Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
121
SURXONDARYO VILOYATIDA MEVA-SABZAVOT MAHSULOTLARI
YETISHTIRISHNING IQTISODIY-STATISTIK TAHLILI
Majidova Dilnoza Bahromovna
Termiz davlat universiteti tadqiqotchisi
ORCID: 0009-0007-0478-0509
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Surxondaryo viloyati misolida meva-sabzavot mahsulotlari
yetishtirish dinamikasi iqtisodiy-statistik usullar yordamida tahlil qilinib prognozlashtirilgan.
Shuningdek, mintaqalarda meva-
sabzavotchilik tarmogʻini yanada rivojlantirishga qarat
ilgan
ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit
soʻzlar:
meva-sabzavot, dinamik qatorlar, iqtisodiy-statistik usullar, ishlab chiqarish,
prognozlash.
ЭКОНОМИКО
-
СТАТИСТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ПРОИЗВОДСТВА ПЛОДА И
ОВОЩЕЙ В СУРХОНДАРЬИНСКОЙ ОБЛАСТИ
Меджидова Дилноза Бахромовна
Термезский
государственный
университет
Аннотация
.
В данной статье на примере Сурхандарьинской области
анализируется и прогнозируется динамика производства плодоовощной продукции с
использованием экономико
-
статистических методов. Также разработаны научные
предложения и практические рекомендации, направленные на дальнейшее развитие
плодоовощной отрасли в регионах.
Ключевые слова:
фрукты и овощи, динамические ряды, статистические и
эконометрические методы, производство, прогнозирование.
ECONOMIC AND STATISTICAL ANALYSIS OF PRODUCTION OF FRUIT AND
VEGETABLES IN THE SURKHONDARYA REGION
Mejidova Dilnoza Bakhromovna
Termez State University
Abstract.
In this article, using the example of the Surkhandarya region, the dynamics of
production of fruit and vegetable products is analyzed and forecasted using economic and
statistical methods. Scientific proposals and practical recommendations aimed at further
development of the fruit and vegetable industry in the regions are also developed.
Keywords:
fruits and vegetables, dynamic series, statistical and econometric methods,
production, forecasting.
UOʻK:
332.54 (519.862.6)
IX SON - SENTYABR, 2024
121-129
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
122
Kirish.
Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan qishloq xoʻjaligi sohasidagi
tuzilmaviy-
tarkibiy oʻzgarishlar milliy iqtisodiyot rivojlanishi, aholini qish
l
oq xoʻjaligi
mahsulotlari bilan taʼminlash muammolarini hal etish va ijtimoiy barqarorlikni
mustahka
mlashga muhim taʼsir koʻrsatmoqda. Shu bilan
birga, meva-sabzavot mahsulotlari
yetishtirish va eksport qilish hajmlarini koʻpaytirish, yer va suv res
urslaridan foydalanish
samaradorligini oshirish, qishloq xoʻjaligiga innovatsion texnologiyalarni joriy etish boʻyicha
keng qamrovli chora-tadbirlar doimiy ravishda amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, soʻnggi yillarda bir qator Farmon va Qarorlar qabul qil
i
ndi. Bularga Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23
oktyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq
xoʻjaligini rivojlantirishning 2020
-203
0 yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash
toʻgʻrisida”gi PF
-5853 sonli farmoni (Farmon, 2019) ham
da 2018 yil 17 oktyabrdagi “Meva
-
sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir
qoʻshimcha chora
-
tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ
-3978 qarorini (Qaror, 2018) keltirish mumkin.
Mazkur Farmon va Qarorlardagi vazifalarning muv
affaqiyatli ijrosi qishloq xoʻjaligi
mahsulotlari yetishtirish jarayonlari va tendensiyalarini iqtisodiy-statistik tahlil etish va
ekonometrik modellashtirishni taqozo etadi.
Adabiyotlar sharhi.
Iqtisodiyot tarmoqlarida mintaqalarda meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish va uni
iqtisodiy-
statistik tahlil qilish masalalari boʻyicha koʻplab ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan.
Ushbu jarayonlarni mamlakatimiz va xorijlik iqtisodchi olimlarning ilmiy ishlarida keng tadqiq
etilgan.
