ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–7_ Мая –2025
259
2181-3187
FAXRIY PROFESSOR ALISHER AZIZXO‘JAYEVNING ILM-FAN
RIVOJI, HUQUQIY DAVLAT BARPO ETISHDAGI HARAKATLARI,
IBRATLI HAYOT YO‘LI VA ILMIY-MADANIY MEROSI.
Qurbonov Siyovush Jamaliddinzoda
Toshkent davlat yuridik unversitetining
Ommaviy huquq fakulteti 2-kurs talabasi
El.pochta:
qurbonovsiyovush1009@gmail.com
Annotatsiya. Ushbu maqolada faxriy professor Alisher Azizxo‘jayev
Abbosovichning O‘zbekiston Respublikasida ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi,
huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishdagi faol ishtiroki hamda uning
ibratli hayot yo‘li har tomonlama tahlil qilinadi. Shunigdek, muallif tomonidan Alisher
Azizxo‘jayev Abbosovichning ilmiy izlanishlari, ijtimoiy-huquqiy g‘oyalari, pedagogik
faoliyati va ma’naviy-ma’rifiy merosi tarixiy-madaniy kontekstda tutgan o‘rganiladi.
Shuningdek, mazkur maqolada u kishining huquqiy ongni shakllantirish,
konstitutsiyaviy qadriyatlarni mustahkamlash va yosh avlodni huquqiy madaniyat
ruhida tarbiyalash borasidagi tashabbuslari chuqur yoritiladi. Shuningdek, professor
Azizxo‘jayevning ilmiy faoliyati O‘zbekiston ilmiy-huquqiy ta’lim muassasalarininig
rivojlanishiga ko‘rsatgan ta’siri nuqtai nazaridan tahlil etiladi.
Kalit so‘zlar: Huquqshunos olim Alisher Azizxo‘jayev, Huquqiy davlat qurishdagi
saʼy-harakatlari, Davlat boshqaruv sohalaridagi xizmatlari. Jamatchilik e’tibori.
The development of science, his efforts in establishing a legal state, his
exemplary life path and scientific and cultural heritage of Honorary Professor
Alisher Azizkhodjayev.
Kurbanov
Siyovush
Jamaliddinza
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–7_ Мая –2025
260
2181-3187
Tashkent
State
Law
University
Student of the Faculty of
Public Law
Email:
qurbonovsiyovush1009@gamil.com
Annotation.
This article comprehensively analyzes the contribution of
Honorary Professor Alisher Azizkhodjayev Abbosovich to the development of science
in the Republic of Uzbekistan, his active participation in establishing a legal state and
civil society, and his exemplary life path. In addition, the author studies the scientific
research, socio-legal ideas, pedagogical activities and spiritual and educational heritage
of Alisher Azizkhodjayev Abbosovich in a historical and cultural context. This article
also deeply covers his initiatives to form legal consciousness, strengthen constitutional
values, and educate the younger generation in the spirit of legal culture. It also analyzes
the scientific activities of Professor Azizkhodjayev from the perspective of his
influence on the development of scientific and legal educational institutions in
Uzbekistan.
Keywords: Legal scholar Alisher Azizkhodjayev, Efforts to build a legal state,
Services in the fields of public administration. Public attention.
Развитие науки, право на создание правового государства, образцовый
жизненный путь и научное и культурное наследие почетного профессора
Алишера Азизходжаева.
Курбанов Сиёвуш Джамалиддинзода
Ташкентский государственный юридический университет
Студент 2 курса факультета публичного права
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–7_ Мая –2025
261
2181-3187
Аннотация
. В данной статье всесторонне анализируется вклад
почетного профессора Алишера Аббосовича Азизходжаева в развитие науки
Республики Узбекистан, его активное участие в становлении правового
государства и гражданского общества, его образцовый жизненный путь. Кроме
того, автор изучает научные исследования, социально-правовые идеи,
педагогическую деятельность, духовно-просветительское наследие Алишера
Аббосовича Азизходжаева в историко-культурном контексте. В статье также
подробно рассматриваются его инициативы по формированию правосознания,
укреплению конституционных ценностей и воспитанию подрастающего
поколения в духе правовой культуры. Научная деятельность профессора
Азизходжаева также анализируется с точки зрения ее влияния на развитие
научных и юридических образовательных учреждений Узбекистана.
