Авторы

  • Usmonova Odina Siddikovna
  • Xamidullayeva Ruxshona Qilichbek qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.125651

Ключевые слова:

epigraf Abdulla Qahhor hikoya maqol she'r xalq og‘zaki ijodi g'oya mazmun.

Аннотация

 Ushbu maqolada o‘zbek hikoyanavisi Abdulla Qahhorning hikoyalarida foydalanilgan epigraflar haqida so‘z yuritiladi. Adibning hikoyalaridan ko‘zlangan asosiy g‘oyalarni qisqa tarzda ifoda etgan epigraflarning mohirona qo‘llanilganligi bayon qilinadi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–1_ Мая –2025

254

2181-3187

ABDULLA QAHHOR HIKOYALARIDAGI EPIGRAFLAR ORQALI

ASAR G‘OYALARINING OCHILISHI

Usmonova Odina Siddikovna

Andijon Davlat chet tillari instituti o‘qituvchisi

filologiya fanlari bo‘yicha

falsafa doktori (PhD) ilmiy maslahatchi

Xamidullayeva Ruxshona Qilichbek qizi

Andijon Davlat chet tillari instituti

Filologiya (rus tili) yo‘nalishi talabasi

Annotatsiya. Ushbu maqolada o‘zbek hikoyanavisi Abdulla Qahhorning

hikoyalarida foydalanilgan epigraflar haqida so‘z yuritiladi. Adibning hikoyalaridan

ko‘zlangan asosiy g‘oyalarni qisqa tarzda ifoda etgan epigraflarning mohirona

qo‘llanilganligi bayon qilinadi.

Kalit so‘zlar: epigraf, Abdulla Qahhor, hikoya, maqol, she'r, xalq og‘zaki ijodi,

g'oya, mazmun.

Aннотация. В данной статье речь пойдет об эпиграфах,

использованных в рассказах узбекского новеллиста Абдуллы Каххара. Будет

отмечено мастерское применение эпиграфов, кратко выражающих основные

идеи, заложенные в рассказах писателя.

Ключевые слова: эпиграф, Абдулла Каххар, рассказ, пословица,

стихотворение, устное народное творчество, идея, содержание.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–1_ Мая –2025

255

2181-3187

Аnnotation

.

This paper will discuss the epigraphs used in the short stories of the

Uzbek short story writer Abdulla Kahhar. It will highlight the skillful use of epigraphs

that concisely express the main ideas intended in the writer's stories.

Keywords: epigraph, Abdulla Kahhar, short story, proverb, poem, oral folklore,

idea, meaning

Adabiyotimizning yirik vakili, o‘zbek professional prozasining oyoqqa

turishida tinimsiz mehnat qilgan yozuvchi Abdulla Qahhor ijodi necha o‘n yillardan

buyon xalqimizning ongu shuurini band etib kelmoqda. Adibning badiiy mukammal

hikoyalari, qaytarilmas xarakterlar talqini joy olgan qissa, roman va pyesalari, aforizm

darajasidagi tesha tegmagan fikrlari hali uzoq yillar ko‘p avlodlar uchun mulohaza

obyekti bo‘lib qolishi shubhasizdir

1

. Abdulla Qahhorni bejizga “O‘zbek Chexovi” deb

atamaymiz, chunki o‘zbek hikoyanavisligini Abdulla Qahhor ijodisiz tasavvur qilish

mumkin emas. Qisqa hikoyalar bilan xalq hayotini, undagi kamchiliklarni tasvirlagan

adib badiiy so‘z ustasi sifatida o‘z hikoyalaridagi asosiy g‘oyani ochib beruvchi

epigraflarni ustomonlik bilan qo‘llagan.

Epigraf - asarning boshlanishida sarlavhadan keyinoq yoki uning bo‘lim

(bob, fasl) lari boshida keltiriluvchi qisqa, odatda, e’tiborli manbalardan olingan

ko‘chirma (xalq og'zaki ijodi, mashhur insonlarning purhikmat so‘zlari), sitataning bir

ko‘rinishi

2

.

Ko‘p hollarda epigraf o‘zining aforistik mazmuni bilan asar mohiyatini ochib

beradi. Masalan, Abdulla Qahhorning mashhur hikoyalaridan biri bo‘lgan "O‘g‘ri"

hikoyasiga epigraf sifatida “Otning o‘limi - itning bayrami” maqoli epigraf qilib

olingan. Ushbu hikoyada oddiy dehqonning o‘g‘irlangan ho‘kizini topish uchun o‘z

davrining amaldorlariga (ellikboshi, amin, azayimxon) anchagina pul sarf qilgani va

1

Rahmon Qo‘chqor. Men bilan munozara qilsangiz... –T.: “Maʼnaviyat”, 1998, 4-bet.

