Авторы

  • Usanova Muxlisa

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.124327

Ключевые слова:

Qo‘rquv psixologiya emotsiya bihevioral yondashuv kognitiv terapiya psixoanaliz qo‘rquv refleksi amigdala fobiya psixoterapiya.

Аннотация

Mazkur maqolada inson ruhiyatidagi eng muhim hissiy holatlardan 
biri — qo‘rquvning psixologik asoslari yoritilgan. Qo‘rquvning tabiiy va ijtimoiy 
sabablari, u paydo bo‘lishining biologik va psixologik mexanizmlari, shuningdek, u 
bilan bog‘liq klassik eksperimentlar “Kichkina Albert” tahlil qilingan. Maqolada 
bihevioral, psixoanalitik va kognitiv yondashuvlar asosida qo‘rquvga ilmiy izoh 
berilgan hamda uni yengish usullari psixoterapiya, meditatsiya, ekspozitsion terapiya 
haqida ma’lumotlar keltirilgan. Qo‘rquv inson hayotida qanday ijobiy va salbiy rol 
o‘ynashi tushuntirilib, uni boshqarish psixologik salomatlik uchun naqadar muhim 
ekani ta’kidlangan.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–5_ июня–2025

58

2181-

3187

QOʻRQUV PSIXOLOGIYASI MOHIYATI

Usanova Muxlisa

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

Sharq sivilizatsiyasi va falsafa fakulteti

Antropologiya va etnologiya yo‘nalishi

3-kurs hind-ingliz guruhi talabasi

+998933047175

muxlisausanova03@gmail.com

Annotasiya: Mazkur maqolada inson ruhiyatidagi eng muhim hissiy holatlardan

biri — qo‘rquvning psixologik asoslari yoritilgan. Qo‘rquvning tabiiy va ijtimoiy

sabablari, u paydo bo‘lishining biologik va psixologik mexanizmlari, shuningdek, u

bilan bog‘liq klassik eksperimentlar “Kichkina Albert” tahlil qilingan. Maqolada

bihevioral, psixoanalitik va kognitiv yondashuvlar asosida qo‘rquvga ilmiy izoh

berilgan hamda uni yengish usullari psixoterapiya, meditatsiya, ekspozitsion terapiya

haqida ma’lumotlar keltirilgan. Qo‘rquv inson hayotida qanday ijobiy va salbiy rol

o‘ynashi tushuntirilib, uni boshqarish psixologik salomatlik uchun naqadar muhim

ekani ta’kidlangan.

Kalit so‘zlar: Qo‘rquv, psixologiya, emotsiya, bihevioral yondashuv, kognitiv

terapiya, psixoanaliz, qo‘rquv refleksi, amigdala, fobiya, psixoterapiya.

THE ESSENCE OF THE PSYCHOLOGY OF FEAR

Usanova Mukhlisa

Tashkent State University of Oriental Studies

Faculty of Eastern Civilization and Philosophy

Department of Anthropology and Ethnology

3rd year student of the Indian-English group

+998933047175

muxlisausanova03@gmail.com


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–5_ июня–2025

59

2181-

3187

Annotation: This article explores one of the most important emotional states in

human psychology — the psychological foundations of fear. It examines the natural

and social causes of fear, as well as the biological and psychological mechanisms

behind its emergence. Classical experiments related to fear, such as the “Little Albert”

experiment, are analyzed. The article provides a scientific explanation of fear through

behavioral, psychoanalytic, and cognitive approaches and presents methods for

overcoming fear, including psychotherapy, meditation, and exposure therapy. The dual

role of fear — both positive and negative — in human life is discussed, emphasizing

how managing fear is essential for psychological well-being.

