Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
99
SUG
‘
URTA KOMPANIYALARINING RISKLARNI BOSHQARISH FAOLIYATI
SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘NALISHLARI
Nurmuxamidova Mo‘xtabar Xasanovna
Guliston davlat universiteti,
Matqurbanova Aziza Davronbek qizi
Guliston davlat universiteti
Annotatsiya.
O‘zbekistonda i
qtisodiyot tarkibini diversifikatsiya qilish va uning
raqobatbardoshligini oshirish, iktisodiyotning barcha tarmoqlariga bozor mexanizmlarini izchillik bilan
joriy etish, kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini
oshirish,raqamli iqtisodiyotni jadal
rivojlantirish, davlat kompaniyalarini transformatsiya kilish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini
kamaytirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash hozirgi kunda amalga oshirilayotgan iqtisodiy
islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini tashkil etadi. Mazkur iqtisodiy islohotlar doirasida “tovar va moliya
bozorlarida erkin
raqobat muhitini shakllantirish”, “hayot sug‘urtasi tarmog‘ini hamda shaxsiy sug‘urtani
aholi orasida ommalashtirish, ularni keng miqyosda tar
g‘ib qilish hamda yangi hayot va shaxsiy sug‘urta
turlarini rivojlantirish” bo‘yicha dolzarb vazifalarning belgilanganligi mamlakatda sug‘urta faoliyatining
nazariy-
metodologik va amaliy asoslarini takomillashtirish, sug‘urta xizmatlarining moliyaviy xizmatlar
tarkibidagi salmog‘i va sifat darajasini oshirish yuzasidan tadqiqot ishl
arini amalga oshirish zaruriyatini
ko‘rsatib beradi.
Kalit so‘zlar:
sug‘urta
,
sug‘urta
badali,
sug‘urta
mukofoti,
sug‘urta
summasi,
sug‘urta
tavakkalchiligi,
sug‘urta
tarifi,
sug‘urta
tovoni (
sug‘urta
to’lovi
),
sug‘urta
turi,
sug‘urta
faoliyati,
sug‘urta
qiymati, franshiza, qayta
sug‘urta
, qayta
sug‘urtalovchi
, qayta
sug‘urta
shartnomasi.
НАПРАВЛЕНИЯ ПОВЫШЕНИЯ ЭФФЕКТИВНОСТИ РИСК
-
МЕНЕДЖМЕНТА
СТРАХОВЫХ КОМПАНИЙ
Нурмухамидова Мухтабар Хасановна
Гулистанский
государственный
университет,
Маткурбанова Азиза Давронбек кизи
Гулистанский
государственный
университет
Аннотация.
Обеспечение устойчивого экономического роста в Узбекистане путем
диверсификации
структуры
экономики
и
повышения
ее
конкурентоспособности,
последовательного внедрения рыночных механизмов во все отрасли экономики, сокращения
бедности и повышения благосостояния населения,ускоренного развития цифровой экономики,
трансформации государственных компаний, снижения участия государства в экономике
составляют приоритетные направления проводимых в настоящее время экономических реформ.
В рамках этих экономических реформ намечены актуальные задачи по “формированию
атмосферы свободной конкуренции на товарных и финансовых рынках”, “популяризации среди
населения сети страхования жизни и личного страхования, их широкомасштабному
продвижению и развитию новых видов страхования жизни и личного страхования”
-
указывает
на необходимость проведения научно
-
исследовательской работы по совершенствованию
методологических и практических основ страхования, повышению весомости и уровня качества
страховых услуг в структуре финансовых услуг
.
Ключевые слова:
страхование
,
страховой взнос
,
страховая премия
,
страховая сумма
,
страховой риск
,
страховой тариф
,
страховая компенсация (страховая выплата)
,
вид
страхования
,
страховая деятельность
,
страховая стоимость
,
франшиза
,
перестрахование
,
перестраховщик
,
договор перестрахования.
VII SON - NOYABR, 2023
UO‘K: 368.07
99-110
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
100
AREAS FOR IMPROVING THE EFFICIENCY OF RISK
MANAGEMENT OF INSURANCE COMPANIES
Nurmukhamedova Mukhtabar Khasanovna
Gulistan State University,
Matkurbanova Aziza Davronbek kizi
Gulistan State University
Annotation.
Diversification of the structure of the economy in Uzbekistan and its competitiveness,
consistent introduction of market mechanisms to all sectors of the economy, reduction of poverty and
increase the well-being of the population,rapid development of the digital economy, transformation of state
companies, ensuring sustainable economic growth by reducing the participation of the state in the
economy constitute the priorities of economic reforms currently being carried out. Within the framework
of these econo
mic reforms, the definition of urgent tasks for “formation of a free competitive environment
in the commodity and financial markets”, “popularization of the life insurance network and personal
insurance among the population, their large-scale promotion and development of new types of life and
personal insurance” is a theoretical analysis of insurance activities in the country
- it indicates the need to
carry out research work on improving the methodological and practical basis, increasing the level of
salinity and quality of insurance services in the structure of financial services.
Keywords:
insurance, insurance contribution, insurance premium, insurance sum, insurance risk,
insurance tariff, insurance compensation (insurance payment), type of insurance, insurance activity,
insurance value, franchise, reinsurance, reinsurer, reinsurance contract.
Kirish.
Jahonda global iqlimning o‘zgarishi, pandemiya, texnologik
innovatsiyalarning rivojlanishi hamda
kiber xavf-
xatarlarning tobora avj olishi jahon sug‘urta hamjamiyati va ilmiy, ekspert doiralari oldiga
hal etilishi dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan vazifalarni qo‘ymoqda. Sug‘urta nazorati xalqaro
assotsiatsiyasi (International Assosiation Insurance Supervaysers) 2020-2024 yillarga muljallangan
Strategik rejasida aynan, ushbu vazifalarning uz aksini topishi halqaro miqyosda sug‘urta faoliyatini
zamonaviy standartlar va talablarga muvofiq takomillashtirish zaruratini keltirib chiqaradi.
Shuningdek, “2020 yilda tabiiy ofatlar va texnogen halokatlar ro‘y berishi oqibatida jahon iqtisodiyotiga
187 mlrd. AQSH dollari miqdorida zarar yetkazilgan bulib, uning 83 mlrd.AQSH dollari yoki 44,4 foizi
sug‘urtalovchilar tomonidan qoplangan”. Ushbu holat sug‘urta faoliyatining jahon ikgisodiyotining
barqaror rivojlanishidagi o‘rni yuqori ekanligidan dalolat beradi.
