ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–7_ Мая –2025
244
2181-3187
KIBERXAVFSIZLIK SOHASIDA DAVLATLARNING
MAJBURIYATLARINI XALQARO DARAJADA BELGILASH .
Qurbonov Siyovush Jamaliddinzoda
Toshkent davlat yuridik
unversitetining
Ommaviy huquq fakulteti talabasi.
Annotatsiya . Kiberxavfsizlik sohasida davlatlarning majburiyatlarini
xalqaro darajada belgilash – zamonaviy dunyoda milliy va global xavfsizlikni
ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Internet va raqamli texnologiyalar rivojlanishi
bilan birga kiberxavfsizlik masalalari davlatlar uchun yangi tahdidlarni yuzaga
keltirmoqda. Shu sababli, xalqaro hamjamiyat davlatlar o‘rtasida kiberxavfsizlik
sohasidagi majburiyatlarni aniq belgilash va bu sohadagi hamkorlikni rivojlantirish
zaruratini sezilmoqda.Shu bilan bir qatorda kiberxavfsizlik sohasini kuchaytirish
ehtiyojlari kundan-kunga davlatning ortib bormoqda . Shuningdek davlatning
kiberxavfsilik choraarini kuchaytirish maqasadida xalqaro tashkilotlar bilan
hamkorlik funksiyalarni yo’lga qo’ymoqda . Bu esa davlatlarning ma’lum bir
darajada kiberxavfsizlikka qarshi jinoyatlarni oldini olishga ko’makashmoqda desak
mubolag’a bolmaydi .
Kalit so’zlar :
Kiberxavfsizlik, Davlatning majburyati , Kiberjinoyatchilik
,Xalqaro hamkorlik .
Курбанов Сиёвуш
Джамалиддинза
Ташкентский государственный юридический
университет
Студент факультета публичного
права
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–7_ Мая –2025
245
2181-3187
Государства в сфере кибербезопасности
определение обязательств на международном
уровне.
Аннотация.
Определение
обязательств
государств
на
международном уровне в сфере кибербезопасности имеет важное значение в
обеспечении национальной и глобальной безопасности в современном мире.
Наряду с развитием Интернета и цифровых технологий, вопросы
кибербезопасности создают новые угрозы для стран. Поэтому международное
сообщество ощущает необходимость четко определить обязательства в сфере
кибербезопасности и развивать сотрудничество в этой сфере. Также в целях
усиления мер кибербезопасности государства разворачивается сотрудничество
с международными организациями. Не будет преувеличением сказать, что это
в определенной степени помогает государствам предотвращать преступления
против кибербезопасности.
Ключевые слова: Кибербезопасность, Обязательства государства,
Киберпреступность, Международное сотрудничество
KurbanovSiyovush
Jamaliddinza
Tashkent State Law University Student of the
Faculty of Public Law
States in the field of cyber security determination of
obligations at the international level.
Annotation. Determining the obligations of states at the international
level in the field of cyber security is important in ensuring national and global security
in the modern world. Along with the development of the Internet and digital
technologies, cyber security issues are creating new threats for countries. Therefore,
the international community feels the need to clearly define obligations in the field of
cyber security and to develop cooperation in this field. Also, in order to strengthen the
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–7_ Мая –2025
246
2181-3187
cyber security measures of the state, cooperation with international organizations is
being launched. It is no exaggeration to say that this helps the states to prevent crimes
against cyber security to a certain extent.
Key words: Cybersecurity, State obligation, Cybercrime, International
cooperation.
Kirish :
Kiberxavfsizlik sohasida davlatlarning majburiyatlarini xalqaro
darajada belgilash
– zamonaviy dunyoda milliy va global xavfsizlikni ta’minlashda
muhim ahamiyatga ega. Internet va raqamli texnologiyalar rivojlanishi bilan birga
kiberxavfsizlik masalalari davlatlar uchun yangi tahdidlarni yuzaga keltirmoqda. Shu
sababli, xalqaro hamjamiyat davlatlar o‘rtasida kiberxavfsizlik sohasidagi
majburiyatlarni aniq belgilash va bu sohadagi hamkorlikni rivojlantirish zaruratini
sezilmoqda. Ya’ni kiberjinoyatlarning oldini olish bo’yicha davlatlarda kiberxavfsizlik
sohasida xalqaro majburyatlarni belgilash tartibi joriy etilmoqda . Biz kiberxavfsizlik
tushunchasiga ta’rif berishimizdan oldin kiberjinoyat tushunchasiga ta’rif berib
o’tishimiz lozim .
