ОСОБЕННОСТИ ФОРМИРОВАНИЯ И ПЕРСПЕКТИВЫ ОПТИМИЗАЦИИ НАЛОГОВОЙ БРЕМЕНИ ФИЗИЧЕСКИХ ЛИЦ

Аннотация

В статье с теоретической точки зрения исследованы различные мнения и взгляды ученых на оценку налогового бремени, автором проанализирован показатель налогового бремени, практика и порядок налогообложения физических лиц, его текущее состояние, а также разработаны научные выводы и предложения по оценке и распределению уровня налогового бремени налогоплательщиков.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Абдутурапов J. (2023). ОСОБЕННОСТИ ФОРМИРОВАНИЯ И ПЕРСПЕКТИВЫ ОПТИМИЗАЦИИ НАЛОГОВОЙ БРЕМЕНИ ФИЗИЧЕСКИХ ЛИЦ. Экономическое развитие и анализ, 1(7), 11–20. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/44840
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье с теоретической точки зрения исследованы различные мнения и взгляды ученых на оценку налогового бремени, автором проанализирован показатель налогового бремени, практика и порядок налогообложения физических лиц, его текущее состояние, а также разработаны научные выводы и предложения по оценке и распределению уровня налогового бремени налогоплательщиков.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr

www.e-itt.uz

11


JISMONIY SHAXSLAR SOLIQ YUKINING SHAKLLANISH XUSUSIYATLARI VA

OPTIMALLASHTIRISH ISTIQBOLLARI

Abduturopov Jasurbek Nozimjonovich

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Annotatsiya.

Maqolada soliq yukini baholash bo’yicha olimlarning turli fikr va qarashlari nazariy

jihatdan o’rganilib, muallif tomonidan soliq yuki ko’rsatkichi, jismoniy shaxslarni soliqqa tortish amaliyoti

va tartibi, uning amaldagi holati tahlil qilingan hamda soli

q to’lovchilarning soliq yuki darajasini baholash

va taqsimlash bo’yicha ilmiy xulosa va takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit so’zlar:

soliq yuki, soliqqa tortish, soliq stavkalari, soliq ko’rsatkichi, faoliyat turlari, daromad

manbalari.

ОСОБЕННОСТИ ФОРМИРОВАНИЯ И ПЕРСПЕКТИВЫ ОПТИМИЗАЦИИ НАЛОГОВОЙ

БРЕМЕНИ

ФИЗИЧЕСКИХ ЛИЦ

Абдутурапов Жасурбек Назимжанович

Ташкентский государственный экономический университет

Аннотация.

В статье с теоретической точки зрения исследованы различные мнения и

взгляды ученых на оценку налогового бремени, автором проанализирован показатель налогового
бремени, практика и порядок налогообложения физических лиц, его текущее состояние, а также

разработаны научные выводы и предложения по оценке и распределению уровня налогового
бремени

налогоплательщиков

.

Ключевые слова:

налоговое бремя, налогообложение, налоговые ставки, налоговый

показатель, виды деятельности, источники доходов.

FEATURES OF FORMATION AND PROSPECTS OF OPTIMIZATION OF

THE TAX BURDEN OF INDIVIDUALS

Abduturopov Jasurbek Nozimjonovich

Tashkent State University of Economics

Annotation.

The article examines various opinions and views of scientists on the assessment of the

tax burden fron the theoretical point of view, the author analyzes the indicator of the tax burden, the

practice and procedure of taxation for individuals, its current stat. In addition, the author has developed
scientific conclusions and proposals for assessing and distributing the level of the tax burden of taxpayers.

Keywords:

tax burden, taxation, tax rates, tax indicator, types of activities, sources of income.

Kirish.

Davlat uchun asosiy daromad manbai har doim xalqdan soliq

tushumlari bo’lib kelgan. Salbiy va

ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan barcha ichki va tashqi omillarga eng maqbul javob beradigan
soliq tizimi har doim katta foyda keltirgan. Bunday tizim bir vaqtning o’zida davlat va soliq to’lovchilar

manfaatlarig

a javob berishi, hamma uchun mos keladigan “oltin muvozanat” bo’lishi kerak. Anashu

nuqtai nazardan soliq yuki har doim dolzarb mavzu bo’lib kelgan va ko’plab tortishuvlarga sabab

bo’lgan. Bu uning soliq tizimi hisoblagichi sifatidagi ahamiyatini yana bir

bor namoyon etadi desak xato

bo’lmaydi.

VII SON - NOYABR, 2023

UO‘K: 336.221.264

11-20


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr

www.e-itt.uz

12

Boshqacha aytganda, soliq siyosati shunday bo’lishi lozimki, undan soliq to’lovchi xam, davlat

byudjeti ham jabr ko’rmasin. Boshqacha qilib aytganda, soliq to’lovchilarda o’zi shundoq ham o’z

daromadlarining bir qismini byudjetga o’tkazib berishga bo’lgan ixtiyoriy istakning yo’qligi hamda

davlat xarajatlarining boshqa ishonchli manbalari yetarli emasligi vaziyatni naqadar zargarona

ko’rinish kasb etishini yaqqol ko’rsatadi.

Soliq yuki, ko’pchilik o’ylaganidek, to’g’ri ma’nodagi og’irlik o’lchovidir. Ya’ni uni to’g’ri ma’nodagi

og’irlik o’lchovining birliklari bo’lgan tonna, sentner, kilogramm yoki grammlarda ifodalab bo’lmaydi.
Soliq yuki nisbatning ifodasi bo’lganligi uchun

koeffitsentda yoki foizda ifodalanadi. Amaliyotda esa uni

foizda aks ettirish qabul qilingan. Ko’pchilik hollarda soliq yuki ikki xil tarzda o’lchanadi: birinchisida

faqat soliqlarning sof miqdori inobatga olinsa, ikkinchisida soliqlarning tarkibiga boshqa ijtimoiy

ajratmalar yoki boshqa maqsadli fondlarga ajratmalar xam qo’shib hisoblanadi. Bular odatda, solik

yukini aniqlashdagi nisbatning (kasrning) suratini tashkil etadi. Uning maxraji esa ikkala xolda xam bir

ko’rsatkichga –

soliq to’lovchi daromadining miqdori (xajmi)ga teng bo’lishi kerak.