Keywords: fear, psychology, emotion, behavioral approach, cognitive therapy,

psychoanalysis, fear reflex, amygdala, phobia, psychotherapy

СУТЬ ПСИХОЛОГИИ СТРАХА

Усанова Мухлиса

Ташкентский государственный университет востоковедения

Факультет восточной цивилизации и философии

Кафедра антропологии и этнологии

Студент 3 курса индийско-английской группы

+998933047175

muxlisausanova03@gmail.com

Аннотация: В статье рассматриваются психологические основы одного

из важнейших эмоциональных состояний психики человека — страха.

Анализируются естественные и социальные причины страха, биологические и

психологические механизмы его возникновения, а также связанные с ним

классические эксперименты «Маленький Альберт». В статье дается научное

объяснение страха на основе поведенческого, психоаналитического и

когнитивного подходов, а также приводятся сведения о методах его

преодоления — психотерапии, медитации, экспозиционной терапии.

Объясняется, какую положительную и отрицательную роль играет страх в


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–5_ июня–2025

60

2181-

3187

жизни человека, и подчеркивается, насколько важно контролировать его для

психологического здоровья.

Ключевые слова: Страх, психология, эмоция, поведенческий подход,

когнитивная терапия, психоанализ, рефлекс страха, миндалевидное тело,

фобия, психотерапия.

Kirish:

Qo‘rquv inson psixologiyasidagi eng kuchli va qadimiy hissiyotlardan

biri hisoblanadi. Bu hissiyot odamzod hayoti davomida ko‘plab xavf-xatarlarni sezish,

ulardan saqlanish va omon qolish imkonini bergan. Zamonaviy psixologiyada, ayniqsa

eksperimental psixologiyada, qo‘rquvni o‘rganish orqali inson miyasi, hissiy holati va

xatti-harakatlari qanday ishlashini chuqurroq anglash mumkin. Qo‘rquv shunchaki

noxush tuyg‘u emas — u odam organizmidagi fiziologik, emotsional va kognitiv

jarayonlar majmuasidir.

Asosiy qism

Qo‘rquv — bu inson miyasi va asab tizimining xavfga tabiiy javobi sifatida

yuzaga keladigan murakkab hissiy holatdir. U organizmni tahdidga qarshi tayyor

holatga keltirish orqali himoya vazifasini bajaradi. Psixologik jihatdan qo‘rquv asosan

hayotiy muhim axborotga tezkor va kuchli javob sifatida shakllanadi. Miyada ayniqsa

amigdala-bodomcha shaklidagi soha qo‘rquvga javob beruvchi markaz hisoblanadi.

Tahdid signali sezilgach, amigdala organizmda yurak urishining tezlashuvi,

mushaklarning taranglashuvi va “kurash yoki qoch” refleksini ishga tushiradi. Bu holat

odamni muammoli vaziyatlardan tezroq chiqishga yoki xavfdan qochishga majbur

qiladi. Qo‘rquv evolyutsion nuqtai nazardan qaralganda, insoniyat omon qolishida

muhim rol o‘ynagan. Masalan, qadimda yirtqich hayvonlar bilan to‘qnash kelganda

tezkor qo‘rquv reaksiyasi hayot-mamot masalasiga aylangan. Bugungi kunda esa bu

refleks ko‘proq ijtimoiy yoki psixologik stresslarga nisbatan namoyon bo‘ladi.

Shuningdek, qo‘rquv bolalikdan boshlab shakllanadi va u insonning tarbiyasi,

tajribalari hamda ijtimoiy muhitiga bog‘liq holda rivojlanadi. Shu sababli, har bir

individda qo‘rquv sabablari va ko‘rinishlari har xil bo‘lishi mumkin.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–5_ июня–2025

61

2181-

3187

Qo‘rquvning inson ruhiyatidagi ko‘rinishlari turli shakllarda namoyon bo‘ladi.

Umuman olganda, uni ikki asosiy turga ajratish mumkin: real va irratsional qo‘rquv.

Real qo‘rquv — bu haqiqiy, mavjud tahdidga organizmning tabiiy reaksiyasidir.

