178
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
MAKROIQTISODIY BARQARORLIK VA INVESTITSION MUHIT
O‘RTASIDAGI O‘ZARO BOG‘LIQLIK
Norqobilov Nusratilla Norsaitovich
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Makroiqtisodiy siyosat va prognozlashtirish”
kafedrasining mustaqil izlanuvchisi dotsent.
orcid: 0009-0006-5045-1194
tel.998-99- 410-15-58
https://doi.org/10.5281/zenodo.17512759
Annotatsiya
: Mazkur makroiqtisodiy barqarorlikning investitsion muhit shakllanishiga ta’siri hamda
ularning o‘zaro uzviy bog‘liqligi nazariy va amaliy jihatlari bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar berilgan.
Kalit so‘zlar:
makroiqtisodiy barqarorlik, investitsion muhit, iqtisodiy o‘sish, inflyatsiya, pul-kredit
siyosati, fiskal barqarorlik, investitsiya riski.
Аннотация:
Разработаны научно-практические предложения по теоретическим и практическим
аспектам влияния макроэкономической стабильности на формирование инвестиционного климата и их
взаимозависимости.
Ключевые слова:
макроэкономическая стабильность, инвестиционный климат, экономический
рост, инфляция, денежно-кредитная политика, фискальная стабильность, инвестиционный риск.
Annotation:
Scientific and practical proposals are made on the theoretical and practical aspects of the
impact of macroeconomic stability on the formation of the investment climate and their interdependence.
Keywords:
macroeconomic stability, investment climate, economic growth, inflation, monetary policy,
fiscal stability, investment risk.
Kirish
Jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayonlarining chuqurlashuvi, iqtisodiy munosabatlar tizimining
murakkablashuvi va investitsiyalar oqimining bozordagi vaziyatga tezkor moslashuvi sharoitida
makroiqtisodiy barqarorlik va investitsion muhit o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik masalasi dolzarb ilmiy-amaliy
ahamiyat kasb etmoqda. Har qanday iqtisodiyotning raqobatbardoshligi va barqaror o‘sish sur’atlariga
erishishi, avvalo, milliy iqtisodiy siyosatning samaradorligi va investitsiyalar uchun qulay sharoitlarning
yaratilganligi bilan belgilanadi.
Makroiqtisodiy barqarorlik fiskal va monetar siyosat muvozanati, inflyatsiya darajasining nazorat ostida
bo‘lishi, milliy valyutaning nisbiy mustahkamligi, davlat qarzining optimal darajada boshqarilishi kabi omillar
orqali ta’minlanadi. Bularning barchasi mahalliy va xorijiy investorlar ishonchini oshiruvchi asosiy
makrofundamentlar sifatida maydonga chiqadi. Shu bois investitsion qarorlar qabul qilinishi jarayonida
makroiqtisodiy xavfning past bo‘lishi kapital oqimlari faolligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Boshqa
tomondan,
investitsion
muhitning
takomillashuvi-biznes
yuritish
sharoitlarining
soddalashtirilishi, huquqiy kafolatlar mustahkamlanishi, soliq va moliyaviy imtiyozlar tizimining rivoji o‘z
navbatida iqtisodiyotda barqaror o‘sish uchun mustahkam asos yaratadi. Qulay investitsion muhit kapital
qo‘yilmalarini ko‘paytirib, ishlab chiqarish hajmlarini kengaytiradi, bandlikni oshiradi va innovatsion
rivojlanishga xizmat qiladi.
Shu nuqtayi nazardan, makroiqtisodiy barqarorlik va investitsion muhitning integratsiyalashgan holda
rivojlanishini tahlil qilish milliy taraqqiyot strategiyalarini amalga oshirishda muhim ilmiy-uslubiy vazifa
hisoblanadi. Ushbu tadqiqot aynan makroiqtisodiy barqarorlik omillarining investitsion faollikka ta’sir
mexanizmlarini aniqlash hamda investitsion muhitni yanada yaxshilash bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar
ishlab chiqishga qaratilgan (1-jadval).
Makroiqtisodiy barqarorlik va investitsion muhit o‘rtasidagi bog‘liqlikning tahlili
1
(1-jadval)
№
Tahlil yo‘nalishi
Makroiqtisodiy
ta’sir omillari
Investitsion
muhitga ta’siri
Natija
1
Macroeconomic Stability and Inclusive Growth in Developing Economies (IMF Working Paper, 2021).
