Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
95
TEMIR Y
O‘
L TRANSPORT TIZIMINING IQTISODIY SAMARADORLIK TUSHUNCHASI VA
UNI BAHOLASH KO
‘
RSATKICHLARI
PhD, dots.
Raximov Xasan
University of Business and Science
ORCID: 0009-0003-3981-4626
Annotatsiya.
Mazkur maqolada temir yo‘l transport tizimining iqtisodiy samaradorligi
tushunchasi va uning nazariy asoslari batafsil yoritilgan. Transport xizmatlarining iqtisodiy
samaradorligi transport resurslaridan oqilona foydalanish va milliy iqtisodiy o‘sishga ijobiy ta’sir
ko‘rsatish qobiliyatini ifodalaydi. Ushbu maqolada xalqaro va mahalliy tajribalarning muhim
jihatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, iqtisodiy samaradorlikni baholash uchun qo‘llaniladigan
asosiy ko‘rsatkichlar va mezonlar aniqlangan. Tadqiqot natijalari temir yo‘l transport tizimini
rivojlantirishga qaratilgan strategiyalarni ishlab chiqishda muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Maqolada iqtisodiy samaradorlik tushunchasi va uni baholashning zamonaviy yondashuvlari
tahlil qilingan.
Kalit soʻzlar:
temir yo‘l transport tizimi, iqtisodiy samaradorlik, logistika, ekologik
barqarorlik, texnologik innovatsiyalar, transport xizmatlari.
ПОНЯТИЕ
ЭКОНОМИЧЕСКОЙ
ЭФФЕКТИВНОСТИ
ЖЕЛЕЗНОДОРОЖНОЙ
ТРАНСПОРТНОЙ
СИСТЕМЫ
И
ПОКАЗАТЕЛИ
ЕЕ
ОЦЕНКИ
PhD,
доц
.
Рахимов
Хасан
University of Business and Science
Аннотация
.
В данной статье подробно рассматривается понятие экономической
эффективности железнодорожной транспортной системы и его теоретические основы.
Экономическая эффективность транспортных услуг представляет собой рациональное
использование транспортных ресурсов
и способность оказывать положительное
влияние на рост национальной экономики. В данной статье рассматриваются важные
аспекты международного и отечественного опыта. Также определяются основные
показатели и критерии, используемые для оценки экономической эффективности.
Результаты исследования служат важной научной основой для разработки стратегий,
направленных на развитие железнодорожной транспортной системы. В статье
анализируется понятие экономической эффективности и современные подходы к ее
оценке.
Ключевые слова:
железнодорожная
транспортная система, экономическая
эффективность, логистика, экологическая устойчивость, технологические инновации,
транспортные услуги.
UO‘K:
316.776.3
VI SON - IYUN, 2025
95-101
00
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
96
THE CONCEPT OF ECONOMIC EFFICIENCY OF THE RAILWAY TRANSPORT SYSTEM AND
ITS ASSESSMENT INDICATORS
PhD, assoc. prof.
Rakhimov Khasan
University of Business and Science
Abstract.
This article discusses in detail the concept of economic efficiency of the railway
transport system and its theoretical foundations. The economic efficiency of transport services
represents the rational use of transport resources and the ability to have a positive impact on
national economic growth. This article reviews important aspects of international and local
experience. It also identifies the main indicators and criteria used to assess economic efficiency.
The results of the study serve as an important scientific basis for developing strategies aimed at
developing the railway transport system. The article analyzes the concept of economic efficiency
and modern approaches to its assessment.
Keywords:
railway transport system, economic efficiency, logistics, environmental
sustainability, technological innovations, transport services.
Kirish.
