Авторы

  • Abduvali Yuldashev Qurbonaliyevich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.124415

Ключевые слова:

Shuningdek maqolada matematika fanini o‘qitishda raqamli texnologiyalar (GeoGebra Desmos Excel Quizizz va h.k.) imkoniyatlaridan foydalanishning o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash vizual tasavvur muammoli vaziyatni modellashtirish kabi ko‘nikmalarini shakllantirishdagi o‘rni alohida ta’kidlanadi. Maqola pedagog-o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma sifatida xizmat qilishi dars jarayonini samarali tashkil qilishda amaliy yordam bo‘lishi mumkin.

Аннотация

Mazkur ilmiy maqolada matematika fanini o‘rta maxsus, kasb-hunar va texnikumlarda o‘qitish jarayonini yanada takomillashtirish, darslarning samaradorligini oshirishga qaratilgan zamonaviy metodik yondashuvlar tahlil qilingan. 
Maqolada samarali dars tushunchasining mazmuni ochib berilib, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini chuqurlashtirishda faol va interaktiv metodlardan foydalanishning ahamiyati ilmiy-nazariy asosda yoritilgan. Samarali dars — bu 
o‘quvchining markazda bo‘lgan, bilimni passiv emas, balki faol izlanish orqali o‘zlashtirishiga yo‘naltirilgan darsdir. Shuning uchun maqolada muammoli o‘qitish, darsda kichik guruhlar bilan ishlash, kasbiy yo‘naltirilgan topshiriqlarni joriy etish, 
o‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda differensial yondashuvlarni qo‘llash kabi samarali dars tashkil etish mexanizmlari tahlil qilinadi. Ayniqsa, politexnikum va kasb-hunar kollejlari sharoitida o‘quvchilarni kelajak kasbiga tayyorlash jarayonida matematikani amaliy va hayotiy misollar bilan bog‘lab o‘qitish muhim o‘rin tutadi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–3_ июня–2025

52

2181-

3187

MATEMATIKA DARSLARINI SAMARALI TASHKIL ETISH

USULLARI

Rishton tuman 2-son politexnikumi

matematika fani o‘qituvchisi

Abduvali Yuldashev Qurbonaliyevich

email.

abduvaliyuldashev64@gmail.com

ANNOTATSIYA

Mazkur ilmiy maqolada matematika fanini o‘rta maxsus,

kasb-hunar va texnikumlarda o‘qitish jarayonini yanada takomillashtirish, darslarning

samaradorligini oshirishga qaratilgan zamonaviy metodik yondashuvlar tahlil qilingan.

Maqolada samarali dars tushunchasining mazmuni ochib berilib, o‘quvchilarning

bilim, ko‘nikma va malakalarini chuqurlashtirishda faol va interaktiv metodlardan

foydalanishning ahamiyati ilmiy-nazariy asosda yoritilgan. Samarali dars — bu

o‘quvchining markazda bo‘lgan, bilimni passiv emas, balki faol izlanish orqali

o‘zlashtirishiga yo‘naltirilgan darsdir. Shuning uchun maqolada muammoli o‘qitish,

darsda kichik guruhlar bilan ishlash, kasbiy yo‘naltirilgan topshiriqlarni joriy etish,

o‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda differensial

yondashuvlarni qo‘llash kabi samarali dars tashkil etish mexanizmlari tahlil qilinadi.

Ayniqsa, politexnikum va kasb-hunar kollejlari sharoitida o‘quvchilarni kelajak

kasbiga tayyorlash jarayonida matematikani amaliy va hayotiy misollar bilan bog‘lab

o‘qitish muhim o‘rin tutadi.

Shuningdek, maqolada matematika fanini o‘qitishda raqamli texnologiyalar

(GeoGebra, Desmos, Excel, Quizizz va h.k.) imkoniyatlaridan foydalanishning

o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash, vizual tasavvur, muammoli vaziyatni

modellashtirish kabi ko‘nikmalarini shakllantirishdagi o‘rni alohida ta’kidlanadi.

Maqola pedagog-o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma sifatida xizmat qilishi, dars

jarayonini samarali tashkil qilishda amaliy yordam bo‘lishi mumkin.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–3_ июня–2025

53

2181-

3187

Kalit so‘zlar:

matematika ta’limi, samarali dars, faol metodlar, muammoli

o‘qitish, raqamli texnologiyalar, kompetensiyaviy yondashuv, kasbiy yo‘naltirish,

politexnikum.

