AUDITORLIK TEKSHIRIVUNI REJALASHTIRISH VA UNI O’TKAZISHNING NORMATIV-HUQUQIY ASOSLARI

Annotasiya

Ushbu maqolada auditni paydo bo’lishi, jahonnning turli mamlakatlarida paydo bo’lish sabablari ochib berilgan. Auditning rivojlanish bosqichlari hamda ushbu jarayon bilan bog’liq bo’lgan me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishi yoritib berilgan. Auditorlik tekshiruvini rejalshtirshni o’ziga hos xususiyaltari ko’rib chiqilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Akromov, S. (2024). AUDITORLIK TEKSHIRIVUNI REJALASHTIRISH VA UNI O’TKAZISHNING NORMATIV-HUQUQIY ASOSLARI. Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil, 2(2), 35–40. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/45043
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada auditni paydo bo’lishi, jahonnning turli mamlakatlarida paydo bo’lish sabablari ochib berilgan. Auditning rivojlanish bosqichlari hamda ushbu jarayon bilan bog’liq bo’lgan me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishi yoritib berilgan. Auditorlik tekshiruvini rejalshtirshni o’ziga hos xususiyaltari ko’rib chiqilgan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral

www.e-itt.uz

35


AUDITORLIK TEKSHIRIVUNI REJALASHTIRISH VA UNI O’TKAZISHNING

NORMATIV-HUQUQIY ASOSLARI

Akromov Shohrux Shuhrat o’g’li

Toshkent Kimyo xalqaro unversiteti

ORCID:

0009-0007-4309-2944

Annotatsiya.

Ushbu maqolada auditni paydo bo’lishi, jahonnning turli mamlakatlarida paydo

bo’lish sabablari ochib berilgan. Auditning rivojlanish bosqichlari hamda ushbu jarayon bilan bog’liq

bo’lgan me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishi yoritib berilgan. Auditorlik tekshiruvini rejalshtirshni o’ziga
hos xususiyaltari ko’rib chiqilgan.

Kalit so’zlar:

Audit, auditorlik faoliyati, auditorlik dasturi, audit rejasi, auditorlik risklari.

НОРМАТИВНО

-

ПРАВОВАЯ БАЗА ПЛАНИРОВАНИЯ И ПРОВЕДЕНИЯ ПРОВЕРКИ

Акромов Шахрух Шухрат

угли

Ташкентский международный университет Кимё

Аннотация

.

В данной статье раскрываются причины появления аудита в разных странах

мира. Объяснены этапы развития аудита и разработка нормативных документов, связанных с
этим процессом. Рассмотрены особенности планирования аудита.

Ключевые слова:

Аудит, аудиторская деятельность, программа аудита, план аудита,

аудиторские риски.

REGULATORY AND LEGAL BASIS FOR PLANNING AND CONDUCTING AN AUDIT

Akromov Shahrukh Shuhrat

o’g’li

Kimyo International University in Tashkent

Abstract.

This article reveals the reasons for the appearance of audit in different countries of the

world. The development stages of the audit and the development of regulatory documents related to this
process are explained. The specific features of planning an audit are considered.

Key words:

Audit, audit activity, audit program, audit plan, audit risks.

Kirish.

Rivojlangan mamalakatlar amaliyotida har qanday amalga oshirilgan operatsiya va xizmatlar

ma`lum bir me`yoriy huquqiy hujjatlarga asoslanadi. O`zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatida
audit o`tkazishning me`yoriy huquqiy hujjatlari ishlab chiqilgan bo`lib yil sayin takomillashtirilib

bormoqda. Hususan O`zbekiston Respublikasining auditorlik faoliyati to`g`risidagi qonuning (2021)

4-

moddasiga binoan auditorlik faoliyati sohasidagi asosiy prinsiplarini quyidagicha takidlab o’tilgan

“Auditorlik faoliyati sohasidagi asosiy prinsiplar mustaqillik, xolislik va halollikdan, kasbiy bilimga

egalik hamda axborotning maxfiyligidan iboratdir”.

Adabiyotlar sharhi.

