ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–6_ июня–2025
155
2181-
3187
O’N OLTI YOSHGA TO’LMAGAN SHAXS BILAN JINSIY ALOQA
QILISH VA JINSIY EHTIYOJNI G’AYRI TABIY USULDA QONDIRISH
JINOYATINING JINOIY HUQUQIY TAVFSIFI
Risqibayev Mansur Dilshod o’g’li,
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kursanti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining
128-moddasi bo‘yicha 16 yoshga to‘lmagan shaxslar bilan zo‘ravonliksiz jinsiy aloqa
qilish jinoyatining huquqiy tarkibi chuqur tahlil qilingan. Tadqiqotda jinsiy erkinlik va
jinsiy daxlsizlik tushunchalarining nazariy asoslari ochib berilgan, jinoyatning obyekti
sifatida jamiyatda o‘rnatilgan axloq-odob qoidalari va bolaning jismoniy-psixologik
rivojlanishi ko‘rsatilgan. Qiyosiy-huquqiy va tahliliy usullar yordamida jinoyatning
barcha tarkibiy qismlari (obyekt, subyekt, obyektiv va subyektiv tomonlar) batafsil
o‘rganilgan, MDH mamlakatlari qonunchiligining qiyosiy tahlili amalga oshirilgan.
Maqolada subyekt sifatida 16 yoshga to‘lgan aqli raso shaxs, obyektiv tomon sifatida
ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladigan jinsiy aloqa, subyektiv tomon sifatida
to‘g‘ridan-to‘g‘ri qasd belgilangan. Tadqiqot natijalari jinoyat qonunchiligini
takomillashtirish, sud amaliyotini yaxshilash va voyaga etmagan shaxslarning
huquqlarini himoya qilish tizimini mustahkamlash uchun muhim amaliy ahamiyat kasb
etadi.
Аннотация:
В данной статье глубоко проанализирован правовой состав
преступления в виде ненасильственного полового сношения с лицом, не
достигшим 16-летнего возраста, предусмотренного статьей 128
Уголовного кодекса Республики Узбекистан. В исследовании раскрыты
теоретические
основы
понятий
половой
свободы
и
половой
неприкосновенности, в качестве объекта преступления указаны установленные в
обществе морально-этические нормы и физическое и психологическое развитие
ребенка. С помощью сравнительно-правовых и аналитических методов детально
изучены все составные элементы преступления (объект, субъект, объективная и
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–6_ июня–2025
156
2181-
3187
субъективная стороны), проведен сравнительный анализ законодательства стран
СНГ. В статье в качестве субъекта определено вменяемое лицо, достигшее 16-
летнего возраста, в качестве объективной стороны - добровольно
осуществляемое половое сношение, в качестве субъективной стороны - прямой
умысел. Результаты исследования направлены на совершенствование
уголовного законодательства, улучшение судебной практики и защиту прав
несовершеннолетних лиц.
Abstract:
This article provides an in-depth analysis of the legal components of
the crime of non-violent sexual intercourse with persons under 16 years of age, as
defined by Article 128 of the Criminal Code of the Republic of Uzbekistan. The study
explores the theoretical foundations of sexual freedom and sexual inviolability
concepts, identifying society's established moral norms and a child's physical and
psychological development as the objects of the crime. Using comparative legal and
analytical methods, all elements of the crime (object, subject, objective and subjective
aspects) were examined in detail, and a comparative analysis of CIS countries'
legislation was conducted. The article defines the subject as a mentally competent
person who has reached 16 years of age, the objective aspect as voluntary sexual
intercourse, and the subjective aspect as direct intent. The research findings aim to
improve criminal legislation, enhance judicial practice, and protect the rights of minors.
Kalit so‘zlar:
voyaga yetmagan shaxs, bola huquqlari, bolalar ombudsmani,
ijtimoiy himoya, xalqaro bola huquqlari, O‘zbekiston qonunchiligi, obyekt, subyekt,
axloq, normal jinsiy munosabat, jinsiy daxlsizlik.