ANNOTATION

This scientific article explores modern methodological

approaches aimed at improving the quality and effectiveness of mathematics

instruction in vocational colleges, technical schools, and secondary specialized

educational institutions. The concept of an effective lesson is examined in detail,

emphasizing the importance of student-centered learning, where learners acquire

knowledge through active engagement and critical thinking rather than passive

reception. The paper discusses various teaching strategies such as problem-based

learning, collaborative group work, differentiated instruction based on students'

individual needs, and the integration of profession-oriented tasks. Special attention is

paid to the role of mathematics in vocational education, where linking theoretical

knowledge with real-life applications significantly enhances students' motivation and

practical competence in their future professions. Moreover, the article highlights the

effective use of digital tools such as GeoGebra, Desmos, Excel, and Quizizz, which

contribute to the development of students' logical reasoning, spatial visualization, and

problem-solving skills. These technologies not only increase engagement but also

allow for the visualization and modeling of mathematical concepts in an accessible and

interactive manner. This work serves as a practical and methodological guide for

mathematics teachers seeking to organize more effective, engaging, and profession-

oriented lessons. The recommendations provided are applicable in real classroom

settings and aligned with competency-based and student-centered education reforms.

Keywords:

mathematics education, effective lesson, active learning methods,

problem-based teaching, digital tools, competency-based approach, vocational

training, technical college.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–3_ июня–2025

54

2181-

3187

KIRISH

XXI asr — bu raqamli texnologiyalar, zamonaviy ta’lim metodlari va

kompetensiyaviy yondashuvlar asridir. Ta’lim tizimidagi keskin islohotlar, fanlarni

zamonaviy talablarga moslashtirishga qaratilgan siyosiy va ijtimoiy ehtiyojlar, ayniqsa

texnikum va kollejlar kabi o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida o‘qituvchilardan yuqori

darajadagi metodik va didaktik tayyorgarlikni talab qilmoqda. Shunday sharoitda

matematika fanini samarali o‘qitish

masalasi dolzarb muammolardan biri sifatida

maydonga chiqmoqda. Matematika – bu faqat formulalar va raqamlar yig‘indisi emas,

balki

fikrlash, tahlil qilish, umumlashtirish va xulosa chiqarish

madaniyatidir. U

nafaqat kasbiy bilimlar asosidir, balki hayotiy qarorlar qabul qilish, muammoli

vaziyatlardan chiqish, mantiqiy fikrlash va intellektual salohiyatni shakllantiruvchi

vositadir. Aynan shu sababli matematika fani har bir o‘quvchining intellektual rivojida

hal qiluvchi o‘ringa ega. Ammo, hozirgi davrda darslarning formal, faqat darslik

asosida o‘tkazilishi, o‘quvchilarning passiv holatda qolishi, hayotiy kontekstdan

uzilgan masalalarning ko‘pligi o‘quvchilarda bu fandan begonalashuvga olib

kelmoqda.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–3_ июня–2025

55

2181-

3187

Bu holat ta’lim samaradorligini pasaytiradi, o‘quvchida o‘quvga nisbatan ijobiy

munosabatni shakllantira olmaydi. Shuningdek, politexnikum va kasb-hunar ta’limi

tizimida o‘quvchilar har xil bilim darajasi, o‘zlashtirish tezligi va qiziqishlariga ega

bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bunday guruhlarda darsni samarali tashkil etish uchun

turli

metodlar, individual yondashuvlar, va texnologik vositalardan foydalangan holda

darsni loyihalash

muhim hisoblanadi. Zamonaviy yondashuvlar, jumladan,

muammoli ta’lim, faol o‘qitish metodlari, raqamli resurslar bilan ishlash

,

o‘quvchining darsdagi ishtirokini faol va ongli qiladi. Bundan tashqari, O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining “Ta’lim sifatini oshirish, raqobatbardosh kadrlar

tayyorlash tizimini takomillashtirish”ga qaratilgan farmon va qarorlarida ham ta’lim

jarayonini yangilash, o‘qituvchilarning innovatsion salohiyatini oshirish haqida

alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, o‘qituvchi darsda ijodkor bo‘lishi, zamonaviy

texnologiyalarni qo‘llay olishi va har bir o‘quvchining individual rivojlanishini

ta’minlashi lozimligi ta’kidlanmoqda.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–3_ июня–2025

56

2181-

3187

Shunday ekan, ushbu maqola orqali matematika darslarini

samarali, zamonaviy

va maqsadli tashkil etishning asosiy yo‘llari

, o‘quvchining bilim olish jarayonidagi

faolligini oshirish va o‘qituvchi uchun yangi metodik yechimlarni tahlil qilish nazarda

tutiladi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI.

