Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
101
SOLIQQA TORTISH VA SOLIQ MAʼMURIYATCHILIGI SOHASIDA SOLIQ TOʻLOVCHILARGA
XIZMAT KOʻRSATISH JORIY ETILISHINING BOSQICHLARI VA EVOLYUTSIYASI
Gʻaniyev Farrux Izzatilloyevich
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0009-0001-0162-8225
Annotatsiya.
Ushbu maqolada tovar va moliya bozorlarida monopoliyani bosqichma-
bosqich qisqartirish, imtiyozlar va preferensiyalar berish tizimining samaradorligini oshirish,
shuningdek, qonunchilikni tartibga solish tizimini qisqartirish orqali respublika iqtisodiyotining
raqobatbardoshligiga salbiy taʼsirni yanada kamaytirishga alohida eʼtibor qaratilgan. xoʻjalik
yurituvchi subyektlar zimmasiga yuklash va soliq maʼmuriyatchi
ligini amalga oshirish va
res
publika soliq majburiyatlarini bajarishda soliq toʻlovchilarning oʻzaro hamkorligini tubdan
yaxshilash.
Kalit soʻzlar:
soliq, fiskal siyosat, byudjet, soliq maʼmuriyati, soliq salohiyati, normativ
tahlil, ijobiy tahlil, soliq yuki, vakillik soliq stavkasi,
oʻrtacha stavka, soliq hisoboti, soliq
tushumlari, soliq imtiyozlari.
ЭТАПЫ И ЭВОЛЮЦИЯ РЕАЛИЗАЦИИ УСЛУГ НАЛОГОПЛАТЕЛЬЩИКАМ В СФЕРЕ
НАЛОГООБЛОЖЕНИЯ И НАЛОГОВОГО АДМИНИСТРИРОВАНИЯ
Ганиев Фаррух Иззатиллоевич
Ташкентский государственный
экономический университет
Аннотaция.
В данной статье особое внимание уделяется дальнейшему снижению
негативного влияния на конкурентоспособность экономики республики путем
постепенного снижения монополии на товарных и финансовых рынках, повышению
эффективности системы предоставления льгот и преференций, а также снижению
нормативной
нагрузки
на
субъекты
предпринимательства
и
коренному
совершенствованию взаимодействия налогоплательщиков по осуществлению
налогового администрирования и исполнению налоговых обязательств направляется.
Ключевые
слова:
налог,
фискальная
политика,
бюджет,
налоговое
администрирование, налоговый потенциал, нормативный анализ, позитивный анализ,
налоговая нагрузка, репрезентативная ставка налога, средняя ставка, налоговая
отчетность, налоговые поступления, налоговые льготы.
UO
‘
K: 336.221
IX SON - SENTYABR, 2024
101-110
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
102
STAGES AND EVOLUTION OF THE IMPLEMENTATION OF TAXPAYER SERVICES
IN THE FIELD OF TAXATION AND TAX ADMINISTRATION
Ganiyev Farrukh Izzatilloyevich
Tashkent State University of Economics
Abstract
.
In this article, special attention is paid to further reducing the negative impact on
the competitiveness of the republicʼs economy by gradually reducing the monopoly on commodity
and financial markets, improving the efficiency of the system of granting benefits and preferences,
as well as reducing the regulatory burden on business entities and radically improving the
interaction of taxpayers in the implementation of tax administration and the fulfillment of tax
obligations of the republic.
Key words:
tax, fiscal policy, budget, tax administration, tax potential, regulatory analysis,
positive analysis, tax burden, representative tax rate, average rate, tax reporting, tax revenues,
tax benefits.
Kirish.
Soliq tushumlari byudjet tizimining daromadlarini shakllantirishning asosiy manbai
hisoblanadi. Zamonaviy sharoitda davlat hamda munitsipalitetlarga yuklangan iqtisodiy
salohiyatni rivojlantirish va ijtimoiy muammolarni hal qilish boʻyicha davlat majburiya
tlarining
bajarilishini taʼminlash uchun moʻljallangan. Barcha darajadagi byudjet ijros
i sharoitida soliq
bazasini kengaytirish zarurati soliq tizimining samarali ishlashiga eʼti
borni kuchayishiga olib
keladi, bu asosan soliqni boshqarishning tashkiliy-huquqiy shartlari va soliq
maʼmuriyatchiligining sifati bilan belgilanadi.
Soliq toʻlovch
il
arga xizmat koʻr
satish sohasida nazariy qoidalarni ishlab chiqish va yangi
vositalaridan foydalanish amaliyotini tahliliy umumlashtirish soliq organlari faoliyatiga
axborot texnologiyalarini faol joriy etgan holda soliq nazorati samaradorligini oshirishga
qaratilgan chora-
tadbirlar majmuini ilmiy asoslashga hamda soliq toʻlovchilar, shuningdek,
vakolatli davlat organlarining soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatish va soliq toʻlovchilar uchun
soliq tavakkalchiligini boshqarishdagi yondashuvdan foydalangan holda soliq munosabatlari
subyektlarining oʻzaro aloqalarining yangi tendensiyalarini amalga
oshirishdan iborat boʻladi.
Adabiyotlar sharhi.
Mavzu doirasida asosiy oʻrganiluvchi iqtisodiy kategoriya soliq soliq maʼmuriyatchiligida
soliq toʻlovchilarga xizm
at
koʻrsatishni takomillashtirish boʻlib, soliq toʻlovchilarga xizmat
koʻrsatishni takomillashtirishga nisbatan berilgan taʼriflarga batafsil toʻxtalsak.
