TURIZM SOHASIDA TURISTIK FAOLIYAT KO‘RSATKICHLARI MAVSUMIY TEBRANISHLARINI TEKISLASH

Annotasiya

Maqolada turistik xizmatlarga bo‘lgan talab mavsumiy tebranishlarini tekislash uslubiyoti nazariy jihatdan o‘rganilgan holda tebranishlar intensivligi darajasiga ta’sir etuvchi omillar tizimlashtirilgan. Shu bilan birga mavsumiy tebranishlar intensivligi darajasini boshqarish (tekislash) bo‘yicha yo‘nalishlar aniqlangan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Asraqulov, A. (2024). TURIZM SOHASIDA TURISTIK FAOLIYAT KO‘RSATKICHLARI MAVSUMIY TEBRANISHLARINI TEKISLASH. Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil, 2(2), 41–49. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/45042
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Maqolada turistik xizmatlarga bo‘lgan talab mavsumiy tebranishlarini tekislash uslubiyoti nazariy jihatdan o‘rganilgan holda tebranishlar intensivligi darajasiga ta’sir etuvchi omillar tizimlashtirilgan. Shu bilan birga mavsumiy tebranishlar intensivligi darajasini boshqarish (tekislash) bo‘yicha yo‘nalishlar aniqlangan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral

www.e-itt.uz

41


TURIZM SOHASIDA TURISTIK FAOLIYAT KO‘RSATKICHLARI MAVSUMIY

TEBRANISHLARINI TEKISLASH

I.f.f.d., PhD

Asraqulov Abduraxmon Sultonovich

Farg`ona davlat universiteti

ORCID:

0000-0002-0280-7591

Annotatsiya.

Maqolada turistik xizmatlarga bo‘lgan talab mavsumiy tebranishlarini

tekislash uslubiyoti nazariy jihatdan o‘rganilgan holda tebranishlar intensivligi darajasiga ta’sir

etuvchi omillar tizimlashtirilgan. Shu bilan birga mavsumiy tebranishlar intensivligi darajasini

boshqarish (tekislash) bo‘yicha yo‘nalishlar aniqlangan.

Kalit so‘zlar:

mavsumiylik, mavsumiy tebranishlar, “sirpanuvchi o‘rtacha”, barqaror

komponent, mavsumiy komponent, tasodifiy komponent, mavsumiylikni tekislash.

СГЛАЖИВАНИЕ СЕЗОННЫХ КОЛЕБАНИЙ ПОКАЗАТЕЛЕЙ ТУРИСТСКОЙ

ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В СФЕРЕ ТУРИЗМА

д.ф.э.н., PhD

Асракулов Абдурахмон Султонович

Ферганский государственный университет

Аннотация.

В статье систематизированы факторы, влияющие на уровень

интенсивности колебаний, при этом изучается методология сглаживания сезонных

колебаний спроса на туристические услуги в теории. В то же время определены

направления по контролю (нивелированию) уровня интенсивности сезонных колебаний.

Ключевые слова:

сезонность, сезонные колебания, “скользящее среднее”,

стабильная составляющая, сезонная составляющая, случайная составляющая,

сглаживание сезонности.

SMOOTHING OF SEASONAL FLUCTUATIONS IN THE INDICATORS OF

TOURIST ACTIVITY IN THE FIELD OF TOURISM

PhD

Asrakulov Abdurakxmon Sultonovich

Fergana state university

Annotation.

The article systematizes the factors influencing the intensity of fluctuations,

while studying the methodology of smoothing seasonal fluctuations in demand for tourist services
in theory. At the same time, the directions for controlling (leveling) the intensity of seasonal

fluctuations have been determined.

Keywords:

seasonality, seasonal fluctuations, “moving average", stable component,

seasonal component, random component, seasonality smoothing.

UO

K: 338.486

II SON - FEVRAL, 2024

41-49


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral

www.e-itt.uz

42

Kirish.

Bugungi kunda turizm sohasi jahon iqtisodiyotida jadal rivojlanib borayotgan sohalardan

biri hisoblanib, yuz berayotgan o‘zgarishlar ta’sirida turistik xizmatlarga bo‘lgan talab va uning

taklifi tez sur’atlarda takomillashib bormoqda. Turizm sohasining o‘ziga xos xususiyatlari

sifatida, bi

rinchidan, turistik korxonalar sonining, ikkinchidan, turistik xizmatlarga bo‘lgan

talabning muntazam ravishda juda tez ortib borayotganligini ko‘rsatish mumkin. Jahon

miqyosida turizm sohasida yuz berayotgan bunda o‘zgarishlar asosan yetarli turistik resu

rs

komponentlariga ega bo‘lgan mamlakatlarda, xususan, O‘zbekiston Respublikasida ham

kuzatilmoqda.

Mamlakatimiz turizm sohasidagi asosiy muammolardan biri bu

turistik oqimlarning yil

mavsumlari bo‘yicha katta ko‘rsatkichlar oralig‘ida tebranishi hisoblanib, mamlakat darajasida

turizm sohasini barqarorlashtirish borasidagi chora-tadbirlar doirasida ham ushbu masala

zaruriy darajada o‘z yechimini topmayapti.