Mamlakatimiz oliml
aridan Gʻulomovning
(2014) fikricha, mintaqalarda aholini meva-
sabzavot mahsulotlari bilan taʼminlash borasidagi davlat siyosati hamda mintaqalarda oziq
-
ovqat xavfsizligini taʼminlashda innovatsiyalarnin
g roli eng muhim jarayon sifatida qaraladi.
Iqtisodch
i olim Abdugʻaniyev
(2020) ilmiy ishlarida asosan mintaqalarda meva-sabzavot
mahsulotlarini yetishtirish, hosildorlik koʻrsatkichlarini modellashtirish jarayonlariga eʼtibor
qaratgan. Uning fikricha, qis
hloq xoʻjaligi faoliyatining eng ustuvor istiqbollar
ini tahlil qilish va
aniqlashga toʻgʻri yoʻnaltirilgan
ekonometrik modellarni tuzish juda muhim.
Mamaraximov (2016) ham oziq-
ovqat xavfsizligini taʼminlash masalalarini oʻrganib
chiqqan boʻlib, uning fikr
icha, mintaqada oziq-
ovqat xavfsizligini taʼminlash,
asosan oʻzining
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi v
a ichki sotish bozorlarini rivojlantirishga, qisman, chet
ellardan oziq-ovqat mahsulotlarini import qilish hisobiga amalga oshirilishi maqsadga
muvofi
qligi koʻrsatilgan.
Fazilov (2008) esa, aholini qishl
oq xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlash eksportga
yoʻnaltirilgan hamda import oʻrnini bosishga qaratilgan strategiyalarning uygʻunlashtirilgan
holda olib borilishi, mamlakatda aholini sifatli tovarlar
bilan taʼminlashda ijobiy taʼsir
koʻrsatilishi kelt
irilgan.
Xorijlik olimlardan Chayanov (1927)
oʻz ilmiy asarlarida mintaqalarda meva
-sabzavot
mahsulotlari kooperatsiyasi masalalarini tahlil qilgan. Unda kooperatsiyaning iqtisodiy
mohiyatini mustaqil rav
ishda oʻz faoliyatini birlashtiruvchi xoʻjalik yurit
uvchi subyektlarning
iqtisodiy manfaatlari mushtarakli
gini taʼmin etuvchi munosabat sifatida tariflaydi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqotning asosiy maqsadi mintaqalarda meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish
samaradorligini oshirish boʻyicha ilmiy
-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqot jarayonida dinamik qatorlari, prognozlash va iqtisodiy-statistik usullaridan keng
foydalanildi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
123
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Meva va sabzavotlarni ishlab chiqarish asosiy koʻrsatkichlari din
amikasini
modellashtirish asosiy tendensiya va dinamikaning bogʻlan
gan qatorlari kabi turli modellar
yordamida amalga oshirilishi mu
mkin. Tahlil natijalariga koʻra hududlarda bunday
mahsulotlarni ishlab chiqarish dinamikasini oʻrganishdan asosiy maqsadi ul
arning vaqt
boʻyicha rivojlanish qonuniyatini aniqlash va baholashdan iboratdir. Bunga dinamik qatorlarni
tuzish va tahlil qilish orqali erishish mumkin.
Maʼlumki, dinamik qatorlari deb, ijtimoiy hodisa va jarayonlarning vaqt boʻyicha
oʻzgarishini tavsiflo
vchi sonlar qatoriga aytiladi.
Ilmiy adabiyotlarda (Shodiyev, Xabibullayev, 2013), dinamik qatorlar yordamida ijtimoiy
iqtisodiy hod
isa va jarayonlarning rivojlanish qonuniyatlarini oʻrganish vaqt boʻyicha
rivojlanish darajasini baholash, statistik koʻrsat
k
ichlar tizimi vositasida oʻrganilayotgan hodisa
dinamikasini baholash, rivojlanishning asosiy tendensiyalarini aniqlash va miqdoriy baholash,
davriy tebranishlarni oʻrganish, bashoratlash va ekstropolyatsiya qilish kabi yoʻnalishlarda
amalga oshiriladi.
Od
atda oʻrganilayotgan hodisa va jarayonlar dinamikasini miqdoriy jihatdan baholashda
quyidagi statistik koʻrsatkichlardan foydalanil
adi.
Mutlaq oʻzgarish
- dinamika ikki hadining farqiga aytiladi.
