QISHLOQ XO‘JALIGI KORXONALARINING IQTISODIY SALOHIYATI VA UNING TASHKIL ETUVCHILARI

Annotasiya

Qishloq xo‘jaligi korxonalarining iqtisodiy salohiyatini oshirish, sohada yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish orqali mamlakat sanoatini xomashyo, aholini sifatli oziq - ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida muhim ahamiyat kasb etadi. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur maqolada qishloq xo‘jaligi korxonalari iqtisodiy salohiyatini tashkil etuvchilari tahlil qilinadi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Xakimov, T. (2024). QISHLOQ XO‘JALIGI KORXONALARINING IQTISODIY SALOHIYATI VA UNING TASHKIL ETUVCHILARI. Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil, 2(3), 167–175. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/45150
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Qishloq xo‘jaligi korxonalarining iqtisodiy salohiyatini oshirish, sohada yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish orqali mamlakat sanoatini xomashyo, aholini sifatli oziq - ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida muhim ahamiyat kasb etadi. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur maqolada qishloq xo‘jaligi korxonalari iqtisodiy salohiyatini tashkil etuvchilari tahlil qilinadi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

167


QISHLOQ X

O‘

JALIGI KORXONALARINING IQTISODIY SALOHIYATI VA

UNING TASHKIL ETUVCHILARI

Xakimov Tulkin

Toshkent t

o‘q

imachilik va yengil sanoat instituti

ORCID: 0000-0001-7280-9981

Annotatsiya.

Qishloq

xo‘jaligi korxonalarining iqtisodiy salohiyatini oshirish, sohada yuqori

qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish orqali mamlakat sanoatini

xomashyo, aholini sifatli oziq -

ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash

iqtisodiy islohotlarning hozirgi

bosqichida muhim ahamiyat kasb etadi. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur maqolada qishloq

xo‘jaligi korxonalari iqtisodiy salohiyatini tashkil etuvchilari tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar

:

qishloq xo‘jaligi, korxona, salohiy

at, iqtisodiy salohiyat, zahira, imkoniyat,

moliyaviy salohiyat, agrar siyosat.

ЭКОНОМИЧЕСКИЙ ПОТЕНЦИАЛ СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННЫХ ПРЕДПРИЯТИЙ

И ЕГО СОСТАВЛЮЩИЕ

Хакимов Тулкин

Ташкентский институт текстильной

и

легкой промышленности

Аннотация.

Повышение экономического потенциала сельско

-

хозяйственных

предприятий, развитие производства продукции с высокой добавленной стоимостью на

отрасле, обеспечение промышленности страны сырьем, населения качественными
продуктами питания имеет важное значение на современном этапе экономических

реформ. Исходя из этого, в данной статье анализируются составлющие экономического

потенциала сельскохозяйствен

-

ных предприятий.

Ключевые слова:

сельское хозяйство, предприятие, потенциал, экономи

-

ческий

потенциал, резерв,

возможность, финансовый потенциал, аграрная политика.

THE ECONOMIC POTENTIAL OF AGRICULTURAL ENTERPRISES

AND ITS COMPONENTS

Khakimov Tulkin

Tashkent Institute of Textile and Light Industry

Abstract.

Increasing the economic potential of agricultural enterprises, developing the

production of high-value-added products in the industry, providing the country's industry with

raw materials and the population with high-quality food products is important at the present

stage of economic reforms. Based on this, this article analyzes the components of the economic

potential of agricultural enterprises.

Keywords:

agriculture, enterprise, potential, economic potential, reserve, opportunity,

financial potential, agrarian policy.

UO

K: 338.434

III SON - MART, 2024

167-175


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

168

Kirish.

Jahon iqtisodiyotining rivojlanish tendentsiyasi shundan guvohlik beradiki, kishilik

jamiyatining barcha soha va jabhala

rida, ayniqsa global iqlim o‘zgarishi ta’sirida

sayyoramizning ko‘plab

mintaqalarida tobora avj olayotgan qashshoqlik va ocharchilikka

barham berishning asosiy omillaridan biri sifatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari

etishtiruvchi,

shuningdek ularga turli

yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatuvchi sub’yektlarning xo‘jalik yuritish

faoliyatlarini innovatsiyalar asosida tashkil etish strategik ahamiyat kasb etib, ushbu jarayonni

uzluksiz takomillashtirish davr talabiga aylanib bormoqda. Qishloq xo‘jaligi sohasining

t

araqqiyoti iqtisodiyotning rivojlanishida muhim o‘rin egallaydi.

Shu t

ariqa, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining o‘sishi sanoat ishlab chiqarishi o‘sishini

rag‘batlantirishda katta multiplikativ ta’sir ko‘rsatishi mumkin

(Nurmuxammidova, 2021)

.

Tadqiq

otlar shuni ko‘rsatadiki, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning 1 dollarga o‘sishi,

iqtisodiyotning boshqa soha va tarmoqlarida ham mahsulot ishlab chiqarishning 1 dollarga

o‘sishiga olib keladi, ayni paytda iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida mahsulot

ishlab

chiqarishning 1 dollarga o‘sishi qishloq xo‘jaligida 0,18 dollarlik o‘sishni ta’minlaydi. Qishloq

xo‘jaligi o‘sishining mazkur multiplikatorlari odatda, daromadi past mamlakatlarda yuqori

bo‘lishi kuzatiladi, chunki

mazkur mamlakatlarda sanoat sektorining asosiy ulushi (qishloq

xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash) va xizmatlar sohasi qishloq xo‘jaligi ko‘rsatkchilariga

ko‘p jihatdan bog‘liq hisoblanadi.