Dunyoda sug‘urta faoliyatini transformatsiya qilish, sohaga raqamli texnologiyalarni keng
ko‘lamda joriy etish, kiber xavf
-
xatarlarni sug‘urtalash, sug‘urta kompaniyalarining to‘lov qobiliyatini
mustahkamlash orqali sug‘urta mahsuloti iste’molchilarining m
anfaatlarini himoya qilish, inklyuziv va
mikrosug‘urtani rivojlantirish xalqaro darajada amalga oshirilayotgan tadqiqot ishlarining asosiy
yo‘nalishlarini tashkil etmoqda.
Adabiyotlar sharhi.
Moliya tizimida sug‘urta kompaniyalari moliyaviy vositachilar sifatida ham faoliyat yuritishi
mumkin. Shu sababli, sug‘urta kompaniyalari moliya bozorida moliyaviy resurslar akkumulyatori va
mos ravishda yirik investitsiyalar manbai
–
investor sifatida ham
namoyon bo‘lib, tijorat banklari va
investitsiya fondlari kabi institutsional investor bo‘lib ham moliya bozorida samarali faoliyat yuritish
uchun keng imkoniyatlarga ega hisoblanadi.
Tursunov (2015)
o‘z ilmiy maqolasida bozor munosabatlariga bosqichma
-
bosqich o‘tish
jarayonida iqtisodiyotni rivojlantirishning kuchli moliyaviy vositalaridan biri sifatida davlat qimmatli
qog‘ozlar bozorini modernizatsiyalash va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish or
qali investorlarning
sug‘urta bozorida faol faoliyat olib borishlari uchun shart
-sharoitlar yaratib kelmoqda deydi. Shu bilan
bir qatorda sug‘urta bozorining rivojlanishi mamlakat sug‘urta tizimining rivojlanishining muhim
tashkil etuvchisi hisoblanadi.
Rivojlangan mamlakatlar tajribalarini o‘rgangan holda O‘zbekistonda ham sug‘urta faoliyatini
yanada takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar sug‘urta bozorini jadal rivojlantirish
uchun zarur sharoitlarni yaratmoqda. Mamlakatimizda sug‘ur
ta kompaniyalar faoliyatini xalqaro
talablarga javob bera oladigan va raqobatbardosh sohaga aylanishini ta’minlashda davlat bosh
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
101
islohotchi vazifasini amalga oshirib kelmoqda. Sug‘urta faoliyatiga oid qator me’yoriy
-hujjatlarining
qabul qilinishi mamlakatimizda sug‘urta xizmatlari sifatini oshirish va aholi o‘rtasida sug‘urta
xizmatlariga nisbatan ishonchning oshishiga xizmat qilmoqda.
Xodjayeva (2015)
ilmiy maqolasida sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy xizmatlar sohasidagi
roli haqida qo‘ydagilarni ta’kidlaydi, sug‘urta kompaniyalari moliyaviy xizmatlar sohasini
rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi, bundan tashqari sug‘urta bozorida majburiy va ixtiyoriy sug‘urta
hamjlari ham barqaror ravishda ko‘payib bormoqda. O‘sib borayotgan sug‘urta bozori sug‘urta
kompaniyalarining samaradorligini oshirishda, yangi sug‘urta mexanizmlarini joriy qilish uchun
qo‘shimcha investitsiyalarni jalb qilishni talab qilib qo‘ymoqda.
Sug‘urta sohasi mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun juda muhimdir, sababi sug‘urta
kompaniyalari fond bozorlarida institutsional investor bo‘lib xizmat qiladi, undan tashqari yirik
moliyaviy resurslarni to‘playdi va qo‘shimcha faoliyatidan daromad
olish samaradorligini ta’minlaydi.
Shu munosabat bilan aktsiyadorlik jamiyatlari shaklidagi sug‘urta kompaniyalari faoliyati uchun
shart-
sharoitlar yaratish, kompaniyalarning aktsiyalarini qimmatli qog‘ozlar bozorida sotilishini
ta’minlash sug‘urtani rivojlanishiga va fond bozorini faollashtirishga qo‘shimcha turtki bo‘ladi.
Investorlar sifatida faoliyat yuritayotgan sug‘urta kompaniyalari aholi va yuridik shaxslarning
mablag‘larini fond bozoriga jalb qiluvchi vositachisi bo‘lib ularning va o‘zining daromadlarini oshirishda
barqaror manbalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Godin, Frumina (2009)
ilmiy tadqiqot ishida sug‘urta bozorining moliya tizimidagi o‘rni
biqiyosdir, sababi turli xil moliya institutlariga sug‘urta himoyasini taqdim etish bilan bir qatorda
o‘zining investitsion faoliyati va salohiyati orqali moliya bozorining asosiy o‘yinchila
riga aylanib boradi
degan fikrlarni ilgari suradi.
Romanova, Ulibina (2017)
ilmiy maqolasida sug‘urta bozoriga qo‘yidagicha ta’rif beradi, ya’ni
sug‘urta bozori –
bu mamlakat moliya bozorining ajralmas qismi hisoblanadi va bir uyg‘unlikda
rivojlanib boradi.
Sug‘urta bozorining rivojlanishi ishlab chiqarish jarayonining jadal rivojlanishi bilan
o‘zaro bog‘liq. Sug‘urta bozori instrumentlarining ko‘payishi va o‘sishi –
bu ishlab chiqarish va moliya
sohasida globallashuv va integratsiya jarayonlarining ajralmas qismidir, shu sababli moliya
bozorlarining o‘zaro
uyg‘unlikda rivojlanishi talab etiladi.
Kazakova (2013) ilmiy tadqiqot ishida milliy moliya bozorlarida jismoniy shaxslarning pul
mablag‘larini investitsiya va sug‘urta bozorlariga jalb qilish muammosi haqida fikrlarni aytib o‘tadi.
Sug‘urta va fond bozorlarining integratsiyalashuvi natijasida investitsion sug‘
urta mahsulotlarining
rivojlanishi yuz beradi. Umumiy bozorning bunday mahsulotlar segmentining rivojlanishi bu moliya
bozorining rivojlanishiga sabab bo‘ladi, sababi fond bozoriga aholiining omonatlari jalb qilinadi va uzoq
muddatli hayot
sug‘urta turlarining rivojlanishi bilan tavsiflanadi. Bunday rivojlanish umumiy nisbatda
milliy qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanishiga olib keladi.