Turistik mavsumni uzaytirish va sohadagi mavsumiy tebranishlarni tekislash

muammosini hal qilish hududlarda aholini to‘liq ish bilan ta’minlash imkonini kengaytiradi,

turistik obyektlarining moddiy komponentidan foydalanish darajasini oshiradi, tabiiy

resu

rslardan oqilona foydalanishni ta’minlaydi, turistik xizmatlarga talabning mavsumiy

tebranishlarga bog‘liqligini kamaytiradi va, natijada, turistik xizmatlarga bo‘lgan talabni

barqarorlashtiradi. Tadqiqotning maqsadi

mavsumiylik omilini hisobga olgan holda turistik

xizmatlarga bo‘lgan talabni boshqarishning nazariy jihatlarini tizimlashtirish va amaliy

tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.


Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqotni amalga oshirishda turistik oqimlar harakatidagi mavsumiy tebranishlarning

eng muhim omillarni o‘rgangan holda, turistik xizmatlarga bo‘lgan talab mavsumiy

tebranishlarini barqarorlashtirish, tebranish chastotalarini minimallashtirish borasidagi

tadqiqot uslubiyotlari nazariy jihatdan o‘rganib chiqildi. Shu bilan birga turistik korxonalar

faoliyati tahlilida keskin tebranishlar ko‘rinishidagi ko‘rsatkichlarni tekislash imkonini

beruvchi “eksponensial tekislash” usulidan foydalangan holda trendlarn

ing umumiy

trayektoriyasini aniqlashga harakat qilingan.

Ushbu jarayonda talab mavsumiy tebranishlarini baholash uslubiyotlaridan monografik

tadqiqot, taqqoslash, tizimli tahlil hamda empirik tadqiqot kabi usullardan foydalanildi.

Adabiyotlar sharhi.

Bugungi kungacha turistik xizmatlarga bo‘lgan talabning mavsumiyligidagi tebranishlarni

tekislash bilan bog‘liq izlanishlar bir qator tadqiqotchilar tomonidan amalga oshirilgan.

Turizm sohasidagi mavsumiylik hamda sohada xizmatlarga bo‘lgan talabning

mavsumiylik xususiyatlari V.Antonets tomonidan nazariy tadqiq etilgan bo‘lib, tadqiqotchi o‘z

izlanishlarida asosiy e’tiborni mavsumiy lik omilini hisobga olgan holda turistik korxona

larda

xizmatlarga bo‘lgan talabni boshqarishga qaratgan.

Yana bir qator tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlarida mavsumiylik omilining turistik

xizmatlarga bo‘lgan talabga ta’siri tadqiq etilgan. Jumladan, Voloshinova va Oollar

(2019)

tomonidan turizm sohasida mavsumiy tebranishlar muammosining tahlili va mavsumiylik

omilini bartaraf etish strategiyalarini ishlab chiqish masalalari tadqiq etilgan bo‘lsa, Chabanyuk

(2016)

tomonidan turistik xizmatlar taklifiga ta’sir etuvchi omillarni ranjirlash masalasi

o‘rganilgan.

Nazariy tadqiqotlar asosida aniqlangan turistik xizmatlarga bo‘lgan talab va taklif

mavsumiy tebranishlarini tekislash masalasi esa yana bir guruh tadqiqotchilarning tadqiqot

obyekti hisoblanadi. Xususan, Gubskaya va Ziryanov (2016), Konovalova va Lapteva (2019),

Suranova (2023) hamda Ognevalarning (2016) tadqiqotlarida turistik xizmatlar mavsumiy

tebranishlarini tekislash uslubiyotlari nazariy hamda amaliy jihatdan tadqiq etilgan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral

www.e-itt.uz

43

Yana bir tadqiqotchi Shmarkova (2009) tomonidan turistik korxonalar faoliyatidagi

o‘zgarishlar trendlarini shakllantirish jarayonida mavjud mavsumiy tebranishlarni

“sirpanuvchi o‘rtachalar” metodidan foydalangan holda tebranishlar diapazonini qisqartirib

olish vositasida barqaror trendlarni sh

akllantirish yo‘nalishida tadqiqotlar olib borilgan.

Biroq ushbu tadqiqotlar Rossiya Federatsiyasi va boshqa Hamdo‘stlik mamlakatlari

doirasidagi hududlar uchun amalga oshirilgan va mamlakatimizda turistik hizmatlarga bo‘lgan

talab mavsumiyligi hamda mavsumiylik darajasini tekislash masalalari zaruriy darajada

o‘rganilmagan.


Tahlil va natijalar muhokamasi.

Turizm sohasida xizmatlarga bo‘lgan talab va sotish hajmini belgilash jarayonida

sohaning mavjud resurs komponentlari hamda turistik mahsulotlar assortimentidan kelib

chiquvchi mavsumiylik omilini yetarli darajada hisobga olish talab etiladi.

