ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–6_ июня–2025
135
2181-
3187
COVID-19 INFEKSIYASINING UMUMIY TAHLILI VA USHBU
INFEKSIYA ANIQLANGAN BEMORLARDA QANDLI DIABET UCHRASH
HOLATLARI.
Teshaboyev Umidjon Abdukarimovich
uteshaboyev695@gmail.com
Tursunaliyev Ziloliddin Zaylobidin o'g'li
tziloliddin@gmail.com
Central Asian Medical University, assistent
Annotatsiya. Ushbu maqolada COVID-19 infeksiyasi aniqlangan bemorlarda
qandli diabet kasalligining uchrash darajasi, kasallik kechishining xususiyatlari,
qo‘llanilgan davolash muolajalari, laborator tahlil natijalari va yakuniy xulosalar
tahlil qilingan.
Shuningdek, qandli diabetning rivojlanish omillari, ushbu holatning ijtimoiy va
sog‘liqni saqlash tizimidagi dolzarb o‘rni ilmiy manbalar asosida yoritilgan.
Profilaktik choralar va sog‘lom turmush tarzining ahamiyati ilmiy nuqtai nazardan
asoslab berilgan.
Kalit so‘zlar: COVID-19, qandli diabet, etiologiya, patogenez, asoratlar,
profilaktika, sog‘lom turmush tarzi, insulin, glukoza, klinik holatlar.
Аннотация: В данной статье проанализированы частота встречаемости
сахарного диабета у пациентов с подтверждённой инфекцией COVID-19,
особенности течения заболевания, применяемые методы лечения, лабораторные
показатели и сделанные выводы. Также раскрыты факторы развития диабета и
его актуальное значение в социальном и здравоохранительном контексте на
основе научных источников. Обоснована важность профилактических мер и
здорового образа жизни с научной точки зрения.
Ключевые слова: COVID-19, сахарный диабет, этиология, патогенез,
осложнения, профилактика, здоровый образ жизни, инсулин, глюкоза,
клинические случаи.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–6_ июня–2025
136
2181-
3187
Abstract: This article analyzes the prevalence of diabetes mellitus in patients
diagnosed with COVID-19, the characteristics of disease progression, applied
treatment methods, laboratory test results, and key findings. It also examines the
contributing factors to the development of diabetes and highlights its significance in
the context of public health and the healthcare system, based on scientific sources.
The importance of preventive measures and maintaining a healthy lifestyle is
scientifically substantiated.
Keywords: COVID-19, diabetes mellitus, etiology, pathogenesis, complications,
prevention, healthy lifestyle, insulin, glucose, clinical cases.
Dolzarbligi. O‘zbekistonda ham bu kasallik bilan og‘rigan bemorlar yil sayin
ortib bormoqda. Katta yoshli aholining 5 foizga yaqini diabet kasalligi bilan
kurashadi. 2011 yilda bemorlar soni 122460 dan ortib ketdi. Bulardan 15,8 foizi
qandli diabet kasalligini 1-turiga, 84,2 foizi esa, kasallikning 2-turiga chalingan.
Ularning 16 foizi muntazam ravishda insulin qabul qiladi. Boshqalari esa parhez
saqlashadi. Jismoniy faollik va qand miqdorini kamaytiruvchi dorilar ichadilar.
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarning deyarli yarmini ayollar tashkil qiladi.
JSST ma’lumotiga ko‘ra, tug‘ruq yoshidagi 0,35 foiz ayol qandli diabet bilan
xastalangan.
Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yilgi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda
ushbu kasallik bilan 230610 kishi ro‘yxatga olingan. 2015 yilda bu ko‘rsatkich
170536 kishini tashkil qilgan edi.
Mamlakatda o‘limga olib kelivchu kasalliklar orasida yurak qon-tomir va
onkologik kasalliklardan keyin aynan qandli diabet va uning asoratlari uchinchi
o‘rinda turibdi.
Tekshiruvning maqsadi: Covid-19 infeksiyasi aniqlangan bemorlarda qandli
diabet kasalligini kechishini o‘rganish va umumiy tahlil qilish.
Material va metodlar: Tadqiqot Farg‘ona shaxar 2 - sonli shifoxonasida 2020 yil
aprel - dekabr oylarida Covid-19 infeksiyasi aniqlanib murojat qilgan va
davolanishga olib kelingan 1109 nafar bemorlar kasallik varaqalaridan olingan
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–6_ июня–2025
137
2181-
3187
ma’lumotlar asosida qandli diabet bilan kasallanganlar bemorlar kasallik varaqalari
ajratib olinib tahlil olib borildi.