Temir yo‘l transport tizimining iqtisodiy samaradorligi –
bu transport xizmatlari orqali
erishiladigan iqtisodiy foyda va uning natijalari o‘rtasidagi nisbatni ifodalovchi muhim
mezondir. Ushbu tizim iqtisodiyotning asosiy infratuzilma tarmoqlaridan biri b
o‘lib, transport
sohasining samaradorligini oshirish orqali milliy iqtisodiyotni yanada rivojlantirish imkoniyati
mavjud. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
(2020)
o‘zining ma’ruzalarida
transport sohasining rivojlanishiga katta e’tibor qaratgan holda ta’kidlaganlaridek:
“Mahsulotlarimizni ichki va tashqi bozorlarga yetkazish, ularning tannarxini tushirish uchun
transport-logistika sohasini rivojlantirishimiz zarur.
Temir yo‘l sohasida yo‘lovchi va yuk
tashish, ekspluatatsiya va xizmat ko‘rsatishni bir
-
biridan ajratish, ya’ni tabiiy monopoliya
qismini alohida, xususiy sektorni jalb qilish mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarni alohida
rivojlantirish lozim” Bundan ko‘rinib turibdiki, temir yo‘l transport tizimini
takomillashtirishning milliy iqtisodiyot uchun dolzarb va strategik ahamiyatini ochib beradi.
Shu sababli, temir yo‘l transportining iqtisodiy samaradorligini tahlil qilish va uni iqtisodiy
samaradorligini oshirish yo‘llarini izlash muhim vazifa hisoblanadi.
Albatta ushbu tadqiqot temir yo‘l transport tizimini takomillashtirishning milliy
iqtisodiyot uchun dolzarb va strategik ahamiyatini ochib beradi. Xususan, iqtisodiy
samaradorlikni oshirish bo‘yicha samarali strategiyalarni ishlab chiqish davlat va jamiyat
oldida turgan ustuvor vazifalardan biridir. Transport xizmatlarining sifatini oshirish orqali
mintaqaviy integratsiya jarayonlariga ham hissa qo‘shish mumkin. Shu maqsadda, temir yo‘l
transporti milliy iqtisodiy strategiyaning muhim qismi sifatida qaralmoqda. Shu bilan birga,
resurslardan oqilona foydalanish, logistika va texnologik innovatsiyalarni joriy etish orqali
tizimning iqtisodiy samaradorligini sezilarli darajada oshirishga erishish mumkin.
Adabiyotlar sharhi.
Temir yo‘l transportining samaradorligini baholashga doir ko‘plab tadqiqotlar mavjud.
Xorijiy olimlardan transport tizimlarining raqobatbardoshligini oshirishga oid tadqiqotlar olib
brogan
Weber
(2021)
"Raqamli logistika tizimlari va ularning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri"
maqolasida Germaniya tajribasini asos qilib olib, logistika va transport infratuzilmasining
innovatsion rivoji yuzasidan chuqur tahliliy ishlar olib borib, raqamli logistika tizimlarini keng
joriy etish orqali samaradorlikni oshirishni tavsiya etadi.
Professor Smith (2022)
"Yashil
transport: ekologik va iqtisodiy yondashuvlar" tadqiqotida AQSh tajribasini yoritib, ekologik
barqarorlik va iqtisodiy samaradorlikni uyg‘unlashtirish uchun yashil transport
texnologiyalarini joriy etishni taklif qiladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
97
MDH davlatlari orasida Rossiya olimlari logistika jarayonlarini avtomatlashtirish va
ekologik barqarorlikni oshirish borasida ilg‘or tadqiqotlarni amalga
oshirmoqda.
Ivanov
(2019)
"Transport logistikasida raqamli
texnologiyalarni qo‘llash" nomli tadiqot ishida temir
yo‘l transporti uchun raqamli texnologiyalarni joriy etish va avtomatlashtirilgan boshqaruv
tizimlarini qo‘llashni tavsiya qiladi.
Petrov
"Transport tizimlarining ekologik samaradorligini
oshirish" iqtisodiy samaradorlikni baholashda xarajatlarning minimal darajasiga erishish va
ekologik mezonlarni inobatga olish muhimligini ta’kidlaydi.
