining malakalilik
darajasiga bevosita bog‘liqdir”. Boshqaruv xodimlarining kompetentlilik darajasining
yuqoriligi axborotlarni aniq talqin etish, tahlil qilish va undan qaror qabul qilishda samarali
foydalanish imkonini beradi. Bu esa “boshqaruv qarorlarining sifatliligi va natijadorligini
oshirishga xizmat qiladi” (Nasibov,2008).
Normativ-
huquqiy hujjatlar qishloq xo‘jaligi korxonalarining faoliyat yuritish shart
-
sharoitlarini belgilab beradi. Ushbu hujjatlarda belgilangan mezonlar va me’yoriy
chegaralarning buzilishi moliyaviy jihatdan korxona faoliyatida salbiy aks etgani holda,
korxonaning iqtisodiy barqarorligi va salohiyatining pasayishiga olib keladi.
Shuningdek,
“qishloq xo‘jaligi korxonalarida axborot bazasini boshqarish hamda tahlil
qilishda boshqaruv saamaradorligi
va huquqiy bilimlarning yuqori darajada bo‘lishi iqtisodiy
salohiyatni
to‘liq va aniq baholash, shuningdek, samarali boshqaruv qarorlari qabul qilish
ning
muhim sharti sanaladi
”
.
“Qishloq xo‘jaligi korxonalarining iqtisodiy faoliyatida tashqi marketing muhiti va bozor
sharoitiga oid ma’lumotlar”
muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu ma’lumotlar, iqtisodiy
faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy baza
ma’lumotlarini to‘ldirgan holda, amaldagi
bozor munosabatlarining muayyan
“o‘yin qoidalari”
ni shakllantiradi.
Bu qoidalarga rioya qilish, shu bilan birga, ulardan oqilona va strategik foydalanish
qishloq xo‘jaligi korxonalariga bir qator ustunliklarni taqdim etadi. Jumladan:
bozorda
raqobatbardoshlikni ta’minlash
, operatsion faoliyatni samarali tashkil etish imkoniyatini
yaratish, kelgusidagi rivojlanish istiqbollarini belgilash. Shu tarzda, tashqi marketing va bozor
muhitiga oid ma’lumotlarni tizimli tahlil qilish va ularni boshqaruv qarorlariga integratsiya
qilish qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining raqobatdo
shligini oshirish va uning barqaror
rivojlanishiga zamin yaratadi.
“Sohaga oid statistik ma’lumotlar qishloq xo‘jaligi korxonasining umumiy iqtisodiy
salohiyati hamda uning tarkibiy qismlarini solishtirma tahlil qilish imkonini yaratadi”
(Yusov,2013). Bu turdagi tahlillar: korxonaning mol-mulk tarkibi va tuzilmasining maqbullik
darajasini baholash, doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar o‘rtasidagi munosabatni tahlil qilish,
qishloq xo‘jaligi biznesining rentabellik darajasini aniqlash, strategik rivojlanish
imkoniyatlarini baholash kabilarga oydinlik kiritishga xizmat qiladi.
Shu kabi tahlillar orqali korxonaning mavjud resurslardan qanchalik samarali
foydalanayotganligi hamda unda qanday ichki imkoniyatlar borligi aniqlanadi. Ishlab chiqarish
va moliyaviy salohiyatni baholashdagi tahliliy jarayonlarni amalga oshirish uchun asosiy
axborot manbai sifatida, birinchi navbatda, “buxgalteriya hisobi va operatsion hisob
-kitob
tizimida shakllantiriladigan ma’lumotlar” xizmat qiladi. Bu tizimlar korxonaning faoliyati
haqidagi aniq va ishonchli iqtisodiy ma’lumotlarni taqdim etib, tahlil
jarayonining ilmiy asosda
va aniq bo‘lishini ta’minlaydi.
Ishlab chiqarish salohiyatini baholashda qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatining asosiy
ko‘rsatkichlari tahlil qilinadi. Bu tahlilning asosiy maqsadi —
yer resurslari, biologik aktivlar va
moddiy-texnik baza samaradorligini aniqlash hamda ulardan optimal darajada foydalanish
imkoniyatlarini baholashdir.
