AKSIYADORLIK JAMIYATLARINING INVESTITSION JOZIBADORLIGINI OSHIRISH YOʻLLARI

Annotasiya

Ushbu maqolada aksiyadorlik jamyatining investitsion jozibadorligini ta’minlash yo’nalishlari tadqiq qilingan. Olimlarning korxonalarning investitsion jazibadorlikni ta’minlashga qaratilgan fikr-mulohazalari tahlili, shuningdek, investitsion jazibadorlikni ta’minlashning institutsional omillari tadqiq qilingan. Shu bilan birga, maqola uchun tanlangan “O’zbekneftgaz” Ajning moliyaviy-iqtisodiy holati tahlil qilingan. Ushbu tahlillarga asosan muallif tomonidan xulosa va takliflar ishlab chiqiligan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
f
87-92
32

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Choriyev, F. (2024). AKSIYADORLIK JAMIYATLARINING INVESTITSION JOZIBADORLIGINI OSHIRISH YOʻLLARI. Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil, 2(9), 87–92. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/49596
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada aksiyadorlik jamyatining investitsion jozibadorligini ta’minlash yo’nalishlari tadqiq qilingan. Olimlarning korxonalarning investitsion jazibadorlikni ta’minlashga qaratilgan fikr-mulohazalari tahlili, shuningdek, investitsion jazibadorlikni ta’minlashning institutsional omillari tadqiq qilingan. Shu bilan birga, maqola uchun tanlangan “O’zbekneftgaz” Ajning moliyaviy-iqtisodiy holati tahlil qilingan. Ushbu tahlillarga asosan muallif tomonidan xulosa va takliflar ishlab chiqiligan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

87


AKSIYADORLIK JAMIYATLARINING INVESTITSION JOZIBADORLIGINI

OSHIRISH YOʻLLARI

PhD

Choriyev Fazliddin Ishkuvatovich

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

ORCID: 0000-0002-3775-6579

fchoriev1@mail.ru

Annotatsiya.

Ushbu maqolada aksiyadorlik jamyatining investitsion jozibadorligini

ta’minlash yo’nalishlari tadqiq qilingan. Olimlarning korxonalarning investitsion

jazibadorlikni

ta’minlashga qarat

ilgan fikr-mulohazalari tahlili, shuningdek, investitsion jazibadorlikni

ta’minlashning institutsional omillari tadqiq qilingan. Shu bilan birga, maqola uchun tanlangan
“O’zbekneftgaz” Ajning moliyaviy

-iqtisodiy holati tahlil qilingan. Ushbu tahlillarga asosan muallif

tomonidan xulosa va takliflar ishlab chiqiligan.

Kalit so‘zlar:

aksiyadorlik jamiyati, bozor iqtisodiyoti, investitsion jozibadorlik, investitsiya.

ПУТИ ПОВЫШЕНИЯ ИНВЕСТИЦИОННОЙ ПРИВЛЕКАТЕЛЬНОСТИ

АКЦИОНЕРНЫХ ОБЩЕСТВ

PhD

Чориев Фазлиддин Ишкуватович

Ташкентский государственный экономический университет


Аннотация.

В

данной

статье

рассматриваются

пути

обеспечения

инвестиционной привлекательности акционерного общества. Изучен анализ мнений

ученых,

направленный

на

обеспечение

инвестиционной

привлекательности

предприятий, а также институциональные факторы обеспечения инвестиционной

привлекательности. При этом проанализировано финансово

-

экономическое положение

АО «Узбекнефтегаз», выбранного для статьи. На основе проведенного анализа автором

были сформулированы выводы и предложения.

Ключевые слова:

акционерное общество, рыночная экономика, инвестиционная

привлекательность, инвестиции.

WAYS TO INCREASE INVESTMENT ATTRACTIVENESS OF JOINT STOCK COMPANIES

PhD

Choriyev Fazliddin Ishkuvatovich

Tashkent State University of Economics

Annotation.

This article examines the ways of ensuring the investment attractiveness of the

joint-stock company. Analysis of opinions of scientists aimed at ensuring the investment

attractiveness of enterprises, as well as institutional factors of ensuring investment attractiveness

were studied. At the same time, the financial and economic situation of "Uzbekneftegaz" JSC,

selected for the article, was analyzed. The author developed conclusions and suggestions based on
these analyses.

Keywords:

joint-stock company, market economy, investment attractiveness, investment.