Hozirga qadar davlatning funksiyalarini bajarish uchun lozim bo’lgan moliyaviy mablag’larni

shakllantirishning soliqlardan boshqa usuli jahon amaliyotida qo’llanilgan emas. Dеmak, hukmron kuch

sifatida davlat mavjud ekan, moliyalashtirish usuli sifatida soliqlar ham amal qiladi. Jamiyat iqtisodiy

hayoti juda murakkab iqtisodiy hodisalardan iborat. Ana shu murakkablik bеvosita soliqlarga ham

tеgishliki, bu holat soliqlarning iqtisodiy mohiyatini tеran anglashni taqozo etadi.

Mazkur maqolada jismoniy shaxslarning soliq yuki darajasi, jismoniy shaxslar soliq yukini

aniqlash va baholash bo’yicha tahlil natijalari, soliq yukini optimallashtirish va soliq yukining soliq
to’lovchilar o’rtasida adolatli taqsimlash masalalariga e’tibor qaratilgan. Bu soliq to’lovchining

haqiqatdagi soliq yukini hisobga olishga va soliq yukini tenglik tamoyillariga muvofiq taqsimlashga
imkon beradi.

Adabiyotlar sharhi.

Soliq yuki soliq munosabatlarining ajralmas xususiyati sifatida, birinchi navbatda, xususiy

sektorning moliyaviy resurslarini olib qo’yishning ma’lum darajasi bilan tavsiflanadi, buning natijasida

ushbu ko’rsatkichni miqdoriy aniqlash muammolari an’anaviy ravishda ilmiy izlanishlar markazida
bo’ladi

.

XVII-

XVIII asr uyg’onish davrida eng keng tarqalgan va dolzarb hisoblangan xizmatlar

almashinuvi nazariyasi

soliqlarning atomistik nazariyasi Fransiyada paydo bo’lgan. Nazariyaning

mohiyati shundan iboratki, davlat fuqarolarning hayoti va mol-mulkini ichki va tashqi omillardan

himoya qilishi, tartib-

intizom, xotirjamlik va ularning erkinligini kafolatlashi uchun fuqarolar o’z

daromadlarini davlat bilan bo’lishishlari kerakligi ta’kidlaydi. O’sha vaqtda Sh.Monteske soliq yukini

“fuqarolardan qolgan va olingan daromadning nisbatlarini topish orqali davlat xizmatlariga o’z mol

-

mulkining bir qismini to’lashda ular qolgan qismini himoya qilish kafolatini olishlari yoki undan katta

zavq bilan foydalanishlari uchun” ratsionalizatsiya qilish zarurligini ta’kidlaga

n

5

.

“Soliq yuki” ta’rifining kontseptual va kategorik asoslanishi haqida gapirganda, uni talqin qilish va

miqdoriy aniqlashga turli xil yondashuvlarni keltirish mumkin. Shunday qilib, soliq yukining miqdoriy
jihatini va uning iqtisodiyotga bosimini birinchilar

dan bo’lib o’rgangan

Yusti, uning iqtisodiy tarkibini

makro daraja uchun “byudjet va davlatning milliy daromadi o’rtasidagi nisbat...” deb ta’rifladi.
Brauerning so’zlariga ko’ra, soliq yuki “davlat to’g’ridan

-

to’g’ri aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektl

arga

yuklaydigan yukdir. Bunday soliq yukining ta’siri soliqqa tortishning og’irligi sifatida belgilanib, bu bir
tomondan yukning yuklanishi va soliq to’lovchining to’lov qobiliyati o’rtasidagi munosabatlar bo’lsa,

boshqa tomondan soliq majburiyati va uni ishl

ab chiqarish tomonidan o’tkazish qobiliyati o’rtasidagi

munosabatlar sifatida belgilanadi, agarki soliq to’lovi ishlab chiqarish xarajatlarining ajralmas qismi
bo’lsa.”

Zamonaviy adabiyotda soliq yukining ko’plab ta’riflari keltirilgan. Masalan, nufuzli nashrlardan

biri “Macmillanning zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi lug’ati”da soliq yuki (“tax burden”)ning mohiyati

“o’rtacha yoki samarali soliq stavkasi” (“average rate of tax”) nuqtai nazaridan aniqlanadi, ya’ni
daromad ulushi sifatida hisoblangan soliqning o’rtacha to’liq miqdorini ifodalaydi. Bu holda daromad

deganda yalpi daromad, ya’ni soliq

chegirmalarisiz daromad tushuniladi.

Soliq solish muammolari va uning reproduktiv jarayonlar va iqtisodiy o’sishga ta’siri masalalariga

bag’ishlangan zamonaviy adabiyotlarda “soliq yuki”, “soliq og’irligi”, “soliq zulmi”, “soliq bosimi” va

5

O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (yangi tahriri)


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr

www.e-itt.uz

13

boshqalar atamalari juda faol qo’llaniladi. Shu bilan birga, mualliflarning fikrlari nafaqat ishlatilgan
(qo’llanilgan) terminologiyada, balki juda muhim doirada to’ldirib turadigan mazmunli tarkibda ham

farq qiladi.