Mutlaq oʻzgarish bazis usulida quyidagi formula bilan hisob
lanadi:
∆𝑌
𝑏
= 𝑌
𝑖
− 𝑌
0
Zanjirsimon usulda esa quyidagi koʻrinishida hisoblanadi:
∆𝑌
𝑧
= 𝑌
𝑖
− 𝑌
𝑖−1
Bu yerda:
∆𝑌
𝑏
va
∆𝑌
𝑧
-bazisli va
zanjirsimon usullarda hisoblangan mutlaq oʻzgarish;
𝑌
𝑖
–
taqqoslanuvchi had;
𝑌
0
–
baza deb qabul qilingan taqqoslanadigan had;
𝑌
𝑖−1
- taqqoslanuvchi haddan oldin keluvchi taqqoslanadigan had.
Dinamikani oʻrganishda eng koʻp tarqalgan va ishlatiladigan koʻrsatkichlardan bir
oʻzgarish suratidir.
Oʻzgarish surʼati
- qatorning ikki hadi n
isbatiga aytiladi. Bu koʻrsatkich koeffitsiyentda
va foizda (%) ifodalanib, quyidagi formulalar bilan aniqlanadi:
𝑅
𝑏
=
𝑌
𝑖
𝑌
0
∙ 100%
va
𝑅
𝑧
=
𝑌
𝑖
𝑌
𝑖−1
∙ 100%
𝑅
𝑏
> 100%
boʻlsa, bazis davrga nisbatan koʻrsatkich oʻsgan;
𝑅
𝑏
= 100%
boʻlsa, hech qanday oʻzgarish boʻlmagan;
𝑅
𝑏
< 100%
boʻlsa, oʻrganilayotgan had oʻzidan oldingi hadga nisbatan kamayib ketgan.
Shuni ham taʼkidlab oʻtish kerakki, baʼzi adabiyotlarda bu koʻrsatkich oʻsish surati deb
ham yuritiladi va u doim ijobiy
belgiga ega boʻlishi kerakligi taʼkidlanadi.
Qoʻshimcha oʻzgarish surʼati
–
hodisalarning mutlaq oʻzgarishini dinamika
qatorlarining boshlangʻich hadiga nisbatiga aytiladi va quyidagi form
ulalar bilan aniqlanadi:
∆𝑅
𝑏
=
∆𝑌
𝑏
𝑌
0
∙ 100%
va
∆𝑅
𝑧
=
∆𝑌
𝑧
𝑌
𝑖−1
∙ 100%
Bu koʻrsatkichni bazisli va zanjirsimon usullardan foydalanib hisoblash mumkin.
Yuqorida keltirilgan formulalar yordamida Surxondaryo viloyatida meva va sabzavotni
ishlab chiqarish hajmi dinamikasini 2009-2023 yillar kesimida tahlil qilib chiqamiz.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
124
Koʻrib chiqilayotgan davr mobaynida viloyatida meva va sabzavot mahsulotlarini
yetishtirish dinamikasi tahlili ancha barqarorlashgan ijobiy tendensiya borligini koʻrsatgan
boʻls
a-da, mevalarni yetishtirishda oxirgi bir yilda d
eyarli oʻzgarish boʻlmagan va sabzavotlarda
esa oʻsish surati biroz past boʻlganligini koʻrish mumkin. Shuni qayd etish joizki, meva va
sabzavot yetishtirishning past surʼatda oʻsishiga noqulay ob
-havo sharo
iti sabab boʻlgan (1
-
jadval).