Sangyong Hana (2018)
o‘z ilmiy ishlarida AQSHda sug‘urta zahiralarini joylashtirish amaliyoti
tahlil qilgan, jumladan: Amerika Qo‘shma SHtatlarida sug‘urta zahiralarini joylashtirishda konservativ
yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi. Sababi
investitsiya qilinayotgan sug‘urta rezervlari shaffoflik
tamoyillariga amal qilish lozim. Aks holda nazorat organlari ushbu investitsiyalarni aktsiyadorlar va
sug‘urtalanuvchilar uchun zararli deb baholaydi. Ushbularni hisobga olgan holda sug‘urta
kompaniyalarining investitsion faoliyatlari qatiy tartibga solinadi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Shuni ta’kidlash lozimki, mazkur tadqiqot doirasida bozor yoki alohida kompaniyalarni tahlil
qilishga emas, balki tavakkalchilikka asoslangan boshqaruvni rivojlantirish darajasini baholash
borasida taklif qilingan modelning xususiyatlarini ochib berishga harakat qilamiz. Axborotning asosiy
manbalari buxgalteriya hisobining Milliy standartlariga muvofiq buxgalteriya hisoboti, xalqaro
standartlarga (MHXS) muvofiq moliyaviy hisobot, shu jumladan auditorlik va aktuar xulosalar,
kompaniyalarning yillik hisobotlari, kredit agentliklarining reytinglari va ma’lumotlari, so‘rov
ishtirokchilari tomonidan ixtiyoriy ravishda taqdim etiladigan ma’lumotlar bo‘lib hisoblan
adi (Adilova,
2020).
Olingan ma’lumotlar asosida ekspert baholash usuli bo‘yicha ballar qo‘yiladi va kerakli
ko‘rsatkichlar baholanadi. U yoki bu kompaniya yoki umuman sektor bo‘yicha tavakkalchilikka
asoslangan boshqaruvning rivojlanish darajasi to‘g‘risida ma’lum xulosalarni shakllantirish to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri tuzilmalar va kompaniya ichida qo‘yilgan vazifalar yuzasidan mas’ul shaxslarga rasmiy murojaat
va so‘rovlar yuborishni talab qiladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
102
Masalaga oydinlik kiritish maqsadida uchta kompaniyani tanlab olish va ularning asosiy
ko‘rsatkichlarini baholashga qaror qilindi. Birinchi kompaniya
-
barcha talablar bo‘yicha 1
- guruhga
mansub TOP-
10 sug‘urtalovchilar toifasiga mansub kompaniya (“APEX INSURANCE” AJ). Kompaniya
5% dan ortiq yig‘imlarni to‘playdigan sug‘urtalovchi hisoblanadi. Kompaniyani tanlashda tegishli va
zaruriy ma’lumotlarga egalik qilishning osonligi, shuningdek ommaviy axborot vositalarida ekspert
sharhlarining mavjudligi va ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha kompaniya vakillarining turli ishchi
guruhlardagi ishtiroki kabi mezonlarga tayanib ish ko‘rildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil yakuni
bo‘yicha O‘zbekistonda turli mulkchilik shakllariga asoslangan 41 ta sug‘urta kompaniyasi faoliyat
yuritmoqda, shu bilan birgalikda to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi a’zolari bo‘lgan sug‘urta
tashkilotlarining soni 2022 yil yakunlari bo‘yicha 25 tani tashkil qiladi. Sug‘urta tashkilotlarining
umumiy ustav kapitali 1,884 trln. so‘mga
yetgan.
1-rasm
. O‘zbekistonda sug‘urta tashkilotlari sonining o‘zgarishi
Sug‘urta bozorida faoliyat ko‘rsatuvchi brokerlar soni 7 ta, aktuariylar soni 5 ta, sug‘urta
agentlari soni 9155 tani tashkil qiladi.
Ta’kidlash kerakki, sug‘urta xizmatlari bozoridagi raqobat muhitiga, nafaqat, taklif etilayotgan
sug‘urta mahsulotlarining xilma
-xilligi, tarif siyosati, moliyaviy barqarorlik va boshka omillar, balki
sug‘urtalovchilar soni ham ta’sir ko‘rsatadi (
2-rasm).
2-rasm
ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, o‘tgan yillar davomida O‘zbekistonda faoliyat
ko‘rsatayotgan sug‘urta kompaniyalari soni dinamikasida keskin o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Masalan,
2000 yilda sug‘urtalovchilar soni 27 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yil
yakuniga kelib ularning soni 41
tani tashkil etgan yoki 1,5 martaga ko‘paygan. Sug‘urta tarmoqlari kesimida sug‘urta kompaniyalari
sonini o‘rganish natijalari, ularning 32 tasi umumiy sug‘urta tarmog‘ida, 8 tasi hayotni sug‘urtalash
tarmog‘ida faoliyat yuritishini ko‘rsatdi.
Bundan 17 yil oldin mamlakatda 20 ta sug‘urta kompaniyasi faoliyat yuritgan bo‘lib, hayotni
sug‘urtalashga ixtisoslashgan sug‘urta kompaniyalari umuman mavjud emas edi. Quyidagi
rasmda
2000-
2022 yillarda sug‘urta tarmoqlari kesimida O‘zbekistonda sug‘urta faoliyatini amalga oshirish
huquqiga ega bo‘lgan sug‘urta kompaniyalari sonidagi o‘zgarishlar dinamikasi to‘g‘risidagi ma’lumot
keltirilgan (2-rasm). 2-rasm
dagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, 2000
-
2020 yillarda O‘zbekiston
sug‘urta bozorida faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta kompaniyalari sonining dinamikasida notekis
o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Masalan, 2009 yilda sug‘urta kompaniyalari soni 33
tani tashkil etgan bo‘lsa,
2018 yilga kelib ularning soni 3 taga kamaygan.
56
https://imda.uz/ru
0
10
20
30
40
50
2000
2002
2004
2006
2008
2010
2012
2014
2016
2018
2020
2022
27
28
22
27
31
34
33
31
26
30
40
41
sug‘urta tashkilotlari soni
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
103
2-rasm
. Sug‘urta tarmoqlari bo‘yicha sug‘urta kompaniyalari sonidagi
o‘zgarishlar dinamikasi
Aksincha, tahlil etilayotgan davrda hayotni sug‘urta qilish
bo‘yicha kompaniyalar soni barqaror
o‘sib borgan.
Ushbu
kompaniyalar soni 2006 yilda 2 tani tashkil etgan bo‘lsa, 202
2 yilga kelib ularning
soni 4 martaga oshgan. Statisti
k ma’olumotlarga ko‘ra,
2022 yil boshiga
O‘zbekiston aholisi 3
6 mln.
kishini tashkil qildi.