Samarali dars tushunchasi va uning belgilari.

Samarali dars bu — o‘qituvchi

tomonidan qat’iy rejalashtirilgan, o‘quvchining bilim, ko‘nikma va malakasini

rivojlantiruvchi, unga mustaqil fikrlash imkonini beruvchi va natijaga yo‘naltirilgan

darsdir. Dars samaradorligi nafaqat dars mazmuni, balki o‘quvchilarning darsga

bo‘lgan qiziqishi, faol ishtiroki va mustahkam bilimlar hosil qilishi bilan belgilanadi.

Pedagogik adabiyotlarda samarali dars quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi

kerakligi ta’kidlanadi: aniq va o‘lchanadigan maqsadga yo‘naltirilganlik;

didaktik tamoyillarga asoslanganlik (tizimlilik, izchillik, ongli o‘zlashtirish,

qiziqish uyg‘otish); fanlararo integratsiya elementlari mavjudligi;

zamonaviy texnologiyalardan oqilona foydalanish;

o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan yondashuv. Bundan kelib chiqadiki,

matematikani samarali o‘qitish uchun o‘qituvchi darsni shunchaki ma’lumot yetkazish

emas, balki fikrlashni rivojlantirish, mantiqiy xulosalar chiqarishga yo‘naltirish deb

tushunishi zarur.

Matematika darslarini samarali tashkil etish usullari.

Zamonaviy metodlar

darsni o‘quvchi markaziga qo‘yadi. Faol o‘qitish usullari o‘quvchilarning bilim olishga

bo‘lgan munosabatini o‘zgartirib, ularni faollikka chorlaydi. Quyidagilar aynan

matematika fanida yaxshi samara beradi: “Muammoli vaziyat” metodi: dars boshida

real yoki hayotiy muammo qo‘yiladi. Masalan: “Agar sizning bankdagi hisob

raqamingiz foizli hisoblanayotgan bo‘lsa, necha oyda mablag‘ingiz ikki baravar

bo‘ladi?” Bu savol yordamida eksponentsial funksiyani tushuntirish mumkin. “Blits-

so‘rov”, “Aqliy hujum”, “Juftlikda ishlash” metodlari o‘quvchilarni darsda faol

ishtirok etishga undaydi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–3_ июня–2025

57

2181-

3187

Matematik dikto — formulalarni tinglab yozish orqali eslab qolish va aniqlikni

oshirishga xizmat qiladi. Interaktiv metodlar yordamida o‘quvchilar muloqotga

kirishadi, fikr yuritadi, o‘z mulohazasini asoslaydi, bu esa faqat bilim emas, balki

fikrlash madaniyatini ham shakllantiradi. Muammoli o‘qitish — bu o‘quvchida savol

tug‘dirish, qiziqishni uyg‘otish va unga javobni izlash orqali bilimga erishishdir.

Masalan, kvadrat tenglama mavzusida "Nega tenglama diskriminanti musbat, manfiy

yoki nolga teng bo‘lishi mumkin?" kabi savol o‘quvchining mustaqil fikrlashiga zamin

yaratadi. Muammoli o‘qitish quyidagilarga olib keladi, o‘quvchida mustaqil qaror

qabul qilish ko‘nikmasi shakllanadi, savolga javob topish jarayonida fan mazmuni

chuqur o‘zlashtiriladi, mavzuga nisbatan ichki motivatsiya ortadi.

Raqamli texnologiyalar va vizualizatsiya vositalaridan foydalanish.

Bugungi

kunda ta’lim texnologiyalari shiddat bilan rivojlanmoqda. GeoGebra, Desmos, Kahoot,

Quizizz kabi platformalar matematika darsini jonlantirish, vizual ko‘rinishda taqdim

etish, murakkab tushunchalarni soddalashtirish imkonini beradi. Ayniqsa:


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–3_ июня–2025

58

2181-

3187

Funksiya grafigini real vaqtda chizish;

Geometrik shakllarni o‘zgartirish orqali tahlil qilish;

Dastur orqali test topshiriqlari yechish;

Bu usullar ko‘rgazmalilik, tushunarlilik va mustahkam o‘zlashtirishni

ta’minlaydi. Ayniqsa, politexnikum o‘quvchilari uchun grafiklar, jadvallar, chizmalar

orqali o‘rgatish kasbga bog‘langanlikni kuchaytiradi.

