Авторы

  • Xaytbayeva Z.M.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.125571

Ключевые слова:

Ovqatlanish ruhiy salomatlik fast fud depressiya xavotir stress kognitiv funksiyalar transyog‘ margarin shakar gidratatsiya.

Аннотация

Maqolada O‘zbekistonda ta’lim olayotgan talabalarning ovqat ratsioni va uning ruhiy salomatlikka ta’siri haqida so‘z boradi. Ratsionda fast fud, margarin, non va non mahsulotlari, meva va sabzavotlar, tuz, shakar hamda suv iste’molining miqdori va 
sifati o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ba’zi nosog‘lom oziq-ovqatlar depressiya, xavotir, stress va kognitiv faoliyat pasayishiga olib kelishi mumkin. Fast fud va transyog‘lar kayfiyat o‘zgarishlarini kuchaytirishi, ortiqcha shakar iste’moli esa asabiylashish va depressiyani qo‘zg‘atishi aniqlangan. Suv va vitaminlarga boy mahsulotlarni iste’mol qilish esa aqliy faoliyatni qo‘llab-quvvatlab, stressni kamaytirishga yordam beradi. Maqolada talabalarga sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. 


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–2_ Мая –2025

167

2181-3187

TALABALARNING OVQATLANISH ODATLARI VA ULARNING

RUHIY SALOMATLIKKA TA’SIRI

TDTU talabasi

Xaytbayeva Z.M.

Annotatsiya

Maqolada O‘zbekistonda ta’lim olayotgan talabalarning ovqat ratsioni va uning

ruhiy salomatlikka ta’siri haqida so‘z boradi. Ratsionda fast fud, margarin, non va non

mahsulotlari, meva va sabzavotlar, tuz, shakar hamda suv iste’molining miqdori va

sifati o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ba’zi nosog‘lom oziq-ovqatlar

depressiya, xavotir, stress va kognitiv faoliyat pasayishiga olib kelishi mumkin. Fast

fud va transyog‘lar kayfiyat o‘zgarishlarini kuchaytirishi, ortiqcha shakar iste’moli esa

asabiylashish va depressiyani qo‘zg‘atishi aniqlangan. Suv va vitaminlarga boy

mahsulotlarni iste’mol qilish esa aqliy faoliyatni qo‘llab-quvvatlab, stressni

kamaytirishga yordam beradi. Maqolada talabalarga sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha

tavsiyalar berilgan.

Kalit so‘zlar

: Ovqatlanish, ruhiy salomatlik, fast fud, depressiya, xavotir, stress,

kognitiv funksiyalar, transyog‘, margarin, shakar, gidratatsiya.

ФАКТОРЫ НЕГАТИВНО ВЛИЯЮЩИЕ НА ЗДОРОВЬЕ ПИТАНИЯ

СТУДЕНТОВ

Абдуллаева Дилафруз Гайратовна, доктор медицинских наук, доцент

Хайтбаева Зарoфат Музаффаровна

Ташкентская медицинская академия

Абстракт

В статье рассматривается рацион питания студентов в Узбекистане и его

влияние на психическое здоровье. Исследовано потребление фаст-фуда,

маргарина, хлебобулочных изделий, фруктов и овощей, соли, сахара и воды.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–2_ Мая –2025

168

2181-3187

Результаты исследования показывают, что нездоровое питание может

способствовать развитию депрессии, тревожности, стресса и ухудшению

когнитивных функций. Фаст-фуд и трансжиры могут усугублять перепады

настроения, а избыточное употребление сахара — вызывать раздражительность

и депрессию. Достаточное потребление воды и витаминов, наоборот,

поддерживает умственную активность и снижает уровень стресса. В статье

даются рекомендации по здоровому питанию для студентов.

Ключевые слова

: питание, психическое здоровье, фаст-фуд, депрессия,

тревожность, стресс, когнитивные функции, трансжиры, маргарин, сахар,

гидратация.