3-rasm
. Sug‘urta mukofotlari va to‘lovlari hajmining dinamikasi
Demak, shu sanada
878048 nafar fuqaroga o‘rtacha bitta sug‘urta kompaniyasi to‘g‘ri kelgan.
Mavjud sug‘urta kompaniyalarining yarmidan ko‘pi mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida faoliyat
ko‘rsatmoqda. Sug‘urta kompaniyalari sonining ortib borishi, pirovard natijada, sug‘
urta qamrovi
darajasining oshishiga, binobarin, sug‘urta mukofotlari tushumining ko‘payishiga olib keladi (3
-rasm).
57
https://imda.uz/ru
58
https://imda.uz/ru
0
5
10
15
20
25
30
35
40
45
2000
2003
2006
2009
2012
2015
2018
2020
2022
sug‘urta kompaniyalari soni
umumiy sug‘urta kompaniyalari soni
hayotni sug‘urta qilish tarmog‘idagi kompaniyalar soni
0
1000
2000
3000
4000
5000
6000
7000
2000
2002
2004
2006
2008
2010
2012
2014
2016
2018
2020
2022
8,3
21,7
32,9
49,7
88
175,5
285,9
439,1
692,6
1635,2
2213,7
6232
2,8
5,4
4,1
6,9
15,5
27,6
46
74,6
130,5
460,8
737,6
2597
sug‘urta mukofotlari (mlrd.so‘m)
sug‘urta to‘lovlari (mlrd.so‘m)
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
104
1-jadval
2022
yilda sug‘urta mukofotlari tushumi bo‘yicha umumiy sug‘urta
tarmog‘idagi TOP
-
10 ta sug‘urta kompaniyalari
№
Sug‘urta kompaniyalari nomi
Sug‘urta mukofotlari
(mlrd.so‘m)
O‘tgan yilga nisbatan
o‘zgarish (%)
1
"APEX INSURANCE" AJ
782 518
+241,5%
2
"O‘ZBEKINVEST" EISK AJ
930 534
+141,5%
3
"O‘ZAGROSUG‘URTA" AJ
323 286
+23,9%
4
"KAFOLAT SUG‘URTA KOMPANIYASI" AJ
315 509
+41,4%
5
"GROSS SUG‘URTA KOMPANIYASI" AJ
296 858
-13,7%
6
"MY-INSURANCE" AJ ST
196 281
+5,9%
7
"KAPITAL SUG‘URTA" AJ
149 672
+28,3%
8
"ASKO-VOSTOK" AJ QK ST
122 693
+100,8%
9
"EUROASIA INSURANCE" AJ QK
121 749
-21,1%
10
"KAFIL SUG‘URTA" AJ
110 407
+10,2%
Tahlillar ko‘rsatib turibdiki, sug‘urta mukofotlari va to‘lovlari dinamikasida ijobiy tendentsiya
mavjud, xususan 2020 yilga nisbatan 2022 yilda sug‘urta mukofotlari hajmi qariyb 3 baravar oshgan va
6232 mlrd.so‘mni tashkil qilgan, shu bilan bir qatorda, sug‘urta to‘lovlari hajmi ham keskin o‘sishiga
guvoh bo‘lamiz.
2022
yil yakunlariga ko‘ra, umumiy sug‘urta tarmog‘ida sug‘urta mukofotlari tushumi bo‘yicha
eng yuqori ko‘rsatkichlardan birini “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” aktsiyadorlik jamiyati egallagan
(1-jadval).
Jadvaldagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, “
APEX INSURANCE
”
AJ sug‘urta kompaniyasi
tomonidan 2022
yilda 782,518 mlrd. sum miqdorida sug‘urta mukofotlari yig‘ib olingan. Bu O‘zbekiston
sug‘urta bozori bo‘yicha to‘plangan sug‘urta mukofotlarining 16,7 foizi demakdir. Eng ko‘p sug‘urta
mukofotlari tushumiga erishgan TOP-
10 ta sug‘urta kompaniyalari tarki
bida 3 ta davlat kapitali
ishtirokidagi sug‘urta kompaniyalarining bozor ulushi
33,6 foizni, qolgan nodavlat sektoridagi sug‘urta
kompaniyalarining bozor ulushi 38,1 foizni tashkil etgan.
Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, umumiy sug‘urta tarmog‘ida sug‘urta mukofotlari
tushumi bo‘yicha TOP
-
10 ta sug‘urta kompaniyalari ichida nodavlat sug‘urta kompaniyalarining
salmog‘i yuqori bo‘lgan. Demak, sug‘urta bozorida raqobat muhiti kengaymokda
. Bizning nazarimizda,
sug‘urta kompaniyalarining faoliyatini baholashda sug‘urta mukofotlari tushumi hajmiga qarab emas,
balki amalga oshirilgan sug‘urta to‘lovlari hajmiga qarab baho berish maqsadga muvofiq. Shu
munosabat bilan quyidagi jadval ma’lumotla
rini tahlil qilamiz (2-jadval).
2-jadval
2022 yilda amalga oshirilgan sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha umumiy sug‘urta
tarmog‘idagi TOP
-
10 ta sug‘urta kompaniyalari
№
Sug‘urta kompaniyalari nomi
Sug‘urta to‘lovlari
(mlrd.so‘m)
Yalpi sug‘urta
to‘lovlaridagi ulushi
(%)
1
“APEX INSURANCE” AJ
252 316
23,2
2
“O‘ZBEKINVEST” EISK AJ
78 689
7,2
3
“GROSS SUG‘URTA KOMPANIYASI” AJ
76 793
7,06
4
“KAPITAL SUG‘URTA” AJ
66 662
6,1
5
“KAFOLAT SUG‘URTA KOMPANIYASI” AJ
59 713
5,5
6
“ALSKOM SUG`URTA KOMPANIYASI” AJ
53 145
4,9
7
“MY
-
INSURANCE” AJ ST
52 352
4,8
8
“ALFA INVEST SUG‘URTA KOMPANIYASI” AJ
47 058
4,3
9
“O‘ZAGROSUG‘URTA” AJ
43 896
4,0
10
“EUROASIA INSURANCE” AJ QK
39 679
3,6
59
https://imda.uz/ru
60
https://imda.uz/ru
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
105
Yuqoridagi ma’lumotlardan ham ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston sug‘urta bozorida nodavlat
sektoriga tegishli bo‘lgan sug‘urta kompaniyalari
y
etakchilikni qo‘lga olishga intilmoqda.