Ключевые слова:
Ученый-правовед Алишер Азизходжаев, его усилия в
построении правового государства, его заслуги в сфере государственного
управления. Внимание общества.
Kirish :
Huquqshunos olim faxriy professor
Alisher Azizxo‘jayev Abbosovich,
1953 yilda O‘zbekiston Respublikasining Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida
tavallud topgan. Uning otasi Farg‘ona viloyatidagi huquqni himoya qilish
tashkilotlarida faoliyat yuritganligi uchun, yoshligidan ilmga, adolatga va ijtimoiy
faoliyatga qiziqqan. Maktabni a’lo baholar bilan tamomlab, yurtimizdagi nufuzli oliy
ta’lim muassasalaridan biri bo’lgan Lenin nomidagi Toshkent davlat universiteti
(hozirgi Toshkent davlat yuridik unversiteti) ning yuridik fakultetiga o’qishga kirib
1975 yilda o’qishni tamomlagan
1
. Keyinchalik aspirantura, nomzodlik-doktorlik
dissertatsiyalarini himoya qilib, yuridik fakultetida dars beradi. Shuningdek, Alisher
1
Azizxo‘jayev Alisher Abbosovich
- https://akademiklar.uz/azizxojayev-alisher-abbosovich
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–7_ Мая –2025
262
2181-3187
Azizxo‘jayevning juda ko’plab huquqshunoslarning yetishib chiqishida ko’makchi
bo’lgan desak mubolag’a bo’lmaydi
2
.
Alisher
Azizxo‘jayev
Abbosovich,
O’zbekiston
Respublikasi
mustaqillikka erishgan yillaridanoq, O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti
Islom Abdug’aniyevich Karimov bilan birgalikda huquqiy davlat qurishda astoyidil
xizmatlar ko’rsatgaligi barchamizga ma’lum. Shuningdek, 1992-1994 yillar oralig’ida,
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlatlar va millatlararo munosabatlar
bo’yicha davlat maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan. Shuningek, 1994-1996-
yillarda esa O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Fan ta’lim va ijtimoiy masalalar
bo’yicha davlat maslagatchisi sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek, 1996-1998
yillarda Bosh vazir o‘rinbosari sifatida (madaniyat va ta’lim ishlarini nazorat qiladi).
Ushbu davr oralig’ida davlatning rivojlanishida judda katta xizmatlar ko’rsatgan.
Shuningdek, bir vaqtning o‘zida 1998 yil 21 apreldan boshlab diniy oqim va guruhlar
faoliyatini qonuniyligini o‘rganish bo‘yicha Muassasalararo hay’ati a’zosi sifatida
faoliyat yuritdi
3
.
1998 yil 10 iyul – Axborot faoliyati va ma’lumotlarni uzatish
samaradorligini oshirish komissiyasi rais o‘rinbosari lavozimida ishlagan vaqtlarida,
O‘zbekiston axborot texnologiyalari sohasi endigina shakllanib borayotgan edi.
Alisher Azizxo‘jayevning mazkur lavozimdagi ishtiroki axborot xavfsizligi, axborot
siyosati va davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlashga yo‘naltirilgan
strategik islohotlarda muhim qadam bo‘lgan. Uning boshqaruvidagi komissiya davlat
va jamiyat orasidagi axborot almashinuvi tizimini takomillashtirishga katta xizmat
qilgan. Shu bilan birga, 1999–2003 yillar – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi rektori lavozimida faoliyat
yuritganlar. Bu lavozimda Alisher Azizxo‘jayev faoliyatining ilmiy-nazariy va amaliy
jihatdan eng sermazmun davrlaridan biridir. Akademiyada u davlat boshqaruvi,
huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati va boshqaruv kadrlarini tayyorlash yo‘nalishida
2
Azizxo‘jayev Alisher Abbosovich
- https://akademiklar.uz/azizxojayev-alisher-abbosovich
3
https://inlibrary.uz/index.php/ustozlar/article/view/89659
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–7_ Мая –2025
263
2181-3187
chuqur islohotlarni olib borgan. Akademiya rektori sifatida u davlat xizmatining
zamonaviy modeli, huquqiy ong va ijtimoiy faollikni oshirish bo‘yicha innovatsion
yondashuvlarni ilgari surgan.
