ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–3_ Мая –2025
361
2181-3187
BADIIY MATNDA TIL VOSITALARINING IFODALANISHI: ESTETIK VA
LINGVISTIK YONDASHUV
Eliyor Rajabov
Qarshi xalqaro universiteti o‘qituvchisi
Annotation:
This article analyzes the use of linguistic devices in literary texts, their
poetic actualization, integrative relations within the text, and the aesthetic function of
language units from a lingvopoetic perspective. Through examples, the artistic and aesthetic
significance of phono-graphic tools is revealed. It is scientifically substantiated that not all
linguistic units within a text possess the same aesthetic status, and their functional load in
poetic context varies.
Keywords:
literary text, linguistic devices, poetic actualization, lingvopoetics,
integration, alliteration, phonopoetics, intertextuality.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada badiiy matnda til vositalarining qo‘llanish xususiyatlari,
ularning poetik aktuallashuvi, matndagi integrativ aloqalar va til birliklarining estetik vazifasi
lingvopoetik yondashuv asosida tahlil qilinadi. Misollar orqali fono-grafik vositalarning
badiiy-estetik salmog‘i ochib beriladi. Matnda til birliklarining har biri bir xil estetik
maqomga ega emasligi, ularning poetik kontekstdagi funksional yuklamalari farqli bo‘lishi
ilmiy asosda ko‘rsatib o‘tiladi.
Kalit so‘zlar:
badiiy matn, til vositalari, poetik aktuallashuv, lingvopoetika,
integratsiya, alliteratsiya, fonopoetika, intertekstuallik.
Kirish.
Badiiy matn tilini estetik maqsad bilan o‘ziga xos tarzda qo‘llash mahsuli
bo‘lganligi uchun unda umumxalq tilidagi barcha vositalarning ishtiroki va harakati erkindir.
Adabiiy tildagi , hatto umumxalq tilidagi til birliklarining qo’llanishi, qo’shilishi bilan bog’liq
juda ko’plab me’yorlar shaklidagi qat’iy qoidalar badiiy matnda yumshashi, ancha sarbast
harakat qilishi mumkin. Albatta, til vositalarining badiiy matndagi bunday erkinligi ijodkor
badiiy niyatining ro’yobga chiqishiga xizmat qiladi. Ammo bundan badiiy matndagi til
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–3_ Мая –2025
362
2181-3187
vositalarining barchasi bab - baravar, bir xil estetik maqomdadir degan xulosa kelib
chiqmasligi kerak. Bir misol: H. Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor’’ dostoni shunday
boshlanadi:
Bolalik kunlarimda,
Uyqusiz tunlarimda
Ko’p ertak eshitgandim,
So’ylab berardi buvim…
Yuqorida keltirilgan bir badiiy matn parchasidir. Ammo undagi biror so’zni
tasviriy vositalar sirasiga kiritib bo’lmaydi, barchaga ma’lumki, tasviriy vosita badiiy –
estetik salmoq bilan yukungan bo’ladi. Albatta, bu so’zlarni tasvir vositasi deyish mumkin,
ya’ni voqea xolis, neytral tasvirlangan. Ko’rinib turganiday, parchada badiiy mazmun emas,
balki obyektiv mazmun ifodalangan. Ammo doston davomidagi quyidagi misralarda tasviriy
vositalar aniq sezilib turadi:
“Tohir-Zuhra”, “Yoriltosh”,
Oyni uyaltirgan qosh…
Avvalo, ertak nomlari bolmish “Tohir-Zuhra’’, “Yoriltosh” qo’llangan bo’lib, bu
ertaklar ham matn ichidagi matnlar sifatida estetik vazifa bajaradi. Bu ertaklar mazmunisiz
keyingi misralardagi tasviriy ifodani tushunish qiyin. Aytish lozimki, “oyni uyaltirgan qosh”
ko’chimga asoslangan betakror ifoda va chinakam tasviriy vositadir. Odatda qayrilma qosh
hilolga, yangi oyga o‘xshatiladi, ammo bu o’rinda qosh shu qadar chiroyliki, u hatto oyni
ham ortda qoldiradi, oyni uyaltiradi. Ta’kidlash lozimki, badiiy matnda barcha birliklar,
vositalar aynan teng badiiy til birliklari, til vositalari alohida, ayricha poetik qimmat kasb
etadi, boshqalari esa tasvirda ishtirok etsa ham, poetik jihatdan passivroq bo’ladi. Boshqacha
qilib aytganda, yahlit badiiy matn yoki muayyan badiiy kontekstga ko’ra, muayyan til birligi
estetik jihatdan birinchi planga chiqadi va qo’shimcha, yangi ma’nolar ifodachisiga
aylanadi. Bu hodisa dastlab o’tgan asrning 20 - yillarida Pragalingvistik to’garagi vakillari
tomonidan qayd etilgan va “aktualizatsiya” termini bilan nomlangan. Til vositalarining badiiy
matnda bunday poetik akuallashuvi tovushdan tortib strukturalargacha bo’lgan birliklar
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–3_ Мая –2025
363
2181-3187
doirasida o’ziga xos tarzda kuzatiladi, ya’ni tilning barcha sathlariga oid bo’lgan birliklar
badiiy matnda aktuallashishi, turli badiiy ma’nolar tashishi mumkin.