1-jadval
Surxondaryo viloyatida 2009-2023 yillar uchun meva va sabzavot ishlab
chiqarish hajmi dinamikasi tahlili
Yillar
Ishlab
chiqarilgan
(tonna)
Mutlaq oʻzgarish
Oʻzgarish surʼati
Qoʻshimcha
oʻzgarish surati
Bazisli
Zanjirli
Bazisli
Zanjirli
Bazisli
Zanjirli
Mevalar
2009
84 122,7
100
2010
92 293,0
8 170,3
8 170,3
109,7
109,7
9,7
9,7
2011
101 542,0
17 419,3
9 249,0
120,7
110,0
20,7
10,0
2012
108 763,0
24 640,3
7 221,0
129,3
107,1
29,3
7,1
2013
119 085,0
34 962,3
10 322,0
141,6
109,5
41,6
9,5
2014
124 806,0
40 683,3
5 721,0
148,4
104,8
48,4
4,8
2015
137 782,0
53 659,3
12 976,0
163,8
110,4
63,8
10,4
2016
154 457,0
70 334,3
16 675,0
183,6
112,1
83,6
12,1
2017
137 416,0
53 293,3 -17 041,0
163,4
89,0
63,4
-11,0
2018
154 646,0
70 523,3
17 230,0
183,8
112,5
83,8
12,5
2019
157 900,0
73 777,3
3 254,0
187,7
102,1
87,7
2,1
2020
164 500,0
80 377,3
6 600,0
195,5
104,2
95,5
4,2
2021
172 500,0
88 377,3
8 000,0
205,1
104,9
105,1
4,9
2022
180 300,0
96 177,3
7 800,0
214,3
104,5
114,3
4,5
2023
180 300,0
96 177,3
0,0
214,3
100,0
114,3
0,0
Sabzavotlar
2009
429 567,3
-
-
100
-
-
-
2010
486 419,0
56 851,7
56 851,7
113,2
113,2
13,2
13,2
2011
540 157,0
110 589,7 53 738,0
125,7
111,0
25,7
11,0
2012
632 885,0
203 317,7 92 728,0
147,3
117,2
47,3
17,2
2013
689 835,0
260 267,7 56 950,0
160,6
109,0
60,6
9,0
2014
807 007,0
377 439,7 117 172,0
187,9
117,0
87,9
17,0
2015
896 498,0
466 930,7 89 491,0
208,7
111,1
108,7
11,1
2016
966 804,0
537 236,7 70 306,0
225,1
107,8
125,1
7,8
2017
1 013 434,0 583 866,7 46 630,0
235,9
104,8
135,9
4,8
2018
913 985,0
484 417,7 -99 449,0
212,8
90,2
112,8
-9,8
2019
976 700,0
547 132,7 62 715,0
227,4
106,9
127,4
6,9
2020
1 013 500,0 583 932,7 36 800,0
235,9
103,8
135,9
3,8
2021
1 066 000,0 636 432,7 52 500,0
248,2
105,2
148,2
5,2
2022
1 143 800,0 714 232,7 77 800,0
266,3
107,3
166,3
7,3
2023
1 169 200,0 739 632,7 25 400,0
272,2
102,2
172,2
2,2
Manba:
Surxondaryo viloyati Statistika boshqarmasi
maʼlumotlariga asosan muallif hisob
-kitobi.
2023-yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xo
ʻ
jaliklar tomonidan 180 300
tonna meva (2022-yilning yanvar-
dekabriga nisbatan 0,1 % ga koʻp) ishlab chiqarildi. Meva
ishlab chiqarish koʻrsatkichlarini xoʻjaliklar toifalari boʻyicha tahlil qilinganda, meva ishlab
chiqarish umumiy hajmidan 57,6 foizi deh
qon va tomorqa xoʻjaliklari hissasiga, 39,3 foizi
fermer xoʻjaliklariga, 3,1 foizi qishloq xoʻjaligi
faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar
hissasiga to
ʻgʻri kelishini koʻrish mumkin.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
125
1-rasm. Surxondaryo viloyatida 2009-2023 yillarda meva ishlab chiqarish hajmining
xoʻjalik toifalari boʻyicha koʻrsatkichlari
Manba:
Surxondaryo viloyati Statistika boshqarmasi maʼlumotlariga asosan muallif
hisob-kitobi.
2023-yilning yanvar-
dekabr oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 1 169
200
tonna sabzavot (2022-yilning yanvar-
dekabriga nisbatan 2,1 % ga koʻp) ishlab chiqarildi.
Sabzavot ishlab chiqaris
h koʻrsatkichlarini xoʻjaliklar toifalari boʻyicha tahlil qilinganda,
sabzavot ishlab chiqarish umumiy hajmidan 67,2 foizi dehqon va tomorqa xoʻjaliklari hi
ssasiga,
26,1 foizi fermer xoʻjaliklari hissasiga va 6,7 foizi qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi
tash
kilotlar hissasiga toʻgʻri kelishi koʻrsatilgan. Joriy yilda barcha hududlarda meva va
sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarishning oʻsishi as
o
san dehqon va fermer xoʻjaliklari
hisobiga boʻlib, meva yetishtirish umumiy hajmida ularning ulushi 96,9 foizni, s
abzavot esa
96,3 foizni tashkil etdi.