2003 yil 7 oktyabr – O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining madaniyat
ishlari bo‘yicha o‘rinbosari; Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha Respublika
kengashi raisi, 2004 yil 4 oktyabrda esa, Madaniyat va sport ishlari Vaziri
lavozimlarida faoliyat yuritgan. Mazkur davr oralig’ida Alisher Azizxo‘jayev davlat
madaniy siyosatini shakllantirish va ma’naviy-ma’rifiy sohalarda islohotlar olib
borishda bosh rolni o‘ynagan. Aynan shu yillarda milliy g‘oya, ma’naviyat, madaniy
meros va o‘zbek milliy qadriyatlariga asoslangan davlat dasturlari amalga oshiradi. U
o‘z faoliyatida jamiyat axloqiy immunitetini mustahkamlash, yoshlarda
vatanparvarlikni kuchaytirish va mafkuraviy barqarorlikni ta’minlashga e’tibor
qaratgan. Shuningdek, madaniyat siyosatini tizimli ravishda boshqarish imkonini
berdi. Uning rahbarligida teatr, san’at, adabiyot, xalq ijodi va sport sohalari
rivojlantirildi. Shu bilan birga, madaniyat muassasalari infratuzilmasi modernizatsiya
qilinadi, yosh ijodkorlar va sportchilarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari kengaytirildi.
Bu lavozimda u madaniyat orqali milliy birlikni mustahkamlash g‘oyasini faol ilgari
surgan
4
.
Shu bilan birga, 2006 yil 6 iyul – 2007 yil noyabrga qadar O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining matbuot kotibi, va 2007 yil noyabrdanboshlab – Toshkent
davlat yuridik institutida kafedra mudiri lavozomlarida faoliyat yuritgan. Mazkur davr
oralig’ida, Alisher Azizxo‘jayev davlat rahbari siyosatini xalqaro va mahalliy
jamoatchilikka yetkazish, O‘zbekistonning imidjini xalqaro axborot maydonida
shakllantirishda muhim vazifalarni bajargan. Prezident matbuot kotibi sifatida u
ochiqlik, tezkorlik va ishonchlilik tamoyillariga asoslangan axborot siyosatini
yuritgan.Shuningdek, Toshkent davlat yuridik institutida (hozirgi Toshkent davlat
yuridik unversiteti) da kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan. Shu bilan bir
4
Azizxo‘jayev Alis
her Abbosovich-
https://akademiklar.uz/azizxojayev-alisher-abbosovich
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–7_ Мая –2025
264
2181-3187
vaqtda O‘zbekiston Respublikasi kurash federatsiyasi (milliy kurash) prezidenti
vazifasini ham bajargan. Ya’ni Kurash sportining – o‘zbek milliy sporti sifatida davlat
e’tiborida bo‘lib kelmoqdaligi. Alisher Azizxo‘jayev ushbu federatsiyaga rahbarlik
qilish orqali o‘zbek milliy sport turlarini xalqaro maydonga olib chiqishda, yoshlar
o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, hamda vatanparvarlik ruhini
kuchaytirishga xizmat qilganligi barchamizga ma’lum.
Yana bir narsani e’tiborga olishimiz kerak-ki, Alisher Azizxo‘jayev
Abbosovich ko’p yillik xizmatlari natijasida davlatimizning rivojlanishida, katta
ximatlar amalga oshirilganligi turli sohalarning rivohlanishida judda katta hissa
qo’shganligi shuningdek, bugungi mustaqil va zamonaviy O’zbekistonning shu
darajada yetishida o’z hissasini qo’shgan fidoiy shaxslardan biri desak mubolag’a
bo’lmaydi. Shuningdek, Alisher Azizxo‘jayev Abbosovichning Toshkent davlat
yuridik institutida (hozirgi Toshkent davlat yuridik unversiteti)da faoliyat yuritgan
paytlarida ham ko’plab talaba va huquqshunoslarning ustozi siftaida e’tirof etiladi.