Ergashevning (2
023) tadqiqot ishida “Soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatishda soliqlarni
oʻz vaqtida v
a
toʻliq byudjetga yoʻnaltirishning zamonaviy vositalarini qoʻllashga” ahamiyat
berilgan. J
umladan soliq toʻlovchilarning ixtiyoriy soliq intizomini ragʻbatlantirish, so
liq
toʻlovchilarning faoliyatini risk boshqaruv tizimi (Risk Management Information Sys
tem
(RMIS) orqali baholash hamda barcha toifadagi soliq toʻlovchilar tomonidan soliq
majburiyatlarining ixtiyoriy ravishda bajarish asosida ularning ehtiyojlarini qanoatlantirish
uchun soliq organlari va soliq toʻlovchilar oʻrtasida ishonchli munosabatlarn
i yaratish
masalasiga alohida tadqiqot yoʻnalishi sifatida eʼtibor qaratilgan.
Axmedovning (2023) fikrlariga koʻra, respublikamizda soliq toʻlovchilarga xizmat
koʻrsatishda soliqdan qochishni oldini olishning huquqiy va moliyaviy instrumentlarini qoʻllash
orqali yashirin iqtisodiyotni kamaytirish mumkin.
Nazarov (2023) oʻzining ilmiy tadqiqotida soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatishda
kameral soliq tekshiruvi natijalari
boʻyicha tekshiruvni oʻtkazuvchi mansabdor shaxs
tomonidan tuziladigan xulosa mazmuni tekshiruv tashabbusi uchun asos sifatida xizmat qilgan
maʼlumotlar hamda soliq toʻlovchi yok
i uchinchi shaxslardan talab qilib olingan axborotni
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
103
(hujjatlarni) oʻrganish va tahlil qilish natijalarining ham koʻrsatilishiga oid meʼyorlarni kiritish
orqali takomillashtirilgan
Xususan, buyuk klassik iqtisodchi Adam Smit (1992) fikricha, raqobatni bozor subyektlari
oʻrtasida tovarlar xarid qilish va sotish borasida qulayroq shar
oitlar uchun olib boriladigan,
toʻgʻri, halol, til biriktirishlarsiz kurash, musobaqa b
il
an bogʻlagan. U raqobat kurashining
asosiy usuli deb narx oʻzgarishlarini bilgan. Bunda u
jamoa irodasi (ixtiѐri) bilan
boshqarilmaydigan, umumiy moʻljallarga ega boʻlmagan bozorda qatʼiy xulq
-atvor qoidalariga
amal qilishini qayd etgan. Demak, raqobat
–
bozor qatnashchilari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi
aynan oʻsha «koʻrinmas qoʻl»dir.
Shumpeter (2007) iqtisodiy rivojlanish nazariyasi doirasida raqobatni eskilikning
y
angilik bilan raqiblik kurashi sifatida taʼriflagan. Yangiliklar kiritish bozor tomonid
an shubha
bilan qabul qilinadi, biroq agar novator ularni amalga oshirishning uddasidan chiqsa, raqobat
mexanizmi eskirgan texnologiyalardan foydalanuvchi korxonalarni bozordan siqib chiqaradi
degan fikirni taʼkidlagan.
Tokarev va Maninalar (2015) ning fikr
iga koʻra, eksport salohiyati korxonaning eksport
uchun raqobatbardosh mahsulotlar yaratish va ishlab chiqarish, uni tashqi bozorlarga targʻib
qilish, u yerda tovarlar
ni sotish va kerakli darajada xizmat koʻrsatish qobiliyati sifatida
belgilanishi mumkin.
Amerikalik iqtisodchi Naisbit (2013) korxonaning eksport salohiyatini iqtisodiy
salohiyatning dinamik oʻzgaruvchan komponenti sifatida belgilaydi, uning tashkiliy
-texnik
tuzilishi, korxona missiyasi hamda maqsadlariga muvofiq, ekologik omillar va ichki
sh
aroitlarning taʼsirini hisobga olgan holda, uzoq va yaqin xorij bozorlarida rentabellik darajasi
bilan barqaror savdo hajmlarini taʼminlaydi.
Pugachev, Parfenovalarning (2017) fikricha, “Soliq siyosati sohasida raqamli iqtisodiyotni
tartibga solish ikkita
asosiy yoʻnalishni ajratish zarur:
1) raqamli iqtisodiyot operasiyalarini soliqqa tortish vaboj-
taʼriflarini tartibga solish;
2) soliq va bojxona maʼmuriyatchiligi va nazoratiga raqamli texnologiyalarni kiritish.”
Vishnevskiy (2019)ning eʼtirof etish
icha soliqqa tortishni raqamlashtirish sharoitida
ishlab chiqarish jarayoni va iqtisodiy munosabatlar tizimini robotlashtirishga asoslangan
avtomatlashtirish bilan bogʻliq yangi soliq institutlari shakllanadi. Soliqqa tortish tizimi
obyektiv ravishda transformasiyalanadi.
