Авторы

  • TURAKULOV BOYBURI KUZIMURATOVICH

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.124449

Ключевые слова:

Mamlakat va fuqarolar manfaatlarining uyg‘un holatda amalga oshuvining asosiy mexanizmi qonunlar oldida oddiy fuqarodan tortib eng yuqori lavozimni egallab turgan amaldorlarga barobarli-gi ularning qonunlarga so‘zsiz itoat qilishi hisoblanadi. Bu tamoyilni shakllantirish O‘zbekistonda qurilayotgan demokratik jamiyatning asosiy vazifasi sifatida qaralmoqda.

Аннотация

Qonun ustuvorligini ta’minlash demokratik jamiyatni shakl-lantirishning asosiy vazifasi bo‘lib hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, avvalo qonunlar fuqarolarning bevosita yoki bilvosita ishtiroki bilan ishlab chiqiladi, ularning xohish 
va iro-dasini o‘zida aks ettiradi. Ammo ko‘pgina qabul qilingan qonunlar real hayotga joriy qilinmasdan qog‘ozda qolib ketadi. Sababi, birin-chidan, qonunni qabul qilish davridagi jamiyat taraqqiyoti darajasi bilan uni amalga oshirish imkoniyati o‘rtasidagi 
nomutanosiblik-ning mavjudligi. Ikkinchidan, qonunlarni yaratishdagi mahorat va salohiyatning (professionalizm) yetishmasligidir. Uchinchidan, fuqa-rolarning ham qonunlardan to‘la foydalanishga salohiyati yetarli darajada bo‘lmasligi. Ammo, nima 
bo‘lganda ham qabul qilingan qonunlarga amal qilish hayotiy zaruriyat hisoblanadi. Chunki, u nafa-qat, huquqlar tizimi bilan, shuningdek mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-ma’rifiy hayoti bilan bog‘liqdir. Ularni o‘zida ifodalagan qonunlarning “ishonmasligi” yoki poymol qilinishi mavjud ekan, jamiyat hayotida ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘lmaydi. 


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–3_ июня–2025

458

2181-

3187

QONUN USTUVORLIGI TAMOYILINING O’ZBEKISTONDA

FUQAROLIK JAMIYATI QURISHDAGI AHAMIYATI

TURAKULOV BOYBURI KUZIMURATOVICH

IIV Surxondaryo akademik litseyi

huquqshunoslik fani bosh o’qituvchisi

Qonun ustuvorligini ta’minlash demokratik jamiyatni shakl-lantirishning asosiy

vazifasi bo‘lib hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, avvalo qonunlar

fuqarolarning bevosita yoki bilvosita ishtiroki bilan ishlab chiqiladi, ularning xohish

va iro-dasini o‘zida aks ettiradi. Ammo ko‘pgina qabul qilingan qonunlar real hayotga

joriy qilinmasdan qog‘ozda qolib ketadi. Sababi, birin-chidan, qonunni qabul qilish

davridagi jamiyat taraqqiyoti darajasi bilan uni amalga oshirish imkoniyati o‘rtasidagi

nomutanosiblik-ning mavjudligi. Ikkinchidan, qonunlarni yaratishdagi mahorat va

salohiyatning (professionalizm) yetishmasligidir. Uchinchidan, fuqa-rolarning ham

qonunlardan to‘la foydalanishga salohiyati yetarli darajada bo‘lmasligi. Ammo, nima

bo‘lganda ham qabul qilingan qonunlarga amal qilish hayotiy zaruriyat hisoblanadi.

Chunki, u nafa-qat, huquqlar tizimi bilan, shuningdek mamlakatning iqtisodiy,

ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-ma’rifiy hayoti bilan bog‘liqdir. Ularni o‘zida ifodalagan

qonunlarning “ishonmasligi” yoki poymol qilinishi mavjud ekan, jamiyat hayotida

ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘lmaydi.

Mamlakat va fuqarolar manfaatlarining uyg‘un holatda amalga oshuvining asosiy

mexanizmi qonunlar oldida oddiy fuqarodan tortib eng yuqori lavozimni egallab turgan

amaldorlarga barobarli-gi, ularning qonunlarga so‘zsiz itoat qilishi hisoblanadi. Bu

tamoyilni shakllantirish O‘zbekistonda qurilayotgan demokratik jamiyatning asosiy

vazifasi sifatida qaralmoqda.