Auditorlik faoliyati yurtimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq boshlangan

. Ma’lumki, har

bir faoliyat turini boshlash uchun avvalombor uni ma’lum huquqiy asoslari talab etiladi. “Auditorlik
faoliyati to’g’risida”gi dastlabki Qonun 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan edi. Lekin, ushbu Qonun qabul

qilinishiga qaramasdan auditorlik

faoliyati o’z taraqqiyotini topa olmadi.

Buning sababi bunga bir necha

to’siqlar mavjud edi.

UO

K: 657.633(575.1)

II SON - FEVRAL, 2024

35-40


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral

www.e-itt.uz

36

Bu to’siqning birinchisi bo’lib mamlaktimizda deyarli barcha mulk davlatniki edi, hali

xususiylashtirish jarayoni bo’lmaganligi sababli auditorlik xizmatiga muhtojlarni topish ancha qiyin

masala edi. Ikkinchidan esa, auditorlik vazifasini bajaruvchi mutaxassis-

auditorlar hali yo’q edi, chunki

ularni o’qitish, qayta tayyorlash ma’lum vaqt talab qilar edi. Shu

sababli, auditorlar vazifasini bajarish

uchun

vaqtinchalik sobiq taftishchilar amalga oshirib turdilar. Uchinchidan, milliy valyuta to’la

-

to’kis,

bekamu-

ko’st ishlamayotgan bir paytda, auditorlik xizmatidan foydalanish u yoqda tursin, audit o’zi

nima ekanligini tushunmaydiganlar salmog’i mamlakatda ko’pchilikni tashkil qilar edi. Shu bois,

mamlakatd

a iqtisodiy tizim bir me’yorda ishlay boshlagan davr 1994 yil iyun oyida milliy valyutamiz

muomalaga joriy qilingan davrga to’g’ri keladi. Qolaversa, kimlardir buni mamlakatimizda
«Xususiylashtirish to’g’risida»gi Qonun qabul qilingan davr bilan bog’lashla

ri mumkin. Buning sababi,

mulkni real baholashni faqat mustaqil ekspertlar amalga oshirishlari kerak edi. Shundan so’ng,

auditorlik xizmatlari bozorida bu xizmatning alohida shakllanishi

ga olib keldi. Ya’ni, «Mulkni baholash

to’g’risida»gi Qonun yaratilishi bilan auditorlik tashkilotlari baholovchi korxonalarga o’z o’rnini
bo’shatib berdi va s

hu orqali dastlabki umumiy audit faoliyati boshlangan davr 1994 yilning ikkinchi

chorakka to’g’ri kelgan deb xulosaga kelamiz.

Biroq, ayrim iqtisodchi olimlar auditorlik faoliyatini paydo bo’lishini uning huquqiy negizlari

yaratilishi bilan bog’lasa, ba’zilar esa mamlakatdagi sodir bo’lgan iqtisodiy jarayonlar bilan izohlashadi.

Fikrimizning tasdig’i sifatida biz quyidagi faktlarn

i keltirishni joiz topdik. Mahalliy iqtisodchi olim

Mamatov (2007) jahonda auditorlik kasbini paydo bo’lish vaqtiga oid fikr bildirib, quyidagilarni

ta’kidlaydi: O’zbekistonda auditorlik faoliyati va auditor kasbi hozirgi ko’rinishida mamlakatdagi

iqtisodi

y o’zgarishlar bilan bog’liq holda 1993 yildan boshlab paydo bo’lgan.

Yana bir mahalliy iqtisodchi olim Karimov (2013) esa auditorlik faoliyatining rivojlanishini

mamlakatda sodir bo’lgan iqtisodiy islohotlar bilan izohlaydi va uni ikki bosqich asosida tushuntiradi:

o’tish davri bilan bog’liq birinchi galdagi islohot va o’zgarishlarni o’z ichiga olgan dastlabki bosqich –

1991-

2000 yillar..., 2001 yildan 2007 yilgacha bo’lgan muddatni o’z ichiga olgan ikkinchi bosqich –