Pogorleskiy va Keshnerlarni yozishicha: “Soliq maʼmuriyatchiligiga raqamlashtirish va
axborot texnologiyalarni kiritish soliq organlarida ish yuklamasini kamaytirish, shuningdek
soliq turlari, sugʻurta badallari boʻyicha qarzlarni kamayti
ri
shga olib kelishi shart”.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Mamlakatimiz taraqqiyotini yangi, yuksak bosqichga koʻtarish, buning u
chun yangi
islohotlarni amalga oshirish hayotiy zarurat hisoblanadi. Bu jarayonda iqtisodiy zanjirning
muhim halqalaridan biri
boʻlgan soliq tizimi barchaga teng va erkin raqobat sharoitini
yaratishda kamarbasta boʻlishi kerak. Prezidentimiz tashabbusi bil
an 2018-yilda yangi soliq
konsepsiyasining qabul qilinishi ana shu maqsadlarga erishishning strategiyasini belgilab
berilgan. Soliq tizimda yangi islohotlarni boshlab bergan mazkur konsepsiyadan oldingi holatga
nazar tashlasak, 97
foiz soliq toʻlovchilar s
oddalashtirilgan rejimda faoliyat yuritib,
mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotida ularning ulushi qariyb 60 foizga yetgani holda, byudjet
tushumlaridagi hissasi bor-
yoʻgʻi 9,2
foizga teng boʻlgan. Umumbelgilangan soliq toʻlovchilar
zimmasiga tushgan asosiy soliq yuki atigi 3 foizni tashkil etgan. Hozirgi kunda, biznesda juda
katta oʻzgarishlar boʻlmoqda. Davlatimiz rahbari tashabb
usi bilan adolatli, shaffof va uzoqqa
moʻljallangan tizimni yaratishga qaratilgan islohotlarning amalga oshirilishi natijasida
butu
nlay yangi soliq maʼmuriyatchiligi yuzaga keldi.
Mazkur 1-
jadvalda soliq toʻlovchilar tomonidan berilgan murojaatlar natijas
ida bir qator
takliflar ham olindi. Ushbu soliq toʻlovchilar tomonidan berilgan
takliflar 2024-yilgi soliq
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
104
konsepsiyasida inobatga
olindi. Xususan, banklar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarni QQS
tortish boʻyicha berilgan taklif inobatga olindi va natij
as
ida qoʻshimcha manba kutilmoqda.
Shuningdek, foyda soligʻi boʻyicha banklar tomonidan zaxira fondlarini shakllantirish
xarajatlar
ini soliqqa tortish va qoʻshimcha manba boʻyicha ham takliflarni inobatga olindi.
1-jadval
Yirik soliq toʻlovchilarga xizmat
k
oʻrsatish boʻyicha 2020
-2023-yillar
davomida berilgan maslahatlar boʻyicha maʼlumot
№
Bajariladigan ishlar
2020-y 2021-y 2022-y 2023-y
Jami
1.
Boʻlimga kelib tushgan murojaatlarga
javob berish (umumiy soni):
2464
2555
2783
2990
10792
Elektron pochta orqali
19
0
0
0
19
Ishonch telefoni
6
0
0
0
6
my.soliq.uz (EDO)
349
578
573
622
2122
Telefon
qoʻngʻiroqlar orqali
32
29
24
24
109
Telegram guruhlar (Soliqchi-
koʻmakchi)
0
0
21
0
21
Telegram guruhlar
2115
1977
2189
2368
8649
2.
Soliqqa oid normativ-huquqiy hujjatlar
ishlab chiqish va soliq toʻgʻrisidagi qonun
hujjatlarini yanada takomillashtirishda
qatnashish boʻyicha (takliflar kiritish)
37
102
96
32
267
3.
Soliq toʻlovchilar bilan tashkil etilgan
seminar va brifinglar
10
69
36
34
149
4.
Iqtisodiy jurnallarda, soliq sohasidagi
yangilik va oʻzgarishlar boʻyicha hamda
soliq toʻlovchilar tomonidan tez
-tez taqdim
etiladigan savollarga namuna javoblar
sifatida maqolalar berib borish
16
21
29
24
90
5.
Yirik
soliq toʻlovchi vakillari bilan
uchrashuv
3
4
7
6
20
6.
Inspeksiya xodimlarining bilim saviyasini
oshirish boʻyicha test sinovlarini oʻtkazish
6
50
6
0
62
7.
Xalqaro
tashkilotlar
bilan
amalga
oshirilayotgan
islohotlar
boʻyicha
tashkillashtirilgan tadbirlar
6
13
36
12
67
8.
Televidenie va radiolarda soliq sohasidagi
oʻzgarish va yangiliklar boʻyicha eshittirish
berib borish
7
15
19
22
63
Manba:
Soliq qoʻmitasining maʼlumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.
Prezidentimiz tadbirkorlar bilan oʻtkazgan tarixiy muloqotida tadbirkorlarga ogʻi
r yuk
boʻlib kelgan pensiya, maktab va yoʻl jamgʻarmalariga 3,2 foizli yigʻimlar
bekor qilindi.
Byudjetdan tashqari jamgʻarmalarga mazkur yigʻimlarni bekor qilish hisobiga har
yili qariyb
6
trillion soʻm mablagʻ qoladigan boʻldi. Mol
-mulk, daromad va ijtimoiy soliqlar stavkalari
2
barobar kamaytirildi. Qoʻshilgan qiymat soligʻi 20
foizdan 15 foizga tushirildi, pandemiyadan
koʻproq zarar koʻrgan tarmoqlarga ijtimoiy soliq 12
foizdan 1 foizga pasaytirilib, mol-mulk va
yer soliqlari toʻlovlaridan butkul voz
kechildi. Bu esa, tadbirkorlarga ixtiyorida qolgan 2 trillion
soʻm mablagʻni biznes
faoliyatiga sarflash imkonini yaratdi. Qisqa vaqtda mobaynida soliq
sohasini raqamlashtirish ishlari jadal rivojlantirildi. Jumladan, umumiy hisobda soliq
organlarining elektron davlat xizmatlari portali
—
my.soliq.uz da 50 ga yaqin shu kabi
masofaviy xizmatlar yoʻlga qoʻyildi. Shu bilan birga, yangi vositalar —
elektron hisobvaraq-
faktura, elektron shartnoma, onlayn nazorat kassa texnikalari, raqamli markirovka,
mahsulotlarning yagona elektron milliy katalogi joriy etildi. Soliq nazorati tadbirlari oldindan
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
105
ogohlantirish va inson omilisiz “Tahlika
-
tahlil” dasturi orqali 76
ta mezonni qamrab olgan
segmentlash asosida amalga oshirilmoqda.