Iqtisodiy islohotlarning tobora shiddatli tus olishi sharoitida tadbirkorlik

sub’yektlarining

joriy holatini monitoring qilish, mavjud resurslardan foydalanishni baholash

va tahlil qilish, samarali boshqaruv echimlarini ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari

tobora dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda.

O‘

zgaruvchan bozor muhiti sharoitida zamonaviy

korxona uchun eng dolzarb muammolardan biri raqobatbardoshlik darajasini saqlab qola bilish

va korxona faolligini

ta’minlay

olishdan iboratdir.

Qishloq

xo‘j

aligi korxonalari faoliyati samaradorligi muammolari ularning mavjud

salohiyatdan foydalanish darajasiga

ko‘p

jihatdan

bog‘liq,

bu

o‘z

navbatida korxonaning ichki

imoniyatlarini ishga solish, yashirin zaxira va manbalarni izlab topishga imkon beruvchi

iqtisodiy tahlil usullaridan foydalanishni taqozo qiladi.

Mazkur maqolada

ko‘tarilgan

muammoning dolzarbligi yana shunisi bilan muhimki,

bugungi kunda qishloq

xo‘jaligi

korxonalarini iqtisodiy salohiyatini tahlil qilishga imkon

beruvchi mukammal uslubiy ishlanmalar mavjud emas.

Adabiyotlar sharhi.

Iqtisodiy adabiyotlarda “Moliyaviy salohiyat” tushunc

h

asi keng ko‘llanilib, davlat, hudud,

korxona, u

y xo‘jaliklarining jami moliyaviy imkoniyatlarining rivojlanishi sifatida qaraladi.

Xususan, mahalliy iqtisodchi

olimlarimizdan Pardayev (2002) moliyaviy salohiyatni

korxonalar nuqtai nazaridan uning faoliy

atini to‘li

q

ta’minlaydigan turli manbalardan tarkib

topgan moliyaviy resurslar majmui sifatida ta’riflagan. Zulunova

(2008) korxonalarning

moliyaviy

salohiyati deb, uning moliyaviy xo‘jalik faoliyatini, ya’ni unda sodir bo‘ladigan barcha

iqtisodiy jarayon

larni to‘li

q

ta’minlaydigan turli manbalardan (o‘z mablag‘lari va chetdan jalb

qilingan mablag‘lar, ya’ni majburiyatlar)dan tarkib topgan moliyaviy re

surslar majmui sifatida

tan olinadi. Bunda moliyaviy salohiyatga oid barcha jarayonlar bir tomonlama qamrab olingan

bo‘lib, mikro darajadagi moliyaviy resurslar bilan tavsiflangan. Korxonalar moliyaviy salohiyat

kategoriyasini Buranova (2020)

shunday ta’kidlaydi: “Moliyaviy salohiyat –

bu korxonaning o‘z

hususiy va jalb qilingan moliyaviy resurslari bo‘lib, j

oriy va kelajakdagi harajatlarini tasarruf

etishda o‘zi haqlidir”. Belorussiyalik mutaxasssislar Plaksin va Pole

shuk (2013)

“Korxonaning

moliyaviy

iqtisodiy salohiyatini uning tashkil etadigan komponentlar summasi sifatida emas,

balkim, har qanday ishla

b chiqarish tizimida bo‘lganiday, murakkab, o‘zaro bog‘liq salohiyatlar

tizimining elementlari yig‘indisi sifatida e’tirof etganlar”. Yuqoridagilardan

farqli ravishda,

Suxova (2016) -

“Korxona moliyaviy salohiyati: tushunchasi, mazmuni, o‘lchash usullari”

nomli


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

169

nashrida korxonalar moliyaviy salohiyatini “Korxona moliyasi” tushunchasi bilan bog‘lab,

iqtisodiy munosabatar tizimi sifatida korxona moliyaviy resurslarini shakllantirish, taqsimlash

va ishlatilishi jarayonida paydo bo‘lishini ifodalaydi”.

Iqtisod

iy salohiyatni xo‘jalik yuritishning moddiy asosi sifatida tavsiflash asnosida

Shukov (2002)

iqtisodiy salohiyatning quyidagi tarkibiy qismlarni ajratib ko‘rsatadi: tabiiy

-

resurs; ekologik -

iqtisodiy; ishlab chiqarish; innovatsion va ta’lim (intellektu

al); mehnat

(kadrlar) salohiyati.

Xasanov (2023)

tahriri ostida chop qilingan “Moliya va soliqlar” darsligida korxonaning

iqtisodiy salohiyati ishlab chiqarish, kadr, intellektual, moliyaviy, boshqaruv kabi tashkil

etuvchilardan tarkib topishi ta’kidlab o‘

tiladi. Bunday tasniflash iqtisodiy salohiyatni tahlil

qilishda korxona faoliyat ko‘rsatishn

ing tashqi shart-sharoitlari, resurslarning texnik-iqtisodiy

tavsifi, korxonaning mehnat resurslari, moliyaviy resurslar, xo‘jalik yuritish usullari kabi

omillarni guruhlash imkonini beradi.

