MINTAQAVIY MIQYOSDA BANKLARNING KAPITALLASHUV DARAJASINI OSHIRISH YO`LLARI

Annotasiya

Ushbu maqolada tijorat banklarining kapitallashuv darajasini oshirish va moliyaviy barqarorligini mustahkamlashning dolzarb masalalari keltirilgan. Bundan tashqari respublikamiz tijorat banklarining kapitali miqdori va dinamikasi, ustav kapitalining o`z mablag`laridagi ulushi hamda ularning kapitallashuv darajasini tavsiflovchi ko`rsatkichlar holati tahlil qilingan va xulosalar berilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Mirzayeva, M. (2023). MINTAQAVIY MIQYOSDA BANKLARNING KAPITALLASHUV DARAJASINI OSHIRISH YO`LLARI. Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil, 1(4), 34–37. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/44743
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada tijorat banklarining kapitallashuv darajasini oshirish va moliyaviy barqarorligini mustahkamlashning dolzarb masalalari keltirilgan. Bundan tashqari respublikamiz tijorat banklarining kapitali miqdori va dinamikasi, ustav kapitalining o`z mablag`laridagi ulushi hamda ularning kapitallashuv darajasini tavsiflovchi ko`rsatkichlar holati tahlil qilingan va xulosalar berilgan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust

www.e-itt.uz

34


MINTAQAVIY MIQYOSDA BANKLARNING KAPITALLASHUV DARAJASINI OSHIRISH YO`LLARI

Mirzayeva Matluba G`aybulla qizi

TDIU huzuridagi “O`zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning

ilmiy asoslari va muammolar” ilmiy tadqiqot markazi

Annotatsiya.

Ushbu maqolada tijorat banklarining kapitallashuv darajasini oshirish va moliyaviy

barqarorligini mustahkamlashning dolzarb masalalari keltirilgan. Bundan tashqari respublikamiz tijorat

banklarining kapitali miqdori va dinamikasi, ustav kapitalining o`z mablag`laridagi ulushi hamda
ularning kapitallashuv darajasini tavsiflovchi ko`rsatkichlar holati tahlil qilingan va xulosalar berilgan.

Kalit so`zlar:

tijorat banklari, kapitallashuv darajasi, resurs baza, kapital, moliyaviy barqarorlik,

ustav kapitali, subordinar qarz majburiyatlari.

ПУТИ ПОВЫШЕНИЯ УРОВНЯ КАПИТАЛИЗАЦИИ БАНКОВ В РЕГИОНАЛЬНОМ МАСШТАБЕ

Мирзаева Матлюба Гайрат кизи

Докторант НИЦ «Научные основы и проблемы

развития экономики Узбекистана» при ТГЭУ

Аннотация.

В данной статье рассматриваются актуальные вопросы повышения уровня

капитализации и укрепления финансовой устойчивости коммерческих банков. Кроме того,
анализируются размер и динамика капитала коммерческих банков республики, доля уставного

капитала в собственных средствах и состояние показателей, характеризующих уровень их

капитализации, и делаются выводы.

Ключевые слова:

коммерческие банки, уровень капитализации, ресурсная база, капитал,

финансовая устойчивость, уставный капитал, субординированный долг

WAYS TO INCREASE THE CAPITALIZED LEVEL OF BANKS AT THE REGIONAL SCALE

Mirzayeva Matluba Gayrat kizi

Research Center "Scientific Foundations and Problems of the

Development of the Economy of Uzbekistan" at TSUE

Abstract.

This article addresses topical issues of increasing the level of capitalization and

strengthening the financial stability of commercial banks. In addition, the amount and dynamics of capital

of commercial banks of the republic, the share of authorized capital in their own funds and the state of
indicators characterizing their level of capitalization are analyzed and conclusions are made.

Key words:

commercial banks, capitalization rate, resource base, capital, financial stability,

authorized capital, subordinate debt.

Kirish.

O`zbekiston bank tizimida olib borilayotgan izchil va maqsadli islohotlar uning nafaqat jahon

moliyaviy inqirozining salbiy ta’siri va oqibatlaridan ishonchli tarzda himoyalanishiga, balki banklar

faoliyatida muhim va sifat o`zgarishlarga erishish, iqtisodiyotning real sektorini kreditlash hajmini

kengaytirish hamda bank va moliya xizmatlarini ko`rsatish darajasini tubdan yaxshilash imkonini berdi.

