Авторы

  • Yusupov Bekzod Ulug’bekovich
  • Mahmudov Jamshed Ashrafovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.125487

Ключевые слова:

soliq soliq tizimi soliq funksiyalari davlat byudjeti soliq siyosati.

Аннотация

Ushbu maqola "Soliq va soliq turlarining iqtisodiy funksiyalari va uning mohiyati" mavzusiga bag'ishlangan bo'lib, soliq tizimining iqtisodiyotdagi o'rni va ahamiyatini ko'rib chiqadi. Soliq, davlatning moliyaviy resurslarini shakllantirish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta'minlashda muhim vosita hisoblanadi. Maqolada soliqning asosiy turlari, ularning iqtisodiy funksiyalari, masalan, davlat byudjetini tahlil qilinadi. Shuningdek, soliq tizimining samaradorligini oshirish va iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish uchun zarur bo'lgan omillar ham ko'rib chiqiladi. Ushbu tadqiqot, soliq siyosatini shakllantirishda va iqtisodiy rivojlanish strategiyalarini ishlab 
chiqishda muhim ma'lumotlar taqdim etadi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–3_ Мая –2025

40

2181-3187

SOLIQ VA SOLIQ TURLARINING IQTISODIY

FUNKSIYALARI VA UNING MOHIYATI

Yusupov Bekzod Ulug’bekovich

Fan va texnologiyalar

universiteti o’qituvchi (+998 90

900-50-12)

Mahmudov Jamshed Ashrafovich

Fan va texnologiyalari universiteti o’qituvchi

(+998 33 344-97-61)

Annotatsiya :

Ushbu maqola "Soliq va soliq turlarining iqtisodiy funksiyalari va

uning mohiyati" mavzusiga bag'ishlangan bo'lib, soliq tizimining iqtisodiyotdagi o'rni

va ahamiyatini ko'rib chiqadi. Soliq, davlatning moliyaviy resurslarini shakllantirish

va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta'minlashda muhim vosita hisoblanadi. Maqolada

soliqning asosiy turlari, ularning iqtisodiy funksiyalari, masalan, davlat byudjetini

to'ldirish, iqtisodiy faoliyatni tartibga solish va ijtimoiy adolatni ta'minlash kabi jihatlar

tahlil qilinadi. Shuningdek, soliq tizimining samaradorligini oshirish va iqtisodiy

o'sishni rag'batlantirish uchun zarur bo'lgan omillar ham ko'rib chiqiladi. Ushbu

tadqiqot, soliq siyosatini shakllantirishda va iqtisodiy rivojlanish strategiyalarini ishlab

chiqishda muhim ma'lumotlar taqdim etadi.

Kalit sо‘zlar :

soliq, soliq tizimi, soliq funksiyalari, davlat byudjeti, soliq siyosati.

Abstract :

This article is devoted to the topic "Economic functions of taxes and

types of taxes and their essence" and considers the role and importance of the tax

system in the economy. Taxes are an important tool in the formation of the state's

financial resources and ensuring socio-economic development. The article analyzes the

main types of taxes, their economic functions, such as replenishing the state budget,

regulating economic activity and ensuring social justice. It also considers the factors

necessary to increase the efficiency of the tax system and stimulate economic growth.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–3_ Мая –2025

41

2181-3187

This study provides important information in the formation of tax policy and the

development of economic development strategies.

Key words :

tax, tax system, tax functions, state budget, tax policy.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida soliqlar davlat tomonidan milliy

daromadni qayta taqsimlash va uning asosiy funksiyalarini amalga oshirish uchun

zarur bo‘lgan davlat byudjeti daromadlarining asosiy man-bayi bo‘lib xizmat qiladi.

Shuningdek, soliqlar yordamida davlat umumiy farovonligini oshirish uchun aholining

turli guruhlari o‘rtasida daromadlar tengsizligini bartaraf eta oladi Bоzоr

munоsаbаtlаrining rivоjlаnib bоrishi xususiy tаdbirkоrlik fаоliyаtining dаrоmаdini

hisоbini yuritish masalalarini qiyinlаshtirаdi. Chunki xususiylаshtirilgаn bittа kоrxоnа

о‘rnidа о‘nlаb kichik, xususiy vа jаmоа mulkigа аsоslаngаn kоrxоnаlаr pаydо bо‘lаdi.

Mamlakatda mukаmmаl sоliq tizimi yаrаtilmаgаnligi sababli dаrоmаdlаr summаsini

аniqlаshdа jiddiy xаtоliklаr yuzaga kelishi mumkin.