Mavzuga doir adabiyotlar tahlili qishloq xo‘jaligi korxonalarnin

g iqtisodiy salohiyati

masalalari atroflicha o‘rganilmaganligini ko‘rsatadi. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur

maqolada qishloq xo‘jaligi korxonalari iqtisodiy s

alohiyatining nazariy jihatlari borasida

to‘xtalamiz.

Tadqiqot metodologiyasi.

Maqolada mahalliy va xorijiy olim va mutaxassislarning iqtisodiy tahlilni tashkil etish

nazariyasi va amaliyoti, boshqaruv maqsadlarida moliyaviy ma’lumotlarni baholash uchun

t

ahliliy amallarni bajarish va o‘rganilayotgan muammo bo‘yicha mahalliy va xoriji

y ilmiy-

tadqiqot muassasalarining tavsiyalaridan kelib chiqib mualliflik qarashlari ilgari suriladi.

Qishloq xo‘jaligi korxonalari iqtisodiy salohiyatining tashkil etuvchilari

ni aniqlashtirish

maqsadida mazkur maqolada guruhlash, taqqoslash, grafik, omillarni tahlil qilish kabi

usullardan foydalanildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Iqtisodiyot nazariyasida “tashkiliy va iqtisodiy mexanizm” tushunchasi ko‘pincha yanada

kengroq kategoriya

“xo‘jalik mexanizmi” tushunchasi orqali ifoda etilsada, iqti

sodchi olimlar

bu borada bir to‘xtamga kela olmaydilar, chunonchi

ularning qarashlari ilmiy tadqiqotlar

sohasidan kelib chiqqan holda, bir-biridan farq qiladi. Tadqiq qilinayotgan tushunchalarning

o‘zaro bog‘liqligini

ularning har birining mazmunini batafs

il o‘rganish va bu borada nazariy

yondashuvlarni rivojlantirish asosida o‘rnatish mumkin. Bu o‘z navbatida tashkiliy

-iqtisodiy

mexanizmni mazmunan talqin qilish, uning o‘ziga xos xu

susiyatlarini aniqlashtirish va

zamonaviy agrar siyosatni rivojlantirishdag

i rolini o‘rnini aniqlashtirish imkonini beradi.

Bugungi kunda tashkiliy-

iqtisodiy mexanizm masalalariga bag‘ishlangan ko‘p sonli

tadqiqotlarda

ko‘zda tutilgan maqsadlarga erishish

u

chun ob’yektning mustaqil tarzda amalda

bo‘lishini belgilab beruvchi shakl

, usul va qoidalarning umumiyligi sifatida ifoda etiluvchi

mazkur kategoriyaning

o‘ziga xos jihatlarining o‘xshashligi ko‘zga tashlanadi.

Tashkiliy-iqtisodiy mexanizmning nazariy va amaliy jihatlarini aniqlashtirishning ilmiy

ahamiyati quyidagi omillar bilan izohlanadi:

-

qishloq xo‘jaligining ko‘p funktsionalligi va ilmiy asoslangan tashkiliy, ishlab chiqarish,

iqtisodiy, iqtisodiy va ijtimoiy tuzilmalarni rivojlantirish muammolarini talqin qilishda

kompleks yondashuv va ilmiy qarama-qarshiliklarning mavjud emasligi;

-

qishloq xo‘jaligini rivojlantirish borasida zarur shart

-

sharoitlarni ta’minlash va oziq

-

ovqat xavfsizligi, qishloq joylarini ijtimoiy va ekologik jihatdan rivojlantirish masalalarini
tartibga solish qoidalarini amalga oshirish uslubiyotining yetarlicha ishlab chiqilmaganligi.

Maxsus adabiyotlarni umumlashtirish shuni ko‘rsatadiki, aksariyat mualliflar tashkiliy

-

iqtisodiy mexanizmning asosiy tashkil etuvchilari tarkibiga quyidagilarni kiritishadi:

- mulkiy munosabatlar tizimi va ishlab chiqarish asosiy vositalari;


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

170

-

iqtisodiyotning tashkiliy tuzilmasi, ya’ni tadbirkorlik sub’yektlari o‘rtasida real iqtisodiy

munosabatlarni shakllantiruvchi rasmiy va norasmiy tashkiliy aloqalar tizimi;

-

iqtisodiy faoliyatning ma’naviy va axborot sohasini

belgilaydigan ijtimoiy institutlar

tizimi;

- iqtisodiy vositalar;
- ekomarketing, ekomonitoring, ekoudit, ekomenejment;

- belgilangan maqsadlarning bajarilishini nazorat qilish;

- iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishning huquqiy asoslari;

- ijtimoiy soha, ijtimoiy dastaklar va boshqalar.

Tashkiliy va iqtisodiy mexanizmni quyidagilardan foydalanishni o‘z ichiga oluvchi ko‘p

funktsiyali tizim sifatida ko‘rib chiqish lozim:

-iqtisodiy jihatdan samarali ishlashni tashkil etish, ularning tashqi muhit omillari va

raqobat sharoitlariga nisbatan moslashuvchanligini oshirish usullari, normalari va qoidalari

to‘plami;

-

mulkdorlar, menejerlar va yollanma xodimlar o‘rtasidagi munosabatlarni oqilona tas

hkil

etish, manfaatlar uyg‘unligiga erishish, missiya, maqsad va str

ategiyalarni amalga oshirishga

imkon beruvchi tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish shakl va usullari;

-

barqaror faoliyat yuritishni ta’min etuvchi o‘ziga xos uslublar, xo‘jalik yuritish

tamoyillari, turli xil tashkiliy -iqtisodiy vositalar, bozor muhitida boshqarish usullari, dastaklari

va rag‘batlantirish usullarining umumiyligi.