UO

K: 330.322.5

IX SON - SENTYABR, 2024

87-92


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

88

Kirish.

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy oʻsishni jonlantirish va aholining turmush darajasini

oshirish uchun qulay sharoitlarni yaratish ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim

vazifalaridan biri hisoblanadi. Bunda, Respublika hududlarining investitsion salohiyatini

oshirish va ushbu jarayonni muvaffaqiyatli olib borishga hududlarning geografik joylashuvi,
tabiiy resurslarning mavjudligi, uning zahirasi, mehnat resurslarining soni, yoshi va malakasi,

shuningdek, hududlarda bir necha yillardan beri saqlanib kelinayotgan ixtisoslashuv darajasi,

infratuzilmalarning holati kabi bir qancha omillarni inobatga olish asosiy shartlaridan

hisoblanadi.

Oʻzbekist

on

Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgrisida”gi Qonuni

(2019) va boshqa qonun hujjatlari xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va tartibga solishda

huquqiy asosi boʻlib xizmat qiladi (O’RQ

-598, 2019). Mamlakatimizda ham investitsiya

faoliyatini rivojlantirish maqsadida, Oʻzbe

kiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-

yanvarda qabul qilingan “2022–

2026-

yillarga moʻljallangan “Yangi Oʻzbekistonning Taraqqiyot

strategiyasi toʻgrisida””gi Farmonida (2022) belgilangan 10

0 ta maqsadlaridan 26-maqsadida

“Mamlakatda investitsiya m

uhitini yanada yaxshilash va uning jozibadorligini oshirish, kelgusi

besh yilda 120 milliard AQSh dollari, jumladan 70 milliard dollar xorijiy investitsiyalarni jalb

etish choralarini koʻrish” belgilab qoʻyi

lgan (PF-60, 2022y).

Shuningdek, Respublikada aso

siy jalb qilingan investitsiyalar to’g’ridan

-

to’gri

investitsiyalar asosiy o’rinni tashkil qilmoqda. Shu bilan birga, jalb qilingan investitsiyalar

davlat kafolati ostida kiritilgan. Keyingi bosqichlarda esa, xar bir aksiyadorlik jamiyaltlari

o’zlari tog’r

idan-

to’g’ri qimmatli qog’ozlar jalb qilish orqali, yani davlat kafolatisiz

evroobligatsiyalari orqali investitsiyalar kiritmoqda. Bunda, ushbu aksiyadorlik jamiyatlari

investitsion jozibadorligini xalqaro reyting agentliklarining faoliyati uchun bergan ijobiy

baholari orqali ko’rsata oldi.

Adabiyotlar sharhi.

Oʻzbekistonda tadbirkorlik uchun keng huquqiy kafolat va imtiyozlar tizimi hamda xorijiy

investorlar uchun qulay investitsiya muhitining va ular kiritga

n mablagʻlarning yuqori iqtisodiy

samaradorlig

iga erishishini ta’minlaydigan tegishli huquqiy bazaning y

aratilganligi investitsiya

faolligining sezilarli darajada kuchayishi va iqtisodiyotimizga yoʻnaltirilayotgan kapital

qoʻyilmalar hajmining oʻsishi uchun imkon bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Pre

zidentining 2023-yil 11-

sentabrdagi “O‘zbekiston

-

2030”

s

trategiyasi to‘g‘risidagi PF

-158-son Farmoniga

(2023) muvofiq, shuningdek, “O‘zbekiston

-

2030” strategiyasining Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yilida

sifatli va o‘z vaqtida amalga

oshirilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston

-

2030” strategiyasini 2023

-

yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora

-tadbirlari

to‘g‘risidagi 2023 yil 11

-sentyabrdagi PQ-300-sonli qarori qabul qilingan (PQ-300, 2023 y).

Ushbu qaror b

o’yicha 2024 yildan davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlar

tomonidan har yili amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari qiymatining kamida 5 foizini

obligatsiyalar chiqarish orqali moliyalashtirish tartibi joriy etilishi mamlakatimizning

i

nvestitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirish va qimmatli qog‘ozlar bozorini jadal

rivojlantirish maqsadlari belgilab berilgan.