Mamlakatimiz bank tizimining barqaror va ishonchli faoliyat yuritishi, uning jahon moliya

bozoridagi nufuzi ortib borishi, shuningdek mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo`lidagi dadil
qadamlarimiz dunyo jamoatchiligi, shuningdek, qator nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan

e’tirof etilmoqda.

IV SON - AVGUST, 2023

34-37


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust

www.e-itt.uz

35

Bunda, ayniqsa, banklarning kapitallashuv darajasini oshirish bo`yicha amalga oshirilgan ishlar
diqqatga sazovordir. Agar raqamlarga murojaat qiladigan bo`lsak, so`nggi 10 yil ichida bank tizimining

umumiy kapitali 6 barobardan ziyodroqqa o`sdi. 2022 yilning o`zida tijorat banklari umumiy kapitali 32
foizga ko`paydi. Shuni takidlash joizki, respublikamizda yirik banklarning kapitallashuv darajasini

oshirish ko`pgina xorij mamlakatlari amaliyoti bo`yicha asosan banklarning likvidlik ko`rsatkichini
saqlab turishga emas, balki banklarning investitsiyaviy faolligini kuchaytirishga, iqtisodiyotdagi

tarkibiy o`zgarishlarning ustuvor yo`nalishlarini qayta tiklash va kengaytirish, ishlab chiqarishni
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan kreditlash hajmini oshirish qaratildi

(Shodmonov, 2021).

O`zbekiston Prezidentining 2020 yil 12 maydagi “2020

-2025 yillarga mo`ljallangan O`zbekiston

Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to`g`risida”gi PF

-5992-sonli farmoni bilan 2025

yilga qadar banklar ustav kapitalining eng kam miqdorini 500 mlrd. so`mgacha bosqichma-bosqich
oshirish belgilangan (Farmon, 2020).

Adabiyotlar sharhi.

Mavjud iqtisodiy adabiyotlarda «Kapitallashuv darajasi» tushunchasi, uni oshirish masalalari

xorijlik olimlar, mutaxassislar tomonidan o’rganilgan va tegishli ta’riflar berilgan.

Ph.D Egamova (2019) o’zining tadqiqotida “Tijorat banklari faoliyatini sarmoyasiz, ya’ni etarli

darajada kapitallashuvsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Shu bois tijorat banklari kapitali dastlab banklarni

ochish jarayonida, keyinchalik esa Markaziy bankning iqtisodiy normativlarini bajarishda asosiy mezon

va bank faoliyatida kutilmaganda vujudga kelishi mumkin bo’lgan yo’qotishlarni qoplashda “himoya

yostiqchasi” sifatida muhim moliyaviy manba bo’lib xizmat qiladi”

- degan tushunchani bergan.

Klimov (2008) tadqiqotlarida «kapitallashuv» tushunchasiga, «kredit tashkiloti kapitalining

bozor qiymati haqida aktsiyalar sonining ularning bozor qiymatiga ko’paytmasi sifatida»

-

deb ta’rif

berilgan.

Tijorat banklarining kapitallashuv darajasini oshirish va moliyaviy barqarorligini mustahkamlash

mamlakat bank tizimining barqarorligini ta’minlashning zaruri sharti hisoblanadi. Bizga ma’lumki,

tijorat banklari kapitali bank aksiyadorlari mablag`lari va boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi

(Курбанов, 2022

; Kurbanov, 2021; Bakhtiyarovich, 2020).

Mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan professor Abdullayeva va Omonovlar (2006) bank

kapitaliga quyidagicha ta’rif berishgan: “ Tijorat banklarining kapitali barqaror manba bo’lib, bankning
operatsion jarayonda kutilmaganda yuzaga keladigan zararlarni qoplash imkoniyatini beruvchi o’ziga

xos himoya vositasidir”

.

Prоfessоr Usоskin (1994) bank kapitaliga bank mоliyaviy resurslarining muhim va ajralmas

tarkibiy qism sifatida qaraydi. Kо’rinib turibdiki, bu yerda kapital bank resurslarining muhim va tarkibiy
qismi sifatida qaralishi natijasida asоsiy vazifalari (himоya, tezkоr va tartibga sоlish) e’tibоrdan chetda

qоlgan.

