413
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
MATERIALLARNI BAHOLASHNING BUXGALTERIYADAGI
AHAMIYATI
Shukurоv Zаfаr Nаzаrоvich
Denоv tаdbirkоrlik vа pedаgоgikа instituti
“Mоliyа vа bаnk ishi” kаfedrаsi kаttа о‘qituvchisi.
Zаfаr Shukurоv 3250@gmаil.cоm
https://doi.org/10.5281/zenodo.17526740
Annotatsiya:
Mazkur maqolada materiallarni baholash usullari va ularning buxgalteriya hisobidagi o‘rni
keng yoritilgan. Korxonalarda materiallar harakatining to‘g‘ri aks ettirilishi, moliyaviy natijalarining
haqqoniylik ko‘rsatilishi uchun baholashning turli usullaridan foydalaniladi. Har bir usulning o‘ziga xos
jihatlari, ustunlik va kamchiliklari tahlil qilinadi. Shuningdek, amaliy misollar asosida baholash natijalarining
moliyaviy hisob-kitoblarga ta`siri o‘rganiladi.
Kalit so‘zlar:
Materiallar, baholash, FIFO, LIFO, o‘rtacha og‘irlangan narx, buxgalteriya hisobi, moliyaviy
hisobot, zaxiralar, qiymat, narx.
Аннотация:
В данной статье освещаются методы оценки материалов и их роль в
бухгалтерском учёте. Для правильного отражения движения материалов на предприятиях и
достоверного представления финансовых результатов используются различные методы оценки, такие
как FIFO, LIFO и средневзвешенная стоимость. В статье проанализированы преимущества и
недостатки каждого метода, а также на практических примерах рассмотрено их влияние на
финансовую отчётность.
Ключевые слова:
материалы, оценка, FIFO, LIFO, средневзвешенная стоимость, бухгалтерский
учёт, финансовая отчётность, запасы, стоимость, цена.
Abstarct:
This article discusses methods of material valuation and their role in accounting. To accurately
reflect the movement of materials in enterprises and to present truthful financial results, various valuation
methods such as FIFO, LIFO, and the weighted average cost are used. The article analyzes the advantages and
disadvantages of each method and examines their impact on financial reporting through practical examples.
Key words:
materials, valuation, FIFO, LIFO, weighted average cost, accounting, financial reporting,
inventory, value, price.
Kirish.
Buxgalteriya hisobi har qanday xo‘jalik yurituvchi subyekt uchun muhim rol o‘ynaydi. Uning asosiy
vazifalaridan biri-moliyaviy holat va xo‘jalik jarayonlarini haqqoniy, aniq va ishonchli tarzda aks ettirishdir.
Ayniqsa, ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etadigan materiallar bu jarayonning ajralmas qismidir.
Materiallarni hisobga olish va baholash korxonaning foydasini rentabelligini va umumiy moliyaviy
ko‘rsatkichlarini belgilaydi.
Ishlab chiqarishning moddiy sharoitlaridan biri mehnat buyumlari hisoblanadi. Amalda ular materiallar
deb ataladi. Asosiy vositalardan farq qilib, materiallar bir ishlab chiqarish jarayonida o‘zining qiymatini to‘la
ravishda mahsulot tannarxiga o‘tkazadi. Xom – ashyo, asosiy va yordmachi materiallar, yoqilg‘i, extiyot
qismlar korxona aylanma mablag‘larni tashkil qiladi. Aylanma mablag‘larining korxona uchun umumiy
miqdori yuqori tashkilotlar, ya`ni tegishli vazirlik tomonidan belgilanadi. Materiallarning har bir turi bo‘yicha
normativ miqdori korxona tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Har bir ishlab chiqarish korxonasida
mahsulot ishlab chiqarish jarayonining to‘xtovsiz davom etib turishda belgilangan normativga rioya qilinishi
muhim ahamiyatga ega.
Xo‘jalik yuritishning yangi tizimi sharoitida moddiy boyliklardan foydalanish ustidan nazoratni
kuchaytirish, xujjatsizlikka qarshi kurash, mahsulot tannarxida moddiy xarajatlarning ulushini kamaytirib
borish masalalariga alohida e`tibor beriladi. Jumladan, moddiy va mehnat resurslarini to‘g‘ri, tejamli sarflash
xalq xo‘jaligini yanada rivojlantirishda, aholining moddiy farovonligini oshirishda muhim omildir.