Qonun ustuvorligiga xilof ish qilish va unga mensimay qarash, mansabdor

shaxslar tomonidan qonunlarning oyoq osti qilinishi, ulardan g‘arazli maqsadlarda


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–3_ июня–2025

459

2181-

3187

foydalanish qonunlarni obro‘sizlanti-radi, davlat va jamiyatning ma’naviy asoslariga

putur yetkazadi, xalqning noroziligiga, haqqoniy e’tirozlariga sabab bo‘ladi. Ayniqsa,

fuqarolarning davlat tuzilmalari bilan munosabatlari jarayonida qonunlarga rioya

etilishi yoki rioya etilmasligi fuqaro – davlat munosabatlarining butun bir tizimdagi

ijtimoiy adolat qoidalarining holatini belgilab beradi.

Shu o‘rinda mahalliy hokimiyat vakillari to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tish zarur

deb o‘ylaymiz. Zero, islohotlarni amalga oshirishda, joylarda adolat qoidalarini

o‘rnatishda ularning o‘rni katta bo‘lishi zarur. Buning o‘rniga mahalliy hokimiyat

vakillari, hatto hokimlar tomonidan inson huquqlarini buzish holatlari, afsuski sodir

etilmoqda.

Prezidentimiz ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisining to‘qqizin-chi sessiyasida

“Adolat - qonun ustuvorligida degan hayotiy tamoyil-ga qat’iy amal qilib yashash

g‘oyasi ham fuqarolik jamiyatini shakl-lantirishning asosiy yo‘nalishlaridan birini

tashkil etadi” – deb ko‘rsatgan edi. Lekin qonunlarga itoat qilishda, uning ijrosini

ta’minlashga mas’ul bo‘lgan kishilar har doim oddiy fuqarolarga “etalon” bo‘lishlari

lozim bo‘ladi. Ular tomonidan qonunlarning buzilishiga qaratilgan har bir kichik xatti-

harakatlar nafaqat umumiy taraqqiyotga, shuningdek fuqarolarning hokimiyatga

ishonchi-ning barbod bo‘lishiga olib keladi. Shu ma’noda ham qonun ustuvor-ligini

ta’minlashda fuqaroga qaraganda uning ijrosi uchun mas’ul bo‘lganlardan ko‘proq

yetakchilik qilishlari talab etiladi. Qonunlar-ning har qanday shaxs, guruh, siyosiy

kuchlar yoki ijtimoiy tabaqalar manfaatlaridan ustun bo‘lishini real ta’minlash

orqaligina demo-kratiyani rivojlantirish, uning jamiyatda amal qilishiga erishish

mumkin bo‘ladi. Uning amal qilishi har ikkala hokimiyat va fuqaro manfaatlariga mos

keladi.

Xulosa qilib aytganda, qonun ustuvorligi quyidagi uch holatda o‘zining to‘liq

ifodasini topadi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–3_ июня–2025

460

2181-

3187

Birinchidan,

qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ huquqiy hujjatlar

adolat prinsipiga, inson huquqi va manfaat-laridan kelib chiqib, ijtimoiy jihatdan

asoslangan bo‘lishi kerak.

Ikkinchidan,

barcha qonunlar va boshqa normativ huquqiy huj-jatlar talabi

barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar, nodavlat tashkilotlari va fuqarolar

tomonidan qat’iy bajarilishi shart.

Uchinchidan,

barcha normativ-huquqiy hujjatlar Konstitutsiya va qonunlarga

mos bo‘lishi shart.

Demak, demokratik jamiyatning muhim tamoyili bo‘lgan qonun ustuvorligi

mamlakatimizda barpo etilayotgan fuqarolik jamiyati qurishning asosidir.

Библиографические ссылки

Demak, demokratik jamiyatning muhim tamoyili bo‘lgan qonun ustuvorligi

mamlakatimizda barpo etilayotgan fuqarolik jamiyati qurishning asosidir.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)