Ma’lumki, soliq tushumlari miqdori soliq stavkalari va milliy daromad darajasiga bog’liq bo’lib, bu

soliqlarning tartibga solish imkoniyatlarini o’z ichiga oladi. Ishlab chiqarishning pasayishi va
ishsizlikning o’sishi bilan soliqlar avtomatik ravishda kam

ayib, daromadlar va sotib olish qobiliyatining

o’sishiga yordam beradi. Diskretsion bo’lmagan fiskal siyosat shundan iboratki, hukumat tomonidan
ko’rilmagan maxsus, aniq choralar sharoitida soliqlar iqtisodiy o’sishni barqarorlashtiruvchi vazifasini

bajaradi. Keyns,

shuningdek, aholi daromadlarining o’sishi natijasida ular “tejashga moyilligi” ortib

boradi, shuning uchun ortiqcha jamg’armalarni olib qo’yadigan va ularni davlat byudjeti orqali

investitsiyalarga aylantiradigan soliq siyosati zarur.

Soliq yukini turli ijtimoiy guruhlar, ishlab chiqarish tarmoqlari, alohida korxonalar o’rtasida

taqsimlash muammosi o’rganiladi. Ushbu maqsadlar uchun ilmiy adabiyotlarda soliq yukining bir qator
xususiy ko’rsatkichlaridan foydalanish taklif etiladi:

-

Soliq to’lovchining daromadlari summasidan xarajatlarni chegirgan holda to’langan soliqlarning

umumiy miqdoriga nisbatini;

-

Barcha hisoblangan soliqlar va soliq to’lovlari summasining sotish hajmiga nisbati;

-

Tashkilotning ma’lum bir davr uchun jami soliq to’lovlarining shu davr uchun qo’shilgan

qiymatdagi ulushini (Chernika, 1997);

-

Soliq qonunchiligida soliqning turli elementlarini shakllantirish bo’yicha talablarini hisobga

olgan holda hisoblab chiqilgan yalpi daromaddagi hisoblangan soliqlarning ulushini tavsiflovchi nisbiy

ko’rsatkich. Soliqning og’irligi nafaqat soliq yukini, balki soliq yukini kamaytiradigan yoki oshiradigan

boshqa bilvosita omillarni ham hisobga oladi (Panskov, 2005);

-

Muayyan soliq summasining va yoki guruhining soliq to’lash manbasini tavsiflovchi asosiy

ko’rsatkichga nisbatini.

Shu bilan birga, soliq munosabatlarining atributiv belgilaridan biri shundaki, ular soliqni to’lash

evaziga davlat tomonidan bir vaqtning o’zida qarama

-qarshi ekvivalent qiymat harakati bilan birga

kelmaydi va soliq to’lovchi tomonidan ixtiyoriylik elementidan mahrum bo’ladi, shuning uchun ularning

ishlashi bir qator obyektiv qarama-

qarshiliklar bilan bog’liq bo’lib, ularning mazmuni ham soliq olib

qo’yilganligi faktiga, ham uning nisbiy qiymatiga bog’liq. Shu munosabat bilan soliq yukini to’g’ri

o’lchash, uni shakllantirishning asosiy omillari va optimallashtirish yo’nalishlarini aniqlash davlatlar va
soliq to’lovchilar manfaatlarini uyg’unlashtirishning eng muhim yo’nalishlari hisoblanadi.

Tadqiqot metodologiyasi.

Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish hamda ular zimmasidagi soliq yukini aniqlash va baholash

bo’yicha mavjud ilmiy tadqiqotlarni o’rganish, soliq stavkalari va daromad manbalarini qiyosiy

solishtirish, statistik ma’lumotlarni o’rganish va iqtisodiy jihatdan taqqoslash va tahlil qilish, mantiqiy
fikrlash, ilmiy abstraksiyalash, ma’lumotlarni guruhlash, analiz va sintez, induksiya va deduksiya

usullaridan keng foydalanilgan.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Mamlakatimizda soliq siyosatining samarali olib borish, xususan soliq siyosatining muhim

yo’nalishlaridan biri bo’lgan aholi daromadlarini kengaytirish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb
qilish borasida ko’plab vazifalar amalga oshirildi. Yangi tah

rirdagi soliq kodeksi qabul qilinib,

amaliyotga joriy etilishi natijasida ko’plab ziddiyatli, yechimi ochiq qolayotgan holatlar bartaraf etildi

deyish mumkin.

Soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi qabul qilingunga qadar, jismoniy shaxslardan

olinadigan daromad solig’i tabaqalashrilgan 4 ta stavkada soliqqa tortilgan bo’lsa, islohot natijasida,

jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i yagona 12 f

oiz stavkada soliqqa tortilishi belgilandi.

1-

jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, jismoniy shaxsning xar oyda 3,5 mln so’mdan

hisoblangan ish xaqi 12 oy davomida 42 mln so’mni, hisoblangan daromad solig’i summasi 2018 yilda

7,1 mln so’mni, 2019 yilda boshlab qat’iy 12 foizlik stavkada 5 mln so’mni tashkil qilgan. Ushbu davrlar
uchun soliq to’lovchi tomonidan jami to’lovlar summasi mos ravishda 10,5 mln so’m va 5 mln so’mga

teng bo’lgan. E’tiborli jihati, 2019 yilga qadar fuqarolardan byudjyetdan tashqari pensiya jamg’armasiga
majburiy sug’urta

badallari undirilib kelingan bo’lsa, 2019 yildan boshlab mazkur majburiy badallar

bekor qilindi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr

www.e-itt.uz

14

1-jadval

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i bo’yicha taqqoslama jadval

Ko’rsatkich nomi

2018 yil

2019 yildan

boshlab

1

Yillik yalpi daromad (hisoblangan ish haqi

miqdori) summasi

42 000 000

42 000 000

2

Belgilangan stavka bo’yicha hisoblangan soliq,

jumladan

7 124 760

5 040 000

2.1

I shkala bo’yicha

0

-

2.2

II shkala bo’yicha

620 064

-

2.3

III shkala bo’yicha

1 705 176

-

2.4

IV shkala bo’yicha

4 799 520

-

3

Pensiya jamg’armasi

3 360 000

-

4

Jami to’lovlar

10 484 760

5 040 000

5

Yalpi daromaddagi barcha soliqlarning ulushi

25%

12%

Natijada, yagona soliq stavkasining amaliyotga joriy etilishi hamda fuqarolarning byudjyetdan

tashqari pensiya

jamg’armasiga majburiy sug’urta badallarining bekor qilinishi soliq to’lovchilar

zimmasidagi soliq yukining sezilarli darajada kamayishiga yordam bergan.