FACTORS THAT NEGATIVELY AFFECT THE HEALTH OF

STUDENTS' NUTRITION

Abdullayeva Dilafruz Gayratovna, doctor of medical sciences, associate

professor

Khaytbayeva Zarofat Muzaffarovna

Tashkent Medical Academy

Abstract

This article examines the diet of students in Uzbekistan and its impact on mental

health. The consumption of fast food, margarine, bread and bakery products, fruits and

vegetables, salt, sugar, and water was studied. The findings indicate that unhealthy

eating habits can contribute to depression, anxiety, stress, and cognitive decline. Fast

food and trans fats may exacerbate mood swings, while excessive sugar intake can lead

to irritability and depression. On the other hand, adequate hydration and vitamin-rich

foods support cognitive function and help reduce stress levels. The article provides

recommendations for students on maintaining a healthy diet.

Key words

: nutrition, mental health, fast food, depression, anxiety, stress,

cognitive functions, trans fats, margarine, sugar, hydration


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–2_ Мая –2025

169

2181-3187

Dolzarbligi.

Bugungi kunda ovqatlanish nafaqat jismoniy, balki ruhiy salomatlik

uchun ham muhim omillardan biri hisoblanadi. O‘zbekistonda 10,7 million kishi

sog‘lom turmush tarziga rioya qilmaydi, aholining 16,5 foizi tamaki mahsulotlarini,

4,7 foizi esa spirtli ichimliklarni iste’mol qiladi. 16 foiz odam kuniga tavsiya etilgan

400 grammdan kam meva va sabzavot iste’mol qiladi. Ushbu omillar nafaqat yurak-

qon tomir kasalliklari, balki depressiya va xavotir kabi ruhiy buzilishlarning

rivojlanishiga ham sabab bo‘lishi mumkin.

2023-yilgi tahlillarga ko‘ra, O‘zbekistonda talabalar soni 1 milliondan oshgan

bo‘lib, bu mamlakat aholisining 7 foizidan ortig‘ini tashkil etadi. Ko‘pchilik talabalar

nosog‘lom ovqatlanish odatlariga ega bo‘lib, bu ularning diqqat-e’tibor darajasiga,

o‘quv faoliyatiga va umumiy psixologik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Fast

fud va transyog‘lar kayfiyat o‘zgarishlariga olib kelishi, yuqori miqdorda shakar

iste’moli esa asabiylashish va tushkunlikka sabab bo‘lishi aniqlangan. Yetarli

miqdorda suv va vitaminlar iste’mol qilmaslik esa charchoq, diqqatni jamlay olmaslik

va stress darajasining ortishiga olib keladi.

Shu sababli, talabalarning ovqatlanish odatlari va ularning ruhiy salomatlik bilan

bog‘liqligini o‘rganish dolzarb masala hisoblanadi. Ushbu tadqiqotda talabalarning

ovqatlanish xususiyatlari tahlil qilinib, psixik salomatlikka ta’siri o‘rganildi.

Maqsad va vazifalar

.

1.

O‘zbekiston talabalari orasida sog‘lom va nosog‘lom mahsul

otlar iste’molini o‘rganish.

2.

Ovqatlanishning psixik salomatlikka ta’sirini tahlil qilish.

3.

Talabalarga ovqatlanish odatlarining ruhiy holatga ta’siri ha

qida tavsiyalar berish.

Tekshirish obyekti va usullari

.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–2_ Мая –2025

170

2181-3187

Tadqiqot Toshkent shahri, Toshkent tibbiyot akademiyasi 8-TTJda istiqomat qilu

vchi, 18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan 60 nafar talaba orasida o‘tkazildi. Elektron so

‘rovnoma natijalari asosida ovqatlanish odatlari va ularning psixik holat bilan bog‘liql

igi tahlil qilindi.

Natijalar.

Tez tayyor bo‘luvchi ovqatlar, ya’ni fast fudlar, talabalar orasida keng

tarqalgan bo‘lib, ularning arzonligi va tez tayyorlanishi bilan ajralib turadi. Ushbu

mahsulotlar tarkibida transyog‘, kraxmal va yuqori miqdordagi uglevodlar mavjud

bo‘lib, ular nafaqat jismoniy, balki ruhiy salomatlik uchun ham xavf tug‘diradi.