2-rasm. Surxondaryo viloyatida sabzavot ishlab chiqarish hajmining
xoʻjalik toifalari boʻyicha
k
oʻrsatkichlari
Manba:
Surxondaryo viloyati Statistika boshqarmasi maʼlumotlariga asosan muallif hisob
-kitobi.
Tahlilni tendensiyalarni aniqlash va baholash orqali davom ettirsak, asosiy
tendensiyalarni oʻrganish jarayonida oʻrganilayotgan hodisada trend
mavjudligi va aniqlangan
trendni statistik baholash kabi vazifalar hal etiladi.
Dinamik qatorlarda trendni aniqlashda oʻr
tachalar usuli, Valliss va Mur mezoni, Koks va
Stʼyuart mezoni, seriyali usul, grafiklarda tasvirlash usuli kabilardan foydalanib amalg
a
oshiriladi.
0,00
20 000,00
40 000,00
60 000,00
80 000,00
100 000,00
120 000,00
2009
2010
2011
2012
2013
2014
2015
2016
2017
2018
2019
2020
2021
2022
2023
Fermer xo`jaliklari tomonidan
Dehqon va tomorqa xo`jaliklari tomonidan
Qishloq xo`jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlari tomonidan
0,00
100 000,00
200 000,00
300 000,00
400 000,00
500 000,00
600 000,00
700 000,00
800 000,00
900 000,00
2009 2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022 2023
Fermer xo`jaliklari tomonidan
Dehqon va tomorqa xo`jaliklari tomonidan
Qishloq xo`jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlari tomonidan
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
126
Surxondaryo viloyatida meva va sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarish dinamikasida
trendning mavjudligini aniqlashda grafiklarda tasvirlash usuli orqali amalga oshirildi va trend
mavjudligi asoslandi. Chunki grafik tasvirdan koʻrinib turibdik
i, viloyatda yetishtirilgan meva-
sabzavotlar dinamikasi yaqqol oʻsish tendensiyasiga ega.
Viloyatda meva va sabzavot mahs
ulotlari yetishtirishning asosiy koʻrsatkichlari
tendensiyasi tahlili keyingi bosqichidagi muhim vazifa
–
koʻrsatkichlar oʻzgarishi rea
l mavjud
boʻlgan qonuniyatlarini eng yaxshi tarzda tavsiflovchi regressiya tenglamasini tanlab olishdir.
Tahlilni amalga oshirish dasturiy vositasi sifatida EXCEL elektron protsessoridan
foydalanib, viloyat meva va sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarish haj
mi rivojlanish yoʻnalishi
uchun mos boʻlgan trend parametrlarini hosil qilamiz. Natijalari 2
-jadvalda keltirilgan:
2-jadval
Surxondaryo viloyatida 2009-2023 yillarda meva va sabzavot mahsulotlari
ishlab chiqarish hajmlari trend modellari
Rivojlanish yoʻ
nalishi
Trend tenglamasi
Oʻrtacha
mutlaq
xatolik
𝑹
𝟐
Sabzavot mahsulotlari yetishtirish
1.Bir tekis rivojlanish
𝑌
𝑡
= 51660𝑡 + 436437
51 756,9
𝑅² = 0,93
2.Tekis tezlashgan
rivojlanish
𝑌
𝑡
= −2570,7𝑡
2
+ 92792𝑡
+ 319897
39 416,7
𝑅² = 0,96
3.Eksponensial rivojlanish
𝑌
𝑡
= 474805𝑒
0,0673𝑡
73 921,5
𝑅² = 0,88
Meva mahsulotlari yetishtirish
1.Bir tekis rivojlanish
𝑌
𝑡
= 6981,4𝑡 + 82177
3859,9
𝑅² = 0,97
2.Tekis tezlashgan
rivojlanish
𝑌
𝑡
= −186,29𝑡
2
+ 9962𝑡 + 73731
2876,2
𝑅² = 0,98
3.Eksponensial rivojlanish
𝑌
𝑡
= 87698𝑒
0,0533𝑡
5882,3
𝑅² = 0,94
Manba:
Surxondaryo viloyati Statistika
boshqarmasi maʼlumotlariga asosan muallif hisob
-kitobi.