Kirish. Bilamizki surunkali stress qandli diabed, psixosomatik kasalliklarning
rivojlanishiga olib keluvchi asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Bu borada biz
koronavirus pandemiyasi paytida aholi orasida xavotirning kuchayishi bir qator
psixosomatik buzulishlar yuzaga kelishiga zamin yaratadi desak adashmagan
bo’lamiz. 2020 yilgi koronavirus pandemiyasi diabet kasalligining qanchalik xavfli
ekanini yana bir bor isbotladi. COVID-19 diabetga chalingan odamlarda og‘ir
kechishi va o‘lim xavfini olti baravargacha oshirishi mumkin.
Buning o‘ziga xos bir qancha sabablari bor. Qandli diabet bilan og‘rigan
bemorlar turli infeksiyalarga moyil bo‘ladi. Chunki mikroblar tanadagi shakardan
ozuqa sifatida foydalanadi.
Xo‘sh qandli diabed qanday kasallik o‘zi shu haqida to‘xtalib o‘tamiz:
Qandli diabet (lot. diabetes mellitus, «saxar kasalligi») - glyukozaning
o‘zlashtirilishi buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan va insulin gormonining nisbiy yoki
mutlaq yetishmovchilgi yuzaga keladigan endokrin kasalliklar guruhi. Buning
oqibatida giperglikemiya - qonda qand miqdorining turg‘un oshishi kuzatiladi.
Kasallik surunkali kechishi, shuningdek uglevod, yog‘, oqsil, mineral va suv-tuz
metabolizmi buzilishi bilan xarakterlanadi.
Qonda glyukoza miqdorining me’yordan oshib ketishi qandli diabetning birinchi
alomati hisoblanadi. Inson organizmida insulin ishlab chiqarilishi uchun me’da osti
bezi hujayralari (beta-hujayralar) javobgar. U gormon hujayralarga glyukozani
o‘zlashtirishga yordam beradi. Qandli diabetda insulin kam miqdorda ishlab
chiqariladi, qonda glyukoza miqdori oshadi. Biroq, glyukoza insulinsiz o‘lzashtirila
olmasligi sababli hujayralarda glyukoza yetishmovchiligi kuzatiladi.
Bu metabolik kasallik irsiy yoki orttirilgan bo‘lishi mumkin. Insulin
yetishmasligida terida yiringli va boshqa kasalliklar paydo bo‘lishi, tishlar, buyrak,
asab tizimi shikastlanishi, ateroskleroz, stenokardiya, gipertoniya rivojlanishi,
ko‘rishning buzilishi kabi ikkilamchi patologiyalar kuzatiladi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–6_ июня–2025
138
2181-
3187
Kasallikning asosiy sabablari:
1.Irsiyat. Albatta, kasallik ta’sir etuvchi omillar bo‘lmaganda rivojlanmaydi,
lekin moyillik yuqori bo‘ladi.
2.Semizlik. Ortiqcha vazn ikkinchi turdagi diabet shakillanishiga olib keladi.
3.Kasalliklar. Insulin ishlab chiqarish uchun javobgar β-hujayralari
shikastlanishiga olib keluvchi kasalliklar. Ularga pankreatit, me’da osti bezi saratoni,
boshqa endokrin bezlar kasalliklari kiradi.
4.Virusli infeksiyalar - qizamiq, suvchechak, yuqumli gepatit va boshqa
kasalliklar. Ushbu infektsiyalar diabet rivojlanishiga hissa qo‘shadi. Ayniqsa, xavf
guruhida bo‘lgan insonlar uchun.
5.Asabiylashish, stress. Stress, asabiylashishdan yiroq bo‘lish tavsiya etiladi.
6.Yosh. Yosh ortishi bilan har o‘n yilda diabet rivojlanish ehtimoli ikki
barobarga ortadi.
Bu ro‘yxatga ikkilamchi diabet chaqirishi mumkin bo‘lgan omillar kiritilmagan,
chunki asosiy omil bartaraf etilganda kasallik ham tuzalib ketadi.