Ключевые слова:
несовершеннолетнее лицо, права ребенка, детский
омбудсмен,
социальная
защита,
международные
права
ребенка,
законодательство Узбекистана, объект, субъект, нравственность, нормальные
половые отношения, половая неприкосновенность.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–6_ июня–2025
157
2181-
3187
Key words:
minor, children’s rights, children's ombudsman, social protection,
international children's rights, Uzbekistan legislation, object, subject, morality, normal
sexual relations, sexual inviolability.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini
himoya qilish hamda ularning barkamol avlod bo‘lib yetishishini ta’minlash,
bolalarning ma’naviy, jismoniy va axloqiy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish
hamda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida keng ko‘lamli
ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan bir qatorda voyaga yetmagan shaxslarga
nisbatan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan odil sudlovni amalga oshirishni
ta’minlash maqsadida sud-huquq sohasida ham bir qancha islohotlar tizimli ravishda
amalga oshirilmoqda.
O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslarning normal rivojlanishiga tahdid qiluvchi
jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha jinoyat-huquqiy tadbirlarni amalga oshirishning
nazariy va amaliy muammolari har tomonlama ishlab chiqilmiqda, ayniqsa, o’n olti
yoshga to’magan shaxslarning jinsiy erkinligiga qarshi sodir etilgan jinoyatlar bo’yicha
javobgarlik masalasi chuqur o’rganilmoqda.
Jinsiy erkinlik deganda nimani tushunish kerak? A.N.Ignatovning so‘zlariga
ko‘ra, jinsiy erkinlik “Balog‘at yoshiga etgan fuqarolarning jinsiy hayotini erkin
belgilash huquqi va huquqiy layoqatini qamrab oladi”
1
.
Izotov.N.N.ning pozitsiyasini yanada ishonchli deb hisoblash mumkin, “jinsiy
erkinlik-bu jamiyatda belgilangan jinsiy munosabatlar doirasidagi erkinlik, boshqa
shaxslar bilan jinsiy aloqada bo‘lish, aks holda ularning jinsiy istagini qondirish va bu
sohada hech qanday majburlash yoki majburlashga yo‘l qo‘ymaslik. Bu masalada
insonning irodasini ifodalash”
2
.
V.P.Konyaxin eng oqilona fikrga amal qilib, “yosh voyaga etmaganlar (14
yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan shaxslar) va voyaga etmaganlar (14 yoshgacha bo‘lgan
1
Конвенция о борьбе с торговлей людьми и с эксплуатацией проституции третьими лицами от 2 декабря
1949 г. // Сборник действующих договоров, соглашений и конвенций, заключенных СССР с иностранными
государствами. Вып. XVI. М„ 1957.
2
Изотов, Н.Н. Уголовная ответственность за насильственные действия сексуального характера. Автореф.
дис.... канд. юрид. наук. Ставрополь, 2000.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–6_ июня–2025
158
2181-
3187
shaxslar) uchun jinsiy daxlsizlik jinsiy aloqani yoki ular bilan har qanday jinsiy aloqani
qonuniy ravishda taqiqlashdir, hatto ularning roziligiga qaramay”
3
.
Bizni qiziqtirgan navbatdagi masala O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat
kodeksining 128-moddasida nazarda tutilgan qo‘shimcha jinoyat ob’ektini yaratish.
Gap shundaki, bolalarga nisbatan zo‘ravonliksiz jinsiy aloqa qilish ularning keyingi
jinsiy va ijtimoiy rivojlanishiga katta xavf tug‘diradi. Erta jinsiy aloqalar shaxsiyatning
normal fiziologik va axloqiy-psixologik shakllanishini buzadi, bu ko‘pincha
odamlarning keyingi hayotidagi buzuq jinsiy orientatsiyasiga olib keladi, ularning
tanasiga psixotravmatik ta’sir ko‘rsatadi, oqibatlari hayot davomida namoyon bo‘lishi
mumkin.