Mahalliy tadqiqotchilar, masalan, O‘zbekistondagi iqtisodiy masalalar bo‘yicha olimlar
transport xizmatlarining tannarxi, texnologik jarayonlarning optimalligi va infratuzilmaning
ishlash samaradorligini o‘rganishga qaratilgan izlanishlar olib bormoqda. Ma
salan:
Toirovning (2021)
"O‘zbekiston iqtisodiyotida transport sektorining samaradorligi" nomli
ilmiy maqolasida
Temir yo‘l transport infratuzilmasining iqtisodiy samaradorligini oshirish
uchun transport xarajatlarini optimallashtirish va yangi texnologiyalarni joriy etishni taklif
qiladi.
Karimov (2020)
"Logistika xizmatlarini rivojlantirish orqali iqtisodiy samaradorlikni
oshirish" nomli monografiyasida
logistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va xalqaro
hamkorlikni kengaytirish orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirish yo‘llarini ko‘rsatgan.
Tadqiqotimizda ushbu olimlarning ishlarini o’rgangan holda o’zimizning quyidagi
fikrlarimizni keltirib o’tamiz.
Temir yo‘l transport tizimining iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun yangi
texnologiyalarni keng joriy qilish va raqamli boshqaruv tizimlarini rivojlantirish zarurligi.
Xalqaro hamkorlikni mustahkamlash orqali mintaqaviy logistika markazlarini tashkil
etish va ularni samarali boshqarish lozimligi.
Mahalliy sharoitlarga moslashgan yashil transport texnologiyalarini ishlab chiqish va
joriy qilish bilan birga, ekologik barqarorlikni ta’minlash choralari ko‘rilishi kerak.
O‘zbekistonda transport xarajatlarini kamaytirish va xizmat sifatini oshirish uchun
logistik infratuzilmaga innovatsion yechimlarni tatbiq etish zarurligi ushbu masalalarni hal
etish tadqiqotimizning oldida turgan aosiy vazifalarimiz ekanligidan dalolat beradi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Iqtisodiy samaradorlik
—
bu iqtisodiyotda resurslardan foydalanish samaradorligini
aniqlovchi asosiy tushunchadir. Ko‘rsatkichlarni tahlil qilish orqali mavjud infratuzilmaning
samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi imkoniyatlar aniqlanadi. Bu o‘z navb
atida, energiya
va kapital kabi cheklangan resurslardan oqilona foydalanish imkonini beradi. Tahlil natijalari
transport tizimiga zamonaviy texnologiyalarni kiritish uchun asos bo‘lishi, elektrlashtirilgan
yo‘llar ulushini oshirish yoki raqamli boshqaruv t
izimlarini joriy etish orqali samaradorlikni
sezilarli darajada oshirish mumkinligini ko‘rsatib beradi. Samaradorlik ko‘rsatkichlarini
o‘rganish ekologik mezonlarni inobatga olish va yashil transport texnologiyalarini
rivojlantirish uchun muhim yo‘nalishlarni belgilashga, ko‘rsatkichlar asosida tizimning
iqtisodiy samaradorligi oshirilganda, investorlar uchun yanada jozibador bo‘lishini ta’minlaydi.
Bu davlat va xususiy sektor hamkorligini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ko‘rsatkichlarni chuqur
o‘rganish temir yo‘l transporti sohasida strategik rejalar va dasturlarni ishlab chiqishda
mustahkam ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Temir yo‘l transporti tizimida iqtisodiy samaradorlik transport xizmatlari orqali
yaratilgan iqtisodiy foyda va resurslardan foydalanish natijalarini o‘zaro taqqoslash orqali
aniqlanadi. Ushbu tushuncha o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
Iqtisodiy foyda:
Temir yo‘l orqali yuk va yo‘lovchi tashish orqali olingan sof
iqtisodiy
daromad.
Samaradorlik mezonlari:
Tashiladigan yuklar tannarxi, yo‘lovchi tashish xarajatlari va
xizmatlar sifati kabi omillar.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
98
1-jadval
Iqtisodiy samaradorlikni aniqlashda qo‘llaniladigan asosiy ko‘rsatkichlar
№
Asosiy k
o‘rsatkich
lar
Tavsifi
1.