1-rasm. 2018-

2022 yillarda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i

to’lovchilari sonining o’sish dinamikasi (nafar)

Shu bilan birga, amalga oshirilgan amaliy harakatlar natijasida fuqarolarning o’z daromadlarini

yashirishga bo’lgan rag’batlarini kamaytirilishiga erishildi deyish mumkin. Ayni holatda, ushbu soliq

turi bo’yicha soliq to’lovchilar soni yil sayin ortib borayotganligi fikrimizga dalil bo’la oladi (2

-rasm).

Ya’ni, tahlil qilinayotgan davrda bu ko’rsatkich oshganligini ko’rish mumkin. Bunga asosiy sabab sifatida

2019 yildan jismoniy shaxslardan olinadiga

n daromad solig’ida progressiv soliqqa tortish amaliyotidan

proportsional soliqqa tortish tizimiga o’tilganligi va buning natijasida yashirin iqtisodiyot tarkibida
faoliyat yuritib kelgan juda ko’p jismoniy shaxslar rasmiy iqtisodiyotga o’tganlari bilan iz

ohlash mumkin

(Vilkova, Romanovskiy, 2004).

Shuni alohida qayd etish kerakki, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i byudjet

daromadlari manbalari tarkibida muhim ro’l o’ynaydi (2

-jadval).

Jadval ma’umotlaridan ko’rinadiki, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining davlat

byudjeti daromadlaridagi ulushi 2018 yilda 8,1 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2021 yilda 11,5 foizni tashkil
etgan, 2022 yilga kelib bu ko’rsatkich 12,0 foiz bo’lga

n. Tahlil qilinayotgan davrda jismoniy shaxslardan

olinadigan daromad solig’ining davlat byudjeti daromadlaridagi ulushi qariyb 1,5 barobarga oshgan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr

www.e-itt.uz

15

2-jadval

O’zbekiston Respublikasi makroiqtisodiy ko’rsatkichlari tarkibida jismoniy shaxslardan

olinadigan daromad solig’ining ulushi dinamikasi

Davrlar

Soliq

tushumi,

mlrd so’m

Shundan

Mamlakat

yalpi ichki

maxsulotidagi

ulushi

Jami byudjet

daromatlari

tarkibidagi

ulushi

Bevosita soliqlar

daromatlari

tarkibidagi

ulushi

2018 yil

6 422,70

1,6%

8,1%

41,0%

2019 yil

12 668,50

2,5%

11,3%

40,0%

2020 yil

15 140,80

2,5%

11,4%

33,5%

2021 yil

18 917,70

2,6%

11,5%

32,1%

2022 yil

24 284,50

2,7%

12,0%

37,7%

Shuningdek, aholini tadbirkorlik faoliyatiga yanada keng jalb qilish va norasmiy bandlikni

kamaytirish orqali qonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qo’shimcha shart

-sharoitlarni

yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil

9 iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati

va o’zini o’zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora

-tadbirlari

to’g’risida”gi PQ

-4742-sonli Qarori qabul qilindi. Qaror bilan norasmiy mehnat faoliyatini olib

borayotgan jismoniy shaxsla

rning o’z daromadlarini legallashtirishga bo’lgan intilishlariga katta turtki

bo’ldi deyish mumkin. Qaror bilan 70 dan ortiq faoliyat turlari ro’yxati tasdiqlangan. Bu bilan

fuqarolarning soliq majburiyatlari sezilarli darajada kamaytirilib, ularning iqtisodiy manfaatlari

oshirildi. Quyida so’nggi o’zgarishlarni hisobga olgan holda jismoniy shaxslarni soliqqa tortish va ular
zimmasidagi soliq yukini tahliliy ko’rib chiqishga xarakat qilamiz. Tahlil xolisligi uchun 2022 yildagi

shartli misollar keltiriladi (Qaror, 2020).

3-jadval

Jismoniy shaxslarning daromad manbalari kesimida soliqqa tortishning

qiyosiy taqqoslama jadvali

Ko’rsatkichlar

1-

Fuqaro

2-

Fuqaro

3-

Fuqaro

4-

Fuqaro

5-

Fuqaro

Daromad manbai

Oylik

maosh

Mulk

ijarasi

YaTT,

sartaroshli

k xizmati

Ulush-dan

dividend

O’zini o’zi

band qilish,

foto-video

xizmati

Yalpi daromad, ming.so’m

5 000,0

5 000,0

5 000,0

5 000,0

5 000,0

Qonunchilikka muvofiq bazaviy

hisoblash miqdori, ming.so’m

270,0

270,0

270,0

270,0

270,0

Geografik joylashuvi

Toshken

t shahri

Toshkent

shahri

Toshkent

shahri

Toshkent

shahri

Toshkent

shahri

Daromad solig’i stavkasi,

(foiz yoki qat’iy miqdorda)

12,0%

12,0%

275 000

so’m

10,0%

-

Ijtimoiy soliq stavkasi,

(foiz yoki qat’iy miqdorda)

-

-

270 000

so’m

-

270 000

so’m

Kalendar yil (12 oy) uchun jami

hisoblangan daromad solig’i

summasi, ming.so’m

7 200,0

7 200,0

3 300,0

6 000,0

-

Kalendar yil (12 oy) uchun jami

hisoblangan ijtimoiy soliq

summasi, ming.so’m

-

-

3 240,0

-

270,0

Jami majburiy

to’lovlar

summasi, so’m

7 200,0

7 200,0

6 540,0

6 000,0

270,0

Soliq yuki, foizda

12,0

12,0

10,9

10,0

0,5


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr

www.e-itt.uz

16

Faraz qilaylik, 5 nafar fuqaro har birining oylik daromadi 5 mln so’mni tashkil qiladi. Ammo ular

mazkur daromadni turli manbalardan qo’lga

kiritishadi. Masalan, 1-fuqaro oylik maosh tarzida, 2-

fuqaro o’z mulkini ijaraga berishdan, 3

-fuqaro tadbirkorlik faoliyati, sartaroshlik xizmatlarini

ko’rsatishdan, 4

-fuqaro dividend shaklida, 5-

fuqaro esa o’zini o’zi band qilish orqali video va fotosurat

ga

olish xizmatlarini ko’rsatishdan mablag’larni jamlaydilar. Daromad turlarining har biri o’ziga xos usul

va stavkalar asosida soliqqa tortiladi (3-jadval).