Aytilganlar asosida materiallar hisobing vazifalariga quyidagilar kiradi:
1.Materiallarning harakati bilan bog‘liq o‘zgarishlarni o‘z vaqtida tegishli xujjatlarda rasmiylashtirish.
2.Materiallarni joylashda ularning to‘g‘ri sarflanishi ustidan nazorat olib borish.
3.Moddiy-texnika ta`minoti rejasinining bajarilishi ustidan nazorat olib borish.
414
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
4.Materiallarning ishlab chiqarishga to‘g‘ri berilishi va ularni sarflash meyyoriga rioya qilish ustidan
nazorat olib borish.
5.Mahsulot tannarxini hisoblashda sarflangan materiallarni kalkulyatsiya obektlari o‘rtasida to‘g‘ri
taqsimlash.
6.Ichki resusrlarni ishga solish maqsadida ortiqcha va foydalanilmayotgan materiallarni aniqlash va sotish.
Ushbu vazifalarni bajarishda korxonaning ta`minot tizimini va ombor xo‘jaligini tashkil qilishni
yaxshilash muhim rol o‘ynaydi.
Mavzuga oid adabiyotlar sharhi:
Materiallarni baholash buxgalteriya hisobining muhim tarkibiy
qismi bo‘lib, so‘nggi yillarda ushbu yo‘nalish bo‘yicha ilmiy izlanishlar soni ortib bormoqda. Baholash
usullarining moliyaviy hisobotga, soliq hisobiga, va boshqaruv qarorlariga ta’siri masalalari xalqaro va
mahalliy olimlar tomonidan chuqur o‘rganilmoqda.
1. Xalqaro adabiyotlar:
Xalqaro buxgalteriya hisobidagi yondashuvlar ko‘pincha MSFO (Xalqaro
moliyaviy hisobot standartlari) doirasida ko‘rib chiqiladi. MSFO 2-sonli standarti — “Zaxiralar” (Inventories)
— materiallar, tayyor mahsulotlar va boshqa zaxiralarning baholanishi va hisobga olinishi bo‘yicha asosiy
hujjat hisoblanadi. Bu standartda materiallarni baholashda FIFO
,
o‘rtacha og‘irlangan qiymat
,
va realizatsiya
bo‘yicha sof qiymat usullari ko‘rsatib o‘tiladi. LIFO esa ushbu standartlar doirasida tan olinmaydi.
1.Horngren, Sundem, Stratton kabi mashhur mualliflarning "Accounting" darsliklarida baholash
usullarining nazariy asoslari va ularning moliyaviy natijalarga ta’siri chuqur yoritilgan. Ular baholash usuli
tanlovi kompaniya foydasiga, zaxira qiymatlariga va soliq majburiyatlariga qanday ta’sir ko‘rsatishini statistik
misollar bilan izohlab bergan.
2.Needles & Powers (Financial Accounting) asarida esa materiallar harakati va ularga qo‘llaniladigan hisob
usullari solishtirma tahlil asosida ko‘rsatilgan. Mualliflar baholashda aniqlik va uzluksizlik tamoyillariga urg‘u
beradilar.
2. Mahalliy adabiyotlar
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Buxgalteriya
hisobi milliy standartlari (BHMS)” doirasida materiallarni hisobga olish va baholash tartiblari belgilab
berilgan. Xususan, BHMS №4 – “Zaxiralar” standarti, MSFOga muvofiq tarzda ishlab chiqilgan bo‘lib,
buxgalterlar uchun amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qiladi.
Mahalliy olimlardan X. Hasanov, M. Alimov, Sh. Nuriddinov, I. Saydullayev kabi mutaxassislarning
buxgalteriya hisobi bo‘yicha darslik va ilmiy maqolalarida materiallar bahosi va hisob usullarining iqtisodiy
va moliyaviy tahliliga e’tibor qaratilgan. Xususan:
•
X. Hasanovning “Buxgalteriya hisobi va moliyaviy tahlil” asarida materiallar hisobi amaliy misollar
asosida keng yoritilgan.