Rоssiya оlimlaridan Lavrushin (2016) “Bank ishi” kitоbida “tijоrat bank kapitali

shakllanishi

jihatidan, о`z kapitali va jalb qilingan mablag`larga bо`linadi”,

-

deb aytib о`tgan. Maslenchenkоv (1996)

“Финансовой менежмент в коммерческом банке” kitоbida: “bank kapitalini о`z va jalb qilingan
mablag`lardan tashkil tоpadi”,

-

deb о`rganadi. Bularning ishlaridan kо`rishimiz mumkinki, bu

iqtisоdchi

-

оlimlar resurslarning tarkibiy shakllanishiga kо`p e`tibоr berib, bank kapitalini faqat ikki

guruhga bо`lib о`rganganlar.

Tadqiqot metodologiyasi.

Maqolani tayyorlashda tijorat

banklarining kapitallashuv darajasini oshirish bo’yicha amaliy

ma’lumotlar tahlil qilindi va barcha foydalanilgan ma’lumotlar amaldagi qonun hujjatlari va Markaziy

bankning statistik ko’rsatkichlari asosida mualllif tomonidan tadqiq qilindi. Maqolada guruh

lashtirish,

taqqoslash, tizimli yondashuv, va tarkibiy tahlil usullari ko’llanildi.


Tahlil va natijalar muhokamasi.

Tadqiqot jarayonida bank kreditlash xizmatlari raqobatbardoshligini oshirish hamda bank

xizmatlari tizimining yuqori darajada samaradorligini ta’minlash usullarini o`rganishga dialektik va

tizimli yondashuv, kompleks baholash, qiyosiy va solishtirma tahlil, statistik va dinamik yondashuv

hamda guruhlash usullaridan foydalanildi hamda bank xizmatlari bozorida raqobatbardoshlik darajasi
baholandi. Respublikamiz amaliyotida yillar davomida tijorat banklari resurs bazasining


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust

www.e-itt.uz

36

mustaxkamlanib borishi kuzatilmoqda. Bunda albatta, banklarning regulyativ kapitalining o’rni ham

katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Respublikamiz tijorat banklari regulyativ kapitali oxirgi yillarda

sezilarli sur’atlarda o’sdi. Bu esa, mamlakatimiz hukumat

i va Markaziy bank tomonidan tijorat

banklarining ustav kapitalini oshirish siyosatini olib borilayotganligi bilan izohlanadi.

Umumiy xolda, respublikamiz tijorat banklarining jami kapitali dinamikasini quyidagi rasmda

ko’rishimiz mumkin.

1-rasm. Respublikamiz tijorat banklar jami kapitali dinamikasi

(mlrd.so’mda)

16

1-

rasm ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, Respublikamiz tijorat banklari jami kapitali so’nggi

o’n

yilda 12,2 barobarga oshgan. Birgina 2018 yilda bankning jami kapitali 2019 yilga nisbatan 1,9

barobaridan ko’proq o’sib 58351 mlrd.so’mni tashkil etdi. Bu esa tijorat banklar rahbariyatining
kapitallashuv darajasiga alohida e’tibor berilayotganligini, bank tizimida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan

risklar oqibatida yuzaga keluvchi yo’qotishlarni qoplashga etarli bo’ladigan mablag’lar o’z vaqtida
yo’naltirlayotganligidan dalolat beradi.

1-jadval

Respublikamiz tijorat banklari ustav kapitalining o`z mablag`lariga nisbati

17

Yillar

Banklar ustav kapitali, mlrd, so`m

Banklaarning o`z

mablg`lari, mlrd so`m,

Ustav kapitalining

banklarning o`z

mablag`lariga nisbati,

%

2015

4319

7784

55,49

2016

5805

9353

62,07

2017

16307

20676

78,87

2018

19673

26679

73,74

2019

41877

51031

82,06

2020

44656

58351

76,53

2021

54760

70918

77,22

2022

56813

72422

78,45

2023

66343

80764

82,14

O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko`ra, «Tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan

qo`yiladigan talablar

to`g`risda»gi Nizomga muvofiq: «Bankning kredit siyosati –

kreditlash jarayonida

yuzaga keluvchi tavakkalchilikni boshqarishda bank rahbariyati tomonidan qabul qilinadigan choralar
va uslublarni belgilovchi hamda bank rahbariyati va xodimlarini kreditlar portfelini samarali

boshqarishga doir ko`rsatmalar bilan ta’minlovchi hujjatdir

(Xo`jayorov, 2022).