Kiberjinoyatchilik
— axborotni egallash, uni o‘zgartirish, yo‘q qilish yoki
axborot tizimlari va resurslarini ishdan chiqarish maqsadida kibermakonda dasturiy
ta’minot va texnik vositalardan foydalanilgan holda amalga oshiriladigan jinoyatlar
yig‘indisi
1
.
Ya’ni davlatlar kiberjinoyatchilikning odini olish va unga qarshi
zamonaviy choralar ko’rish uchun bugungi kunda ko’plab say-harakatlar amalga
oshirilmoqda . Shuningdek kiberxavfsizlik sohasida davlatlar xalqaro huquq asosida
bir qator majburiyatlarga ega bo‘lib, ularni bajarish global xavfsizlik va barqarorlikni
1
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi, 2022. – 21 b.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–7_ Мая –2025
247
2181-3187
ta’minlashda katta ahamiyat kasb etadi. BMT, Budapesht Konvensiyasi va INTERPOL
kabi tashkilotlar ushbu majburiyatlarning amalga oshirilishini ta’minlashda muhim rol
o‘ynaydi. Davlatlar birgalikda harakat qilib, xalqaro miqyosda kiberxavfsizlikning
yuqori darajada ta’minlanishini yo’lga qo’yishlari mumkin . Birinchi navbatda xalqaro
kiberjinoyatchilikni oldini olish uchun va unga qarshi choralar ko’rish uchun davlat
xalqaro Kiberjinoyatchilikka qarshi tashkil etilgan tashkilotlarga a’zo bo’lishi lozim .
Shundagina davlat kiberjinoyatlarning soni kamayishiga yoki ularning to’liq oldi
olinishiga erishishi mumkin . Bunda davlat kiberxavfsizlik sohasini kuchaytirish
uchun o’z oldiga ma’lum bir majburiyatlarni qo’yishi kerak . Ushbu majburiyatlar
quyidagilardan iborat bo’lib:
Birinchidan :
Davlat milliy kiberxavfsizlik
strategiyasini ishlab chiqishi lozim . Bu strategiyalar milliy infratuzilmani himoya
qilish , kiber tahdidlarga tezkor javob berish va himoya choralarini belgilashga
qaratilgan bo’ladi . Shu bilan bir qatorda milliy strategiya xalqaro kiberxavfsizlik
me’yorlari va standartlariga muvofiq bo’lishi lozim . Shu bilan bir qatorda davlat milliy
qoidalarni xalqaro kelishuvlar bilan uyg’unlashtirishga intilishi lozim .
Ikkinchidan :
Kiber
tahdidlarga qarshi mudofaa choralarni ko’rish ya’ni, davlat kiber hujumlar va
kiberjinoyatlarni aniqlash, ularni oldini olish va tezkor javob berish uchun choralarni
yaratishi lozim . Bu uchun davlat muassasalarida texnologik xavfsizlik tizimini
o’rnatilishi, maxsus axborot texnologiyalari xodimlarini tayyorlash va ularni zarur
resuslar bilan ta’minlashi lozim .
Uchinchidan :
Davlat kiberjinoyatchilikka qarshi
kurashish uchun qonuniy bazani yaratish majburiyatiga ega. Bu qonunlar
kiberjinoyatlarni jinoyat deb tan olishi va ularga qarshi chora-tadbirlarni belgilashi
uchun asos bo’lib xizmat qiladi . Shuningdek davlat Budapesht Konvensiyasi kabi
xalqaro kiberjinoyatchilikka qarshi konvensiyalarga qo‘shilib, davlat o‘z hududida
kiberjinoyatlarga qarshi qonunchilikni xalqaro standartlarga moslashtirishi kerak.
To’rtinchidan :
Kiber tahdidlar davlat chegaralarini tan olmaganligi sababli davlatlar
o‘zaro hamkorlik qilishlari va axborot almashishlari lozim. Bu kiberjinoyatlarni tergov
qilishda, texnologik yordam berishda va transmilliy jinoyatlarga qarshi kurashda
muhim ahamiyatga ega ekanligi bizga ma’lum . Shunindek davlatlar BMT,
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–7_ Мая –2025
248
2181-3187
INTERPOL, va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish orqali kiber
tahdidlarga qarshi global darajada himoya choralari ko‘rishlari lozimligi bu davlatning
kiberxavfsizlik choralarini ko’rishdagi eng muhim jarayyon desak mubolag’a
bo’lmaydi .