...mamlakatni modernizatsiya qilish davri esa iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish hamda... izchil
islo

h etishni ta’minlashda g’oyat muhim rol o’ynagan davr bo’ldi. Shu yillar davomida iqtisodiyotning

barcha tarmoqlarini rivojlantirishning har bir bosqichida ustuvor vazifalarni aniq belgilashga alohida

e’tibor qaratilib, ularni hal etish uchun zarur moliyav

iy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona

foydalanishga harakat qilindi. Bizning tadqiqotlarimiz natijasida, mahalliy iqtisodchi olimlarning fikr

va mulohazalarini tahlil qilish, auditning dastavval g’arbda faqat buxgalteriya hujjatlari va hisobotlarini

tekshirish hamda tasdiqlashdan iborat faoliyat sifatida shakllanganligini isbotlaydi. Masalan xorijiy

iqtisodchi olimlardan biri Roy Dodj (1992) audit haqida shunday fikrlarni bildirgan “...auditorlik
faoliyati so’nggi 25 yilda uch evolyutsion bosqichni bosib o’tgan: birinchisi –

tasdiqlovchi audit; ikkinchi

sistemali yo’naltirilgan audit; va nihoyat, so’nggisi, uchinchisi riskka asoslangan audit. So’nggi ikki

bosqich bizdan kitobdan bosh ko’tarish va diqqat

-

e’tiborni biznesning o’ziga qaratishni talab

qiladi, deb

ta’kidlagan.

Bizningcha, auditorlik faoliyati rivojiga oid barcha iqtisodchi olimlar fikrlari o’z vaqtida juda

o’rinli va to’g’ri deb hisoblaymiz hamda ayrim mulohazalarni qo’shimcha qilamiz. Haqiqatdanham, 2007

yildan toki hozirgi kungacha auditorlik faoliyati rivojining uchinchi bosqichi amalda. Buni nafaqat

mamlakatimizda balki, butun jahonda sodir bo’layotgan global iqtisodiy jarayonlar amalda ko’rsatib

turibdi. Bunga misol qilib jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi (AQSh va Evropa), tabiiy va ekologik ofatlar

(Yaponiya) va boshqalar. Shu sababli, biz hech ikkilanmasdan audit rivojlanishning uchinchi bosqichi

bu riskka asoslangan audit, desak mubolag’a bo’lmaydi. Bunga qo’shimcha qilib, ushbu bosqichda biz

endi sifat tamoyiliga amal qilib, barcha amaldagi me’yoriy

-huquqiy bazani yanada takomillashtirish,

ya’ni “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi, “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi, Auditorlik faoliyati va

Buxgalteriya hisobining milliy standartlarini xalqar standartlar asosida yuritishim kerak ekanligini

bemalol ayt

a olamiz. Buning sababi iqtisodiyotida bo’layotgan o’zgarishlar ushbu me’yorlarni asosida

ish yuritishimiz kerak ekanligini taqozo etmoqda.

Tadqiqot metodologiyasi.

Ushbu maqolaning metodologiyasida tahlil va sintez, ilmiy abstraktsiya, umumlashtirish va

qiyosiy nazariy talqin usullari qo'llaniladi. Bundan tashqari, maqolaning ilmiy asosini xalqaro

standartlar, mamlakatimiz va xorijiy ilmiy nashrlarda olimlar tomonidan olib borilgan izlanishlar

ma’lumotlari tashkil etadi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral

www.e-itt.uz

37

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Har bir xo’jalik yurituvchi subyekt, xususan auditorlik faoliyati ham samarali bo’lishi uchun

avvalambor uning mukammal va aniq rejasi yoki dasturini tuzish lozim. Ularning mazmuni qo’yilgan

maqsad va uni bajarish uchun belgilangan aniq vazifalardan kelib chiqadi.

O’zbekiston Respublikasi "Auditorlik faoliyati to’grisida"gi Qonunining 2

-moddasiga muvofiq

“Agar O`zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyati xalqaro shartnomasida O`zbekiston

Respublikasidaning auditorlik foaliyati to’g’risidagi qonunchilikda nazard

a tutilganda boshqacha

qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalar qo’llaniladi”[2021] deb belgilangan.

Biroq ta’kidlash joizki, auditorlik tekshiruvlarini rejalashtirish, uni o’tkazish jarayonlarining

me’yoriy tartibga solish tizimi va uning elementlari mavjud. Shu bois, quyida mamlakatimizda auditorlik

faoliyatini jumladan, auditni rejalashtirish, uni o’tkazishning me’yoriy tartibga solish tizimi va uning

elementlari rasmni keltirishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.