Tashish hajmi va
daromadi
Tashilgan yuklar va yo‘lovchilardan olingan daromadlar natijasida
foyda darajasi
2.
Energiya samaradorligi
Elektrlashtirilgan yo‘llar ulushi va energiya sarfi
3.
Kapital samaradorligi
Transport infratuzilmasiga qilingan investitsiyalar va undan olingan
foyda nisbati
4.
Ishlab chiqarish
samaradorligi
Temir yo‘l tizimida ishlovchilarning samaradorligi va jarayonning
avtomatlashtirilganlik darajasi
Yuqoridagi omillarni hisobga olgan holda, iqtisodiy samaradorlikni baholash
ko‘rsatkichlarini tizimli o‘rganish mamlakatimiz temir yo‘l transport tizimining
samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi eng muhim vositalardan biri hisoblanadi.
2-jadval
O‘zbekiston Respublikasidagi temir yo‘l
transport tizimining 2015
–
2023 yillar holati
tahlili
Asosiy k
o‘rsatkichlar
2015
yil
2018
yil
2021
yil
2023
yil
Yuk tashish hajmi (mln. tonna)
67,2
68,4
72,0
73,7
Yo‘lovchi tashish hajmi (mln. kishi)
7,2
6,4
8,1
9,7
Transport xizmatlari daromadi (
mlrd. so‘m)
1200
1600
2100
2700
Tizimdagi energiya iste’moli (ming ton yoqilg‘i
ekvivalentida)
850
820
780
700
Texnologik uskunalar yangilanishi (%)
15
30
50
70
Logistika jarayonlarining avtomatlashtirilish darajasi
(%)
10
25
45
65
Manba:
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi rasmiy sayti ma’lumotlari asosida
muallif tomonidan tayyorlandi.
2-
jadvalda keltirilgan ma’lumotlaridan ko’rishimiz mumkinki 2023
-
yilda temir yo‘l orqali
73,7 million tonna yuk tashilgan, bu 2022-
yilga nisbatan 100,3% o‘sishni tashkil etadi.
2023-
yilda temir yo‘l transporti xizmatidan 9,7 million yo‘lovchi foydalangan, bu 2022
-yilga nisbatan
694,7 ming kishiga ko‘pdir. 2023
-
yilda temir yo‘l transporti xizmatlaridan 10,6 trillion so‘m
daromad olingan, bu 2022-
yilga nisbatan 12% o‘sishni ko‘rsat
adi. 2023-
yil yakunlariga ko‘ra,
temir yo‘l tarmog‘ining elektrlashtirilgan yo‘
llar ulushi 35,2% ni tashkil etgan.
Respublika bo
‘
yicha umumiy iqtisodiy samaradorlik 2015-yildan 2023-yilgacha davrda
barqarorlikni saqlagan bo
‘
lsa-da, ayrim yillarda o
‘
zgarish kuzatilgan. Jumladan, 2021-yilda
yuqori ko‘rsatkichga (115,7) erishilgan bo‘lsa, 2023
-
yilda bu ko‘rsatkich nisbatan pasaygan
(107,2). Qoraqalpog‘iston Respublikasi
2015-yildan 2021-yilgacha iqtisodiy samaradorlikning
yuqori o‘sish sur’atlarini namoyish etgan, ammo 2023
-yilda sezilarli pasayish kuzatilgan
(102,9). Andijon va Namangan viloyatlari barqaror o‘sish sur’atlarini saqlab qolgan, xususan,
Namangan viloyatida 2023-
yilda iqtisodiy samaradorlik eng yuqori ko‘rsatkichga (114,3)
erishgan. Toshkent shahri o‘zining barqaror rivojlanishi bilan ajralib turadi. Xususan, 2023
-
yilda bu hududning ko‘rsatkichi 116,3 ga yetgan bo‘lib, bu boshqa hududlarga nisbatan yuqori
ko
‘rsatkichdir.