Ishlab chiqarish salohiyatini o‘rganish jarayonida yer maydonlari, biologik aktivlar va
korxonalarning moddiy-
texnik bazasi kabi jihatlarga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek,
ishlab chiqarish salohiyatini baholashda mahsuldorlik ko‘rsatkichlari (yer m
aydoni yoki
boshqa resurs birligiga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmi), fond qaytimi (asosiy vositalar
qiymatiga nisbatan ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori), fond sig‘imi (mahsulot birligiga
sarflangan asosiy vositalar qiymati), hamda fondlar rentabelligi (asosiy vositalardan
foydalanish samaradorligining iqtisodiy ko‘rinishi) kabi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.
Tahlil jarayonida avvalo hisoblangan ko‘rsatkichlar asosida yer maydonlari hamda
mashina va texnikalardan foydalanish samaradorligi tahlil qilinadi, so‘ngra ushbu omillarning
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
128
umumiy natijaga ta’siri aniqlanadi. Bu esa “ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish” va
samaradorlikni oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi.
Ishlab chiqarish salohiyatini aniq va ilmiy asosda baholash qishloq xo‘jaligi korxonalarida
resurslardan samarali foydalanishni ta’minlaydi, shuningdek iqtisodiy barqarorlik va
rivojlanish istiqbollarini mustahkamlaydi.
Aylanma kapital tahlili jarayonida ishlab chiqarish zaxiralari miqdori va ularning maqbul
chegarasi aniqlanadi, shuningdek, xomashyo resurslari bilan ta’minlanish darajasi baholanadi.
Bundan tashqari, ishlab chiqarish va sotish faoliyatining samaradorligi tahlil qilinadi. Mahsulot
birligiga ketgan xomashyo va materiallar iste’moli ko‘rsatkichlari hisoblab chiqilib, ularning
ishlab chiqarish hajmi va sotuvlarga ta’siri ilmiy usullar yordamida o‘rganiladi.
Mehnat salohiyatining tahlili kadrlar bo‘limidan olingan ma’lumotlarga asoslanib,
xodimlar soni, yoshi, ta’lim darajasi va kasbiy malakalarini o‘z ichiga oladi. Mehnat
resurslarining sifati va miqdori korxona resurslarini samarali ishlatish va iqtisodiy natijalar
uchun muhim omil sanaladi.
Korxonada mehnat resurslaridan foydalanishni tahlil qilish mehnat salohiyatining
holatini to‘liq va tizimli baholashni talab qiladi. Bu jarayonda kadrlarning barqarorligi, kadrlar
siyosatining samaradorligi, mehnat unumdorligi, ish haqi qaytimi hamda mehnat va ish haqi
sig‘imi kabi ko‘rsatkichlar o‘rganiladi.
Mehnat salohiyatini aniq va to‘g‘ri baholash inson resurslaridan oqilona foydalanish,
ishlab chiqarish jarayonining barqarorligi va iqtisodiy samaradorlikni ta’minlashda muhim
ahamiyatga ega.
Mehnat salohiyatini tahlil qilishda muhim qadamlardan biri
—
mehnat jamoasi va uning
bo‘limlari faoliyatida motivatsiya hamda rag‘batlantirish tizimining samaradorligini
baholashdir. Ushbu tahlil ishchilarning ishga munosabati, mehnat unumdorligiga ta’sir etuvchi
omillar va rag‘batlantirish mexanizmlarining ta’sir darajasini aniqlashga yordam beradi.
To‘g‘ri tashkil etilgan motivatsiya tizimi xodimlarning faoliyatini oshiradi, kadrlarning
barqarorligini ta’minlaydi va umumiy mehnat samaradorligini yaxshilaydi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining iqtisodiy salohiyatini haqqoniy va aniq baholash uchun
ishonchli va tizimlashtirilgan axborot zarur. Bu axborotning asosiy manbai sifatida
buxgalteriya (moliyaviy) hisobotlari xizmat qiladi. Ushbu hisobotlar qonunchilik talablariga
muvofiq tayyorlanib, korxonaning moliyaviy holati, mulk holati, ishlab chiqarish xarajatlari va
foyda ko‘rsatkichlarini aks ettiradi.