Odatda, tashkiliy va iqtisodiy mexanizmning funktsiyalari sirasiga quyidagilar kiritiladi:

- innovatsion va investitsion salohiyatni bashoratlash va rejalashtirish;
- barqaror

rivojlanishni tashkillashtirish, rag‘batlantirish va nazorat qilish;

-ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni muvofiqlashtirish va tartibga solish;

- innovatsion rivojlanishni monitoring qilish.

Bugungi kunda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning iqtisodiy salohiyatini boshqarish

nazariyasi va amaliyotida katta tajriba to‘plangan, bu har xil turdagi iqtisodiy faoliyat

korxonalari salohiyatini baholash va tahlil qilish, uning holati va rivojlanish istiqbollarini

belgilovchi omillarni aniqlash uchun nazariy va tashkiliy-uslubiy qoidalarni ishlab chiqishni

haqli ravishda talab qiladi (Salixova, 2011).

Ilmiy izlanishlar ob’yekti sifatida korxonalarning iqtisodiy salohiyatini o‘rganish

ilmiy

hamjamiyat o‘rtasida qator munozaralarni keltirib chiqardi, bu o‘z navbatida “koxona iqtisodiy

salohiyati” tushunchasi mazmunini yanada aniqlash

-tirishni taqozo etadi.

“Salohiyat” so‘zi etimologik jihatdan

frantsuzcha “potential” so‘zidan kelib chiq

qani va

so‘zma

-

so‘z tarjima qilinganda “qudratli bo‘lmoq” ma’nosini anglatsa, boshqa bir tomondan esa

lotincha “potentia” so‘zidan kelib chiqqani va “kuch”, “qudrat” sifatida talqin qilinishi aytib

o‘tiladi.

O‘zbek tilining izohli lug‘atida “salohiyat” yar

oqlilik,

vakolat, hukmdorlik, to‘liq hokimiyat,

qobiliyat,

iqtidor sifatida talqin qilinadi. Bizning fikrimizcha bu o‘rinda “salohiyat”

tushunchasini tavsiflashda resurs, qo‘shimcha manba va imkoniyat tushunchalaridan

foydalanish ham o‘rinli bo‘lar edi.

Umumiy ho

latda, “salohiyat” vazifani hal qilish yoki belgilangan maqsadga erishish uchun

ishlatilishi mumkin bo‘lgan manba, imkoniyat, vosita va vazifalarni anglatadi

(Akramov, 2024).

Xususiy ma’noda salohiyat

-bu har qanday harakatning, har qanday funktsiyaning namoyon

bo‘lishining mumkin bo‘lgan darajasidir. Keng ma’noda salohiyat

- bu muayyan bir natijaga

erishish maqsadida yo‘naltirilgan omillar majmuidir. Muayyan sohaga bog‘lamasdan

salohiyatni moddiy resurslarning bir holatdan ikkinchi holatga o‘tish qo

biliyati sifatida

tavsiflashimiz mumkin. Shu bilan bir qatorda, salohiyat-

bu muayyan bir maqsad yo‘lida

ishlatilishi mumkin bo‘lgan, ya’ni ma’lum shart

-

sharoitlarda erishilishi mumkin bo‘lgan

natijaning o‘lchovi hamdir

(Yuldashev, 2023).


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

171

Salohiyat

atamasining semantik mazmunini keng talqin qilish,

so‘z qanday kuch, vosita,

zaxira, manbalar haqida ketayotganligiga qarabi, uni fan va amaliyotning turli sohalarida

qo‘llash imkonini beradi (

Uskova, 2006).

Zamonaviy fanda qo‘llaniluvchi salohiyat katego

riyasi

ikkita asosiy jihatni o‘z ichiga oladi. Birinchidan, “salohiyat” atamasini tushunish tabiatan

“resurslar” tushunchasi bilan bog‘liq, ikkinchidan, salohiyat

iqtisodiy sub’yektning resurslarni

rivojlantirish, takomillashtirish va ulardan samarali foydalanish

borasidagi qobiliyatlarni o‘z

ichiga oladi (

Abduvoxidov, Matkuliyeva, 2023

).

Iqtisodiy adabiyotlarda “salohiyat” tushunchasidan tabiiy, investitsion, intellektual,

resurs, mehnat, iqtisodiy salohiyat kabi turli hodisa va shart-sharoitlarni miqdoriy baholashda

keng qo‘llaniladi

(Asaul, 2011).

Alohida bir korxonaga nisbatan “salohiyat” tushunchasi

nafaqat

ishlab chiqarish imkoniyatlari, balki resurslardan oqilona foydalanish, davlat va biznes

hamkorlarning manfaatlarini hisobga olish asnosida korxonaning integral imkoniyatlari

iste’molchilarning ehtiyojlarini qay darajada qondirishga xizmat qilishini tavsiflashi lozim.
“Korxona salohiyati” kategoriyasining mohiyatini aniqlashtirishda quyidagi jihatlar ajratib

ko‘rsatiladi: mu

lkiy jihatdan mansublik; muayyan vazifalarni hal eta olish; tarkibiy

unsurlarning uzluksiz harakati va umumiy o‘sishga yo‘naltirilganlik

(Logosha, 2020).

