Авторы

  • Usmonova Odina Siddikovna
  • Akbarova Faridaxon Botirali qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.125543

Ключевые слова:

grammatik shakl kontekst semantik xususiyat uslubiy ma’no son kategoriyasi.

Аннотация

Mazkur maqolada o‘zbek tilida ko‘plik qo‘shimchasining grammatik shakli va uning semantik xususiyatlari misollar yordamida tahlil qilinadi. 


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–2_ Мая –2025

337

2181-3187

O‘ZBEK TILIDA KO‘PLIK SHAKLINING SEMANTIK

XUSUSIYATLARI

Usmonova Odina Siddikovna

Andijon davlat chet tillari instituti

Umumiy va qiyosiy tilshunoslik kafedrasi

o‘qituvchisi filologiya fanlari bo‘yicha

falsafa doktori (PhD) ilmiy maslahatchi

Akbarova Faridaxon Botirali qizi

ADCTI talabasi

Annotatsiya:

Mazkur maqolada o‘zbek tilida ko‘plik qo‘shimchasining

grammatik shakli va uning semantik xususiyatlari misollar yordamida tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

grammatik shakl, kontekst, semantik xususiyat, uslubiy ma’no, son

kategoriyasi.

Аннотация:

В данной статье анализируются грамматическая форма

суффикса множественного числа в узбекском языке и его семантические

особенности с примерами.

Ключевые слова:

Грамматическая форма, контекст, семантическая

особенность, стилистическое значение, категория числа.

Annotation:

This article analyzes the grammatical form of the plural suffix in the

Uzbek language and its semantic features with the help of examples.

Key words:

grammatical form, context, semantic feature, stylistic meaning,

category of number.

Ko‘plik shakli har qanday tabiiy tilda mavjud bo‘lgan asosiy grammatik

kategoriyalardan biri bo‘lib, u o‘zbek tilida ham grammatik birlik sifatida muhim o‘rin

egallaydi. Biroq ko‘plik shakli ba’zida grammatik ko‘plikni emas, boshqa ma’no

tuslarini bildirishi bilan o‘rinlidir. O‘zbek tilida ko‘plik asosan -lar qo‘shimchasi orqali

ifodalanadi va u grammatik jihatdan predmet yoki hodisaning sonini bildiradi. Ammo

ko‘plik shaklining vazifasi faqatgina sonni ifodalash bilangina cheklanib qolmaydi. U


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–2_ Мая –2025

338

2181-3187

turli kontekstlarda hurmat, noaniqlik, turlilik, umumlashtirish, emotsional yoki uslubiy

ma’nolarni ham anglatadi, shuning uchun ham ko‘plik shakllarini tahlil qilish nafaqat

grammatik jihatdan, balki semantik, pragmatik va stilistik nuqtayi nazardan ham

muhimdir.

O‘zbek tilida ko‘plik ma’nosinining ifodalanishiga doir tadqiqotlarda ot kategoriya

talqini keng o‘rin egallaydi.

1

Xususan, ko‘plikning -lar morfologik ko‘rsatkichi orqali

ifodalanishiga bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlari asosiy qismni tashkil etadi. O‘zbek

tilshunosligida ham son kategoriyasi tahliliga doir tadqiqotlarning aksariyati ko‘plikni

ifodalash turlariga bag‘ishlangan. “O‘zbek tiliga nisbatan “faqat birlikda ishlatiluvchi

otlar”, “faqat ko‘plikda ishlatiluvchi otlar” haqida emas, balki -lar affiksini oluvchi va

-lar olmaydigan otlar haqida, bularning o‘z ichki ma’no guruhlanishi haqida gapirish

ma’qul.

2

-lar affiksining tarixiy kelib chiqishi va shakllanishi haqida turli qarashlar ham

mavjud:

“-lar affiksining boshqa barcha funksiyalarini son kategoriyasi doirasida izohlash

ham o‘rinli emas. Son kategoriyasida beriladigan talqinlar orasidan -lar affiksining

egalik va tuslovchi tarkibida qatnashuvini chiqarib tashlash lozim: bular son

kategoriyasining shakli emas, balki -lar ko‘rsatkichining boshqa grammatik

kategoriyalarning formalari tarkibida qatnashuvidir.