Buxgalteriya hisobotining tarkibi quyidagilardan tashkil topadi:
1.
Buxgalteriya balansi
–
korxonaning ma’lum bir sanadagi aktiv va passivlarini,
moddiy va moliyaviy resurslar tarkibi hamda manbalarini ko‘rsatadi. U aktivlarning tuzilishi va
faoliyatning moliyaviy barqarorligini tahlil qilishga xizmat qiladi.
2.
Foyda va zararlar to‘g‘risida hisobot
–
hisobot davrida olingan daromadlar,
qilingan xarajatlar va sof foydani ko‘rsatib, rentabellik darajasini aniqlashga imkoniyat beradi.
3.
Pul mablag‘larining harakati to‘g‘risida hisobot
–
mablag‘lar tushumi va
sarflanishi dinamikasini tahlil qilish orqali likvidlik va to‘lov qobiliyati baholanadi.
4.
Kapital
o‘zgarishi to‘g‘risida hisobot
–
korxonaning o‘z kapitalidagi o‘zgarishlar,
ya’ni ustav fondi, rezervlar va taqsimlangan foyda haqida ma’lumot beradi.
Buxgalteriya hisoboti qishloq xo‘jaligi korxonalarining: “moliyaviy barqarorligi”
(Abdujabborova,2023
); “rentabellik va to‘lov qobiliyati”
(Eshov,2020)
; “resurslardan
foydalanish samaradorligi”
(Tashmatov,2017); ichki zaxiralar va iqtisodiy salohiyatni
aniqlashni ta’minlaydi. Bundan tashqari, ushbu ma’lumotlar asosida strategik rejalashtirish,
investitsion qarorlar qabul qilish va tashqi manfaatdor tomonlar (investorlar, banklar, davlat
tashkilotlari) uchun hiso
botlar tayyorlash imkoni paydo bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining 13.04.2016 yildagi O‘RQ
-404-son
“Buxgalteriya hisobi
to‘g‘risida”gi Qonunining 4
-
moddasida “Buxgalteriya hisobi barcha xo‘jalik operatsiyalarini
yaxlit, uzluksiz, hujjatlar asosida hisobga olish yo‘li bilan buxgalteriya axborotini yig‘ish, qayd
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
129
etish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimidan, shuningdek uning asosida moliyaviy
va boshqa hisobotni tuzishdan iborat” ekanligi qayd etilgan
(
O‘RQ
,2016). Shu bilan bir qatorda,
mazkur qonunning 22-
moddasida “moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi subyektining hisobot
sanasidagi moliyaviy holati, hisobot davridagi faoliyatining moliyaviy natijasi va pul
mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi tizimlashtirilgan axborotdan iborat” ligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari buxgalteriya hisobi
standartlari, shu jumladan kichik tadbirkorlik subyektlari uchun soddalashtirilgan buxgalteriya
hisobini yuritish standarti bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 12.07.2024 yildagi “
Moliyaviy
hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun kontseptual asosni tasdiqlash haqida”gi
buyrug‘i
bilan tasdiqlangan “
Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun Kontseptual asos
”da
“m
oliyaviy hisobotning maqsadi tashkilotning hisobot sanasidagi moliyaviy holati, hisobot
davridagi uning faoliyatini moliyaviy natijasi va pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi
ma’lumotni taqdim etish” ekanligi belgilab berilgan.
1-jadval
Buxgalteriya (moliyaviy) hisobotning asosiy afzalliklari va tahliliy imkoniyatlari
№
Afzalliklar
Tahliliy imkoniyatlar
1
Tizimlilik va davriylik
Buxgalteriya hisobotlari belgilangan vaqt oralig‘ida
tayyorlanadi, bu esa ma’lumotlarni dinamik tahlil qilish,
tendentsiyalar va o‘zgarishlar yo‘nalishini aniqlash imkonini
beradi.
