www.e-itt.uz I SON. 2023
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, may
21
SOLIQDAN QOCHISHDA YASHIRIN IQTISODIYOTNI KAMAYTIRISH VA ULARGA
OID IQTISODIY-HUQUQIY CHORALAR TAHLILI
Axmedov Feruz Baxodirovich
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, PhD
Annotasiya.
Mazkur maqolada respublikamizda so‘ngi yillarda mamlakatda soliq va moliya
sohalarida tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, investitsiya muhitini
yaxshilash hamda biznes doiralarning ishonchini yanada mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli
islohotlar yoritilgan. Shu bilan birga, iqtisodiyotda yashirin aylanma savdo va umumiy ovqatlanish,
avtotransportda tashish, uy-
joy qurilishi va ta’mirlash, turarjoy xizmatlarini ko‘rsatish kabi sohalar
o‘rganilib, xorij tajribasi, mamlakatimizda uni qo‘llash bo‘yicha ilmiy
-amaliy xulosa va takliflar
shakllantirilgan.
Kalit so‘zlar:
soliq tushumlari, tahlika-tahlil, xavflar, samaradorlik, raqamli platforma, usullar va
vositalar, ilg‘or axborot
- kommunikasiya texnologiyalari, tahlil, optimallashtirish, soliq imtiyozlari, soliq
stavkasi.
АНАЛИЗ ЭКОНОМИЧЕСКИХ И ПРАВОВЫХ МЕР ПО СНИЖЕНИЮ СКРЫТОЙ
ЭКОНОМИИ ПРИ УКЛОНЕНИИ ОТ УПЛАТЫ НАЛОГОВ
Ахмедов Феруз Баходирович
Ташкентский государственный экономический университет, к.э.н.
Аннотaция
.
В данной статье описаны широкомасштабные реформы, направленные на
создание благоприятных условий для ведения предпринимательской деятельности в налоговой
и финансовой сферах, улучшение инвестиционного климата и дальнейшее укрепление доверия
деловых кругов к нашей республике за последние годы. При этом были изучены такие направления,
как подпольная торговля и общепит, перевозки автотранспортом, жилищное строительство и
ремонт, оказание бытовых услуг, сформированы научно
-
практические выводы и предложения по
зарубежному опыту и его применению в нашей стране.
Ключевые слова:
налоговые поступления, анализ, риски, эффективность, цифровая
платформа, методы и инструменты, передовые информaционно
-
коммуникaционные
технологии, анализ, оптимизaция, налоговые льготы, налоговая ставка.
ANALYSIS OF ECONOMIC AND LEGAL MEASURES TO REDUCE
HIDDEN SAVINGS IN TAX EVASION
Akhmedov Feruz Bakhodirovich
Tashkent State University of Economics, PhD
Annotation.
This article describes large-scale reforms aimed at creating favorable conditions for
doing business in the tax and financial sectors, improving the investment climate and further strengthening
the confidence of business circles in our republic in recent
е
ars. At the same time, such areas as
underground trade and public catering, road transport, housing construction and repair, the provision of
personal services were studied, scientific and practical conclusions and proposals were formed on foreign
experience and its application in our country.
Key words:
tax revenues, analysis, risks, efficiency, digital platform, methods and tools, advanced
information and communication technologies, analysis, optimization, tax incentives, tax rate.
I SON - MAY, 2023
www.e-itt.uz
21-27-sahifalar
www.e-itt.uz I SON. 2023
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, may
22
Kirish.
O‘zbekistonda keyingi
-yillarda yashirin iqtisodiyotning hissasini kamaytirish, u orqali yuzaga
keluvchi soliqdan qochish holatlari hamda soliq to‘lovchilar tomonidan soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash
holatlarini kamaytirish hamda ularning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni samarali amalga
oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish borasida me’yoriy
-huquqiy
bazani mustahkamlash, sohani raqamlashtirish natijalari hisobiga yashirin iqtisodiyotni jilovlash,
jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, yashirin ish o‘rinlarini legallashtirish, nazorat tadbirlarini
o‘tkazish yo‘nalishida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Adabiyotlar sharhi.
Shumpeter (2007) ikki turga bo‘linishni taklif qiladi: ishlab chiqarishda mumkin bo‘lgan texnik
nosozlik bilan bog‘liq xavf va tijorat muvaffaqiyatining еtishmasligi bilan bog‘liq xavf.