Masalan, balandlikdan yiqilish xavfi, yovvoyi hayvon hujumi yoki avtohalokat kabi

vaziyatlar real qo‘rquvni yuzaga keltiradi. Bu turdagi qo‘rquv odatda foydalidir, chunki

u ehtiyot bo‘lishga va xavfdan qochishga yordam beradi. Irratsional qo‘rquv esa

mantiqsiz va haddan tashqari bo‘rttirilgan qo‘rquv shaklidir. Bu turga fobiyalar kiradi.

Fobiya — bu aniq ob’ekt yoki vaziyatga nisbatan kuchli, nazoratdan chiqqan

qo‘rquvdir. Masalan, yopiq joylardan qo‘rqish (klaustrofobiya), hasharotlardan

qo‘rqish (entomofobiya) yoki jamoat oldida so‘zlashdan qo‘rqish (glossafobiya). Yana

bir tur — bu travmatik qo‘rquv, ya’ni og‘ir ruhiy zarba (masalan, avtohalokat, urush,

zo‘ravonlik) natijasida paydo bo‘lgan holatdir. Bu holat ba’zan travmadan keyingi

stress buzilishi (PTSD) ga olib keladi. Bu turdagi qo‘rquv insonning kundalik hayotiga

jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ba’zi hollarda qo‘rquv umumiy tashvish, xavotir yoki

depressiya kabi ruhiy kasalliklar bilan birga kechadi. Shuning uchun psixologiyada

qo‘rquvni aniqlash va to‘g‘ri tasniflash muhim ahamiyatga ega.

Qo‘rquv psixologiyasini chuqurroq tushunish uchun olimlar ko‘plab

eksperimentlar o‘tkazgan. Eksperimental psixologiya aynan qo‘rquvni sun’iy sharoitda

yuzaga keltirib, uning miyada va xatti-harakatdagi ta’sirini o‘rganishga yordam

bergan. Eng mashhur tajribalardan biri bu 1920-yilda Jon B. Uotson va Rozali Reyner

tomonidan o‘tkazilgan “Kichkina Albert” tajribasidir. Bu tajribada bir yoshli bolaning

ilgari qo‘rqmaydigan oq sichqonga nisbatan qo‘rquvni qanday shakllantirish

mumkinligi ko‘rsatib berildi. Har safar bola sichqonni ko‘rganida baland ovoz

chiqarilib, unda sichqon bilan bog‘liq salbiy assotsiatsiya paydo bo‘ldi. Natijada, bola

sichqonni ko‘rgan zahoti qo‘rqadigan bo‘lib qoldi. Bu tajriba orqali shartli refleks

orqali qo‘rquv qanday shakllanishi isbotlandi.

Hayvonlar ustida o‘tkazilgan tajribalar ham qo‘rquvni o‘rganishda katta

ahamiyatga ega bo‘lgan. Masalan, neyropsixolog olima Jozeph LeDoux amigdalaning

qo‘rquvdagi rolini chuqur o‘rgangan. U sichqonlar bilan olib borgan tajribalari orqali


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–5_ июня–2025

62

2181-

3187

amigdala olib tashlansa, hayvonlar qo‘rquvga nisbatan javob bermasligini aniqlagan.

Zamonaviy eksperimental tadqiqotlar fMRI (funksional magnit-rezonans tomografiya)

yordamida miyaning qo‘rquvga javob beruvchi sohalarini aniqlashga yordam

bermoqda. Bu orqali inson miyasida qo‘rquv qachon va qanday faollashishi, qanday

holatlarda u susayishi yoki kuchayishini aniqlash mumkin bo‘ldi. Ushbu tadqiqotlar

psixoterapiya, farmakologiya va nevrologiya sohalarida qo‘rquvni bartaraf etish

yo‘llarini ishlab chiqishda muhim rol o‘ynaydi.