Mamlakatning iqtisodiy rivojla-nishidagi soliq siyosatini baholash ancha

murakkab masala hisoblanadi. Soliqlar iqtisodiy o‘sish va rivojlanish barqarorligi,

iqtisodiyotdagi tarkibiy siljishlar, pirovardida, aholining hayot sifati va farovonligi

darajasiga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Ma’lumki soliq tushunchasi mohiyati nafaqat iqtisodiy balki moliyaviy,

ijtimoiy sohalarga ham aloqador bo‘lgan kategoriya sifatida namoyon bo‘lib,

muayyan bir davlatning paydo bo‘lishi, uning faoliyatining davo-miyligi bilan ham

bevosita bog‘liq hisoblanadi.

Soliq va soliq tizimining vujudga kelishi insoniyat tarixida o‘z o‘rni va rivojlanish

xususiyatlariga ega. Tarixan soliqlar, davlatni saqlab turish uchun zarur bo‘lgan

majburiy to‘lovlar sifatida, davlat paydo bo‘lishi bilan vujudga kelgan bo‘lsa, tovar-

pul munosabatlari rivojlanish bilan soliqlar pul shakliga o‘tgan.Bozor munosabatlari

sharoitida, ayniqsa bozor munosabatlariga o‘tish davrida soliqlar davlat iqtisodiyotini

tartibga soluvchi muhim bir dastak sifatida namoyon bo‘lgan.

Soliqlar

davlat

vujudga

kelgandan

boshlab

jami-yatdagi

iqtisodiy

munosabatlarning zaruriy bo‘g‘ini hisoblanadi. Boshqaruv shakllarining rivojlanishi


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–3_ Мая –2025

42

2181-3187

va o‘zga-rishi doimo soliq tizimining o‘zgarishi bilan birga keladi.Soliqlar o‘tmishda

ham, bugungi kunda ham jamiyatning barcha ijtimoiy- iqtisodiy sohalarini qamrab

olgan.Hech bir davlat jamiyatning siyosiy tashkiloti sifatida soliq tushumlarisiz

ishlamaydi. Soliqlar ijtimoiy kategoriya bo‘lib, odamlar va davlat hayotining o‘ziga

xos tarixiy va iqtisodiy sharoitlarini aks ettiradi.

Soliqlarning iqtisodiy mohiyati davlat bilan yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida

rivojlanadigan pul munosabatlari bilan tavsiflanadi. Bu pul munosabatlari obyektiv

shartli bo‘lib, o‘ziga xos ijtimoiy maqsadni - davlat ixtiyoridagi pul mablag‘larini

to‘g‘ri yo‘naltirishni ko‘zda tutadi. Shuning uchun soliqni o‘ziga xos funksiyalari bilan

iqtisodiy kategoriya sifatida qarash mumkin.

Soliqlar xo‘jalik yurituvchi subyektlar va mamlakat fuqarolari bilan davlat

o‘rtasida yangidan yaratilganmablag‘ yoxud qiymatni qayta taqsimlash uchun asosiy

omil hisoblanadi. Hech qaysi bir jamiyat yoki davlatni soliq tizimisiz tasavvur

qila olmaymiz. Sababi soliqlar nafaqat mamlakat byudjet mablag‘larini tashkil

etish uchun asosiy vositachi,balki mamlakatda mahsulot ishlab chiqarish hajmini

oshirish, ishlab chiqarishni rag‘batlanti-rish, investitsiyalarni keng jalb qilish,

raqobatbardosh mahsulotlarni ko‘paytirish, kichik biznesni rivojlantirishga, ko‘plab

yangi xususiy korxonalar ochish bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bozor

infratuzilmasiniyaratishuchun ham samarali xizmat qiladi.Soliqlarning iqtisodiy

mazmuni davlat, yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida yuzaga keluvchi moliyaviy

munosabatlar orqali tavsiflanib, majburiy to‘lovlarga asoslangan. O‘z navbatida

moliyaviy munosabatlar ham maxsus

jtimoiy xususiyat-xarakterga ega bo‘lib, mamlakatda milliy ichki daromadning

bir qismi hisoblangan pul mablag‘larini davlat byudjetiga yo‘naltirishga xizmat qiladi

Soliqlarning bajaradigan funksiyalari orqali ham uning mazmun-mohiyati

yuzaga keladi. Chunki har bir kategoriyaning xoh u iqtisodiy-ijtimoiy, xoh siyosiy

kategoriya bo‘lsin, o‘zining ma’lum bir bajaradigan funksiyasi mavjud bo‘lib, soliqlar

ham o‘z funksiyalari orqali amaldagi harakatini ifoda etadi.Soliqlarning funksiyasi

haqida fanda turlicha fikr va qarashlar mavjud.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–3_ Мая –2025

