35
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR)
ISSN: 2181-2020
LPTIENP
International Scientific-Practice Conference on
“Linguistics and Pedagogical Technologies:
International Experience and National Practice”
Denau, November 20, 2025
in-academy.uz/index.php/ejar
HIKOYA AYTISH (STORYTELLING)NING INSON RIVOJLANISHIDAGI
O‘RNI: NAZARIY VA KOGNITIV YONDASHUVLAR
Turdaliyeva Shahnoza O‘ktamovna
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Xorijiy til va adabiyoti quyi kurslar kafedrasi katta o’qituvchisi
E-mail: turdalievashakhnoza84@gmail.com
https://orcid.org/0009-0007-6172-0529
Roʻziyeva Maftuna Mamaraim qizi
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Xorijiy til yo‘nalishi talabasi
E-mail: maftuna.ruziyeva@gmail.com
Ergashova Shodiya No‘monovna
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Xorijiy til yo‘nalishi talabasi
E-mail: shodiya8124@bk.ru
Ibodullayeva Saida Ismoiljon qizi
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Xorijiy til yo‘nalishi talabasi
E-mail: saida200@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.17626755
Annotatsiya:
Ushbu maqolada hikoya aytish hodisasi filologik nuqtai nazardan nutq faoliyati,
tildagi narrativ tuzilmalar va inson tafakkurining lingvokognitiv jarayonlari bilan bog‘liq holda tahlil
qilinadi. Hikoya aytish insonning tilni idrok etish, ma’no yaratish, voqelikni tushunish va madaniy
identifikatsiya jarayonlarida muhim vosita sifatida talqin qilinadi. Maqolada nazariy va kognitiv
lingvistika, diskursiv tahlil hamda psixolingvistika yondashuvlari asosida hikoya aytishning inson
ongidagi konseptual modellarni shakllantirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, narrativ tuzilmalar
orqali til va tafakkur o‘zaro qanday aloqada bo‘lishi filologik jihatdan izohlanadi.
Kalit so‘zlar:
hikoya aytish, narrativ lingvistika, kognitiv tilshunoslik, diskursiv tahlil,
konseptual model, nutq faoliyati, til va tafakkur.
Аннотация.
В статье рассматривается феномен рассказывания историй с
филологической точки зрения – как особый вид речевой деятельности, отражающий языковые,
когнитивные и культурные аспекты развития человека. Рассказывание историй анализируется
как средство осмысления действительности, формирования языковой личности,
концептуальных моделей и культурной идентичности. На основе когнитивной и
теоретической лингвистики, а также дискурсивного анализа и психолингвистики
раскрывается роль нарратива в взаимодействии языка и мышления.
Ключевые слова:
рассказывание историй, нарративная лингвистика, когнитивная
лингвистика, дискурсивный анализ, концептуальная модель, речевая деятельность, язык и
мышление.
Abstract.
This article examines storytelling from a philological perspective, analyzing it as a
form of speech activity that reflects linguistic, cognitive, and cultural dimensions of human
development. Storytelling is viewed as a key mechanism in meaning-making, language acquisition,
conceptual modeling, and cultural identity formation. The study employs approaches from theoretical
and cognitive linguistics, discourse analysis, and psycholinguistics to reveal how narrative structures
shape human cognition and communication. The interrelation between language and thought through
storytelling is interpreted within a linguistic and cognitive framework.
Key words:
storytelling, narrative linguistics, cognitive linguistics, discourse analysis,
conceptual model, speech activity, language and thought.
36
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR)
ISSN: 2181-2020
LPTIENP
International Scientific-Practice Conference on
“Linguistics and Pedagogical Technologies:
International Experience and National Practice”
Denau, November 20, 2025
in-academy.uz/index.php/ejar
Global axborot jamiyatida kommunikatsiya aloqalari rivojlanib borayotgan sharoitda chet
tillarni o‘qitishda samarali kommunikativ metodlarni izlash dolzarb bo‘lib qolmoqda. Ko‘plab
mamlakatlarda muvaffaqiyatli qo‘llanayotgan metodlardan biri – hikoya asosida o‘qitish, ya’ni
storytelling (ingl. storytelling – hikoya aytish) usulidir. Avval bu metod asosan kichik yoshdagi
bolalarni o‘qitishda qo‘llanilgan bo‘lsa, hozirda u har qanday yoshdagi va har qanday til bilish
darajasidagi o‘quvchilar uchun universal yondashuv sifatida ko‘riladi. Shu sababli, storytellingga
o‘qituvchilar va metodistlar, jumladan O‘zbekistonda ham katta e’tibor qaratmoqda. Biroq, mahalliy
metodik adabiyotlarda ushbu metod hali to‘liq yoritilmagan. Shu bois, storytelling tushunchasi, uning
chet tillarni o‘qitishda nazariy va amaliy jihatlarini o‘rganish, maktab va oliy ta’lim muassasalarida
uning texnologiyasini tavsiflash muhimdir [11].