Psixologiyada qo‘rquv turli nazariy maktablar tomonidan har xil tarzda talqin

qilinadi. Har bir yondashuv ushbu hissiy holatni o‘z uslubida tahlil qilib, uning kelib

chiqishi va uni boshqarish yo‘llarini tushuntiradi. Bihevioral yondashuvga ko‘ra,

qo‘rquv inson tajribasi orqali o‘rganiladi. Mashhur psixologlar J. B. Uotson va B. F.

Skinner bu hissiyotning shakllanishini klassik va operant shartlashuv orqali

izohlashgan. Ya’ni, qo‘rquv inson muayyan stimullarga salbiy tajriba asosida javob

berishga o‘rganadi. Bu yondashuvda davolash uchun ekspozitsion terapiya kabi

metodlar qo‘llaniladi. Kognitiv yondashuv esa qo‘rquvning sababi inson fikrlash

jarayonlarida, ya’ni voqealarga qanday baho berishida deb hisoblaydi. Bu nazariyaga

ko‘ra, odam ba’zi holatlarni real xavf deb noto‘g‘ri talqin qilishi mumkin. Shuning

uchun kognitiv-terapiya usullari orqali bu noto‘g‘ri e’tiqodlar va salbiy tafakkurlar

tuzatiladi. Psixoanalitik yondashuv Sigmund Freyd asos solgan tushunchalarga

tayangan holda, qo‘rquvni ong ostidagi bosilgan istaklar va bolalikdagi travmalar bilan

bog‘laydi. Bu yondashuvga ko‘ra, qo‘rquv – ichki ziddiyatlarning ong sathiga chiqishi

natijasidir. Bunday holatlarni tushunish va yechish uchun chuqur tahlil va suhbat

asosidagi terapiya taklif etiladi. Gumanistik yondashuv esa qo‘rquvni shaxsiy o‘sish

yo‘lida to‘siq sifatida ko‘radi. Masalan, Abraham Maslow nazariyasiga ko‘ra, inson

o‘zining potensialini to‘liq ro‘yobga chiqarish (samoaktualizatsiya) uchun ichki

qo‘rquvlaridan xalos bo‘lishi kerak. Turli yondashuvlarning mavjudligi qo‘rquvni har

tomonlama o‘rganish va unga nisbatan keng qamrovli davolash usullarini ishlab

chiqishga imkon beradi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–5_ июня–2025

63

2181-

3187

Qo‘rquv har bir insonda tabiiy ravishda mavjud bo‘lsa-da, uning haddan tashqari

kuchli shakllari shaxsiy hayotga, salomatlikka va ijtimoiy faoliyatga salbiy ta’sir

ko‘rsatadi. Shu sababli psixologiyada qo‘rquvni kamaytirish va bartaraf etishga

qaratilgan turli usullar ishlab chiqilgan. Eng samarali usullardan biri bu ekspozitsion

terapiya bo‘lib, u bihevioral psixologiya asoslariga tayangan. Bu usulda odam asta-

sekinlik bilan o‘z qo‘rquv manbaiga duch keladi va vaqt o‘tishi bilan unga bo‘lgan

hissiy javobi susayadi. Masalan, o‘rgimchakdan qo‘rqadigan odam dastlab uning

rasmini ko‘radi, keyin haqiqiy o‘rgimchakni uzoqdan kuzatadi, va nihoyat unga

yaqinlashishni o‘rganadi. Kognitiv terapiya esa odamning salbiy fikrlarini aniqlash va

ularni ijobiy, realistik fikrlar bilan almashtirishga qaratilgan. Bu usul qo‘rquvga olib

kelayotgan noto‘g‘ri e’tiqod va taxminlarni o‘zgartirish orqali qo‘rquvni pasaytiradi.