Shuningdek
kiberxavfsizlik
sohasida
davlatning
eng
muhim
majburyatlaridan biri bu Fuqarolar va biznes subyektlarini kiberxavfsizlikka oid
bilimlar bilan ta’minlash . Statistik ma’lumotlarga qaraganda kiberjinoyatlarning ko’p
qismi asosan fuqarolar va xususiy sektorga moliyaviy zarar keltirishini hisoblab
chiqgan . Ya’ni fuqarolar va xususiy sektorlar uchun kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘quv
dasturlari tashkil etishi kerakligi va bu bilimlar odamlarning kiberhujumlarga qarshi
o‘zini himoya qilish qobiliyatini oshiradi va davlatning umumiy xavfsizlik tizimini
mustahkamlaydi.
Fuqarolarni xabardor qilish orqali davlat kiberjinoyatlarning oldini olishga
ko‘mak beradi va ularga qarshi kurash imkoniyatlarini oshiradi. Shuningdek davlat
kiberxavfsizlik choralarini qo‘llashda inson huquqlarini, shaxsiy hayot daxlsizligi va
axborot erkinligini hurmat qilishga majburdir. Kiberxavfsizlikni ta’minlashda ortiqcha
nazorat va kuzatuv fuqarolarning shaxsiy hayotiga aralashmasligi kerak. Davlat
o‘zining kiberxavfsizlik siyosatini xalqaro inson huquqlari standartlariga muvofiq
tarzda ishlab chiqishi lozim.
Yuqorida
keltirib
o’tilgan kiberxavfsizlik sohasida davlatning
majburiyatlari keng ko‘lamli va xalqaro hamkorlikni talab qiladi. Davlatlar o‘z
hududida milliy infratuzilmani himoya qilish, fuqarolarni axborotlashtirish va
kiberjinoyatlarga qarshi kurashish uchun huquqiy asos yaratish orqali bu
majburiyatlarni bajarishi kerak. Shu bilan birga, davlatlar xalqaro tashkilotlar bilan
hamkorlik qilib, kiberxavfsizlikni ta’minlashda global mas’uliyatga ega ekanliklarini
tan olishlari lozim.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–7_ Мая –2025
249
2181-3187
Bunda birinchi navbatda davlat xalqaro kiberxavfsizlik tashkilotlariga a’zo
bo’lishdan boshlanishi kerak . Masalan Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil
25fevralda qabul qilingan, Senat tomonidan 2022-yil 17-martda ma’qullangan
“Kiberxavfsizlik to‘g‘risidagi”
qonunning bir nechta moddalarida O‘zbekiston
Respublikasi kiberxavfsizlikni ta’minlashda xalqaro hamkorlik uchun ochiqligini
ta’kidlab o’tgan
(4-modda)
. Shu bilan bir qatorda ushbu qonunning
9-moddasida
“O‘zbekiston Respublikasi kiberxavfsizlikni ta’minlash sohasida xalqaro
shartnomalar doirasida xalqaro tashkilotlar, chet davlatlar va ularning vakolatli
idoralari bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi”.
degan normalar
mustahkamlangan . Demak O‘zbekiston Respublikasi ham kiberxavfsizlikka befarq
emasligidan dalolat berdi .
Bizga ma’lumki kiberxavfsizlik bo‘yicha xalqaro tashkilotlar va davlatlar
kelishuvlari kiberjinoyatlarga qarshi kurash, axborot xavfsizligini ta’minlash va
davlatlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan. Quyida kiberjinoyatlarga
qarshi kurash sohadagi asosiy xalqaro tashkilotlar va kelishuvlar haqida ma’lumot
keltirilgan bo’lib ushbu tashkilotlarning kiberxavfsizlik sohasidagi amalga
oshirilayotgan faoliyatlari to’grisida ma’lumot berib o’tsak . Kiberxavfsizlik sohasida
judda katta tashabbuslar ko’rsatayotgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) .
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha
boshqarmasi tarkibida tashkil etilgan ochiq hukumatlararo ekspert qo‘mitasining
tashkil etilishi bilan BMT tomonidan kiberjinoyatlarga qarshi kurash va xalqaro
hamkorlik bo‘yicha aniq qadamlar qo‘yildi. 2010-yil 12-19-aprel kunlari BMTning
Jinoyatchilikni oldini olish va Adolatli sudlov boʻyicha boʻlib oʻtgan XII Kongressi
yakunida qabul qilingan Salvador deklaratsiyasining 42-moddasida ekspertlar
qoʻmitasini tashkil etish masalasi ijrosi, Bosh Assambleyaning 65/230-sonli qarori
bilan tasdiqlandi
2
.