Storytelling mahalliy pedagogikada yaxshi tanilgan narrativ metodning (ingl. narrative –
hikoya, rivoyat) bir shakli bo‘lib, u uzviy matn, voqealarni ketma-ket bayon qilish vositasini qo‘llaydi
[1]. Shunga qaramay, narrativ va storytelling bir xil tushunchalar emas. Manbalarni tahlil qilish
natijasida aniqlanishicha, “storytelling” termini keng ma’noda – odamlar bilan turli maqsadlarda
qiziqarli hikoyalar shaklida matnlar orqali ta’sir ko‘rsatish texnologiyasi sifatida belgilanishi
mumkin. Bu yerda hikoyaning qiziqarli bo‘lishi uning asosiy xususiyati hisoblanadi.
Yuqoridagi termin uch yo‘nalishda tushunilishi mumkin: birinchidan, qiziqarli, dolzarb,
foydali, o‘quvchi yoki tinglovchiga yoqimli, emotsional kontent yaratish usuli sifatida; ikkinchidan,
og‘zaki, yozma matn, vizual vositalar, musiqa kabi har qanday shaklda hikoyalarni tarqatish;
uchinchidan, og‘zaki rivoyat san’ati sifatida, ya’ni hikoyaning yoddan aytilishi, o‘qilmasligi.
Shuningdek, bu ro‘yxatga hikoyani jonli yaratish, improvizatsiya qilish ham kiradi [8].
Storytelling tushunchasi birinchi marta 1992-yilda D.Armstrongning «MBSA: Managing by
Storying Around» («Hikoyalar orqali boshqarish») nomli kitobida paydo bo‘lgan. Kitobda
xodimlarga ish etikasi prinsiplari va qoidalarini yetkazish uchun mo‘ljallangan hikoyalar jamlangan.
Hozirgi kunda “storytelling” termini ko‘plab professional sohalarda qo‘llaniladi: menejmentda –
marketing/reklama, xodimlarni boshqarish va PR texnologiyalari vositasi sifatida; ommaviy axborot
vositalarida – yangiliklarni hikoyalar orqali yetkazish; publitsistika va siyosatda – argument sifatida;
psixologik muammolarni hal qilishda – ertak terapiyasi [2].
Hikoya aytish eng tabiiy muloqot shakli bo‘lib, bolalikdan bizga ma’lum. Pedagogikada hikoya
asosida o‘qitish (ertaklar, rivoyatlar, masallar va boshq.) tarbiya, ta’lim va bolalarning nutqini
rivojlantirish uchun qo‘llaniladi, bu esa o‘zining psixologik asoslariga ega jarayon hisoblanadi. Inson
bilim tizimi asosan hikoyalarga asoslanadi, ular orqali tajriba almashiladi va shaxs atrof-muhitda
samarali harakat qilish hamda hayotini tashkil qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, inson
miyasi kognitiv mashina sifatida hikoyalarni qabul qiladi, saqlaydi va keyinchalik ularni takrorlaydi.
Bundan tashqari, inson rivoyat tuzilmalari orqali fikrlaydi va faktlarni hikoyaning kichik versiyalari
sifatida eslab qoladi. Faktlarning xotirada hikoyalar bilan birga mavjudligi analitik fikrlashning
asosiy sharti hisoblanadi [7].
