281
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
BUDJET TASHKILOTLARIDA BUDJET VA BUDJETDAN TASHQARI
MABLAG‘LAR BO’YICHA DAROMADLAR VA XARAJATLAR
SMETALARI HAMDA SHTATLAR JADVALINI TUZISH, TASDIQLASH
VA TAQDIM ETISH TARTIBI
Tilovova Shahnoza Soibqiron qizi
Denov Tadbirkorlik va Pedagogika instituti
Tadbirkorlik va Boshqaruv fakulteti
Buxgalteriya hisobi va audit yo‘nalishi
7-BH-22 guruh talabasi
Tel:+998912398949
Yuldashova Farangiz Taxirovna
Denov Tadbirkorlik va Pedagogika instituti
Tadbirkorlik va Boshqaruv fakulteti
Buxgalteriya hisobi va audit yo‘nalishi
7-BH-22 guruh talabasi
Tel:+998938729599
E-mail:
https://doi.org/10.5281/zenodo.17520305
Annotatsiya:
Ushbu tezisda xarajatlar smetasi, unga kiritiladigan xarajatlar turlari, budjet va budjetdan
tashqari mablag‘larning taqsimlanishi, shtatlar jadvali, tuzilishi va tarkibi to’g’risida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so‘zlar:
Xarajatlar smetasi, shtatlar jadvali, budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar
Kirish.
Budjet tashkilotlari faoliyati davlat tomonidan moliyalashtiriladigan va ijtimoiy sohalarda xizmat
ko‘rsatuvchi muassasalar faoliyatini samarali tashkil etishning asosiy moliyaviy mexanizmlaridan biridir.
Ularning moliyaviy resurslari asosan davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hamda budjetdan tashqari
manbalar hisobiga shakllanadi. Shuning uchun daromad va xarajatlar smetalarini tuzish, tasdiqlash va taqdim
etish tartibi bu tashkilotlar uchun eng muhim jarayonlardan biri hisoblanadi. Budjet tashkilotlarining moliyaviy
rejasi sifatida smeta va shtatlar jadvali muhim hujjatlar sirasiga kiradi. Ular yordamida tashkilot o‘z faoliyatini
moliyaviy jihatdan rejalashtiradi, mablagʻlarning maqsadli ishlatilishini taʼminlaydi va davlat tomonidan
ajratilgan resurslar ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Xarajatlar smetasi – tashkilotlar tomonidan joriy moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan hujjat bo‘lib,
unda tashkilotlar uchun xarajatlar moddalari bo‘yicha ko‘zda tutilgan budjetdan ajratilgan mablag‘lar
(xarajatlar rejasi) aks ettiriladi. Budjet tashkilotlari tomonidan belgilangan tartibda budjet va budjetdan
tashqari mablag‘lar daromadlari va xarajatlari bo‘yicha smetalari tuziladi va tasdiqlanib ijrosi ta’minlanadi.
Bunda O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetlarida hamda
mahalliy budjetlarda turuvchi tashkilotlarni moliyalashtirish, ular uchun tasdiqlangan xarajatlar smetalari
asosida amalga oshiriladi.
Budjet smetasi — bu budjet tashkilotining maʼlum bir moliya yili uchun moʻljallangan daromadlari va
xarajatlarini belgilovchi asosiy moliyaviy hujjatdir. Smetada tashkilotning faoliyatini amalga oshirish uchun
zarur bo‘lgan barcha xarajatlar turlari aniq tasnif asosida keltiriladi. Xarajatlar smetasi, daromadlar va
xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetalari, jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va
xarajatlar smetasi, jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetalari, shuningdek shtat jadvallari va jamlanma shtat
jadvallari soʻmda tuziladi. Xarajatlar smetasini tuzish boʻyicha ishlarni tashkil etish davomida Oʻzbekiston
Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi vazirliklari, qoʻmitalari va idoralari, tegishli hokimiyatlarning
boshqarma va boʻlimlari oʻzlariga boʻysunuvchi tashkilotlarga budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari va
iqtisodiyot va moliya organining mazkur masala boʻyicha koʻrsatmalaridan kelib chiqib, kelgusi yil uchun
smetalarni tuzish tartibi va muddatlari toʻgʻrisida koʻrsatmalar beradi.
1
Budjet smetasi quyidagi maqsadlarda tuziladi:
✓
Tashkilot faoliyatining moliyaviy asoslarini belgilash;
1
282
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
✓
Ajratiladigan mablagʻlardan oqilona foydalanishni taʼminlash;
✓
Budjet ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish;
✓
Xarajatlarning iqtisodiy tasnifini to‘g‘ri aks ettirish.
✓
Budjet smetasi davlat g‘aznachiligi orqali moliyalashtirishning asosiy hujjati sifatida xizmat
qiladi.