Ushbu jinoyatning Jinoiy huquqiy tarkibiga nazar soladigan bo‘lgan bo’lsak uning
o‘ziga xos va bir necha nozik taraflariga ega ekanligini ko‘rishimiz mumkin
Obekti
bo‘lib jamiyatda o‘rnatilgan odob axloq qoidalari va shuningdek bolaning jismoniy va
psixologik rivojlanishi tashkil etadi. Jamiyatda o‘rnatilgan axloq odob qoidalari
deganda qadim zamonlardan ma’lum jamiyat va xalqning urf odat va qadriyatlaridan
kelib chiqib o‘rnatilgan qoidalar to‘plami bo’lib hisoblanadi. O‘zbek xalqining
ko‘pchilik urf odat qoydalari Islom dini qoidalari va Islom dinidan oldin mavjud
bo‘lgan dinlar ta’sirida paydo bulganligi uchun oldingi zamonlardan ota bobolarimiz
qiz bolalarning voyaga etganidan so‘ng ya’ni o‘n olti o‘n sakkiz yoshlarida turmushga
berishga xaraqat qilishgan bu yoshga qadar qiz bolaning o‘zga jins vakillari bilan
munosobatga kirishishi juda qattik nazoratga olingan. Shuningdek ushbu jinoyatning
Subekti
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 17-moddasida
ko‘rsatilganidek 16 yoshga to‘lgan aqli raso shaxs xisoblanadi sababi ushbu yoshdan
boshlab shaxs jinsiy aloqa qilish erkinligiga ega bo‘ladi va o‘zining jinsiy xayotini o‘zi
nazorat qiladi.
3
Коняхин, В.П., Сяткин, Н.Н. Ненасильственные половые преступления по уложению о наказаниях
уголовных и исправительных 1845 г.: система и виды / Международная науч.-практ. конф. «Развитие
национального законодательства в условиях глобализации: опыт России и стран Азиатско- Тихоокеанского
региона», 2011.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–6_ июня–2025
159
2181-
3187
Obektiv tomon:
Jinoyat kodeksida ko‘rib chiqilayotgan jinoyatning ob’ektiv
tomoni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 128-moddasida ko‘rsatilgan
harakatni sodir etishni o‘z ichiga olgan. Ya’ni erkak yoki ayolning qarama-qarshi
jinsdagi o’n olti yoshga to’lmagan shaxs bilan ixtiyoriy ravishda jinsiy aloqa qilishi
yoki jinsiy ehtiyojni g’ayritabiiy usulda qondirishida ifodalanadi.
Ushbu xarakatlar psixoseksualogik orientatsiyalarning buzilishi sifatida talqin
qilinadi bundan tashqari jabrlanuvchida bunday psixologik buzilishlarning paydo
bo‘lishida asosan katta yoshdagi shaxs ya’ni jinoyatchi tarafidan qilinadigan xarkatlar
natidjasida paydo bo‘ladi.
Shuning uchun, R.E.Zatonning so‘zlariga ko‘ra, ushbu jinoyatning ob’ektiv
tomoni ixtiyoriy ravishda, ikkala tomonning aniq roziligi bilan, ya’ni zo‘ravonliksiz,
o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan kattalarning jinsiy aloqasi yoki jinsiy
harakatlarini sodir etishda ifodalanadi." S.V.Borodinning fikricha, “jabrlanuvchining
jinsiy aloqa yoki boshqa jinsiy harakatlarni sodir etishga ixtiyoriy va majburiy
bo‘lmaganligi aniqlanishi lozim”
4
.
Ushbu jinoyat tarkibiga ko‘ra formal tarkibli jinoyat hisoblanadi ya’ni jinoyat
shaxs o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqaga kirishgan vaqtda
tugallangan hisoblanadi. Shaxsning o‘z jinoiy xarakatlarini amalga oshirish maqsadida
jabrlanuvchili ojiz axvolga tushirishga (uyqu dorilar, alkogol maxsulotlari va
boshqalar) va jinsiy a’zolarini jabrlanuvchining jinsiy azolariga tekkizib jinsiy
extiroslarini qo‘zgatishga urinish kabi xarakatlar boshlanib jinoyat jinsiy aloqaga
kirishilganga qadar turli sabablarga ko‘ra oxiriga etmagan bo‘lsa bunda bunday
qilmishlar jinoyatga suiqast sifatida baxolanib O‘zbekiston Respublikasi jinoyat
kodeksining 25-moddasi orqali 128-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Subektiv tomon:
Har qanday jinoyatning subektiv tomonining mazmuni
aybdorning o‘zi sodir etgan ijtimoiy xavfli qilmishiga va uning oqibatlariga
munosabati hisoblanadi. Shu bilan birga, shuni yodda tutish kerakki, jinoyat qonuni
4
Булатов, С.Л., Мамутов, А.М. Ответственность за преступления против личности по Уголовному кодексу
Казахской ССР. Алма-Ата, 1961.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–6_ июня–2025
160
2181-
3187
jinoyatning subektiv tomoni sifatida faqat shaxsning o‘zi tomonidan sodir etilgan
harakatga qat’iy belgilangan shaklda ifodalangan ruhiy munosabatini tan oladi.
