Авторы

  • Teshaboyev Umidjon Abdukarimovich
  • Yakuboy Ahmadjon
  • Isroilov Farhodjon Ilhomjon o’g’li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.121376

Ключевые слова:

jismoniy tarbiya sport nutritsiologiyasi ovqatlanish energiya almashinuvi fiziologiya.

Аннотация

Dolzarb muammolardan biri bu – Spotchilarning ayniqsa havaskor 
sportchilarni mashg‘ulot turiga qarab ovqatlanish ratsionini to‘g‘ri tanlamasligi 
oqibatida sportdan jaroxatlanish, organizmni toliqtirish va sport mashg‘ulotlarinidan 
zerikish va uni tark etishga sabab bo‘lmoqda.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–6_ июня–2025

235

2181-

3187

SPORT NUTRITSIOLOGIYASI VA SALOMATLIK.

Teshaboyev Umidjon Abdukarimovich

uteshaboyev695@gmail.com

Yakuboy Ahmadjon

Isroilov Farhodjon Ilhomjon o’g’li

Central Asian Medical University, assistant

Annotatsiya:

Dolzarb muammolardan biri bu – Spotchilarning ayniqsa havaskor

sportchilarni mashg‘ulot turiga qarab ovqatlanish ratsionini to‘g‘ri tanlamasligi

oqibatida sportdan jaroxatlanish, organizmni toliqtirish va sport mashg‘ulotlarinidan

zerikish va uni tark etishga sabab bo‘lmoqda.

Hozirgi kunda deyarli har bir oilada sportning qaysidir turi bilan professional yoki

havaskor tarzda shug‘ullanayotgan yoshlar va kattalar bor. Aholining sport va jismoniy

tarbiyaga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotgani aholiga bu borada yanada ishonchli va

har tomonlama ma’lumot berishni taqozo etmoqda. Bu, ayniqsa, sportchilar uchun

ovqatlanish rejimini to‘g‘ri tashkillash juda muhimdir.

Zamonaviy sport turlari, jumladan, havaskor sportchilar, yuqori jismoniy va ruhiy

yuklarga duchor bo‘ladilar. Ularning ovqatlanishini to‘g‘ri tashkil etishning kaliti

sarflangan energiyani to'ldirish va tanadagi suv muvozanatini saqlashga qaratilgan

chora - tadbirlar hisoblanadi.

Kalit so‘z.

jismoniy tarbiya, sport nutritsiologiyasi, ovqatlanish, energiya

almashinuvi, fiziologiya.

Аннотация:

Одна из актуальных проблем - это неправильный выбор

рациона питания спортсменами, особенно любителями, в зависимости от вида

тренировок. Это приводит к травмам, переутомлению организма, потере

интереса к занятиям спортом и, как следствие, отказу от него. На сегодняшний

день практически в каждой семье есть молодежь или взрослые, занимающиеся

тем или иным видом спорта на профессиональном или любительском уровне.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–6_ июня–2025

236

2181-

3187

Повышающийся интерес населения к спорту и физической культуре требует

предоставления более достоверной и всесторонней информации в этой области.

Особенно важно правильно организовать режим питания для спортсменов.

Современные виды спорта, включая любительский спорт, сопряжены с

высокими физическими и психоэмоциональными нагрузками. Ключ к

правильной организации питания заключается в восполнении затраченной

энергии

и

поддержании

водного

баланса

организма посредством

соответствующих мероприятий.

Ключевые слова:

физическое воспитание, спортивная нутрициология,

питание, энергетический обмен, физиология.

Annotation:

One of the most serious problems is the fact that spotters, especially

amateur athletes, do not choose the right diet depending on the type of training, which

leads to injuries from sports, exhaustion of the div, and boredom and abandonment

of sports training.

Today, almost every family has young people and adults who are engaged in some

kind of sport, professionally or as an amateur. The growing interest of the population

in sports and physical education requires more reliable and comprehensive information

to be provided to the population in this regard. It is especially important for athletes to

properly organize their diet.

Modern sports, including amateur athletes, are subject to high physical and mental

loads. The key to properly organizing their nutrition is measures aimed at replenishing

spent energy and maintaining water balance in the div.

Keywords:

physical education, sports nutrition, nutrition, energy metabolism,

physiology.