2
Hujjatli asoslanganlik va
ishonchlilik
Har bir moliyaviy operatsiya hujjat bilan tasdiqlanadi, bu esa
ma’lumotlarning aniqligi va yuridik kuchga egaligini
ta’minlaydi.
3
Solishtirma tahlil
imkoniyati
Hisobot ma’lumotlari sohaviy o‘rtacha ko‘rsatkichlar, o‘xshash
faoliyat yurituvchi raqobatchilar bilan taqqoslanib, korxonaning
pozitsiyasi va raqobatbardoshlik darajasini baholash imkonini
beradi.
4
Ichki resurslar tahlili va
samaradorlikni baholash
Balans, foyda va zararlar hisoboti, pul mablag‘lari harakati kabi
shakllar orqali aktivlar, ishlab chiqarish vositalari, mehnat va
moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligi tahlil
qilinadi.
5
Iqtisodiy salohiyat tarkibiy
qismlarining o‘zaro
bog‘liqligini aniqlash
Buxgalteriya ma’lumotlari orqali ishlab chiqarish hajmi,
xarajatlar, foyda va rentabellik darajasi o‘rtasidagi bog‘liqliklar
o‘rganiladi. Bu esa korxona salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha
maqsadli qarorlar qabul qilishga xizmat qiladi.
Shuningdek,
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 06.08.2024 yildagi
“Moliyaviy hisobotni taqdim etish va hisob siyosati”ni tasdiqlash haqida” buyrug‘i bilan
tasdiqlangan
“O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (1
-sonli
BHMS)da
yillik moliyaviy hisobotlar to‘plami buxgalteriya balansi; moliyaviy natijalar
to‘g‘risidagi hisobot; xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot; pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot;
moliyaviy hisobotlarga izohlardan iborat bo‘lishi, shu bilan
bir qatorda, moliyaviy hisobot a)
foydalanuvchilar ehtiyoji uchun ahamiyatli; b) ishonchli bo‘lishi, shu jumladan: tashkilot
moliyaviy holati va faoliyatining barcha natijalarini xolisona ko‘rsatishi; faqat yuridik shakldan
iborat bo‘lmay, hodisa va operatsiyalarning iqtisodiy mohiyatini aks ettirishi; betaraf (beg‘araz)
bo‘lishi va majburiy bo‘lmasligi; betaraflikka zarar yetkazmagan holda ehtiyotkor bo‘lishi;
barcha muhim jihatlari to‘la (tugallangan) bo‘lishi, ya’ni tashkilot xo‘jalik faoliyatining barc
ha
faktlarini to‘la aks ettirishi; v) faoliyati o‘xshash boshqa tashkilotlar moliyaviy hisoboti bilan
taqqoslanadigan bo‘lishi; g) tushunarli bo‘lishi” o‘z aksini topgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
130
Qishloq xo‘jaligi korxonalarida maxsus hisobot shakllari xo‘jalik jarayonlari, ishlab
chiqarish samaradorligi, mehnat resurslaridan foydalanish, mahsulot turlari bo‘yicha sotish va
moliyaviy natijalar to‘g‘risida keng qamrovli ma’lumotlarni taqdim etadi.
Bundan tashqari, hisobotlarda davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab
-quvvatlash, soliq yuki,
biologik aktivlar holati va xarajatlar tarkibi kabi muhim sohalar ham qamrab olinadi. Ushbu
ma’lumotlar tahlil, boshqaruv va rejalashtirish qarorlarini asoslashda muhi
m axborot manbai
hisoblanadi.