Ijobiy tendensiyalar: Toshkent shahri va Namangan viloyatida barqaror va yuqori o‘sish
kuzatilgan. Buning sabablaridan biri sifatida ushbu hududlarda transport xizmatlari sifatining
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
99
oshirilishi, yangi texnologiyalarning keng joriy etilishi va logistika infratuzilmasining
yaxshilanishini ko‘rsatish mumkin. Elektrlashtirilgan yo‘llar ulushining oshishi butun
mamlakat bo‘ylab iqtisodiy samaradorlikni oshirishga xizmat qilgan.
3-jadval
O‘zbekiston Respublikasidagi transport xizmatlarning 2015
-
2023 yillar bo‘yicha
o‘zgarish sur’atlari (oldingi yilga nisbatan, foizda)
Hududlar
2015
2018
2021
2023
O‘zbekiston Respublikasi
104,3
104,5
115,7
107,2
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
116,2
117,6
130
102,9
Andijon viloyati
118,6
102,4
109,7
107,5
Buxoro viloyati
113
105,2
118,1
108
Jizzax viloyati
114,7
102,7
115,8
112,9
Qashqadaryo viloyati
115,3
103,5
122,3
107,6
Navoiy viloyati
117,7
104,4
122,3
103,9
Namangan viloyati
118,7
104,9
123,6
114,3
Samarqand viloyati
113,7
105,4
124,3
108,5
Surxondaryo viloyati
114,4
102
116,3
114,4
Sirdaryo viloyati
118,5
110
102,1
102,6
Toshkent viloyati
107,5
100,5
117,5
106,8
Farg‘ona viloyati
115,4
103,1
123,3
110,7
Xorazm viloyati
115
102,9
116,4
104,1
Toshkent shahri
106,5
113,4
113,3
116,3
Manba:
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi rasmiy sayti ma’lumotlari asosida
muallif tomonidan tayyorlandi.
Salbiy tendensiyalar: Sirdaryo va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2023
-yilda iqtisodiy
samaradorlikning sezilarli pasayishi kuzatilgan. Bu hududlarda transport infratuzilmasi va
xizmatlarning yetarli darajada rivojlanmagani kuzatilgan bo‘lishi mumkin.
Yuk tashish hajmining o‘sishi iqtisodiyotning transport sohasiga bo‘lgan talabining
ortishini aks ettiradi. Yo‘lovchi tashish hajmining oshishi transport xizmatlarining sifatini
yaxshilash va yangi yo‘nalishlarning joriy etilishi bilan bog‘liq. Transport x
izmatlaridan tushgan
daromadlarning ortishi iqtisodiy samaradorlikning yaxshilanishiga dalolat beradi.
Elektrlashtirilgan yo‘llar ulushining oshishi ekologik barqarorlikni ta’minlashga xizmat
qilmoqda.
Temir yo‘l transport tizimining samaradorligi asosan texnologik yangilanishlarga bog‘liq.
Ilmiy tahlillar shuni ko‘rsatadiki, yuqori texnologiyali transport vositalari ekspluatatsion
xarajatlarni kamaytirib, xizmat sifatini oshiradi. Masalan, Yevropada qo‘
llanilayotgan
avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari temir yo‘l transportining tezligini 15
-20% oshirishga
imkon berdi.
Logistika jarayonlarining samaradorligi transport tizimining iqtisodiy rentabelligiga
to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. Xalqaro tajriba asosida, raqamli logistika tizimlarini joriy
etish xarajatlarni o‘rtacha 10
-12% kamaytiradi va tranzit vaqtini qisqartiradi.
Temir yo‘l transportining ekologik foydasi boshqa transport turlariga nisbatan yuqori,
ammo bu borada yangi ekologik standartlar va yashil texnologiyalarni qo‘llash iqtisodiy
samaradorlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Xususan, Germaniyada “yashil energiya”
asosida
ishlaydigan poyezdlarning qo‘llanilishi bilan tizimning umumiy xarajatlari 8% ga kamaydi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
100
Demak bizda ham ushbu tizimning qo‘llanilishi tizimidagi umumiy xarajatlar ulushuni sezilarli
darajada kamaytirishga asos bo‘ladi deya olamiz.