Tahlil davomida 2009-2023-yillar uchun viloyatda meva va sabzavot ishlab chiqish
hajmlari uchun mos boʻlgan trend tenglamalarini aniqlagan boʻlsak, endi shu qatorni davom
ettirish mumkin. Surxondaryo viloyati meva va sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqish hajmlari
uchun tanlangan 2-jadvalda aniqlangan trend tenglamalaridan foydalanib, ekstrapolyatsiya
qilish usuli orqali prognoz qiymatlarini hosil qilamiz (3-jadval).
3-jadval
Surxondaryo viloyati mev
a va sabzavotlarni yetishtirish hajmini oʻrganish
orqali olingan prognoz qiymatlari (tonna)
Koʻrsatkich
(faktor
oʻzgaruvchisi
)
Trend
tenglamasi
Haqiqiy
Prognoz
2023-y
2028-y
%
2023 y
2024 y 2025 y 2026 y 2027 y 2028 y
Sabzavot
𝑌
𝑡
= −2570,7𝑡
2
+ 92792𝑡
+ 319897
1169200 1146470 1154429 1157246 1154922 1147457
98
Meva
𝑌
𝑡
= 6981,4𝑡
+ 82177
180 300 193879 200861 207842 214824 221805
123
Manba:
Surxondaryo viloyati Statistika boshqarmasi maʼlumotlariga asosan muallif hisob
-kitobi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
127
Prognoz natijalari shuni koʻrsatmoqdaki, 2028
-yilda Surxondaryo hududida sabzavot
yetishtirish koʻrsatkichlari 2023
-yilga nisbatan 2% kamayishi, meva yetishtirish esa 23 %
koʻtarilishi kutilmoqda (3
-jadval).
3-rasm. Surxondaryo viloyatida meva yetishtirish dinamikasining
prognozi (tonna)
Manba:
muallif ishlanmasi.
Meva mahsulotlarini yetishtirish koʻrsatkichi koʻtarilib boradi va 2028
-yilga kelib viloyat
aholisi fiziologik meʼyorning 112 foizini tashkil qi
lishi mumkin (3-rasm).
4-rasm. Surxondaryo viloyatida sabzavot yetishtirish dinamikasining
prognozi (tonna)
Manba:
muallif ishlanmasi.
Sabzavot mahsulotlarini yetishtirish koʻrsat
kichi esa kamayib boradi va 2028-yilga kelib
f
iziologik meʼyorning 102 foiz
ini tashkil qilishi mumkin (4-rasm).
Xulosa va takliflar.
Bu keltirilgan tahlil va maʼlumotlarga asosan,
mintaqalarda meva-sabzavot mahsulotlari
yetishtirish va qishloq xoʻjaligi s
ohasini barqaror rivojlantirish uchun bir nechta
yoʻnalishlarda
ishlar olib borishni talab etadi (5-rasm).
0,00
50 000,00
100 000,00
150 000,00
200 000,00
250 000,00
2009
2010
2011
2012
2013
2014
2015
2016
2017
2018
2019
2020
2021
2022
2023
2024
2025
2026
2027
2028
Yetishtirish ko`rsatkichi (haqiqiy)
Yetishtirish ko`rsatkichi (prognoz)
0,00
200 000,00
400 000,00
600 000,00
800 000,00
1 000 000,00
1 200 000,00
1 400 000,00
2009
2010
2011
2012
2013
2014
2015
2016
2017
2018
2019
2020
2021
2022
2023
2024
2025
2026
2027
2028
Yetishtirish ko`rsatkichi (haqiqiy)
Yetishtirish ko`rsatkichi (prognoz)
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
128
5-rasm. Mintaqalarda meva-
sabzavotchilik tarmogʻini yanada qoʻllab
-
quvvatlash boʻyicha takliflar
Manba:
tadqiqotlar asosida muallif ishlanmasi.