•
M. Alimov esa o‘zining maqolalarida materiallarni noto‘g‘ri baholash oqibatida yuzaga keladigan
buxgalteriya xatoliklari va ularning auditorlik tekshiruviga ta’sirini ko‘rsatadi.
Muhokama va natijalar
Materiallarning har bir turini tayyorlash, haqiqiy tannarxini hisoblash ko‘p mehnat va vaqt talab qilinadi.
Shuning uchun ham ko‘pchilik hollarda moddiy boyliklar joriy hisobda-o‘rtacha sotib olinishi bahosi, rejasi,
reja tannarxi bo‘yicha va boshqa baholarda baholanadi. Materiallarning haqiqiy tannarxi bilan o‘rtacha sotib
olinish bahosi yoki reja tannarxi o‘rtasidagi farq ularning guruhlari bo‘yicha alohida analitik schyotlarda
hisobga olinadi. Amaliyotda kompyuterlarning keng qo‘llanishi material zahiralari har bir turning haqiqiy
tannarxini hisoblash imkoniyatini yaratadi.
Materiallar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish
jarayonlarida asosiy resurslardan biri hisoblanadi. Ular ishlab chiqarish tannarxini shakllantirishda, hisob-kitob
yuritishda va korxonaning moliyaviy holatini tahlil qilishda muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli, materiallarni
baholash masalasi buxgalteriya hisobida alohida ahamiyatga ega.Turli baholash usullari orqali korxona
o‘zining aniq va ishonchli moliyaviy ma`lumotlariga ega bo‘ladi.
Materiallarni sintetik schyotida ishlab chiqarish zahiralarining sintetik hisobi joriy bahoda, ya`ni sotib
olinishi(tayyorlash) reja tannarxi, yoki o‘rtacha sotib olinishi bahosi bo‘yicha hisobga olinadi.Bunday hollarda,
o‘rtadagi farq “Materiallar qiymatidagi farqlar” schyotida aks ettiriladi.
415
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
4 – BHMS 9 -bandiga binoan «Material xarajatlari» elementida aks ettiriladigan sotib olinadigan material
qiymatliklarining xaqiqiy bahosi (qiymati) quyidagilardan tashkil topadi: sotib olish narxi, import bo’yicha
boj to’lovlari, mahsulotlarni sertifikatsiyalash xarajatlari, ta’minot va vositachilik tashkilotlariga to’lanmalar,
soliqlar (keyinchalik soliq organlaridan qaytarib olinadigan soliqlardan tashqari, masalan QQS), shuningdek
transport – tayyorlov xarajatlari, xizmat ko’rsatish xarajatlari va zahiralarni sotib olish bilan bevosita bog’liq
bo’lgan boshqa xarajatlar.
1
Materiallarni baholashning asosiy maqsadi — ularning qiymatini to‘g‘ri aniqlab, buxgalteriya hisobida
haqqoniy aks ettirishdir. Bu baholash orqali korxona o‘zining ishlab chiqarish tannarxini aniq hisoblaydi,
daromad va xarajatlar o‘rtasidagi farqni belgilaydi hamda moliyaviy hisobotlarda ishonchli ma’lumotlarni
taqdim etadi. Shuningdek, bu jarayon soliqqa tortish, audit va boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ham katta
ahamiyatga ega.
Materiallarni baholashda turli usullar qo‘llaniladi. Ularning har biri korxonaning hisob siyosatiga mos
ravishda tanlanadi. Asosiy usullar quyidagilardan iborat:
FIFO (First In, First Out) – birinchi kirgan material birinchi chiqadi. Bu usul inflyatsiya sharoitida foydali,
chunki eng eski (arzonroq) narxdagi material birinchi chiqariladi.
LIFO (Last In, First Out) – oxirgi kirgan material birinchi chiqadi. Bu usul inflyatsiya davrida ko‘proq
xarajat ko‘rsatadi va foyda kamayadi.
O‘rtacha og‘irlangan qiymat usuli – mavjud barcha materiallarning umumiy qiymati va miqdoriga qarab
o‘rtacha baho aniqlanadi. Bu usul oddiy va doimiy narxlarda foydali.