Jadval ma’lumotlaridan bir xil miqdordagi daromadga nisbatan soliqlar hajmi va soliq

undirilganidan keyin fuqarolar ixtiyorida qoladigan daromad miqdorini, shuningdek daromadlar

soliqqa tortilishi natijasida ular xar birining soliq yuki turlicha ko’rinishga ega bo’lganligini anglash
mumkin. Mazkur jadval ma’lumotlaridan xulosa qilish mumkinki, umumiy holatda jismoniy

shaxslarning turli shaklda oladigan daromad manbalari iqtisodiy jihatidan olib qaralganda soliq yuki

soliq to’lovchilar o’rtasida bir tekis ta

qsimlanishiga erishilgan, bunda kam daromadli aholi qatlamiga

tushadigan soliq yukini kamaytirish o’zini o’zi band qilish mexanizmini joriy qilish orqali ta’minlangan

deyish mumkin.

Biroq, jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki daromad manbalariga ega xar 5 nafar fuqarolar

orasida o’zini o’zi band qilgan fuqaroning soliq yuki eng minimum miqdorni tashkil etgan. Albatta, o’zini
o’zi band qilish mexanizmi vositasida kam daromadli aholi qatlamini iqtisodiy qo’llab

-quvvatlash,

shuningdek, norasmiy mehnat faoliyatini ko’rsatayotgan jismoniy shaxslar daromadini
qonuniylashtirish ko’zda tutgan bo’lsada, yakka tartibdagi tadbirkorlar shug’ullanishi mumkin bo’lgan

faoliyat turlarini o’zini o’zi band qilish faoliyati turlari bilan o’zaro solishtirgan holda qayta ko’rib

chiqish maqsadga muvofiq (4-jadval).

4-jadval

Yakka tartibdagi tadbirkorlar va o’zini o’zi band qiladigan shaxslar tomonidan

ko’rsatiladigan faoliyat turlarining taqqoslama jadvali

Yakka tartibdagi tadbirkorlar

shug’ullanishi mumkin bo’lgan faoliyat

turlari

O’zini o’zi band qiladigan shaxslar

shug’ullanishi mumkin bo’lgan faoliyat

turlari

Gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan

chakana savdo qilish

Gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan

chakana savdo qilish

Aholining yakka tartibdagi buyurtmalari

bo’yicha poyabzal tikish, poyabzalni ta’mirlash,

bo’yash va tozalash

Aholining yakka tartibdagi buyurtmalari

bo’yicha poyabzal tikish, poyabzalni ta’mirlash,

bo’yash va tozalash

Bijuteriya va jevaklarni tayyorlash va

ta’mirlash

Bijuteriya va jevaklarni tayyorlash va

ta’mirlash

Kalitlar tayyorlash

Kalitlar tayyorlash

O’lchov vositalari tayyorlash va ularni prokatga

berish

O’lchov vositalari tayyorlash va ijaraga berish

Gulchambarlar (shu jumladan, motam

gulchambarlari), sun’iy gullar, ikebana, gul

marjonlarini tayyorlash

Gulchambarlar (shu jumladan, motam

gulchambarlari), sun’iy gullar, ikebana, gul

marjonlarini tayyorlash

To’siqlar, haykallar, metalldan yasalgan

gulchambarlarni tayyorlash va ta’mirlash

To’siqlar, haykallar, metalldan

yasalgan

gulchambarlarni tayyorlash va ta’mirlash

Kesuvchi buyumlar va asboblarni charxlash

Kesuvchi buyumlar va asboblarni charxlash

Akvarium baliqlari, dekorativ qushlar va

boshqa hayvonlarni ko’paytirish va sotish

Akvarium baliqlari, dekorativ qushlar va

boshqa hayvonlarni ko’paytirish va sotish

Musiqa asboblarini ta’mirlash va sozlash

Musiqa asboblarini ta’mirlash va sozlash

Video va fotosuratga olish xizmatlari

Video va fotosuratga olish xizmatlari

To’garaklar tashkil etish va

yuritish

To’garaklar tashkil etish va yuritish

Tulumni shishirish xizmatlari (taksidermik

ishlar)

Tulumni shishirish xizmatlari (taksidermik

ishlar)

Gullar va dekorativ daraxtlar yetishtirish va

sotish (shu jumladan bonsay san’ati)

Gullar va dekorativ daraxtlar yetishtirish va

sotish (shu jumladan bonsay san’ati)


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr

www.e-itt.uz

17

Salatlar va tuzlamalar tayyorlash va sotish,

shuningdek uy sharoitida donalab sotiladigan

taomlarning ayrim turlarini tayyorlash va

o’tirish joylari tashkil etmasdan yoki mahalliy

davlat hokimiyati organlarining qarori bilan

ajratilgan maxsus joylarda sotish

Salatlar va tuzlamalarni tayyorlash va sotish,

shuningdek, uy sharoitida donalab sotiladigan

taomlarning ayrim turlarini tayyorlash va

o’tirish joylarini tashkil etmasdan yoki

mahalliy davlat hokimiyati organlarining

qarori bilan ajratilgan maxsus joylarda sotish

Metallni ta’mirlash ishlari (uy sharoitida

metalldan tayyorlangan maishiy buyumlarni

ta’mirlash (kalitlarning dublikatlarini

tayyorlash, soyabonlarni ta’mirlash, boshqa

maishiy metall buyumlarni oddiy ta’mirlash)