Odatda, yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan sug‘urta xizmatlari majburiy hamda
ixtiyoriy tusga ega. Quyidagi jadvalda 2002-
2022 yillarda O‘zbekistonda ixtiyoriy va majburiy sug‘urta
turlari bo‘yicha kelib tushgan sug‘urta mukofotlarining hajmi s
olishtirma tahlil etilgan (3-jadval).
3-jadval
Ixtiyoriy va majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta mukofotlarining
solishtirma dinamikasi
№
Ko‘rsatkichlar
Yillar
2002 2004 2006 2008 2010 2012 2014 2016 2018 2020 2022
1
Sug‘urta
mukofotlari, jami
(mlrd.so‘m)
21,7 32,9 49,7 88,0 175,5 285,9 439,1 692,6 1635,2 2213,7 2596
2
Ixtiyoriy sug‘urta
(mlrd.so‘m)
18,3 30,2 46,9 80,6 128,7 06,8 300,7 485,0 1371,7 852,8 232
3
Majburiy sug‘urta
(mlrd.so‘m)
3,4
2,8
2,8
7,4
46,8 79,1 138,4 207,6 263,5 360,9 865
4
Jami sug‘urta
mukofotlari
tarkibida
majburiy
sug‘urtaning
salmog‘i (%)
15,7 8,5
5,6
8,4
26,7 27,7 31,5 30,0
16,1
16,3 33,3
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 2002
-2022
yillarda sug‘urta mukofotlari tushumi
bo‘yicha ixtiyoriy va majburiy sug‘urta o‘rtasidagi nisbat notekis rivojlanish tendentsiyasiga ega bo‘lgan.
Agar, 2004, 2006 va 2008 yillarda jami sug‘urta mukofotlari tarkibida majburiy sug‘urtaning ulushi
o‘rtacha 8,5 foizdan oshmagan bo‘lsa, 2010
-2016 yillarda 26,7 foizdan 31,5 foizgachani tashkil etgan.
2022 yilda esa jami sug‘urta mukofotlari tarkibida majburiy sug‘urtaning ulushi 33,3 foizga teng bo‘lgan.
Tadqiqotchilar va ekspertlar o‘rtasida majburiy va ixtiyoriy sug‘urta o‘rtasidagi
oqilona nisbat
qanday darajada bo‘lishi xususida turlicha fikr
-mulohazalar mavjud. Ayrim olimlar, bozor
munosabatlari sharoitida ixtiyoriy sug‘urta ustuvor bo‘lishi kerak deb ta’kidlashsa, ba’zi mutaxassislar
majburiy sug‘urtaning roliga ijobiy baho berishadi.
4-rasm.
Sug‘urta tarmoqlari kesimida sug‘urta mukofotlarining o‘sishi (mlrd.sum)
61
https://imda.uz/ru
62
https://imda.uz/ru
277,3
417,6
633,4
1218
1879,3
4707
8,6
21,5
59,2
417,2
334,4
1524
0
500
1000
1500
2000
2500
3000
3500
4000
4500
5000
2012
2014
2016
2018
2020
2022
sug‘urta tarmog‘i bo‘yicha to‘plangan sug‘urta mukofotlari
hayotni sug‘urta qilish bo‘yicha to‘plnagan sug‘urta mukofotlari
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
106
2003 yil yanvar oyidan O‘zbekistonda sug‘urta faoliyati ikki tarmoqka ajratilgan bo‘lib,
hozircha
deyarli
barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha umumiy sug‘urta tarmog‘ida faoliyat ko‘rsatayotgan
sug‘urtalovchilar hayotni sug‘urtalovchi kompaniyalarga
qaraganda ustunlikka ega. 2012-2020 yillarda
umumiy sug‘urta tarmog‘ida faoliyat ko‘rsatgan sug‘urtalovchilar tomonidan to‘plangan sug‘urta
mukofotlari hajmi
da barqaror o‘sish tendentsiyasi kuzatilgan bo‘lsa, hayotni sug‘urtalovchi
kompaniyalar esa 2018 yilgacha ushbu
tendentsiyaga ega bo‘lgan. Birok, 2020 yilda hayotni
sug‘urtalovchi kompaniyalar tomonidan to‘plangan sug‘urta mukofotlari hajmi 2018
yilning tegishli
ko‘rsatkichiga nisbatan 82,8 mlrd.so‘
mga yoki 19,8 foizga kamaygan.
Buning sababi 2020 yilda respublika xukumati tomonidan pandemiya tufayli ko‘rilgan choralar
bilan boglik ekanligi xech kimda shubxa uygotmaydi. Shu yerda ta’kidlash lozimki,
5-rasm
. Yalpi sug‘urta mukofotlari tarkibida mintaqalarning ulushidagi
o‘zgarishlar dinamikasi (%)
2020 yilda jami sug‘urta mukofotlarining 84,9 foizi umumiy sug‘urta tarmog‘iga, 15,1 foizi hayot
sug‘urtasi tarmog‘iga to‘g‘ri kelgan. Hayot sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta mukofotlarining keskin o‘sishi
2022 yilda kuzatilgan, bu ko‘rsatkich 2020 yilga nisbatan qariyb 5 marta o‘sgan.
Shuni ta’kidlash lozimki, mazkur tadqiqot doirasida bozor yoki alohida kompaniyalarni tahlil
qilishga emas, balki tavakkalchilikka asoslangan boshqaruvni rivojlantirish darajasini baholash
borasida taklif qilingan modelning xususiyatlarini ochib berishga harakat qilamiz. Axborotning asosiy
manbalari buxgalteriya hisobining Milliy standartlariga muvofiq buxgalteriya hisoboti, xalqaro
standartlarga (MHXS) muvofiq moliyaviy hisobot, shu jumladan auditorlik va aktuar xulosalar,
kompaniyalarning yillik hisobotla
ri, kredit agentliklarining reytinglari va ma’lumotlari, so‘rov
ishtirokchilari tomonidan ixtiyoriy ravishda taqdim etiladigan ma’lumotlar bo‘lib hisoblanadi.
Olingan
ma’lumotlar asosida ekspert baholash usuli bo‘yicha ballar qo‘yiladi va kerakli ko‘rsatkichlar
baholanadi. U yoki bu kompaniya yoki umuman sektor bo‘yicha tavakkalchilikka asoslangan
boshqaruvning rivojlanish darajasi to‘g‘risida ma’lum xulosalarni shakllantirish to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri
tuzilmalar va kompaniya ichida qo‘yilgan vazifalar yuzasidan mas’ul shaxslarga rasmiy murojaat va
so‘rovlar yuborishni talab qiladi.
