ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–3_ Мая –2025
103
2181-3187
OT SO‘Z TURKUMINING YASALISH USULLARI
Usmonova Odina Siddikovna
Andijon davlat chet tillari instituti
Umumiy va qiyosiy tilshunoslik
kafedrasi o‘qituvchisi filologiya fanlari
bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy
maslahatchi
Hoshimova Gulhayo Zohidjon qizi
ADCHTI talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada otlarning yasalish usullari haqida so‘z boradi. Har
bir usul misollar yordamida tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar:
ot, affiksatsiya, kompozitsiya, abreviatsiya.
Аннотация:
В данной статье рассматриваются способы словообразования
имён существительных. Каждый способ анализируется с помощью примеров.
Ключевые
слова:
существительное,
аффиксация,
композиция,
аббревиация.
Annotation
: This article the methods of noun formation. Each method is analyzed
using examples.
Keywords:
noun, affixation, composition, abbreviation.
Tilshunoslikning morfologiya bo‘limi orqali so‘z turkumlarini o‘rganib
boramiz. So‘z turkumlari ham o‘z navbatida bir necha turlarga bo‘linib, ulardan eng
ko‘p ishlatiladigani mustaqil so‘z turkumlari hisoblanadi. Morfologiya bo‘limida biz
umumiy tushunchalarga ega bo‘lamiz. Ot - mustаqil soʻz turkumlаridаn biri. U boshqа
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–3_ Мая –2025
104
2181-3187
turkumlаrdаn bir nechа belgi-xususiyаtlаri bilаn аjrаlib turаdi. Ulаr quyidаgilаrdаn
iborаt:
1) ot yаsаlish xususiyаtigа egа: ishchi, suhbаtdosh, pаxtаkor, bogʻbon, oshpаz,
Mirzаchoʻl;
2) son-miqdorni bildirish xususiyаtigа egа: bolа — bolаlаr, dаftаr—dаftаrlаr;
3) egаlik koʻrsаtkichigа egа: otаm, otаng, otаsi — otаmiz, otаngiz, otаlаri;
4) kelishik shаkllаri bilаn oʻzgаrаdi: mаktаb, mаktаbning, mаktаbni, mаktаbgа,
mаktаbdа, mаktаbdаn;
5) gаpdа bаrchа gаp boʻlаklаri vаzifаsidа kelаdi.
So‘z yasalishi hodisasi mustaqil so‘z turkumlariga xos bo‘lib, bu hodisa ot,
sifat, fe‘l, ravish turkumlari uchun xarakterlidir. Mustaqil so‘zlardan son va olmoshlar
so‘z yasalish tizimiga ega emas. Chunki son va olmosh so‘z yasash usullari orqali
boshqa turkumga mansub so‘zlardan yasalmaydi. Biroq bu turkumga mansub so‘zlar
fe‘l, ravish va qisman ot yasalishida ishtirok etadi. Otlar son va olmosh so‘z yasash
usullari orqali boshqa turkumga mansub so‘zlardan yasalmaydi, otning funksional
shakllari mavjud, qo‘shimchalar qo‘shish yoxud ikki so‘zning qo‘shilishi natijasida
hosil bo‘ladi. Otlarning yasalishi natijasida yasama otlar paydo boʻladi. Yasama otlar
affiksatsiya, kompozitsiya, abbreviatsiya yoʻllari bilan yasaladi.
1
Affiksatsiya ot
yasashdagi eng mahsuldor usul boʻlib, uning yordamida:
- shaxs otlari (boʻyoqchi, ishchi, maktabdosh, zargar, sholikor, saroybon,
chorvador, tilshunos, etikdoʻz, oshpaz, aravakash, kaptarboz, kitobxon);
- narsa-qurol otlari (ochqich, oʻsma, toʻplam, kurak, qirindi, ekin, kekirdak,
suyunchi, tuzdon);
1
Abduaziz Rajabov
–
“Hozirgi o‘zbek adabiy tili”Nashriyot: “O‘qituvchi”, Toshkent, 2006
-yil.Ot yasalishi haqida 120
–
140-b.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–3_ Мая –2025
105
2181-3187
- oʻrin-joy otlari (bodomzor, Oʻzbekiston, qarorgoh, ishxona, oʻtloq, Paxtaobod);
- mavhum maʼnoli otlar (yaxshilik, paxtachilik, ishonch, yig‘ilish,
radiolashtirish, odamgarchilik).