Metall ta’mirlash ishlari (uyda amalga

oshiriladigan maishiy metall buyumlarini

ta’mirlash (kalitlarning dublikatlarini

tayyorlash, soyabonlarni ta’mirlash, boshqa

maishiy metall buyumlarini oddiy

ta’mirlash)

Sartaroshlik xizmatlari, manikyur, pedikyur,

kosmetolog xizmatlari va shunga o’xshash

boshqa xizmatlar

Sartaroshlik xizmatlari, manikyur, pedikyur

xizmatlari

Gazlamalarga naqshlar solish (gazlamalar va

kiyim ashyolarini qo’lda bo’yash,

gazlamalarga,shu jumladan trafaretli bosma va

qo’lda rasm chizish usuli bilan rasmlar solish)

Gazlamalarga naqshlar solish (gazlamalar va

kiyim ashyolarini qo’lda bo’yash, gazlamalarga,

shu jumladan trafaretli bosma va qo’lda rasm

chizish usuli bilan rasmlar solish)

Kir yuvish, quruq va kimyoviy tozalashni

tashkil etish, shuningdek, dazmollash

xizmatlari

Uyda kir yuvish va dazmollash xizmatlari

Ijtimoiy xizmatlar (bolalar, bemorlar va keksa

kishilarga qarash xizmatlari)

Bolalarga qarab turish va ularni parvarish

qilish bo’yicha jismoniy shaxslarga

ko’rsatiladigan xizmatlar

Tikuv, mo’yna, charm va trikotaj buyumlarni,

bosh kiyimlarni va to’qimachilik

galantereyasidan tikilgan buyumlarni

ta’mirlash, aholining yakka tartibdagi

buyurtmalari bo’yicha tikuv va trikotaj

buyumlarini, bosh kiyimlarini va to’qimachilik

galantereyasidan buyumlarni tikish, shu

jumladan deraza va eshik pardalarini tikish,

kashtachilik

Galantereya buyumlarini tayyorlash va

ta’mirlash

Tarjima xizmatlari, tahrir xizmatlari

Tarjima qilish xizmatlari (badiiy adabiyotni

tarjima qilish, texnik tarjima, veb-saytlar,

filmlar, kompyuter va mobil ilovalar,

taqdimotlar, video, audio va reklamalar

tarjimasi)

Rieltorlik faoliyati

Rieltorlik

xizmatini ko’rsatish (ijaraga uy topib

berish, uy sotib olish va sotishga

ko’maklashish)

Aholi uchun turar va noturar joylarni

ta’mirlash bo’yicha xizmatlar

Jismoniy shaxslarga murakkab bo’lmagan

umumiy qurilish, qurilish-

ta’mirlash ishlari

(beton quyish, bo’yoqchilik, suvoqchilik ishlari,

g’isht va kafel terish, perforatsiya, duradgorlik,

chilangarlik va boshqa umumiy qurilish ishlari)

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011

-yil 7-yanvardagi 6-sonli qaroriga asosan

yakka tartibdagi tadbirkorlar shug’ullanishi mumkin bo’lgan faoliyat turlari ro’yxati, O’zbekiston

Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi PQ-4742-

son qaroriga asosan esa o’zini o’zi band

qiladigan shaxslar shug’ullanishi mumkin bo’lgan faoliyat faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro’yxati

tasdiqlangan (Qaror, 2020). Xar ikkala normativ xujjatlarda ayni bir

faoliyat turi yoki nisbatan o’xshash

bo’lgan faoliyat turlari keltirilgan (4

-jadval). Soliqqa tortish nuqtai nazaridan olib qaralganda, bu xolat

ijobiy baholanmaydi. Boisi, yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan o’zini o’zi band qiladigan shaxslarni

soliqqa tortish amaliyoti hamda ularning soliq yuki darajasi tubdan farq qiladi (5-jadval).


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr

www.e-itt.uz

18

5-jadval

Yakka tartibdagi tadbirkor va o’zini o’zi band qilgan shaxs daromadlarini soliqqa

tortishning qiyosiy solishtirma jadvali

Ko’rsatkichlar

Yakka

tartibdagi

tadbirkor

O’zini o’zi band

qilgan shaxs

Faoliyat turi

To’garaklar

tashkil etish va

yuritish

To’garaklar tashkil

etish va yuritish

Kalendar yil (12 oy) uchun yalpi daromad, so’m

85 000 000

85 000 000

Soliq bazasidan chegiriladigan xarajatlar summasi, so’m

23 500 000

23 500 000

Soliq solinadigan baza, so’m

61 500 000

61 500 000

Qonunchilikka muvofiq bazaviy hisoblash miqdori, so’m

270 000

270 000

Geografik joylashuvi

Toshkent shahri

Toshkent shahri

Daromad solig’i stavkasi

12,0%*

-

Ijtimoiy soliq stavkasi,

(foiz yoki qat’iy miqdorda)

270 000 so’m

270 000 so’m

Kalendar yil (12 oy) uchun jami hisoblangan daromad

solig’i summasi, so’m

7 380 000

-

Kalendar yil (12 oy) uchun jami hisoblangan ijtimoiy soliq

summasi, so’m

3 240 000

270 000

Jami

majburiy to’lovlar summasi, so’m

10 620 000

270 000

Soliq yuki, foizda

12,49

0,32

*

yakka tartibdagi tadbirkor daromadi deklaratsiya asosida soliqqa tortiladi.

