Авторы

  • Qurbonov Siyovush Jamaliddinzoda

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.125105

Ключевые слова:

Sun’iy intellektdan foydalanishning imkoniyatlari Sun’iy intellektning sud tizimiga ta’siri Sun’iy intellektdan foydalanishning xavf-xatarlari .

Аннотация

Mazkur maqolada hozirgi kunda sun’iy intellekt  texnologiyalarining huquqiy sohada qo‘llanilishining jadal rivojlantirish choralari 
olib borilmoqda. Ushbu maqolada sun’iy intellektning sud qarorlarini qabul qilish jarayonidagi imkoniyatlari va xavf-xatarlari tahlil qilinadi. Sun’iy intellekt sud tizimiga kiritilgan huquqbuzarliklarga  qaror qabul qilishni tezlashtirish, inson omilidan kelib chiqadigan xatolarni kamaytirish hamda sud ishlarining samaradorligini oshirish  va vaqt tejamkorligini oshirishga imkon beradi. Shu bilan birga, ushbu texnologiyadan foydalanish huquqiy adolat, shaffoflik va inson huquqlari nuqtayi nazaridan bir qator xavf-xatarlarga ega. 


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–7_ Мая –2025

233

2181-3187

SUN'IY INTELLEKT SUD QARORLARINI QABUL QILISH

JARAYONIDA: IMKONIYATLAR VA XAVF-XATARLAR.

Toshkent davlat yuridik unversiteti

Ommaviy huquq fakultetining 2-kurs talabasi

Qurbonov Siyovush Jamaliddinzoda

Tel: +998941000241

e-mail:

qurbonovsiyovush1009@gmail.com

Annotatsiya.

Mazkur

maqolada

hozirgi

kunda

sun’iy

intellekt

texnologiyalarining huquqiy sohada qo‘llanilishining jadal rivojlantirish choralari

olib borilmoqda. Ushbu maqolada sun’iy intellektning sud qarorlarini qabul qilish

jarayonidagi imkoniyatlari va xavf-xatarlari tahlil qilinadi. Sun’iy intellekt sud

tizimiga kiritilgan huquqbuzarliklarga qaror qabul qilishni tezlashtirish, inson

omilidan kelib chiqadigan xatolarni kamaytirish hamda sud ishlarining

samaradorligini oshirish va vaqt tejamkorligini oshirishga imkon beradi. Shu bilan

birga, ushbu texnologiyadan foydalanish huquqiy adolat, shaffoflik va inson huquqlari

nuqtayi nazaridan bir qator xavf-xatarlarga ega. Asosiy muammolar qatorida sun`iy

intellektning faoliyat yuritishi uchun kiritilgan ma’lumotlarning noto‘g‘ri talqini,

shuningdek yuridik soha xodimlari uchun ishsizlikning ortishi va huquqiy javobgarlik

masalalari hamda sudyaning insoniy omillar bilan bog‘liq jihatlar ko‘rib chiqilishi

qiyin kechadi. Tadqiqot natijalari sun’iy intellektni sud qarorlarini qabul qilish

jarayonida vaqt bilan bog’liq muammolarni kamaytirishi mumkin, biroq adolatli

qaror qabul qilishda insoniy jihatlarni shuningdek ayrim prinsiplarni normalarga

muvofiqlab qaror qabul qilishi jadal muammoga aylanishi mumkinligini ma’lum

qilishimiz mumkin.

Kalit so’zlar : Sun’iy intellektdan foydalanishning imkoniyatlari, Sun’iy

intellektning sud tizimiga ta’siri,

Sun’iy intellektdan foydalanishning xavf-xatarlari .


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–7_ Мая –2025

234

2181-3187

Artificial Intelligence in Judicial Decision Making: Opportunities and

Threats.

Tashkent State Law University

2nd year student of the Faculty of Public Law

Kurbanov Siyovush Jamaliddinzada

Tel: +998941000241

e-mail: qurbonovsiyovush1009@gmail.com

Abstract. In this article, measures for the rapid development of the use of

artificial intelligence technologies in the legal field are currently being carried out.