Pokrovskiy (2011) ko‘rib chiqish uchun xavfning tarkibiy xususiyatlarini taklif qiladi: xavf, xavfga
moyillik, xavfga sezgirlik (zaiflik), boshqa xavf-
xatarlar bilan o‘zaro ta’sir qilish, xavf haqida mavjud
ma’lumotlar, xavf miqdori, xavf bilan bog‘liq xarajatlar (xarajatlar), o‘ziga xoslik xavflar.
Shvesiyalik iqtisodchi olim Becker (2004) tomonidan xufiyona iqtisodiyotning o‘z
iga xosligi,
norasmiy iqtisodiyot
–
bozor iqtisodiyotining nazorat qilib bo‘lmaydigan qismi ekanligi ta’kidlanib,
qaysiki ular rag‘batlantirishning boshqa shakllariga asosan tovarlar ishlab chiqarishlari va xizmatlar
ko‘rsatishlarini ma’lum qilgan.
Aronov,
Kashinlar (2004) o‘zining tadqiqotida esa, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning xorij
va Rossiya Federatsiyasida undirish mexanizmini o‘rgangan holda soliq to‘lashdan bosh tortgan soliq
to‘lovchilar bilan ishlash siyosati, ularning huquq va majburiyatlari, kelgusida har bir soliq to‘lovchi o‘z
xohishi bilan soliq to‘lash majburiyati bo‘yicha amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishgan hamda ushbu
tavsiyalarni soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish sohasida qo‘llab uni isbotlashgan va bir qator
amaliy choralarni amalga oshirishgan.
Lekin, Jalonkinani (2012) fikrlaridan butunlay boshqacha taklif bilan Toshmatov “Korxonalarni
rivojlantirishda soliqlarning roli to‘g‘risida”gi kitobida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlar faoliyatini rag‘batlantirish hamda ularning debitor va kreditor qarzlarini
qisqartirish va ularni faolligini oshirish orqali undirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy
tavsiyalar bergan.
Andreeva (2017) tomonidan soliq to‘lovchilar tomonidan
soliq intizomiga rioya qilinmaslik
sabablari tadqiq qilingan, soliqqa oid bilimlarni oshirishga oid usullari tahlil qilinib, soliq to‘lovchilarga
davlat hamkori sifatida xizmatni takomillashtirish usullari taklif qilingan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Soliqdan qochish holatlarini tahlil qilishda dunyo amaliyotida yana bir muhim uslubiyot
qo‘llanildiki, bu milliy iqtisodiyot darajasida yashirin iqtisodiyotning holati, uning yuzaga kelish
sabablari hamda soliqdan qochish holatlari bo‘yicha qo‘llanilayot
gan iqtisodiy-huquqiy choralarning
qanday samara berayotganligi ham birgalikda tahlil qilinadi. Darhaqiqat, soliqdan qochish holatlarining
yuzaga kelishida eng ko‘p ta’sir omili bu yashirin iqtisodiyotning darajasi bo‘lib, unga oid davlat siyosati
o‘z navbatida soliqdan bo‘yin tovlashga oid mexanizmlar bilan o‘zaro bog‘lanib ketadi. Bundan tashqari
aniqlangan holatlarni huquqiy jihatdan baholab, ularga mos adolatli javobgarlik choralarini belgilash
ham muhim sanaladi. Biz tadqiqotimizning ushbu bobining boshida soliqdan qochishning usullarini
ham nazariy ham amaliy jihatdan tavsiflagan edik. Ushbu usullar o‘z navbatida soliqdan qochish
choralariga qo‘llanilgan javobgarlik usullarini ham ko‘rib chiqishni taqozo etadi, albatta, ushbu
paragrafimizda buning tahl
iliga ham to‘xtalib o‘tamiz.
Ma’lumki, soliq tizimida soliqdan qochish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik va yashirin iqtisodiyotning
oldini olish maqsadida elektron hisobvaraq-fakturalari bilan qamrov darajasi 100 foizga, hisobotlarni
avtomatlashtirish 76 foizda
n 86 foizga etkazilganligi, “Tahlika
-
tahlil” AAT, “E
-
ijara”, “Avtokameral”, “E
-
imtiyoz”, Tax.gap, “Cashback”, “Soliq” mobil ilovasi va boshqa qator dasturiy mahsullarning ishga
tushirilishi yashirin iqtisodiyotni jilovlash va soliq tushumlariga ijobiy ta’s
iri bilan birga, teng raqobat
sharoitini yaratish hamda tadbirkorlarga majburiyatini bajarishda haqiqiy ko‘makchiga aylanmoqda.