Masalaga oydinlik kiritish maqsadida uchta kompaniyani tanlab olish va ularning asosiy
ko‘rsatkichlarini baholashga qaror qilindi. Birinchi kompaniya
-
barcha talablar bo‘yicha 1
- guruhga
mansub TOP-
10 sug‘urtalovchilar toifasiga mansub kompaniya (“APEX INSURANCE” AJ). Kompaniya
5%
dan ortiq yig‘imlarni to‘playdigan sug‘urtalovchi hisoblanadi. Kompaniyani tanlashda tegishli va
zaruriy ma’lumotlarga egalik qilishning osonligi, shuningdek ommaviy axborot vositalarida ekspert
sharhlarining mavjudligi va ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha kompaniya vakillarining turli ishchi
guruhlardagi ishtiroki kabi mezonlarga tayanib ish ko‘rildi.
63
https://imda.uz/ru
0
10
20
30
40
50
60
70
2010
2014
2018
2022
40,3
46,3
48
32
59,7
53,7
52
68
mintaqalar
Toshkent shahri
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
107
Mumkin bo‘lgan eng yuqori ball komponent bo‘yicha aniqlanuvchi ulushli koeffitsient va baholash
borasida mavjud vositalarning mavjudligi o‘rtasidagi bog‘liqlik asosida hisob
-kitob qilinadi. Bu borada
quyidagi javob variantlaridan biri tanlanadi:
• “
A
”
-
to‘lig‘icha mos keladi
;
• “
B
”
- mos keladi;
• “S”
- qisman mos tushadi;
• “D
-
mavjud emas/qo‘llanilmaydi.
Muayyan javobga mos keladigan ballni to‘g‘ri taqsimlash uchun og‘irlik koeffitsientlarini aniqlash
usulidan o‘z o‘rnida foydalanish talab qilinadi. “A” va “
D
” javoblari talablarning to‘liq bajarilishiga va
ularni amalga oshirishning etarliligiga yoki aksincha, ularning yo‘qligiga mos keladigan ekstremal
qiymatlarni ifodalashini hisobga olsak, ular mos ravishda 100% va 0% foizlarga to‘g‘ri keladi. Oraliq
natijalar borasida Fishbern jadvalidan foydalangan holda qiymatlarni aniqlaymiz
{
∑ 𝑎𝑖 = 1
𝑛
𝑖𝑞1
𝑎 ≥ 1; 𝑖 = 1; 𝑛,
Bu yerda:
ai
–
i
-
ko‘rsatkichning ulushi
;
i
–joriy ko‘rsatkichning raqami
;
n
–
ko‘rsatkichlar soni
.
Ko‘rsatkichlarni kamayib borish tartibida joylashtiramiz:
x
1
˃
x
2
˃
x
3
˃
x
4
Fishbern shkalasi yordamida ulushlarni aniqlash orqali biz kerakli nisbatlarni olamiz va ular
uchun ekstremal nisbat shartlarini qo‘llaymiz:
𝑎
𝑖
=
2 × (𝑛 − 𝑖 + 1)
𝑛 × (𝑛 + 1)
Buning natijasida, biz reyting ballarining quyidagi variantlariga ega bo‘lamiz va ular asosida
ko‘rsatkichlar hisobga olinadi:
Ko‘rsatkich
Tavsifi
Ulushi (%)
A
to‘lig‘icha mos keladi
100%
B
mos keladi
75%
C
qisman mos tushadi
50%
D
mavjud emas/qo‘llanilmaydi
25%
Tegishli ballarni qo‘llagan holda, biz birinchi kompaniya borasida quyidagi tadqiqot natijalariga
ega bo‘lamiz.
Ishlab chiqilgan va 2-
jadvalda keltirib o‘tilgan komponentlar taklif qilingan ma’lumotlarga mos
keladi: n = 1 “xatarlarni boshqarish amaliyoti”; n = 2 “ xatarlarni boshqarish maqsadlari va vositalari”;
n = 3 “sug‘urta xatari”; n = 4 “bozor xatari”; n = 5 “kredit xatari”; n
= 6 “operatsion, strategik va mavqe
bilan bog‘liq xatarlar”; n = 7 “likvidlik xatari”.
4-
jadval “Risk
-
menejment amaliyoti” bandiga javob beradi va xatarlarni boshqarish tizimining
yaxlitligini (agar mavjud bo‘lsa) va uni amalda qo‘llashning etarliligini baholashga imkon beradigan ko‘p
komponentli tashkil etuvchining mohiyatini ochib beradi. Umumiy ulush 1 (bir) yoki 100% ga teng deb
taxmin qilinadi, qolganlari esa, tadqiqotchi tomonidan tanlagan ahamiyatlilik darajasiga qarab
taqsimlanadi.
Tizimning yaxlitligi va samaradorligi borasida Wi (integrity) va We (efficiency) belgilashlar
kiritiladi. Yaxlitlik va samaradorlik bo‘yicha hisoblangan hisob–kitoblarning yig‘indisi en (olingan
ekspert bahosi) sifatida belgilanadi, bu erda n-hisoblash amalga oshiriluvchi komponent. Masalan,
xatarlarni boshqarish amaliyoti uchun mas’ul bo‘lgan komponent uchun e1 ning umumiy ekspert bahosi
93,1% ni tashkil qiladi [Wi = 58,9% va We = 34,2%].
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
108
4-jadval
1-komponent. Risk-menejment amaliyoti
1-komponent (risk-menejment
amaliyoti)
ulushi
(%)
Tizimning
yaxlitligi
62%
Joriy etish
samara-
dorligi
38%
Tizimning
yaxlitligi
62%
Baholash standarti
Max.
Ball
Wi
Max
Ball
We
Risk bo‘yicha alohida qo‘mitaning
mavjudligi, CRO tayinlanishi,
qo‘mita a’zolarining
malakasi va
tajribasiga qo‘yiladigan talablar
50
31
A
31
19
A
19
Tizimning biznes jarayonlariga
integratsiyasi
20
12,4
A
12,4
7,6
B
5,7
Risk-menejmentda direktorlar
kengashining
o‘rni
10
6,2
B
4,65
3,8
B
2,85
Mustaqil tuzilma sifatida ichki
audit
departamenti bilan o‘zaro
hamkorlik
10
6,2
A
6,2
3,8
A
3,8
Bo‘limlar o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlar sifatini baholash
10
6,2
B
4,65
3,8
B
2,85
Olingan natijani 100% ko‘rsatkich bilan taqqoslab shuni ta’kidlash mumkinki, A kompaniyasi
xavflarni baholashga kompleks yondashuvni ishlab chiqqan, korporativ boshqaruv va tavakkalchilikka
asos-
langan boshqaruvning asosiy talablarini bo‘limlarning o‘zaro munosabatlari va mas’ul shaxslarni
aniqlash prizmasi orqali muvaffaqiyatli birlashtira olgan.
