Авторы

  • F Maksudova
    Toshkent farmatsevtika instituti
  • N Nusratova
    Toshkent farmatsevtika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ejar.137722

Аннотация

Yuqoridagilarni inobatga olib taqdiqotmiz obyekti bo’lgan klaritromitsin antibiotikigini mahalliy ishlab chiqarilishini kengaytirish maqsadida klaritromitsin asosida tarkib ishlab chqildi.

background image

109

Volume 5, Issue 10: Special Issue
(EJAR)

ISSN: 2181-2020

MPHAPP

THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL
CONFERENCE

MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL

PROBLEMS AND PROSPECTS

TASHKENT, OCTOBER 17, 2025

in-academy.uz

KLARITROMITSIN SUBSTANSIYASI ASOSIDA TABLETKA TARKIBINI ISHLAB

CHIQISH

Maksudova F.X.

1

Nusratova N.N.

2

Toshkent farmasevtika instituti, Toshkent shahri, O’zbekiston

e-mail:

nozima9292@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.17324008

Dolzarbligi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-yanvardagi PF-13-sonli

Farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi
Farmoniga ko’ra: biologik faol qo‘shimchalar va kosmetika mahsulotlari sanoatini rivojlantirish, shu
jumladan, bozor konyunkturasini o‘rganish, tahlil qilish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish,
ushbu yo‘nalishdagi soha korxonalariga ilg‘or xorijiy amaliyot va standartlarni tatbiq etishga
ko‘maklashish vazifalari belgilab berildi. O’zbekiston Respublikasi reyestrining 2024-yilgi nashri
tahlil qilinganda 26% antibiotiklar mahalliy, 74 % xorijiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab
chiqariladi.

Tadqiqotning maqsadi:

Yuqoridagilarni inobatga olib taqdiqotmiz obyekti bo’lgan

klaritromitsin antibiotikigini mahalliy ishlab chiqarilishini kengaytirish maqsadida klaritromitsin
asosida tarkib ishlab chqildi.

Usul va uslublar:

Adabiyotlar tahlili natijalari va farmakologlar tavsiyasiga koʻra

klaritromitsin substansiyasining struktura-mexanik va texnologik xosslarini yaxshilash maqsadida
tarkib ishlab chiqildi. Klaritromitsin substansiyasi o’ziga xos hid va ta’mga ega bo’lgan oq rangdagi
kukun bo’lib suvda erimaydi, etil spirtida qisman metilen xloridda yaxshi eriydi. Tadqiqotlar O’zR
DF 1-jild va DF XIV nashri (RF) da belgilangan usullar bo’yicha amalga oshirildi

Natijalar:

Klaritromitsin

substansiyasining sochiluvchanligi, tabiiy og’ish burchagi,

sochiluvchan zichligi ijobiy bo’lmaganligi sababli maqsadga muvofiq bo’lgan tabletka ishlab chiqish
belgilab olindi. Bunda albatta yordamchi moddalardan foydalanish va donadorlash uslini qo’llash
kerak. Farmakologlar tavsiyasi bilan klaritromitsinning terapevtik dozasi 250mg bolalar uchun va
500mg kattalar uchun deb belgilandi. Antibiotik asosida tabletka tarkibini tanlashda, bugungi kunda
farmatsevtika sanoatida keng qo‘llanilib kelayotgan yordamchi moddalardan: to‘ldiruvchi sifatida
makkajo‘xori kraxmali, mikrokristalliksellyulozaning 101,102,103 navlaridan, dekstroza, laktoza
monogidrat, izomalt, saxaroza kalsiy karbonat, natriy kraxmal glikolyat, kartoshka kraxmali,
g’ovaklovchilardan: natriy kroskarmelloza, kraxmal gilikalyat natriy, bog’lovchilardan: povidon,
MKS, antifriksion moddalardan: talk, aerosil, magniy stearat, kalsiy stearat kabi yordamchi moddalar
bilan birgalikda olib borildi. Shu bilan birga massani nam donadorlash uchun namlantiruvchi modda
sifatida tozalangan suv, turli konsentratsiyadagi spirtlardan foydalanildi. 250 va 500mg terapevtik
dozalar uchun jami 10 ta tarkiblar tayyorlandi ammo hamma tarkiblar ham ijobiy texnologik
koʼrsatkichlarga ega bo’lmadi. Ulardan 3dan 6 ta tarkib mo’tadil texnologik xossalarga ega bo’ldi.
Barcha tarkiblarda texnologik xossalar ijobiy boʼlgan. ichida Klaritromitsin - 250 mg, laktoza
monogidrat - 133.5 mg, MKS – 63 mg, kalloid silikon dioksid - 4 mg, natriy kroskarmelloza -20mg,
povidon K-30- 17mg, magniy stearat- 7,5mg, tozalangan suv bilan donadorlangan tarkibda mos
ravishda sochiluvchanlik 5,22±092

kg/s, sochiluvchan zichlik 622±20,43

kg/m

3

, tabiiy og’ish

burchagi 35,22±1,65 gradius, o’lchami 0,2-0,5mmgacha bo’lgan fraksiyalar ulushi 94,32±1,09

%

,

qoldiq

namlik

4,18±0,28

%

,

parchalanish

daqiqasiga

9,22±0,19

daq

ko’rsatdi.

Klaritromitsin - 500 mg, laktoza monogidrat - 117 mg, MKS – 60,5 mg, kalloid silikon dioksid - 4


background image

110

Volume 5, Issue 10: Special Issue
(EJAR)

ISSN: 2181-2020

MPHAPP

THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL
CONFERENCE

MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL

PROBLEMS AND PROSPECTS

TASHKENT, OCTOBER 17, 2025

in-academy.uz

mg, natriy kroskarmelloza -30mg, povidon K-30- 27mg, magniy stearat- 11,5mg, tozalangan suv
bilan donadorlangan tarkibda mos ravishda sochiluvchanlik 5,16±098 kg/s, sochiluvchan zichlik
619±20.37 kg/m

3

, tabiiy og’ish burchagi 36,42±1,63 gradius, o’lchami 0,2-0,5mmgacha bo’lgan

fraksiyalar ulushi 97,52±1,72

%

, qoldiq namlik 4,16±0,25

%

, parchalanish daqiqasiga 9,07±0,18 daq

tashkil qildi. Substansiya kislotali muhida beqarorligi, ishqoriy muhitda terapevtik faolligi
yuqoriligini inobatga olgan holda ichakda eruvchi maxsus aralashmadan tarkib topgan Opadry White
qobig’i bilan qoplandi

Xulosalar:

Klaritromitsin substansiyasi yordamchi moddalar aralashmasidan so’ng ijobiy

texnologik xossalarni namoyon qildi. 250mg va 500mg ta’sir etuvchi modda saqlagan umumiy
og’irligi 495mg va 750mg bo’lgan tabletkalar uchun optimal tarkib tuzildi.