Bundan tashqari, kasallik rivojlanishiga quyidagi omillar ta’sir o‘tkazishi
mumkin:
Feoxromositoma - buyrak usti bezi o‘simtasi, natijada insulinga aks ta’sir
etuvchi gormonlar ko‘p ishlab chiqariladi;
• Buyrak usti bezlari giperfaolligi (giperkortitsizm);
• Gipertireoz;
• Jigar sirrozi;
• Uglevodlarga sezuvchanlik buzilishi;
• Vaqtinchalik giperglikemiya - qonda glyukoza miqdorining vaqtinchalik
oshishi.
Muammoning eng muhim asosi to‘qima bilan insulin o‘zaro ta’sirlashuvi
buzilishi hisoblanadi. Glyukoza organizmga hayotiy jarayonlarni davom ettirish
uchun asosiy energiya substrati sifatida kerak. To‘qimalarga glyukozaning o‘tmasligi,
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–6_ июня–2025
139
2181-
3187
glyukozaning glikogen sifatida jigarda depo bo‘lib to‘planmasligi uning qondagi
miqdorini oshishiga sabab bo‘ladi. Ana shu o‘zgarishlar qandli diabet nomini oladi.
Olingan natijalar va ularning tahlili.
Izlanishlar davomida Farg‘ona shahar 2-sonli shifoxonasida aprel-dekabr
oylarida Covid-19 infeksiyasi aniqlanib murojat qilgan taxminan 1109 nafar
bemorlarda olib borildi. Bemorlarning o‘rtacha yoshi taxminan 48 yosh bo‘lib tashkil
qilgan. Kuzatuvga olingan bemorlarda koronavirus infektsiyasining klinik belgilari va
hamrox kasalliklarning klinik ko‘rinishi o‘rganildi. Kuzatuvimizdagi bemorlarning
kasallikning dastlabki kunlaridagi shikoyatlari va surunkali kasalliklar bilan
kasallinish darajasi statistik usulda tahlil qilindi.
Kasallikning bemorlarda yoshi bo‘yicha uchrashi quyidagicha ko‘rinishda
bo‘ldi:
Tahlillardan shifoxonaga 30 yosda 70 yoshgacha bo‘lgan bemorlar soni ko‘pligi
ko‘rinib turibdi.
Bemorlarda kasallikni og‘ir - yengil darajada o‘tishi hamroh kasalligi bilan ham
bog‘liq bo‘lgan. 407 nafar kasallanganlarda hamroh kasalliklari borligi aniqlangan.
Bundan ko‘rinib turibdiki hamroh kasalligi bor bemorlarning 34 % da qandli
diabet kasalligi uchrashi kuzatilgan. Kasallikni kechishi nisbatan og‘ir kechgan.
Ammo kasallikni kechishida immunitetning ro‘li xam muxum ahamiyat kasb etgan.
Immuniteti mustahkam kishilarda kasallik yengil o‘tgan.
Kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki kasallikni davolashda bu kasallikka chalingan
bemorlarda yoki boshqa surunkali kasalliklari bor bemorlarda psixologik o‘zgarishlar
xam kuzatilgan. Shu sababli davolash muassasalarida psixologik yordamni
shakllantirish xam kasallikni davolashda muhim o‘rin egallagan.
Qandli diabet kasalligi bilan kasallangan bemorlar tahlillar shuni ko‘rsatdiki bu
kasallik bilan o‘g‘rigan 26 nafar bemorlarning taxminan 73% da (60-92) saturatsiya
past bo‘lgan. Yondosh kasallikardan gipertoniya ham qandli diabed kasalligi bilan
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–6_ июня–2025
140
2181-
3187
birga aniqlangan yani qandli diabed kasalligi bilan xastalanganlarning 23.1% da
gipertoniya kasalligi ham aniqlanilgan.
Qandli diabed kasalligi bilan kasallangan 26 nafar bemorning 50%ni ayollar,
50%ni erkaklar tashkil etgan.
O‘tkazilgan lobarator tekshiruvlar natijasida qandli diabed bilan
kasallanganlarning 11.5% da leykositlar soni meyoridan ozligi, 23.1% da meyoridan
ortiqligi, limfositlar soni esa 7.7% da normadan pastligi aniqlanildi.
Qandli diabetni davolash. Hozirgi kunda qandli diabetni davolash ko‘pchilik
holatlarda simptomatik hisoblanadi va mavjud alomatlarni bartaraf etishga qaratiladi.