Budjetdan tashqari mablagʻlar — bu tashkilotning to‘lovli xizmatlar, xo‘jalik faoliyati, homiylik mablagʻlari,
xalqaro grantlar, shuningdek, boshqa qonuniy manbalar hisobiga olingan tushumlaridir.
Bu mablagʻlar hisobidan:
✓
qo‘shimcha moddiy-texnik bazani mustahkamlash,
✓
xodimlarni rag‘batlantirish,
✓
ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaxshilash,
✓
kapital taʼmirlash va boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin.
Budjetdan tashqari mablagʻlar bo‘yicha alohida smeta tuziladi. Unda mablagʻ manbalari, rejalashtirilgan
daromadlar, xarajatlar yo‘nalishlari aniq ko‘rsatiladi. Bu smeta ham Moliya organlari bilan kelishilgan holda
tasdiqlanadi. Budjet tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3 -sentyabrdagi
414-sonli “Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga
(О‘zbekistоn Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 26 apreldagi 122-sоnli qarоriga asоsan qayta
tahrirlangan
2
) muvоfiq byudjet tashkilоtlarini byudjetdan mablag‘ bilan ta’minlash tartibi belgilab berilgan.
3
Xarajatlarning quyidagi guruhlari Davlat budjeti mablag‘i bilan ta’minlanadi:
I. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar (bolali oilalarga nafaqalar va kam ta’minlangan oilalarga
moddiy yordam, stipendiyalar va boshqalar);
II. Ish haqiga qo‘shimchalar;
III. Kapital qo‘yilmalar (Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan aniq ro‘yxatlarga muvofiq);
IV. Boshqa xarajatlar.
Yuqorida keltirilgan xarajat guruhlari asosida budjet tashkilotlari budjet mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar
smetalarini shakllantiradi.
Moliya organlari tomonidan belgilangan budjet parametrlari hamda tegishli ko‘rsatmasi asosida budjet
tashkilotlari bosh hisobchisi yoki iqtisodchisi tomonidan xarajatlar smetasi tuziladi.
4
Budjet tashkilotlari tomonidan moliya yili boshida xarajatlar smetasi tasdiqlangunga va ro‘yxatdan o‘tgunga
qadar vaqtinchalik xarajatlar smetasini tuzadi.
Vaqtinchalik xarajatlar smetasi
–
tashkilotlarning xarajatlar smetasi tasdiqlangunga va ro‘yxatdan
o‘tkazilgunga qadar amal qiluvchi hujjat bo‘lib, unda budjet tashkilotlari uchun ko‘zda tutilgan, qonunchilikka
o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda, har oyda avvalgi moliya yilining oxirgi choragidagi budjetdan
ajratiladigan mablag‘larning uchdan bir qismidan ortiq bo‘lmagan miqdorlardagi budjetdan ajratilgan
mablag‘lar (xarajatlar rejasi) aks ettiriladi;
Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari – qonunchilikda nazarda tutilgan budjetdan tashqari
manbalar hisobidan tashkilotlar ixtiyoriga kelib tushadigan mablag‘lardir. Budjet tashkilotlarida budjetdan
tashqari mablag‘lari tashkil bo‘lish manbaalari quyidagilardan iborat:
-Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;
-Tibbiyot muaasasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;
- Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov kontrakt shakli mablag‘lari;
- To‘lovlarning maxsus turlari bo‘yicha mablag‘lar;
- Boshqa budjetdan tashqari maxsus mablag‘lar.
2
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-son qaroriga
1-ilova “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar”
3
Ergasheva Sh. T., Turkmanоv A.S. “Budjet hisobi” darslik. Toshkent-2022
4
O'rolov Akmal Ismatullayevich “Budjet tashkilotlarida xarajatlar smetasini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish
asoslari” maqolasidan
283
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
Yuqorida keltirilgan budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha alohida-alohida daromadlar va xarajatlar
smetalari tuziladi.
Budjet tashkilotlarida smetalar quyidagi bosqichlarda tuziladi:
1. Dastlabki maʼlumotlarni yig‘ish – o‘tgan yillardagi smetalar, amaldagi narxlar, tariflar, lavozim maoshlari,
xizmatlar xarajatlari hisobga olinadi.
2. Normativ-huquqiy hujjatlarga tayangan holda rejalashtirish – xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligining “Budjet tashkilotlari xarajatlari tasnifi” bo‘yicha aniqlanadi.
3. Asoslovchi hujjatlar tayyorlanadi – xarajat moddalari bo‘yicha hisob-kitoblar, ehtiyoj tahlillari, narxlar
asoslari ilova qilinadi.
4. Tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlash uchun yuqori turuvchi organlarga taqdim etiladi.
Smetani tuzishda quyidagi asosiy xarajat moddalari kiritiladi:
✓
ish haqi va unga teng to‘lovlar;
✓
ijtimoiy sug‘urta ajratmalari;
✓
kommunal xizmatlar xarajatlari;
✓
ofis anjomlari, materiallar;
✓
kapital xarajatlar;
✓
xizmat safarlari, transport va aloqa xarajatlari.