Ammo, shu bilan birgalikda tahlillar ko‘rsatishicha soliqdan qochish holatlarida yashirin iqtisodiyotning
darajasining ta’siri y
uqoriligicha qolmoqda.
Buni alkogol mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanayotgan
hamda noqonuniy spirt ishlab chiqargan tadbirkorlik sub’ektlarida 2021
-2022 yillar davomida
o‘tkazilgan sayyor tekshirishlar natijalari tahlili natijalarida ham ko‘rish mumkin
.
www.e-itt.uz I SON. 2023
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, may
23
1-jadval
Alkogol mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanayotgan hamda noqonuniy spirt ishlab chiqargan tadbirkorlik
sub’ektlarida 2021
-2022-yillar davomida
o‘tkazilgan sayyor tekshirishlar natijalari tahlili
8
ming so‘m
T/r
Viloyat
nomi
Faoliyat turi
NKMdan
foydalan-
maslik
Eski namunadagi ak
ц
iz
marka bilan
markalangan spirtli
ichimliklar
Ak
ц
iz markasiz spirtli
ichimliklar sotish
Qalbaki marka bilan
markalangan spirtli
ichimliklar sotish
Yaroqlilik muddati
o‘tgan spirtli
ichimliklar sotish
Noqonuniy spirt ishlab
chiqarish
Ulgurji
Chakana
savdo
soni
Shoxob
cha
soni
soni
Shoxo
bcha
holati summa dona
litr
summa
dona
litr
summa dona
litr
summa dona
litr summa
litr
summa
Respublika
bo‘yicha jami
57
95
118
152
119
607784 46045 28563 1602848 108874 40268 417344 22239 12481 383890 14044 7660 171261 37100 284900
1
Qoraqalpog
‘iston R.
3
10
7
7
5
6 739
94
48
2 086
34
21
810
0
0
0
1 338
990 26 303
2
Andijon vil.
3
5
4
4
4
9 729
128
61
2 122
0
0
0
0
0
0
482
295
7 600
3
Buxoro vil.
4
4
6
6
6
14 131
0
0
0
0
0
0
0
0
0
1 323
926 87 719
4
Jizzax vil.
4
5
4
4
4
21 497
0
0
0
0
0
0
0
0
0
0
0
0
5
Qashqadary
o
3
3
8
8
6
1 739
200
125
26 645
24
12
2 245
0
0
0
0
0
0
6
Navoiy vil
1
1
7
7
7
98 732
624
283
13 600
0
0
0
0
0
0
0
0
0
7
Namangan
vil
4
5
11
11
9
19 657
127
73
2 547
25
6
377
5 856
2 928 83 354 9 627 4655 29 675
8
Samarqand
v
3
3
7
7
7
7 180
1 106
768
27 243
0
0
0
0
0
0
0
0
0
9
Surxondary
o
4
4
6
7
7
31 536
259
140
7 767
0
0
0
0
0
0
6
3
160
10 Sirdaryo vil
0
0
17
24
6
30 281
322
162
11 680
3
3
1 000
2 543
1 271 59 425
0
0
0
11 Toshkent
vil
5
14
10
14
7
8 673
0
0
0
0
0
0
3 386
1 693 48 677
0
0
0
37 100 284900
12
Farg‘ona vil
4
4
7
7
5
22 508
277
138
7 042
33
24
1 620
784
196
6 742
107
75
2 500
13 Xorazm vil
3
3
13
13
12
163605
0
0
0
0
0
0
9 225
6 170 176681
0
0
0
14
Toshkent
sh
10
27
11
33
34
171778 42 908 26 767 1502116 108755 40 201 411292
445
223
9 011
0
0
0
15 YSTHI
6
7
0
0
0
0
0
0
0
0
0
0
0
0
0
1 161
717 17 304
8
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan.
www.e-itt.uz
I SON. 2023
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, may
23
www.e-itt.uz I SON. 2023
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, may
24
Bu tekshirishlar davomida ulgurji va chakana savdo shahobchlarida o‘tkazilgan tekshirishlar
yashirin iqtisodiyot doirasida bir qator noqonuniy faoliyat, ya’
ni soliqdan qochishga olib kelgan holatlar
mavjudligini ko‘rsatadi.