2
https://www.unodc.org/unodc/en/organized-crime/open-ended-intergovernmental-expert-group-
meetingoncybercrime.html (28.05.2018)
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–7_ Мая –2025
250
2181-3187
2011-yilda mazkur ekspertlar qo’mitasi, xalqaro hamjamiyat, a'zo davlatlar
va xususiy sektorlar birgalikda, milliy qoidalar, amaliyotlar, texnik kuzatuv va xalqaro
hamkorlik bo'yicha axborot almashinuvini ta'minlash orqali mavjud kurash usullarini
mustahkamlash, yangi milliy va xalqaro usullarini ishlab chiqish bo’yicha uchrashuvlar
o‘tkaza boshladi. Ekspert qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak bo‘lgan
masalalar qatorida milliy huquq tizimlari o‘rtasidagi uyg‘unlik va kiberjinoyatchilikni
tartibga solishda xalqaro hamkorlik masalalari ham o’rtaga tashlandi. Xalqaro
hamkorlik nuqtai nazaridan, ayniqsa, xalqaro va mintaqaviy xalqaro shartnomalarning
o‘rni va ahamiyati alohida ta’kidlandi. Ekspertlar qo’mitasi tarafidan o’tkazilgan
maxsus tadqiqotlarga ko'ra, kiber jinoyatlar uchta asosiy toifaga bo'linadi. Bularga
quyidagilar kiradi:
kompyuter ma'lumotlari va tizimlarining maxfiyligi, yaxlitligi va
mavjudligiga qarshi harakatlar, shaxsiy yoki moliyaviy foyda yoki zarar keltiradigan
kompyuter bilan bog'liq harakatlar va kontent bilan bog'liq fa’oliyat
3
.
Birinchi
toifada
, xususan, kompyuter tizimlariga noqonuniy kirish, kompyuter ma'lumotlariga
noqonuniy kirish, ma'lumotlarni yig'ish yoki olib qo’yish, kompyuter tizimlari yoki
ma'lumotlariga noqonuniy aralashuv, kompyuter tizimlaridan noto'g'ri maqsadda
foydalanishni ta'minlash uchun zarur vositalarni ishlab chiqarish, tegishli vositalarni
tarqatish yoki saqlash, maxfiylik va ma'lumotlarni himoya qilish qoidalarini buzish
kiberjinoyat sifatida belgilangan.
Ikkinchi toifaga
esa, kompyuter tizimlari orqali
firibgarlik yoki o'g'irlik, shaxsni o'g'irlash, intellektual mulk, tovar belgisi va patentga
bo’lgan huquqning buzilishi, spam xatlarni yuborish yoki tekshirish, bolalar huquqini
suiiste'mol qilish yoki bolalardan foydalanish kiradi.
Oxirgi toifaga,
kompyuter
tizimlari orqali nafrat uyg’otuvchi kontentlar yaratish, bolalar pornografiyasini ishlab
chiqarish, tarqatish yoki saqlash hamda terrorchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash
kiradi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan tayyorlangan tadqiqotda, Xalqaro
huquq tizimida kiberjinoyat bilan bog'liq huquqiy me'yoriy hujjatlarni o'z ichiga olgan
matnlar majburiy va majburiy emas deb farqlanadi. Hozirda, xalqaro maydonda 82
3
COMPREHENSIVE STUDY ON CYBERCRIME – Draft, Febral 2013 /16.B
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–7_ Мая –2025
251
2181-3187
davlat kiberjinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy shartnoma
ishtirokchilari hisoblanadi
4
.
Shu bilan bir qatorda Birlashgan Millatlar Tashkilotining
“Tinchlik va
xavfsizlik uchun axborot va aloqa texnologiyalari kengashi”
ham mavjud bo’lib, bu
kengash asosan davlatlar o‘rtasida kiberxavfsizlikni kuchaytirishga va tahdidlarga
qarshi birgalikda chora ko‘rishga qaratilgan tavsiyalar beradi. Bu kengashning faolyati
hozirgi kunda juda ko’p davlatlarda kiberjinoyatlarning oldini olishda va kiberxavfsilik
choralarini kuchaytirishda xizmat qilmoqda . Bugungi kunda kiberjinoyatlarga qarshi
kurashishda shuningdek ushbu jinoyatning oldini olishda o’z ta’siriniko’rsatayotgan
xalqaro hujjatlardan biri Budapesht Konvensiyasi yoki Kiberjinoyatchilikka qarshi
Konvensiya. Ushbu konvensiya milliy qonunlarni uygʻunlashtirish, tergov usullarini
takomillashtirish va davlatlar oʻrtasidagi hamkorlikni oshirish orqali Internet va
kompyuter jinoyatlarini (kiber jinoyatlar) hal qilishga qaratilgan birinchi xalqaro
shartnomadir. U Fransiyaning Strasburg shahrida Yevropa Kengashi tomonidan
Yevropa Kengashining kuzatuvchi bir qancha davlatlari Kanada, Yaponiya, Filippin,
Janubiy Afrika va AQSH ning say-harakatlari tufayli davlatlarda keng tarqalishiga
erishildi .
