364
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
XO‘JALİK YURİTUVCHİ SUBYEKTLARDA SOLİQ MAJBURİYATLARİ
HİSOBİ
Yuldashova Farangiz Taxirovna
Denov Tadbirkorlik va Pedagogika instituti
7-BH-22 guruh talabasi
Tel:+998938729599
E.mail:farangiztaxirovna@gmail.com
Tilovova Shahnoza Soibqiron qizi
Denov Tadbirkorlik va Pedagogika instituti
7-BH-22 guruh talabasi
Tel:+998912398949
E.mail:shahnozatilovova9@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.17525761
Annotatsiya:
Mazkur tezisda xo‘jalik yurituvchi subyektlarda soliq majburiyatlarini hisobga olish
jarayonida aylanmadan olinadigan soliqning amaliy jihatlari, afzalliklari hamda mavjud muammolar ilmiy
asosda tahlil qilinadi.
Kalit so`zlar:
Aylanmadan olinadigan soliq, soliq majburiyatlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar,
buxgalteriya hisobi, soliq tizimi, raqamlashtirish, elektron hisobot, soliq imtiyozlari, fiskal barqarorlik, soliq
ma’murchiligi.
Hozirgi raqamli iqtisodiyot sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlarda soliq majburiyatlarini to‘g‘ri va
shaffof yuritish davlat moliya tizimining barqarorligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Buxgalteriya
hisobining zamonaviy axborot texnologiyalari asosida avtomatlashtirilishi moliyaviy intizomni
mustahkamlaydi, soliq hisobotlari aniqligini oshiradi hamda inson omiliga bog‘liq xatoliklarni kamaytiradi.
Soliq majburiyatlari hisobi buxgalteriya tizimining ajralmas qismi bo‘lib, korxonalarning davlat oldidagi
moliyaviy javobgarligini ifodalaydi. Bugungi kunda “e-Hisob”, “my.soliq.uz” kabi elektron platformalar soliq
organlari bilan axborot almashinuvini tezlashtirmoqda. ERP tizimlari, bulutli texnologiyalar va elektron
invoislar asosida hisobot yuritish esa soliqqa oid risklarni kamaytiradi. Soliq hisobining raqamlashtirilishi
korxonalarda ichki nazoratni kuchaytirish bilan birga davlat soliq siyosatini samarali amalga oshirishga xizmat
qiladi. Shu sababli bu yo‘nalishning o‘rganilishi ilmiy va amaliy jihatdan dolzarb hisoblanadi.
Soliq majburiyatlari hisobi — bu xo‘jalik yurituvchi subyektning davlat byudjeti va boshqa byudjetdan
tashqari jamg‘armalar oldidagi majburiyatlarini aniqlash, hisobga olish va hisobotda aks ettirish jarayonidir.
U Soliq kodeksi, “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonun hamda Moliya vazirligi tomonidan belgilangan
milliy buxgalteriya standartlariga asoslanadi.
Soliq majburiyatlari tarkibiga asosan quyidagilar kiradi:
-foyda solig‘i (yuridik shaxslar uchun);
-qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS);
-ijtimoiy soliq;
-jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (JShODS);
-mol-mulk, yer va suv soliqlari.
-Aylanmadan olinadigan maxsus soliq rejimi
Shu o’rinda biz xo‘jalik yurituvchi subyektlarda soliq majburiyatlari hisobini yuritishda soddalashtirilgan soliq
tizimi aylanmadan olinadigan soliq bo’yicha buxgalteriya hisobini yuritishda raqamli iqtisodiyot sharoitida
avtomatlashtirilgan soliq hisobotlarini shaklantirish va taqdim etishda mavjud muammolar ilmiy amaliy
yechimlari to’g’risida tadqiqot olib boramiz.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar aylanmadan soliq to‘lash tartibini qo‘llashda O‘zbekiston Respublikasi
Soliq kodeksining 461-moddasiga asosan soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan
jami daromadi bir milliard soʻmdan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari1 ushbu soliq
to‘lovchilari deb e’tirof etilishi belgilangan. Shuningdek soliq kodeksining 470-moddasiga asosan Soliqni
hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi belgilangan bo‘lib bunda hisobot
1
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 461-moddasi
365
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
davri yakunlari boʻyicha soliq summasi soliq davri boshidan ortib boruvchi yakun bilan soliq bazasining mos
soliq stavkasiga foiz ulushi sifatida hisoblab chiqariladi.
Soliq hisoboti soliq toʻlovchi tomonidan soliq hisobida turgan joyidagi soliq organiga quyidagi muddatlarda
taqdim etiladi:
1) hisobot davri yakunlari boʻyicha — hisobot davridan keyingi oyning oʻn beshinchi kunidan kechiktirmay;
2) soliq davri yakunlari boʻyicha — soliq davridan keyingi davrning 15-fevralidan kechiktirmay.
Hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha soliqni toʻlash tegishli hisobot (soliq) davri uchun soliq hisobotini
taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda majburiyatlar hisobini yuritishda soliq majburiyatlarini bajarishda va to‘g‘ri,
shaffof hisob yuritish muhim omil hisoblanadi. Shu o‘rinda mazkur tezisimizda olib borayotgan tadqiqot
mavzumiz doirasida majburiyatlar mazmun mohiyatini tushunish mavjud muammolarni bartaraf etish hamda
oldini olishda asosiy qadam sifatida qaraladi. Majburiyat - bu xo‘jalik subyektining amalga oshirilgan
harakatlari (bitimlar) natijasida shakllangan jalb qilingan mablag‘lar manbai bo‘lib, tovarlar, ko‘rsatilgan
xizmatlar yoki bajarilgan ishlar uchun kelgusi to‘lovlar uchun yuridik asos sifatida xizmat qiladi
2
.
Aylanmadan olinadigan solik tulovi summasi savdo va umumiy ovkatlashni korxonalari misolidan ko‘radigan
bo‘lsak olib borilgan savdo faoliyati turlari bo‘yicha ular uchun belgilangan soliq stavkasini har bir faoliyat
turiga to‘g‘ri keluvchi soliq solish bazasi summasiga kupaytirish orqalq topiladi. Aylanmadan olinadigan soliq
to‘lovi summasi yil boshidan boshlab o‘sish tartibida hisob-kitob yuritiladi. Jami hisoblangan soliq summasi
va oldingi xisob-kntob summasi o‘rtasidagi farq oxirgi xisobot davriga (chorakka) to‘g‘ri keladigan soliq
summasini bildiradi. Ushbu summaga buxgalteriyada quyidagi yozuv beriladi:
Debet 9810
«Daromad (foyda)dan soliqlar bo‘yicha xarajatlar»
Kredit 6410
“Byudjetga to‘lovlar bo’yicha qarzlar”.
Aylanmadan olinadigan soliq to‘lovining byudjetga o‘tkazib berilishiga buxgalteriyada quyidagicha yozuv
beriladi:
Debet 6410
“Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar”
Kredit 5110
«Hisob-kitob schoti».
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda aylanmadan olinadigan soliq hisobini yuritishda hozirgi kunda uchraydigan
asosiy muammolar (ayniqsa, kichik biznes segmentida) quyidagilardan iborat:
Xo‘jalik yurituvchi subtektlar AOS toʻlovchilar uchun daromad chegarasi (ayni paytda (1 milliard so'm))
mavjud. Bu chegaradan ozgina oshib ketish korxonani majburan QQS va Foyda soligʻi toʻlash rejimiga
oʻtkazadi, bu esa soliq yukini keskin oshirib yuborishi mumkin. Bu oʻtish davrida buxgalteriya hisobida katta
murakkabliklarni keltirib chiqaradi va oqibatida chegaraga yaqin ishlaydigan korxonalar oʻsishni toʻxtatishga
yoki daromadni yashirishga urinishi mumkin.
Shuningdek AOS rejimida boʻlgan subyektlar uchun buxgalteriya hisobi qisman soddalashtirilgan boʻlsa-da,
ularning hammasi baribir milliy buxgalteriya standartlari (MBHS) asosida toʻliq hisob yuritishga majburdir
(moliyaviy hisobotni topshirish talabi bor). Kichik tadbirkorlar va yakkka tartibdagi tadbirkorlar (YaTT) uchun
buxgalteriyani toʻliq yuritishga malakali kadr yoʻqligi yoki qimmatligi sababli hisobotlarda xatolar yuzaga
keladi.
Xulosa:
Aylanmadan olinadigan soliq xo‘jalik yurituvchi subyektlarning soliq majburiyatlarini soddalashtirish
va fiskal barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, bu soliq turini amaliyotda
qo‘llashda axborot texnologiyalarini keng joriy etish, nazorat tizimlarini avtomatlashtirish va kadrlar
malakasini oshirish zarur. AOS hisobini to‘g‘ri yuritish korxonalarning moliyaviy shaffofligini oshiradi, davlat
byudjetiga barqaror tushumlarni ta’minlaydi hamda soliq siyosatining samaradorligini kuchaytiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi. – T.: Adolat, 2024.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlari: www.soliq.uz
2
A.A.Karimov, J.E.Kurbanbayev, S.A.Jumanazarov “Buxgalteriya hisob” Darslik “Iqtisod Moliya” 2019 yil 516 bet.
366
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-dekabrdagi PQ–451-sonli qarori “Soliq
ma’murchiligini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.
4.
A.A.Karimov, J.E.Kurbanbayev, S.A.Jumanazarov “Buxgalteriya hisob” Darslik “Iqtisod Moliya” 2019 yil
5.
F.T.Abduvaxidov, I.N.Qo’ziyev, SH.X.Dadabayev “Buxgalteriya hisobi” 2019 yil
6.
M.SH.Mamatqulov, A.Z.Tabayev “Buxgalteriya hisobi” o’quv qo’llanma 2022 yil.