This article analyzes the opportunities and risks of artificial intelligence in the process

of making court decisions. Artificial intelligence allows to speed up decision-making

on offenses introduced into the judicial system, reduce errors caused by the human

factor, and increase the efficiency of court cases and save time. At the same time, the

use of this technology has a number of risks in terms of legal justice, transparency and

human rights. Among the main problems are the incorrect interpretation of the data

entered for the operation of artificial intelligence, as well as the increase in

unemployment for the employees of the legal sector and the issues of legal

responsibility, as well as the aspects related to the human factors of the judge are

difficult to consider. The results of the research can reduce the problems related to

time in the process of making court decisions, but we can inform that it can become an

urgent problem to make decisions in accordance with human aspects and certain

principles in making fair decisions.

Key words: Opportunities of using artificial intelligence, Impact of artificial

intelligence on the judicial system, Dangers of using artificial intelligence.

Искусственный

интеллект

в

принятии

судебных

решений:

возможности и угрозы.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–7_ Мая –2025

235

2181-3187

Ташкентский государственный юридический университет

Студентка 2 курса факультета публичного права

Курбанов Сиёвуш Джамалиддинзада

Тел:

+998941000241

электронная почта:

qurbonovsiyovush1009@gmail.com

Абстрактный. В данной статье в настоящее время осуществляются

меры по ускоренному развитию использования технологий искусственного

интеллекта в правовом поле. В данной статье анализируются возможности и

риски использования искусственного интеллекта в процессе принятия судебных

решений. Искусственный интеллект позволяет ускорить принятие решений по

внесенным в судебную систему правонарушениям, снизить количество ошибок,

вызванных человеческим фактором, повысить эффективность рассмотрения

судебных дел и сэкономить время. В то же время использование этой

технологии несет в себе ряд рисков с точки зрения юридической

справедливости, прозрачности и прав человека. Среди основных проблем –

неправильная интерпретация данных, вводимых для работы искусственного

интеллекта, а также рост безработицы среди работников юридического

сектора и трудноучитываемые вопросы юридической ответственности, а

также аспекты, связанные с человеческим фактором судьи. Результаты

исследования могут уменьшить проблемы, связанные со временем в процессе

принятия судебных решений, но мы можем сообщить, что актуальной

проблемой может стать принятие решений в соответствии с человеческими

аспектами и определенными принципами принятия справедливых решений.

Kirish:


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–7_ Мая –2025

236

2181-3187

Zamonaviy texnologiyalarning jadal rivojlanishi turli sohalarga,

jumladan, sud-huquq tizimiga ham katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Sun’iy intellekt

texnologiyalari huquqiy jarayonlarni avtomatlashtirish, hujjatlarni tahlil qilish va hatto

sud qarorlarini qabul qilishda yordam berish imkoniyatiga ega. Ayrim davlatlarda

sun’iy intellekt allaqachon sud tizimida qo‘llanilib, sudyalar va advokatlarga

yordamchi vosita sifatida foydalanilmoqda.

Biroq, sun’iy intellektning sud qarorlarini qabul qilish jarayonida to‘liq

ishtirok etishi turli savollar va bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Texnologiyaning

aniqligi, xolisligi va odil sudlov tamoyillariga mosligi masalalari yuzasidan turli fikrlar

mavjud. Sun’iy intellekt inson xatosini kamaytirish va sud ishlarini tezlashtirish

imkonini berishi mumkin, lekin shu bilan birga, u axborot noto‘g‘ri talqin qilinishi,

algoritmlardagi kamsitishlar normalarni qo’llashdagi insoniy omilarning ya’ni insoniy

his-tuyg’ular yo‘qligi kabi xavflarni ham o‘z ichiga oladi.

Ushbu maqolada sun’iy intellektning sud qarorlarini qabul qilish

jarayonidagi imkoniyatlari va xavf-xatarlari tahlil qilingan bo’lib, sun’iy intellektning

sud tizimini yanada samarali va shaffof bo’lishiga yordam bera oladimi yoki aksincha,

adolat mezonlariga zid bo‘lgan muammolarni keltirib chiqarishi mumkinmi ? Bu

savollarga javob izlash bugungi huquqshunoslik va texnologiya rivojlanishi

kontekstida muhim ahamiyat kasb etishi ko’plab muhokamalrga sabab bo’lmoqda.