Turizm faoliyatidagi mavsumiylik tabiiy-

iqlim sharoitining o‘zgarishi, aholini ish bilan

ta’minlash, turistik mahsulotlar bilan ta’minlash va uni iste’mol qilishning iqtisodiy
xususiyatlari hamda sohaning boshqa xususiyatlari bilan bog‘liq. Asosiy turistik

mavsum

turistik oqimning eng yuqori intensivlik davri hisoblanadi.

Mavsum

turistik sayohatning asosiy qismi sodir bo‘ladigan vaqt davri hisoblanib, u bir

yoki bir nechta

turistik fasllardan tashkil topishi mumkin va turizm faoliyatining ma’lum

xususiyatlari uchun vaqt bo‘yicha turli xil mavsumiy tebranishlar yuzaga kelishi mumkin [8].

Mavsumiy tebranishlar deganda turistik faoliyatning ko‘rsatkichlarida vaqt oraliqlaridagi

ko‘tarilish va pasayishlarning muntazam, davriy hodisalari va mavsumiylik tushunilishi kerak.
Mavsumiylik qanday shaklda namoyon bo‘lishidan qat’i nazar, har qanday h

olatda ham uning

ta’siri turizm sohasining faoliyat samaradorligiga salbiy ta’sir qiladi. Mavsumiylikning ta’siri

sohada resurslardan notekis foydalanishga olib keladi hamda xizmatlarni yaratish va boshqa

jarayonlarda o‘zini namoyon qiladi. Hamma hollarda

ham mavsumiylik boshqarib

bo‘lmaydigan omillar ta’sirining natijasidir. Muhim mavsumiy tebranishlar turistik taklifning

past rivojlanish darajasiga xosdir. Zamonaviy xizmat ko‘rsatish darajasi turistik mahsulotlarini

ishlab chiqish va sotishda mavsumiy not

ekislikni ba’zi hollarda bartaraf etishga qodir.

Mavsumiy tebranishlarni keltirib chiqaradigan jarayonlarga bevosita ta’sir qilish imkonsiz
bo‘lgan hollarda ham, texnologik, tashkiliy

-iqtisodiy va boshqaruv jarayonlarini

takomillashtirishda ularning ta’sir

ini hisobga olish kerak.

Turistik faoliyatdagi tebranishlar darajasini barqarorlashtirish uchun asosiy turistik

mavsumni uzaytirish va turistik faoliyat sohasidagi aniq ko‘rsatkichlarning mavsumiy

tebranishlarini tenglashtirish eng muhim masala hisoblanadi. Ushbu masalani hal etish

aholining to‘liq bandligini ta’minlash, sohaning asosiy fondlaridan foydalanish darajasini

oshirish, resurs komponentlaridan oqilona foydalanish, turistik xizmatlarga talabning

mavsumiy tebranishlarga bog‘liqligini kamaytirish va natijada turistik korxon

alar foydasini

oshirish imkonini beradi.

Mavsumiy tebranishlarni hisobga olishning obyektiv zarurati aniq iqtisodiy

muammolarni hal qilishni sezilarli darajada murakkablashtiradi. Mavsumiy iqtisodiy

jarayonlar tendensiyalari evolyutsiyasini boshqarish uchun ularning rivojlanishini o‘lchash,

tahlil qilish va oldindan bilish kerak.

Agar turistik mahsulotlarga bo‘lgan talab va taklif o‘rtasidagi munosabatlar jarayoni

doimiy davrga ega bo‘lgan davriy tebranishlarni o‘zida aks ettiradigan bo‘lsa yoki yillik

intervalga teng bo‘lsa, unda biz ko‘rsatkichlari uchta komponent –

barqaror (

U

t

), mavsumiy (

S

t

)

va tasodifiy (

ɛ

t

) komponentlarning ta’siri ostida shakllanadigan mavsumiy vaqtli qatorga

asoslanuvchi trenddan foydalanamiz. Trend komponentlarning munosabatlari turiga qarab,

vaqtli qatorni qo‘shimcha model bilan tavsiflash mumkin, ya’ni u

ni ushbu komponentlarning

yig‘indisi sifatida additiv

-

(1) yoki komponentlarning ko‘paytmasi sifatida multiplikativ –

(2)

model ko‘rinishida ifodalash mumkin bo‘ladi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral

www.e-itt.uz

44

𝑌

𝑡

= 𝑈

𝑡

+ 𝑆

𝑡

+ ɛ

𝑡

(t=

1, 𝑡

̅̅̅̅

)

(1)

𝑌

𝑡

= 𝑈

𝑡

· 𝑆

𝑡

· ɛ

𝑡

(t=

1, 𝑡

̅̅̅̅

)

(2)

Bu yerda:

𝑌

𝑡

vaqtli qator darajasi;

U

t

barqaror komponent;

S

t

mavsumiy

komponent;

ɛ

t

tasodifiy komponent; t

kuzatishlar soni.

Mavsumiy o‘zgarish xususiyatiga ega bo‘lgan turistik faoliyat ko‘rsatkichlari additiv

modellarni qurishda uning

tarkibiy komponentlari mutloq ko‘rsatkichlarda, multiplikativ

modellarda esa nisbiy ko‘rsatkichlarda o‘lchanadi.

