ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–3_ июня–2025
429
2181-
3187
JINOIY JAZOLARNI LIBERALLASHTIRISH-QONUN
USTUVORLIGINING MUHIM SHARTI
TURAKULOV BOYBURI KUZIMURATOVICH
IIV Surxondaryo akademik litseyi
huquqshunoslik fani bosh o’qituvchisi
Annotatsiya:
Maqolada O‘zbekistonda o‘lim jazosini bekor qilishning murakkabligi va bosqichma-
bosqich amalga oshirilishi zarurligi masalalari ko‘rib chiqilgan. Prezident Islom
Karimovning bu boradagi fikrlari, xususan, aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borish,
umrbod qamoq jazosini o‘tash uchun zarur sharoitlarni yaratish kabi masalalarga e’tibor
qaratilgan. O‘lim jazosini bekor qilishning inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini
ta’minlashdagi ahamiyati ta’kidlangan.
Annotation:
The article examines the complexity and necessity of a phased approach to abolishing
the death penalty in Uzbekistan. It focuses on the views of President Islam Karimov,
particularly on the importance of public awareness campaigns and creating the necessary
conditions for life imprisonment. The significance of abolishing the death penalty in
ensuring human rights and legitimate interests is emphasized.
Аннотация:
В статье рассматриваются вопросы сложности и необходимости поэтапного
подхода к отмене смертной казни в Узбекистане. Основное внимание уделяется
взглядам Президента Ислама Каримова, в частности, на важность проведения
разъяснительной работы среди населения и создания необходимых условий для
пожизненного заключения. Подчеркивается значение отмены смертной казни в
обеспечении прав человека и законных интерес
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–3_ июня–2025
430
2181-
3187
Kalit so‘zlar:
O‘lim jazosi, bekor qilish, inson huquqlari, umrbod qamoq, Islom
Karimov, islohotlar, qonunchilik, adolat
Keywords:
Death penalty, abolition, human rights, life imprisonment, Islam Karimov,
reforms, legislation, justice.
Ключевые слова:
Смертная казнь, отмена, права человека, пожизненное
заключение, Ислам Каримов, реформы, законодательство, справедливость.
Mustaqillikka erishgandan keyin Prezident Islom Karimov tomonidan insonparvarlik,
adolatparvarlik g‘oyalariga asoslangan jinoyat, jinoyat protsessual qonunlarini
takomillashtirishga, jinoiy jazolarni liberallashtirishga qaratilgan bir qator qonun loyihalari
Oliy Majlisga kiritildi. Ularning qabul qilinishi esa mamlakatimiz ijtimoiy hayotida o‘zining
ijobiy samarasini bermoqda.
Masalan, Prezidentimiz tomonidan loyihasi kiritilib, 2001 yil 29 avgustda Oliy Majlis
tomonidan qabul qilingan “Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan
O‘zbekiston Respublikasining jinoyat, Jinoyat protsessual kodekslari hamda Ma’muriy
javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘-shimchalar kiritish haqida”gi
Qonun bilan jinoyatlarni tasniflash, yengillashtirish ma’nosida takomillashtirildi, yarashuv
instituti joriy etildi. Jinoyat kodeksida o‘lim jazosini nazarda tutuvchi moddalar soni keskin
kamaytirildi, mol-mulkni musodara qilish jinoiy jazo sifatida bekor qilindi va shu kabi inson
huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qator chora-tadbirlar qo‘llanildi.
Ayniqsa, jinoiy jazolarni liberallashtirish borasida ji-noiy jazo tizimidan o‘lim jazosini
chiqarib tashlash borasidagi say’-harakatlar muhim o‘rin tutadi. Sud-huquq tizimini liberal-
lashtirish to‘g‘risida Prezidentimiz “Sud-huquq tizimini liberal-lashtirish borasida biz hal
etishimiz lozim bo‘lgan yana bir masala – bu jazolash tizimidan o‘lim jazosini chiqarib
tashlashdir” deganda aynan shu harakatlarni nazarda tutgan edi.