Resurslarni tejash va oqilona foydalanish masalalari milliy va xalqaro tadqiqotlarda
asosiy mavzu bo‘lib qolmoqda. Yoqilg‘i va energetika resurslarini tejash orqali transport
tizimining samaradorligini oshirish mumkinligi amaliy tajribalar bilan tasdiqlangan.
Yuqoridagi natijalar O‘zbekiston sharoitida temir yo‘l transportining iqtisodiy
samaradorligini oshirishda ilg‘or tajribalarni joriy etishning ahamiyatini yana bir bor
tasdiqlaydi. Shu bilan birga, mahalliy sharoitlarga moslashtirilgan strategiyalarni ishlab chiqish
zarurati paydo qiladi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
O‘zbekiston Respublikasining temir yo‘l transport tizimi so‘nggi yillarda sezilarli darajada
o‘sishni boshdan kechirdi. 2015
-2023-
yillar davomida yuk va yo‘lovchi tashish hajmi,
shuningdek, elektrlashtirilgan yo‘llar ulushi doimiy ravishda oshib bordi. Ush
bu
muvaffaqiyatlar texnologik modernizatsiya, infratuzilma loyihalarini amalga oshirish va davlat
siyosatining to‘g‘ri yo‘naltirilganligining natijasidir.
Transport tizimining iqtisodiy samaradorligini oshirishda zamonaviy texnologiyalarni
joriy etish va logistika jarayonlarini optimallashtirishning ahamiyati katta. Shu bilan birga,
xalqaro tajriba va texnologiyalarni milliy sharoitlarga moslashtirish orqali yanada samarali
boshqaruv tizimlarini yaratish mumkin. Bundan tashqari, ekologik barqarorlik va yashil
transport texnologiyalarini rivojlantirish O‘zbekiston temir yo‘l tizimining uzoq muddatli
barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Moliyaviy resurslarning oqilona taqsimlanishi, xizmat sifati va mijozlar talablariga javob
beradigan innovatsion yechimlarning tatbiq etilishi temir yo‘l transport tizimini yanada
raqobatbardosh qilish imkonini beradi. Xalqaro savdo hajmining oshishi va mintaqaviy
integratsiya jarayonlarida temir yo‘l tizimining o‘rni ortib borayotganini hisobga olgan holda,
ushbu sektorni rivojlantirish strategiyalari ustuvor bo‘lishi lozim.
Bundan tashqari, 2024-
yil yakunlariga oid “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hisobotlari
asosida tahlillar shuni ko‘rsatadiki, infratuzilmalarni yangilash va transport tizimini
modernizatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilgan loyihalar sezilarli natijalar ber
gan. Xususan,
yangi elektrlashtirilgan yo‘llar ulushining 45,1% ga yetgani va yuk tashish hajmining sezilarli
oshishi davlat investitsiyalari va xususiy sektor ishtirokining ahamiyatini ko‘rsatmoqda. Ushbu
jarayonlarda resurslarni samarali taqsimlash va transport koridorlarini optimallashtirish
orqali qo‘shimcha iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.
Xulosa va takliflar.
Temir yo‘l transport tizimining iqtisodiy samaradorligi yuk va yo‘lovchi tashish hajmi,
infratuzilmaning texnologik rivojlanishi, energiya samaradorligi va investitsiyalarning oqilona
taqsimlanishi kabi omillar bilan chambarchas bog‘liq.
MDH mamlakatlari va xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalari temir yo‘l transport tizimini
modernizatsiya qilishda muhim rol o‘ynaydi. Xususan, raqamli boshqaruv tizimlari va ekologik
barqaror transport texnologiyalari bu borada yetakchi yo‘nalish hisoblan
adi.
O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l tizimining iqtisodiy samaradorligini oshirish
maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:
Infratuzilmani modernizatsiya qilish
: Temir yo‘l transportida zamonaviy
texnologiyalarni keng joriy qilish. Jumladan, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari va
elektron logistika platformalarini rivojlantirish. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Sirdaryo
viloyatlarida infratuzilmani modernizatsiya qilish uchun davlat investitsiyalarini oshirish.