43

2181-3187

Jumladan soliqlar asosan ikki xil funksiyani bajaradi, degan qarash Sobiq

Ittifoq davrida keng ommalashgan. Bu ikki asosiy funksiya sifatida soliqning

fiskal va nazorat funksiyalarini tan olishgan. Soliqlarning asosiy funksiyasi bu uning

fiskal funksiyasidir, sababi bu funksiya soliqning nazorat funksiyasiz mavjud bo‘lishi

mumkin emas, deb hisoblanardi. Soliqlarning funksiyalari masalasi to‘g‘risida

hozirga qadar turli iqtisodiy yo‘nalish vakillari, iqtisodchi olimlar o‘rtasida turli

Iqtisod-chilarning ko‘pchilik soliqlar uchun, fiskal, nazorat, boshqaruvchi va

rag‘batlantiruvchi funksiyalar xos ekanligini ta’kidlashadi. Shunga ko‘ra soliqlarning

asosiy funksiyalari sifatida quyidagi funksiyalarning ko‘rsatish mumkin:

Soliqning fiskal funksiyasi:

Bu funksiya soliqlarning asosiy funksiyasi

hisoblanib, mamlakatda noishlab chiqarish sohalarini saqlab turish maqsadida undirib

olish orqali davlat byudjetining daromadini shakllantirish – mazkur funksiyaning

asosiy elementi hisoblanadi.

Tartibga solish funksiyasi:

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida

soliqlarning ikkinchi yana bir muhim funksiyalaridan biri tartibga solish funksiyasidir.

Mamlakat iqtisodiyotini tartibga solishda muhim ahamiyat kasb etgan.Bu funksiya

orqali davlat soliqlar bilan tovar, xizmatlar ishlab chiqarish va sotishning shart-

sharoitlarini tartibga soladi, ya’ni ishlab chiqarish uchun qulay muhit yaratib

beradi. Ushbu funksiya orqali davlat ishlab chiqarishning ma’lum darajada

rag‘batlantirishi yoki jilovlab turishi mumkin.

Rag‘batlantirish funksiyasi:

Soliqlarning yana bir funksiyasi

rag‘batlantiruvchi funksiyasi hisoblanib, bu funksiya orqali iqtisodiyotda ishlab

chiqarishni rivojlantirishga, moliyaviy va mehnat resurslari shuningdek jamg‘arilgan

mol mulklaridan samarali foydalanishni rag‘batlantiruvchi omil hisoblanadi.

Soliqlarning rag‘batlan-tiruvchi funksiyasi orqali davlat o‘z iqtisodiyoti taraqqiyotini

ta’minlab beradi, bu esa fiskal funksiyasini bajarishi uchun muhim bazani kengaytiradi.

Nazorat funksiyasi:

Soliqlarning nazorat funksiyasi mamlakatda soliq

to‘lovchining soliq imtiyoz yoki majburiyatlaridan samarali foydalanishi,


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–3_ Мая –2025

44

2181-3187

shuningdek, soliqqa tortish obyekti, soliqqa tortiladigan baza va boshqa soliq

ko‘rsatkichlarini hisob kitob-qilish va uni nazorat qilish jarayonidan iborat.

Soliqlarni hisoblash:

jarayonini axborot bilan ta’minlash funksiyasi.

Soliqlarning mazkur funksiyasi soliq tizimida muhim ahamiyat kasb etib, bu

funksiya orqali xarajatlar hajmi soliqli tushumlar davlatning qanday ijti-moiy-

iqtisodiy islohotlar uchun sarflanayotganligi to‘g‘risida aniq va shaffof axborot

berishdan iborat. Sоliq siyоsаtini ishlаb shiqish vа uni аmаlyotda qоʼllаsh jаrаyоnidа

bir qаnchа оʼz vаkоlаti dоirаsidа fаоliyаt yuritаdigаn оrgаnlаr birgаlikdа bаhаmjihаt

ishni tаshkil еtishlаri shаrt.