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, talabalar orasida fast fud iste’moli juda yuqori bo‘lib,

52% talaba muntazam ravishda bu mahsulotlarni iste’mol qiladi.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, fast fud va yuqori kaloriyali mahsulotlarni

muntazam iste’mol qilish depressiya, stress va tashvish buzilishlariga sabab bo‘lishi

mumkin. Sababi, bunday ovqatlar organizmda surunkali yallig‘lanish jarayonlarini

qo‘zg‘atadi va asab tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan yallig‘lanish markerlarini

faollashtiradi. Bundan tashqari, fast fud mahsulotlari o‘z tarkibida omega-3 yog‘

kislotalari va triptofan kabi ruhiy holatni barqarorlashtiruvchi moddalarni kam

miqdorda saqlaydi, bu esa serotonin darajasining pasayishiga olib kelishi mumkin.

Serotonin esa kayfiyat va hissiy barqarorlik uchun asosiy neyrotransmitterlardan biri

hisoblanadi.

Bundan tashqari, fast fud iste’moli bilan Alsgeymer kasalligi o‘rtasida bog‘liqlik

aniqlangan. Amerika Ovqatlanish Kolleji jurnali (Journal of the American College of

Nutrition)da chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, doimiy ravishda yog‘li va yuqori kaloriyali

mahsulotlar iste’mol qilgan odamlarning kognitiv qobiliyatlari tezroq pasayadi. Bu esa

xotira buzilishi, fikrlash qiyinlashuvi va qaror qabul qilish qobiliyatining

yomonlashishiga olib keladi. Bundan tashqari, fast fud iste’moli bilan bog‘liq glyukoza

va insulin darajasining o‘zgarishi ham miyada neyrodegenerativ jarayonlarni

tezlashtirib, demensiya xavfini oshirishi mumkin. Shuningdek, fast fud iste’moli uyqu

sifatiga ham salbiy ta’sir qiladi. Uning tarkibidagi yuqori miqdordagi natriy va


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–2_ Мая –2025

171

2181-3187

uglevodlar tunda stress gormoni – kortizolning oshishiga olib kelishi mumkin, bu esa

uyqusizlik, charchoq va diqqatni jamlash qobiliyatining pasayishiga sabab bo‘ladi.

Uyqu yetishmovchiligi esa o‘z navbatida kayfiyat tushkunligi va ruhiy barqarorlikning

buzilishiga olib kelishi mumkin.

Talabalar orasida fast fud iste’molini kamaytirish va uning o‘rniga omega-3, B

vitaminlari va magniy kabi foydali moddalar bilan boyitilgan mahsulotlarni iste’mol

qilish ruhiy salomatlikni yaxshilashda muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli, sog‘lom

ovqatlanish tamoyillarini targ‘ib qilish va talabalar orasida fast fud iste’molini cheklash

bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlar o‘tkazish zarur.

Margarin – sariyog‘ning arzon va hamyonbop alternativi sifatida keng

qo‘llaniladigan mahsulot bo‘lib, u aksariyat pishiriqlar, kremlar va tayyor

mahsulotlarning tarkibida uchraydi. So‘rovnomaga ko‘ra, talabalar orasida 40%

margarin iste’mol qiladi yoki undan taom tayyorlashda foydalanadi. Ko‘pchilik uning

zararli ekanligini bilmagan holda uni iste’mol qiladi. Ayrim davlatlarda margarin

ishlab chiqarish taqiqlangan bo‘lib, bu uning tarkibidagi transyog‘larning uzoq

muddatli salbiy ta’siri bilan bog‘liq.

Margarinning ruhiy salomatlikka ta’siri jiddiy bo‘lib, uning muntazam iste’moli

asab tizimining faoliyatini buzishi mumkin. Tadqiqotlarga ko‘ra, transyog‘lar miyada

neyroinflammasiyani kuchaytirib, depressiya va tashvish buzilishlari rivojlanishiga

sabab bo‘lishi mumkin. Margarin tarkibidagi sun’iy yog‘lar omega-3 va omega-6 yog‘

kislotalari balansini buzadi, bu esa asab tizimidagi yallig‘lanish jarayonlarini keltirib

chiqarishi va neyrotransmitterlar ishlab chiqarilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Serotonin va dopamin kabi gormonlar yetishmovchiligi esa kayfiyatning tushishiga,

diqqatni jamlay olmaslikka va stress darajasining ortishiga olib kelishi mumkin.