Prezidentimizning 2019-yil 6-sentyabrdag
i “Savdo va xizmat koʻrsatish sohasidagi hisob
-
kitoblar tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ushbu sohada
jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, 2019
-
yil 1-yanvardan boshlab tadbirkorlik subyektlari bosqichma-bosqich onlayn va virtual
kassalardan foydalanishga
oʻtkazilyapti. Bugungi kunda 149,3 mingta xoʻjalik yurituvchi
subyekt 182,8 mingdan ortiq onla
yn va virtual kassalar bilan taʼminlandi. Mazkur qurilmalarni
sotib olishda tadbirkorlik subyektlari xarajatlarini kamaytirish maqsadida birinchi bosqichda
(2021-yil 1-
yanvarga qadar) hisoblangan va toʻlanishi lozim boʻlgan foyda yoki yagona soliq
toʻlovi yoxud qatʼiy belgilangan soliq summasini onlayn
-
NKMni oʻrnatish uchun tegishli
xarajatlar summasiga kamaytirish tarzidagi imtiyoz taqdim etildi. Natijada tadbirkorlik
subyektlari 22,7
milliard soʻm miqdoridagi byudjetga toʻlashi kerak boʻlgan soliqlar hiso
bidan
xarajatlarini qopladi. Raqamli iqtisodiyotning joriy etilishi natijasida davlat xizmatlarini
koʻrsatish tezlashishiga va xufiyona iqtisodiyot hamda korrupsiyaning kamayishiga olib keldi.
Maʼlumotlarga qaraganda, 2016
-yilda yalpi ichki mahsulotda yashirin iqtisodiyotning ulushi 59
foizni tashkil etgan boʻlsa, 2020
-yilga kelib 11 foiz punktga pasaytirildi yoki 48 foizga tushirildi.
Bu, oʻz navbatida, soliq tushumlarining oshishiga ijobiy taʼsir koʻrsatib, 2016
-yilga nisbatan
2020- yilda tushumlar 3,3 ba
robar oʻsdi (2021
-yilning birinchi yarim yilligida pandemiyadan
oldingi 2019 yilning mos davriga nisbatan 1,6 marta ortdi).
Soliq qoʻmitasi huzurida yirik soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatuvchi inspeksiya tashkil
etildi va 2020-
yil iyun oyidan qoʻshilgan
qiymat soligʻi toʻlovchilarga xizmat koʻrsatish vazifasi
davlat soliq boshqarmal
ariga oʻtkazilib, byudjet tushumlarining mos ravishda 66,2 foizi va 17,2
foizi, y
oki jami 83,4 foizi qoʻmita va boshqarmalar tomonidan amalga oshirib kelinyapti.
Prezidentimizning 2020 yil 30
oktyabrdagi “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq
organl
ari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha tashkiliy chora
-
tadbirlar toʻgʻrisida”gi
Farmoni bilan soliq idoralarining tarkibiy tuzilmasi tubdan qayta isloh qilindi. Soha tarixida
birinchi marotaba Soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatish departamenti, tadbirkorlikni qoʻllab
-
quvvatlash boʻlimlari tashkil etildi. Pirovardida oldimizga
qoʻyilgan eng muhim vazifa, yaʼni
fuqarolarimizning soliqdan qochishiga emas, balki uni ixtiy
oriy toʻlashga oʻtishiga,
tushumlarning kamayishiga emas, aksincha, oʻsishiga eri
shilyapti. Birgina raqamga
eʼtiboringizni qaratmoqchiman, tadbirkorlarning aylanma mablagʻlarini koʻpaytirish
maqsadida, yil boshidan bugungi kungacha 9 trillion soʻm QQS manfiy ortiqcha toʻlovlari
qaytarildi.
Oʻzbekiston Respublikasining 562
-II-sonli 11.12.2003-
yildagi “Elektron raqamli imzo
toʻgʻris
ida"gi Qonuniga muvofiq, elektron raqamli imzo (ERI)
—
bu sertifikatlangan shaxsiy va
ochiq kalit yordamida maʼlumotlarni kriptografik konvertasiya qilish yoʻli bilan olingan, oddiy
imzoni toʻliq almashtiradiga
n va muayyan tashkilot yoki shaxsning imzoni kafolatli
tasdiqlashga imkon beradigan maxsus imzo hisoblanadi.