Ya’ni
bu
korxonalarda
nazorat
kassa
mashinalaridan
foydalanmaslik
hisobiga
607784
ming.so‘mlik,
eski namunadagi aksiz marka bilan markalangan spirtli ichimliklar hisobiga
1602848 ming.so‘mlik,
aksiz markasiz spirtli ichimliklar sotish hisobiga 417344
ming. so‘mlik, qalbaki
marka bilan markalangan spirtli ichimliklar sotish hisobiga 383890
ming.so‘mli
k, yaroqlilik muddati
o‘tgan spirtli ichimliklar sotish hisobiga
171261
ming.so‘mlik,
asl hajmiga nisbatan markadagi miqdori
kam ko‘rsatilib sotilayotgan spirtli ichimliklar sotishdan esa
42201
ming.so‘mlik soliqdan qochish
yuzaga kelgan bo‘lsa, o‘z navbat
ida 284900
ming.so‘mlik n
oqonuniy spirt ishlab chiqarilganligi
aniqlangan bo‘lib, bu mahsulotlar doirasida ham ma’lum bir miqdorda soliq to‘lanmasdan qolgan.
Agar,
soliqdan qochishni oldini olishning muhim choralari sifatida milliy iqtisodiyotda yashirin
i
qtisodiyotning turli xil ko‘rinishlari va ularni yuzaga keltiruvchi omillarni qisqartirish bo‘yicha oxirgi
besh yildagi jarayonni tahlil qiladigan bo‘lsak quyidagilarni alohida keltirish maqsadga muvofiq:
Birinchidan,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq
organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora
-
tadbirlar to‘g‘risida”gi 2020
-yil 30-
oktyabrdagi PF-6098-son Farmoni qabul qilindi, unga muvofiq, xufiyona iqtisodiyotni jilovlash va
yash
irin ish o‘rinlarini legallashtirishga qaratilgan tadbirlar belgilab berildi. Natijada esa, yashirin
iqtisodiyotni jilovlash hisobiga soliq bazasini kengaytirish maqsadida, zamonaviy soliq
ma’murchilikning yangi instrumentlari
- Elektron hisobvaraq-fakturalari, onlayn nazorat kassa
mashinalaridan foydalanish, tovarlarni markirovkalash, elektron shartnoma tizimlari joriy etilganligi
natijasida, 2016-yilda YaIM yashirin iqtisodiyotning ulushi 59 foiz
bo‘lgan bo‘lsa, 2022
-yilga kelib 7 foiz
punktga pasaytirildi yoki 52 foizga tushirildi.
Ayrim turdagi tadbirkorlik sub’ektlarini yashirin faoliyat yuritishlarini oldini olish maqsadida
belgilangan rag‘batlantirish mexanizmlari kiritildi. Xususan, umumiy ovqatlanish sohasidagi kichik
tadbirkorlik sub’ektlari uchun
bank kartalari va kontaktsiz to‘lovlardan to‘lovlar qabul qilinganda
umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga majburiy tartibda o‘tish maqsadida umumiy daromadga
kiritilmasligi belgilandi, rieltorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar uchun aylanmadan o
linadigan
soliq stavkasi 25 foizdan 13 foizgacha pasaytirildi, qurilish korxonalarida ayrim talablarni bajargan
tadbirkorlik sub’ektlari uchun shartnoma tuzmasdan muddatli ravishda ishchilar yollashga ruxsat
berildi, va boshqa mexanizmlar ishga tushirildi.
Yashirin faoliyati eng yuqori ulushga ega bo‘lgan
sohalardan biri-
yo‘lovchi tashish sohasini qonuniylashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “Yo‘lovchi tashishni tartibga solishni yanada soddalashtirish chora
-
tadbirlari to‘g‘risida”
gi Farmoni qabul qilindi.
Bundan tashqari, qurilish sohasida soliq nazoratini mustahkamlash, naqd pulsiz to‘lovlarni ishlab
chiqish va pul yuvishning oldini olish, elektron tijorat sohasida soliq nazoratini mustahkamlash, QQS
to‘lovchining “shubhali” korxonalar uchun guvohnomasini vaqtincha to‘xtatish, shuningdek, yalpi soliq
huquqbuzarliklari uchun jazo choralarini kuchaytirish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqildi. Ushbu
yo‘nalishdagi tadbirlarni amalga oshirish natijasida esa, soliqlarni ixtiyoriy to‘lash darajasi 83
foizdan
96 foizga chiqarildiki, albatta bu ijobiy holat deb baholash mumkin.