Azaldan ham vrachlar va faylasuflar jismoniy faollik va to‘g‘ri ovqatlanish

sog‘lom turmush tarzining ajralmas qismi ekanligini anglab etganlar. Eramizdan

avvalgi 400 yilda Gippokrat o‘zining “Rejm” asarida: “Inson salomatligini saqlash

uchun faqatgina ovqatlanishning o‘zi yetarli emas. U doimo jismoniy harakat qilishi

lozim. Taom iste’mol qilish va jismoniy mashqlar o‘zaro qarama - qarshi ta’sir


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–6_ июня–2025

237

2181-

3187

ko‘rsatishsa ham, ammo ularning uyg‘unlikdagi ta’siri salomatlikni mustahkamlashga

olib keladi”, deb ta’kidlagan. Haqiqatdan ham jismoniy faollik va ovqatlanish tartibi

muhim ahamiyatga ega bo‘lib, unga barcha davrlarda katta e’tibor berilgan.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda aholi salomatligini asrash borasida

salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, poytaxtimiz Toshkent shahrida hamda

Respublikamizning barcha viloyat markazlari va tumanlarida ko‘plab sport majmualari

barpo etilayotgani, aholi o‘rtasida ayniqsa yoshlar orasida sport va jismoniy

tarbiyaning keng targ‘iboti sportning ommaviyligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Sportchini ovqatlanishi, fiziologiyasining, organizmning funksiyalarini va

ularning jismoniy yuklamalarning ta’siri ostidagi moslanish mexanizmlarini

o‘rganadigan hamda ularning ishchanlik samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy

tadbirlarga asoslangan, shuningdek sportchilarning to‘g‘ri ovqatlanshi, ularda tana

vaznini nazorat qilish, sportchi organizmida energiya almashinuvini o‘rganadigan

maxsus bo‘lim hisoblanadi. Sport nutritsiologiyasi sport va jismoniy tarbiya bo‘yicha

mutaxassislarni tayyorlash tizimida egallagan o‘rniga ko‘ra o‘quv va ilmiy fanlarning

uchta guruhi bilan bog‘langan.

Birinchi guruhni sport nutritsiologiyasi asoslangan fundamental fanlar tashkil

etib, aynan ular sportchining organizmi mashq va musobaqa jarayonida energiya

manbalari va energiya sarfi, o‘zaro ta’sirlashadigan muhitning omillari haqidagi

ma’lumotlar va tadqiqot usullari hamda nazariy yutuqlardan foydalanadi. Bunday

fanlar qatoriga biologiya, odam va hayvonlar fiziologiyasi, kimyo va fizikani qo‘shish

mumkin.

Ikkinchi guruhga sport nutritsiologiyasi bilan bir-birini o‘zaro to‘ldiradigan va

boyitadigan o‘quv va ilmiy fanlar kiradi. Bu tarafdan sport nutritsiologiyasi anatomiya,

biokimyo, biomexanika, gigiyena va psixologiya bilan chambarchas bog‘langan. Va

nihoyat, sport nutritsiologiyasi bilan bog‘langan fanlarning uchinchi guruhiga o‘zining

maqsadlarida sport nutritsiologiyasining ilmiy yutuqlari va tadqiqot usullaridan

foydalanadigan fanlar kiradi. Ularga jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi,

pedagogika, psixologiya fanlar, sport tibbiyoti, davolash jismoniy tarbiyasi fanlari


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–6_ июня–2025

238

2181-

3187

kiradi. Sport nutritsiologiyasining muhim vazifalaridan biri bo‘lib, sportchilarning

salomatligini saqlash va sportda yuqori natijalarni egallashni ta’minlaydigan

choratadbirlarni ishlab chiqish, amalga oshirish va ilmiy asoslab berish hisoblanadi.

Shunday ekan, sport nutritsiologiyasi - bu amaliy va asosan profilaktik fan

hisoblanadi, chunki odam organizmining zahira (rezerv) imkoniyatlarini tadqiq qilib

va hisobga olib, u ish qobiliyatini oshirishning yo‘llari va vositalarini, tiklanish

jarayonlarini tezlashtirishni, toliqishning, organizm funksiyalarining o‘ta zo‘riqishi va

patologik siljishlarining oldini olishning, shuningdek turli kasalliklarning yuzaga

kelishini oldini olishni asoslab beradi. sport nutritsiologiyasining alohida uslubiy

(metodik) xususiyati shundan iboratki, uning materiallari fiziologiyaning klassik

metodlari (usullari)dan bir qatorini qo‘llash mumkin bo‘lmagan, faqatgina odam bilan

bo‘ladigan tajribalardangina olinishi mumkin. Shu munosabat bilan, odatda, jismoniy

yuklamalardagi fiziologik siljishlarning mexanizmlarini aniqlash maqsadida faqatgina

ayrim aniqlashtiruvchi tajribalargina hayvonlarda o‘tkaziladi.