179
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
1
Pul-kredit barqarorligi
Past
inflyatsiya,
barqaror
foiz
stavkalari
Investitsiya
risklari kamayadi
Kapital
qo‘yilmalar ortadi
2
Fiskal barqarorlik
Byudjet
taqchilligining
nazorati,
davlat
qarzining
maqbul
darajasi
Investorlar
ishonchi
kuchayadi
Uzoq
muddatli
investitsiyalar
ko‘payadi
3
Valyuta barqarorligi
Milliy
valyutaning
keskin
tebranishlarining
oldini olish
Valyuta
risklari
kamayadi
Tashqi investitsiya
oqimi kuchayadi
4
Huquqiy muhit
Sodiq
va
barqaror
tartibga solish, mulk
huquqi kafolati
Biznes muhitining
jozibadorligi
ortadi
Xorijiy investorlar
soni oshadi
5
Iqtisodiy o‘sish sur’atlari
YaIM
o‘sishining
barqarorligi
Bozor sig‘imi va
rentabellik oshadi
Investitsion faollik
kuchayadi
1-jadvalda pul-kredit barqarorligi inflyatsiya va foiz stavkalarining boshqarilishi orqali investitsiya
risklarini kamaytiradi va kapital qo‘yilmalar oqimini rag‘batlantiradi.
Fiskal barqarorlik - davlat byudjeti va qarz siyosatining muvozanatli yuritilishi- investorlar ishonchini
oshirib, uzoq muddatli sarmoyalarning ko‘payishiga sabab bo‘ladi.
Valyuta barqarorligi tashqi investorlar uchun valyuta xatarlarini cheklab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy
investitsiyalar oqimini kuchaytiradi.
Huquqiy muhitning barqarorligi va mulk huquqlarining kafolatlanishi biznes yuritish xavfini sezilarli
kamaytiradi va mamlakat investitsion jozibasini oshiradi.
Bundan tashqari, barqaror iqtisodiy o‘sish bozor sig‘imi va rentabellikni oshirib, investitsion faollikning
ortishiga xizmat qiladi (2-jadval).
Investitsion muhitga ta’sir qiluvchi institutsional omillar tahlili
2
(2-jadval)
№
Institutsional
omil
Mavjud holat /
Muammolar
Takomillashtirish
yo‘nalishlari
Kutilayotgan natija
1
Huquqiy muhit
Tartibga solish tizimi
murakkab, huquqiy xavf
mavjud
Mulk huquqi
kafolatlarini
kuchaytirish,
soddalashtirilgan
ruxsatnomalar
Investorlar ishonchi
oshadi
2
Boshqaruv va
shaffoflik
Korrupsiya xavfi,
byurokratiya
Raqamlashtirish, Ochiq
ma’lumotlar
platformalari
Muhitning shaffofligi
va samaradorligi
oshadi
3
Soliq va bojxona
siyosati
Jarayonlar murakkab,
xarajatlar yuqori
Soliq rag‘batlari,
soddalashtirilgan
deklaratsiya
Investitsiya
jozibadorligi
kuchayadi
4
Moliyaviy
infratuzilma
Moliyalashtirish
imkoniyati cheklangan
Kapital bozori va
fintechni rivojlantirish
Loyiha
moliyalashtirish
qamrovi kengayadi
2
Юсупова Д. Т., Юсупов А. Р .Совершенствование механизма привлечения иностранных инвестиций в
Республику Узбекистан -.. “Экономика и социум”, 2022 yil.
180
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
5
Mehnat bozori va
kadrlar
Malakali mutaxassis
yetishmovchiligi
Kasbiy ta’lim va
innovatsion kadrlarga
sarmoya
Mehnat unumdorligi
oshadi
6
Raqobat muhiti
Monopoliya elementi
yuqori
Antimonopol siyosatni
kuchaytirish
Bozor samaradorligi
va mahsulot sifati
oshadi
7
Siyosiy
barqarorlik
Geosiyosiy xatarlar ta’siri
mavjud
Barqaror iqtisodiy
siyosat davomiyligi
Uzoq muddatli
investitsiyalar
ko‘payadi
2-jadvalda investitsion muhitning sifatli va jozibador bo‘lishi institutsional omillarning qay darajada
rivojlanganligi bilan chambarchas bog‘liq.