Tuzilgan smetalar avval yuqori turuvchi tashkilot yoki bosh muassasa tomonidan ko‘rib chiqiladi. Shundan
so‘ng u tegishli moliya organi (viloyat, tuman moliya bo‘limi yoki Moliya vazirligi)ga tasdiqlash uchun taqdim
etiladi.
Tasdiqlash jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
✓
Moliya organi tomonidan smetadagi xarajatlarning iqtisodiy tasnif va normativlarga muvofiqligi
tekshiriladi;
✓
Zarurat bo‘lsa, tuzatishlar kiritiladi;
✓
Tasdiqlangan smeta Davlat g‘aznachiligiga taqdim etilib, moliyalashtirish shu asosda amalga
oshiriladi.
✓
Smetaning har bir bo‘limi bo‘yicha mablagʻlar ajratilishi G‘aznachilik orqali qat’iy nazorat ostida olib
boriladi.
Shtatlar jadvali – bu budjet tashkiloti xodimlarining lavozimlari, ularning soni, toifalari va ish haqi
miqdorini ko‘rsatuvchi rasmiy hujjatdir. Shtatlar jadvali smeta bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, undagi ish
haqi fondi smetadagi tegishli xarajat moddasiga mos bo‘lishi shart.
Shtatlar jadvali quyidagi tartibda tuziladi:
✓
Tashkilotning faoliyat hajmi va ish yuklamasiga qarab lavozimlar aniqlanadi;
✓
Har bir lavozim uchun belgilangan tarif razryadlari va stavkalar asosida ish haqi fondi hisoblanadi;
✓
Jadval yuqori turuvchi tashkilot bilan kelishiladi va moliya organi tomonidan tasdiqlanadi.
✓
Tasdiqlangan shtatlar jadvali asosida tashkilotda kadrlar soni shakllantiriladi, xodimlar ishga qabul
qilinadi va ularga ish haqi to‘lanadi.
✓
Tasdiqlangan budjet smetasi, budjetdan tashqari mablagʻlar smetasi hamda shtatlar jadvali quyidagi
tashkilotlarga taqdim etiladi:
✓
Yuqori turuvchi boshqarma yoki idora (tarmoq bo‘yicha nazorat uchun);
✓
Davlat g‘aznachiligi (moliyalashtirish uchun);
✓
Moliya organlari (hisobot va monitoring uchun).
Ushbu hujjatlar bo‘yicha o‘zgarishlar faqat tegishli organlar bilan kelishilgan holda kiritilishi mumkin.
Barcha jarayonlar “Davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi normativ hujjatlar
asosida amalga oshiriladi.
284
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
Budjet tashkilotlarining shtat jadvallarini ro’yxatdan o’tkazishda moliya organi normativ-huquqiy hujjatlar
bilan belgilangan shtat jadvallariga nisbatan ortiqcha shtat birliklarni qisqartirishi lozim. Aniqlangan
kamchiliklar bartaraf etilganidan keyingina ro’yxatdan o’tkazishni amalga oshirish lozim
5
Xulosa:
Budjet tashkilotlarida budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar bo‘yicha daromadlar va
xarajatlar smetalari hamda shtatlar jadvalini to‘g‘ri tuzish, tasdiqlash va taqdim etish — bu moliyaviy intizom,
shaffoflik va samaradorlikni ta’minlashning muhim garovidir. Smetaning to‘g‘ri rejalashtirilishi orqali
tashkilot faoliyatida mablagʻlarning maqsadli sarflanishi, davlat resurslarining tejab-tergab ishlatilishi hamda
moliyaviy barqarorlikka erishish imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, shtatlar jadvali orqali inson resurslari hisobini yuritish, xodimlar mehnatini adolatli
baholash va ish haqi fondini oqilona taqsimlash imkoniyati paydo bo‘ladi. Natijada budjet tashkilotlari
faoliyati samarali, tartibli va shaffof moliyaviy boshqaruv asosida olib boriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-son qaroriga
2.
1-ilova “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va
qoʻshimchalar”
3.
Ergasheva Sh. T., Turkmanоv A.S. “Budjet hisobi” darslik. Toshkent-2022
4.
A.A.Ostonokulov, K.Sh.Ibragimov, A.S.Tursunov “Budjet tashkilotlarida budjet hisobi” darslik
5.
O'rolov Akmal Ismatullayevich “Budjet tashkilotlarida xarajatlar smetasini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan
o‘tkazish asoslari” maqolasi
6.
“O‘zarxiv” agentligi sayti
7.
Lex.uz internet sayti
5
A.A.Ostonokulov, K.Sh.Ibragimov, A.S.Tursunov “Budjet tashkilotlarida budjet hisobi” darslik