Xul
osa qiladigan boʻlsak, aholini meva va sabzavot bilan taʼminlash jarayonlarni vaqt
davomida oʻzgarishini iqtisodiy statistik usullar orqali oʻrganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Hududlarda aholini meva-
sabzavot bilan taʼminlash jarayonlarini iqtisodiy
-statistik modellar
orqali oʻrganish natijasida u yoki bu iqtisodiy koʻrsatkichlarning hozirgi holati va kelajakdagi
oʻzg
arishini ilmiy asosda tahlil qilish va bashoratlash kutilgan samara beradi.
Yuqorida Surxondaryo viloyatida meva-sabzavot yetishtirish dinami
kasi koʻrsatkichlari
maʼlum usullardan foydalanilgan holda keng qamrovli tahlil qilingan boʻlib, bu koʻrsatkichlar
qishloq xoʻjaligining tarmogʻi rivojlanishini kompleks baholash imkonini beradi.
Adabiyotlar/Литература/Reference:
Abdugʻaniyev O.A.
(2020)
Isteʼmol savatiga kiruvchi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari
yetishtirish jarayonlarini modellashtirish // Dissertatsiya (RhD). Toshkent.
Abdugʻaniyev O.A. (2021) “Isteʼmol savatiga kiruvchi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari
samaradorligini iqtisodiy-statistik t
ahlil etish uslubiyatini takomillashtirish.” // Iqtisodiyot va
taʼlim ilmiy jurnali. Toshkent, 17
-20 betlar;
Abdug
ʻaniyev O.A. (2021) “Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish
jarayonlarini ekonometrik modellashtirish.” // “UzBridge” ele
k
tron jurnali Toshkent, №2, 1
-17
betlar;
Farmon (2019)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi
“Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020
-
2030 yillarga moʻljallangan
strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”g
i PF-5853 sonli farmoni;
Fazilov F.M. (2008) Jahon iqt
isodiyotining globallashuvi sharoitida Oʻzbekiston oziq
-ovqat
xavfsizligini taʼminlash: Iqtisod fan. nom. dis. ...avtoref.
-T.: JIDU, 19-bet.
Mamlakatimizda meva-sabzavotchilik tarmog‘ini yanada qo‘llab-
quvvatlash bo‘yicha takliflar
Meva-sabzavot va qayta ishlangan mahsulotlarning sifati va
xavfsizligiga qo‘yiladigan talablarni tartibga soluvchi huquqiy me’yoriy-texnik
hujjatlarni ishlab chiqish
Nazorat qiluvchi organlarning meva-sabzavot mahsulotlari sifati pastligi
muammosiga e’tiborini oshirish
Aholi jon boshiga o‘rtacha meva-sabzavot mahsuloti turlari bo‘yicha
iste’mol qilishning hududiy meyorlarini shakllantirish va importni kamaytirishga
qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish
Qishloq joylarida faoliyat ko‘rsatib, bevosita qishloq xo‘jalik
mahsulotlarini innovatsion resurs tejaydigan usulda saqlash va qayta ishlashga
ixtisoslashgan namunaviy korxonalar faoliyatini moliyaviy rag‘batlantirishni yanada
kuchaytirish, ularga soliq, bojxona va boshqa imtiyozlarni joriy etish
Meva-sabzavotchilik “klinikasi” xizmatini joriy etish
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
129
Gʻulomov S.S.
(2014)
“Mintaqalar oziq
-ovqat xavfsizligini
taʼminlashda innovatsiyalarning
roli.” // Oʻzbekiston
Respublikasi agrosanoat majmuasi tarmoqlarida innovatsion boshqaruv
faoliyatini modernizatsiyalash va rivojlantirish muammolari mavzusidagi respublika ilmiy-
amaliy anjuman materiallari (1-qism).Toshkent, TDAU. 15-aprel. 24-26 betlar;
Mamaraximov B.E. (2016)
“Oʻzbekistonda oziq
-
ovqat xavfsizligini taʼminlash va sanoatini
rivojlantirish”. // “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 5, sentabr
-
oktabr, 4-6 betlar.
Qaror (2018)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 17 oktyabrdagi “Meva
-
sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha
chora-
tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ
-3978 qarori;
Shodiyev X., Xabibullayev I. (2013) “Statis
t
ika” Darslik
- Toshkent, 122-149 betlar;
Чаянов А.В.
(1927)
Основние идеи и форми организатсии селскохозяйственной
кооператсии. –
Москва.
- 357 b;