2

D. Quronov, S. Mamajonov, M. Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lug'ati. "Akademnashr", 2013, 366-bet.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–1_ Мая –2025

256

2181-3187

ko‘p vaqti ketgani, boshqacha qilib aytganda, talon-taroj qilingani bayon qilinadi.

Ya’ni ayrim pulga uchgan insonlar boshiga musibat kelganlarning fursatini poylab,

ulardan foydalanib qolishi aks ettirilgan. Shu sababli ham ushbu g‘oyani aniq ochib

berish uchun xalq og‘zaki ijodidan “Otning o‘limi - itning bayrami” maqoli ishlatilgan.

“Dahshat” hikoyasida Unsin obrazida o‘zbek ayolining erk uchun kurashi aks

ettirilgan. Ushbu hikoya uchun Abdulla Qahhor To‘raxon oyi, ya’ni rus-tuzem

davridagi chirkinliklarni ko‘rgan ayolning so‘zlarini epigraf qilib tanlaydi: “Xotin-

qizlarning burungi zamonda ko‘rgan kunini bilmaysizlar, qizlarim, aytgan bilan

ishonmaysizlar!. ..”. Hikoya nomidan va uning epigrafidan bilsa bo‘ladiki, o‘tgan

davrlarda ayollarga nisbatan qilingan adolatsizliklar va noo‘rin ishlar avj pallasiga

chiqqan.

“Mahalla” nomli hikoyada keksa odamning ayoli o‘lib qolgani, uning janozasiga

kelgan odamlar, ya’ni tirikligida kampirning suhbatini olgan, o‘sha ayol bilan yaqin

bo‘lib qolgan odamlar mahallaga sig‘may ketgani haqida so‘z boradi (“... Kampir onam

dunyoga kelib odam ekkan ekanlar. Dunyoga kelgan odam avvalboshi odam ekishi

kerak ekan. Men ibrat oldim...“). Abdulla Qahhor ushbu hikoya uchun Erkin

Vohidovning ushbu she’riy parchasini epigraf qilib olgan:

Inson bilan tirikdir inson,

Muhabbatdir hayotning boshi.

Odamzodga baxsh etadi jon,

Odamlarning mehr quyoshi.

“Tomoshabog” hikoyasida epirgaf sifatida ushbu baytdan foydalanilgan:

Ey bus-butun ayolati vayron o‘lon vatan,

Har go‘shasi zamonada zindon o‘lon vatan.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–1_ Мая –2025

257

2181-3187

Ushbu hikoyada “rusiya to‘raxonlarining istirohatgohlariga” do‘stini olib kirgan

bog‘ qorovulining jazolanishi ko‘rsatilgan. Shu orqali o‘z vatanining bir parcha yeriga

sig‘magan oddiy odamning obrazi gavdalanadi.

Abdulla Qahhorning har bir hikoyasida o‘zbek xalqini qiynab kelgan masalalar,

dolzarb bo‘lgan mavzular yuzaga chiqadi. Bunday nuqsonlarni bir-ikki sahifali

hikoyaga ixchamlab yozish esa hammaning ham qo‘lidan kelmaydi. Abdulla Qahhor

bu ishni uddaladi. O‘z xalqining o‘tgan asrdagi muammo va qiyinchiliklarini qisqa

hikoyalari bilan gavdalantirdi.

Epigraf sifatida qo‘llanilgan maqollar, she’rlar, tarixiy shaxslarning so‘zlari

hikoyalarning mazmun mohiyatini ochib berishda asosiy rol o‘ynagan. Epigraf

qo‘llashda, uni asarga mos qilib tanlashda Abdulla Qahhor o‘z hikoyalarini namuna

sifatida meros qoldirgan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Abdulla Qahhor. Muhabbat. “Yangi asr avlodi”, 2019.

2. Dilnavoz Yusupova. Adabiyot: universal qo‘llanma. "Akademnashr", 2020.

3. D.Quronov, S.Mamajonov, M. Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lug'ati".

"Akademnashr", 2013.

4. Normatov U., "Abdulla Qahhorni anglash mashaqqati". Toshkent. „Universitet“,

1999.5. Rahmon Qo‘chqor. Men bilan munozara qilsangiz... –T.: “Maʼnaviyat”, 1998,

Библиографические ссылки

Abdulla Qahhor. Muhabbat. “Yangi asr avlodi”, 2019.

Dilnavoz Yusupova. Adabiyot: universal qo‘llanma. "Akademnashr", 2020.

D.Quronov, S.Mamajonov, M. Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lug'ati".

"Akademnashr", 2013.

Normatov U., "Abdulla Qahhorni anglash mashaqqati". Toshkent. „Universitet“,

5. Rahmon Qo‘chqor. Men bilan munozara qilsangiz... –T.: “Maʼnaviyat”, 1998,