Turistik faoliyatni aks ettiruvchi mavsumiy vaqtli qatorlarni o‘rganish statistik tahlilning

zamonaviy usullaridan foydalanishni va shu asosda ishonchli va oqilona prognoz

ko‘rsatkichlarni shakllantirishni talab qiladigan murakkab tadqiqot hisoblanadi. Ush

bu

tadqiqot jarayonida quyidagilarni o‘rganish lozim:

mavsumiy vaqtli qator bo‘yicha trendning mavjud yoki mavjud emasligini aniqlash;

mavsumiy vaqtli qatorda mavsumiy tebranishlarning mavjud yoki mavjud emasligini

aniqlash;

vaqtli qator ko‘rsatkichlaridagi tarkibiy komponentlarni ajratib olish;

mavsumiy to‘lqinning o‘zgarish dinamikasini tahlil qilish;

trendning mavsumiy tebranishini belgilovchi omillarni tadqiq etish;

zaruriy holatlarda model asosida prognoz ko‘rsatkichlarni shakllantirish.

Tahlil jarayonlarida ko‘pincha mavsumiy tebranishlar yildan

-

yilga o‘zgarmaydi deb

taxmin qilinadi. Mavsumiy tebranishlar asosida faoliyat ko‘rsatuvchi turistik korxonalar
faoliyatining aksariyat xususiyatlari uchun bu taxmin noto‘g‘ri, chunki vaqt o‘tishi

bilan

mavsumiylik tebranishlari shakli ham, ko‘lami ham o‘zgaradi. Mavsumiy tebranishlar

o‘zgarishini tahlil qilish zarurati mavjud bo‘lib, u o‘zaro bog‘liq uchta vazifani hal qilishni o‘z

ichiga olishi kerak:

har bir davrda mavsumiy tebranish amplitudasi dinamikasini tahlil qilish;

mavsumiy tebranishning ekstremal nuqtalari dinamikasini tahlil qilish;

mavsumiy tebranish shaklidagi o‘zgarishlarni o‘rganish.

Mavsumiy tebranishlarga asoslangan vaqtli qatorlarni filtrlashning ko‘p usullari avval

tendensiyani, so‘ngra mavsumiy komponentni aniqlaydigan tarzda ishlab chiqilgan bo‘lib,

uning sof shaklidagi tendensiya mavsumiy tebranish dinamikasini tahlil qilish uchun ham
zarurdir.

An’anaviy tarzda mavsumiy tebranishlarni o‘lchashning juda oddiy usullari –

mutlaq

farqlar, nisbiy farqlar hamda mavsumiylik indekslarini qurish usullari qo‘llaniladi. Dastlabki

ikkita usul mavsumiy vaqtli qatorning haqiqiy darajalari va o‘zgarishning asos

iy tendensiyasini

aniqlashda topilgan darajalar o‘rtasidagi farqlarni topishni o‘z ichiga oladi. Mutlaq farqlar usuli
to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri ushbu farqlarning kattaligiga, nisbiy farq usuli esa mutlaq farqlarning

mavsumiy vaqtli qatorning tekislangan darajasiga nisbati asosida ishlaydi.

Mutloq yoki nisbiy farqlar usulini amalda amalga oshirishda turistik faoliyat ma’lum bir

ko‘rsatkichining mavsumiy tebranishlari tegishli davrlar uchun farq qilishi va tasodifiy

tebranishlarga xalaqit berishi mumkinligini hisobga olish kerak. Tasodifiy tebranishlarni

bartaraf etish uchun bir necha yillar davomidagi o‘rtacha chetlanishlarni hisobga olish kerak.

Trend komponentining maqbul ifodasini va uning matematik tavsifini izlash mavsumiy

jarayonni o‘rganishda eng muhim nuqta hisoblanadi. O‘rganilayotgan jarayon asosiy
tendensiyasini aniqlashda “sirpanuvchi o‘rtachalar” usuli yoki analitik tekislash usuli

qo‘llaniladi [9].

Sirpanuvchi o‘rtacha qiymatni aniqlashda bir xil miqdordagi darajalardan iborat

kattalashtirilgan intervallar hosil bo‘ladi. Har bir keyingi oraliq avvalgi oraliqning boshlang‘ich

darajasidan asta-

sekin bir darajaga o‘tish orqali olinadi. Shakllangan katta

lashtirilgan

oraliqlarga ko‘ra, darajalar qiymatlari yig‘indisi va unga asoslanib, belgilangan intervalning


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral

www.e-itt.uz

45

o‘rtasiga ishora qiluvchi harakatlanuvchi o‘rtacha hisoblanadi. Silliqlash oralig‘i qancha uzoq
bo‘lsa, o‘rtacha va aniqlangan tendensiya tekisroq bo‘ladi.

Sirpanuvchi o‘rtacha ko‘rsatkichlarning afzalligi shundaki, ularni hisoblash, talqin qilish,

tasodifiy va davriy tebranishlarni tekislash va o‘rganilayotgan jarayonning o‘zgarishidagi

mavjud tendensiyani aniqlash oson bo‘ladi. Ushbu usulning kamchiligi shu

ndaki, u

ko‘rsatkichning umumiy tendensiyasini matematik model shaklida ifodalashga imkon

bermaydi va shuning uchun prognozlash uchun foydalanib bo‘lmaydi. Sirpanuvchi o‘rtacha

usuli yordamida mavsumiy vaqtli qator tendensiyasini o‘rganish faqat mavsumiy v

aqtli qatorni

oldindan tahlil qilish imkonini beradi.