Ongli ong va meditatsiya texnikalari ham qo‘rquvni yengishda foydali bo‘ladi. Bu

usullar insonni hozirgi vaziyatga e’tibor qaratishga, nafas olishni boshqarishga va

hissiy reaktsiyalarni nazorat qilishga o‘rgatadi. Bu orqali yurak urishi, tashvish va

vahima xurujlari kamayadi.

Shuningdek, nafas mashqlari, avtogen mashqlar va muskul relaksatsiyasi kabi

tana orqali boshqariladigan usullar ham qo‘rquv reaksiyasini fiziologik jihatdan

nazorat qilishga yordam beradi. Og‘ir holatlarda esa psixoterapiya bilan birga dorivor

davolash ham qo‘llanilishi mumkin. Biroq bu faqat malakali mutaxassis tavsiyasi bilan

amalga oshiriladi. Qo‘rquvni yengish — bu bir martalik emas, balki doimiy mashq va

o‘z ustida ishlashni talab qiladigan jarayondir. Ammo to‘g‘ri yondashuvlar bilan bu

holat ustidan nazoratni qo‘lga olish mumkin.

Xulosa

Qo‘rquv inson ruhiyatining ajralmas va tabiiy bir qismidir. U hayotni saqlab

qolishda muhim signal funksiyasini bajaradi, biroq nazoratdan chiqqan holatda shaxsiy

taraqqiyotga, ruhiy holatga va ijtimoiy faoliyatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli

qo‘rquvni chuqur o‘rganish nafaqat nazariy jihatdan, balki amaliy nuqtai nazardan ham

dolzarbdir. Eksperimental psixologiya orqali qo‘rquvning paydo bo‘lish mexanizmlari,

miyadagi neyrofiziologik jarayonlar va shartli reflekslar aniqlangan. Uotson, LeDoux


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–5_ июня–2025

64

2181-

3187

kabi olimlarning tadqiqotlari bu sohaning asosini tashkil etadi. Har xil psixologik

yondashuvlar esa qo‘rquvga turlicha izoh beradi va uni yengishga oid turli

strategiyalarni taklif etadi. Psixoterapiya, meditatsiya, kognitiv va bihevioral usullar

orqali insonlar o‘z qo‘rquvlarini boshqarishni o‘rganmoqda. Eng muhimi, qo‘rquvni

tan olish, uni tushunishga harakat qilish va u bilan kurashishdan qochmaslikdir. Chunki

har bir inson ichki qo‘rquvlarini yengib, yanada erkin va baxtli hayot kechirishga

qodirdir

Foydalanilgan adabiyotlar

1. J. B. Uotson va R. Reyner – Shartli emotsional reaksiyalar (1920)

2. Jozef LeDux – Hissiy miya: Qo‘rquv va hissiyotlar haqida (1996)

3. D. Mayers – Psixologiyaga kirish (2014)

4. A. Bek – Kognitiv terapiya va emotsional buzilishlar (1976)

5. R. Gross – Psixologiya: Ong va xulq-atvor ilmi (2010)

6. J. S. Nevid – Psixologiya: Nazariya va amaliyot (2013)

7. Z. Freyd – Ong osti va qo‘rquv nazariyalari (1923)

8. A. Öhman va S. Mineka – Qo‘rquv va fobiyalar: Evolyutsion yondashuv (2001)

Библиографические ссылки

J. B. Uotson va R. Reyner – Shartli emotsional reaksiyalar (1920)

Jozef LeDux – Hissiy miya: Qo‘rquv va hissiyotlar haqida (1996)

D. Mayers – Psixologiyaga kirish (2014)

A. Bek – Kognitiv terapiya va emotsional buzilishlar (1976)

R. Gross – Psixologiya: Ong va xulq-atvor ilmi (2010)

J. S. Nevid – Psixologiya: Nazariya va amaliyot (2013)

Z. Freyd – Ong osti va qo‘rquv nazariyalari (1923)

A. Öhman va S. Mineka – Qo‘rquv va fobiyalar: Evolyutsion yondashuv (2001)