Investitsiyalarni jalb qilishning asosiy va eng umumiy maqsadi korxona samaradorligini

oshirishdir. Investorlar uchun korxonaning investitsion jozibadorligi investor investitsiya

qilingan mablag'lar bo'yicha olishi mumkin bo'lgan daromad darajasi hamda qancha vaqtda

qaytarib olishi bilan belgilanadi. Biroq, kapitalning qaytarilmasligi va qo'yilgan kapitaldan
daromad olmaslik xavfi doimo mavjud. Ushbu mezonlarga muvofiq investorlar sarmoya

kiritishda korxonalarga bir qator qo'yiladigan talablarni belgilaydilar. Shubhasiz, investor-

kreditorlar uchun asosiy talabi korxonaning kapitalni qaytarish va foizlarni to'lash

majburiyatlarini bajarish qobiliyatini tasdiqlashi hisoblanadi. Shu bilan birga, biznesda ishtirok


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

89

etuvchi investorlar uchun esa investitsiyalarni o'zlashtirish va investorning ulushi qiymatini
oshirish qobiliyatini tasdiqlashdir (Rimmer, 2014).

Korxonaning investitsion jozibadorligini oshirish uchun qaysi faoliyat zarurligini aniqlash

uchun mavjud vaziyatni tahlil qilish tavsiya etiladi. Bunda korxona uchun SWOT va PEST

tahlillari o’zkazilishi, raqobatb

ardoshlikni rivojlantirish, faoliyat samaradorligini oshirish va

investi

tsiya jozibadorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishi lozim (Choriev, 2023).

Tahlil jarayonida korxona faoliyatining turli yo'nalishlari va jihatlari ko'rib chiqiladi:

sotish, ishlab chiqarish, moliya-iqtisodiy, boshqaruv holati. Eng katta xavflar bilan bog'liq

bo'lgan va eng ko'p zaif tomonlarga ega bo'lgan korxonaning faoliyat sohasi aniqlanadi va
aniqlangan sohalarda vaziyatni yaxshilash choralari ko'riladi (Igoshin, 2017)

Korxonaning investitsion jozibadorligi investitsiyalarning iqtisodiy yoki ijtimoiy-

iqtisodiy maqsadga muvofiqligi, manfaatlar va imkoniyatlarni muvofiqlashtirishga
asoslangandir. Agar investor kompaniya iqtisodining barqarorligini ko'rsa, u pul qo'yadi
(Denchuk, 2019).

Shuningdek, investitsiya muhitini yaxshilash uchun xususiy va to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri xorijiy

investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha institutsional asosni shakllantirish lozim deb hisoblaym

iz.

Xorijiy investitsiyalarni faollashtirish uchun tadbirkorlik faoliyatini erkinlashtirish imkonini

oshirish lozim. Biznesning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladigan to‘siqlarni aniqlash va bartaraf

etish bo‘yicha astoydil kurashish kerak. Natijada investits

ion jozibadorlikni oshirish va

barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash mu

mkin. Davlat-xususiy sheriklik va loyihalarni

moliyalashtirish vositalarini rivojlantirish orqali esa investitsion faoliyatni rag‘batlantirish,

shaffoflikni maksimal darajada ta’minlash va xorijiy investorlarning murojaatlari va so‘rovlari

bilan ishlashni

tashkil etish lozimligini ta’kidlab o’tgan (Hoshimov, 2023).

Tadqiqot metodologiyasi.

Tahlil natijasi bo’yicha tadqiqot ishini yo’nalishi sifatida pozitivizm usuli qo’llaniladi.

Tadqiqotlarimiz asosan miqdoriy ko’rsatkichlarga asoslanadi. Tadqiqotda tahli

l uchun

qo’llaniladigan usullar miqdoriy ko’rsatkichlar bo’yicha tahlil sentiz usullarini, gorizantal va

vertikat tahlillar, nisbiy ko’rsatkihclar tahlili hamda ularning o’zaro bog’liklari bo’yicha

korrelatsion va regression tahlillarni amalga oshiramiz ha

mda tahlillar natijalari bo’yicha

xulosalar beriladi. Xulosalarga asoslangan xolda ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab

chiqiladi.