Ikkinchidan
,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021
-yil 4-
oktyabrdagi “Chakana savdo va
xizmat ko‘rsatish sohasida nazorat
-kassa texnikasidan foydalanishni takomillash-tirishga doir
qo‘shimcha chora
-
tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ
-5252-son qarori asosida 2022-yil 1-yanvardan boshlab
iqtisodiyotda xufiyona aylanmani qisqartirish, shuningdek, ushbu sohada ta’sirchan jamoatchilik
nazoratini amalga oshirish maqsadida jamoatchilik nazoratining raqamli instrumentlari (xarid cheklari
bo‘yicha 1
foizlik cashback hamda huquqbuzarliklar yuzasidan “Soliq Hamkor” tizimi orqali murojaatlar
bo‘yicha 20
foizlik rag‘batlantirish) joriy etildi.
Buning natijasida esa, mukofotlash tizimi joriy etilishi natijasida
–
2022-yil yanvar-oktyabr
oylarida
“Soliq
-
hamkor”
tizimi orqali 121,1 mingta
murojaat kelib tushgan. Murojaat asosida o‘tkazilgan
61,1 mingta tekshiruvdan, 59,9 mingtasi (98 foiz)
tasdig‘ini topdi va
45,9 mingta tekshiruv natijasida
undirilgan jarima summasidan 29,5
mlrd.so‘m
mukofot puli to‘lab berildi. “Cashback” va mukofotlash
tizimlari joriy etilishi orqali yil boshidan onlayn NKT tovar aylanmasi o‘tgan yilning mos davriga
nisbatan 1,6
baravarga (qo‘shimcha 47,6
trln.so‘m) oshishi ko‘rinishida ijobiy natija qayd etildi.
Uchinchidan,
onlayn nazorat-
kassa mashinalari va virtual kassadan foydalanishga o‘tildi.
Natijada, bugungi kunda 221,9
mingta onlayn nazorat kassa mashinalari (NKM) o‘rnatildi. Savdo
ob’ektlarini onlayn NKM bilan to‘liq jihozlash, tovarlar harakatini kuzatib borish, ularning bojxona va
www.e-itt.uz I SON. 2023
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, may
25
bozor qiymatlarini taqqoslash, bozordagi narx kon’yunkturasini o‘rganish, tovar aylanmasini
masofadan nazorat qilish hamda realizatsiya hajmlarini elektron hisob faktura va soliq hisobotlarida
avtomatik shakllantirish orqali QQS zanjirining uzluksizligini ta’minlash imkonini beradi.
To‘rtinchidan,
alohida turdagi tovarlarning respublikaga noqonuniy olib kirilishi, ishlab
chiqarilishi va sotilishining oldini olish, ula
rning samarali hisobini ta’minlash, shuningdek, soliqlar va
boshqa majburiy to‘lovlar yig‘iluvchanligini oshirish maqsadida ayrim tovarlarni markirovkalashni
bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. 2022-yil 15-apreldan boshlab maishiy texnika mahsulotlarini
majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish boshlandi. 2022-yil
1 sentyabrdan boshlab dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini
bosqichma-bosqich joriy qilish boshlandi. 2023-yil 1-iyuldan boshlab suv va salqin ichimliklarni
majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish belgilandi.
Natijada esa, raqamli markirovkalash tizimi bosqichma-bosqich alkogol, tamaki va pivo
mahsulotlari savdosining barcha jarayonlarida joriy qilindi. Shuningdek, ishlab chiqaruvchi (51 ta
alkogol, 2 ta tamaki va 26 ta pivo) va import qiluvchi (10 ta alkogol va 4 ta tamaki) korxonalar
tomonidan jami 1 736 mln.dona (945,2 mln.dona
–
tamaki, 462,7 mln.dona
–
alkogol va 328,1 mln.dona
pivo) markirovkalangan mahsulotlar ishlab chiqarilgan va realizatsiya qilingan.
2-jadval
Soliqdan qochish holatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining
189-moddasi
9
bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari tahlili
10
(mln.so‘m)
11
T.R
Hudud nomi
2021-yil
2022-yil (9 oy)
189-
moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi
soni
summasi
soni
summasi
Jami
552
607 968,0
356
486 309,8
1
Qoraqalpog‘iston R.
