Авторы

  • Diyorbek Jabborov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ejmtcs.138880

Аннотация

Ushbu ilmiy maqolada moliyaviy savotxonlikning ahamiyati qanday qilib oshirish usullari taqdim etiladi. Shu bilan birga moliyaviy savotxonlikni yo‘qligidan yoki yetishmasligidan yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolar ko‘rib chiqiladi va ularni oldini olish uchun bir necha yechimlar taqdim etadi.

background image

496

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

MOLIYAVIY SAVODXONLIKNI AHAMIYATI VA UNI OSHIRISH

USULLARI

Jabborov Diyorbek Baxodirovich

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti moliya va moliyaviy

texnologiyalar yo`nalishi 2 kurs talabasi.

tel: +998937942237. E-mail: jabborovdiyorbek07@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.17528645

Annotatsiya:

Ushbu ilmiy maqolada moliyaviy savotxonlikning ahamiyati qanday qilib oshirish

usullari taqdim etiladi. Shu bilan birga moliyaviy savotxonlikni yo‘qligidan yoki yetishmasligidan yuzaga
kelishi mumkin bo’lgan muammolar ko‘rib chiqiladi va ularni oldini olish uchun bir necha yechimlar taqdim
etadi.

Kalit so`zlar:

moliyaviy savodxonlik, byudjet boshqaruvi, jamg‘arma, investitsiya, kredit, moliyaviy

ta’lim, iqtisodiy barqarorlik.

Hozirgi kunda moliyaviy savotxonlik yetishmasligidan bir qancha muammolar yuzaga kelmoqda shular

jumlasidan ortiqcha qarzga botish, jamg‘arma va investetsiyaning yo‘qligi va moliyaviy firbgarlarga aldanish.
Bu kabi muammolarni hal qilish uchun biz bir necha choralarni ko‘rishimiz mumkindir, bular moliyaviy
savodxonlik darslarini ta’lim tizimiga kiritish, ommoviy axborot vositalari va internet orqali foydali
kontentlarni tarqatish va amaliy trening va seninarlar tashkil etish.

Qadim zamonlarda kim o‘qish va yozishni bilsa, savodxon kishi hisoblangan. Kishilik jamiyati

rivojlanishi va bilimni tarqalishi natijasida bunday ko‘nikmalar tabiiy hisoblanib, savodxonlik tushunchasi
qator yangi mazmun va ahamiyatga ega bo'lib bormoqda. Masalan, biz hozir kompyuter savodxonligi,
matematik savodxonlik, iqtisodiy savodxonlik va boshqa turdagi savodxonlik turlarini bilamiz. Shuning uchun
savodxonlik sohasidagi u yoki bu tushunchalarni bilish yetarli emas. Birinchi navbatda ularni mazmunini
tushunish, uni mantiqiy ketma-ketligini bilish va real hayotda ulardan foydalana olish muhimdir. Kundalik
hayot voqealari moliyaviy savodxonlikni zarurligini kundan-kunga isbotlab bormoqda. Moliyaviy savodxonlik
kishilarni moliyaviy mablag‘laridan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish va murakkab moliya dunyosida
to‘g‘ri qarorlar qabul qilishning zarurligi tulayli tanlab olindi. Yuqoridagi sabablarga ko‘ra moliyaviy
savodxonlik ta‘limjarayoni natijalarini baholashning xalqaro dasturlarini yangi tarkibiy qismi hisoblanadi.[1]

Moliyaviy savotxonlik yetishmasligidan bir qancha muammolar payda bo‘lmoqda. Birinchidan,

moliyaviy bilim yetishmagan fuqarolar hozirda kredit shartlarini tushunmagan holda, yuqori foizli qarz
oladilar banklardan. Natijada, olingan kreditni qaytarish jarayonida ko‘plab qiyinchiliklarga duch kelishadi.
Bu o‘z novbatida jamiat hamda fuqarolar uchun zararlidir. Ikkinchi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammo
bu jamg‘arma va investetsiyaning yo‘qligidir. Moliyaviy savodsiz odamlar oylik daromadlarini to‘liq sarflab
yuborishga ko‘roq moyil bo‘lishadi shu sababdan kelajak uchun zaxira yaratish ehtimollari juda kam bo‘ladi.
Agarda ishdan bo‘shatilsa yoki favqulotta tibbiy xarajatlarga muhtoj bo‘lib qolsa, pul topa olmay qiyin
vaziyatga tushib qolishadi. Yana bir muammolardan biri bu, bilimsiz odamlar “tez boyish”, va’da qiladigan
piramida va firibgarlik sxemalariga tushib qoladi. Misol uchun, bir oyda “50% foyda” degan noqonuniy
investitsiya kompaniyalariga pulini qo‘yib, hammasidan ayriladi.