Tadqiqot yo’nalishi poziti

vizm usuli sifatida belgilandi hamda tadqiqot uchun zaruru

bo’lgan miqdoriy ko’rsatkichlar

mahalliy va xorijiy olimlarning tadqiqotlaridan olinadi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda qulay investitsiyaviy muhitni yaratish maqs

adida

xususiy mulk egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tizimli

islohotlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, davlat ishtirokidagi korxonalarida bozor

mexanizmlariga o‘tishning kechikayotganligi, yangi turdagi raqobatbardosh

mahsulotlar ishlab

chiqarishni yo‘lga qo‘yish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, mehnat

unumdorligini oshirish,

xususiy kapitalni faol jalb qilgan holda yangi ish o‘rinlari yaratishga imkon bermayotganligi

sababdan ham ushbu davlat ishtiroki mavjud korxonalarda davlat ishtirokini sezilarni

kamaytirish asosiy masalalardan biri bo’lib qolmoqda

.

Davlat ishtirokidagi korxonalarda zamonaviy boshqaruv usullari, ochiqlik, shaffoflik va

bozor tamoyillarini jadal joriy etish, tannarxni pasaytirish orqali daromadlarni oshirish,

islohotlar jarayonida xususiy kapital ishtiroki uchun kengroq imkoniyatlar yaratish,

iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va raqobat muhitini yanada yaxshilash maqsadida
iqtisodiyotda davlat ishtirokidagi korxonalarning ulushini keskin qisqartirish va ularning

faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan hamda Davlat ishtirokidagi

yirik korxonalarni transformatsiya qilish rijalashtirilgan(PF-6096, 2020).


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

90

Ushbu neft-gaz mahsulotlarini qazib olish, uni qayta ishlash hamda eksport qilish bilan

shug‘ullanadigan yirik korxonalardan biri “O‘zbekneftgaz”

aksiyadorlik jamiyatidir. Tadqiqot

obyekti sifatida olingan “O‘zbektneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining davlat ulushi 99,94 foiz,

xorijiy aksiyadorlar 0,003 foiz hamda boshqa aksiyadorlar ulushi 0,05 foizga teng.

1-

rasm. O’zbekneftgaz AJning imtiyozli ak

siyalarining fond birjasidagi

narxini o’zgarishi dinamikasi (so’m)

Manba:

muallif tomonidan

uzse.uz sayti ma’lumotlariga asosan tayyorlangan.

“Toshkent” fond birjasining rasmiy sayt ma’lumotlari bo’yicha chiqariluv bozor qiymati

46 896 014 718.37 so’mga teng bo’lgan nominal qiymati 500 so’m miqdoridagi imtiyozli

aksiyalar savdosi mavjud bo’lib, 2024 yil fevral holatiga 1918 so’mni tashkil qilgan.

Toshkent

fond

birjasi ma’lumotlariga ko’ra O’zbekneftgaz AJni imtiyozli aksiyalarining 2022 yil sentyabr

oyi y

akuni bo’yicha bozor narxi 3399 so’mni tashkil qilgan bo’lsa, 2023 yil dekabr oyiga qadar

pasayish tendensiyasini ko’rsatgan hamda 1981 so’m bilan yakunlagan. Ushbu holat bo’yicha

xulosa sifatida aytish mumkinki, O’zbekneftgaz AJning bozor qiymati sezilarl

i daraja pasaygan.

1-jadval

“O‘zbekneftgaz” AJning moliyaviy ko‘rsatkichlarining dinamikasi

Ko‘rsatkichlar

2019

2020

2021

2022

Mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishdan sof tushum

4 323,3

11 418 12 142 13441

Sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat) larning tannarxi

1 663,2 4 554,1

2 758

4470

Mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishning yalpi
foydasi (zarari)

2 660,04 6 863,9 9 384 8971

Davr xarajatlari

1 099,7 4 920,9

7 471

5510

Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari

710,8

1 431,6

487

915

Asosiy faoliyatning foydasi (zarari)

2 271,1 3 374,6 1913

2546

Moliyaviy faoliyatning daromadlari

5 061,1 3 135,8

374

1887

Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar

6 850,8 2 843,7

730

1746

Foyda solig‘ini to‘lagunga qadar foyda (zarar)

481,4 3 666,01 1712

2687

Foyda solig‘i

-

241,03

392

320

Sof foydasi (zarari)

460,1

3 425

1321

2486

Manba:

O‘zbekneftgaz” AJning

hisobotlariga asosan muallif tomonidan tayyorlangan.