Yashil transport texnologiyalari
: Ekologik barqarorlikni oshirish uchun yashil
transport texnologiyalarini joriy qilish. Bu, ayniqsa, katta miqdorda yuk tashuvchi temir yo‘l
transportida qo‘llanishi mumkin.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
101
Mintaqaviy logistika markazlari
: Logistika xizmatlarini takomillashtirish maqsadida
mintaqaviy transport markazlarini tashkil etish. Bu xalqaro savdo hajmini oshirishda muhim
rol o‘ynaydi.
Transport xizmatlari sifatini oshirish
: Xalqaro standartlarga mos keluvchi xizmat
ko‘rsatish tizimini yaratish. Xususan, yo‘lovchi tashish xizmatlarini sifat jihatidan
takomillashtirish.
Tahlillarni kuchaytirish
: Transport tizimining har bir bo‘g‘inida iqtisodiy
samaradorlikni aniqlash va muntazam ravishda baholash uchun ilg‘or iqtisodiy model va
uslublardan foydalanish.
Xususiy sektor ishtiroki
: Temir yo‘l transportida xususiy sektorni jalb
etish uchun qulay
sharoitlar yaratish va davlat-xususiy sheriklik loyihalarini rivojlantirish.
Ta’lim va kadrlar tayyorlash
:Transport sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash
uchun oliy ta’lim tizimiga zamonaviy o‘quv dasturlarini joriy qilish.
Yuqoridagi xulosalar va takliflar amalga oshirilsa, O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l
transport tizimining iqtisodiy samaradorligi sezilarli darajada oshishi va milliy iqtisodiyotni
rivojlantirishda muhim omil bo‘lishi kutilmoqda.
Adabiyotlar/Литература/References:
Farmon (2020) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2020
-
2030 yillarda O‘zbekiston
Respublikasining transport strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoni. PQ–
4702-son, 2020-
yil 5-may. https://lex.uz
Farmon (2022) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston temir yo‘llarini
elektrlashtirish va modernizatsiya qilish dasturini amalga oshirish haqida»gi farmoni. PQ
–
5182-
son, 2022-yil 17-may. https://lex.uz
John Smith. (2022) Sustainable Transport Technologies and Enhancing Economic Efficiency
// Journal of Sustainable Transportation.
–
Vol. 15.
–
№3. –
Pp. 98
–
112.
Karimov B.T. (2020) Logistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va xalqaro hamkorlikni
kengaytirish orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirish // Milliy iqtisodiy tadqiqotlar. №3. B. 34–
48.
Klaus Weber. (2021) Innovations in Transport Infrastructure Development: Experience from
Germany // German Transport Research Journal.
–
Vol. 12.
–
№4. –
Pp. 67
–
85.
mift.uz (n.d.) O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi rasmiy sayti:
mintrans.uz (n.d.) O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sayti: mintrans.uz
Murojaatnomasi (2020) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev. Oliy Majlisga
murojaatnomasi. https://president.uz/uz/lists/view/3324
Qaror (2021) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi transport
infratuzilmasini kompleks rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori. PQ–
4822-son,
2021-yil 3-avgust. https://lex.uz
railway.uz (n.d.) “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy sayti:
stat.uz (n.d.) O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi rasmiy sayti:
Toirov S.R. (2021) Temir yo‘l infratuzilmasining iqtisodiy samaradorligi: transport
xarajatlarini optimallashtirish va yangi texnologiyalarni joriy etish // O‘zbekiston iqtisodiyoti va
transport.
–
№4. –
B. 45
–
58.
Иванов А.А. (2019) Внедрение цифровых технологий и автоматизированных систем
управления в железнодорожном транспорте // Журнал исследований транспорта
России. –
Т. 7. –
№2. –
С. 24–
38.
Петров Б.В. (2020) Оценка экономической эффективности с учетом минимизации
затрат и экологических критериев // Логистика и транспортные системы. –
№5. –
С. 15–
30.