Konvensiya va uning tayyorlangan hisoboti Yevropa Kengashi
Vazirlar
Qoʻmitasi tomonidan 2001-yil 8-noyabrdagi 109-sessiyasida qabul qilingan.
2001-yil 23-noyabrda Vengriya poytaxti Budapeshtda imzolash uchun chaqirilgan va
2004-yil 1iyuldan boshlab kuchga kirgan. 2020-yil dekabr holatiga koʻra, 65 davlat
konvensiyani ratifikatsiya qilgan, yana toʻrtta davlat konvensiyani imzolagan, ammo
uni ratifikatsiya qilmagan . Bu kiberjinoyatchilikni tartibga soluvchi birinchi koʻp
tomonlama qonuniy majburiy vositadir
5
.
4
COMPREHENSIVE STUDY ON CYBERCRIME – Draft, Febral 2013 /64.B
5
https://uzpedia.uz/pedia/kiberjinoyatlar_togrisida_konvensiya
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–7_ Мая –2025
252
2181-3187
Ushbu konvensiyaning maqasadlari quyidagilardan iborat bo’lib, ya’ni
Konvensiya Internet va boshqa kompyuter tarmoqlari orqali sodir etilgan jinoyatlar
toʻgʻrisidagi birinchi xalqaro shartnoma boʻlib, ayniqsa mualliflik huquqining
buzilishi, kompyuter bilan bogʻliq firibgarlik, bolalar pornografiyasi, nafrat jinoyatlari
va tarmoq xavfsizligini buzish bilan bogʻliq. Shuningdek, u kompyuter tarmoqlarini
qidirish, topish, qoʻlga kiritish va qonuniy ravishda jazolash kabi bir qator vakolatlar
va tartiblarni oʻz ichiga oladi. Uning muqaddimada bayon etilgan asosiy maqsadi
jamiyatni kiberjinoyatlardan himoya qilishga qaratilgan umumiy jinoiy siyosatni olib
borish, ayniqsa tegishli qonun hujjatlarini qabul qilish va xalqaro hamkorlikni
rivojlantirishdan iboratligi bizga ma’lum .
Konvensiya asosan quyidagilarga
qaratilgan:
✓
Kiberjinoyatchilik sohasidagi jinoyatlarning milliy jinoiy-moddiy-
huquqiy elementlarini va ular bilan bogʻliq qoidalarni uygʻunlashtirish;
✓
Milliy jinoyat-protsessual qonunchiligiga bunday jinoyatlarni,
shuningdek,
kompyuter
tizimi
yordamida
sodir
etilgan
boshqa
huquqbuzarliklarni yoki ularga tegishli elektron shakldagi dalillarni tergov
qilish va jinoiy javobgarlikka tortish uchun zarur boʻlgan vakolatlarni
taʼminlash ;
✓
Xalqaro hamkorlikning tez va samarali rejimini yaratish .
Konvensiyada quyidagi jinoyatlar belgilangan:
noqonuniy kirish,
noqonuniy qoʻlga olish, maʼlumotlarga aralashuv, tizimga aralashuv, qurilmalardan
notoʻgʻri foydalanish, kompyuter bilan bogʻliq qalbakilashtirish, kompyuter bilan
bogʻliq firibgarlik, bolalar pornografiyasi bilan bogʻliq huquqbuzarliklar, mualliflik
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–7_ Мая –2025
253
2181-3187
huquqi va qoʻshni huquqlar bilan bogʻliq huquqbuzarliklar
6
. Shuningdek, u saqlangan
maʼlumotlarni tezkor saqlash, trafik maʼlumotlarini tezkor saqlash va qisman oshkor
qilish, ishlab chiqarish tartibi, kompyuter maʼlumotlarini qidirish va olib qoʻyish, trafik
maʼlumotlarini real vaqt rejimida yigʻish va kontent maʼlumotlarini qoʻlga kiritish kabi
protsessual huquqiy masalalarni belgilaydi . Bundan tashqari, Konvensiyada
saqlanadigan kompyuter maʼlumotlariga oʻzaro yordamni talab qilmaydigan
transchegaraviy kirishning maʼlum bir turi toʻgʻrisidagi qoida mavjud (rozilik bilan
yoki hamma uchun mavjud boʻlganda) va tezkorlikni taʼminlash uchun 24/7 tarmoqni
oʻrnatishni nazarda tutadi. Bundan tashqari, shartlar va kafolatlar sifatida Konvensiya
inson huquqlari va erkinliklarini, shu jumladan Inson huquqlari toʻgʻrisidagi Yevropa
konvensiyasi , Fuqarolik va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro pakt va boshqa
amaldagi inson huquqlari boʻyicha xalqaro hujjatlardan kelib chiqadigan
majburiyatlardan kelib chiqadigan huquqlarni munosib himoya qilishni taʼminlashni
talab qiladi va mutanosiblik tamoyilini oʻz ichiga oladi. Konvensiya Yevropa va
xalqaro ekspertlarning toʻrt yillik mehnati mahsulidir. U kompyuter tarmoqlari orqali
irqchilik va ksenofobiya tashviqotining har qanday nashrini jinoiy tuhmat toʻgʻrisidagi
qonunlarga oʻxshash jinoiy javobgarlikka tortuvchi qoʻshimcha protokol bilan
toʻldirildi.