Bundan tashqari, Avstraliya olimlari olib borgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki,

margarin muntazam iste’mol qilgan bolalar va yoshlar orasida IQ darajasi pasayishi,

diqqat yetishmovchiligi sindromi (ADHD) hamda xotira buzilishlari ko‘proq

kuzatiladi. Bu transyog‘larning hujayra membranalariga o‘rnashib, neyronlarning


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–2_ Мая –2025

172

2181-3187

signal uzatish jarayonlariga ta’sir qilishi bilan bog‘liq. Neyroplastiklikning buzilishi

esa o‘quv faoliyatida qiyinchiliklar, charchoq va ruhiy holatning barqaror emasligi

bilan namoyon bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, margarin tarkibidagi transyog‘lar qon-tomir kasalliklari bilan bir

qatorda Alsgeymer kasalligi xavfini ham oshirishi mumkin. Olimlarning

ta’kidlashicha, transyog‘lar miya q on aylanishini buzadi, neyronlar o‘rtasidagi

signal almashinuvini sekinlashtiradi va oksidlovchi stressni kuchaytiradi. Bu esa xotira

pasayishiga, fikrlash tezligining sustlashishiga va kognitiv qobiliyatlarning

yomonlashishiga olib kelishi mumkin.

Margarin odatda organizmga pishiriqlar, keklar, bulochkalar va boshqa qandolat

mahsulotlari orqali kiradi. Shu sababli, talabalar o‘z dietasidan margarinni chiqarib

tashlash yoki uni tabiiy alternativalar – sariyog‘, zaytun yog‘i va yong‘oq yog‘lari bilan

almashtirishlari tavsiya etiladi. Bu nafaqat umumiy salomatlikni, balki ruhiy holatni

ham yaxshilashga yordam beradi.

Non – dunyoda eng ko‘p iste’mol qilinadigan mahsulotlardan biri bo‘lib, u

tarkibida uglevodlar va kleykovina ko‘pligi bilan ajralib turadi. So‘rovnomaga ko‘ra,

talabalar orasida non va non mahsulotlarini muntazam iste’mol qiluvchilar soni yuqori.

Biroq, uning sifati va tarkibi inson sog‘lig‘iga, ayniqsa ruhiy salomatlikka sezilarli

ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Tadqiqotlarda ko‘rsatilishicha, ortiqcha uglevod iste’moli, ayniqsa tozalangan

donlardan tayyorlangan non va non mahsulotlari, kayfiyat o‘zgarishlariga, energiya

yetishmovchiligiga va depressiyaga moyillikning ortishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Chunki oq non tez parchalanadigan uglevodlar manbai bo‘lib, u qondagi glyukoza

miqdorini tezda oshiradi va shundan so‘ng keskin pasayishiga olib keladi. Bu holat esa

charchoq, asabiylashish va tushkunlikni keltirib chiqaradi. Shuningdek, nonning

tarkibidagi kleykovina (glyuten) ba’zi insonlar uchun nojo‘ya ta’sir ko‘rsati shi

mumkin. Glyutenga sezgirlik yoki intolerans bo‘lgan odamlar uni iste’mol qilganda


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–2_ Мая –2025

173

2181-3187

diqqatni jamlay olmaslik, charchoq va ruhiy beqarorlik kabi alomatlarni sezishlari

mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, glyuten ba’zi insonlarda kognitiv pasayish va

depressiya rivojlanishiga hissa qo‘shishi mumkin.

Non va non mahsulotlarini iste’mol qilishda ularning tarkibiga e’tibor berish

muhim. Butun donli nonlar, ayniqsa kletchatkaga boy variantlari, kayfiyat

barqarorligiga yordam beruvchi vitamin va minerallarni o‘z ichiga oladi. Masalan, B

vitaminlari va magniy miya faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi va stress darajasini

kamaytirishga yordam beradi. Shuning uchun, talabalar oq non va yuqori glyutenga

ega mahsulotlar o‘rniga, tabiiy tarkibli va butun donli mahsulotlarni iste’mol qilishga

intilishlari lozim.

