ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–6_ июня–2025
241
2181-
3187
GIPERTENZIYA KASALLIGINING COVID-19 INFEKSIYASIGA
CHALINGAN BEMORLARDAGI KECHISHI: ILMIY VA STATISTIK TAHLILI.
Teshaboyev Umidjon Abdukarimovich
Isroilov Farhodjon Ilhomjon o’g’li
Central Asian Medical University, assistent
uteshaboyev695@gmail.com
Annotatsiya. Ushbu maqolada gipertenziya (yuqori qon bosimi) kasalligiga
chalingan bemorlarda COVID-19 infeksiyasining klinik kechishi, murakkablanish
xavfi va o‘lim ko‘rsatkichlari tahlil qilingan. Turli mamlakatlarda olib borilgan
epidemiologik va klinik tadqiqotlar asosida gipertenziyaning COVID-19 bilan bog‘liq
sog‘liq xavflariga qanday ta’sir ko‘rsatishi o‘rganildi.
Kalit so‘zlar: gipertenziya, COVID-19, klinik kechish, asoratlar, o‘lim holatlari,
hamroh kasalliklar
Аннотация: В данной статье проанализированы клиническое течение, риск
осложнений и показатели смертности от инфекции COVID-19 у пациентов с
артериальной гипертензией (повышенным артериальным давлением). На основе
эпидемиологических и клинических исследований, проведённых в различных
странах, изучено влияние гипертензии на риски для здоровья, связанные с
COVID-19.
Ключевые слова: гипертензия, COVID-19, клиническое течение,
осложнения, смертность, сопутствующие заболевания
Annotation: This article analyzes the clinical course, risk of complications, and
mortality rates of COVID-19 infection in patients suffering from hypertension (high
blood pressure). Based on epidemiological and clinical studies conducted in various
countries, the impact of hypertension on health risks associated with COVID-19 has
been explored.
Keywords: hypertension, COVID-19, clinical course, complications, mortality,
comorbidity
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–6_ июня–2025
242
2181-
3187
Dolzarbligi: Gipertenziya kasalligi butun dunyo bo‘ylab sog‘liqni saqlash tizimi
uchun eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash
tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, har uchinchi katta yoshli insonda arterial
gipertenziya mavjud. Ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda bu kasallikning
aniqlanishi, nazorat ostiga olinishi va davolanishi past darajada bo‘lib, ko‘plab
asoratlar bilan kechadi.
COVID-19 pandemiyasi esa ushbu global muammoni yanada chuqurlashtirdi.
Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, surunkali kasalliklarga chalingan bemorlar,
xususan, gipertenziyasi bor shaxslar, COVID-19 infeksiyasiga chalinganida
kasallikning og‘ir kechishi, intensiv terapiyaga yotqizilish va o‘lim xavfi yuqori
bo‘ladi. Ayniqsa, pandemiyaning ilk bosqichida ushbu bemorlar orasida o‘lim darajasi
sezilarli darajada yuqori bo‘ldi.
Shu sababli, gipertenziya va COVID-19 o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni o‘rganish,
kasallikning patofiziologiyasini chuqur tahlil qilish va davolash protokollarini
yangilash zamonaviy tibbiyotning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Bunday
tadqiqotlar nafaqat klinik qarorlar qabul qilishda, balki sog‘liqni saqlash siyosatini
shakllantirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Yana bir dolzarb jihat - pandemiyadan keyingi davrda “long COVID” sindromi
fonida gipertenziyasi bo‘lgan bemorlarda yurak-qon tomir tizimi faoliyatining yanada
yomonlashuvi kuzatilmoqda. Bu esa kasallikning uzoq muddatli monitoringi va
reabilitatsiyasini tashkil qilish zaruratini tug‘diradi.
Demak, gipertenziya va COVID-19 infeksiyasi o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni chuqur
o‘rganish, bu kasalliklarning kompleks kechishini tushunish va individual yondashuv
asosida profilaktik, diagnostik hamda davolash choralari ishlab chiqish - zamonaviy
tibbiyotning dolzarb yo‘nalishlaridan biridir.
Tekshiruvning
maqsadi:
Covid-19
infeksiyasi
aniqlangan
bemorlarda
gipertenziya bilan og‘rigan bemorlarda kechishini o‘rganish va umumiy tahlil qilish.