Jinoyat sodir etishda qasdning elementi (belgisi) uchun zaruriy shart bu jinoyat
sub’ektiv tomonidan 16 yoshga to‘lmagan, jinsiy yaxlitligi va jinsiy rivojlanishi qonun
bilan himoyalangan shaxsga nisbatan jinsiy xatti-harakatlar sodir etganligini
anglashdir.
Ushbu jinoyatning xalqaro huquq normalari tomonidan qanday tasiflanishiga
to‘xtaladigan bo‘lsak dast avval MDH davlatlaridan boshlashimiz maqsadga muvofik
bo‘ladi sababi post sovet davlatrinirng qonunchiliklari ko’pincha bir biriga uxshash,
mazmunan yaqinligi kuzatiladi. MDHning barcha mamlakatlarida 16 yoshga
to‘lmagan (yoki balog‘at yoshiga etmagan) shaxs bilan jinsiy aloqa va boshqa jinsiy
harakatlarning bevosita ob’ekti jinsiy daxlsizlikdir. Bunday holda, Mdhga a’zo
davlatlarning har birining jinoyat qonuni voyaga etmaganlarning huquqlari va
manfaatlarini himoya qiladigan bir xil ijtimoiy munosabatlarni himoya qiladi
5
.
5
Андреева, В.Н. Преступления против половой неприкосновенности и половой свободы личности. Учебно-
методическое пособие. Краснодар, 2005
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–6_ июня–2025
161
2181-
3187
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
2. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi.
3. O‘zbekiston Respublikasing Jinoyat kodeksi.
4. “Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari” to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-
avgustdagi PF-6275-son farmoni.
5. “O‘zbekiston respublikasi Oliy majlisining bola huquqlari bo‘yicha vakili
(bolalar ombudsmani) faoliyatini tashkil etish” to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi
Oliy majlisi qonunchilik palatasi kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy
majlisi senati kengashining qo‘shma qarori.
6. “Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-
tadbirlar” to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-apreldagi
PQ-4296 son qarori.
7. “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining milliy strategiyasini
tasdiqlash” to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi
PF-6012-son farmoni.
8. “Voyaga еtmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti”
to‘g‘risida O‘zbekiston respublikasi Oliy sudi plenumining 21-sonli qarori 2000-yil
15-sentabr.
9. Bola huquqlari. Yuridik Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik G‘. Abdumajidov
tahriri ostida. –T.: TDYU nashriyoti, 2008 yil.
10. Bolalami himoya qilish. Parlament a'zolari uchun qoTlanma. T.: UNICEF,
Inson huquqlari bo'yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, 2006. — B. 163.
11. Bolalarni himoya qilish. Parlament a’zolari uchun qo‘llanma. T.: YUNISEF,
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, 2006 yil.
12. Bola huquqlari monitoringi. O‘quv-uslubiy qo‘llanma /Mas’ul muharrir
A.X.Saidov. T.: Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi,
2011 yil.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–6_ июня–2025
162
2181-
3187
13.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
“2022—2026-yillarga
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” to‘g‘risida 2022-yil
28-yanvardagi PF-60-son farmoni.
Xorijiy adabiyotlar:
1. Ветрова Г. Н., Мельникова Э. Б. Закон о ювенальной юстиции в
Российской Федератсии. Проект // Правозащитник. 1996 г
2. Ткаченко А. В. Ювенальная юстиция в России: за и против Социально-
экономический и гуманитарный журнал Красноярского ГАУ. 2018 г.
3. С.Н. Апатенко «Ювенальная юстиция в системе государственной
молодежной политики» //Материалы «круглого стола» Государственной думы
ФС РФ «Становление ювенальной юстиции в России: опыт, проблемы
и перспективы», 20 марта 2006 г.
4. «Международно-правовое регулирование ювенальной юстиции в
документах организатсии объединенных натсий» В.Н. Стешенко.
Elektron manbalar:
https://www.unicef.org/uzbekistan/uz