Soliq majburiyatlarini nazoratida soliq qonunchiligiga muvofiqligini tekshirish hamda
yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf va xatolarni aniqlash, sh
uningdek, soliq strategiyasini
tayyorlash orqali jismoniy va yuridik shaxslar uchun maqbul soliq solish va rejalashtirish
strategiyasini ishlab chiqish. Bunda soliqlarni hisoblash, daromad va xarajatlar miqdori asosida
soliq toʻlovlari miqdorini hisoblash,
soliq organlari oldida mijozning manfaatlarini ifodalash,
soliq organlariga murojaat qilish, soliq organlari bilan nizolar va nizolarni hal qilish. Ayniqsa,
soliq majburiyatlarini nazorat qilish va ularga rioya qilish, soliq majburiyatlarini nazorat qilish
hamda ularga rioya qilishda yordam berish, shu jumladan hujjatlarni topshirish va soliqlarni
toʻlash muddatlarini monitoring qilish. Soliq qarorlarining bajarilishida soliq
qarorlarining
bajarilishini va soliq summalarini toʻlashni taʼminlash, shuningdek, oʻquv va oʻquv dasturlari
asosida soliq sohasidagi mijozlar va mutaxassislar uchun soliq mavzularida seminarlar,
treninglar va oʻquv dasturlarini tashkil etish muhim hisobla
nadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
106
Soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatish evolyusiyasi vaqt oʻtishi bilan sodir boʻlgan koʻplab
oʻzgarishlar va ijobiy natijalarni oʻz ichiga oladi. Texn
ologiyaning rivojlanishi va
maʼlumotlarning mavjudligi bilan bir qatorda soliq organlari fuqarolar v
a korxonalar uchun
soliqlarni hisobga olish va soliqlarni toʻlash jarayonini sodd
alashtirishga intilmoqda. Asosiy
tendensiyalardan biri yuzma-yuz uchrashuvlar va
qogʻoz hujjatlar kabi anʼanaviy xizmat
koʻrsatish usullaridan raqamlashtirish va onlayn xizmatlarga oʻtish hisoblanadi. Soliq
toʻlovchilar endi elektron tizimlar orqali soliq hisobotlarni topshirishlari, toʻlovlarni amalga
oshirishlari va kerakli maʼlumotl
arni olishlari mumkin. Bu soliq majburiyatlarini bajarish
uchun zarur boʻlgan vaqt va ovoragarchiliklarni kamaytiradi. Bundan tashqari, sunʼiy intellekt
va analitik texnologiy
alar paydo boʻlishi bilan soliq organlari soliq toʻlovchilarning katta
hajmdagi m
aʼlumotlarini qayta ishlash va tahlil qilish uchun avtomatlashtirilgan tizimlardan
foydalanish
ni boshladilar. Bu hisobotlarni aniqroq tekshirish, soliq toʻlashdan boʻyin tovla
shni
aniqlash va shaxsiy xizmatlarni taqdim etish imkonini beradi. Soliq organlari va soliq
toʻlovchilar oʻrtasidagi aloqa ham ochiq va oshkora boʻlmoqda va onlayn suhbatlar,
forumlar va
qoʻllab
-
quvvatlash tizimlari tufayli soliq toʻlovchilar oʻzlarining s
avollariga tez va aniq javob
olishadi, shuningdek, boshqa foydalanuvchilar bilan joriy soliq masalalarini muhokama
qilishlari mumkin.
Soliqqa tortish barqaror jarayon sifatida
soliq toʻlovchi va soliq xizmatining oʻzaro taʼsiri
hisoblanadi. Soliq organlari
ni raqamlashtirish quyidagi ijobiy iqtisodiy taʼsirlarni olish
imkonini beradi:
-
iqtisodiy oʻsish va kompaniyalarning rivojlanish tezligini oshirish;
- mamlakatda biznes-jarayonlar samaradorligini oshirish va soliq operasiyalarining
shaffofligini taʼminl
ash (
Цветкoв и др. 2019, 2018)
.
Soliq organlari faoliyatiga va ishbilarmonlik muhitiga raqamli texnologiyalarni joriy etish
maʼlum tarkibiy qismlarga asoslanishi kerak (2
-jadval).
Xulosa qilib shuni taʼkidlash mumkinki, soliq toʻlovchilar va soliq organla
rining
raqamlashtirish texnologi
yalari ularning oʻzaro taʼsiri doirasida modellar yordamida qayta
ishlashga (yoki oʻzgarishlarga) oʻz hissasini qoʻshadi. Bunda:
- biznes munosabatlarini shakllantirishda ular biznes jarayonlari va biznes jarayonlarini
optimallashtirish va avtomatlashtirishga yordam beradi;
- biznes modelini ishlab chiqishda yangi moliyaviy xizmatlarni yaratishga yondashuvlar,
narx siyosati, mijozlar va sheriklar bilan munosabatlar, biznes mahsulotlari boʻyicha
innovasion yondashuvlardan foydalanish shakllantiriladi;
- davlatlararo soliq konvergensiyasini yaratish milliy soliq tizimlari qoidalarining
yaqinlashishiga yordam beradi;
-
strategik aktivlarni boshqarishda asosiy eʼtibor axborot, vakolatlar va mijozlar kabi
nomoddiy aktivlarga qaratilishi kerak hisoblanadi. Shunday qilib, soliq organlari
kompaniyalarining raqamlashtirish sharoitida oʻzaro hamkorligini masofadan turib ishlash
orqali ularning faoliyat koʻlamini kengaytirish imkonini beradi.
Soliqqa tortishda qoʻllaniladigan va bir
-biri bilan faol aloq
ada boʻlgan texnologik
yechimlar mavjud boʻlib, unda muvofiqlik yechimlari, ziyraklik yechimlari, jarayonlarni
boshqarish belgilangan.
Soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatish boʻyicha 2022
-
yil aprel oyida Oʻzbekiston
Respublikasi Hukumatining qarori (Qaror, 2022)
qabul qilingan. Unda asosan soliq
toʻlovchilarni hisobga qoʻyish sohasidagi ayrim davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha
maʼmuriy reglamentlar tasdiqlangan. Reglamentga asosan, koʻchmas mulk ijara yoki tekinga
foydalanish shartnomalarini davlat sol
iq xizmati organlarida hisobga qoʻyish boʻyicha davlat
xizmatini koʻrsatish, chet el yuridik shaxslarining doimiy muassasalarini hamda alohida
boʻlinmalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyish (hisobdan chiqarish),
Oʻzbekiston
Respublikasida tovar-xomashyo birjalarida operasiyalarni amalga oshiruvchi va
(yoki) tashkillashtirilgan savdolarda jamiyatlarning aksiyalarini sotib oladigan (sotadigan)
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
107
hamda jismoniy shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi hududi realizasiya qilish joyi deb eʼtirof
etilad
igan elektron shakldagi xizmatlarni koʻrsatuvchi chet el yuridik shaxslarini davlat soliq
xizmati organlarida hisobga qoʻyish (hisobdan chiqarish), soliq toʻlovchilarni soliq organlarida
soliq solish obyekti boʻyicha hisobga qoʻyish, tashqi
iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari –
yuridik va jismoniy shaxslarning doimiy joylashuvi
(rezidentlik) faktini rasmiy tasdiqlab berish, soliq toʻlovchilarga shaxsiy hisobvaraqlardan
koʻchirmalarni va solishtirma da
lolatnomani taqd
im etish boʻyicha soliq toʻlovchilarga xizmat
koʻrsatish tartiblari belgilangan.
2-jadval
Fiskal organlar va biznes tuzilmalarida raqamlashtirishni samarali
amalga oshirishning tarkibiy qismlari
Raqamlashtirishni
amalga oshirish
komponentlari
Raqamlashtirishni amalga oshirish komponentlarining mohiyati
Mijozlarga xizmat
koʻrsatishni shakllantirish
(Customer Centricity)
Tahlil qilish, oʻzgaruvchanlik, reyting, moslashish va prognozlash.
Sheriklik va hamkorlik
munosabatlarini
kengaytirish (Partner
Centricity)
Boshqa xizmatlar va sheriklar bilan hamkorlik va integrasiya orqali
kompaniyalarning rivojlanishi va oʻz mahsulotlarini bozorda ilgari
surishini faollashtirish. Raqamli hamkorlik mahalliy kompaniyalarga
but
un dunyo boʻylab oʻz biznesla
rini olib borishga imkon beradi. Fiskal
tartibga solish nuqtai nazaridan
–
xalqaro soliq shartnomalariga rioya
qilish, soliqlarni uygʻunlashtirish va soliq rejimlarining norasmiy
yaqinlashishi borasida (soliq stavkalarining yaqinlashishi, soliq
bazasini aniqlash va boshqalar.) fiskal islohotlarni amalga oshirish
hisoblanadi.
Maʼlumotlar bilan
ishlashning innovasion
usullarini qoʻllash
Maʼlumotlarni yigʻish va qayta ishlashda vositalardan foydalanish
maqsadida: Big Data, sunʼiy intellekt, neyron tarmoqlar m
ijozlarning
xatti-harakatlarini modellashtirish, talabni prognozlash, afzalliklarni
shakllantirish.
Innovasion
texnologiyalarni
joriy etish (R & D)
Mahsulotlarni taqsimlashning yangi yoʻnalishlarini topish va sinovdan
oʻtkazish va shu bilan birga soliq qonunchiligining uygʻunligini
taʼminlash maqsadida innovasion markazlarni (tadqiqot va
ishlanmalar) yaratish.
Manba:
muallif tomondan tayyorlandi.
Oʻzbekiston Respublikasida tovar
-xomashyo birjalarida operasiyalarni amalga oshiruvchi
va (yoki) tashkillashtirilgan savdolarda jamiyatlarning aksiyalarini sotib oladigan (sotadigan)
chet el yuridik shaxslarini soliq organlarida hiso
bga qoʻyish tuman (shahar) davlat soliq
inspeksiyasi tomonidan, jismoniy shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi hududi realizasiya qi
lish
joyi deb eʼtirof etiladigan elektron shakldagi xizmatlarni koʻrsatuvchi chet el yuridik shaxslarini
soliq organlarida his
obga qoʻyish Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq
inspeksiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻm
itasining rasmiy veb-sayti orqali
elektron tarzda amalga oshiriladi.
Soliq toʻlovchilarni soliq organlarida soliq solish obyekti boʻyicha hisobga qoʻyish
qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlovchilar boʻyicha –
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va
Toshk
ent shahar davlat soliq boshqarmalari tomonidan, yirik soliq toʻlovchilarga
–
Yirik soliq
toʻlovchilar boʻyicha hududlararo da
vlat soliq inspeksiyasi tomonidan, boshqa soliq
toʻlovchilarga
–
soliq solish obyekti joylashgan tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi
tomonidan amalga oshiriladi. Soliq toʻlovchilarga shaxsiy hisobvaraqlardan koʻchirmalarni va
solishtirma dalolatnomani
taqdim etish boʻyicha davlat xizmatlari Soliq qoʻmitasining rasmiy
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
108
veb-
saytida soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali davlat
soliq xizmati organlari tomonidan
soliq majburiyatlari hisobi yuritilayotgan (yuritilgan) tegishli shaxsiy hisobvaraqlardagi
maʼlumotlar asosida onlayn tarzda 24/7 rejimida davlat xizmati koʻrsatiladi.