Avvaloambor audit tekshiruv nima ekanligi haqida to`xtalib o`tsak.

“Xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotining va u bilan bog‘liq moliyaviy axborotining

auditorlik tekshiruvi tekshiriladigan moliyaviy hisobotning hamda u bilan bog‘liq moliyaviy

axborotning ishonchliligini va buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun

chilikka muvofiqligini aniqlash

maqsadida auditorlik tashkiloti tomonidan o‘tkaziladi.

Ishonchlilik deganda moliyaviy hisobot ma’lumotlarining aniqlik darajasi tushunilib, u ushbu

hisobot asosida xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvoli va moliyaviy

-

xo‘jalik faoliyati natijalari

to‘g‘risida xolis xulosalar chiqarish imkonini beradi”

(Qonun, 2021).

Auditni rejalashtirish chog’ida auditorlik tashkiloti tomonidan qo’llaniladigan me’yorlar 300

-son

“Auditni rejalashtirish”

(2009) nomli xalqaro auditorlik standarti (XAS) bilan belgilanadi. Shuni aytish

kerakki, audit rejasini puxta tuzmasdan sifatli auditorlik tekshiruvi o’tkazish mumkin emas.

Rejalashtirish auditorlik tekshiruvini boshlang’ich bosqichi bo’lib, auditorlar reja tuzu

lgunga qadar

bevosita tekshiruv jarayonini boshlamasliklari lozim. Shu boisdan ushbu standartga batafsil to’xtalib

o’tamoqchimi

z. Am

а

lda,

а

uditni rej

а

lashtirish jar

аyoni auditorlik tashkiloti bilan xo’jа

lik yurituvchi

sub’ekt o’rtasida shа

rtnoma tuzilgung

а

qadar boshlanadi. Bu holat ko’p hollarda, agar mijoz bilа

n

shartnoma tuzilm

а

sa, auditni rejal

аshtirish bilan bog’liq xarajatlar qaysi manbalar hisobidan mablag’

bilan ta’minlаnishi to’g’risidа

gi savolni yuzag

а

kelishi tabiiy albatta.









1-

rasm. O’zbekiston Respublikasi Moliya va iqtisodiyot vazirligining auditorlik

faoliyatini tartibga solish bo’yicha funktsiyalari

20

20

muallif ishlanmasi

O’z vakolatlari doirasida auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni, shu

jumladan auditorlik faoliyatining milliy standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash

Auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini

nazorat qilish

Auditorlik faoliyatini amalga oshirishga berilgan litsenziyaning, auditorlar malaka

sertifikatining amal qilishini to’xtatib turish, to’xtatish va bekor qilish

Auditorlarning respublika jamoat birlashmasi bilan kelishgan holda auditorlar malaka

sertifikatini olish uchun o’qitish dastrularini va malaka imtihonlarini topshirish tartibini

tasdiqlash

Malaka sertifikatiga ega bo’lgan auditorlar reestrini va auditorlik faoliyatini amalga

oshirish uchun berilgan litsenziyaga ega bo’lgan auditorlik tashkilotlari hisobini yuritish


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral

www.e-itt.uz

38

Mijoz bilan shartnoma tuzilg

а

n holda

а

uditni d

а

stlabki rejalashtirishg

а

doir ishl

а

r qiymati

o’tkaziladigan auditorlik xizmаtining umumiy qiymatiga qo’shib ko’rsatiladi, aks holda u auditorlik

tashkilotining mablag’lari hisobidan amalga oshirilishi lozim. Standartga muvofiq auditni rejalashtirish
quyidagi bosqichlarga bo’linadi:

a) auditni dastlabki rejalashtirish;
b) auditning umumiy rejasini tayyorlash va tuzish;