16

www.cbu.uz

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.

17

www.cbu.uz

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.

0

10000

20000

30000

40000

50000

60000

70000

80000

2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust

www.e-itt.uz

37

Bizga ma’lumki, tijorat banklarning kapitallashuv darajasini oshirishning asosiy yo’llaridan biri

-

bu bank ustav kapitalini oshirishdir (Kurbanov, Khudoyberganova, 2018). Respublikamizda keyingi

yillarda tijorat banklari ustav kapitali oshirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Buning natijasida, banklar
o’z mablag’lari tarkibida ustav kapitali salmog’li ulushni tashkil etmoqda. Buni quyidagi jadvalda

ko’rishimiz mumkin.

Yuqoridagi jadval ma’lumotlari orqali shuni ko`rish mumkinki, tijorat banklari ustav kapitalining

o`z mablag`lariga nisbati oxirgi yilda o`sish tendensiyani ko`rsatmoqda. Lekin 2018 yilda, aksincha,
sezilarli darajada pasaygan bo`lsa-da, 2019 yilda bu ko`rsatkich 82,06 foizgacha oshgan. Bunga, asosan,

2017 yil 12 sentyabrdagi PQ-3270-sonli qaror ijrosi sabab bo`ldi. Unga ko`ra, barcha tijorat banklarining

ustav kapitali 2019 yil 1 yanvargacha 100 mlrd. so`mga oshirilishi belgilandi. Shu asnoda 2021 yildan
2023 yilgacha ustav kapitalining banklarning o`z mablag`lariga nisbati oshib borgan. Ustav kapitalining

jami kapital hajmida yuqori salmoqni egallashi ijobiy holat hisoblanadi. Chunki ustav kapitali yuqori
barqarorlik darajasiga ega bo`lgan moliyalashtirish manbai hisoblanadi.


Xulosa va takliflar.

Mamlakatda YaIMning yildan yilga oshib borayotganligi tijorat banklarining kredit qo`yilmalari

hajmi ortishiga, bu esa o`z navbatida, ularning kapitallashuv darajasini oshirishni talab etadi. Buning

natijasida bank kapitali barqarorligiga erishish mumkin.

Yuqorida amalga oshirilgan tahlillar va o`rganishlar asosida banklar kapitallashuv darajasiga

oshirish maqsadida quyidagi tavsiyalarni ishlab chiqishga muvaffaq bo`ldik:

Tijorat banklari kapitallashuv darajasini bosqichma-bosqich oshirib borish maqsadga muvofiq.

Davlat tomonidan moliyaviy imtiyozlar qo`llash orqali tijorat banklari aksiyalarining

investitsion jozibadorligini oshirish hamda shuning asosida 2025-yil 1-yanvargacha banklar ustav

kapitalining minimal miqdorlarini belgilangan talablar darajasiga keltirilishiga erishish zarur.


Adabiyotlar/

Литература

/Reference:

Abdullayeva Sh. Omonov A. (2006)

“Tijorat banklarining kapitali va uni boshqarish”

Monografiya

T.:

“Iqtisod

-

moliya”. B

-110.

Bakhtiyarovich, K.R. (2020). Analysis of Financial Performance of Private Banks in

Uzbekistan. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24 (05).

Egamova M.E. (2019) Tijorat banklari kapitallashuv darajasini oshirishda daromadning roli.

Iqtisodiyot bo`yicha falsafa doktori (Doctor of Philosophy). Dis. avtoreferati.

T.: TMI,.

28 b.

Farmon (2020) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020

-2025 yillarga mo`ljallangan

O`zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to`g`risida”gi PF

-5992-sonli farmoni,

2020 yil 12 may.

Kurbanov R.B., Khudoyberganova Z.Z. (2018) Matters of the increasement of private banks

capitalization level. // Ekonomika i biznes: teoriya i praktika.. №. 6. S. 103

-105.