Soliq toʻlovchilarni soliq organlarida soliq solish obyekti boʻyicha hisobga qoʻyish
yuzasidan davlat xizm
atini koʻrsatishda qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilari boʻyicha
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarm
alari,
boshqa soliq toʻlovchilar boʻyicha soliq solis
h obyekti joylashgan yerdagi tuman (shahar) davlat
so
liq inspeksiyasi tomonidan koʻrsatiladi. Soliq toʻlovchini obyektlar boʻyicha hisobga qoʻyish
Soliq kodeksida belgilangan tartibda hisobga qoʻyilganid
an keyin, agar Soliq kodeksiga muvofiq
soliq toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyilmagan joyda yer soligʻi, mol
-
mulk soligʻi, suv resurslaridan
foydalanganlik uchun soliq va (yoki) noruda qazilma boyliklari boʻyicha yer qaʼridan
foydalanganlik uchun soliq, benz
in, dizel yoqilgʻisi va gazni oxirgi isteʼmolchiga re
alizasiya
qilishda aksiz soligʻini toʻlash majburiyati yuzaga kelgan, shuningdek hududiy alohida boʻlinma
joylashgan yeri boʻyicha doimiy xodimlar soni yigirma besh kishidan koʻp boʻlgan ish joyi
yaratil
gan boʻlsa amalga oshiriladi. Bu davlat xizmatini koʻ
rsatish bepul amalga oshiriladi. Soliq
solinadigan ob
yektlar boʻyicha mol
-
mulk soligʻi va yer soligʻi toʻlovchisi boʻlgan jismoniy
shaxslarni hisobga qoʻyish soliq organlari tomonidan mustaqil ravishda a
malga oshiriladi.
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarni ular oʻz faoliyatini amalga oshirad
igan joyi
boʻyicha hisobga qoʻyish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Soliq qoʻmitasiga
taqdim etilgan hisob roʻyxatiga olingan xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning
ele
ktron reestridagi maʼlumotlar asosida soliq organlari
tomonidan mustaqil ravishda amalga
oshiriladi.
Davlat xizmatidan foydalanish uchun soliq toʻlovchining vakili tomonidan tegishli yer
uchastkasiga bo
ʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan, mol
-mulk
soligʻi, suv resurslaridan
foydalanganlik uchun soliq
va (yoki) noruda qazilma boyliklari boʻyicha yer qaʼridan
foydalanganlik uchun soliq solish obyekti vujudga kelgan kundan eʼtiboran, aksizosti
mahsulotni realizasiya qilish boshlangan paytdan boshlab, a
lohida boʻlinma tashkil etilgan
paytdan bir oy oʻtganidan keyin oʻn kalendar kuni ichida soliq solish obyektlarini ular
joylashgan yerda hisobga qoʻyish toʻgʻrisida soliq organiga reglamentning 2
-ilovasida
keltirilgan shaklga muvofiq ariza taqdim etiladi. Arizaga tegishli yer uchastkasi ajratilganligi
toʻgʻrisidagi tuman (shahar) hokimining qarori, koʻchmas mulkka boʻlgan huquq davlat
roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjat, benzin, dizel yoqilgʻisi va gazni oxirgi
isteʼmolchiga realizasiya qilish
huquqini beruvchi hujjat, noruda qazilma boyliklarini qazib
olish qilish huquqini beruvchi hujjat, xodimlar soni yigirma besh kishidan koʻp boʻlgan doimiy
ish joyi yaratilganda xodimlarning (familiyasi, ismi, otasining ismi, jismoniy shaxsning shaxsiy
ide
ntifikasiya raqami, ishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi buyruq raqami va sanasi koʻrsatilgan
holda) roʻyxati hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi.
Soliq organlari tomonidan soliq toʻlovchilarni soliq solish obyekti boʻyicha hisobga
qoʻyishda ushbu no
rmalardan tashqari boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlangan. Soliq
toʻlovchilar tomonidan koʻrsatilgan barcha zarur hujjatlar asosida murojaat qilingan kundan
eʼtiboran uch ish kunidan kechiktirmay, ularga ilgari berilgan soliq toʻlovchining identifikas
iya
raqamiga muvofiq obyektning joylashgan yeri boʻyicha hisobga qoʻyadi. Hisobga qoʻyish uchun
taqdim etilgan hujjatlar reglament talablariga muvofiq boʻlmagan hollarda soliq organlari
tomonidan bu haqd
a ariza beruvchi hujjatlar qabul qilingan kundan eʼti
boran uch ish kuni
ichida xabardor qilinadi.
Arizada keltirilgan maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining
avtomatlashtirilgan tizimi orqali Oʻzbekiston Respublikasi soliq toʻlovchilarinin
g yagona
reestriga kiritiladi. Arizada keltirilgan ma
ʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi soliq
toʻlovchilarining yagona reestrida ishlovdan oʻtkazilgach, ariza beruvchiga soliq toʻlovchi soliq
organida soliq solish obyekti boʻyicha hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisida belgilangan shaklga
muvofiq maʼlumotnoma beriladi. Soliq toʻlovchilarning hisob maʼlumotlari oʻzg
arganda ariza
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
109
beruvchi tomonidan bunday oʻzgarishlar yuzaga kelgan kundan eʼtiboran oʻn kalendar kunidan
kechiktirmay soliq organiga avval taqdim qili
ngan maʼlumotlar oʻzgarganligi toʻgʻrisida
qonunchilikda belgilangan shaklga muvofiq ariza taqdim etiladi.