d) audit dasturini tayyorlash va tuzish.
Auditni d

а

stlabki rej

а

lashtirish bosqichi bu

xo’jаlik yurituvchi sub’ekt vа

а

uditorlik t

а

shkiloti

tomonidan

а

uditorlik sh

а

rtnomasini tuzgung

аcha bo’lgа

n ishl

аrni o’z

ichig

а

olib, bu bosqichd

а

а

uditorlik t

а

shkiloti tomonid

а

n tekshiruv buyurtm

а

chisi f

а

oliyati bilan t

а

nishish, buyurtm

а

chiga

а

uditorlik f

аoliyatini o’tkа

zish xuquqini beruvchi tegishli litsenziyani va

а

uditor (auditorlar)ning

m

а

laka sertifik

а

tini taqdim etish, korxon

а

ning ichki va t

а

shqi f

аoliyat xususiyatlari to’g’risida mа’lumot

to’plа

sh, tekshiruv buyurtm

а

chisini

а

uditorlik tekshiruvid

аn o’tkа

za olish salohiy

а

tini bahol

а

sh,

auditorlik sh

а

rtnomasi sh

а

rtlarini korxon

а

rahb

а

riyati bil

а

n kelishib olish v

а

korxon

а

ni tekshirish

uchun

а

uditorlik ishchi guruhini sh

а

kllantirish h

а

mda y

а

kunda

а

uditorlik shartnom

а

sini

rasmiyl

а

shtirish jar

а

yonidir

Auditorlik shartnomasi tuzilgandan so’ng tekshiruvning umumiy rejasi tayyorlanadi va u

auditorlik guruhi rahbari tomonidan tuziladi hamda tasdiqlandi. Auditning umumiy rejasida

tekshiriladigan dastavval xo’jalik yurituvchi sub’ektning buxgalteriya hisobi v

a ichki nazorat tizimini

o’rganish hamda ular ma’lumotlarining ishonchliligini baholash, auditorlik tanlash hajmini belgilashi,
audit dasturini tayyorlashi, auditni bevosita o’tkazish jarayonining (dasturni bajarish) amallarini

belgilashi, bajarilgan ishlar natijalarini tahlil qilishi, barcha oraliq va umumiy audit ish hujjatlarini

tayyorlashi hamda tekshiruv natijalarini xo’jalik yurituvchi sub’ektlariga qolaversa yuqori organlarga

taqdim etish kabi vazifalarni o’z ichiga olgan holda audit o’tkazishning ba

rcha umumiy bosqichlari aks

ettiriladi.

2-rasm. Auditor uchun dastlabki rejalashtirish jarayoni uchun axborot olish manbalari

21

21

muallif ishlanmasi

Auditor uchun dastlabki rejalashtirish jarayoni uchun axborot olish manbalari

XYuS ustavi

Hisob siyosati va

o’zgarishlari

XYSni ro’yxatdan

o’tganligi hujjati

Korporativ boshqaruv

bayonnomalari

Statistik

hisobotlari

Buxgalteriya hisobotlari

Shartnoma va bitimlari

Korxonaning filiallari va

shu’ba

jamiyatlari

ro’yxati

Ichki hisobotlari

Tartibga soluvchi ichki

hujjatlari

Boshqa birlamchi va

yig’ma hujjatlar


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral

www.e-itt.uz

39

Auditor audit dasturini hujjat shaklida rasmiylashtirishi va har bir bajariladigan auditorlik

amallarini o’zining ish hujjatlarida aniq bayon etish maqsadida ularni ketma

-ketlik asosida raqam bilan

tartiblashi kerak. Auditorlik amallari dasturi buxgalteriya hisobida hisobvaraqlar bo’yicha aylanmalar
va saldo to’g’ri

aks ettirilganligini batafsil tekshirishni o’zi ichiga qamrab oladi va ular buxgalteriya

hisobi ob’ektlari yoki umumiy rejada belgilangan vazifalarni bajarish bo’yicha auditorlik amallari
ro’yxatidan iborat bo’ladi. Auditor bunday amallarni qo’llash orqali buxgalteriya hisobining aynan

qanday bo’limlarini tekshirishni belgilaydi va bu esa auditordan buxgalteriya hisobining har bir
bo’limini tekshirish bo’yicha auditorlik dasturini tuzishni talab etadi. Auditorlik tekshiruvini o’tkazish

shartlari va auditorlik amallari natijalari bog’liq holda audit dasturi qayta ko’rib chiqilishi mumkin.
Agarda bu ko’rib chiqilganda o’zgarishlar bo’ladigan bo’lsa, o’zgarishlarning sabablari va natijalari

o’zgartirilgan dasturda

hujjatlashtirilishi kerak bo`ladi.