8
10 050,7
8
7 549,7
2
Andijon viloyati
56
33 540,5
21
9 611,9
3
Buxoro viloyati
54
77 264,8
17
9 482,5
4
Jizzax viloyati
17
8 502,6
7
4 982,3
5
Qashqadaryo viloyati
47
45 750,0
32
32 910,5
6
Navoiy viloyati
18
13 058,6
20
13 631,1
7
Namangan viloyati
43
15 382,4
37
52 388,5
8
Samarqand viloyati
57
55 551,7
32
34 358,0
9
Surxondaryo viloyati
18
7 444,9
12
7 357,3
10
Sirdaryo viloyat
9
8 354,4
15
87 851,3
11
Toshkent viloyati
17
27 725,1
13
20 949,9
12
Farg‘ona viloyati
100
177 479,5
46
93 783,5
13
Xorazm viloyati
52
36 418,3
44
33 125,9
14
Toshkent shahar
56
91 444,4
52
78 327,2
Raqamli markirovkalangan mahsulotlar bo‘yicha ma’lumotlarni (nomi, hajmi, ishlab chiqarish
sanasi, suratlari) jamlaydigan “Mahsulotlar katalogi”ga jami 21414
ta (6 345 ta alkogol, 857 ta pivo,
1685
ta tamaki) mahsulot turlari to‘g‘risida ma’lumotlar kiritilgan.
Tizim joriy qilinishi natijasida 51 ta
a
lkogol mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonasining realizatsiya ko‘rsatkichlari o‘tgan yil mos
davriga nisbatan 7 foizga, 8 ta importda esa 47,6 foizga va 26 ta pivo ishlab chiqaruvchida 11 foizga
oshganligi kuzatildi. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi 148 va 149-son qarorlariga muvofiq
maishiy texnika (2022-yil 15-aprel) va dori vositalarni (2022-yil 1-sentyabr) raqamli markirovkalash
tizimlarini joriy qilish tadbirlari davom etmoqda. Jami 17 ta ishlab chiqaruvchi va 25 ta import qiluvchi
korxonalar tomonidan jami 2,8 mln. dona
–
raqamli markirovkalangan maishiy texnika mahsulotlari
ishlab chiqarilgan. 25 ta dori vositalarni mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda 25 ta xorijiy
ishlab chiqaruvchining vakolatxonasi tomonidan jami 10,1 mln. dona
–
raqamli markirovkalangan dori
vositalari ishlab chiqarilgan. Endi, respublikamiz soliq va huquqiy tizimida soliqdan qochish holatlarini
9
Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish
10
Bosh prokraturaning maʼlumotlariga asoslangan holda Davlat soliq qo‘mitasi maʼlumotlari asosida tuzilgan.
11
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan
www.e-itt.uz I SON. 2023
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, may
26
baholash hamda ularning oldini olish, kamaytirish hamda amalga oshirilgan javobgarlik choralarini ham
qisqacha tahlil qilamiz. Chunki, ko‘rilgan choralarning samaradorligi soliqdan qochishni kamaytirishga
bevosita ta’sir kuchiga ega, s
hu boisdan ushbu jarayonni tahlil qilish maqsadga muvofiq deb
hisoblaymiz.
Tahlillarga tayanadigan bo‘lsak, 2021
-2022-yillarda soliq organlari tomonidan Iqtisodiy
sudlarga soliq organlari tomonidan 37189 ta holatda 8
152,2 mlrd.so‘mga arizalar kiritilgan.
Shundan
4165 ta holatda (11 %) ariza 3
717,2 mlrd.so‘mga(45,6%) arizalar rad qilinib soliq to‘lovchilar
foydasiga hal qilingan. 2022 yilda 869 ta soliq to‘lovchining xarid qilinayotgan tovarlari realizatsiya
qilinayotgan tovarlar nomenklaturasiga nomutanosibligi va 1,12
trln.so‘m soliq qarzdorligiga yo‘l
qo‘yganligi sababli, soliq xavfi yuqori soliq to‘lovchilar guruhiga kiritilgan va hisob raqamlaridagi kirim
chiqim operatsiyasi vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining
(2021) 189-
moddasiga ko‘ra, soliq to‘lovchilar
tomonidan, “tovarlar savdosi yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini juda ko‘p miqdordagi qiymatda buzish
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki
yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi, basharti birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u
jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalari
buzilishining oqibatlarini bartaraf etgan va etkazilgan m
oddiy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa,
javobgarlikdan ozod etilishi” belgilab qo‘yilgan.