Yuqoridagi ma’lumotlardan xulosa qiladigan bo’lsak Kiberxavfsizlik
bo‘yicha xalqaro tashkilotlar va davlatlar kelishuvlari zamonaviy dunyoda xavfsizlikni
ta’minlash uchun muhim ahamiyat kasb etadi. BMT, INTERPOL, NATO, Yevropa
Ittifoqi va boshqa xalqaro tashkilotlar davlatlar o‘rtasida kiberxavfsizlikni ta’minlash,
tahdidlarga qarshi birgalikda kurashish va axborot almashishni rivojlantirishda asosiy
rol o‘ynaydi. Ushbu kelishuvlar global miqyosda hamkorlikni kuchaytiradi va kiber
tahdidlarga qarshi samarali kurashish imkonini beradi.
Asosan davlatlar kiberxavfsizlikni ta’minlaydigan xalqaro tashkilotlarga
a’zo so’ng ma’lum bir majburyatlarni bajarishni o’z zimmasiga oladi. Ya’ni davlatning
6
https://uzpedia.uz/pedia/kiberjinoyatlar_togrisida_konvensiya
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–7_ Мая –2025
254
2181-3187
asosiy xalqaro majburiyatlari xalqaro huquq normalariga rioya qilish, tinchlikni
saqlash, inson huquqlarini hurmat qilish, xalqaro shartnomalar va kelishuvlarni
bajarish kabi masalalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu majburiyatlar davlatning xalqaro
hamjamiyatdagi o‘rnini mustahkamlaydi va xalqaro barqarorlikka hissa qo‘shadi. Shu
bilan birga davlatlarning asosiy xalqaro majburiyatlari haqida ma’lumot berib
o’tadigan bo’lsak . Davlat xalqaro tashkiltlarga a’zo bo’lganidan so’ng xalqaro
huquqning umumiy prinsiplari va xalqaro shartnomalarda belgilangan qoidalarni
bajarishga majburdir. Bu majburiyat o‘z ichiga davlatlar o‘rtasidagi shartnomalarni
bajarish, xalqaro kelishuvlarga sodiq qolish va ularga rioya qilishni oladi. Shuningdek
har bir davlat xalqaro shartnomalarga qo‘shilganida ularning qoidalarini bajarishga
o‘zini majbur qiladi. Masalan, savdo, ekologiya, xavfsizlik va boshqa sohalarda
xalqaro shartnomalar mavjud bo‘lib, davlatlar ularga qat’iy rioya qilishi kerak. Shu
bilan bir qatorda davlat transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashish majburyatini ham
bajarishi lozim . Bunda davlatlar xalqaro terrorizm, giyohvand moddalar savdosi, inson
savdosi va kiberjinoyatchilik kabi transmilliy jinoyatlarga qarshi kurashda bir-biri
bilan hamkorlik qilishlari kerak. BMT, INTERPOL, Yevropa Ittifoqi va boshqa
tashkilotlar orqali davlatlar o‘zaro axborot almashish, tergovlar va jinoyatchilarni
javobgarlikka tortishda yordam berish kabi xalqaro jinoyatchilikka qarshi choralarni
kuchaytiradi. Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy taraqqiyotni qo‘llab-
quvvatlash majburiyatlari davlatlarning xalqaro munosabatlarda barqarorlikni
ta’minlashda muhim hisoblanadi. Bu jarayonda davlatlar iqtisodiy, ijtimoiy va
madaniy sohalarda hamkorlik qilishlari va xalqaro tashkilotlar, masalan, Jahon Banki,
Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (XVJ) va BMT Taraqqiyot dasturi orqali qo‘llab-
quvvatlash ko‘rsatishlari kerak . Bizga ma’lumki davlatlarning xalqaro majburiyatlari
global tinchlik, xavfsizlik, inson huquqlari va barqaror rivojlanishni ta’minlashda
muhim rol o‘ynaydi. Ushbu majburiyatlarga rioya qilish xalqaro hamjamiyatda o‘zaro
ishonchni mustahkamlaydi va davlatlarning xalqaro huquqiy tizimdagi mas’uliyatini
kuchaytiradi. Shu sababli, davlatlar o‘z xalqaro majburiyatlarini bajarish orqali global
barqarorlik va taraqqiyotga hissa qo‘shadilar. O‘zbekiston qonunchiligida
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–7_ Мая –2025
255
2181-3187
kiberxavfsizlik sohasidagi majburiyatlarni tartibga soluvchi qoidalar mamlakatning