Iqtisodiy salohiyatni xolis va samarali baholash uchun korxonaning real faoliyatini aks
ettiruvchi, ishonchli moliyaviy ma’lumotlar zarur. Bu maqsadda
yillik buxgalteriya
(moliyaviy) hisoboti
asosiy axborot manbai bo‘lib xizmat qiladi. Uning tahliliy qiymati nafaqat
hisobotda aks etgan ma’lumotlarning to‘liqligi va tizimliligi, balki tahlil, taqqoslash va
prognozlash imkoniyatlarini yaratishi bilan ham belgilanadi. Buxgalteriya (moliyaviy)
hisobotning asosiy afzalliklari va tahliliy imkoniyatlarini 1- jadva
lda yaqqol ko‘rishimiz
mumkin. “Yillik buxgalteriya hisoboti —
qishloq xo‘jaligi korxonalarining iqtisodiy faoliyatini
chuqur tahlil qilish, ichki va tashqi muhitdagi holatni solishtirma baholash, resurslardan
foydalanish samaradorligini oshirish va strate
gik rejalashtirish uchun asosiy axborot manbai”
hisoblanadi.
Xulosa va takliflar.
Iqtisodiy salohiyatni to‘liq va aniq baholash maqsadida quyidagi asosiy bosqichlar taklif
etiladi:
1.
Axborot bazasini to‘plash va tizimlashtirish.
Korxonaning moliyaviy, ishlab
chiqarish, mehnat, marketing va tabiiy resurslar bo‘yicha ma’lumotlari yig‘ilib, ular
tizimlashtiriladi.
2.
Resurslar salohiyatini baholash.
Yer maydonlari, moddiy-texnik baza, mehnat
resursliri va moliyaviy resurslar holati va sifat ko‘rsatkichlari tahlil qilinadi.
3.
Ishlab chiqarish salohiyatini tahlil qilish
. Asosiy ishlab chiqarish vositalari
samaradorligi, mahsuldorlik, texnologik daraja va ishlab chiqarish jarayonlari tahlil qilinadi.
4.
Moliyaviy holat va iqtisodiy barqarorlikni baholash.
Korxonaning rentabelligi,
likvidligi, qarzdorlik darajasi va moliyaviy barqarorligi ko‘rsatkichlari tahlil qilinadi.
5.
Ichki zaxiralar va rivojlanish imkoniyatlarini aniqlash
. Samaradorlikni oshirish,
resurslarni tejash va yangi investitsiyalar kiritish uchun ichki zaxiralar va zaxiralarni aniqlash.
6.
Risklar va imkoniyatlarni baholash, prognozlashtirish va rejalashtirish.
Moliyaviy, iqtisodiy va tashqi xatarlarni hisobga olgan holda rivojlanish strategiyalari ishlab
chiqiladi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari iqtisodiy salohiyatini tahlil qilish va baholash —
bu
murakkab va ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, uning samarali amalga oshirilishi tadqiqotchi va
amaliyotchi uchun korxonaning strategik ustuvorliklarini aniqlashda muhim ahamiyat kasb
etadi. Bo‘lajak tahlilning asosiy vazifasi —
“korxonaning ichki va tashqi muhitini kompleks
ravishda o‘rganish, resurslardan samarali foydalanish darajasini baholash va iqtisodiy
faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini belgilashdan iborat”.
Birinchi bosqichda axborot bazasini
shakllantirish muhim o‘rin tutadi. Bu bosqichda
korxona faoliyatiga oid e
moliyaviy, texnik, ishchi kuchi va marketing ma’lumotlari yig‘ilib,
tahlilning maqsad va vazifalari aniqlanadi
”
. Ushbu bosqich tahlil jarayonining ilmiy asosini
yaratib, keyingi bosqichlarda qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni ta’minlaydi.
Ikkinchi bosqichda ishlab chiqarish salohiyatini tahlil qilish orqali yer resurslari, biologik
aktivlar, texnika va mehnat resurslarining holati, ularning samaradorligi va integratsiya
darajasi o‘rganiladi. Bu yerda resurslardan noo‘rin foydalanish yoki bo
shqaruvning
samarasizligi ishlab chiqarish potentsialiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi aniqlanadi.