Mavsumiy vaqtli qator darajasidagi o‘zgarishlarning umumiy tendensiyasini tavsiflovchi

miqdoriy modelni olish uchun qatorni analitik tekislash usulidan foydalanish kerak. Bunday

holda, mavsumiy vaqtli qatorning haqiqiy darajalari analitik model yordamida hisoblangan

darajalar bilan almashtiriladi, ularning optimal shaklini tanlash asosan trend
yekstrapolyatsiyasi natijasini belgilaydi.

Analitik model shaklini tanlashda o‘rganilayotgan turistik faoliyat ko‘rsatkichining

mohiyatini tahlil qilishni hisobga olish kerak. Buning uchun dinamik qatorlar darajalarining

yempirik ma’lumotlarining grafik ko‘rinishini tahlil qilishga murojaat qilish

kerak. Biroq, bu

holatda ham, model turini aniq aniqlash har doim ham mumkin bo‘lmaydi, shuning uchun

tasodifiy tebranishlar ma’lum darajada o‘chirilgan qatorning tekislangan darajalarining grafik

tasvirini tahlil qilishdan foydalanish tavsiya etiladi.

Mavsumiylik indekslarini vaqtli qatorning ma’lum bir haqiqiy darajasining

harakatlanuvchi o‘rtacha usul yordamida hisoblangan darajaga yoki ma’lum bir tendensiya

darajasiga nisbati sifatida hisoblash mumkin. Shubhasiz, ular mavsumiy qatorning turli

darajal

ari uchun turli xil qiymatlarga ega va tekislash usuliga bog‘liq. Mavsumiylik

indekslarining qiymatlarini taqqoslash indikatorning mavsumiy tebranishlarining

o‘zgaruvchanlik tendensiyasini tahlil qilishga imkon beradi.

Shunday qilib, turistik korxonalar faoliyat ko‘rsatkichlarining vaqtli qatorini o‘rganishda

optimal yondashuv sirpanuvchi o‘rtacha ko‘rsatkichlar yordamida ilgari tekislangan vaqtli

qatorni analitik ravishda tekislash, so‘ngra mavsumiy va qoldiq komponentlarning ta’sirini

baholashdir.

Tadqiqot jarayonidagi mavsumiy vaqtli qatorlarni tekislash usullarini asoslashda “Silk

road” turistik korxonasi tomonidan xizmat ko‘rsatilgan turistlar soni ko‘rsatkichlaridan

foydalanildi (1-jadval).

1-jadval

Turistik korxona tomonidan xizmat ko‘rsatilgan turistlar soni

Oylar

Yillar

2020

2021

2022

2023

Yanvar

10

0

0

0

Fevral

0

0

0

5

Mart

0

0

0

6

Aprel

0

49

12

42

May

2

32

50

77

Iyun

30

155

159

128

Iyul

76

139

133

83

Avgust

31

76

84

106

Sentabr

3

26

32

71

Oktabr

0

9

11

15

Noyabr

1

8

0

18

Dekabr

0

1

10

8


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral

www.e-itt.uz

46

Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, turistik korxona tomonidan xizmat ko‘rsatilgan

turistlar soni yillarning alohida oraliqlarida keskin tebranishlar ko‘rinishidagi mavsumiy

o‘zgarish tendensiyasiga ega. Ushbu o‘zgarish tendensiyalarini aniqroq ko‘r

ish maqsadida

turistik korxonadagi faoliyat ko‘rsatkichlarini grafik usulda ko‘raylik (1

-rasm).

Rasmda turistik korxona tomonidan xizmat ko‘rsatilgan turistlar soni ko‘rsatkichida

mavsumiy tebranishlar darajasi aniq ko‘rinib turibdi. Xizmat ko‘rsatilgan turistlar soni yilning

boshidan o‘rtasigacha bo‘lgan davrda o‘sish va yilning o‘rtasidan oxiriga q

arab pasayish

tendensiyasiga egaligi, mavsumiy tebranishlar amplitudasi juda keskin.

1-

rasm. Turistik korxona ko‘rsatkichlarining mavsumiy

tebranishlari

Shunday qilib, biz mavsumiy vaqtli qatorning mavjudligini taxmin qilamiz va uning

xususiyati additiv model -

(3) tomonidan aks ettirilgan. Tadqiqotda o‘z oldimizga

Y

t(tur)

vaqtli

qatorning tarkibiy qismlarini ajratish vazifasini qo‘yamiz. Formula yordamida hisoblangan 12

xonali sirpanuvchi o‘rtacha miqdor asosida sirpanuvchi o‘rtacha usul yordamida umumiy

tendensiyaning xususiyatini o‘rganamiz, bunda tekislash oralig‘ining

uzunligi tebranish

davrining ko‘paytmasi bo‘lishi kerak, bu o‘rganilgan indikator uchu

n 12 oyga teng:

𝑝

𝑡

=

𝑝𝑡−6

2

+𝑝

𝑡−5

+⋯+𝑝

𝑡

+⋯+𝑝

𝑡+5

+

𝑝𝑡+6

2

12

(3)

(3) formula birinchi olti va oxirgi olti darajadan tashqari qatorning tekislangan darajasini

hisoblash imkonini beradi. Qatorning ekstremal darajalarini tiklash uchun biz jarayondan

foydalanamiz: avval birinchi (oxirgi) faol maydonning o‘rtacha mutlaq o‘sishini hisoblaymiz,

so‘ngra vaqtli qatorning boshida (oxirida) oltita tekislangan qiymatni ketma

-ket ayirish orqali

aniqlaymiz.

EViews10 dasturi vositasida tekislangan vaqtli qatorning trend modelini aniqlaymiz:

𝑈

𝑡(𝑡𝑢𝑟)

= −0,024 ∙ 𝑥

2

+ 1,9122 ∙ 𝑥 + 7, 4742

Ikkinchi tartibli polinom modeli ko‘rsatkichning tekislangan qatorini ishonchli tavsiflaydi,

bu determinatsiya koyeffitsiyentining yuqori qiymatida o‘z aksini topadi (R

2

= 0,8447).

0

50

100

150

200

250

300

350

400

450

500

Yanvar Fevral

Mart

Aprel

May

Iyun

Iyil

Avgust Sentyabr Oktyabr Noyabr Dekabr

2020-yil

2021-yil

2022-yil

2023-yil


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral

www.e-itt.uz

47

2-jadval

O‘rtachalarning

sirpanishi usuli asosida mavsumiylik komponentini hisoblash

Oylar

bo‘yicha

vaqt

parametri,

t

Vaqtli

qatorning

haqiqiy

qiymatlari,

Y

t(tur)

Sirpa-

nuvchi

o‘rtacha,

p

Trend

kompo-

nenti,

U

t(tur)

Haqiqiy qiymat-

larning model

qiymatlaridan

farqlanishi,

Y

t(tur

)- U

t(tur

)