Korxonaning iqtisodiy salohiyati-bu resurs salohiyatiga asoslanuvchi salohiyatni yaxlit
baholash va iqtisodiy samaraga erishish maqsadida ulardan foydalanish jarayoni hamdir.

Iqtisodiy salohiyat zarur resurslarni jamlash asosida resurs salohiyatidan samarali

foydalanishni ta’minlaydi. Korxonaning iqtisodiy salohiyatini korxonaning yangi o‘zgaruvchan

tashqi muhit sharoitlariga hozirmaqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.

Sheremetevning (2008)

ta’kidlashicha, korxona iqtisodiy salohiyatining mazmun

-

mohiyati korxonaning raqobat ustunliklarini shakllantirish, uni rivojlantirishning ustuvor

vazifalaridan kelib chiqqan holda aniqlashtiriladi, bunda u tashkilot iqtisodiy salohiyati

mohiyatini aniqlashtirishda quyidagi yondashuvlardan foydalanishni taklif qiladi:

1) mahsulot ishlab chiqarish borasidagi umumiy imkoniyatlar;
2) mavjud resurslarning umumiyligi;

3) xo‘jalik faoliyati sub’yektlari o‘rta

sidagi iqtisodiy va ishlab chiqarish

munosabatlarining natijasi (Sheremetyev, 2008).

Korxonaning iqtisodiy salohiyatini o‘rganish yakuniy natijalarga erishish

maqsadida

tizimli ravishda tashkil etil

gan moddiy, nomoddiy resurslar va ularni o‘zgartirish

jara

yonlarining umumiyligini ko‘rib chiqishni o‘z ichiga oladi.

Korxona iqtisodiy salohiyati borasida mahalliy va xorijiy olimlar tomonidan ilgari

surilgan yondashuvlar tahlili quyidagi xulosalarni yasash imkonini beradi:

1. Deyarli barcha yondashuvlarning muhim xususiyati ularning iqtisodiy salohiyatni

resurslarga asoslangan tushunishga yo‘naltirilganligi bo‘lib, bu bizning fikrimizcha,

korxonaning tarmoqqa bog‘liqligiga qarab iqtisodiy salohiyatni shakllantirishning o‘ziga xos

xususiyatlarini belgilaydi. Tarmoqning

o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda,

zamonaviy korxonalar iqtisodiy salohiyati tuzilmasi juda katta farq qilishi mumkin;

2. Iqtisodiy salohiyatning mohiyatini aniqlashda asosan korxonaning mavjud

imkoniyatlari, uning erishilgan salohiy

ati darajasi yoki kerakli natijalarni baholashga e’tibor

qaratiladi.

Fikrimizcha, muayyan bir davrda korxonaning iqtisodiy salohiyatini uning ma’lum bir

sifat va miqdoriy natijani ta’minlay olish im

koniyati

sifatida qarash o‘rinli bo‘ladi. Shu bilan

birga, korxonaning iqtisodiy salohiyatini baholashda, erishilgan natijalarni oshirish va

kapitalning barqaror o‘sishini ta’minlash borasida yaqin istiqboldagi uning haqiqiy

imkoniyatlarini hisobga olish ham maqsadga muvofiqdir;

3. Xo‘jalik yuritishning tashqi m

u

hiti iqtisodiy salohiyatning ko‘lami va uning tarkibiy

unsurlari

o‘zaro bog‘liqligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bugungi kunda

xo‘jalik yurituvchi

sub’yektning bozor iqtisodiyoti sharoitlariga mos

lashish qobiliyatini belgilovchi omillardan

biri sifatida har bir korxona iqtisodiy salohiyatining ahamiyati oshib borayapti. Muttasil


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

172

o‘zgarib turuvchi bozor muhitining shart

-sharoitlariga moslashish zarurati, bozorda

korxonalar o‘rtasida raqobat kurashin

ing kuchayishi asnosida korxonaning

innovatsion

salohiyati

tushunchasi bugungi kunda amaliyotga kirib keldi. Iqtisodiy salohiyat majmuasidagi

faoliyatning innovatsion tarkibiy qismlari korxonaning ishlab chiqarish faoliyati sohasini

o‘zgartirish, inson resurslaridan foydalanish

samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

1

–rasm. Iqtisodiy salohiyatning vaqt bilan bog‘liq ko‘rinishlari

65

Iqtisodiy salohiyat borasida tadqiqot olib borgan bir qator tadqiqotchilar iqtisodiy

salohiyatni vaqt va makon jihatdan tadqiq qilishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaydilar.
Ularn

ing fikricha, o‘tmishda yaratilgan zahira va resurslar kelgusida korxonaning o‘sishiga

zamin yaratadi (1-rasm).