Ushbu ko‘rsatkichlar 2020 yilda jami majburiyatlari miqdori 18

353 mlrd.so‘mga

teng

bo‘lib, uzoq va qisqa muddatli majburiyatlari miqdori mos ravishda 10

803 mlrd.so‘m va 7

550

3399

3332

2731

3500

2500

2489

2479

2357

2000

2088

2097

2000

1850

1901

1990

1981

0

500

1000

1500

2000

2500

3000

3500

4000


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

91

mlrd.so‘mni tashkil etgan.

Aksiyadorlik jamiyati mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar

2019-

2020 yillar bo‘yicha mos ravishda 4

323,3 mlrd.so‘m va 11

41

7,9 mlrd.so‘mni tashkil

etgan. Hamda sotilgan mahsulotlar tannarxi ushbu yillar bo‘yicha 1

663,23 mlrd.so‘m va 4

554,

11 mlrd.so‘mlarni tashkil etib, aksiyadorlik jamiyatining ya

lpi foydasi 2019 yilda 2 660

mlrd.so‘mga, 2020 yilda 6 863,89 mlrd.so‘mga teng

bo‘lgan.

Aksiyadorlik jamiyatining davr xarajatlari tahlil qilinayotgan 5 yilligi bo‘yicha 2020 yilda

eng yuqori ko‘rsatkichga 4

920,9 mlrd.so‘mga yеtgan,

ushbu ko‘rsatkich 2019

yilga nisbatan

qarib 5 barobar oshgan.

O’zbekneftgaz AJning rentabellik ko’rsatkichlari

tahlil qilinayotgan yillar bo’yicha os’ib

borish tendensiyalarini ko’rsatmoqda.

Bunda Aktivlarning rentabelligi 2022 yilda 4.3 foizni

hamda capital rentabelligi esa 5.

9 foizni tashkil etganligini ko’rishimiz mumkin. Ushbu ijobiy

natijalar bilan birga,

O‘z

bekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PF

6155

sonli farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-noyabrdagi 668-son qaroriga muvofiq
amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish maqsadida tegishli

vazirliklar bil

an birgalikda “O‘zbekneftgaz” AJ London fond birjasiga 7 yil muddatlik 700,0

million AQSh dollari miqdoridagi yevroobligatsiyalarini muvaffaqiyatli joylashtirdi.

2-

rasm. O’zbekneftgaz AJning nisbiy ko’rsatkichlari tahlili

Manba:

O‘zbekneftgaz” AJning

hisobotlariga asosan muallif tomonidan tayyorlangan.

Bunda amalga oshirilgan bir qator chora tadbirlarni ta’kidlab o’tish mumkin:

Ernst&Young (Buyuk Britaniya) xalqaro auditorlik kompaniyasi tomonidan amiyatning

MHXSga asosan konsolidatsiyalashgan moliyav

iy hisobotlari auditi o‘tkazilganligi;

Fitch Ratings va S&P xalqaro reyting agentliklari tomonidan (BB

/barqaror) darajasidagi

korporativ reyting va emissiyasiga reyting berilganligi;

obligatsiyalarni chiqarish uchun CITI Group, JP Morgan (AQSh), Mitsubishi UFG

(Yaponiya) va “Gazprombank” AJ (RF) kabi tashkilotchi banklar jalb qilinganligi.

Xulosa va takliflar.

Aksiyadorlik

jamiyatlarining moliyaviy faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha davlat

korxonalarning ustav kapitalini mustahkamlash, ya’ni ulardagi

davlat ulushi yuqori bo‘lgan

davlat korxonalarning davlat ulushini xususiylashtirish, aksiyadorlar uchun yil yakuni bo‘yic

ha

dividendlarni qayta kapitalizatsiyalash orqali ustav kapitali mablag‘larini oshirish zarur.

Shuningdek quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:

-

“O’zbekneftgaz” AJlari uchun investor mablag‘larini jalb qilishda raqobatbordashlikka

erishish va zamonaviy talablarga mos keladigan boshqaruv muhitini shakllantirishda

0,30%

0,70%

5,60%

2,90%

4,30%

0,60%

1,40%

7,80%

3,80%

5,90%

0,00%

1,00%

2,00%

3,00%

4,00%

5,00%

6,00%

7,00%

8,00%

9,00%

2018

2019

2020

2021

2022

ROA

ROE


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

92

korporativ boshqaruv tizimi va moliyaviy menejmentni amaliyotga keng tadbiq etilishi
maqsadga muvofiq;