axborot xavfsizligi, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, davlat infratuzilmasini
himoyalash va raqamli tizimlar xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan normalar
mavjud bo’lib bugungi kuda kiberxavfsizlik sohasidagi majburiyatlarini tartibga solib
kelmoqda . Quyida O‘zbekiston kiberxavfsizlik sohasidagi majburiyatlarini tartibga
soluvchi asosiy qonunchilik qoidalari haqida keltirib o’tsak :
✓
“Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonun ;
✓
“Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonun ;
✓
“Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonun ;
✓
“Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi qonun
✓
“O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik strategiyasi”
✓
“Kiberxavfsizlik to’g’risidagi “ qonun .
✓
“Ma’lumotlarni shifrlash to‘g‘risida”gi qoidalar
7
.
Yuqorida keltirilgan qoidalar O‘zbekiston qonunchiligida kiberxavfsizlik
sohasidagi majburiyatlar davlat organlari, xususiy sektor va fuqarolar uchun alohida
qoidalarga bo‘lingan. Ushbu qoidalar davlatning raqamli xavfsizligini ta’minlash,
shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va xalqaro talablar bilan hamohang ravishda
milliy infratuzilmani himoyalashga qaratilgan. Shu tariqa, O‘zbekiston xalqaro
hamkorlikni rivojlantirib, raqamli xavfsizlik sohasida barqaror va xavfsiz muhit
yaratishga intilmoqda.
Xulosa qilib ayatdiga bo’lsak Global miqyosda kiberxavfsizlik
tahdidlarining ko‘lami va murakkabligi ortib borayotgan bir paytda, davlatlarning
xalqaro darajadagi majburiyatlarini belgilash zarurati kuchaymoqda. Kiberhujumlar
nafaqat milliy xavfsizlik va iqtisodiy barqarorlikka, balki fuqarolarning shaxsiy
ma’lumotlariga, davlat institutlarining barqarorligiga va xalqaro aloqalarga ham katta
xavf solmoqda. Bu muammolar davlatlardan kiberxavfsizlik sohasida umumiy
me’yorlar va qoidalarga amal qilishni, shuningdek, kiberhujumlarga qarshi kurashda
7
O‘zbekiston respublikasi milliy qoninchilik bazasi : https://lex.uz/uz/
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–7_ Мая –2025
256
2181-3187
o‘zaro hamkorlikni kuchayttirishni talab qiladi . Davlatlar kiberxavfsizlikni ta’minlash
uchun xalqaro konvensiyalar va kelishuvlar asosida o‘z zimmasiga majburiyatlar olishi
lozim. Bu majburiyatlar qatoriga kiberhujumlarni oldini olish, kiberjinoyatlarni tergov
qilishda o‘zaro yordam ko‘rsatish, texnologik infratuzilmani himoyalash, axborot
almashinuvi hamda yuqori xavfsizlik standartlarini ishlab chiqish va tatbiq etish kiradi.
Shuningdek, davlatlar kiberxavfsizlik sohasida xalqaro huquq me’yorlariga rioya
qilishlari, kiberurushning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni qo‘llashlari ham
zarur. Xalqaro darajadagi majburiyatlar nafaqat davlatlar o‘rtasidagi ishonchni
mustahkamlashga, balki umumiy xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Shu bilan
birga, kiberxavfsizlik masalalarini hal qilishda xususiy sektor, fuqarolik jamiyati va
xalqaro tashkilotlarning ishtiroki ham muhimdir, chunki ular zamonaviy axborot
texnologiyalari bilan chambarchas bog‘liq. Muvofiqlashtirilgan sa’y-harakatlar
davlatlarga nafaqat milliy, balki global miqyosda ham samarali kiberxavfsizlik tizimini
shakllantirishga yordam beradi. Shunday qilib, davlatlarning xalqaro kiberxavfsizlik
me’yorlari va majburiyatlariga sodiqligi, o‘zaro hamkorlikni kengaytirishi va yangi
tahdidlarga tezkor javob bera olish qobiliyati global kiberxavfsizlik tizimining
mustahkam asosini yaratadi.