Agar, bu holatni real ma’lumotlarga asoslanib tahlil qiladigan bo‘lsak, yuqoridagi jadval
ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, 2021
-yilda
552 ta holat bo‘yicha qo‘zg‘atilgan
jinoyatlari ishlari doirasida
607968,0 mln.so‘mlik 2022 yilning to‘qqiz oyida esa, 356 ta jinoyat ishi bo‘yicha 486309,8 mln.so‘mlik
savdo qoidalarini buzganlik uchun choralar ko‘rish belgilangan. Buni viloyatlar kesimida tahlil qiladigan
bo‘lsak, bu holat Farg‘ona, Andijon va Buxoro viloyatlarida ko‘proq sodir bo‘lgan.
Tadqiqotimizning ushbu bandi bo‘yicha qilingan tahlillarimizga asoslanib quyidagi xulosalarni
chiqarishimiz mumkin:
qonunbuzarliklarni takrorlanishi xufyona faoliyat bilan
shug‘ullanayotgan korxonalarning soxta
tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, birovlar nomiga korxonalar ochib, norasmiy rahbarlarning katta
miqdorda daromad olib, naqd pullarni bankka topshirmaslik;
kirimsiz tovarlarni sotishga deb pul tushirib, pul mablag‘lar
ini xaridorgir mahsulotlarga
ko‘chirishi, xaridorgir mahsulotlarini naqd pulga sotib, kirimsiz mahsulotlarga pul tushirgan soliq
to‘lovchilarga ma’lum foizni ushlab qolgan holda naqd pul berilishi;
naqd pulni o‘rniga kirimiz tovarlarni jo‘natildi deb elek
tron hisob varaq fakturalar
rasmiylashtirilishi, oqibatda kirim hujjatlarsiz sotgan mahsulotlariga foyda solig‘i, xaridorgir
mahsulotlari kamomadiga yo‘l qo‘yganligi, ya’ni naqd pulga hujjatlarsiz sotganligi oqibatida katta
miqdori qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lamasligi natijasida, byudjet oldida mlrd.lab soliq qarzdorligi hosil
qilishi;
katta miqdorda foyda olib, korxona faoliyatini to‘xtatib qo‘yishi, yollangan rahbarni esa
yashirishib, qidiruv e’lon qilinishi, mazkur huquqbuzarliklarga ya’ni soxta tadbi
rkorlikka jinoiy
jazolarning o‘ta engil belgilanganligi sababli bir xil norasmiy rahbarlar tomonidan qayta qayta turli
shaxslar nomiga xufyona firmalar ochib yuqoridagi holatlarning takrorlanishiga olib kelmoqda.
Xulosa va takliflar.
Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq to'lashdan bo'yin tovlashga qarshi kurash choralarini
kuchaytirish maqsada kompleks iqtisodiy va huquqiy chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali yashirin
iqtisodiyotni kamaytirish va soliq to'lashdan bo'yin tovlashga qarshi kurashishdan iborat. Ushbu chora-
tadbirlar soliqqa rioya qilishni kuchaytirish, daromadlarni yig'ishni ko'paytirish, adolatli va shaffof
biznes muhitini mustahkamlashga qaratilgan.
Soliq ma'muriyatchiligini kuchaytirish uchun soliq to‘lashdan bo‘yin t
ovlashni yanada samarali
aniqlash va oldini olish uchun soliq ma’muriyatining imkoniyatlarini, jumladan texnologik infratuzilma,
ma’lumotlar tahlili va malakali ishchi kuchini oshirish.Yashirin iqtisodiyot bilan shug'ullanishga
moyilligi yuqori bo'lgan tarmoqlar va shaxslarga qaratilgan riskga asoslangan audit yondashuvlarini
amalga oshirish zarur.
Hamkorlik va axborot almashishni yaxshilash uchun soliq organlari, moliya institutlari va boshqa
tegishli davlat idoralari oʻrtasida soliq toʻlashdan boʻyin tovlash boʻyicha potentsial harakatlar
toʻgʻrisida maʼlumotlar va maʼlumotlarni almashish uchun hamkorlikni kuchaytirish.Transchegaraviy
soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlarini bartaraf etish uchun xalqaro hamkorlik va axborot
almashinuvining samarali mexanizmlarini yaratish kerak .
www.e-itt.uz I SON. 2023
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, may
27
Soliqdan boʻyin tovlaganlarga nisbatan qattiq jazo va sanktsiyalar, jumladan jarimalar, jinoiy
javobgarlikka tortish va mulkni musodara qilish. Jismoniy shaxslarni qasos olishdan qo‘rqmasdan soliq
to‘lashdan bo‘yin tovlash faoliyati to‘g‘risida xabar berishga undash uchun ma’lumot beruvchini himoya
qilish dasturini amalga oshirish.