Fikrimizchа, yuqoridаgi shаkl vа mаzmundаgi аuditning umumiy rejаsi va dаsturi tuzilgаnidan

so’ng, аuditorlik tаshkilotining rahbаri yoki аuditorlik guruhi rahbаri mijoz

-

korxonа fаoliyatini

tekshiruvidа qatnashuvchi аuditor va ekspertlаr ishtirokidа tekshiruvni boshlаshdan avvаl kichik

yig’ilish tаshkil etishi hаmda undа tuzilgаn umumiy rejа va dаsturni muhokаmadan o’tkаzishi mаqsadga

muvofiqdir.

300-

son Xalqаro аudit standаrtida har qаnday korxonаni auditorlik tekshiruvidаn o’tkazishda

hаm audit rejasini, ham аudit dasturini tuzishni tаlab etadi. Dаrhaqiqat, yirik xo’jalik yurituvchi
sub’ektning hisobotlаrini tasdiqlаsh uchun kattа auditorlik guruhi tomonidаn tekshiruv o’tkаzilganida

bundаy ko’p bosqichli rejаlashtirish zаrur. Biroq, bizning fikrimizchа, unchаlik katta bo’lmаgan xo’jalik
muomalаlari kam sodir bo’lаdigan, bir turdаgi mahsulot ishlаb chiqarish (ish, xizmat bajаrish) bilаn

shug`ullаnuvchi mikrofirmаlarda audit o’tkаzganida, bundаy keng qamrovli reja tuzish maqsadga

muvofiq emas.

3-rasm. Auditning umumiy rejasi (dasturi)

22

Boshqaruv tizimining zaruriy

ma’lumotlari bilan ta’minlaydigan yangi nazorat qiluvchi davlat va

nodavlat organlari vujudga keldi, hamda bular amalda qo’llanilayapti.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida eng samarali istiqbolli nazorat turlaridan biri mustaqil moliyaviy

nazorat hisoblanadi. Mustaqil moliyaviy nazorat aynan auditorlar, ya’ni auditorlik tashkilotlari

zimmasiga yuklatildi. Bunday moliyaviy xizmat ikki tomonlama tuzilgan shartnoma asosida amalga
oshiriladi. Shu boisdan, moliyaviy nazorat tizimida aynan auditorlik tashkilotlari juda katta va muhim

o’rin tutadi. Demak, ularning zimmasida xususiy mulkka asoslangan barcha turdagi tashkilotlar

faoliyatini doimo nazorat

qilish vazifasi turar ekan, ular tomonidan o’tkaziladagan tekshiruvlarni to’g’ri,

22

muallif ishlanmasi

Auditning

umumiy rejasi

Obyektlar bo‘yicha audit rejalari

1 obyekt

Asosiy

vositalar va

NMA

2 obyekt

Kapital

qo’yilma

-lar

va uzoq

muddatli

debitorlar

3 obyekt

Tovar-

moddiy

zaxira

4 obyekt

Ishlab

chiqarish va

tannarx

5 obyekt

Pul mab-

lag’lari va

moliyaviy

investi-

siyalar

6 obyekt

Debitorlar

va

kreditorlar

7 obyekt

Xususiy

kapital va
moliyaviy

natijalar va

x.k.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral

www.e-itt.uz

40

o’z vaqtida, puxta, optimal rejalashtirish doimo dolzarb vazifalardan biri bo’lib qoladi. Auditorlik
tekshiruvlarini rejalashtirish huddi uni o’tkazish kabi barcha qoidalar dastlab “Auditorlik faoliyati

to’g’risida”gi Qonunda, so’ngra 300

-

sonli “Auditni rejalashtirish” nomli Xalqaro auditorlik standartida

belgilab qo’yilgan. Bundan tashqari, Auditning Ahloq Kodeksi ham mavjud bo’lib, unda auditorlarga

tekshiruvlarni rejalashtirish va uni o’tkazishga qator talablarni belgilaydi.