Misol:Korxonada oy mobaynida quyidagi materiallar partiyasi sotib olingan:
Sotib olingan sana
Miqdori
(dona)
Narxi
(so‘m)
Qiymati
(ming so‘m)
15.03.2025
1000
6000
6000
20.03.2025
1700
8000
13600
25.03.2025
1500
9000
13500
Jami
4200
33100
Хo’jalikda oy mobaynida 28000 ming so’mlik material sarflandi va omborda 5100 ming so’mlik material
qoldi. Ushbu materiallarning sarflanishini uch xil usulda hisoblab chiqamiz.
O’rtacha tortilgan (AVEKO) usulida bir xildagi har bir sarflangan materiallar birligining qiymati davr
boshiga qolgan va shu davr ichida sotib olingan yoki ishlab chiqarilganlarning o’rtacha tortilgan qiymatida
aniqlanadi. Хo’jalik yurituvchi subyektdagi vaziyatga qarab o’rtachasi davr oxirida yoki har bir qo’shimcha
qabul qilingani bo’yicha hisoblab topiladi.
AVEKO usulida materiallarni baholash tartibi
1-jadval.
Material sarfi
Miqdori
(dona)
Narxi
( so‘m)
Qiymati
(ming so‘m)
1-partiya
1000
6000
6000
2-partiya
1700
8000
13600
3-partiya
100
9000
9000
Jami sarflangan
material
2800
7666,67
21466,68
Ombordagi qoldiq
1400
7666,67
10733,34
AVEKO usuliga ko‘ra, materiallar o‘rtacha narx — 7666,67so‘m asosida baholandi. Jami 2800 dona
material sarflanib, ularning umumiy qiymati 21466,68 ming so‘mni tashkil etdi. Omborda 1400 dona material
1
4-BXMS.Tovar moddiy zahiralarini baholash.
416
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
qoldi
,
ularning qiymati ham shu narx bo‘yicha 10733,34 ming so‘m deb baholandi. Bu usul narxlar o‘zgarishini
tekislaydi va xarajatlarni barqaror ko‘rsatadi.
Hozirgi kundagi pulning qadrsizlanish davrida reja baholarini qo’llash tavsiya qilinmaydi. Bunday vaqtda
FIFO va AVEKO usullarini qo’llash ma’qul.
Bugungi kunda materiallarni ishlab chiqarishga hisobdan chiqarishda 4-BHMSning 17 – bandiga muvofiq
FIFO usulini qo’llashni tavsiya qilinadi. Bu usulda birinchi navbatda sotib olingan tovar-material zaxiralar
birligi birinchi sotiladi yoki ishlab chiqarishga sarflanadi va demak davr oxiriga qolgan tovar-material
zaxiralari – bu oxirgi sotib olingan yoki ishlab chiqarilganlardir.
2
FIFO usulida materiallarni baholash tartibi
2-jadval.
Material sarfi
Miqdori
(dona)
Narxi
( so‘m)
Qiymati
(ming so‘m)
1-partiya
1000
6000
6000
2-partiya
1700
8000
13600
3-partiya
100
9000
900
Jami sarflangan
material
2800
20500
Ombordagi qoldiq
1400
900
1260
FIFO tartibida birinchi kirgan material birinchi chiqariladi, shu asosda 1- va 2- partiya to‘liq. 3-partiya esa
faqat 100 dona sarflangan. Qolgan 1400 dona (3-partiyadan) omborda. Materiallar FIFO usulida to‘g‘ri
baholangan - sarflangan qiymat 2050 ming so‘m, ombordagi qoldiq esa 1260 ming so‘m.
Хalqaro andazalar tomonidan ТMZni hisobga olish va baholashda LIFO usulidan foydalanishga ruxsat
berilgan. Bu usulda oxirgi navbatda sotib olingan tovar – material zaxiralar (ТMZ) birligi birinchi sotiladi yoki
ishlab chiqarishga sarflanadi, demak davr oxiriga qolgan tovar – material zaxiralari birinchi sotib olingan yoki
ishlab chiqarilganlardir.
LIFO usulida materiallarni baholash tartibi
3-jadval.