Taqdim etilgan maʼlumotlar asosida soliq organlari tomonidan soliq toʻlovchining hisob
maʼlumotlariga uch ish kuni ichida tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi. Yer soligʻi, mol
-
mulk soligʻi,
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va (yoki) noruda qaz
ilma boyliklari boʻyicha yer
qaʼridan foydalanganlik uchun soliq, benzin, dizel yoqilgʻisi va gazni oxirgi isteʼmolchiga
realizasiya qilishda aksiz so
ligʻini toʻlash majburiyati tugagan, shuningdek, hudu
diy alohida
boʻlinma joylashgan yeri boʻyicha doimiy
yaratilgan ish joyidagi xodimlar soni yigirma besh
kishidan kamaygan yoki alohida boʻlinma faoliyati toʻxtatilgan taqdirda, soliq toʻlovchi
tomonidan
oʻn kalendar kunidan kechiktirmay soliq organiga xaba
rnoma yuboriladi. Bunda,
soliq organi tomonidan xabarnoma olingan kundan boshlab uch kalendar kuni ichida soliq
toʻlovchining keyingi davrlar uchun soliq hisobotlarini taqdim etish majburiyati tugaganlig
i
boʻyicha axborot tizimiga tegishli oʻzgartirish kir
itiladi.
Xulosa va takliflar.
Soliq mexanizmida soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatish iqtisodiy tizimning zaruriy
dastaklaridan biri ekanligi hamda soliqlarning obyektiv zarurligi asoslanildi. Soliq tizimi esa oʻz
navbatida mamlakatda amalda boʻlgan soliqlar va majburiy toʻlovlar majmuasidan iborat boʻlib,
ularning amaldagi harakatlari bilan ifodalanishini, soliq tizimini shakllanishi jarayonida soliq
siyosatining oʻziga xos xususiyatlari bilan ifodalanadi.
Soliq organlarining jahon amaliyoti soliq toʻlo
vchilarni raqamli iqtisodiy muhitga jalb
qilish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Oʻzbekistonda raqamli soliq xizmatlarining
rivojlanishi juda yuqori darajadaligi (Soliq qoʻmitasi tomonidan soliq xizmatlarining aksariyati
allaqachon raqamlashtirilgan) oflayn aloqasiz ishlashga imkon beradi, shuningdek, turli xil
mobil ilovalar yaratilib, ilovalar va dasturlar doirasida soliq toʻlash mumkin. Bu ishlarni
rivojlantirish va monitoring qilish bosqichiga yangi yondashuvlarni qoʻllash, shuningdek soliq
toʻlovchila
rni raqamli muhitga jalb qilish orqali ularning sifatini yanada yaxshilash mumkin.
Adabiyotlar/Литература/Reference:
Axmedov F.B. (2023) Soliq toʻlashdan qochish xavflarini aniqlashda zamonaviy fiskal
nazorati mexanizmlarini takomillashtirish. Dissertatsiya avtoreferati.
–
Toshkent.
Erg
ashev I.A. (2023) Soliq intizomini taʼminlashning tashkiliy
-huquqiy asoslarini
takomillashtirish. Dissertatsiya avtoreferati.
–
Toshkent.
Kodeks (2020) Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi –Toshkent: Gʻafur Gʻulom nashriyot
uyi.- 640 b.
Nazarov S.F. (2023)
Oʻzbekistonda soliq tekshiruvlarini takomillashtirish.
Dissertatsiya
avtoreferati.
–
Toshkent.
Nesbit J. (2013) International economic relations.
–М
.: Dorchester, 419 p.
Qaror (2022) www.lex.uz.Oʻzbekiston Respublikasi V
azirlar Mahkamasining qarori,
02.04.2022 yildagi 150-son.
Вишневский В.П. (2019) Экономические и регуляторные последствия цифровой
революции в налогообложении. Вестник Томского государственного университета
экономика. Научный журнал № 47. 9 стр.
Пугачев А.А., Парфенова Л.Б. (2017) Налоги в цифровой экономике и цифровые
технологии в налогообложении: дилемма или диалектика. журнал: Философия хозяйства
№: 4 (124) Стр. 197
-206.
Смит А.
(1935)
Исследoвание o прирoде и причинах бoгатства нарoдoв. –М,.
Смит А.,
(1992)
«Исследования о природе и причинах богатства народов» т.2. Пер. с
англ. –
М.: –
612 с.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
110
Токарев Й.В., Манина М.П. (2015) Проблемы оценки экспортного потенциала
предприятия // Научный клуб.URL:
Цветкoв В.А., Дудин М.Н., Лясникoв Н.В., Заидoв К.Х. (2019) Система налoгoвoгo
кoнтрoля в Рoссийскoй Федерaци и пути пoвышения ее эффективнoсти //Экoнoмика и
управление, —
№ 1.,
Цветкoв В.А., Прoценкo O.Д., Дудин М.Н., Лясникoв Н.В. (2018) Сoвершенствoвание
налoгooблoжения субъектoв малoгo предпринимателства агрoпрoмышленнoгo сектoра
// Финансы: теoрия и практика, —
№ 22.
Шумпетер Й. (2007) Теория экономического развития. Капитализм, сотсиализм и
демократия / Й. Шум
-
петер. –М.: Изд
-
во Эксмо, 864
с.