O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq, yakka tartibdagi

tadbirkorlar har oyda

qat’iy belgilangan miqdorlardagi soliqlarni yoki tadbirkorlik faoliyatidan olingan haqiqiy daromadi
bo’yicha ushbu daromadlarni olish bilan bog’liq xarajatlar summasini chegirib tashlagan holda doimiy

yashash joyidagi davlat soliq ins

peksiyasiga deklaratsiya topshirish yo’li bilan daromad solig’ini to’lashi,

shuningdek, ijtimoiy soliqni har oyda bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida to’lashi

belgilangan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020

-yil 8-iyundagi PQ-4742-

son qaroriga asosan o’zini

o’zi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlari jismoniy shaxslar jami

daromadlari tarkibiga kiritilmasligi belgilangan. O’zini o’zi band qilgan shaxslar tomonidan to’lanadigan

ijtimoiy soliq summasining eng kam miqdori bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari etib

belgilangan (Qaror, 2020).

Maskur holatlarni ko’rib chiqib aytish mumkinki, o’zini o’zi band qilgan jismoniy shaxslarning

daromadlarini soliqqa tortish, xususan ushbu toifadagi shaxslarning yillik daromadi 100 mln so’mdan

oshgan taqdirda, ularga nisbatan yakka tartibdagi tadbirkorla

r uchun o’rnatilgan tartibda soliqqa

tortish amaliyotini joriy qilish tavsiya etiladi. Bu esa, soliq to’lovchilar o’rtasida soliq yukini adolatli
taqsimlash, byudjet daromadlarini qo’shimcha manbalar bilan ta’minlash hamda soliq to’lovchilar

o’rtasida sog’

lom raqobat muhitini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuni alohida qayd etish kerakki, jismomiy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan olgan

daromadlarini soliqqa tortishda ham umumiy tenglikni saqlab qolishga erishilgan. Bunda ular

daromadlarining soliqqa tortilishi qat’iy belgilangan miqdorda va (yoki) deklaratsiya topshirish yo’li

bilan

daromad solig’ini

to’lash bo’yicha tanlash huquqining mavjudligi soliq yukini minimallashtirishda

muhim ro’l o’ynaydi. Shuningdek, soliq yukini minimallashtirish haqida gap ketganda, soliq
imtiyozlarini qayd etib o’tish muh

im ahamiyatga ega. Boisi, jismoniy shaxslar tomonidan soliq

imtiyozlarini qo’llash ularning soliqlardan keyin ixtiyorida qoladigan mablag’larining jami
daromadlariga nisbatan salmog’i oshishiga xizmat qiladi (6

-jadval).


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr

www.e-itt.uz

19

6-jadval

2018-

2022 yillarda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i

bo’yicha soliq imtiyozlari tahlili

Davrlar

Hisoblangan

soliq summasi,

mlrd so’m

Soliq

imtiyozidan

foydalangan

jismoniy

shaxslar soni

Qo’llanilgan

soliq

imtiyozlari

summasi,

mlrd so’m

Davlat

byudjetiga
undirilgan

soliq summasi,

mlrd so’m

2018 yil

7 459,2

8 321,0

393,1

6 423

2019 yil

13 470,9

33 866,0

789,0

12 669

2020 yil

14 415,2

44 093,0

917,9

15 141

2021 yil

19 518,3

56 165,0

1 073,8

18 918

2022 yil

24 971,2

41 580,0

1 028,3

24 285

Jami

79 834,8

184 025,0

4 202,1

77 434,2

Ko’rib chiqilayotgan davrda, jami 184

025 nafar jismoniy shaxslar daromad solig’i bo’yicha

imtiyozlardan foydalanishgan. Jumladan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i to’lovchilari

bo’lgan fuqarolardan 2018 yilda 4

281,2 ming nafaridan

8,3 mingtasi, 2019 yilda 4 686,2 ming

nafaridan

33,9 mingtasi, 2020 yilda 4 819,5 ming nafaridan

44,1 mingtasi, 2021 yilda 4 789,1 ming

nafaridan

56,2 mingtasi, 2022 yilda 5 018,0 ming nafaridan

41,6 mingtasi imtiyozdan

foydalanishgan. 2018

2022-yillar davomida ularning umumiy imtiyoz summasi 4

202,1 mlrd so’mga

yetib, jami hisoblangan soliq summasining 5,3 foizini yoki soliqqa tortiladigan daromadlari umumiy
summasining qariyb 0,6 foizini tashkil qilgan. Shunga qaramay, jismoniy shaxslardan olinadigan

daromad solig’i bo’yicha hisoblangan soliqlar hamda qo’llanilgan imtiyozlar summasi ushbu yillar
davomida o’sish tendensiyasiga ega bo’lsa

-da, 2018

2022-

yillar oralig’ida imtiyoz su

mmalari

hisoblangan soliq summalarga nisbatan 2019 yilda avvalgi yilga nisbatan

11 foizga o’sish, 2020 yilda

avvalgi yilga nisbatan

9 foizga o’sish, 2021 yilda avvalgi yilga nisbatan –

14 foizga kamayish, 2022 yilda

esa avvalgi yilga nisbatan

25 foiz

ga kamayishi kuzatilgan. Ushbu holat mazkur soliq turi bo’yicha

yildan yilga soliq imtiyozlari sonining qisqartirib borilayotganligidan yohud jismoniy shaxslarning

imtiyozlarni qo’llash bo’yicha zarur ma’lumot va bilimlarning yetishmasligi natijasida mavju

d

imtiyozlardan to’liq foydalana olmaslik holatlari ortib borayotganligidan dalolat beradi.

Umuman olganda, soliqlar har bir mehnat qiluvchi ishchining peshana terisi bilan to’lanadi. Agar

bu soliqlar haddan tashqari yuqori bo’lsa, bu fabrikalarning to’xtashiga, soliqni to’lash uchun
fermalarning sotilishiga va och odamlar ko’chalarda daydib, beh

udaga ish qidirishlariga olib keladi

(Franklin, 1932)

. Agar daromadning katta qismi yuqori soliq stavkasini to’lashga yo’naltirilsa, ishlashga

va resurslardan samarali foydalanishga rag’bat pasayadi, yoki aksincha agar daromadlarining kattaroq

qismi o’zlarida qolsa, odamlar ko’proq ishlashga, ko’proq ishlab chiqarishga intiladilar. Soliq tufayli
o’zgargan rag’batlar behuda isrofgarchilikka va iqtisodiy samarasizlikka olib kelishi mumkin.