Material va metodlar: Tadqiqot Farg‘ona shaxar 2 - sonli shifoxonasida 2020 yil
aprel - dekabr oylarida Covid-19 infeksiyasi aniqlanib murojat qilgan va davolanishga
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–6_ июня–2025
243
2181-
3187
olib kelingan 1109 nafar bemorlar kasallik varaqalaridan olingan ma’lumotlar asosida
Gipertenziya bilan og‘rigan bemorlar kasallik varaqalari ajratib olinib tahlil olib
borildi.
Kirish. COVID-19 pandemiyasi global sog‘liqni saqlash tizimlariga jiddiy bosim
o‘tkazdi. Surunkali kasalliklarga, xususan gipertenziyaga chalingan shaxslar bu
pandemiyadan eng ko‘p zarar ko‘rgan guruhlardan biridir. Gipertenziya yurak-qon
tomir tizimi uchun asosiy xavf omili bo‘lib, bu kasallik COVID-19 infeksiyasining
og‘ir kechishiga olib keluvchi omillardan biri hisoblanadi.
Gipertenziya va COVID-19: Patofiziologik asoslar. COVID-19 virusi (SARS-
CoV-2) inson organizmiga ACE2 (angiotenzin konvertaza fermenti 2) retseptorlari
orqali kiradi. Bu retseptorlar yurak, buyrak, o‘pka va qon tomir endoteliyida keng
tarqalgan. Gipertenziya bilan og‘rigan bemorlarda RAAS (renin-angiotenzin-
aldosteron tizimi) tizimining disbalansi mavjud bo‘lib, bu ACE2 ni pasaytiradi va
virusning ta’sirini kuchaytiradi (Hoffmann et al., 2020; Zhou et al., 2020).
RAAS tizimidagi disfunksiya gipertenziya bo‘lgan bemorlarda:
Endotelial disfunktsiyani kuchaytiradi,
Sitokin bo‘roni (inflammatsion reaksiyani) yuzaga keltiradi,
Koagulatsion buzilishlarga olib keladi,
Yurak va o‘pka shikastlanishini tezlashtiradi.
Xalqaro tatqiqotlar:
1. Filippindagi CORONA Tadqiqoti (2023). Filippinning 37 ta shifoxonasida
o‘tkazilgan retrospektiv kohort tadqiqotida 10,881 COVID-19 bemorining 33,5%ida
gipertenziya mavjudligi aniqlangan. Gipertenziya bilan og‘rigan bemorlarda in-
hospital o‘lim xavfi 1,33 barobar, nafas yetishmovchiligi xavfi 1,99 barobar, intensiv
terapiya bo‘limiga yotqizish ehtimoli 2,16 barobar va og‘ir/og‘ir shaklda kasallanish
ehtimoli 1,57 barobar yuqori bo‘lgan. Bundan tashqari, gipertenziya bo‘lgan
bemorlarning kasallikning og‘ir shakllariga chalinish va o‘limga uchrash ehtimoli
ancha yuqori ekanligi aniqlangan.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–6_ июня–2025
244
2181-
3187
2. Lagos, Nigeriyadagi Tadqiqot (2021) Lagosda o‘tkazilgan retrospektiv kohort
tadqiqotida gipertenziya bilan og‘rigan bemorlarda kasallikning og‘ir shakllari va
o‘lim xavfi sezilarli darajada yuqori bo‘lganligi aniqlangan. Gipertenziya bo‘lgan
bemorlarning 13,7% o‘lgan bo‘lsa, gipertenziya va boshqa surunkali kasalliklar bilan
og‘rigan bemorlarda o‘lim darajasi 27,5%gacha yetgan. Bu natijalar gipertenziya va
boshqa surunkali kasalliklarning COVID-19 ning kechishiga salbiy ta'sir ko‘rsatishini
ko‘rsatadi.
3. Ispaniyadagi Tadqiqot (2020) Ispaniyada o‘tkazilgan ko‘p markazli
retrospektiv tadqiqotda 12,226 bemor o‘rganilgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki,
gipertenziya bo‘lgan bemorlarda umumiy o‘lim xavfi 1,6 barobar yuqori bo‘lgan.
Shuningdek, angiotenzin-konvertaza fermenti ingibitorlari (ACEI) yoki angiotenzin II
reseptor blokatorlari (ARB) bilan davolangan gipertenziya bemorlarida o‘lim xavfi
boshqa dorilar bilan davolanganlarga nisbatan pastroq bo‘lganligi aniqlangan.