Shuni ta’kidlash muhimki, sport nutritsiologiyasining asosiy vazifasi odam

organizmining sarflayotgan energiyasiga mos holatda to‘g‘ri va sifatli oziqlanishi

hamda hosil bo‘lganenergiyani samarali sarflashini baholashni. Shuning uchun maxsus

yuklama testlari ishlab chiqilgan bo‘lib, ular odam faoliyatining turli davrlarida

organizm funksiyalarining tegishli o‘zgarishlarini qayd qilish va jismoniy faollik

dozasini belgilashga imkon beradi. Bu maqsadlarda veloergometr, yuguruvchi

yo‘lakcha (tredban), turli balandlikdagi zinalardan, shuningdek telemetrik kanallar

bo‘yicha tegishli ko‘rsatkichlarni uzatib turadigan, masofadan turib yurak-tomir, nafas,

mushak va markaziy asab tizimi funksiyalarini qayd qilishga imkon beradigan turli

asboblardan foydalaniladi.

Sport nutritsiologiyasi murabbiy va o‘qituvchiga sportchilarning salomatligini

saqlash va sportda yuqori natijalarga erishish uchun zarur bo‘lgan bilimlarni jamlab,

jismoniy tarbiya nazariyasida muhim o‘rin egallaydi. Shuning uchun murabbiy va

pedagog mashq va musobaqa jarayonida sportchining organizmida sodir bo‘ladigan

fiziologik jarayonlarni, shug‘ullanayotganlarning salomatligiga zarar yetkazmaslik,


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–6_ июня–2025

239

2181-

3187

o‘ta yuklanish va o‘ta toliqishdan qochish, o‘zining ko‘rsatma va tavsiyalarini asoslab

berish, bu ishni ilmiy jihatdan tuzish va takomillashtirishi uchun yaxshi bilishi kerak.

Ular reabilitatsiya (qayta tiklanish) jarayonida sportchining organizmida sodir

bo‘ladigan o‘zgarishlarning mazmunini, qayta tiklanish jarayonini tezlashtirib, ularga

faol va bexato ta’sir qilishlari uchun bilishlari kerak. Shunday qilib, yuqorida bayon

etilganlardan kelib chiqadiki, sport nutritsiologiyasi o‘quv va ilmiy fan sifatida ikkita

asosiy muammoni hal qiladi.

Ulardan

biri

odam

salomatligini

jismoniy

mashqlar

yordamida

mustahkamlashning, uning organizmining tashqi muhitning turli noqulay omillariga

(harorat, bosim, radiatsiya, havo va suvning ifloslanishi, infeksiyalar va h.k.)

barqarorligining, shuningdek, ish qobiliyatining saqlanishi va tiklanishining, odamning

kasbiy faoliyati jarayonida ruhiy-hissiy (psixoemotsional) moslashuvi va erta

toliqishning rivojlanishiga qarshilik qilish qonuniyatlarini fiziologik asoslashdan

iboratdir. Sport nutritsiologiyasining bu vazifalari jismoniy tarbiyaning ommaviy

shakllari doirasida yechiladi.

Sport nutritsiologiyasining ikkinchi muammosi sportda yuqori natijalarga,

ayniqsa, katta sportda erishishga mo‘ljallangan, chora-tadbirlarni fiziologik

asoslashdan iboratdir. Bu ikkita muammo to‘laligicha mos kelmaydi, chunki mashq

jarayonlarida eng yuqori natijalarga erishish uchun ba’zi holatlarda shunday

yuklamalar qo‘llaniladiki, ular organizmning tashqi muhitning noqulay ta’sirlariga

barqarorligini pasaytirishga, salomatligini yomonlashishiga va hatto, kasalliklarni

yuzaga keltirishga olib kelishi mumkin.