Sun’iy intellektdan foydalanishning imkoniyatlari,

sun’iy intellektdan

foyidalanish imkoniyatlari hozirgi kunda deyarli barachga mintaqalarda jadal

rivojlanib borayotgan sohalardan biri ekanligi barchamizga ma’lum. Shunigdek, sun’iy

intellektning turli sohalrda qo’llanila boshlashi ta’lim, IT sohasi va sud-huquq tizimida

va boshqa sohalarda qo’lanila boshlashi jadal o’sayotganligi va insoniyatga nisbatan

qulay imkonioyatlar va vaqt tejamkorligi shuning bilan birga moliyaviy xarajatlarni

kamaytirish kabi imkoniyatlarga ega tizim desak mubolag’a bo’lmaydi. Masalan, Sud

qarorlarini qabul qilishda sun'iy intellektni qo'llash allaqachon boshlangan. Jumladan,

AQSH, Rossiya, Xitoy va Meksikada ham sezilarli yutuqlarga erishilmoqdaligi bizga

ma’lum. Jumladan, Xitoy sudlarga 100 dan ortiq sudiya robotlarni joylashtirdi va


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–7_ Мая –2025

237

2181-3187

aholiga huquqiy maslahatlar berilmoqdaligini misol qilib keltirsak bo’ladi [

1

]. Shu

bilan birga Estoniyada kichik o'lchamdagi fuqarolik da'volari bo'yicha hal qilinadigan

dasturni sinovdan o'tkazilganligi mazkur sohaga e’tibor jadal rivojlanmoqdaligidan

dalolat beradi. Bundan tashqari, yaqinda o'tkazilgan davlatlararo so'rov shuni

ko'rsatdiki, 25 yil ichida sud qarorlarini qabul qilishning deyarli 30 foizini sun'iy

intellekt amalga oshiradi, deb hisoblashadi, bu esa sun'iy intellektning hozirgi roli sud

qarorlarini qabul qilishda 10 foizdan kamroqni tashkil qiladi, degan taxminlarni uch

barobarga oshiradi [

2

]. Shu bilan birga hozirgi kunda jadal rivojlanib borayotgan sun’iy

intellekt ko’plar insonlarga, tashkilotlar va davlat organlarining faoliyat yuyritishida

asosiy yordamchi kuchga aylanishi mumkinligi to’g’risidagi taxminlar (pragnozlar)

soni kundan-kunga ortib bormoqda. Shu bilan birga sun’iy intellektning inson aqliy

darajasidan bir necha bor kuchli va tezkor ekanligini ham ta’kidlab o’tishimiz zarur.

Horzirgi kunda bu texnologiya turli sohalarda, jumladan, sanoat, tibbiyot, transport,

ta'lim va moliya kabi soahlarda qo’llanilishi ko‘plab yo‘nalishlarda inqilobiy

o‘zgarishlarni keltirib chiqarmoqda. Jumalada, tibiyyot va sud-huquq tizimidagi

faoliyatining o’ziga qamrab olishi jarayyoni yaqqol namoyon bo’lib ko’rinmoqda.

Sun’iy intellektninig ijobiy taraflari ham mavjud bo’lib, birinchi navbatda

insonlar uchun qulaylik yaratish, shuningdek ishlab chiqarish jarayonlari

optimallashtirilmoqda, bu esa vaqt va xarajatlarni tejash imkonini beradi. Prognozlarga

ko‘ra, 2030 yilga kelib, sanoatning umumiy iqtisodiy hajmi sun'iy intellekt

texnologiyalari hisobiga 14 trillion AQSh dollariga yetishi mumkin. Bu texnologiya,

ayniqsa, avtomobilsozlik, elektronika va kimyo sanoatida inqilobiy o‘zgarishlarga

sabab bo’lishi mumkin [

3

]. Shuningdek, xalqaro tajribalarning jorish etilishida qulay

imkoniyatlar yaratilmoqdaligi va sud-huquq tizimidagi vaqt va xarajatlar bilan bog’liq

muammolarni kamaytirishga asos bo’layotganligi yoki bo’lishi mumkinligi ta’kidlab

o’tsak bo’ladi.