Mavsumiylik

kompo-

nentining

dastlabki

bahosi,

SE

t

Mavsumiy

kompo-

nent,

S

t

Qoldiq

kompo-

nent,

ɛ

t

2020-yil

1

10

17,79

9,36

0,64

-28,32

-28,39

29,02

2

0

16,88

11,20

-11,20

-30,55

-30,61

19,41

3

0

15,97

12,99

-12,99

-31,23

-31,29

18,30

4

0

15,06

14,74

-14,74

-7,86

-7,92

-6,82

5

2

14,15

16,44

-14,44

5,81

5,75

-20,18

6

30

13,24

18,08

11,92

82,78

82,71

-70,80

7

76

12,33

19,68

56,32

71,79

71,73

-15,41

8

31

11,92

21,24

9,76

37,60

37,54

-27,77

9

3

11,92

22,74

-19,74

-4,29

-4,35

-15,39

10

0

13,96

24,20

-24,20

-29,13

-29,19

5,00

11

1

17,25

25,60

-24,60

-31,67

-31,74

7,13

12

0

23,71

26,96

-26,96

-34,17

-34,23

7,27

2021-yil

13

0

31,54

28,28

-28,28

-28,32

-28,39

0,11

14

0

36,04

29,54

-29,54

-30,55

-30,61

1,07

15

0

38,88

30,76

-30,76

-31,23

-31,29

0,53

16

49

40,21

31,93

17,07

-7,86

-7,92

25,00

17

32

40,88

33,05

-1,05

5,81

5,75

-6,79

18

155

41,21

34,12

120,88

82,78

82,71

38,17

19

139

41,25

35,14

103,86

71,79

71,73

32,13

20

76

41,25

36,12

39,88

37,60

37,54

2,34

21

26

41,25

37,05

-11,05

-4,29

-4,35

-6,69

22

9

39,71

37,93

-28,93

-29,13

-29,19

0,27

23

8

38,92

38,76

-30,76

-31,67

-31,74

0,98

24

1

39,83

39,54

-38,54

-34,17

-34,23

-4,31

2022-yil

25

0

39,75

40,28

-40,28

-28,32

-28,39

-11,89

26

0

39,83

40,97

-40,97

-30,55

-30,61

-10,36

27

0

40,42

41,61

-41,61

-31,23

-31,29

-10,32

28

12

40,75

42,20

-30,20

-7,86

-7,92

-22,28

29

50

40,50

42,74

7,26

5,81

5,75

1,51

30

159

40,54

43,24

115,76

82,78

82,71

33,05

31

133

40,92

43,69

89,31

71,79

71,73

17,58

32

84

41,13

44,09

39,91

37,60

37,54

2,37

33

32

41,58

44,44

-12,44

-4,29

-4,35

-8,09

34

11

43,08

44,75

-33,75

-29,13

-29,19

-4,55

35

0

45,46

45,00

-45,00

-31,67

-31,74

-13,26

36

10

45,29

45,21

-35,21

-34,17

-34,23

-0,98

2023-yil

37

0

41,92

45,37

-45,37

-28,32

-28,39

-16,98

38

5

40,75

45,48

-40,48

-30,55

-30,61

-9,87

39

6

43,29

45,55

-39,55

-31,23

-31,29

-8,26

40

42

45,08

45,56

-3,56

-7,86

-7,92

4,36

41

77

46,00

45,53

31,47

5,81

5,75

25,72

42

128

46,67

45,45

82,55

82,78

82,71

-0,16

43

83

45,94

45,32

37,68

71,79

71,73

-34,05

44

106

45,94

45,15

60,85

37,60

37,54

23,31

45

71

45,94

44,92

26,08

-4,29

-4,35

30,43

46

15

45,94

44,65

-29,65

-29,13

-29,19

-0,46

47

18

45,94

44,33

-26,33

-31,67

-31,74

5,41

48

8

45,94

43,96

-35,96

-34,17

-34,23

-1,73


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral

www.e-itt.uz

48

Y

t(tur)

tendensiyasi analitik modelining mavjudligi

o‘rganilayotgan

mavsumiy qatorning

mavsumiy komponentini ajratib olish imkonini beradi.

S

t(tur)

ning mavsumiy komponentini

quyidagi algoritm asosida hisoblaymiz. Mavsumiylik va tasodifiylik

ta’sirining

umumiy

ta’sirini

baholash uchun biz xizmat

ko‘rsatilgan

turistlar soni (

Y

t(tur)

) qatoridagi chetlanishlardan

sonidan

𝑈

𝑡(𝑡𝑢𝑟)

trenddagi chetlanishlarni hisoblab olamiz (2-jadval).

Tasodifiy

omillarning ta’sirini bartaraf yetish uchun biz o‘sha oylar uchun og‘ish

qiymatlarini (

Y

t(tur)

- U

t(tur)

) o‘rtacha hisoblash orqali SEt mavsumiy komponentining dastlabki

hisob-kitoblarini topamiz. Keyin esa, mavsumiy komponentning dastlabki qiymatlariga tegishli

tartibda o‘zgartirishlar kiritib chiqish kerak, chunki mavsumiylikning o‘rganilayotgan vaqtli

qator ko‘rsatkichlari dinamikasiga umumiy ta’siri neytral bo‘lishi kerak. Additiv model uchun
to‘liq mavsumiy sikl uchun mavsumiy komponent qiymatlari yig‘indisi nolga teng bo‘lishi

kerak.

Mavsumiy komponentning to‘g‘rilangan bahosi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

𝑆

𝑡

= 𝑆𝐸

𝑡

− 𝑆

𝑡

̅

(4)

Bu yerda:

𝑆

𝑡

̅ =

𝑆𝐸

𝑡

12

𝑡=1

12

(4)

Ko‘rilayotgan holatda

𝑆

𝑡

̅ = 0,089

.

Turistik korxona

tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan turistlar soni vaqtli qatorining

qurilgan trend modelida monoton pasayish sur’ati bilan ortib borayotgan tendensiya mavjud

degan xulosaga kelishimizga imkon beradi, bu turistik korxona turistik xizmatlar bozorida o‘z

o‘rnini egallaganligini va amalda ushbu ko‘rsatkichning barqaror darajasiga erishganligini

ko‘rsatadi.

Xulosa va takliflar.

Turistik korxonalar tomonidan mijozlarni ko‘proq jalb qilish istagi aniqlangan

tendensiyalarning xususiyatini hisobga olgan holda yetarli strategiyani ishlab chiqish bilan

qo‘llab

-

quvvatlanishi kerak. Shu bilan birga, o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlarning har birining

mavsumiy to‘lqini tebranishining shakllangan formasini hisobga olish kerak. Uning

evolyutsiyasini tahlil qilish iyul oyi

da grafik markazida barqaror cho‘qqilar bor degan xulosaga

kelishimizga imkon beradi. Shu bilan birga, deyarli yillik siklning to‘rtdan uch qismini egallagan

qabul qilinmaydigan uzoq barqaror “o‘lik mavsum” mavjud. Shubhasiz, bu fakt obyektiv

omillarning,

xususan, turistlarning ta’tilni yozda o‘tkazishni afzal ko‘rishlari bilan bog‘liq

bo‘lgan vaqt stereotiplarining ta’siri bilan bog‘liq.

Shu bilan birga, mijozlarni jalb qilish, reklamaning oqilona aralashuvi bilan turli xil xizmat

takliflarini shakllantirish, turizmning muqobil turlarini ommalashtirish, eksklyuziv turlarni

shakllantirish uchun vaqtli qatorning “mavsumdan tashqari” resurslaridan foydalanish uchun

turistik korxonaning yanada takomillashgan strategiyasini ishlab chiqish obyektiv ravishda

mumkin bo‘ladi.

Shunday qilib, qurilgan additiv model asosida mavsumiy to‘lqin tebranishlari shaklining

o‘zgarishini o‘rganish mavsumiy tebranishlarni bartaraf etish yoki chetlanishlar diapazonini
tekislash bo‘yicha maqsadli chora

-tadbirlarni ishlab chiqishga, yangi mijozlarni jalb qilish

uchun turistik korxonalarning strategik faoliyatini malakali muvofiqlashtirishga imkon beradi.