Keling, nonning ko‘p turlari sog'liq uchun zararli bo‘lishining beshta asosiy

sababini ko‘rib chiqaylik.

1.

Nonda ko‘p miqdorda kleykovina mavjud

2.

Tarkibi yuqori fruktoza va makkajo’xori siropi kabi zararli

qo’shimcha moddalar bilan boyitilgan

3.

Tozalangan donlarda butun don tarkibida mavjud bo'lgan ozuqa

moddalari va kletchatkaning ko‘p qismi yo’q

4.

Ko‘p miqdorda uglevodlar borligi sababli qondagi qand miqdorini

oshiradi

5.

Nonda juda oz miqdorda muhim oziq moddalar mavjud[5].

Yaxshi nonni qanday tanlash mumkin?

Tozalangan dondan tayyorlangan oq non sog‘liq uchun eng zararli hisoblanadi.

Biroq, butun donli non nisbatan sog‘lom va iste’mol uchun yaxshi. To‘liq donlar yoki

ulardan tayyorlangan oziq-ovqatlar butun don urug‘ining barcha muhim qismlarini va

tabiiy ravishda paydo bo'ladigan ozuqaviy moddalarni asl nisbatlarida o'z ichiga oladi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–2_ Мая –2025

174

2181-3187

Sifatli nonni topish uchun birinchi qadam o'ram yoki paketdagi “butun don”

yorlig‘ini izlashdir. Agar yorliq topilmasa, non o'ramida chop etilgan ingredientlar

ro'yxatiga qarang va “butun don” kiritilganligini ko'ring

Hech shubha yo‘qki, meva va sabzavotlar inson uchun eng tabiiy va foydali oziq-

ovqat mahsulotlari bo‘lib, ular nafaqat jismoniy salomatlik, balki ruhiy farovonlik

uchun ham muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, meva va

sabzavotlarga boy parhez inson kayfiyatini barqarorlashtirishi, stress darajasini

kamaytirishi va depressiya rivojlanish xavfini pasaytirishi mumkin. Ularning

tarkibidagi vitaminlar va minerallar miya faoliyatini qo‘llab-quvvatlab,

neyrotransmitterlar ishlab chiqarilishida ishtirok etadi.

Meva va sabzavotlarning ruhiy salomatlikka foydalari:

Serotonin ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi:

Sabzi, o‘rik, shaftoli,

apelsin va boshqa yorqin rangli mevalar tarkibidagi A va C vitaminlari hamda

antioksidantlar serotonin ishlab chiqarishni rag‘batlantirib, depressiya va xavotir

darajasini kamaytirishga yordam beradi.

B guruh vitaminlari bilan ta’minlaydi:

B vitaminlari (xususan, foliy

kislotasi) kayfiyatni ko‘tarishga va diqqatni jamlashga yordam beradi.

Isbotlangan ma’lumotlarga ko‘ra, foliy kislotasi kam iste’mol qilinadigan

dietalar depressiya xavfini oshiradi. Shpinat, brokkoli, banan va avokado foliy

kislotasining yaxshi manbalaridir.

Omega-3 yog‘ kislotalariga boy mahsulotlar stressni kamaytiradi:

Yashil bargli sabzavotlar va yong‘oq omega-3 yog‘ kislotalarini o‘z ichiga oladi,

bu esa stress gormonlarini kamaytirib, ruhiy barqarorlikni oshiradi.

Antistress xususiyatlariga ega:

Sabzavotlar tarkibidagi magniy va kaliy

nerv tizimini tinchlantirib, stress va asabiylashishga qarshi kurashishga yordam

beradi. Qovoq urug‘lari, ismaloq va bodring kabi mahsulotlar magniyga boy

bo‘lib, stressga chidamlilikni oshiradi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–2_ Мая –2025

175

2181-3187

Oqsil va triptofan manbai:

Meva va sabzavotlar tarkibida triptofan

mavjud bo‘lib, bu moddadan serotonin sintez qilinadi. Xususan, banan, qovoq

urug‘lari va yong‘oq kayfiyatni yaxshilash uchun foydalidir.