Kurbanov, R.B. (2021). Improving the organization of the resource base of private banks of the

republic of Uzbekistan. SAARJ Journal on Banking & Insurance Research, 10(5), 41-45.

Shodmonov I.S. (2021). ”Bankning kredit siyosatini takomillashtirish”. "Экономика

и

социум

"

№10(89). 268

-b.

Xo`jayorov Hayot Baxtiyorovich. (2022) “Tijorat banklarida kreditlash xizmatlari samaradorligini

oshirishning mohiyati va iqtisodiy ahamiyati”. Banklar

va moliya bozori / banki i finansov

ы

e rinki., 5(153).

33-b.

Климов А.С.

(2008)

Капитализация коммерческих банков: мировая практика и ее

использование российскими банковскими структурами: диссертация. кандидата экономических
наук: Москва,.

-

180 с.

Курбанов, Р. (2022). Банклар капиталлашув даражасини оширишнинг долзарб масалалари.

Экономика и образование, 23(4), 96

-101.

Лаврушин О.И. (2016) Банковское дело. Москва, «Финансы и Статистика», с 648

Масленченков Ю.С. (1996) Финансовый менежмент в коммерческом банке. Москва,

«Перспектива» С

-255

Усоскин В.М. (1994) Современный коммерческий банк: Управление и операции. –М.: “Вазар

-

Ферро”,

C.92.

Bibliografik manbalar

Abdullayeva Sh. Omonov A. (2006) “Tijorat banklarining kapitali va uni boshqarish” Monografiya –T.: “Iqtisod-moliya”. B-110.

Bakhtiyarovich, K.R. (2020). Analysis of Financial Performance of Private Banks in Uzbekistan. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24 (05).

Egamova M.E. (2019) Tijorat banklari kapitallashuv darajasini oshirishda daromadning roli. Iqtisodiyot bo`yicha falsafa doktori (Doctor of Philosophy). Dis. avtoreferati. – T.: TMI,. – 28 b.

Farmon (2020) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020-2025 yillarga mo`ljallangan O`zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to`g`risida”gi PF-5992-sonli farmoni, 2020 yil 12 may.

Kurbanov R.B., Khudoyberganova Z.Z. (2018) Matters of the increasement of private banks capitalization level. // Ekonomika i biznes: teoriya i praktika.. №. 6. S. 103-105.

Kurbanov, R.B. (2021). Improving the organization of the resource base of private banks of the republic of Uzbekistan. SAARJ Journal on Banking & Insurance Research, 10(5), 41-45.

Shodmonov I.S. (2021). ”Bankning kredit siyosatini takomillashtirish”. "Экономика и социум" №10(89). 268-b.

Xo`jayorov Hayot Baxtiyorovich. (2022) “Tijorat banklarida kreditlash xizmatlari samaradorligini oshirishning mohiyati va iqtisodiy ahamiyati”. Banklar va moliya bozori / banki i finansovыe rinki., 5(153). 33-b.

Климов А.С. (2008) Капитализация коммерческих банков: мировая практика и ее использование российскими банковскими структурами: диссертация. кандидата экономических наук: Москва,.- 180 с.

Курбанов, Р. (2022). Банклар капиталлашув даражасини оширишнинг долзарб масалалари. Экономика и образование, 23(4), 96-101.

Қодиров , А. and Маъмуров , Б. (2023) “РАҚАМЛАШТИРИШ ШАРОИТИДА ХУДУДИЙ ТАРКИБИЙ ЎЗГАРИШЛАРНИНГ АСОСИЙ ОМИЛЛАРИ”, "Milliy iqtisodiyotni isloh qilish va barqaror rivojlantirish istiqbollari" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari to‘plami, pp. 358–360.

Домакур, О. В., & Мамуров, Б. Х. (2022). ГЛУБИННОЕ ИНТЕРВЬЮ КАК ОСНОВА МАРКЕТИНГОВОГО ИССЛЕДОВАНИЯ. In Бизнес. Образование. Экономика (pp. 257-260).

Лаврушин О.И. (2016) Банковское дело. Москва, «Финансы и Статистика», с 648

Масленченков Ю.С. (1996) Финансовый менежмент в коммерческом банке. Москва, «Перспектива» С-255

Усоскин В.М. (1994) Современный коммерческий банк: Управление и операции. –М.: “Вазар-Ферро”, C.92.