4. Vuhanda o‘tkazilgan Tadqiqot (2020) Vuhanda o‘tkazilgan retrospektiv
tadqiqotda 803 gipertenziya bilan og‘rigan COVID-19 bemorining klinik ma'lumotlari
tahlil qilingan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, o‘lim xavfi va yurak yetishmovchiligi xavfi
o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik mavjud. Sistolik qon bosimi va impuls bosimi yuqori
bo‘lgan bemorlarda yurak yetishmovchiligi xavfi oshganligi aniqlangan.
5. Birlashgan Qirollikdagi Tadqiqot (2022) Kembrij universitetida o‘tkazilgan
tadqiqotda gipertenziya bilan og‘rigan bemorlarda COVID-19 ning og‘ir kechish xavfi
22%ga yuqori bo‘lganligi aniqlangan. Ayniqsa, sistolik qon bosimi 150-159 mmHg
bo‘lgan bemorlarda og‘ir kasallanish xavfi 91%ga oshgan. Bundan tashqari, dori
vositalarining turi COVID-19 ning kechishiga ta'sir qilmasligi ko‘rsatilgan.
6. Jahon Tadqiqotlari (2022) 1468 ta tadqiqotdan iborat 52 ta meta-tahlilda
1,281,510 COVID-19 bemori o‘rganilgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, gipertenziya
bo‘lgan bemorlarda o‘lim xavfi 1,79 barobar, kasallikning og‘ir shakllari xavfi 1,74
barobar va intensiv terapiya bo‘limiga yotqizish ehtimoli 1,91 barobar yuqori bo‘lgan.
Bu gipertenziya va COVID-19 ning o‘zaro ta'sirini yanada kuchaytiradi.
Olingan natijalar va ularning tahlili.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–6_ июня–2025
245
2181-
3187
Izlanishlar davomida Farg‘ona shahar 2-sonli shifoxonasida aprel-dekabr oylarida
Covid-19 infeksiyasi aniqlanib murojat qilgan taxminan 1109 nafar bemorlarda olib
borildi. Bemorlarning o‘rtacha yoshi taxminan 48 yosh bo‘lib tashkil qilgan.
Kuzatuvga olingan bemorlarda koronavirus infektsiyasining klinik belgilari va hamrox
kasalliklarning klinik ko‘rinishi o‘rganildi. Kuzatuvimizdagi bemorlarning
kasallikning dastlabki kunlaridagi shikoyatlari va surunkali kasalliklar bilan kasallinish
darajasi statistik usulda tahlil qilindi.
Kasallikning bemorlarda yoshi bo‘yicha uchrashi quyidagicha ko‘rinishda bo‘ldi:
Kasallikning bemorlarda yoshi bo‘yicha uchrashi quyidagicha ko‘rinishda bo‘ldi:
0-9 yosh (1%) – 8 nafar,
10-19 yosh (2%) – 19 nafar
20-29 yosh (6%) – 72 nafar
30-39 yosh (18%) – 203 nafar
40-49 yosh (19%)– 210 nafar
50-59 yosh (23%) – 253 nafar
60-69 yosh (21%) – 235 nafar
70 yosh – va undan kattalar (10%) – 109 nafar bemorlarni tashkil etdi.
Tahlillardan shifoxonaga 30 yosda 70 yoshgacha bo‘lgan bemorlar soni ko‘pligi
ko‘rinib turibdi.
Bemorlarda kasallikni og‘ir - yengil darajada o‘tishi hamroh kasalligi bilan ham
bog‘liq bo‘lgan. 407 nafar kasallanganlarda hamroh kasalliklari borligi aniqlangan.
Bunda asosan 140 nafar bemorlar gipertoniya kasalligi, 26 nafar bemorni qandli diabet,
7 nafar bemorda miokard infarkti, 9 nafar bemorda semizlik, 223 nafar bemorda boshqa
turli xil hamroh kasalliklari asosan
- surunkali bronxit, pnevmaniya,
bronxopnevmoniya, shifoxonadan tashqari o‘tkir pnevmaniya, bronxial astma, o‘tkir
faringit, yurak ishemik kasalliklari, stenokardiya, yurak ishemik kasalligi sindromi, 12
barmoqli ichak kasalliklari, siydik yo‘li kasalliklari, anemiya, 2- gurux nogironligi bor
bemorlarda kuzatilgan.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–6_ июня–2025
246
2181-
3187
Bundan ko‘rinib turibdiki hamroh kasalligi bor bemorlarning 55% da gipertatiya
kasalligi borligi aniqlangan. Kasallikni kechishi nisbatan og‘ir kechgan. Ammo
kasallikni kechishida immunitetning ro‘li xam muxum ahamiyat kasb etgan.