5-
jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan [Wi = 60,29% va We = 30,69%] holatida biz e1 ning 90,98%
ga teng bo‘lgan integral ekspert bahosini olamiz, bu bizga korporativ boshqaruv darajasida birinchi
komponentda olingan xulosalarga o‘xshash xulosalarni olish imk
onini beradi.
Xulosa va takliflar.
Tahlillarimizda shuning guvohi bo‘ldikki, mamlakatimiz bo‘yicha sug‘urta xizmatlari ko‘rsatilishi
qamrovi oxirgi besh
yilda sezilarli darajada oshgan, shuningdek sug‘urta kompaniyalarning
kapitallashuv darajasi ham sezilarli daraja oshgan. Bu holat sug‘urta kompaniyalarni sug‘urta bozorida
sug‘urta mahsulotlarini taklif qilishi va mijozlarga sifatli sug‘urta xizmatlari ko‘rsatilishi yaxshilanib
borayotganligidan dalolat beradi va o‘z navbatida bunday o‘zgarishlarning asosiy sababi davlat
tomonidan soha faoliyatni ko‘llab
-
qo‘vatlashga qaratilgan chora
-tadbirlari tizimli olib
borayotganligidandir. Shu bilan birga sug‘urta sohasida kapital jalb qilish muammolari, bo‘sh turgan pul
mablag‘larni investitsiya qilishning rang
-barang emasligi va qonunchilik bilan katta cheklovlar
mavjudligi haliyam bartaraf etilmaganligini ta’kidlab o‘tishimiz lozim.
O‘zbekistonda sug‘urta bozorining fond bozoriga ta’siri va sug‘urta kompaniyalarining fond
bozoridagi roli yanada oshirish maqsadida quyidagi takliflar tavsiya qilinadi:
Sug‘urta kompaniyalari investitsiya faoliyatiga davlat aralashuvini kamaytirish, sug‘urta
sohasidagi investitsion faoliyat bilan bog‘liq qonunchilikda mavjud bo‘lgan cheklovlarni bekor qilish
ya’ni sug‘urta kompaniyalari investitsiya qilish mumkin bo‘lgan
sohalarni kamaytirish yoxud
minimallashtirish chunki davlat tomonidan sug‘urta kompaniyalari investitsiya faoliyatiga aralashuv
sug‘urta kompaniyalari bo‘sh mablag‘larini
kengroq joylashtirish imkoniyatini cheklab, investitsiya
faoliyatidan olinadigan daromad samaradorligini pasaytirishga olib keladi.
Bu o‘z sug‘urta
kompaniyalari tomonidan navbatida davlat byudjetiga to‘lanadigan soliqlarning kamayishiga olib
keladi.
Sug‘urta tashkilotlarining depozitlarga qo‘yilgan mablag‘lar, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foiz
daromadlaridan olinadigan soliq stavkasini kamaytirish yohud umuman bekor qilish.
Sug
‘
urta kompaniyalarining bank depozitlariga qilinadigan qo
‘
yilmalar miqdori bo
‘
yicha
maksimal cheklovni bekor qilish (hozirda 40%), chunki bu amaliyot orqali sug
‘
urta kompaniyalari
investitsion faoliyati liberallashtiriladi va daromadlarini maksimallashishiga erishiladi, bu o
‘
z navbatida
tijorat banklarining kredit solohiyatini oshiradi. Ushbu investitsiyalarning rentabelligi bir qator
sabablar (bank sektorining barqarorligi) bilan bog‘liq, shuningdek, ijtimoiy
-iqtisodiy sohani
rivojlantirishga turtki bo‘ladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
109
5-jadval
2-komponent. Risk-menejmentning maqsal va vositalari
2-komponent (maqsad va vositalar)
Ulushi
(%)
Tizim-
ning
yaxlit-
ligi
62%
Joriy etish
samara-
dorligi
38%
Tizim-
ning
yaxlit-
ligi
62%
Baholash standarti
Max.
Ball
Wi
Max
Ball
We
“
Xatar ishtahasi
”
va
“
xatarga tolerantlik
”
ni
kompaniya strategiyasiga integratsiya qilish
7
4,34
A
4,34
2,66
A
2,66
Chegara qiymatlarini aniqlash va ularga
tuzatishlar kiritish
7
4,34
A
4,34
2,66
A
2,66
Limitlar monitoring
6
3,72
A
3,72
2,28
A
2,28
Ko‘rsatkchilarni har yili muhokama qilish va
yangilash
5
3,1
A
3,1
1,9
A
1,9
Risk-menejment vositalari
IT tizimining sifati, ma’lumotlar bazasi va
ishonchli ma’lumotlarni taqdim etish uchun
yuqori sifatli IT platformasining integratsiyasi
20
12,4
A
12,4
7,6
C
3,8
Umumiy rivojlanish strategiyasi, xatarlarni
boshqarish strategiyasi va boshqalarni amalga
oshirish ustidan joriy nazoratni (monitoringni)
amalga
oshirish
uchun
direktorlar
Kengashining javobgarligi.
5
3,1
A
3,1
1,9
B
1,425
Hisobotlarni avtomatik yuklash orqali asosiy
ko‘rsatkichlarni doimiy ravishda kuzatib
borish imkoniyati
8
4,96
A
4,96
3,04
C
1,52
Xatarlarni boshqarish zaruriy vositalarining
mavjudligi (kapitalni boshqarish, byudjet,
aktivlar, stress test)
15
9,3
A
9,3
5,7
A
5,7
Stress testlari va stsenariy tahlillarini o‘tkazish
8
4,96
A
4,96
3,04
A
3,04
Xatarlarni boshqarishni aktivlarni boshqarish
strategiyasiga integratsiya qilish
6
3,72
B
2,79
2,28
B
1,71
Uch yillik rejani shakllantirish va zarur
kapitalni hisobga olgan holda rivojlanishni
prognozlash
5
3,1
B
2,325
1,9
C
0,95
Xatarlarni
boshqarish
sohasidagi
mutaxassislarning malakasi
5
3,1
A
3,1
1,9
A
1,9
Autsorsing orqali mutaxassislarni jalb qilish
(shu jumladan konsalting kompaniyalari
,audit, kredit agentliklari)
3
1,86
A
1,86
1,14
A
1,14
2018 yil 2 senyatbrdagi PF-3926 sonli
“
O
‘
zbekiston Respublikasida kripto-birjalar faoliyatini
ashkil etish chora-tadbirlari to
‘
g
‘
risida
”
gi O
‘
zbekiston Respublikasi prezidnetining farmoniga
asoslangan holda, sug
‘
urta kompaniyalariga blokcheyn texnologiyalariga yoki blokcheyn
mahsulotlariga (kriptovalyutalarga) investitsiya qilish huquqini berish. Bu huquqni berish orqali
sug
‘
urta kompaniyalarining investitsiya qilish sohalaring rang-barangligiga, risklarning diversifikatsiya
qilinishiga, daromadning maksimallashtirishga hamda sug
‘
urta kompaniyalarining faoliyatnpi
modernizatsiyalashga va butun jahon sug
‘
urta bozorida ilg
‘
or tehnologiyalar qo
‘
llash bo
‘
yicha yuqori
o
‘
rindagi davlatlar qatoridan joy olishga erishiladi.