Xulosa va takliflar.

Qayd etish kerakki, soliq tizimi bo’yicha, xususan jismoniy shaxslar soliq yukini

optimallashtirishga bo’lgan ko’plab ijobiy ishlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, O’zbekiston sharoitida

soliq yukini

tahlil qilish natijalaridan soliq siyosatining ustuvor yo’nalishlari bilan bog’liq bir qator

xulosalar chiqarish mumkin

. Ushbu

yo’nalishlarga

o’z

nuqtayi nazarimizni ifodalab, quyidagi taklif va

fikrlarni ilgari suramiz:

Birinchidan, jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortish barcha uchun teng va yakdil holda

bo’lishi, ayniqsa, kam daromadli aholi qatlamini iqtisodiy qo’llab quvvatlash maqsadida ijtimoiy tenglik

tamoyillarini inobatga olib, soliqqa tortilmaydigan minimum miqdorlarni asta-sekin va bosqichma-
bosqich joriy qilish bilan ular zimmasidagi soliq yukini kamaytirish zarur.

Ikkinchidan, soliq to’lovchilar tomonidan daromadlarni yashirish va ularga soliq yukidagi farq

omili ta’sirida mablag’larni daromadning bir shaklidan ikkinchisiga sun’iy ravishda o’tkazilishining

oldini olish uchun daromadlarning bir-xilda soliqqa tortilis

hini ko’zda tutish, ayniqsa, qonunchilik

talablaridan kelib chiqib

yakka tartibdagi tadbirkorlar shug’ullanishi mumkin bo’lgan faoliyat turlarini

o’zini o’zi band qilish faoliyati turlari bilan o’zaro solishtirish orqali qayta ko’rib chiqish, bir

-birini


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr

www.e-itt.uz

20

takrorlovchi, aynan o’xshash faoliyat turlarini biridan olib tashlash, ikkinchisiga qo’shib yuborish orqali

normativ xujjatlarni tartiblash kerak.

Uchinchidan,

soliq to’lovchilar o’rtasida soliq yukini adolatli taqsimlash, byudjet daromadlarini

qo’shimcha manbalar bilan ta’minlash hamda soliq to’lovchilar o’rtasida sog’lom raqobat muhitini

yaratish maqsadida o’zini o’zi band qilgan jismoniy shaxslar daromadlarini

ng soliqqa tortilishi, xususan

ushbu toifadagi shaxslarning yillik daromadi 100 mln so’mdan oshgan taqdirda, ularga nisbatan yakka

tartibdagi tadbirkorlar uchun o’rnatilgan tartibda soliqqa tortish amaliyotining

tadbiq etilishi lozim.

Xulosa qilib aytganda, soliq to’lovchilarning turli darajadagi daromadlarini hisobga oladigan soliq

tizimlarini ishlab chiqish orqali siyosatchilar iqtisodiy tenglikni oshirishga va daromadlar tengsizligini

kamaytirishga yordam berishi mumkin. Soliq to’lov

chilarning iqtisodiy faolligini kamaytirmaslik,

qolaversa, soliqqa tortish prinsiplariga muvofiq soliq yukini teng taqsimlash orqali barcha uchun bir xil

raqobat sharoitini yaratishga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiq.

Adabiyotlar / Литература / Literature

:

Chernika D.G. (1997)

“Soliqlar” / D. G. Chernika tahriri ostida

- M. Moliya va statistika,.

16 bet.

Franklin D. Ruzvelt (1932), AQSh, Pensilvaniya shtati, Pitsburg shahri, 19-oktabr.

Mahkamov B., Turaev Sh. “Directions for optimizing the tax burden in the economy”

- B. Mahkamov,

Sh.Turaev Primedia E-launch Shawnee, USA 2023. 135-bet.

Panskov V.G. (2005) “Rossiya Federatsiyasining soliqlari va soliq tizimi” / V. G. Panskov. Darslik.

-M.:

Moliya va statistika, 93-bet.

Qaror (2011) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining 2011-yil 7-

yanvardagi “Yakka

tartibdagi tadbirkorlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi

6-sonli Qarori

Qaror (2020) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 9 iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va

o’zini o’zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora

-

tadbirlari to’g’risida”gi

PQ-4742-sonli Qarori

Vilkova S. E., Romanovskiy M.V. (2004) “Soliqni rejalashtirish” / S. E. Vilkova, M. V. Romanovskiy.

SPb., Piter, 476-bet.

Библиографические ссылки

Chernika D.G. (1997) “Soliqlar” / D. G. Chernika tahriri ostida - M. Moliya va statistika,. – 16 bet.

Franklin D. Ruzvelt (1932), AQSh, Pensilvaniya shtati, Pitsburg shahri, 19-oktabr.

Mahkamov B., Turaev Sh. “Directions for optimizing the tax burden in the economy” - B. Mahkamov, Sh.Turaev Primedia E-launch Shawnee, USA 2023. 135-bet.

Panskov V.G. (2005) “Rossiya Federatsiyasining soliqlari va soliq tizimi” / V. G. Panskov. Darslik.-M.: Moliya va statistika, 93-bet.

Qaror (2011) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi “Yakka tartibdagi tadbirkorlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 6-sonli Qarori

Qaror (2020) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 9 iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o’zini o’zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4742-sonli Qarori

Vilkova S. E., Romanovskiy M.V. (2004) “Soliqni rejalashtirish” / S. E. Vilkova, M. V. Romanovskiy. SPb., Piter, 476-bet.