Samarali o‘qitishda differensial yondashuv asosiy omillardan biridir. Har bir

o‘quvchining bilim darajasi, tahlil qilish qobiliyati va qiziqishlari turlicha. Bu holatda:

Kuchli o‘quvchilar uchun murakkabroq topshiriqlar;

O‘rtacha o‘zlashtiruvchilar uchun ko‘proq misollar;

Sust o‘zlashtiruvchilar uchun ko‘rgazmali, oddiylashtirilgan mashqlar berish

maqsadga muvofiq. Shuningdek, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim orqali har bir

o‘quvchining imkoniyatlarini ochish va unga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lish ham

dars samaradorligiga xizmat qiladi. Politexnikumlarda matematika o‘zining mustaqil

fan sifatidagi ahamiyatidan tashqari, asosiy kasbiy fanlar uchun tayanch hisoblanadi.

Shuning uchun darslarni tashkil etishda, Formulalarning amaliy qo‘llanilishi; Kasbga

oid real masalalar (masalan, elektr tok kuchi, tezlik, xarajatlar) orqali o‘rgatish;

Loyihaviy ishlar orqali bilimlarni mustahkamlash; bu o‘quvchini o‘z kasbiga

tayyorlashda va fanga nisbatan motivatsiyasini oshirishda muhim vositadir.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Matematika fanining ta’lim tizimidagi o‘rni

beqiyosdir. U nafaqat mantiqiy fikrlashni, balki muammoli vaziyatlardan chiqish, aniq

va izchil xulosa qilish, real hayotdagi masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan bilim

va ko‘nikmalarni shakllantiradi. Ayniqsa, politexnikumlar va kasb-hunar ta’limi

muassasalarida matematika darslari o‘quvchilarning kasbiy bilimlariga tayanch bo‘lib

xizmat qiladi. Shu bois ushbu fan darslarini

samarali tashkil etish

nafaqat

o‘quvchining fanni yaxshi o‘zlashtirishiga, balki u tanlagan kasbda muvaffaqiyat

qozonishiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Tahlillardan ko‘rinib turibdiki, samarali

matematika darsi quyidagi asosiy omillar bilan belgilanadi: Darsning maqsadga

yo‘naltirilgan, tizimli va izchil tashkil etilishi; O‘quvchining faol, izlanishga undovchi


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–3_ июня–2025

59

2181-

3187

pozitsiyasini shakllantiruvchi metodlardan foydalanish; Fanlararo bog‘liqlik, ayniqsa

kasbga yo‘naltirilgan yondashuvni hisobga olish; O‘qituvchining yuqori metodik

saviyasi, darsga ijodiy yondashuvi; Raqamli texnologiyalarni o‘rinli qo‘llash orqali

vizualizatsiyalash va interaktivlikni ta’minlash. Yuqoridagi omillarni hisobga olgan

holda, matematika darslarini samarali tashkil etishda quyidagi

tavsiyalarni

keltirib

o‘tish mumkin:

Har bir dars oldindan puxta rejalashtirilmog‘i lozim. Darsda qo‘yilgan maqsad —

o‘quvchi uchun tushunarli va erishilishi mumkin bo‘lgan natijaga yo‘naltirilgan

bo‘lishi kerak. O‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasiga qarab bosqichli metodik

yondashuv qo‘llanilishi samaradorlikni oshiradi. O‘qituvchi darsni faqat tushuntirish

bilan cheklamasligi kerak. Aksincha, o‘quvchini fikrlashga, tahlil qilishga, yechim

izlashga yo‘naltiruvchi savollar, topshiriqlar, muammolar orqali faol o‘quv muhitini

yaratmog‘i lozim. Bunday sharoitda o‘quvchi bilimni tayyor holatda emas,

mustaqil

mehnat orqali

oladi — bu esa chuqur o‘zlashtirishning kalitidir. Politexnikum

o‘quvchilari uchun har bir mavzu

kasbiy amaliyot

bilan bog‘liq bo‘lishi juda muhim.