Immuniteti mustahkam kishilarda kasallik yengil o‘tgan.
Kasallikni davolashda malakali shifokor har bir bemor uchun alohida-alohida
dorilar bilan davolash kursini tanlaydi. Davolash paytida bemorlar har qanday stress
yoki hissiy zo‘riqishdan yiroq bo‘lganlari ma’qul. Bemorlar ochiq havoda: hovuz
atrofida, bog‘da, o‘rmonda sayr qilishlari tavsiya etiadi. To‘g‘ri ovqatlanish
gipertoniyani muvaffaqiyatli davolashda muhim hisoblanadi.
Bundan tashqari barcha kasalliklar kabi gipertaniyada xam sog‘lom ovqatlanishga
rioya qilishimiz zarur ayniqsa covid 19 pandemiyasi vaqtida xar ikki kasallikni ham
oldini olish uchun kunlik ratsionimizga kata ahamiyat berishimiz kerak. Gipertaniya
va covid 19 ni davolashda qonni suyiltiruvchi va immunitetni oshiruvchi, ruxga boy
maxsulotlardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki kasallikni davolashda bu kasallikka chalingan
bemorlarda yoki boshqa surunkali kasalliklari bor bemorlarda psixologik o‘zgarishlar
xam kuzatilgan. Shu sababli davolash muassasalarida psixologik yordamni
shakllantirish ham kasallikni davolashda muhim o‘rin egallagan.
Davolash natijasida 986 nafar bemor tuzalib statsionar nazorati ostida uylariga
javob berilgan. 116 nafar bemor har xil sabablarga ko‘ra boshqa muassasalarga
o‘tkazilgan. 7 nafar bemor vafot yetgan.
Kasallikdan so‘ng 474 nafar bemorda turli xil kasallik asoratlari kuzatilgan. Bu
asoratlarga asosan shifoxonadan tashqari pnevmaniya, pnevmaniya, o‘tkir
pnevmoniya, 2 tomonlama pnevmaniya, pnevmaniya 1-2 daraja, o‘tkir nafas
yetishmovchiligining 1-2-3 - darajalari, yurak yetishmovchiligi 2 daraja, asoratlari
kuzatilgan.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–6_ июня–2025
247
2181-
3187
Davolash va klinik boshqaruv. Gipertenziya bilan og‘rigan COVID-19
bemorlarini davolashda individual yondashuv zarur. Avvaliga ACEI va ARB dorilari
xavfli deb qaralgan bo‘lsa-da, keyingi tadqiqotlar, xususan BRACE CORONA (Lopes
et al., 2021), ushbu dorilarni to‘xtatmaslik kerakligini isbotladi.
Profilaktik chora-tadbirlar: COVID-19 ga qarshi emlanish, qon bosimini
muntazam nazorat qilish, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, imkon qadar stressdan
saqlanish.
Xulosa. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, gipertenziya kasalligi COVID-19
infeksiyasining og‘ir kechishiga va o‘lim xavfining ortishiga sabab bo‘ladi.
Patofiziologik mexanizmlar va klinik kuzatishlar gipertenziyani xavf omili
sifatida baholashning to‘liq asosga ega ekanligini ko‘rsatadi. Shuning uchun
gipertenziya bilan og‘rigan bemorlar uchun COVID-19 profilaktikasi va davolashida
maxsus e’tibor zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Covid-19 kasalligi bilan kasallangan bemorlar kasallik varaqalari.
2. Guan W.J. et al. (2020). NEJM, 382(18), 1708-1720.
3. Hoffmann M. et al. (2020). Cell, 181(2), 271-280.
4. Zhou F. et al. (2020). The Lancet, 395(10229), 1054-1062.
5. Gupta A. et al. (2021). Front Physiol, 12, 636879.
6. Pranata R. et al. (2020). JRAAS, 21(2).
7. Lopes R.D. et al. (2021). JAMA, 325(3), 254–264.
8. Systematic Reviews Journal (2022).
9. CDC (2022). COVID-19 vaccines for high-risk groups.
10. European Journal of Medical Research (2023).
11. Global Health Research and Policy (2021).
12. eurjmedres.biomedcentral.com
13.ghrp.biomedcentral.com
14. pubmed.ncbi.nlm.nih.gov
15. verywellhealth.com
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–6_ июня–2025
248
2181-
3187
16.systematicreviewsjournal.biomedcentral.com