3

Holbuki, o‘zbek tilida son turkumida grammatik (formal) son mavjud emas. Barcha

sifatning grammatik songa daxli yoq. Ulardan ba’zisi (yolg‘iz, talay) lug‘aviy sonni

anglatadi. A.G‘ulomovning “O‘zbek tilida ko’plik kategoriyasi” asarida -lar shakli

ifodalaydigan ma’nolar mufassal tahlil qilinadi: «Ko‘plik formasiga kirgan ot bilan

ifodalanadigan ma’nolar turlichadir. Bu turlilik, asosan, ko‘plikni qabul qiluvchi

so‘zning leksik ma’nosiga qarab boladi, ba’zi o‘rinlarda uni kontekstgina aniqlaydi».

Muallif -lar shakli ifodalaydigan ma’nolar quyidagi o‘n uch turdan iborat deb ko‘rsatadi:

1) predmet sonining ortiqligi: musofirlar, daraxtlar, yigitlar, mehmonlar.

1

G‘ulomov A. O‘zbek tilida ko‘plik kategoriyasi. –T: Fan, 1994. -56 b.

2

O‘zbek tili gramatikasi I (Morfologiya). – T.: Fan, 1975. -126 b.

3

“O‘zbek tili grammatikasi”, 1975: 126-127 b.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–2_ Мая –2025

339

2181-3187

2) tur ma’nosi: suvlar, unlar, yog‘lar.

3) to‘dalarning ko‘pligi: xalqlar, ellar.

4) hurmat: dadamlar, oyimlar, opamlar, tog‘amlar.

5) mazax: O‘zlari kelibdilar-da?

6) ma’noni kuchaytirish: yuraklarim, uyqularim, tuyg‘ulari, sevinchlaring.

7) belgi ma’nosini aniqlashtirish: Tabiat go‘zalliklarini tomosha qildim.

Tartibsizliklar kundan kunga ortib bormoqda.

8) umumlashtirish: Tiyonshon, Kazbek, Hindiqushlar buyuk tog‘dir. Botir, Aziz,

Otabeklar bir bo‘lib dushmanga qarshi kurashdilar.

9) ish-harakatning uzoq davom etishi, yo takrori, «marta»: Qadam tashlashlar unga

tanish edi. Bunday yelib-yugurishlar samarasiz ekanligini mana endi tushundi.

10) «yaqinlari» ma’nosi: bu choq -lar atoqli otlarga qo‘shilgan bo‘ladi: Ahmadlar,

Malohatxonlar, Quvalar, Samarqandlar.

11) taxmin: o‘n-o‘n ikki yoshlardagi, yettilarda.

12) chegaralash: non (umuman) — nonlar (qism, shundan bir necha tur).

13) ko‘plikni ta’kidlash (ikki koplik): bizlar, sizlar, ular, ko‘p odamlar.

Bu ma’nolar o‘z ichida bir necha ko‘rinishga ega. Bu ma’nolarning barchasini ham

son kategoriyasi doirasiga kiritib bo‘lmaydi. Jumladan, to‘rtinchi, beshinchi, oltinchi,

to‘qqizinchi va o‘n birinchi tur ma’no «ko‘plik shakli»ning semantik mazmuni tarkibiga

kirmaydi.

4

A.G‘ulomov oliy o‘quv yurtlarining o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti uchun

yozgan darsligida ham son kategoriyasini sof grammatik (formal, sintaktik) hodisa

sifatida talqin qiladi.

5

Bunda -lar, -(i)sh faqat ko‘plik, ularni olmagan shakl faqat birlik

bildiradi deb hisoblab, ular sintaktik vazifa bajaradi, ya’ni ega-kesimni bog‘laydi deb

ko‘rsatadi. Mazkur shakllarni sof grammatik ko‘rsatkich sifatida qarab, ularning logik

miqdor (birlik-koplik) bilan munosabatini quyidagicha izohlaydi: Bolalar yugurdilar

deganda ega ham, kesim ham ko‘plik ma’nosini anglatadi va ko‘plikning morfologik

4

G‘ulomov A. “O‘zbek tilida ko‘plik kategoriyasi”. –T: O‘zdavnashr. 1994, 25-b.