Shuningdek, antioksidantlarga boy meva va sabzavotlar oksidlovchi stressni

kamaytiradi. Oksidlovchi stress miya hujayralariga zarar yetkazib, kognitiv pasayish

va hatto Alsgeymer kasalligi xavfini oshirishi mumkin. Shu bois, ratsionga

antioksidantlarga boy mahsulotlarni qo‘shish, masalan, rezavor mevalar, brokkoli va

sabzi iste’mol qilish miya salomatligini mustahkamlashga yordam beradi. Kuniga

kamida 400 gramm meva va sabzavot iste’mol qilish Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti

(JSST) tomonidan tavsiya etiladi. Afsuski, talabalar orasida meva va sabzavotlarni

yetarlicha iste’mol qilish darajasi past bo‘lib, bu ularning stress va charchoq

darajasining yuqori bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Meva va sabzavotlarni

muntazam iste’mol qilish esa diqqatni jamlash qobiliyatini oshirib, ruhiy barqarorlikni

yaxshilaydi va o‘quv jarayonida samaradorlikni oshirishga yordam beradi.

Meva va sabzavotlar nafaqat umumiy salomatlik uchun, balki ruhiy farovonlik

uchun ham muhim ahamiyatga ega. Talabalar o‘z ovqatlanish ratsioniga ushbu

mahsulotlarni ko‘proq kiritish orqali stress darajasini kamaytirishlari, kayfiyatni

yaxshilashlari va ruhiy salomatliklarini mustahkamlashlari mumkin.

5-rasm. Tuz iste’moli ko’rsatgichi (%larda)

Tuz inson organizmi uchun muhim modda bo‘lib, u qon aylanishini tartibga

solish, asab tolalari va muskul to‘qimalari orasidagi signal almashinuvida ishtirok etish

kabi funksiyalarga ega. Osh tuzi tarkibidagi natriy va xlor moddalari suv muvozanatini

saqlashda ham muhim rol o‘ynaydi. Biroq, haddan tashqari ko‘p tuz iste’mol qilish

turli salomatlik muammolariga, jumladan, psixik holatga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi

mumkin.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ortiqcha tuz iste’mol qilish qon bosimini oshirishi va


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–2_ Мая –2025

176

2181-3187

bu holat kortizol – stress gormonining ko‘payishiga olib kelishi mumkin. Kortizolning

me’yordan yuqori bo‘lishi esa xavotir, asabiylashish va diqqatni jamlash qiyinlashuvi

bilan bog‘liq. Bundan tashqari, natriy organizmda suv balansini buzishi mumkin, bu

esa miya faoliyatiga ta’sir qilib, kayfiyatning tushkun bo‘lishiga olib keladi.

JSST tavsiyalariga ko‘ra, kunlik tuz iste’mol miqdori 5 grammdan oshmasligi

kerak. Biroq, ko‘pchilik bu me’yorni sezilarli darajada oshirib yuboradi. Ortiqcha tuz

iste’mol qilish qon bosimini oshirishi va miyaga yetarli kislorod yetib borish jarayonini

qiyinlashtirishi mumkin. Natijada, diqqat va xotira pasayishi, fikrlash sustlashishi

kuzatiladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yuqori natriyli parhez Alsgeymer kasalligi

va boshqa neyrodegenerativ kasalliklar xavfini oshirishi mumkin. Tuzli ovqatlarni

kechki payt iste’mol qilish uyqu sifatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ortiqcha

natriy organizmda suyuqlik yig‘ilishiga olib kelib, tunda ko‘p suv ichishga ehtiyoj

tug‘diradi. Natijada uyquda bo‘linishlar sodir bo‘lib, organizm yetarlicha dam

olmaydi. Uyquning buzilishi esa kayfiyat tushkunligi, charchoq va asabiylashishga olib

kelishi

mumkin.

Tuz iste’molini kamaytirish psixik va umumiy sog‘liq uchun foydalidir. Tuz o‘rniga

tabiiy lazzat beruvchilar, masalan, limon sharbati, ziravorlar va o‘simliklardan

foydalanish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, kaliumga boy mahsulotlar – banan,

avokado, ismaloq kabi sabzavotlar natriyning zararli ta’sirini kamaytirishga yordam

beradi.