Shuningdek, biologik potentsialning o‘zgaruvchanligi va unga bog‘liq xatarlar hisobga olinadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
131
Uchinchi bosqich
—
moliyaviy salohiyatni baholash. Bu bosqichda korxonaning moliyaviy
barqarorligi, kapital oqimlari, daromaddorligi va investitsiya imkoniyatlari tahlil qilinadi.
Moliyaviy tahlil
“
boshqaruvning strategiya va qarorlarini moliyaviy jihatdan asoslashda
”
muhim rol o‘ynaydi hamda iqtisodiy salohiyatning uzluksiz rivojlanishiga xizmat qiladi.
To‘rtinchi bosqichda boshqaruv va bozor salohiyati tahlili amalga oshiriladi. Ushbu
bosqichda korxonaning strategik boshqaruv qobiliyati, raqobatbardoshligi, marketing faoliyati
va bozordagi pozitsiyasi tahlil etiladi. Boshqaruvning sifatli tizimi va moliyaviy boshqaruv
vositalari (operatsion, moliyaviy ro‘chaglar, kapital qiymati va h.k.) korxonaning bozordagi
mustahkam o‘rnini ta’minlaydi.
Beshinchi bosqich esa
“
integral baholash
”
dan iborat bo‘lib, u yerda oldingi bosqichlardagi
tahlil natijalari umumlashtiriladi, korxonaning iqtisodiy salohiyatining murakkab
ko‘rsatkichlari aniqlanadi, tahlildagi kamchiliklar va imkoniyatlar bayon qilinadi hamda
rivojlanish strategiyalari ishlab chiqiladi. Bu bosqichda ilmiy-amaliy tavsiyalar tayyorlanadi,
ular korxonaning barqaror va samarali faoliyatini ta’minlashga qaratilgan.
Shu tariqa, qishloq xo‘jaligi korxonalari iqtisodiy salohiyatini tahlil qilishning bosqichli va
tizimli yondashuvi resurslarni kompleks baholash
va boshqaruv jarayonlarining o‘zaro
bog‘liqligini o‘rganishga yordam beradi. Bu esa korxonaning iqtisodiy barqarorligi,
raqobatbardoshligini oshirish va ijobiy strategik rivojlanishini ta’minlashda muhim ilmiy asos
sifatida xizmat qiladi.
Adabiyotlar/Литература/References:
Antoshchenkova V. (2020) Main elements of the resource potential of agricultural
enterprises as the basis of economic and food security //Ekonomichnyy analiz.
–
Т
. 30.
–
№. 3. –
С
.
291-298.
Matyja M. (2016) Resources based factors of competitiveness of agricultural enterprises
//Management.
–
Т
. 20.
–
№. 1. –
С
. 368.
Samakhavets M. P. (2024) Financial Potential of Agricultural Business of the Republic of
Belarus in Trade with the Russian Federation //Regionalnaya ekonomika. Yug Rossii.
–
С
. 103-
114.
Skrynkovskyy R. et al. (2019) Improvement of the system of indicators for the efficiency
evaluation of the production capacity of industrial enterprises //
Технологический
аудит
и
резервы
производства
.
–
Т
. 2.
–
№. 4 (46). –
С
. 49-51.
Viacheslavna Z. O., Anatolievna O. J. (2020) Business activity of agricultural enterprises.
Problems and solutions //Азимут научных исследований: экономика и управление. –
Т. 9. –
№.
4 (33).
–
С
. 151-153.
Yekimov S. et al. (2021) Building the potential of an agricultural enterprise //IOP
Conference Series: Earth and Environmental Science.
–
IOP Publishing.
–
Т
. 677.
–
№. 2. –
С
.
022075.
Абдувохидов
,
Акмал
, et al. (2022) "
Қишлоқ
хўжалигида
иқтисодий
ўсиш
сифатини
аниқлаш
ва
унинг
кўрсаткичлари
таҳлили
."
Iqtisodiyot va taʼlim
23.4: 16-31.
Абдужаборова
М
. (2023)
Хўжалик
юритувчи
субъектларда
молиявий
барқарорлик
таҳлилини
ташкил
этиш
//Iqtisodiyot va taʼlim. –
Т
. 24.