Ya’ni kasallikning asosiy sababiga qarshi kurashilmaydi, chunki bugungi kunda
samarali terapiya dasturi ishlab chiqilmagan.
Diabetni davolashda shifokorning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Uglevod almashinuvini kompentsatsiya qilish;
Asoratlarni oldini olish va davolash;
Tana vaznini me’yorga keltirish;
Bemorga tushuncha berish.
Insulinoterapiya. Insulin bilan davolash uglevod almashinuvini maksimal
darajada kompensatsiyalash, gipo- va giperglikemiyani oldini olish va shu tarzda
diabet asoratlarini profilaktikasini ta’minlashga qaratilgan. Insulinoterapiya 1-tip
diabetli bemorlar uchun hayotiy zarur hisoblanadi. 2-tipda esa ba’zi hollarda
qo‘llanilishi mumkin.
Dietoterapiya. Qandli diabetda parhez tutish terapiyaning insulin yoki qand
miqdorini pasaytiruvchi vositalar qabul qilish kabi zaruriy qismi hisoblanadi.
Parhezsiz uglevod almashinuvi kompensatsiyasi imkonsizdir.
Qayd etish joizki, ba’zi 2-tip diabetda uglevod almashinvi kompensatsiyasi
uchun faqatgina parhez yetarli bo‘ladi, ayniqsa dastlabki bosqichlarda. 1-tip diabetda
esa parhez hayotiy zarurdir, unga amal qilmaslik gipo- yoki giperglikemik komaga,
ba’zi hollarda esa bemorning o‘limiga olib kelishi mumkin.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–6_ июня–2025
141
2181-
3187
Parhez uglevod, yog‘ va oqsil miqdori bo‘yicha muvozanatlashtirilgan bo‘lishi
kerak. Ovqatlanish ratsionidan yengil o‘zlashtiriladigan uglevodlarni butunlay
chiqarib tashlash kerak. Gipoglikemiya holatlari bundan mustasno.
Dietoterapiyada asosiy tushuncha non birligi hisoblanadi. U shartli birlik bo‘lib,
10-12 g uglevod yoki 20-25 g nonga teng. Turli mahsulotlardagi non birligini aks
ettiradigan jadvallar mavjud. Sutka davomida bemor tomonidan iste’mol qilinadigan
non birligi o‘zgarmas bo‘lishi kerak. Tana vazni va jismoniy faollikdan kelib chiqqan
holda bu o‘rtacha 12-25 birlik bo‘ladi.
Bir martada 7 dan ortiq non birligiga to‘g‘ri keladigan uglevod qabul qilish
tavsiya etilmaydi. Ovqatlanish tartibini sutkalik miqdor har bir qabulda teng
miqdorda bo‘ladigan qilib tashkillashtirish tavsiya etiladi. Shuni ta’kidlash kerakki,
alkogol qabul qilish uzoq gipoglikemiyaga, xususan gipoglikemik komaga olib
kelishi mumkin.
Yana bir muhim jihat - bemor tomonidan ovqatlanish kundaligi olib borilishi.
Unga kun davomida qabul qilingan barcha mahsulotlar kiritib boriladi. Buning
asosida bir martalik va sutkada qancha non birligi iste’mol qilingani hisoblanadi.
Shuningdek u gipo- va giperglikemiya epizodlari sababini aniqlashga yordam beradi.
Profilaktikasi. Afsuski, ko‘p holatlarda birinchi turdagi diabetni oldini olish
murakkab vazifadir. Chunki uning asosiy sabablari irsiy omillar va kichik viruslar
sanaladi. Lekin kasallik hammada ham rivojlanavermaydi. Olimlar ko‘krak suti bilan
ko‘proq oziqlangan bolalarda qandli diabet kamroq uchrashini ta’kidlashadi, ammo
bu hali isbotlanmagan.
Ikkinchi turdagi diabetda esa umuman boshqacha holat. Chunki u noto‘g‘ri
ovqatlanish va hayot tarzi natijasida shakllanadi, shuning uchun profilaktik chora-
tadbirlarni qo‘llasa bo‘ladi, demak:
Tana vaznini normallashtirish;
Qon bosimi va yog‘lar almashinuvini nazorat qilish;
Yengil hazm bo‘ladigan ovqat iste’mol qilish;
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–6_ июня–2025
142
2181-
3187
Jismoniy faollikka amal qilish va shu bilan birga haddan ziyod zo‘riqishlardan
saqlanish.