Adabiyotlar / Литература / Reference:

Волошинова М.В., Ооль А.М. (2019) Анализ проблемы сезонных колебаний спроса в

туризме и стратегий по решению сезонности // Актуальные проблемы развития сферы

услуг: Сборник научных трудов. Под редакцией Ю.В. Долматеня, В.А. Ткачева. Санкт

-

Петербург: Санкт

-

Петербургский государственный экономический университет, С. 107

-

114.

Губская К.В., Зырянов А.И. (2016) Сезонность туризма в Пермском крае //

Географический вестник. №2 (37). С. 119

-127.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral

www.e-itt.uz

49

Дуброва Т.А. Статистические методы прогнозирования / Т.А.Дуброва. –М.: Филинь,

1998.

Коновалова Е.Е., Лаптева Е.В., Крапивко И.А. (2019) Экономика впечатлений как

инструмент по сглаживанию сезонности в индустрии гостеприимства / Е.Е.

Коновалова, Е.В. Лаптева, И.А. Крапивко // Вестник ассоциации вузов туризма и сервиса.
‒ №2. ‒ С. 93

-102.

Огнева, Н.В. (2016) Событийный туризм как метод корректировки сезонных

колебаний в индустрии гостеприимства / Н. В. Огнева, А. К. Эмексузян, Л. В. Штомпель //

Молодежь

-

науке

-

VII. Актуальные проблемы туризма, спорта и бизнеса: Материалы

Всероссийской научно

-

практической конференции студентов, аспирантов и молодых

ученых, Сочи, 21–22 апреля 2016 года. –

Сочи: Сочинский государственный университет, –

С. 180

-183.

Суранова О.А. (2023) Меры управления по сглаживанию сезонных колебаний на услуги

средств размещения туристов / О.А.Суранова / Геополитика и экогеодинамика регионов.

–. №1. –

С. 208

-219.

Чабанюк О.В. (2016) Ранжирование факторов сезонности, влияющих на туристское

предложение / О.В. Чабанюк // Вестник РМАТ. ‒ №1. ‒ С. 25

-32.

Чудновский А.Д. Управление индустрией туризма: учеб. пос. / А.Д. Чудновский, М.А.

Жукова, В.С. Сенин. —

М.: КНОРУС, 2004. —

448 с.

Шмаркова Л.И. (2009) Новый подход к анализу эволюции сезонных колебаний

характериятик деятельности туристских фирм / Л.И.Шмаркова / Известия ТулГУ.

Экономические и юридические науки. Вып. 1. –С. 134

-146.


Bibliografik manbalar

Волошинова М.В., Ооль А.М. (2019) Анализ проблемы сезонных колебаний спроса в туризме и стратегий по решению сезонности // Актуальные проблемы развития сферы услуг: Сборник научных трудов. Под редакцией Ю.В. Долматеня, В.А. Ткачева. Санкт-Петербург: Санкт-Петербургский государственный экономический университет, С. 107-114.

Губская К.В., Зырянов А.И. (2016) Сезонность туризма в Пермском крае // Географический вестник. №2 (37). С. 119-127.

Дуброва Т.А. Статистические методы прогнозирования / Т.А.Дуброва. –М.: Филинь, 1998.

Коновалова Е.Е., Лаптева Е.В., Крапивко И.А. (2019) Экономика впечатлений как инструмент по сглаживанию сезонности в индустрии гостеприимства / Е.Е. Коновалова, Е.В. Лаптева, И.А. Крапивко // Вестник ассоциации вузов туризма и сервиса. ‒ №2. ‒ С. 93-102.

Огнева, Н.В. (2016) Событийный туризм как метод корректировки сезонных колебаний в индустрии гостеприимства / Н. В. Огнева, А. К. Эмексузян, Л. В. Штомпель // Молодежь - науке-VII. Актуальные проблемы туризма, спорта и бизнеса: Материалы Всероссийской научно-практической конференции студентов, аспирантов и молодых ученых, Сочи, 21–22 апреля 2016 года. – Сочи: Сочинский государственный университет, – С. 180-183.

Суранова О.А. (2023) Меры управления по сглаживанию сезонных колебаний на услуги средств размещения туристов / О.А.Суранова / Геополитика и экогеодинамика регионов. –. №1. – С. 208-219.

Чабанюк О.В. (2016) Ранжирование факторов сезонности, влияющих на туристское предложение / О.В. Чабанюк // Вестник РМАТ. ‒ №1. ‒ С. 25-32.

Чудновский А.Д. Управление индустрией туризма: учеб. пос. / А.Д. Чудновский, М.А. Жукова, В.С. Сенин. — М.: КНОРУС, 2004. — 448 с.

Шмаркова Л.И. (2009) Новый подход к анализу эволюции сезонных колебаний характериятик деятельности туристских фирм / Л.И.Шмаркова / Известия ТулГУ. Экономические и юридические науки. Вып. 1. –С. 134-146.