Soliq to'lashdan bo'yin tovlash bilan bog'liq jinoiy daromadlarni legallashtirish faoliyatini
aniqlash va oldini olish uchun soliq organlari va moliyaviy razvedka bo'linmalari o'rtasidagi
muvofiqlashtirishni yaxshilash. Soliq to'lashdan bo'yin tovlash maqsadida korporativ tuzilmalardan
noto'g'ri foydalanishning oldini olish uchun tadbirkorlik sub'ektlarining benefisiar egalik huquqini
aniqlash va tekshirish tartiblarini takomillashtirish. Baholash natijalari va soliq to'lashdan bo'yin
tovlashning paydo bo'layotgan tendentsiyalari asosida strategiyalarni muntazam ravishda ko'rib
chiqing va yangilang.
Ushbu taklif etilayotgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi yashirin iqtisodiyotning
qisqarishiga va soliqqa rioya etilishini kuchaytirishga xizmat qiladi.Soliq ma’muriyatchiligini
kuchaytirish, soliq tartib-
qoidalarini soddalashtirish, soliq to‘lovchilar bilimini oshirish va qat’iy jazo
choralarini qo‘llash orqali O‘zbekiston yanada shaffof va adolatli soliq tizimini yaratishi mumkin, bu esa
daromadlarni yig‘ish va iqtisodiy o‘sishning oshishiga olib keladi.
Adabiyotlar/Литература/Reference:
Axmedov F. (2023) Soliq to‘lashdan qochish xavflarini
aniqlashda zamonaviy fiskal nazorati
takomillashtirish: (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan diss. avtoreferati.
–
Toshkent.
Аронов А ва Кашин В (2007) Налоги и налогообложение –М.: Магистр.
Андреева В.А. (2017) Повышение налоговой грамотности и културы участников налоговых
правоотношений. Экономика Интерактивная наука |4 (14). стр.136
-140.
Жалонкина И. (2012) “Модернизатсия механизмов взыскания налоговой задолженности в
Российской федератсии”. Автореферат диссертатсии на и соискание ученой степени кандидата
экономических наук с.14.
Кодекс (2021) Ўзбекистон Республикаси Жиноят кодексининг 189
-
моддаси
Кристина Ф.Б. “The Informal Economy” march 2004, Шведский Международный агентство
сотрудничества развития СЕ
-
105 25 Стокголма Швесия.
Кузнесов А.Л. (2016) Налоговая политика и налоговые органы: реалное состояние,
проблемы, перспективы (регионалный аспект).
[Электронный ресурс]. –
Режим доступен:
http://vasilievaa.narod.ru/jurnal/
Нормурзаев У.Х. (2021) 2021 йилдаги солиқ маъмурчилиги ҳамда солиқ кодексига
киритилган ўзгартириш ва қўшимчалар юзасидан //Интернаука. –
Т. 6. –
№. 182 част 2. –
С. 99.
Нормурзаев У.Х. (2020) Солиқ имтиёзлари орқали иқтисодиёт тармоқлари ҳамда
соҳаларида тизимли таркибий ислоҳотларни қўллаб
-
қувватлаш сиёсати // Экономика и
финансы
(Узбекистан). №4 (136). URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/soli-imtiyozlari-or-ali-i-
tisodiyot-tarmo-lari-amda-so-alarida-tizimli-tarkibiy-islo-otlarni-llab-uvvatlash-siyosati
(дата
обращения: 17.01.2023).
Нормурзаев У.Х. (2014) Иқтисодиётни тартибга солишда солиқ имтиёзларининиг
аҳамияти ва бюджет даромадларини шакллантиришдаги роли//Экономика и финансы
(Узбекистан). №4. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/i
-tisodiyotni-tartibga-solishda-soli-
imtiyozlarininig-a-amiyati-va-byudzhet-daromadlarini-shakllantirishdagi-
roli
(дата
обращения:
17.01.2023).
Покровский А.К. (2011) Риск
-
менеджмент
на предприятиях промышленности и
транспорта: учеб. пособие / А. К. Покровский. –М.: Изд
-
во Кнорус. 160 с.
Шумпетер Й. (2007) Теория экономического развития. Капитализм, сотсиализм и
демократия / Й. Шум
-
петер. –М.: Изд
-
во Эксмо. 864 с.