Biroq taqdir taqazosi bilan Alisher Azizxo‘jayev 2012 yil 9 yanvar oyida 58 yoshida
saraton kasalligidan vafot etgan.
Hozirgi kunda, Alisher Azizxo‘jayev Abbosovichning xotirasiga
bag’ishlangan juda ko’plab tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, 2025
yilda Toshkent davlat yuridik universitetida
“Yangi O‘zbekistonda konstitutsiyaviy
huquq fanining dolzarb muammolari”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
o‘tkazildi. Toshkent davlat yuridik universiteti Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi
tashabbusi bilan yuridik fanlar doktori, professor Alisher Azizxo‘jayev xotirasiga
bag‘ishlangan ushbu anjuman nufuzli olimning ilmiy merosini e’zozlash va
konstitutsiyaviy huquq sohasidagi muammolarni muhokama qilish maqsadida tashkil
etildi
5
. Shuningdek mazkur konferensiya doirasida Alisher Azizxo‘jayev nomidagi
o‘quv xonasining ochilish marosimi o‘tkazildi. Ushbu xonada anjuman ishtirokchilari
Azizxo‘jayevning hayot yo‘li va faoliyatiga oid suratlar bilan tanishishdi, buning
5
Toshkent davlat yuridik universiteti
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–7_ Мая –2025
265
2181-3187
natijasida esa uning davlat boshqaruvidagi qilgan xizmatlari yanada yorqin namoyon
etdi. Mazkur konferensiya doirasida Alisher Azizxo‘jayev Abbosovichning xotirasi
doimiy ravishda e’tiborga olinib uning qilgan xizmatlarni qadrlanishini taminlash
maqsadida turli masul xodimlarga majburyatlar yuklatildi.
Umumiy xulosa qiladigan bo’lsak, Alisher Azizxo‘jayev Abbosovich —
O‘zbekistonning yirik huquqshunos olimi, davlat arbobi va ma’naviy-ma’rifiy soha
yetakchilaridan biri sifatida, mamlakatimizning huquqiy, siyosiy va madaniy
taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan. Uning ilmiy faoliyati, davlat boshqaruvidagi
ishtiroki va ma’naviy qadriyatlarni targ‘ib etishdagi sa’y-harakatlari O‘zbekiston
tarixida muhim o‘rin egallaydi.
Azizxo‘jayevning huquqiy davlat qurishdagi xizmatlari, ayniqsa,
mustaqillik yillarida konstitutsiyaviy huquq va davlat boshqaruvi sohalarida amalga
oshirgan islohotlari bilan ajralib turadi. Uning rahbarligida olib borilgan ilmiy va
amaliy ishlar, yosh huquqshunoslarni tayyorlashdagi hissasi, shuningdek, madaniyat
va sport sohalaridagi faoliyati O‘zbekistonning barqaror rivojlanishiga xizmat qilgan.
Bugungi kunda Alisher Azizxo‘jayevning nomi bilan atalgan o‘quv
xonalari va tadbirlar uning boy ilmiy merosini e’zozlash va kelajak avlodlarga
yetkazish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Uning hayoti va faoliyati, ayniqsa,
huquqshunoslik, davlat boshqaruvi va ma’naviyat sohalarida faoliyat yuritayotgan
mutaxassislar uchun ibrat bo‘lib xizmat qiladi.
Foyidalanilgan adabiyotlar ro’yxati :
1) Azizxo‘jayev Alisher Abbosovich- https://akademiklar.uz/azizxojayev-alisher-
abbosovich
2)Azizxo‘jayev Alisher Abbosovich-
https://akademiklar.uz/azizxojayev-alisher-
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–7_ Мая –2025
266
2181-3187
4) Azizxo‘jayev Alisher Abbosovich-
https://akademiklar.uz/azizxojayev-alisher-
5)Toshkent davlat yuridik universiteti