Ot yasalishining kompozitsiya usuli — bu ikki yoki undan ortiq mustaqil
leksik birliklarning qo‘shilishi orqali yangi ma’noga ega bo‘lgan ot yasash usulidir. Bu
usulda hosil bo‘lgan otlar qo‘shma otlar deb ataladi. Kompozitsiya usulining
xususiyatlari:
1. Kamida ikki so‘zning birikishi orqali hosil bo‘ladi.
2. Yangi ot ko‘pincha birdaniga bir butun ma’noni anglatadi.
3. Odatda bu otlar qo‘shib yoziladi yoki defis bilan ajratiladi.
2
Shuni esda tutish kerakki, bu hodisa har xil so‘z turkumlarining birikuvidan ham
hosil bo‘lishi mumkin.
beshik+tebratar=beshiktebratar (ot+fe’l)
temir+yo‘l=temiryo‘l (ot+ot)
Otlar yana abbreviatsiya usuli bilan ham yasaladi. Abbreviatsiya — bu
so‘z yasash usuli bo‘lib, unda bir nechta so‘zning bosh harflari, bo‘g‘inlari yoki
qismlari olib qasqartma so‘z yaratiladi. Bu orqali yangi otlar hosil bo‘ladi.
Abbreviatsiya usulining asosiy turlari:
1. Bosh harflar orqali qisqartma: Bu usulda har bir so‘zning birinchi harfi olinadi
va birlashtiriladi.
BMT — Birlashgan Millatlar Tashkiloti
O‘zbekiston FA — O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi
2
“O‘zbek tilining grammatikasi” (2 jildlik, 1
-jild
–
Morfologiya)Tuzuvchi: G‘.G‘. G‘ulomov Nashriyot: “Fan”, Toshkent,
1976-yil Sahifalar: 202
–
230-b.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–3_ Мая –2025
106
2181-3187
OAV — ommaviy axborot vositalari
Bu qisqartmalarning har biri — yangi ot sifatida ishlatiladi.
2. Bo‘g‘inlar yoki so‘z qismlarini birlashtirish:
Bu usulda har bir so‘zning birinchi bo‘g‘ini yoki muhim qismlari olinib, yangi
so‘z hosil qilinadi.
kolxoz — kollektiv xo‘jalik
sovxoz — sovet xo‘jaligi
avtobekat — avtobus + bekat
radiouzeli — radio + uzel
Bu so‘zlar birdaniga yangi ma’noli ot sifatida qo‘llanadi.
Ot yasalishi” jarayoni juda murakkab jarayonlardan biri hisoblanib, bu hodisani
juda ko‘p olimlar o‘rgangan. Azim Hojiyev o‘zining maqolasida quyidagi fikrlarni
keltirib o‘tgan: “O‘zbek tilida so‘z yasalishi jarayoni bevosita so‘z turkumlarining
tarkibiy imkoniyatlariga bog‘liq bo‘lib, ayniqsa ot yasalishida qo‘shimcha va so‘z
birikmasi asosiy vosita hisoblanadi.” Ayub G‘ulomov: “Ot yasalishi – bu faqat
grammatik jarayon emas, balki tilning ma’no yaratish qudratidir. Har bir yasama ot
o‘zida yangi tushunchani, yangi ijtimoiy ehtiyojni ifodalaydi” - deya ta’kidlaydi.
Xulosa qilb aytganda, ot yasalishi — bu mavjud so‘zlardan yangi ot hosil
qilish jarayonidir. Bu tilning so‘z boyligini oshiruvchi va yangi tushunchalarni
ifodalash imkonini beruvchi muhim jarayondir. Bu usullar orqali tilda:
- yangi tushunchalar paydo bo‘ladi,
- so‘zlar ixcham va tushunarli ifodalanadi,
- tilda ifoda imkoniyatlari kengayadi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–3_ Мая –2025
107
2181-3187
Ot yasalishi – tilning yangi so‘z yaratish qudratini ko‘rsatuvchi eng muhim
vositalardan biridir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. A. Hojiyev. O‘zbek tilida so‘z yasalishi. T., 1981.
2. A. G‘ulomov. So‘z yasashning leksik-semantik asoslari. T., 1990.