Muayyan til birligining poetik aktuallashuvida badiiy matndagi birliklar o’rtasidagi
munosabatlar ham muhm rol o’ynaydi. Bunday munosabatlar “ierarxik munosabat”,
“integrativ munosabat” kabi terminlar orqali ifodalanadi. Tilning oliy sathi birligi bo’lmish
matnning yahlitligi ayni shu munosabatlarda namoyon bo’ladi. Badii matndagi integrativ
munosabatlar ham shaklan, ham mazmuniy mohiyatga ega bo’ladi. Integratsiya xilma - xil
leksik grammatik vositalar va semantik - estetik omillar asosida ro’y beradi. Bu vosita va
omillar badiiy matnda sezilarli bo’ladi. Masalan, muayyan bir semantik maydonga mansub
birliklarning badiiy matnda yoki uning qismida bevosita bir - biriga yaqinlashtirilishi,
integratsiyalashganda yaqqol seziladi. Aytaylik,
suv, tegirmon, chaxpalak, bug’doy, un
kabi
so’zlar muayyan bir ishlab chiqarish sohasiga oid so’zlar sifatida bir semantik maydonni
hosil qiladi deyish mumkin. Quyidagi she’riy parchada ana shu so’zlar matn integratsiysini
kuchaytirgan va shu asosda o’zaro poetik jihatdan aktuallashgan, qo’shimcha badiiy
ma’nolarni ifodalagan bo’ladi:
Aylanadi charxpalak, gulduraydi tegirmon.
Umr o’tar suv kabi, bug’doy misol to’kilar.
Un ko’tarib qaytayotgan befarzand Yoqub polvon
Simyog’ochga suyanib yig’laganin kim bilar?..(I.Mirzo,”Ramozon”).
Matn integratsiyasida, demakki, poetik aktuallashuvda tilning turli sath birliklari
o’ziga xos tarzda ishtirok etadi. Badiiy matnda quyidagi til vositalari poetik aktuallashish
imkoniyatiga ega bo’lishi mumkin:
“Fono-grafik vositalar”
Ma’lumki, badiiy matnda tovushlarning xilma - xil
kutilmagan kombinatsiyalari ham poetik jihatdan aktuallashishi mumkin. Bunda tasvir o’ziga
xos ohangdorlik kasb etadi, matn komponentlarining zich ham mazmuniy, ham shakily
integrativligi badiiy matnning estetik butunlik sifatidagi mohiyatini yaqqol namoyon etadi.
Bugungi kunda o‘zbek tilshunosligida tadqiqotchilar muayyan tovushlarning poetik nutq
uchun xoslanishi, tovushlarning poetik salmog’i, ularning turli hissiy assotsiatsiyalar bilan
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–3_ Мая –2025
364
2181-3187
bog’lanishi masalalarini lingvostatistik metodlar asosida o’rganib, poetik fonetika yuzasidan
qiziqarli fikrlarni olg’a surmoqdalar.
Nutq tovushlari sistemasida ekspressivlikni ifodalash jihatidan unli tovushlarning
imkoniyati katta. Shuningdek, ifodaning ta’sir kuchini oshirishda undosh tovushlar asosida
yuzaga keladigan alliteratsiyaning ham o’rni benihoya kattadir. Alliteratsiyaning ikki turi: a)
vertikal; b) gorizontal kabi turlari farqlanadi
1
.
Vertikal alliteratsiya
, asosan, she’riy matnga xos bo’lib, misralar boshidagi so’zlarda,
ya’ni misralararo, gorizontal alliteratsiya esa, misra yoki jumla ichida bo’ladi. N. Rahmonov
ko’rsatilgan tadqiqotida Kultegin yodnomasi ritmik proza bo’lganligi uchun unda
gorizontal alliteratsiya mavjudligini ta’kidlaydi. She’riy matnda esa ham vertikal, ham
gorizontal alliteratsiya birdaniga ishtirok etaverishi mumkin. Masalan, shoir S. Sayyidning
“Muhabbat devoniga” nomli she’rini olib ko’raylik:
Ko’yi ishqida, qarangkim,
andalib bo’ldi ko’ngil,
Andalib bo’ldi ko’ngil, ham
aldanib bo’ldi ko’ngil.