–
№.
5.
–
С. 197
-200.
Абдумуротов Ш. (2021) Корхоналарни ривожлантиришда корхоналарнинг молиявий
ҳолати таҳлилининг ўрни //Экономика и инновационные технологии. –
№. 3. –
С. 42
-48.
Бочаров В. П., Круглов А. А. (2010) Организационные аспекты экономического
анализа производственного потенциала //Современная экономика: проблемы и решения.
–
Т. 10. –
С. 73
-82.
Жалилов Б. (2019) Корхоналар иқтисодий фаолиятини самарали ташкил этишнинг
муаммолари ва тизимли таҳлили //Экономика и инновационные технологии. –
№. 3. –
С.
183-191.
Кочарян Я. М. (2016) Методическое обеспечение экономического анализа в
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
132
агрохолдингах //Кластерные инициативы в формировании прогрессивной структуры
национальной экономики. –
С. 140
-143.
Курьянов А. В., Дубовик А. С., Варганова С. Е. (2019) Оценка производственного
потенциала предприятий АПК //Наука и образование. –
Т. 2. –
№. 2.
Миркомилов М. (2022) Саноат корхоналарининг ишлаб чиқариш салоҳиятидан
самарали
фойдаланишнинг
асосий
жиҳатлари:
https://doi.
org/10.55439/ECED/vol23_iss3/a44 //Iqtisodiyot va taʼlim. –
Т. 23. –
№. 3. –
С. 285
-290.
Насибов З. Н. (2008) Анализ производственного потенциала АПК //Проблемы
экономики и юридической практики. –
№. 4. –
С. 272
-274.
Носирова Н. (2021) Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик субъектларининг экспорт
салоҳиятини ошириш //
Iqtisodiyot va ta
ʼ
lim
. №. 5. С. 309
-315.
Нурманов К. (2024) Международный опыт ведения стратегического
управленческого учета и возможности его применения в рисовой отрасли
//Экономическое развитие и анализ. –
Т. 2. –
№. 10. –
С. 398
-405.
Пардаевич Қ. Б. (2023) Корхоналарда маҳсулот ишлаб чиқариш ҳажми таҳлилини
такомиллаштириш масалалари.
Issues of improving the analysis of the volume of production
at enterprises //
ОБРАЗОВАНИЕ
НАУКА
И
ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ
В
МИРЕ
.
–
Т
. 13.
–
№.
7.
–
С
. 42-49.
Пласкова Н. С. (2018) Развитие методологии экономического анализа в цифровой
экономике //Учет. Анализ. Аудит. –
Т. 5. –
№. 2. –
С. 36
-43.
Сальников С. Г., Тухина Н. Ю. (2018) Системы информационного обеспечения в АПК:
анализ разработок и внедрений //Вестник МГЭИ (on line). –
№. 2. –
С. 30
-37.
Скобара В. В., Подкопаев В. В. (2014) Анализ производственного потенциала
предприятий //Ученые записки Российской академии предпринимательства. –
№. 41. –
С.
279-289.
Тожибоева Ш., Махкамбоев К., Ташпулатова Г. (2021) Иқтисодий салоҳиятнинг
айланма маблағлар билан боғлиқ кўрсаткичлари таҳлили //Iqtisodiyot va taʼlim. –
№. 5. –
С. 205
-210.
Умаров И. Ю. (2018) Ўзбекистон Республикасида озиқ
-
овқат маҳсулотларини ишлаб
чиқариш салоҳияти //Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон
журнали. –
Т. 6. –
С. 1
-8.
Шаниязова З. (2023) Қишлоқ хўжалиги корхоналарини давлат томонидан
молиялаштиришда замонавий усулларни қўллаш методологияси //Страховой рынок
Узбекистана. –
Т. 1. –
№.
3.
–
С
. 23-25.
Юсов В. С., Блинов О. А. (2013) Применение кластерного анализа для оценки
экономических показателей сельскохозяйственных предприятий //Вестник Омского
государственного аграрного университета. –
№.
2 (10).
–
С
. 82-84.