1-jadval

Iqtisodiy salohiyatni tahlil qilishning hisob-tahlil vazifalari va

uning tashkil etuvchilari

66

Iqtisodiy

salohiyatning

namoyon bo‘lis

h

shaklalri

Iqtisodiy salohiyatning

mohiyati

Iqtisodiy

salohiyat

turlari

Mualliflik talqini

Iqtisodiy

salohiyatning

mohiyatini

aniqlashtirish

Iqtisodiy

salohiyatning hisob

va tahliliy vazifalari

Resurslarning o'zaro

bog‘liqligi va o'zaro

ta'sirini ifodalaydi

Tizimning maqsadli

faoliyatni amalga

oshirish imkoniyatlarini

tavsiflovchi mavjud

resurslar majmui

Resurs,

tabiiy, ishlab

chiqarish,

texnik

Biznesning ob'yektiv

va sub'yektiv omillari

ta'siri ostidagi o‘ziga

xos munosabatlar

Ishlab chiqarish

salohiyatini baholash

ko'rsatkichlari

tizimini ishlab chiqish

Mulkiy holatni aks

ettiradi

Rejalashtirilgan faoliyat

hajmini ta'minlaydigan

mavjud ishlab chiqarish

omillari, zaxiralar va

imkoniyatlar

Mulk, ishlab

chiqarish,

mehnat,

kadrlar

Mehnat salohiyati

iqtisodiy salohiyatni

amalga oshirishning

asosiy generatori

vazifasini bajaradi

Mehnat salohiyati va

baholash mezonla-

rining axborot - tahliliy

modelini ishlab

chiqish

Moliyaviy holatni aks

ettiradi

Korxona kapitali, uning

tuzilishi, moliyaviy

barqarorligi va

rentabellikni yaratish

imkoniyatlari

Moliyaviy

Moliyaviy tuzilma va

uni maqbullashtirish

strategik maqsadlarga

erishish garovi sifatida

Moliyaviy salohiyatni

baholash algoritmini

va kapital tarkibini

maqbullashtirish

bo'yicha tavsiyalarni

ishlab chiqish

X

o‘jalik aloqalari

darajasini aks

ettiradi

Boshqaruv va xo‘' jalik

aloqalari tizimi

Boshqaruv,

axborot

Xo‘' jalik mexanizmi va

uning unsurlari

Boshqaruv salohiyati

modeli va uni

baholashning mezon

ko'rsatkichlarini

asoslash

Maqsadli faoliyat va

kelajakdagi

samaralarni yaratish

imkoniyatlarini o'z

ichiga oladi

Yashirin zaxiralar va

korxonaning barqaror

biznes o'sishini yaratish

qobiliyati

Bozor,

marketing,

strategik,

innovatsion

Bozor barqarorligi,

faoliyatning

raqobatbardoshligi

Bozor salohiyatini va

uning integral

ko'rsatkichini

baholash usullarini

ishlab chiqish

65

muallif ishlanmasi.

66

muallif ishlanmasi.

Kelgusidagi

salohiyat

(strategik)

Joriy

salohiyat

(joriy davr uchun)

Birlamchi

salohiyat

(

jamg‘arilgan)


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

173

1-rasmda keltirilgan iqtisodiy salohiyat shakllarining tahlili, 1-jadvalda bayon qilingan

iqtisodiy salohiyatni aniqlashtirish borasidagi uch asosiy yondashuvga mos kelishi borasida

xulosa yasash imkonini beradi:

-

resurs yondashuvi asosida ko‘rib chiqiluvch

i birlamchi salohiyat ;

-

natijaviy yondashuvdan foydalanishni ko‘zda tutuvchi

-joriy salohiyat;

-

strategik yondashuvga asoslanuvchi strategik yondashuv.

Fikrimizcha, 2-

rasmda keltirib o‘tilgan jiha

tlar iqtisodiy salohiyatning asosiy jihatlarini

aniqlashtirishga imkon beradi.

Iqtisodiy salohiyatni alohida xodimlar, mehnat jamoalari va umuman boshqaruv apparati

o‘rtasida yuzaga keladigan har bir ijtimoiy

-iq

tisodiy tizimga xos bo‘lgan ishlab chiqarish

munosabatlari bilan bog‘liq holda o‘rganish maqsadga muvofiq. Ushbu munosabatlar

korxonani tashqi muhit bilan bog‘laydi va korxonaning imkoniyatlari va jamoaning

raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar

ko‘rs

a

tish qobiliyatlaridan samarali foydalanishni amalga oshirishga yo‘naltirilganligi bilan

ajralib turadi.




2-rasm. Korxona iqtisodiy salohiyatining tavsifi

67

Iqtisodiy salohiyatning mohiyatini aniqlashga yondashuvlar tahlili uning mazmunini

aniqlashtirish va mualliflik yondashuvini shakllantirish imkonini berdi. Korxonaning iqtisodiy

salohiyati-

bu resurslarning o‘zaro bog‘liqligi va o‘zaro ta’siri; korxonaning mulkiy holati,

moliyaviy holati va uning xo‘jalik aloqalari; maqsadli faoliyat b

o

rasida imkoniyatlarni o‘z ichiga

oluvchi va kelgusida iqtis

odiy samaraga ega bo‘lish imkonini beruvchi murakkab iqtisodiy

tushunchadir.

Korxonalarning iqtisodiy salohiyatini baholash va tahlil qilishning tashkiliy-uslubiy

qoidalarini chuqurroq tadqiq qilish maqsadida iqtisodiy salohiyat modelini tashkil etuvchi
tarkibiy unsurlarni aniqlashtirish talab etiladi.

Shunisi e’tiborliki, iqtisodiy salohiyat kategoriyasini tadqqi qilish asnosida mahalliy va

xorijiy mutaxassislar bir tomondan mazkur tushunchaning mu

rakkab va ko‘p qirraliligiga

e’tibor qaratsalar, boshqa bir

tomondan esa, mazkur kategoriyani yaxlit va batafsil

tushuntirishga urg‘u beradilar.