1

https://law-ai.org/the-challenges-of-artificial-judicial-decision-making-for-liberal-democracy/.

2

https://law-ai.org/the-challenges-of-artificial-judicial-decision-making-for-liberal-

democracy/#:~:text=uch%20barobarga%20oshiradi.-,%5B6%5D,-Shu%20nuqtai%20nazardan.

3

https://yuz.uz/uz/news/suniy-intellektdan-foydalanish-meyorlari-muammolar-va-istiqbollar.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–7_ Мая –2025

238

2181-3187

Hozirgi kunda sun’iy intellektning sud-huquq tizimida qo’llanilishida

asosan sudyalarga ko’makchi sifatida baholasak bo’ladi, biroq sudyalar o’rnidan qaror

qabul qilishi va mazkur qarorlarni ayblanuvchiga kvalifikatsiya qilishida muammolar

yuzaga kelishi mumkin ekanligini e’tiborga oilishimiz darkor. Shu bilan birga

manfaatdor shaxslarga o’z huquqlarini amalga oshirishlari uchun qulay imkoniyatalar

yaratishi ular bilan bog’liq vaqt va xarajatlar bilan bog’liq muammolarda ijobiy natija

berishi mumkin biroq Sun’iy intellektning shaffoflik va insonparvarlik prinsiplarini

qo’llashda turli muammolar yuzaga kelishi mumkin ekanligini ta’kidlab o’tishimiz

lozim.

Sun’iy intellektning sud tizimiga ta’siri.

Sun’iy intellektning sud

tizimiga ta’siri bugungi kunda ko’pgina mamlakatlarda jiddiy muammoga aylanib

borayotganligini ko’rib o’tishimiz mumkin. Shuningdek, sun'iy intellekt qarorlar qabul

qilish yoxud hukm chiqarishda insoniylikka zid qarorlar qabul qilishi mumkin

ekanligini bir necha bor tajribalarda namoyon bo’lganligini e’tiborga olishimiz lozim.

Bu esa inson huquqlariga mufoviq emas. Sun’iy intellekt takomillashuvi va

qo‘llanilishida etika me'yorlariga rioya qilish, inson huquqlarini himoya qilish va

insoniylik qadriyatlarini saqlab qolish muhimdir. Ayni paytda, huquqshunoslar

tomonidan sun’iy intellekt asosida qabul qilinadigan qarorlar ustidan inson nazoratini

saqlab qolish lozim eaknligini ta’kidlashgan. Sun'iy intellektning kelajakdagi

rivojlanishi insoniyat uchun yangi imkoniyatlar yaratadi, ammo bu imkoniyatlardan

to‘liq foydalanish uchun mavjud muammolarni yechish va oldini olish zarur.

Shu bilan birga, sun'iy intellektning ijobiy taraflari ham mavjud bo’lib,

bular qatoriga,

samaradorlik va tezlik, Inson xatosini kamaytirish va kengaytirilgan

huquqiy tahlillarni

ko’rsatib o’tishimiz lozim.

Samaradorlik va tezlik,

sun'iy

intellektning huquqiy axborotni qayta ishlashni avtomatlashtirish va katta hajmdagi

ma'lumotlarni tahlil qilish orqali sud jarayonlarini sezilarli darajada tezlashtirishi

mumkin. Bu ishlarning tezroq hal etilishiga olib keladi va sudlarda kechikishlarni

kamaytiradi va shu bilan odil sudlovdan foydalanish imkoniyatini yaxshilaydi [

4

].