Xulosa va takliflar.

Barcha yuqorida keltirilgan keltirilganlarni umumlashtirgan holda quyidagilarni

takidlash joiz:

1.

Biz yuqorida sanab o’tgan iqtisodchi olimlarning ilmiy asarlarida aynan auditorlik

tekshiruvini rejalashtirishning uslubiy muammolarini o’rganishga keng e’tibor qaratilmagan

bo’lib, me’yoriy xujjatlarning iqtisodiyotni rivojlantirishga muvofik o’zgarib bor

ishi mazkur

soxada chukur ilmiy izlanishlar olib borish kerak ekanligiga dalolat beradi.

Demak, auditni amalga oshirish bosqichlarini uch bosqich

ga bo’lish mumkin

:

Auditni rejalashtirish bosqichi

Auditni o`tkazish bosqichi

Auditni yakuni bosqichi hisoblanadi.

2.

Auditorlik tashkilotlarining ham ishchi hujjatlari ham audit rejasini to’g’ri, oqilona,

iqtisodiy tejamkor holatida hamda optimal imkoniyatlarni qamrab olingan holda bo’lishini

ta’minlaydi. Shu bois, ishchi hujjatlar tarkibiga ham etarlicha e’tibor qaratish lozim. Shu o’rinda

bizning taklifimiz, barcha auditorlik tashkilotlarida auditning ichki ishchi standartini ishlab

chiqish va keng joriy qilish masalasini qo’yish o’zining ijobiy samarasini beradi.

Fikrimizchа, shuni taklif qilishim mumkinki, yuqoridаgi shаkl vа mаzmundаgi аuditning

umumiy rejаsi va dаsturi tuzilgаnidan so’ng, аuditorlik tаshkilotining rahbаri yoki аuditorlik
guruhi rahbаri mijoz

-

korxonа fаoliyatini tekshiruvidа qatnashuvchi аuditor va ekspertlаr

ishtirokidа tekshiruvni boshlаshdan avvаl kichik yig’ilish tаshkil etishi hаmda undа tuzilgаn

umumiy rejа va dаsturni muhokаmadan o’tkаzishi mаqsadga muvofiqdir. Agаrda yig’ilishdа

tuzilgаn reja va dаsturga qo’shimchа va o’zgаrtirishlar kiritish shаrt deb hisoblansа, ungа

qo’shimchа va o’zgаrtirishlar kiritish, shundаn so’ng uni bаrcha tekshiruvdа qatnаshuvchi
аuditor va ekspert

-

mutaxаssislar e’tiborigа kitob shаklda yetkаzilishini ta’minlаsh maqsadga

muvofiq bo’ladi.

Adabiyotlar/

Литература/

Reference:

Mamatov Z.T. (2007) Аudit. Oʼquv qoʼllanma. –

T.: Fan va texnologiya, 8 b.

Qonun (2021)

“O’zbekiston Respublikasining auditorlik tog’risida”

gi 4-modda, 2021-yil 25-

fevral, O’RQ

-677-son.

XAS (2009) 300-

son “Auditni rejalashtirish”

nomli xalqaro auditorlik standarti

Рой Додж (1992) Краткое руководства по стандартам и нормам аудита.

-

М.:

Финансы

и статистика, ЮНИТИ,

-

Б. 20.

Файзиев Ш.Н., Каримов А.А. (2013) Аудит. Учебное пособие. –Т.: “IQTISOD

-

MOLIYA”.

Bibliografik manbalar

Mamatov Z.T. (2007) Аudit. Oʼquv qoʼllanma. –T.: Fan va texnologiya, 8 b.

Qonun (2021) “O’zbekiston Respublikasining auditorlik tog’risida”gi 4-modda, 2021-yil 25-fevral, O’RQ-677-son.

XAS (2009) 300-son “Auditni rejalashtirish” nomli xalqaro auditorlik standarti

Рой Додж (1992) Краткое руководства по стандартам и нормам аудита. - М.: Финансы и статистика, ЮНИТИ, -Б. 20.

Файзиев Ш.Н., Каримов А.А. (2013) Аудит. Учебное пособие. –Т.: “IQTISOD-MOLIYA”.