Ortiqcha tuz iste’moli nafaqat jismoniy, balki psixik salomatlik uchun ham xavf

tug‘diradi. Stress, asabiylashish va uyqu buzilishlarini oldini olish uchun tuz

iste’molini nazorat qilish va sog‘lom alternativlarga o‘tish muhim hisoblanadi.[8].

Sog‘lom turmush tarzining muhim qismi uglevodlarni, ayniqsa qo‘shimcha

shakarni cheklashdir. Qandolat mahsulotlari tarkibida juda ko‘p miqdorda shakar

bo‘lib, u organizmga nafaqat jismoniy, balki psixik jihatdan ham zarar yetkazishi

mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ortiqcha shakar iste’moli depressiya, stress va

kognitiv pasayish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–2_ Мая –2025

177

2181-3187

Shakar iste’moli qondagi glyukoza miqdorini tez ko‘tarib, so‘ng keskin tushishiga

sabab bo‘ladi. Bu holat organizmda energiya darajasining keskin o‘zgarishiga olib

kelib, insonni asabiy, charchagan va diqqatni jamlay olmaydigan holatga tushiradi.

Ko‘pincha bunday tebranishlar kayfiyatning beqaror bo‘lishiga sabab bo‘ladi, bu esa

uzoq muddatli depressiya va tashvish keltirib chiqaradi. Ortiqcha shakar iste’moli

kortizol – stress gormonining ortishiga sabab bo‘lishi aniqlangan. Natijada, inson

doimiy ravishda bezovta, asabiy va stressga moyil bo‘lib qolishi mumkin. Bundan

tashqari, shakar insulin rezistentligi rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin, bu esa nerv

tizimi faoliyatini buzib, ruhiy salomatlikka salbiy ta’sir qiladi.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yuqori shakarli dieta uzoq muddatda xotira va

diqqatni jamlash qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shakarning haddan

tashqari ko‘p iste’moli neyroinflammasiyani kuchaytiradi va miyada yangi neyron

aloqalar hosil bo‘lish jarayonini sekinlashtiradi. Bu esa o‘qish va fikrlash

qobiliyatining pasayishiga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, yosh talabalar uchun bu

jarayon o‘quv jarayonining samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Boshqa

tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ortiqcha shakar iste’mol qiladigan bolalar va

o‘smirlarda diqqat yetishmovchiligi sindromi (ADHD) va impulsiv xatti-harakatlar

ko‘proq kuzatiladi. Bu esa maktab va universitet talabalari orasida intellektual

faoliyatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Sog‘lom alternativalar

Oddiy shakardan voz kechib, tabiiy shirinliklarga – meva va asalga e’tibor

qaratish tavsiya etiladi.

Kun davomida qon glyukoza darajasini barqaror saqlash uchun murakkab

uglevodlarga boy mahsulotlarni tanlash kerak (masalan, yong‘oq, suli yormasi,

butun donli mahsulotlar).

Shirin gazlangan ichimliklar va qandolat mahsulotlari o‘rniga tabiiy

mevali ichimliklar va yong‘oq asosidagi gazakslar iste’mol qilish tavsiya etiladi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–2_ Мая –2025

178

2181-3187

Ortiqcha shakar iste’moli psixik salomatlikka sezilarli ta’sir ko‘rsatib, kayfiyat

o‘zgarishlariga, stressning ortishiga va kognitiv qobiliyatlarning pasayishiga olib

kelishi mumkin. Bu esa talabalarning o‘quv jarayonidagi muvaffaqiyatlariga va

umumiy hayot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, shakar iste’molini nazorat

qilish va sog‘lom alternativlarga o‘tish psixologik barqarorlikni ta’minlashda muhim

ahamiyatga ega[9].