5

G‘ulomov A., Asqarova M. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Sintaksis.” Toshkent: O‘qituvchi, 1965.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–2_ Мая –2025

340

2181-3187

ko‘rsatkichiga ega boladi. Bunday holda logik va grammatik hodisa bir-biriga mos

keladi. Xalq ishladi misolida ega ham, kesim ham birlik formasida, lekin ega ko‘plik,

jamlik ma’nosida, kesim yakka holda ma’no anglatmaydi. Shunga ko‘ra grammatik

moslik bor-u, lekin logik moslik yoq. Xaloyiq to‘planishdi gapida ega ko‘plik jamlik

ma’nosida, lekin birlik formasida. Demak, ega va kesimning mosligini grammatik

ma’noda tushunamiz.

Ko‘plik shakli o‘zbek tilida nafaqat sonni bildiruvchi grammatik birlik,

balki bir qancha ma’nolar ifodalovchi stilistik vositadir. U kontekstga qarab hurmat,

umumlashtirish, noaniqlik, obrazlilik, turlilik kabi ko‘plab semantik funksiyalarni

bajaradi. Ayniqsa, badiiy va publitsistik matnlarda ko‘plik shaklining bunday ko‘p

ma’noli qo‘llanilishi tilning emotsional va estetik imkoniyatlarini oshiradi. Shu bois,

ko‘plik shakllarini faqat grammatik mezon asosida emas, balki ularning ma’no

xususiyatlarini ham hisobga olgan holda o‘rganish tilshunoslikda muhim ahamiyat kasb

etadi. Bu holat tarjimada, til madaniyati darslarida hamda adabiy tahlil jarayonlarida

alohida e’tibor talab qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Abdullayeva O.O., Turgʻunpoʻlatov D.R. “Otlarda koʻplik shaklining

oʻrganilish tarixiga oid nazariy qarashlarning umumiyligi”, 2022.

2.

https://azkurs.org

3.

Duesinov Nurmuhammad. “O‘zbek tilshunosligida ko‘plik kategoriyasi” bitiruv

malakaviy ishi, BuxDU, 2021.

4.

https://inlibrary.uz

5.

Muhammadov A. R. , “Oʻzbek tilida grammatik koʻplik ifodalanishi (ot soʻz

turkumi misollari asosida)”.,

https://doi.org/10.5281/zenodo.7856933

6.

O’zbek tili gramatikasi I (Morfologiya). – T.: Fan 1975. -126 b.

7.

G‘ulomov A., Asqarova M. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Sintaksis.”

Toshkent: “O‘qituvchi”, 1965.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–2_ Мая –2025

341

2181-3187

8.

G‘ulomov A. “O‘zbek tilida ko‘plik kategoriyasi”. –T: O‘zdavnashr. 1994-

25-bet

Библиографические ссылки

Abdullayeva O.O., Turgʻunpoʻlatov D.R. “Otlarda koʻplik shaklining

oʻrganilish tarixiga oid nazariy qarashlarning umumiyligi”, 2022.

Duesinov Nurmuhammad. “O‘zbek tilshunosligida ko‘plik kategoriyasi” bitiruv

malakaviy ishi, BuxDU, 2021.

Muhammadov A. R. , “Oʻzbek tilida grammatik koʻplik ifodalanishi (ot soʻz

turkumi misollari asosida)”., https://doi.org/10.5281/zenodo.7856933

O’zbek tili gramatikasi I (Morfologiya). – T.: Fan 1975. -126 b.

G‘ulomov A., Asqarova M. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Sintaksis.”

Toshkent: “O‘qituvchi”, 1965.8.

-bet

G‘ulomov A. “O‘zbek tilida ko‘plik kategoriyasi”. –T: O‘zdavnashr. 199