Yuqorida bayon etilganlardan ayon bo‘ladiki, organizm funksiyalarining

fiziologik xususiyatlarini, energiya manbalari va almashinuvi, to‘gri ovqatlanishni

ommaviy jismoniy tarbiya va maxsus kontingentning (harbiy xizmatchilar, o‘t

o‘chiruvchilar, geologlar, talabalar, maktab o‘quvchilari va ba’zi boshqa toifadagilar)

jismoniy tarbiyasiga nisbatan ham, sportning turli ko‘rinishlariga, ayniqsa, yuqori

ko‘rsatkichlar sportiga nisbatan ham, ayrim o‘rganish va baholash kerak.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–6_ июня–2025

240

2181-

3187

Xulosa

. Sport nutritsiologiyasi fani - sportchini nafaqat to‘gri ovqatlanishini,

balkim ovqatlarninig tarkibi, sifati, mutanosibligini o‘rgatadi. Shuningdek yoshi jinsi,

sport turi, usuli, sportdagi darajasi, sutkaning qaysi qismida aktiv jismoniy mashqlar

bilan shug‘ullanishiga bog‘liq holda kunlik rasiyoniti to‘gri taqsimlashni,

mahsulotlarni to‘gri tanlashni va istemol qilish tartibini, miqdorini orgatadi.

Shunday ekan bu fanni o‘qitishda nafaqat murabbiylar balkim mashg‘ulotga

qatnayotgan xavaskor sportchilarni ham tushunchalarini boyitish maqsadga muvofiq

bo‘ladi. Sport nutritsiologiyasi spotchilarni balki ularning oilasida ham sog‘lom

ovqatlanish muhitini yaratishda muhum o‘rin tutadi. Natijada aholi orasida sog‘lom

spotchilarni yetishtirib berish darajasi yanada ortadi.

Аdabiyotlar:

1. Sh.A.Normatova, U.A.Teshaboyev. Farg‘ona 2025 y. “Sport nutritsiologiyasi”,

o‘zbek tilida.

2.Allamuratov Sh.I. Fiziologiya va sport fiziologiyasi. Toshkent “Turon-Iqbol”, 2010.

3.Do‘schanov V.O., Yusupova O.V. Sportchilarning oilada to‘g‘ri ovqatlanishining

gigiyenik asoslari. Pediatriya. - T.: 2001.

4.Karimov Sh.I. tahriri ostida Sog‘lom ovqatlanish salomatlik mezoni. Toshkent: 2015

.

5.Karimov O.R., Qurbonov Sh.Q., Qurbonov A.Sh. Vitaminlar va ma’danli

moddalarning ovqatlanishdagi o‘rni. Qarshi, “Nasaf’, 2004.

6.Kuchkarova L.S., Qurbonov Sh.Q. Ovqat hazm qilish va ovqatlanish fiziologiyasi.

T.: Sano-standart-2013.

7.Ovqatlanish gigiyenasi fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanma” o‘zbek tilida. G.I.Shayxova

taxriri ostida, Toshkent 2014.

8.Баткрев М.И, Баткрева Т.Ф «Спортивное питания». Питер 2005

9.Дмитреев А.В, Гунина Л.М. «Спортивная нутритциология». 2020.

Библиографические ссылки

Sh.A.Normatova, U.A.Teshaboyev. Farg‘ona 2025 y. “Sport nutritsiologiyasi”,

o‘zbek tilida.

Allamuratov Sh.I. Fiziologiya va sport fiziologiyasi. Toshkent “Turon-Iqbol”, 2010.

Do‘schanov V.O., Yusupova O.V. Sportchilarning oilada to‘g‘ri ovqatlanishining

gigiyenik asoslari. Pediatriya. - T.: 2001.

Karimov Sh.I. tahriri ostida Sog‘lom ovqatlanish salomatlik mezoni. Toshkent: 2015

.

Karimov O.R., Qurbonov Sh.Q., Qurbonov A.Sh. Vitaminlar va ma’danli

moddalarning ovqatlanishdagi o‘rni. Qarshi, “Nasaf’, 2004.

Kuchkarova L.S., Qurbonov Sh.Q. Ovqat hazm qilish va ovqatlanish fiziologiyasi.

T.: Sano-standart-2013.

Ovqatlanish gigiyenasi fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanma” o‘zbek tilida. G.I.Shayxova

taxriri ostida, Toshkent 2014.

Баткрев М.И, Баткрева Т.Ф «Спортивное питания». Питер 2005

Дмитреев А.В, Гунина Л.М. «Спортивная нутритциология». 2020.