Material sarfi
Miqdori
(dona)
Narxi
(so‘m)
Qiymati
(ming so‘m)
3 – partiya
1500
9000
13500
2 – partiya
1300
8000
10400
1 – partiya
-
-
-
Jami sarflangan
material
2800
23900
Ombordagi qoldiq:
1- partiyadan –
2- partiyadan –
Jami:
1000
400
1400
6000
8000
6000
3200
9200
LIFO usuliga ko`ra, oxirgi kirgan birinchi sarflanadi. 3 – partiya to‘liq 1500 dona va 2 – partiyadan 1300
dona jami – 2800 dona
,
23900 ming so‘mlik sarflangan
,
omborda faqat 2 – partiyadan 400 dona hamda 1-
partiyadan 1000 dona qolgan. LIFO bo‘yicha oxirgi kelganlar (3- va 2-partiya) birinchi sarflandi. Qoldiq faqat
1 va 2 -partiyadan.
3
2
4-BXMS.Tovar moddiy zahiralarini baholash.
3
Abduvaxidov F.T., Qo'ziyev I.N., Dadabayev Sh.X. Buxgalteriya hisobi. Darslik. - Т.: TDIU, 2019. - 403 b
417
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
Shunday qilib, xo’jalik yurituvchi subyektlarda materiallarni ishlab chiqarish xarajatlariga hisobdan
chiqarish va materiallarni baholash usuli ularning hisob siyosatida o’z aksini topmog’i lozim.
Materiallarning to‘g‘ri baholanishi korxonaning umumiy moliyaviy natijalariga bevosita ta’sir
ko‘rsatadi. Agar materiallar noto‘g‘ri baholansa, bu ishlab chiqarish tannarxining noto‘g‘ri hisoblanishiga,
foyda yoki zarar noto‘g‘ri ko‘rsatilishiga olib keladi. Shuning uchun, buxgalterlar materiallarning harakatini
hisobga olib, baholash usulini to‘g‘ri tanlashi zarur. Bu esa nafaqat ichki hisobotlar, balki soliq organlari va
investorlar uchun ham ishonchli axborot manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Xulosa:
Materiallarni baholash buxgalteriya hisobining muhim tarkibiy qismlaridan biridir. U material
resurslarining haqiqatga yaqin qiymatlarda aks ettirilishini ta’minlaydi. To‘g‘ri tanlangan baholash usuli
nafaqat ishlab chiqarish xarajatlarini aniq belgilash, balki foyda va zarar ko‘rsatkichlarini ishonchli hisoblash
imkonini beradi. Korxona faoliyatining muvaffaqiyati ko‘p jihatdan buxgalteriya hisobining to‘g‘ri
yuritilishiga bog‘liq bo‘lib, bunda materiallarni baholash alohida ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, bu
jarayonga professional va mas’uliyat bilan yondashish lozim.
Materiallarni baholash usullarining to‘g‘ri tanlanishi korxonaning moliyaviy barqarorligi, hisobotning
haqqoniyligi va soliq strategiyasiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Har bir usulning afzallik va kamchiliklari hisobga
olingan holda, korxona o‘ziga mos usulni tanlashi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida.” 2016 йил 13 апрель, ЎРҚ-404-
сон
2.
4-BXMS.Tovar moddiy zahiralarini baholash.
3.
Abduvaxidov F.T., Qo'ziyev I.N., Dadabayev Sh.X. Buxgalteriya hisobi. Darslik. - Т.: TDIU, 2019. - 403
b
4.
Tursunоv, N. (2013).
“Mоliyаviy tаhlil vа bоshqаruv.”
Tоshkent: Iqtisоdiyоti vа stаtistikа nаshriyоti.
5.
Qurbonov Z.N., Misirov K., Moliyaviy va boshqaruv hisobi. Darslik. –T.: Iqtisod-moliya, 2020. –756 b
6.
Karimov A., Kurbanbayev J., Jumanazarov S., Xalilov Sh. Moliyaviy hisob va hisobot. O‘quv qo‘llanma.
–T.:Iqtisod-moliya, 2019. - 400 b.
7.
Karimov A., Ibragimov A., Rizaev N., Imamova N. Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari. Darslik. - T.:
TMI. «Iqtisod-Moliya», 2020 y.306 b
8.
Kuljonov O., Ortiqov X., Yugay L., Tuxsanov X., M.Xayitboyev Moliyaviy hisob. O‘quv qo‘llanma. –T.:
Iqtisod-moliya, 2019. –480 b.