4

https://consensus.app/questions/ethics-implications-using-judicial-decisionmaking-legal/#result-3


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–7_ Мая –2025

239

2181-3187

Shuningdek, sun'iy intellektning

Inson xatosini kamaytirishga

oida ijobiy taraflarini

ham tahlil qiladigan bo’lsak, sun'iy intellekt tizimlari sud qarorlarida inson xatolari va

tarafkashliklarni minimallashtirishga yordam beradi. Izchil va ma'lumotlarga

asoslangan tahlillarni taqdim etish orqali sun'iy intellektning sudyalarga yanada

ob'ektiv qarorlar qabul qilishda yordam berishi mumkin ekanligini ko’rsatib o’tishimiz

lozim. Shuningdek, sun'iy intellekt qonunlar va pretsedentlarni talqin qilishda yordam

berishi mumkin va inson tahlilchilari e'tibordan chetda qolishi mumkin bo'lgan batafsil

ma'lumotlarni taqdim etadi. Bu esa yanada puxta va asosli huquqiy dalillar

va qarorlarga olib kelishi mumkin ekanligini e’tiborga olishimiz lozim.

Sun’iy intellektning sud tizimida qarorlarni qabul qilishida axloqiy

tashvishlar ham mavjud bo’lib bular qatoriga

Tarafsizlik va adolat

prinsiplarining

no’to’g’ri talqin qilinishida namoyon bo’ladi. Ya’ni, asosiy axloqiy tashvishlardan biri

bu sun'iy intellektning huquqiy tizimda mavjud bo'lgan noto'g'ri qarashlarni davom

ettirish imkoniyatidir. Sun’iy intellektning algoritmlari asosan tarixiy ma'lumotlar

bo'yicha o'qitiladi, ular noto'g'ri ma'lumotlarni o'z ichiga olishi mumkin. Agar bu

noto'g'ri holatlarga e'tibor berilmasa, sun’iy intellektning sud-huquq tizimida qarorlar

qabul qilish jarayonlarida adolatsizlik va inson qadr-qimmatini kamsitishga sabab

bo’lishi mumkin ekanligini ta’kidlab o’tishimiz lozim. Shu bilan birga, sun’iy

intellektning asosiy muammolaridan biri bu,

Shaffoflik va javobgarlik va

ma'lumotlarning maxfiyligida

yuzaga keladigan muammolarni

nazarda tutishimiz

lozim.

Ya’n, sun’iy intellektning sud-huquq tizimida qabul qilgan qarorlar

shaffofsizlik yoki insonparvarlik prinsipining no’to’g’ri qo’llanilishi sud tizimiga

bo'lgan ishonchni susaytirishi va sun'iy intellektning xatolar yoki adolatli bo’lmagan

qarorlar uchun javobgarlikka tortishni qiyinlashtirishi mumkin. Shu bilan birga

huquqiy tizimlarda sun'iy intellektdan foydalanish nozik shaxsiy ma'lumotlar bilan

ishlashni, ma'lumotlarning maxfiyligi bilan bog'liq xavotirlarni oshirishni o'z ichiga

oladi [

5

]. Sun’iy intellektning ma'lumotlarni himoya qilish qonunlari va axloqiy

5

https://consensus.app/questions/ethics-implications-using-judicial-decisionmaking-legal/#result-3


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–7_ Мая –2025

240

2181-3187

standartlarga muvofiqligini ta'minlash jamoatchilik ishonchini saqlash uchun juda

muhimdir.

Sud-huquq tizimida sun’iy intellektning qarorlarni qabul qilishda global

muammolaridan bir bu turli mamlakatlarda sud-huquq tizimidagi sun’iy intellektning

joriy etilish amaliyoti sun’iy intellektning

bazasiga kiritilgan ma’lumotlarni

ayblanuvchiga qo’llashda insoniylik va demokratizm prinsiplarning hisobga olishi va

qo’llashda maummolar yazaga kelmoqda.

Sud qarorlarini qabul qilish va huquqiy tahlil qilishda sun'iy intellektdan

foydalanish samaradorligini oshirish, inson xatolarini kamaytirish va huquqiy tahlilni

yaxshilash kabi muhim afzalliklarni beradi. Shu bilan birga, u noxolislik, shaffoflik,

javobgarlik va ma'lumotlar maxfiyligi kabi muhim axloqiy va amaliy muammolarni

ham keltirib chiqaradi. Ushbu tashvishlarni mustahkam qonunchilik asoslari va axloqiy

me'yorlar orqali hal qilish sun’iy intellektning huquqiy tizimni buzmasdan,

balki yaxshilashini ta'minlash uchun juda muhimdir. Sun’iy intellektning rivojlanishda

davom etar ekan, sud tizimidagi sun’iy intellektning murakkab muammolarini

mas'uliyat bilan boshqarish uchun doimiy nazorat va tadqiqotlar zarur ekanligini

ta’kidlab o’tishimiz lozim.