Yuqoridagi muammolarni hal qilish uchun eng oqilona usul bu albatda moliyaviy savodxonlikni

oshirishdir. Moliyaviy savodxonlikni oshirishni birinchi usuli bu, maktab va oliy ta’lim dasturlariga shaxsiy
moliya asoslarini kiritish orqali yosh avlodga pulni to‘g‘ri boshqarish, jamg‘arish va qarzdan qochish kabi
ko‘nikmalarni berishdir. Qo‘shimchasiga, televizion ko‘rsatuvlar, gazeta-maqolalar, ijtimoiy tarmoqlarda
foydali kontentlar tarqatish aholining moliyaviy bilimini oshiradi. Bundan tashqari, mobil ilovalar va onlayn
kurslar orqali ham keng ommaga qulay sharoit yaratish mumkin. Hozirgi kunda deyarli barcha insonlar mobil
aloqa vositalaridan keng ko‘lamda foydalanib kelayotganini hisobga oladigan bo‘lsak, bu foydalanuvchilar
uchun hech qanday qiyinchilik tug‘dirmasdan moliyaviy savodxonlikka oid ma’lumotlarni o‘rganish va online
kurslarda qatnashish imkonini taqdim etadi.

Agarda biz O‘zbekiston xalqini yetarli darajada moliyaviy savodxonlikka ega bo‘lishini ta’minlay olsak,

hozirgi kunda sodir bo‘layotgan ko‘plab moliyaviy jinoyatlarni oldini olishimiz mumkindir. Moliyaviy
savodxonlikka ega bo‘lgan davlatda, hech mubolag‘a qilmasdan aytsak bo‘ladiki kambag‘allik sezilarli


background image

497

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

darajada qisqaradi. Moliyaviy savodxon fuqarolar o‘z mablag‘larini to‘g‘ri sarflay oladilar va kelajakda
o‘zlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy xavflarni oldindan o‘rganadilar. Bu esa o‘z o‘rinida
yuqorida takidlanganidek ham davlat ham fuqarolar uchun birdek foydalidir.

Aholining moliyaviy savodxonligini oshirish xalqaro iqtisodiy aloqalarda faol ishtirok etayotgan har bir

davlat, jumladan, bugungi kunda tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan O‘zbekiston uchun ham muhim omillardan
biridir. Shu bois hukumatning asosiy vazifalaridan biri fuqarolarga shaxsiy moliyaviy mablag‘larini samarali
boshqarish bo‘yicha zarur bilim va amaliy ko‘nikmalarni yetkazishdir. Bu esa, o‘z navbatida, jamiyat
a’zolarining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida teng va faol ishtirokini ta’minlaydi. Mazkur masalani hal
etish esa kompleks yondashuvni hamda hududiy tashkilotlarning turli bo‘linmalari va mutaxassislarini ushbu
jarayonga jalb etishni talab etadi.

Tan olishimiz kerakki, O‘zbekistonda aholining moliyaviy savodxonlik darajasi yuqori emas. Ammo,

so‘ngi vaqtlardagi moliyaviy va fiskal siyosatlarida aholining turmush tarzini o‘rganib, ularni holatini tushunib
amalga oshirilgan islohotlar natijasida aholi o‘rtasidagi moliyaviy savodxonlik kundan-kunga yaxshilanib
bormoqda.[2]

Xulosa:

Moliyaviy savodxonlik bugungi kunda har bir inson uchun eng zarur ko‘nikmalardan biridir.

U shaxsiy byudjetni samarali boshqarish, kelajak uchun jamg‘arish, investitsiya qilish va turli moliyaviy
firibgarliklardan himoyalanish imkonini beradi. Moliyaviy savodxonlik yetishmasligi esa ortiqcha qarzga
botish, jamg‘arma va investitsiyaning yo‘qligi hamda firibgarliklarga aldanish kabi jiddiy muammolarga olib
keladi. Shu boisdan, ta’lim tizimiga shaxsiy moliya asoslarini kiritish, ommaviy axborot vositalari va internet
orqali foydali bilimlarni targ‘ib qilish hamda amaliy trening va seminarlar tashkil etish orqali aholining
moliyaviy bilimlarini oshirish dolzarb vazifa hisoblanadi. Moliyaviy savodxonlik darajasi yuqori bo‘lgan
jamiyat esa iqtisodiy barqarorlik va taraqqiyot sari ishonchli qadam tashlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

A.V.Vaxabov, Sh. A. Toshmatov, N.X.Xaydarov, A.V.Vaxobov. ‘‘Moliyaviy savodxonlik asoslari’’

darslik Toshkent: Baktria press, 2013, 288b.
2.

Moliya tizimini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari. Ilmiy maqola 701-bet.