Sug
‘
urta sohasidagi ilg
‘
or mamlakatlar tajribasini o
‘
rganib chiqqan holda real iqtisodiyotga ya
’
ni
davlat ulushi 30% dan oshiq bo
‘
lgan qazib olish, ishlab chiqarish va qayta ishlashga ihtisoslashgan
korhonalariga investitsiya qilish imkonini berish chunki bundan korhonalarda risklilik darajasi past
hisoblanadi. Bu o
‘
z navbatida mamlakat iqtisodiyotining o
‘
sishiga va jadal darajada rivojlanishiga turtki
bo
‘
lishi mumkin.
O
‘
zbekiston Respublikasi qimmatli qog
‘
ozlar bozorida yangi investitsiya ob
’
ektlarining paydo
bo
‘
lishi (obligatsiyalar) sug
‘
urta kompaniyalarining bu boradagi faoliyatlarini qonunchilikda
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
110
muvofiqlashtirishni talab qilib qo
‘
ymoqda.
Shulardan kelib chiqqan holda sug‘urta kompaniyalarining
obligatsiyalarga investitsiya qilish me’yorlarini belgilash.
Shuningdek sug‘urta kompaniyalarining investitsiya ob’ekti bo‘lgan, ya’ni boshqa yuridik
shaxslarining ustav kapitalda ishtiro bo‘yicha qo‘yilgan maksimal talablarni bekor qilish (xozirda 30%),
bu esa o‘z navbatida yangi korxonolarning ko‘payishiga, soliq
bazasining oshishiga kolaversa yangi ish
o‘rinlarini yaratish imkonini beradi.
Tadqiqot
maqsadi kompaniyani kuzatib borish va uning to‘lov qobiliyatini baholash emas, balki
kapital talablarining tarkibiy qismi sifatida tavakkalchilikka asoslangan boshqaruv sifatini baholash
hisoblanadi, shu bois sug‘urta bozorining institutsional tashkil etu
vchilarini tahlil qilish maqsadga
muvofiq hisoblanadi:
1.
Riskka yo‘naltirilgan tartibga solishga o‘tish bosqichida:
a. Nazorat: i. risk-menejment sifati va xatarlarni boshqarish komponentini ishlab chiqish nuqtai
nazaridan kompaniyaning tavakkal-chilikka asoslangan boshqaruvni amalga oshirishga tayyorligini
aniqlash;
ii. modelga kiritilgan talablar shaklida yondashuvni standartlashtirish;
b. Sug‘urta kompaniyalari: xatarlarni boshqarishning asosiy vositalarini rivojlantirishning yo‘l
xaritasi prototipini yaratish.
c. Konsalting va qayta sug‘urtalash kompaniyalari: risklarni boshqarish modellarini ishlab chiqish,
sug‘urtalovchilar bilan o‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish.
2.
Riskka yo‘naltirilgan yondashuvga o‘tish jarayonida
:
Modelning o‘z oldiga qo‘ygan vazifalari bilan bir qatorda, baholash
-ning maqsadi sifat
ko‘rsatkichlarining rivojlanganlik
darajasidan kelib chiqqan holda miqdoriy talablarni tartibga solishda
ham o‘z aksini topadi
.
Riskka asoslangan menejment rivojlanishining yuqori darajasi (80% dan ortiq integral baholash)
kompaniyaning moliyaviy barqarorligi va raqobatbardoshligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan omillardan
biridir va natijada kapitalning miqdoriy talablarini kamaytirishning zarur sharti sifatida qaralishi
mumkin.
Rivojlanishning past darajasi va 50% dan past bo‘lgan integral baholash kapital talablarini
kuchaytirishning teskari funktsiyasini bajaradi.
Ko‘rsatkich sifatida biz risklarni doimiy monitoring qilish maqsadida foydalaniluvchi riskni
nazorat qilish vositasi sifatida moliyaviy riskni tarkibiy va dinamik baholashni qo‘llashimiz mumkin.
Olingan natijani kompaniyaning raqobatbardoshligi va operatsion jozibadorligi darajasini
aniqlashda qo‘llanilishi mumkin.
Adabiyotlar/Literatura/Reference:
Adilova G.Dj. (2020) Iqtisodiy globallashuv sharoitida su
g‘
urta xizmatlarini takomillashtirishning
y
o‘
nalishlari. Iqtisodiyot fanlari buyicha f.d. (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. - T.: - 60 b.
Sangyong Hana, Gene C. Lai b, Chia-Ling Hoc. (2018) Corporate transparency and reserve
management: EvidencefromUS property-liability insurance companies. Journal of Banking and Finance
№96.
Годин А.М., Фрумина С.В. (2009) Страхование: Учебник.
-
М.: Издательско
-
торговая
корпорация«Дашков и К»,
-
с. 36.
Казакова А.А. (2013) Перспективы развития инвестиционно
-
страховых продуктов
вРоссии.Специальность –
08.00.10
–
Финансы, денежное обращение и кредит. АВТОРЕФЕРАТ
Диссертациинасоиска
-
ние ученой степени кандидата экономических наук. –
28 стр.
Романова А. А, Улыбина Л.К. (2017) Состояние и перспективы развития мирового
страховогорынка.Региональная экономика и управление: электронный научный журнал // Номер
журнала: №4 (52).
Турсунов Г.П., (2015) Роль страховых компании в деятельности РФБ «Тошкент» / biznes
-
экпертНомер:№2(86)
Ходжаева Г. (2015) Роль страховых компаний на фондовом рын
-
ке. / biznes
-
экперт номер №5
(88)