67

muallif ishlanmasi

Korxonaning

iqtisodiy

salohiyati

Salohiyatni rivojlantirishning

ichki omillari

Identifikatsiya qilish va

o'lchash imkoniyatlari

Har qanday muammoni hal

qilish, belgilangan maqsadiga

erishishda salohiyatdan

foydalanish

Salohiatni shakllantirish

manbalari

Salohiyatning sub'yekt

(tashuvchi)ga tegishli bo'lishi

Salohiyatni amalga oshirishning

tashqi omillari


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

174

Xulosa va takliflar

.

Shunday qilib, iqtisodiy salohiyat tuzilmasi

ko‘p o‘lchovli bo‘lib, salohiyatning

moddiy va

nomoddiy sohalarini va undan foydalanish samaradorligini aks ettiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy

mezonlarning bir butun majmui bilan belgilanadi va tavsiflanadi.

Iqtisodiy salohiyatni baholash va tahlil qilishda tashkiliy va uslubiy yondashuvlarni ishlab

chi

qish va asoslash xo‘jalik yurituvchi sub’yekt

ning tarmoq xususiyatlarini (iqtisodiy faoliyat

turlarini) hisobga olishni o‘z ichiga oladi.

Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining tabiiy asosini er resurslari tashkil etadi, ularning

hajmi va sifati ishlab chiqarish salohiyatining tarkibiy qismlaridan b

iri sifatida qishloq xo‘jaligi

korxonasining er salohiyati darajasini belgilab beradi.

Dunyoda geosiyosiy vaziyatning chigallashishi, iqlim o‘zgarishlarining soha ishlab

chiqarishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi,

t

obora dolzarb bo‘lib borayotgan suvdan foydal

anish

muammolari, shu bilan bir qatorda oziq-

ovqat xavfsizligini ta’minlashning chigalliklari

qishloq

xo‘jaligi korxonalarini davlat tomonidan qo‘llab

-

quvvatlash tizimini qatyta ko‘rib chiqishga,

soha korxona va tashkilotlarini bozor tamoyillari

asosida faoliyat ko‘rsatishga undaydi. Mana

shunday bir sharoitda qishloq xo‘jaligi korxonalari iqtisodiy salohiyat ko‘rsatkichlarini oshirish

borasida ilmiy asoslangan tarzda harakat qilishlari lozim bo‘ladi.

Bunday shar

oitda qishloq xo‘jaligi ishlab chiq

arishida fodalaniluvchi ishlab chiqarish

omillari

y

er, mehnat, kapital, tirik organizmlar, axborot va innovatsiyalarning o‘zaro

uyg‘unligini ta’minlashning ahamiyati ob’yektiv tarzda oshib boradi. Sanab o‘tilgan omilla

rning

boshqaruv bo‘g‘ini va boshqaruv vositalarining ishbilarmonlik fazilatlari bilan o‘zaro uyg‘unligi

qishloq xo‘jaligi korxonasi iqtisodiy salohiyatining umumiy qiymatini shakllantiradi, uning
tuzilmasi ko‘p jihatdan xo‘jalik yuritishning

geografik, tabiiy, makroiqtisodiy, ijtimoiy va shu

kabi tashqi iqtisodiy shart-sharoit va omillari bilan belgilanadi.

Xo‘jalik yuritishning tashqi omillari orasida tabiiy va geografik shart

-sharoitlar alohida

o‘rin tutadi. Qishloq xo‘jaligi korxonalarining hududiy joyla

s

huvi qishloq xo‘jaligi ishlab

chiqarishini ixtisoslashtirish, tegishli tarmoq va sohalarini rivojlantirish, ayrim turdagi qishloq

xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish borasida ob’yektiv talablarni qo‘yadi.

Adabiyotlar/Литература/Reference:

Akramov G. (2024) HUDUD MOLIYAVIY SALOHIYATIN

I BOSHQARISHNING O ‘ZIGA XOS

JIHATLARI //Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil.

Т. 2. –

№. 1. –

С. 18

-26.

Logosha R., Mazur K. (2020) METHODOLOGICAL APPROACHES TO EVALUATION OF

EFFICIENCY OF USE OF ECONOMIC POTENTIAL AGRICULTURAL ENTERPRISES //The scientific
heritage.

№. 49

-6.

С

. 3-12.

Xasanov B.A. (2023) Moliya va soliqlar. darslik / B.A.Xasanov, A.A.Xashimov, A.B.Muxametov,

A. A. Abduvoxidov, J.M.Urazmatov, G‘.B.Akramov, M.A.Nar

bayeva, D. B. Eshpulatov // prof.

B.A.Xasanov tahriri ostida.

T.: “Iqtisodiyot dunyosi”.

Yuldashev Fozil Turapovich (2023) //

Iqtisodiyotni transformatsiyalash jarayonida sanoat

korxonalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash yo‘llari”

mavzusida 08.00.07

Moliya, pul

muomalasi va kredit

ixtisosligi bo‘yicha

i

qtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

dissertatsiyasi avtoreferati// T.

Асаул А.Н. (2011) Производственно

-

экономический потенциал и деловая

активность субъектов предпринимательской деятельности.

Буранова Л. (2020) Финансовый потенциал региона: понятие, сущность и значение

для развития Сурхандарьинской области //Экономика и инновационные технологии. –

№.