Sun’iy intellektdan foydalanishning xavf-xatarlari.

Birinchi navbatda biz

sun'iy intellektning xavfi nimada ? degan savolga javob berishimiz lozim. Ya’ni

bugungi kunda hayotimizda sun'iy intellekt bilan bo’gliq ko'plab xavflar mavjud.

Bugungi kunda eng katta xavf-xatarlardan ba'zilari insonlarning shaxsiy hayoti,

adolatsiz dasturlash, odamlar uchun xavf va noaniq huquqiy tartibga solish kabi

narsalarni o'z ichiga oladi. Shuningdek sun'iy intellektning joriy etilishi ko’pgina

sohalarda mehnat qilish faoliyati bilan bog’liq ya’ni ishsizlik bilan bog’liq

muammoilarning yuzaga kelishida sababchi bo’ladi desak mubolag’a bo’lmaydi.

Ya’ni, Takroriy ishlarni va boshqa turdagi ishlarni sun'iy intellekt bilan almashtirish

kompaniya uchun foydali bo'lsa-da, bu, shubhasiz, ishsizlikka ham ta'sir qiladi.

An'anaviy ish rollari bosqichma-bosqich bekor qilinadi, bu ularni bajaradigan

xodimlarning ishsizligiga olib keladi. Bu taraqqiyot belgisi sifatida qaralishi mumkin


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–7_ Мая –2025

241

2181-3187

bo'lsa-da, ishchilar ilgari mavjud bo'lgan ko'plab ish imkoniyatlaridan mahrum

bo'lishadi. Shuningdek, sun'iy intellekt eng katta kamchiliklararidan biri bu his qilsh

tuyg’usining mavjud emasligi. ya’ni, sun'iy intellekt bilan jihozlangan mashinalar

tezroq va doimiy ishlashi mumkin bo'lsa-da, ular qaror qabul qilishda his-tuyg'ularni

hisobga olmaydilar. Shu bilan birga axloqiy normalarni qo’llashda yuzaga keladigan

xotolarning yuzaga kelishi va

Insoning dangasalik salohiyatini oshirishi mumkin

ekanligini ta’kidlab o’tishimiz lozim [

6

]. Shu bilan birga

sun’iy intellektdan

foyidalanayotganda

Maxfiylik va ma'lumotlar xavfsizligi bilan bog'liq muammolar

yuzaga kelishi mumkinligi, shuningdek sud-huquq tizimida qarorlarni qabul qilishda

prinsiplarni qo’llashda turli xil ko’rinishdagi muammolar yuzaga kelishi mumkinligini

ta’kidlab o’tishimiz lozim. Shu bilan birga yuqorida ta’kidlab o’tgan muammolarning

jadallashi sud-huquq tizimida qabul qilgan qarorlarning adolatliylik va insonparvarlik

va boshqa insoniy prinsiplarining zarar yetishiga sabab bo’lsa sun’iy intellektga

nisbatan ishonchsizlik kayfiyati uyg’onishiga sabab bo’ladi.

Sun'iy intellektni qo'llashda qiyinchilik tug'diradigan nuqta - bu insonning

muhim

xususiyatlari

bo'lgan

axloq

va

his-tuyg’ularni

o'zida

mujassamlashtirmaganligidadir. Sun'iy intellektni faqat qarorlar va bashoratlarni

shakllantirish uchun ma'lumotlar va algoritmlarga ega. Sun'iy intellektni qo'llaganda u

asosan, xulosaga e’tibor qaratadi. Shuningdek, sun’iy intellektni ishlab chiqish va joriy

etishda axloqiy me’yorlar faol tadqiqot va muhokama sohasi bo‘lib, mazkur tizimni

qo’llashda jiddiy tahlil va nazorat talab qilinishini inobatga olishimikz zarur.