Shoir matnda
andalib
(bulbul) va
aldanib
so’zlarini betakror mahorat bilan
qo’llagan, ulardagi
n
va
l
tovushlarining almashinuvi asosida juda kuchli poetik aktuallashuv
yuzaga kelgan. Yorning oshiqqa vafo qilmasligi, uni hamisha kuydirishi, uni aldashi
gul va
bulbul
obrazlari orqali tasvirlanishi badiiy adabiyotdagi eski an’anadir, ammo bu o’rinda
andalib – aldanib
tarzidagi tamoman o’ziga xos bir qarshilantirish betakror ohorlilik kasb
etganki, fonetik vositalarning poetik aktuallashuvi sababli mazkur obrazlar yangilanganday
bo’lgan. Badiiy matnda ijodkor o’z badiiy niyati va uslubi, shuningdek, o’ziga yaqin
bo’lgan an’analarga muvofiq tarzda grafik igodalilik, obrazlilikning xilma - xil
ko’rinishlaridan foydalanadi. Masalan, poetik urg’u berilmoqchi bo’lgan so’z yoki jumla
kursiv, qalin harf bilan yozilishi mumkin, intertekstuallik mavjud bo’lgan holatlarda, ya’ni
1
Is’hoqov M. R
ahmonov N. va
boshq. O’lmas obidalar.
- Toshkent: Fan, 1989,153-bet.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–3_ Мая –2025
365
2181-3187
matn ichiga o’zga matn (yoki ijodkorning o’z qalamiga mansub maktub yoki boshqa matn)
olib kirilganda, mazkur intermatn kursiv bilan ajratilishi mumkin.
Nasriy asarlar fonopoetik xususiytlarini tadqiq etgan O.Tursunova nasriy asarlar
fonopoetikasida nutq tovushlarini cho’zib talaffuz qilish, birdan ortiq yozish, fonetik
jarayondagi turli hodisalar so’zlovchining nutq vaziyatiga, voqelikka turli munosabatini
bildirish: quvonch, g’azab, achchiqlanish, afsus, hayrat, tajjub, kinoya, piching, kesatiq,
rozilik, norozilik, tilak-istak va hokazolarni ifodalashda fonetik birliklardan foydalanish va
nasriy nutqda bunday fonetik vositalar aksariyat dialoglarda, xususan, personajlar nutqida
qo’llanishinishini quyidagi holatlarda kuzatilish mumkinligini ta’kidlab o’tadi:
2
-
Jandiq opqoling, dedim, otaxon! Jandiq! – dedi u aftini bujmaytirib.
– Kampiringiz lag’mon cho’zib beradi! - E-e, lag’monga soladimi, buni? – cho’zildi
chol.
-Keyin quloqqa osadi-i!...–yasama hiringladi ayol boyagi alamidan
chiqolmay(X.Do’stmuhammad, Bozor, 139-bet)
So‘zlovchining “ e-e” talaffuzi taajjub ma’nosini, I tovushining cho’zilishi esa ikki
xil: so’roq ( cholning nutqida), kesatiq (ayolning nutqida) ma’nolarini anglatadi.
Tovushlrning turlicha talaffuzi so’zlovchi va tinglovchining o’zaro munosabatini ham
bildiradi.
– I, bi-i ! Bizdi hamsoyaning bachasi-ku, bu!..
Fozilbek lo’li xotinning muddaosini tushunmadi, tushunmadi-yu, uning
muloyimligi, mehribonligi shu qadar yoqdiki, azbaroyi eti jimirlashib
ketdi.(X.Do’stmuhammad, Bozor,65-bet)
Misoldagi
I, bi-i
kabi hayrat ohangida bir tovushni cho’zib talaffuz qilinishi, avvalo,
individual nutqni ko’rsatadi, obrazning xarakterini ochishga xizmat qiladi hamda
suxbatdoshda iliq munosabat uyg’otadi. Xullas, badiiy matndagi integrativ aloqalarga ko’ra
2
Турсунова О. Фонетик воситаларнинг насрий матндаги поэтик хусусиятлари. / ЎТА, 2021, № 6.
-
Б.101
-102
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–3_ Мая –2025
366
2181-3187
fono - grafik vositalar shu tariqa poetik aktuallashadi, matnni idrok etilishini yanada
kuchaytiradi.