Chet tilini hikoya aytish orqali o‘qitish metodi 1990-yillarda AQShning Kaliforniya shtatida
ispan tili o‘qituvchisi R.Bleynd (Ray Blaine) tomonidan taklif qilingan. Ushbu metod J.Asher
(J.W.Asher)ning to‘liq jismoniy javob metodi (TPR – Total Physical Response)ning modifikatsiyasi
sifatida yaratilgan bo‘lib, uning asosida o‘quvchilarda so‘z va imo-ishora orasida psixomotor
assotsiatsiyalarni shakllantirish orqali chet tilini osonroq tushunish yotadi. R.Bleynd TPR
qisqartmasiga yangi ma’no berdi, unga S harfini qo‘shdi (Storytelling) va o‘z metodini TPRS
(Teaching Proficiency through Reading and Storytelling – Hikoya va o‘qish orqali tilni o‘rganish)
deb atadi [1].
37
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR)
ISSN: 2181-2020
LPTIENP
International Scientific-Practice Conference on
“Linguistics and Pedagogical Technologies:
International Experience and National Practice”
Denau, November 20, 2025
in-academy.uz/index.php/ejar
R.Bleynga ko‘ra, storytelling sinfda birgalikda hikoya yaratish orqali amalga oshiriladi (spoken
class story), bunda o‘qituvchi oldindan tayyorlagan syujet ramkasini asos qilib oladi. O‘qituvchi
hikoyaning asosiy voqealarini aytadi va shu paytda o‘quvchilardan hikoyaga qo‘shimcha tafsilotlar
kiritishni so‘raydi, ularni hamkor-rivoyatchilar sifatida ishtirok ettiradi. Hikoya syujeti odatda
murakkab bo‘lmaydi. Odatda, bosh qahramonda boshlanishida bir muammo yuzaga keladi. Uni hal
qilish maqsadida u bir joydan ikkinchi joyga, keyin uchinchi joyga va hokazo harakat qiladi.
Syujetning asosiy vazifasi – o‘rganiladigan leksikani nutqda ko‘p marotaba takrorlash imkonini
yaratishdir [1].
Hikoya aytish jarayonida o‘qituvchi quyidagilarni amalga oshiradi:
Eng zaif o‘quvchiga qarab ishlaydi (barometer student);
O‘z nutqini 100% tushunarli qilishga erishadi (o‘quvchilar uchun tanish bo‘lgan leksika va
grammatikani ishlatadi, noverbal vositalarga tayanadi, o‘quvchilarning ona tilidan foydalanadi, sekin
gapiradi);
O‘z nutqining tushunilishini doimiy nazorat qiladi (o‘quvchilarning ko‘ziga qaraydi,
tushunishni tekshirish uchun savollar beradi, tushunmagan hollarda shartli imo-ishora qilishni
so‘raydi, o‘quvchilardan so‘zlarini ona tiliga tarjima qilishni so‘raydi);
Maqsadli leksikani nutqda ko‘p marotaba takrorlaydi (50–100 marta);
Qisqa (5 soniyadan oshmaydigan) grammatik eslatmalarni takrorlaydi (pop-up grammar);
Hikoyada berilgan mavzular doirasida har bir o‘quvchiga maxsus savollar beradi;
Sinfda iliq va erkin muhit yaratadi;
Hikoyani sahnalashtirishni so‘raydi;
O‘quvchilar bilan sinf bo‘ylab harakat qiladi, qahramonlarga taqlid qiladi;
Har bir o‘quvchi materialni 100% o‘zlashtirgandan so‘nggina bir o‘quv bosqichidan
ikkinchisiga o‘tadi [4].
R.Bleynga taalluqli storytelling texnologiyasi, shubhasiz, qiziqarli hisoblanadi. U S.Krashen
(Stephen Krashen)ning chet tilini tabiiy egallash nazariyasi bilan mos keladi. Ushbu nazariyaga ko‘ra,
chet tilida erkin va to‘g‘ri so‘zlashish qobiliyati, o‘quvchilarning intellektual va til darajasiga mos
materialni ko‘p eshitish, o‘qish va muhokama qilish jarayonida shakllanadi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, qiziqarli kontent sifatida hikoyalar badiiy asar kompozitsiya
qoidalari asosida tuziladi va ularning asosiy elementi rivoyat qiluvchi syujetdir. Eng oddiy chiziqli
syujet kompozitsiyasida quyidagi qismlar ajralib turadi:
Ekspozitsiya: hikoya konteksti, ya’ni voqea vaqti/joyi, ishtirokchi shaxslar;
Qiziqarli nuqta: qahramonlar o‘rtasida qarama-qarshilikni keltirib chiqaradigan voqea;
Yechim: qarama-qarshilikning hal qilinishi [5].