Xulosa qilib ayatdigan bo’lsak

, Sun'iy intellekt sud qarorlarini qabul

qilish jarayonida, imkoniyatlar va xavf-xatarlar doyim mavjud bo’lib mazkur tizmni

qo’lashga oid sohalarga jiddiy e’tibor qaratishimiz lozim ekanligini ta’kidlab

o’tishimiz kerak. Sun’iy intellekt sud qarorlarini qabul qilish jarayonida katta

imkoniyatlarga ega bo‘lib, sud jarayonlarining tezkor, samarali bo‘lishiga xizmat

qilishi mumkin. Sun’iy intellekt texnologiyalari sud tizimidagi yuklamani kamaytirish,

huquqiy hujjatlarni avtomatlashtirish, xatoliklarni kamaytirish va sud qarorlarini

6

https://rockcontent.com/blog/artificial-intelligence-pros-and-cons/.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–7_ Мая –2025

242

2181-3187

yanada qisqa fursatda qabul qilish imkoniyatini beradi. Sudyalar va advokatlar sun’iy

intellekt sud jarayonlarini boshqarishda undan foydalanishlari mumkin. Biroq,

sun’iy intellektning sud qarorlarini qabul qilish jarayonida to‘liq mustaqil harakat

qilishi qator xavf-xatarlarni ham keltirib chiqarishini yuqorida ta’kidlab o’tdik. Sun’iy

intellekt dasturlari insoniy hissiyotlarni va etik me’yorlarni to‘liq anglab yetolmaydi,

shuningdek, ularga kiritilgan ma’lumotlar va algoritmlarning noto‘g‘ri ishlashi

adolatsizliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Algoritmlarda mavjud moyillik ba’zi

insonlarning, tashkilot va davlat organlarining huquqlariga tajovuz qilish yoki

noto‘g‘ri qarorlar chiqarishga olib kelishi ehtimoli mavjud ekanligini e’tibordan

yiroqda qoldirmasligimiz lozim. Bundan tashqari, insoniy omilning yo‘qligi, har bir

ishning individual jihatlari va kontekstini yetarlicha hisobga olmaslik xavfi ham

mavjud.

Shu sababli, sun’iy intellekt sud tizimida to‘liq avtonom qaror qabul

qiluvchi vosita sifatida emas, balki yordamchi texnologiya sifatida qo‘llanishi lozim.

Sun’iy intellekt texnologiyalaridan sudyalar va advokatlarga huquqiy jarayonlarni

tezlashtirish va optimallashtirish maqsadida foydalanish mumkin, biroq yakuniy qaror

inson tomonidan qabul qilinishi lozim. Shu bilan birga, sun’iy intellekt asosida

chiqarilgan har qanday qaror shaffof bo‘lishi va mustaqil ekspertlar tomonidan nazorat

qilinishi kerak. Kelajakda sun’iy intellekt sud tizimida kengroq qo‘llanilishi

kutilmoqda, lekin bu jarayonda huquqiy va etik me’yorlar qat’iy belgilanishi,

shuningdek, algoritmlarning adolatlilik tamoyillariga mosligi ta’minlanishi muhimdir.

Faqat shundagina sun’iy intellekt sud tizimida adolatni ta’minlash va samaradorlikni

oshirishda haqiqiy yordamchi vosita bo‘la oladi.

REFERENCES :

1

https://law-ai.org/the-challenges-of-artificial-judicial-decision-making-for-liberal-

democracy/.

2

https://law-ai.org/the-challenges-of-artificial-judicial-decision-making-for-liberal-

democracy/#:~:text=uch%20barobarga%20oshiradi.-,%5B6%5D,-

Shu%20nuqtai%20nazardan.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–7_ Мая –2025

243

2181-3187

3

https://yuz.uz/uz/news/suniy-intellektdan-foydalanish-meyorlari-muammolar-va-

istiqbollar

.

4

https://consensus.app/questions/ethics-implications-using-judicial-decisionmaking-

legal/#result-3

5

https://consensus.app/questions/ethics-implications-using-judicial-decisionmaking-

legal/#result-3

6

https://rockcontent.com/blog/artificial-intelligence-pros-and-cons/

.

Библиографические ссылки