Avvalo, huquqiy muhitning barqarorligi va mulk huquqlarining ishonchli himoyasi investorlar uchun
eng asosiy kafolat bo‘lib xizmat qiladi. Tartibga solish tizimidagi murakkabliklarni bartaraf etish investitsion
risklarni kamaytiradi va sarmoya oqimini kuchaytiradi.
Davlat boshqaruvida shaffoflikning pastligi va byurokratik to‘siqlar investitsion jarayonlarni
sekinlashtiradi. Jarayonlarning raqamlashtirilishi va ochiq ma’lumotlar ekotizimining shakllanishi biznes
muhiti samaradorligini sezilarli oshiradi.
Soliq va bojxona
siyosatining soddalashtirilishi investorlar xarajatlarini kamaytirib, investitsion
jozibadorlikni orttiradi.
Soliq rag‘batlari yangi startaplar va ishlab chiqarish loyihalarini jalb qilishda muhim rol o‘ynaydi.
Shuningdek, moliyaviy infratuzilmaning rivojlanmaganligi loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlarini
cheklaydi. Kapital bozori va fintech xizmatlarini rivojlantirish investitsiya oqimini kengaytirib, iqtisodiyotning
barcha bo‘g‘inlariga kapital yetkazib beradi.
Kadrlar tayyorlash sifati oshirilsa, mehnat unumdorligi kuchayadi va iqtisodiy o‘sish tezlasha boshlaydi.
Raqobat muhitining sustligi monopoliya xavfini kuchaytiradi. Antimonopol siyosat kuchaytirilishi
mahsulot sifati va narx barqarorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, siyosiy barqarorlik
sarmoyadorning uzoq muddatli ishonchini ta’minlash uchun asosiy
omil hisoblanadi. Barqaror davlat siyosati investitsiyalarning barqaror kirib kelishini rag‘batlantiradi.
Makroiqtisodiy barqarorlik va investitsion muhitni yaxshilashni amalga oshirish uchun quyidagi
takliflarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:
-inflyatsiyani nazorat qilishning bozor mexanizmlarini kuchaytirish lozim;
-byudjet intizomini oshirish va davlat qarzini barqaror boshqarish zarur;
-pul-kredit siyosatida prognoz qilinuvchanlikni ta’minlash lozim;
-biznes yuritish sharoitlarini soddalashtirish zarur;
- mintaqalarda investitsion infratuzilmani yaxshilash lozim
-mahalliy investitsion loyihalarga davlat-xususiy sheriklik asosida ko‘mak berish maqsadga muvofiq.
Makroiqtisodiy barqarorlik va investitsion muhit o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik milliy iqtisodiyotning
barqaror va yuqori sur’atlarda rivojlanishida hal qiluvchi omil sifatida maydonga chiqadi.
Barqaror pul-kredit siyosati, past inflyatsiya, davlat byudjetining muvozanatli yuritilishi, valyuta
bozorining barqarorligi hamda siyosiy ishonchlilik investorlar uchun xavf va noaniqliklarni kamaytiradi. Bu
esa kapital oqimlari hajmining oshishiga, iqtisodiyotning investitsion jozibadorligining kuchayishiga xizmat
qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: O‘zbekiston, 2018.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. Toshkent:
“O‘zbekiston”, NMIU, 2019. – 64 b.
181
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
3.
Salamon L.M. The Tools of Government: A Guide to the New Governance. – Oxford: Oxford University
Press, 2002. 688 p.
4.
Юсупова Д. Т., Юсупов А. Р. Совершенствование механизма привлечения иностранных
инвестиций в Республику Узбекистан // Экономика и социум. – 2022. № 5 (96). yil
5.
Рахманов Б. Б. Институциональные основы мотивации прямых иностранных инвестиций в
экономику Узбекистана // Central Asian Journal of Education and Innovation. 2024. yil
6.
Иногамова М. С. Инвестиционный потенциал как фактор повышения инвестиционной
привлекательности // Иқтисодий тараққиёт ва инновацион технологиялар. 2021. yil.