Shuningdek, mutaxassislar hikoyalarning hayotiyligiga e’tibor qaratish lozimligini
ta’kidlashadi, shunda o‘quvchi yoki tinglovchi o‘zini qahramonlar bilan bog‘lay oladi. Syujetning
jonli va qiziqarli bo‘lishi uchun intriga, qahramon yo‘lida to‘siqlar va kutilmagan hodisalar,
shuningdek, axloqiy xulosa yoki saboq bo‘lishi kerak.
Chet tilini o‘rgatish uchun hikoyalar qisqa, dinamik va yetarlicha sodda, murakkab chigal
syujetlarsiz bo‘lishi lozim. Bunday hikoyalar sifatida ertaklar, rivoyatlar, miflar, afsonalar, masallar,
latifalar, filmlar yoki adabiy asarlardan syujetlar va epizodlar, memuarlar, insholar, qasida, she’rlar
va boshqa poetik asarlarni keltirish mumkin [6].
Hikoya aytish (storytelling) chet tillarini o‘qitishda samarali vosita sifatida katta ahamiyatga
ega. U o‘quvchilarning nutqini rivojlantirish, leksika va grammatika qobiliyatlarini mustahkamlash,
shuningdek, ijodiy va tanqidiy tafakkurini shakllantirishga yordam beradi. Shu bilan birga, hikoyalar
38
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR)
ISSN: 2181-2020
LPTIENP
International Scientific-Practice Conference on
“Linguistics and Pedagogical Technologies:
International Experience and National Practice”
Denau, November 20, 2025
in-academy.uz/index.php/ejar
real hayotiy kontekst bilan bog‘langan bo‘lib, o‘quvchilarning til va madaniyatni tabiiy tarzda
egallashiga xizmat qiladi.
Hikoyalarni tanlashda ularning qisqa, soda va dinamik bo‘lishi, shuningdek syujetda intriga,
to‘siqlar va axloqiy xulosa bo‘lishi muhim hisoblanadi. Hikoya aytish texnologiyasi o‘qituvchiga
sinfda interaktiv muhit yaratish, o‘quvchilarning faolligini oshirish va ularni individual ravishda
qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi. Shu tariqa, storytelling pedagogik vosita sifatida nafaqat chet
tilini o‘rgatishda, balki o‘quvchilarning kognitiv, ijtimoiy va madaniy rivojlanishida ham muhim rol
o‘ynaydi.
References:
1.
Blaine R., Seely C. Fluency through TPR storytelling: Achieving real language acquisition in
school. Berkeley, CА, 2014.
2.
Giddens A. Modernity and Self-Identity. Stanford: Stanford University Press. 1991.
3.
Maltese H. Teaching world language? Practice storytelling with animated shorts! Rubicon.
2016.
4.
Ress R. Storytelling and language learning. National Storytelling Network. 2016.
5.
Rinvolucri M. Story telling: The language teacher’s oldest technique. British Council, 2008.
6.
Rossiter M. Narrative and stories in adult teaching and learning. ERIC Digest. 2002.
7.
Schank R.C., Abelson R.P. Knowledge and memory: The real story. Hillsdale, 1995.
8.
Sheppard T. The storytelling frequently asked questions. Tim Sheppard’s Storytelling
Resources for Storytellers.
9.
Turdalieva, S. (2025). ENGLISH PROVERBS WITH PHYTOTHEMATIC HYBRID
COMPONENTS: SYNTACTIC ANALYSIS.
TAMADDUN NURI JURNALI
,
3
(66), 150-153.
10.
Wood J.D. Using stories to help children learn a foreign language. Granada, 2016.
11.
Вебер М. Избранные произведения / Пер. с немецкого. Сост., ред. Ю.Н. Давыдо- ва,
предисл. П.П. Гайденко. – М.: Прогресс, 1990.
12.
Салиева Л.К. Нарративный анализ. История и современность. Сферы прило- жения //
Вестник Московского университета. Серия 21: Управление (госу- дарство и общество). 2012.
№ 3. С. 116–128.