Ma’lumki, 1995 yilgacha amal qilgan Jinoyat Kodeksida 33 ta jinoyatga o‘lim jazosi
qo‘llanilar edi. Keyingi Jinoyat Kodeksida esa ularning 13 tasi saqlanib qoldi, ya’ni 20 ta
turdagi jinoyatdan o‘lim jazosi olib tashlandi. Jumladan, ayollar, oltmish yoshdan osh-gan
erkaklar va voyaga yetmaganlarga nisbatan bu jazo qo‘llanilmaydi. Shuningdek, o‘lim
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–3_ июня–2025
431
2181-
3187
jazosi avf etish tartibida yigirma besh yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan
almashtirilishi mumkin (JK ning 51-moddasi).
Ana shu ustuvor vazifadan kelib chiqib, 1998 yilda Jinoyat Kodeksidagi 5 ta moddadan
o‘lim jazosi olib tashlandi. 2001 yilda yana to‘rtta moddaga jazo qisqartirildi. 2004 yilda
esa bu jazo bor-yo‘g‘i ikkita, ya’ni aybni og‘irlashtiruvchi holatda qasddan odam o‘ldirish
va terrorizm jinoyatlari uchun tatbiq etiladigan bo‘ldi. Bular mamlakatimizning xalqaro
huquq sub’ekti sifatida xalqaro hujjatlarga zikr etilgan majburiyatlarni so‘zsiz bajarishga
inti-layotganining amaldagi isbotidir. Hozirgi kunda 100 ga yaqin davlat-ning
qonunchiligida o‘lim jazosi bekor qilingan. Jumladan, Shve-siya va Finlandiya 1972 yilda,
Germaniya 1949 yilda, Fransiya 1981 yilda, 1990 yillardan boshlab Irlandiya, Vengriya,
Ruminiya, Chexiya, Slovakiya, Shveysariya, Gresiya, Polsha, Moldova, Italiya, Ispaniya
davlatlari o‘lim jazosidan voz kechgan. Bundan tashqari, 30 dan ortiq davlatning
qonunchiligida o‘lim jazosi mavjud bo‘lsada, amaliyotda qo‘llanilmaydi.
O‘lim jazosini bekor qilish o‘ta murakkab masala bo‘lib hisob-lanishini Prezident
Islom Karimov ta’kidlab, “Birinchi navbatda aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish
lozim, chunki bugungi kunda ularning ko‘pchiligi, o‘lim jazosining bekor qilini-shiga
qarshi. Ikkinchidan, o‘lim jazosi o‘rniga umrbod yoki uzoq muddatli jazoni o‘tashga hukm
qilinadigan shaxslar uchun tegishli joylar qurish kerak”, degan fikrga alohida e’tibor
qaratish lozim. O‘lim jazosini bekor qilish masalasini aholiga tushuntirib berish ham
anchagina murakkab jarayon bo‘lib, bu ishga huquqshunoslar, muta-xassislar,
siyosatshunos, psixolog va boshqa ko‘pgina mutaxassislar jalb qilinishi lozim. Shuningdek,
Prezidentimiz yuqorida ta’kid-laganidek, o‘lim jazosi o‘rniga sud tomonidan umrbod
ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan mahbuslar jazosi alohida koloniyada o‘tashi
lozim bo‘lganligi sababli ularni saqlash bilan bog‘liq jazoni o‘tash muassasasini qurib
bitkazish uchun budjetdan tegishli mablag‘ ajratilishi va binoni tayyorlash ham ma’lum
muddat talab etadi. Shu sababli ham davlatimiz rahbari o‘lim jazosini bekor qilish bilan
bog‘liq barcha tashkiliy-huquqiy jarayonlar 2-3 yil ichida amalga oshirish mumkinligini
bildiradi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–3_ июня–2025
432
2181-
3187
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, inson hayoti dunyodagi eng oliy qadriyat hisoblanadi.
Zero, hayot har bir insonga bir marotaba beriladi, shuning uchun ham undan mahrum etishga
hech kim qodir emas, degan tushunchani barchaning ongiga singdirish lozim. Shu bois
barcha islohotlar va qonunlar inson manfaatlariga xizmat qili-shini nazarda tutsak, o‘lim
jarayonining jazo tizimidan olib tashla-nishi har tomonlama adolatlidir.
Binobarin, davlatimiz rahbarining 2005 yil 1 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida
o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida” gi Farmoni mamlakatimizda inson huquqlari,
erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ustuvor qadriyat sifatida mustahkamlash yo‘lida
qo‘yilgan navbatdagi xayrli qadam bo‘ldi, desak xato bo‘lmaydi.