4.

С. 204

-213.

Зулунова

Ф.А.

(2008)

Корхоналар

молиявий

салоҳият

таҳлилини

такомиллаштириш. //Диссертация.//Самарқанд.

-

21б


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

175

Нурмухаммидова М. Х. и др. (2021) ИҚТИСОДИЙ ИСЛОҲОТЛАРНИНГ ҲОЗИРГИ

БОСҚИЧИДА ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИНИ БАРҚАРОР РИВОЖЛАНТИРИШ АСОСЛАРИ //TA'LIM

VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI.

Т. 1. –

№.

6.

С. 401

-417.

Пардаев М.К. (2002) Иқтисодиётни эркинлаштириш шароитида иктисодий

тахлилнинг назарий ва методологик муаммолари //Иқтисодиёт фанлари доктори
илмий

даражасини олиш учун диссертация автореферати. Т.: Банк молия академияси.

-

22-

27б

Плаксин В.И., Полещук А.С. (2013) Финансовый потенциал Белорусии его оценка и

использование. Экономический журнал Белорусии.

-

№3.

-

с.87

-97

Салихова Я.Ю. (2011) Конкурентный потенциал предприятия: сущность,

структура, методика оценки: учебное пособие [Текст] / Я.Ю. Салихова. –

СПб.: Изд

-

во

СПбГУЭФ, –

52 с.

Сухова Л.Ф. (2016) Финансовый потенциал предприятия: понятие, сущность,

методы измерения. //Финансовая аналитика проблемы и решения.

12. -

с2

-9

Ускова С.И. (2006) Экономический потенциал предприятия как основа

предпринимательской деятельности //Экономика и эффективность организации

производства. –

№. 6. –

С. 139

-146.

Шереметьев А.О.

(2008)

Категория" экономический потенциал" в экономическом

анализе //Экономические науки. –

№. 45. –

С. 132

-137.

Щуков В.Н. (2002) Экономический потенциал регионов России и эффективность его

использования: учебное пособие //Иваново: ИГТА, 2002.–58 с.

Bibliografik manbalar

Akramov G. (2024) HUDUD MOLIYAVIY SALOHIYATINI BOSHQARISHNING O ‘ZIGA XOS JIHATLARI //Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil. – Т. 2. – №. 1. – С. 18-26.

Logosha R., Mazur K. (2020) METHODOLOGICAL APPROACHES TO EVALUATION OF EFFICIENCY OF USE OF ECONOMIC POTENTIAL AGRICULTURAL ENTERPRISES //The scientific heritage. – №. 49-6. – С. 3-12.

Xasanov B.A. (2023) Moliya va soliqlar. darslik / B.A.Xasanov, A.A.Xashimov, A.B.Muxametov, A. A. Abduvoxidov, J.M.Urazmatov, G‘.B.Akramov, M.A.Narbayeva, D. B. Eshpulatov // prof. B.A.Xasanov tahriri ostida. – T.: “Iqtisodiyot dunyosi”.

Yuldashev Fozil Turapovich (2023) //“Iqtisodiyotni transformatsiyalash jarayonida sanoat korxonalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash yo‘llari” mavzusida 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati// T.

Асаул А.Н. (2011) Производственно-экономический потенциал и деловая активность субъектов предпринимательской деятельности.

Буранова Л. (2020) Финансовый потенциал региона: понятие, сущность и значение для развития Сурхандарьинской области //Экономика и инновационные технологии. – №. 4. – С. 204-213.

Зулунова Ф.А. (2008) Корхоналар молиявий салоҳият таҳлилини такомиллаштириш. //Диссертация.//Самарқанд.- 21б

Нурмухаммидова М. Х. и др. (2021) ИҚТИСОДИЙ ИСЛОҲОТЛАРНИНГ ҲОЗИРГИ БОСҚИЧИДА ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИНИ БАРҚАРОР РИВОЖЛАНТИРИШ АСОСЛАРИ //TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI.– Т. 1. – №. 6. – С. 401-417.

Пардаев М.К. (2002) Иқтисодиётни эркинлаштириш шароитида иктисодий тахлилнинг назарий ва методологик муаммолари //Иқтисодиёт фанлари доктори илмий даражасини олиш учун диссертация автореферати. Т.: Банк молия академияси. - 22-27б

Плаксин В.И., Полещук А.С. (2013) Финансовый потенциал Белорусии его оценка и использование. Экономический журнал Белорусии. - №3. -с.87-97

Салихова Я.Ю. (2011) Конкурентный потенциал предприятия: сущность, структура, методика оценки: учебное пособие [Текст] / Я.Ю. Салихова. – СПб.: Изд-во СПбГУЭФ, – 52 с.

Сухова Л.Ф. (2016) Финансовый потенциал предприятия: понятие, сущность, методы измерения. //Финансовая аналитика проблемы и решения. 12. - с2-9

Ускова С.И. (2006) Экономический потенциал предприятия как основа предпринимательской деятельности //Экономика и эффективность организации производства. – №. 6. – С. 139-146.

Шереметьев А.О. (2008) Категория" экономический потенциал" в экономическом анализе //Экономические науки. – №. 45. – С. 132-137.

Щуков В.Н. (2002) Экономический потенциал регионов России и эффективность его использования: учебное пособие //Иваново: ИГТА, 2002.–58 с.