-

“O’zbekneftgaz” AJning yil yakunlari bo‘yicha olingan sof foydasidan hisoblangan

aksiyadorlar uchun dividendlarni kapitalizatsiya qilish orqali AJning zahira jamg‘armalarini

ichki investitsiya jalb qilinishi;

Bunda, “O’zbekneftgaz” AJning davlat hisobidagi bo‘lgan aksiyalarning ma’lun bir qismini

sotuvga qo‘yish orqali davlat ulushini kamaytirish xamda korporativ boshqaruvga asoslangan

boshqaruvni tashkil etish. Korxonalarni ko‘p tarmoqli aksiyadorlik jamiyatlariga ayl

antirish

orqali daroma

dlarini oshirish, o‘zini o‘zi ta’minlay oladigan aksiyadorlik jamiyatlariga

aylantirish bo‘yicha aniq chora

-tadbirlar ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasida keng ko‘lamdagi investitsion muhit va innovatsion g‘oyalar

uchun keng ko‘

lamda imkoniyatlar berilgan bir vaqtda, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatinining

huquqiy va iqtisodiy asoslarini mustahkamlash, qimmatli qog‘ozlar va aksiyalar chiqarish va

sotishda chet el tajribasi, amaliy va nazariy malakalaridan foydalanish belgilangan maqsadlarga

erishish

uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Adabiyotlar/ Литература/ Reference:

Choriev, F. (2023). Factors affecting the financial activity of state-owned enterprises. Science

and innovation, 2(A1), 107-112.

Farmon (2022) Oʻzbekiston Res

publikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvarda qabul

qilingan “2022–

2026-

yillarga moʻljallangan “Yangi Oʻzbekistonning Taraqqiyot strategiyasi

toʻgrisida””gi PF

-60-sonli Farmoni.

Farmon (2023

) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023

-yil 11-sentabrdagi

“O‘zbekiston

-

2030” strategiyasi to‘g‘risidagi PF

-158-son Farmoni.

Hoshimov J. R. (2023). Invеstitsion muhit jozibadorligini oshirishda xitoy va Singapur

tajribasi. Iqtisodiyot va ta'lim / 2023-yil 2-son.

Qonun (2019)

O‘zbekiston Respublikasining Investit

siyalar va investitsiya faoliyati

to‘g‘risida Qonuni, 25.12.2019 yildagi O‘RQ

-598-son.

Денчук, A.В. (2019) Сoвершенствoвaние метoдoв кoмплекснoй oценки

инвестициoннoй

привлекaтельнoсти

прoмышленнoгo

предприятия

[Текст]:

Aвтoреф/Денчук A.В

-

Ярoслaвль: Ярoслaвский гoс. ун

-

т им. П.Г. Демидoвa,

-

26 с.

Игoшин Н.В. (2012) Инвестиции. Oргaнизatsiя, упрaвление, финaнсирoвaние: учеб. /

Н.В. Игoшин. –

М,.

Риммер М.И. (2014) Экoнoмическaя oценкa инвестиций: учеб. для вузoв / М.И. Риммер.

М..

Bibliografik manbalar

Choriev, F. (2023). Factors affecting the financial activity of state-owned enterprises. Science and innovation, 2(A1), 107-112.

Farmon (2022) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvarda qabul qilingan “2022–2026-yillarga moʻljallangan “Yangi Oʻzbekistonning Taraqqiyot strategiyasi toʻgrisida””gi PF-60-sonli Farmoni.

Farmon (2023) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi PF-158-son Farmoni.

Hoshimov J. R. (2023). Invеstitsion muhit jozibadorligini oshirishda xitoy va Singapur tajribasi. Iqtisodiyot va ta'lim / 2023-yil 2-son.

Qonun (2019) O‘zbekiston Respublikasining Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida Qonuni, 25.12.2019 yildagi O‘RQ-598-son.

Денчук, A.В. (2019) Сoвершенствoвaние метoдoв кoмплекснoй oценки инвестициoннoй привлекaтельнoсти прoмышленнoгo предприятия [Текст]: Aвтoреф/Денчук A.В - Ярoслaвль: Ярoслaвский гoс. ун-т им. П.Г. Демидoвa, -26 с.

Игoшин Н.В. (2012) Инвестиции. Oргaнизatsiя, упрaвление, финaнсирoвaние: учеб. / Н.В. Игoшин. – М,.

Риммер М.И. (2014) Экoнoмическaя oценкa инвестиций: учеб. для вузoв / М.И. Риммер. – М..