Misollar, masalalar va vazifalar real hayotdagi texnikaviy muammolarga

moslashtirilsa, bu o‘quvchining fanga nisbatan motivatsiyasini oshiradi. Bu orqali

matematika "nazoratchi fan"dan "amaliy qurol"ga aylanadi. GeoGebra, Desmos,

Excel, Wolfram Alpha kabi platformalar orqali matematik modellashtirish, grafik

chizish, matematik munosabatlarni vizual ko‘rsatish imkoniyati o‘quvchiga

tushunchalarni aniq va ravshan qabul qilish imkonini beradi. Bu esa o‘zlashtirishda

yuqori samaradorlikka olib keladi.

Darslarda differensial yondashuv, o‘zlashtirish darajasiga moslashtirilgan

topshiriqlar, kichik guruhlarda ishlash va o‘zaro baholash usullari orqali har bir

o‘quvchi o‘z salohiyatiga qarab rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shunday qilib,

matematika darslarini samarali tashkil etish — bu o‘qituvchining puxta tayyorgarligi,

zamonaviy metodlarni bilishi, pedagogik mahorati va darsga ijodiy yondashuvi bilan

chambarchas bog‘liq. Bunday darslar orqali: o‘quvchida mustaqil fikrlash

ko‘nikmalari shakllanadi;


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–3_ июня–2025

60

2181-

3187

o‘rgangan bilimlar amaliyotga tatbiq etiladi; kasbiy tayyorgarlikda mustahkam

poydevor yaratiladi. Ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda o‘qituvchi o‘zining

yetakchi rolini

chuqur anglab, har bir darsni yuqori darajada tashkil etishga intilishi

— bugungi kun ta’limi oldidagi eng asosiy vazifalardan biridir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–60-sonli Farmoni. “2022–2026

yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”. — 2022-yil,

28-yanvar.

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori. “Kasb-hunar ta’limi davlat

standarti”. — Toshkent: 2020.

3. Karimov A., Rasulov R.

Matematika o‘qitish metodikasi.

— Toshkent: “Fan va

texnologiya”, 2020.

4. Tursunov B.

Kasbiy ta’limda amaliy matematika asoslari.

— Toshkent:

O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti, 2019.

5. Islomov Z.

Pedagogik texnologiyalar va innovatsion metodlar.

— Toshkent:

“Yangi asr avlodi”, 2021.

6. Qodirov A., Ne’matov M.

Fanlararo integratsiya asosida matematika o‘qitish.

“Pedagogika” ilmiy jurnali, 2022, №3.

7. Bobonazarov Z.

Politexnikumda matematika darslarini innovatsion tashkil etish.

— “Ta’lim innovatsiyalari” jurnali, 2022, №2.

8. UNESCO.

Transforming Technical and Vocational Education and Training for

the Future.

— Paris, 2021.

9. GeoGebra. Rasmiy veb-sayt:

https://www.geogebra.org


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–3_ июня–2025

61

2181-

3187

10. Excel dasturida amaliyotga yo‘naltirilgan matematika topshiriqlari. — Microsoft

Education Resources, 2020.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–60-sonli Farmoni. “2022–2026

yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”. — 2022-yil,

-yanvar.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori. “Kasb-hunar ta’limi davlat

standarti”. — Toshkent: 2020.

Karimov A., Rasulov R. Matematika o‘qitish metodikasi. — Toshkent: “Fan va

texnologiya”, 2020.

Tursunov B. Kasbiy ta’limda amaliy matematika asoslari. — Toshkent:

O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti, 2019.

Islomov Z. Pedagogik texnologiyalar va innovatsion metodlar. — Toshkent:

“Yangi asr avlodi”, 2021.

Qodirov A., Ne’matov M. Fanlararo integratsiya asosida matematika o‘qitish. —

“Pedagogika” ilmiy jurnali, 2022, №3.

Bobonazarov Z. Politexnikumda matematika darslarini innovatsion tashkil etish.

— “Ta’lim innovatsiyalari” jurnali, 2022, №2.

UNESCO. Transforming Technical and Vocational Education and Training for

the Future. — Paris, 2021.

GeoGebra. Rasmiy veb-sayt: https://www.geogebra.org10. Excel dasturida amaliyotga yo‘naltirilgan matematika topshiriqlari. — Microsoft

Education Resources, 2020.