“Leksik vositalar”
badiiy matn tahlilida, ayniqsa, so’z alohida o’rin tutadi. Badiiy
matnda so’zdagi konnotativ ma’no muhim, bu konnotativ ma’noni harakatga keltirish, unga
asoslangan holda yahlit badiiy mazmunga xizmat qiladigan original badiiy ma’nolarni yuzaga
keltirish, albatta, yozuvchining mahoratiga bog’liq. Shuni alohida ta’kidlash lozimki,
konnotatsiya badiiyat uchun xizmat qilishga “ixtisoslashgan” hodisa, konnotativ ma’noli
so’z badiiy ifoda uchun hamisha tayyor turgan so‘zdir.
Badiiy matnda poetik aktuallashgan leksik vositalarning lingvopoetik qimmatini
belgilashda sinonim, omonim, antonim, polisemantik, va arxaik so’zlar, yangi yasalmalar,
shevaga xos so’zlar, chet el va vulgar so’zlarga alohida e’tiborni qaratish maqsadga muvofiq.
Masalan:
Do’stlar eshigimni yuz bora qoqar,
Eshik qoqmay kirar maktub bir qizdan.
Goho jonga yoqar, goh jonni yoqar…
Yolg’izman… ( I. Mirzo,”Yolg’izman” she’ri)
“Morfologik vositalar”
orqali badiiy matndagi estetik vazifaning namoyon bo’lishi
xilma - xildir. Maxsus so’z formalari vositasida, shuningdek, ma’lum bir grammatik ma’no
va vazifaga ega bo’lgan so’z shakllarini maxsus qo’llash orqali ekspressivlik –
emotsionallik ifodalanishi mumkin. Bunda ot so’z turkumining ko’plik, egalik, kelishik
kategoriyalari va subyektiv baho shakllarining poetik imkoniyatlari, sifat darajasini hosil
qiluvchi shakllar, sifatlarni epitetni yuzaga keltirishda faol ishtirok etishi orqali badiiy –
estetik effekt hosil qilishi va son, olmosh, fe’l kategoriyalari muayyan integrativ aloqalar
asosida estetik vazifa bajarishi va tegishli badiiy ma’nolarning ifodalanishiga xizmat qiladi.
“Sintaktik vositalar”
badiiy matnda integrativ munosabatlarning yuzaga kelishida faol
ishtirok etishi barobarida ayni shu munosabatlar fonida xilma - xil badiiy ma’no -
mazmunlarni ham ifodalaydi. Ularga quyidagi vositalarni kiritish mumkin:
sintaktik
parallelizm, emotsional gap, ritorik so’roq gap, unversiya, ellipsis (antiellipsis),
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–3_ Мая –2025
367
2181-3187
parsellyatsiya, atovgaplar (segmentatsiya), gradatsiya
va boshqalar . Tilshunos olim A.
Abdullayev ekspressivlikning namoyon bo’lish shakllari sifatida “ sintaktik gradatsiya,
sintaktik sinonimiya, bog’lovchilarning maxsus qo’llanishi, antiteza, monolog, sukut,
inversiya, takroriy gaplar, ritorik so’roq’’ kabi uslubiy figuralar fikrning o’ta ta’sirchan
ifodalanishiga xizmat qilishini ta’kidlab o’tgan
3
.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Lotman Yu.M.
“Iskusstvo kak model mira”, Moskva: Nauka, 1992.
2.
Mukarovskiy Y.
“Estetika yazyka i styl”. M.: Progress, 1970.
3.
Tursunova O.
“Nasriy matn fonopoetikasi”. Toshkent: Fan, 2021.
4.
Rahmonov N
. “Qadimgi turkiy yodnomalar fonetikasi”, Samarqand, 2009.
5.
Do‘stmuhammad X
. “Bozor”, Toshkent: Yozuvchi, 2007.
6.
I. Mirzo.
“Ramozon”, Toshkent: G‘afur G‘ulom nashriyoti, 2005.
7.
H. Olimjon.
“Oygul bilan Baxtiyor”, Toshkent: Adabiyot va san’at, 1980.
8.
Rahimqulova, L. (2024). Jahon tilshunosligida ijtimoiy tarmoq yozishmalarining
tadqiqi: Jahon tilshunosligida ijtimoiy tarmoq yozishmalarining tadqiqi.
MODERN
PROBLEMS AND PROSPECTS OF APPLIED MATHEMATICS
,
1
(01). Retrieved from
https://ojs.qarshidu.uz/index.php/mp/article/view/666
3
Abdullayev A. O’zbek tilida ekspressivlikning ifodalanishi. – Toshkent: Fan, 1998, 58-bet .