Xulosa: Xulosa qilib aytish mumkinki koronavirus infektsiyasi dastlabki
kunlarda 86% hollarda yuqori nafas yo‘llaridagi jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan
bo‘lsa, 34,8% holatlarda oshqozon-ichak sistemasidagi o‘zgarishlar bilan birga
kechgan. Kasallanganlarning avvaldan surunkali kasalliklar bilan og‘rishi 60%
bemorda infektsion jarayonning og‘ir kechishiga sabab bo‘lib qolish extimolini
yuqoriligini ko‘rsatdi. Ayniqsa somatik yondosh kasalliklari bo‘lgan bemorlarda
Covid-19 o‘g‘ir kechishini kuzatish mumkin.
Tekshiruvlar natijasida shu narsa aniq bo‘ldiki, koronavirus yuqqan paytda
immunitetni sun’iy ravishda oshirib bo‘lmaydi. Ammo C va D vitaminlari, sink va
magniy kabi vitaminlarni qabul qilish tavsiya etiladi. Bular koronavirusni
davolamaydi, lekin immunitetni bir maromda ushlab turishga xizmat qiladi.
Shunday ekan sog‘lom turmush tarziga, antistress dasturga amal qiling. To‘g‘ri
ovqatlaning, shaxsiy gigiyena qoidalriga doimo rioya qiling. Shunda siz o‘z
sog‘lig‘ingizni asrab qolasiz.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Covid-19 kasalligi bilan kasallangan bemorlar kasallik varaqalari.
2.Bazdirev Ye.D. Koronavirus infektsiyasi - XXI asrning dolzarb muammosi.
2020;9(2):6-16.
3.Vazirlar Mahkamasinining “Koronavirus infektsiyasini yuqtirgan bemorlarga tibbiy
yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 4
avgustdagi 461-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar (Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2020 y., 09/20/583/1320-son.
4.Временные методические рекомендации «Профилактика, диагностика и
лечение новой коронавирусной инфекции COVID-19. Версия 10 (08.02.2021)»
5.X. Karimov, M. Jo‘rayev – Ichki kasalliklar propedevtikasi – T.: “Tafakkur
Bo‘stoni”, 2020. (Qandli diabet haqidagi bo‘lim)
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–6_ июня–2025
143
2181-
3187
6.Sh. A. Turg'unov – Endokrinologiya asoslari – Toshkent Tibbiyot Akademiyasi,
2019.
7.M. A. Sultonova, D. I. Qodirova – Qandli diabet va uning asoratlari – T.: “Yangi
asr avlodi”, 2021.
8.World Health Organization (WHO) – Global report on diabetes – Geneva, 2016.
9.American Diabetes Association (ADA) – Standards of Medical Care in Diabetes –
2024, Diabetes Care Journal, 2024.
10.Jean-Marie Ekoé, Marian Rewers, Ronald Slama, Paul Zimmet – The
Epidemiology of Diabetes Mellitus – John Wiley & Sons, 2008.
11.International Diabetes Federation (IDF) – IDF Diabetes Atlas, 10th edition –
Brussels, 2021.
12.И.И. Дедов, М.В. Шестакова, А.Ю. Майоров – Сахарный диабет.
Национальное руководство – Москва: ГЭОТАР-Медиа, 2020.
13.Е.П. Касаткина – Эндокринология. Сахарный диабет – Москва, 2018.
14.Tursunov Sh., Mirzayeva N. – Qandli diabet bilan kasallangan bemorlarni
parvarish qilish – ToshPTI, 2022.
15.M.N. Buriyev – Qandli diabet: sabablari, belgilari, oldini olish va davolash – T.:
O‘zbekiston NMIU, 2020.
16.B. A. Akhmedov, N. A. Yusupova – Dietoterapiya asoslari diabet kasalligida –
Samarqand Tibbiyot Instituti, 2019.
17.David G. Gardner, Dolores Shoback – Greenspan’s Basic & Clinical
Endocrinology – McGraw-Hill, 2022.
18.Ralph A. DeFronzo, E. Ferrannini, Paul Zimmet, George Alberti – International
Textbook of Diabetes Mellitus, 4th Edition – Wiley-Blackwell, 2015.
19.M. Berdikulov, A. Raximova – Endokrin kasalliklar amaliyoti – T.: “Fan va
texnologiya”, 2021.