Bu оrgаnlаr fаоliyаt turining turlichаligi, ulаrni tаshkil еtish аsоslаrining

fаrqlаnishi, mаqsаd vа vаzifаlаrining аyrichаligi sоliq munоsаbаtlаrini tаshkil еtishdа

аyrim muаmmоlаrni kеltirib shiqаrаdi. Bu jаrаyоndа аktiv ishtirоk еtishni tаʼminlаsh

mаqsаdidа ulаr fаоliyаtini muvоfiqlаshtirish vа bir-birigа mоslushuvshаnligini

tаʼminlаsh kаbi qаtоr muаmmоlаrni hаl еtish zаrur.Shuni аlоhidа qаyd еtish lоzimki,

аsоsiy iqtisоdiy huquqlаr vа sоliq tо‘lоvchilаrning еrkinligini tа’minlаsh qоnun

chiqаruvchi vа ijrо еtuvchi hоkimiyаtning dоimiy nаzоrаti оstidа turаdi. Prеzidеnt

tоmоnidаn ulаrning fаоliyаtigа nisbаtаn bildirilаdigаn аsоsiy tаlаblаr bеvоsitа sоliq

sоhаsidаgi ishlаrning umumiy аhvоli, uni bоsh-qаrish, xо‘jаlik yurituvchi

subyеktlаrning tаdbirkоrlik fаоliyаtini rivоjlаntirish vа bоshqаlаr bilаn bеlgilаnаdi.

Dаvlаt sоliq qо‘mitаsivа bоshqа sоliqlаr bо‘yishа bеvоsitа vа bilvоsitа

vаkоlаtgаеgа bо‘lgаn оrgаnlаr ishini muvоfiqlаshtirgаn hоldа hоkimiyаtning ushbu

sоhаlаri sоliq sоlish bilаn bоg‘liq shаxs huquqlаrini tа’minlаsh ushun yuqоri dаrаjаli

jаvоbgаrlikni о‘z zimmаsigаоlаdi hаmdа ulаrning mаnfааtlаri yо‘lidа muаmmоli

vаzi-yаtlаrni оldini оlish mаqsаdidао‘zаrо hаmkоrlikning bаrchа jihаtlаrini mukаmmаl

tаrtibgа sоlаdi.

XULOSA

Maqolada ko'rsatilganidek, soliq va soliq turlari iqtisodiyotning muhim

elementlaridan biridir. Ular davlatning moliyaviy barqarorligini ta'minlash, ijtimoiy

adolatni oshirish va iqtisodiy faoliyatni tartibga solishda asosiy rol o'ynaydi. Soliq


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–3_ Мая –2025

45

2181-3187

tizimining samaradorligi, davlat byudjetining shakllanishi va iqtisodiy o'sishni

rag'batlantirishda muhim ahamiyatga ega.

Shuningdek, soliq siyosati, iqtisodiy o'zgarishlarga mos ravishda yangilanib

borishi kerak. Innovatsion yondashuvlar va raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali

soliq yig'ish jarayonini optimallashtirish, soliq to'lovchilar bilan munosabatlarni

yaxshilash va ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash mumkin.

Natijada, soliq va soliq turlarining iqtisodiy funksiyalari, nafaqat davlatning

moliyaviy resurslarini shakllantirishda, balki iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy

farovonlikni oshirishda ham muhim ahamiyatga ega. Shunday qilib, samarali soliq

tizimi, barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlash va jamiyatning farovonligini oshirishda

muhim omil sifatida qaralishi lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. A. V. Vahobov, A.S. Jo‘rayev; Soliqlar va soliqqa tortish:Toshkent Moliya in-ti, –

T.: Sharq, 2009.– 448 b.

2. Olimjonov. O. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida soliq siyosati. “Hayot va iqtisod”,

1992.

3. Dadashev A. Z. Iqtisodiy o‘sishning innovatsion modelini shakllantirish sharoitida

soliq siyosati. / Z. Dadashev / / Moliya va kredit, 34 (322) – 2008. 322b.

4. Tax Policy. Handbook, Edited by Parhasarthi Shome, IMG‘, 2015.

Washington D.C

5. https://upravlenets.usue.ru/en/component/content/article/18- 49/151-2014-09-01-

07-20-49.6. Taxation | Definition, Purpose, Importance, & Types | Britannica

Библиографические ссылки

A. V. Vahobov, A.S. Jo‘rayev; Soliqlar va soliqqa tortish:Toshkent Moliya in-ti,

T.: Sharq, 2009.– 448 b.

Olimjonov. O. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida soliq siyosati. “Hayot va iqtisod”,

Dadashev A. Z. Iqtisodiy o‘sishning innovatsion modelini shakllantirish sharoitida

soliq siyosati. / Z. Dadashev / / Moliya va kredit, 34 (322) – 2008. 322b.

Tax Policy. Handbook, Edited by Parhasarthi Shome, IMG‘, 2015.

Washington D.C

-20-49.6. Taxation | Definition, Purpose, Importance, & Types | Britannica