Kiberxavfsizlik sohasida davlatlarning majburiyatlarini xalqaro
darajada belgilashda yuzaga keladigan muammolarini hal qilish uchu muallif
tomonidan quyidagi takliflar beriladi:
1-Taklif :
Davlatlar kiberxavfsizlikda o‘z hududida kiberjinoyatlarga qarshi
choralarni ko‘rishga, infratuzilma xavfsizligini ta’minlashga va kiberxavfsizlik
me’yorlariga rioya qilishga majbur bo‘lishi lozim. Xalqaro huquqda davlatlarning o‘z
hududidan kiberjinoyatlarga ruxsat bermaslik va ularni bartaraf etish majburiyatini
kuchaytirish.
2-Taklif:
Xalqaro miqyosda kiberxavfsizlik standartlarini yaratish kiber
tahdidlarga qarshi choratadbirlarni kuchaytiradi. Bu standartlar davlatlar,
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–7_ Мая –2025
257
2181-3187
kompaniyalar va tashkilotlar tomonidan texnik xavfsizlik talablarini bajarishni
osonlashtiradi. BMT yoki Xalqaro Telekommunikatsiya Ittifoqi doirasida davlatlar
uchun majburiy kiberxavfsizlik standartlarini ishlab chiqish va bu standartlarga amal
qilish majburiyatini joriy etish.
3-Taklif:
Kiberjinoyatchilik global muammo bo‘lgani sababli, davlatlar o‘rtasida
tergovlar uchun axborot almashinuvi va hamkorlik zarur. Bu jarayonda davlatlar
kiberjinoyatlarni aniqlash va ularni tergov qilishda bir-biriga yordam ko‘rsatishi kerak.
INTERPOL yoki boshqa xalqaro tashkilotlar orqali kiberjinoyatlarga qarshi xalqaro
tergov guruhlarini tuzish, davlatlar o‘rtasida axborot almashish tizimini
soddalashtirish.
4- Taklif:
Kiberxavfsizlik sohasida yuqori malakali mutaxassislar
yetishmovchiligi global muammo hisoblanadi. Shuning uchun xalqaro darajada kadrlar
tayyorlash dasturlarini rivojlantirish muhimdir. Xalqaro tashkilotlar ko‘magida
kiberxavfsizlik bo‘yicha xalqaro ta’lim va o‘quv dasturlarini yaratish va davlatlar
o‘rtasida mutaxassislar tayyorlashni qo‘llab-quvvatlash.
5- Taklif
: Kiberhujumlar sodir bo‘lganda davlatlarning birgalikda harakat qilishi
muhim. Shu sababli, davlatlar o‘rtasida kiber tahdidlarga tezkor javob berish uchun
maxsus kelishuvlar o‘rnatilishi lozim. Davlatlar o‘rtasida kiber tahdidlarga qarshi
tezkor javob berish tizimini yaratish va hujumga javob choralari bo‘yicha kelishuvlar
o‘rnatish. Yuqoridagi takliflardan xulosa qiladigan bo’lsak kiberxavfsizlik
sohasida davlatlar uchun xalqaro darajada majburiyatlarni belgilash bugungi kunda
dolzarb masalalardan biridir. Kiberxavfsizlik qoidalari va standartlarini umumiy qabul
qilish, hamkorlik va axborot almashish tizimlarini rivojlantirish xalqaro miqyosda
kiberxavfsizlikning barqarorligini ta’minlashga yordam beradi. Shu tariqa, davlatlar
birgalikda kiberjinoyatchilikka qarshi samarali chora-tadbirlarni amalga oshirishi va
global kiber makonni xavfsizroq qilishlari mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati :
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–7_ Мая –2025
258
2181-3187
1.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini
oshirish markazi, 2022. – 21 b.
2.
https://www.unodc.org/unodc/en/organized-crime/open-ended-
intergovernmentalexpert-group-meeting-oncybercrime.html (28.05.2018)
3.
COMPREHENSIVE STUDY ON CYBERCRIME – Draft, Febral 2013 /16.B
4.
COMPREHENSIVE STUDY ON CYBERCRIME – Draft, Febral 2013 /64.B
5.
https://uzpedia.uz/pedia/kiberjinoyatlar_togrisida_konvensiya
6.
https://uzpedia.uz/pedia/kiberjinoyatlar_togrisida_konvensiya
7.
O‘zbekiston respublikasi milliy qoninchilik bazasi : https://lex.uz/uz/