Suv inson organizmi uchun hayotiy muhim manba bo‘lib, tana tarkibining 55-

60% ini tashkil qiladi. Yetarlicha suv ichmaslik nafaqat jismoniy salomatlikka, balki

psixik holatga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yengil

suvsizlanishning o‘zi ham kayfiyatning tushishi, diqqatni jamlash qiyinlashuvi va

charchoq kabi muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Suv tanqisligi inson kayfiyatiga va asab tizimi faoliyatiga bevosita ta’sir qiladi.

Agar organizmda suv yetishmovchiligi yuzaga kelsa, miya funksiyalari pasayadi, bu

esa stress, xavotir va depressiya alomatlarini kuchaytirishi mumkin. Tadqiqotlar shuni

ko‘rsatadiki, hatto 1-2% suvsizlanishning o‘zi ham asabiylashish, jizzakilik va

kayfiyatning tushishiga sabab bo‘lishi mumkin. Suv yetishmovchiligi miyaning

neyronlararo signal uzatish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijada, fikrlash tezligi

sustlashadi, eslab qolish qobiliyati pasayadi va qaror qabul qilish qiyinlashadi.

Ayniqsa, talabalar uchun bu muhim bo‘lib, suvsizlanish o‘qish jarayonining

samaradorligini kamaytirishi mumkin.

Ko‘plab tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yetarlicha suv ichmaslik kortizol – stress

gormoni darajasining oshishiga olib keladi. Kortizolning me’yordan yuqori bo‘lishi esa

tashvish, uyqusizlik va ruhiy beqarorlik kabi holatlarga sabab bo‘lishi mumkin. Bu esa

insonning ijtimoiy hayotiga va akademik faoliyatiga salbiy ta’sir qiladi.

Yetarli suv iste’mol qilishning foydalari

Kayfiyatni barqarorlashtiradi

– Suv ichish serotoninni me’yorda ushlab

turishga yordam beradi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–2_ Мая –2025

179

2181-3187

Diqqatni oshiradi

– Yaxshi gidratatsiya miyaga kislorod yetkazilishini

yaxshilaydi, bu esa diqqat va fikrlash qobiliyatini oshiradi.

Uyqu sifatini yaxshilaydi

– Yetarli suv ichish melatonin ishlab

chiqarilishini rag‘batlantiradi va uyqu siklini barqarorlashtiradi.

Tashvish va depressiyani kamaytiradi

– Suv tanadagi toksinlarni

chiqarib, asab tizimi faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi.

Kun davomida yetarli miqdorda suv ichish psixik salomatlikni saqlashda muhim

rol o‘ynaydi. Suv yetishmovchiligi stressni oshirishi, kayfiyatni tushirishi va kognitiv

funksiyalarni pasaytirishi mumkin. Shu sababli, talabalar kamida 1,5-2 litr suv ichishga

odatlanishlari lozim. Bu nafaqat jismoniy, balki ruhiy farovonlik uchun ham muhim

hisoblanadi[10].

Xulosa.

1.

Fast fud, margarin, ortiqcha shakar va tuz iste’moli depressiya,

stress va xavotir darajasini oshirishi mumkin. Transyog‘lar va tez uglevodlar

kayfiyat o‘zgarishlarini kuchaytirib, demensiya xavfini oshiradi. Ortiqcha tuz

esa kortizol gormoni ishlab chiqarilishini oshirib, asabiylashish va diqqat

buzilishlariga sabab bo‘ladi.

2.

Yetarli suv ichmaslik diqqatni jamlay olmaslik, charchoq va

stressni kuchaytiradi. Meva va sabzavotlarga boy parhez esa serotonin va

dopamin kabi neyrotransmitterlarning ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlab,

kayfiyatni barqarorlashtiradi va depressiya xavfini kamaytiradi.

3.

Talabalarning psixik farovonligini ta’minlash uchun transyog‘ va

shakarni cheklash, omega-3 va B vitaminlariga boy mahsulotlarni iste’mol

qilish, kunlik suv ichish me’yoriga rioya qilish muhim. Sog‘lom ovqatlanish

nafaqat yaxshi kayfiyat va stressga chidamlilikni oshiradi, balki intellektual

faoliyat va umumiy hayot sifatini ham yaxshilaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–2_ Мая –2025

180

2181-3187

1.

Григорьева Наталья Михайловна, Кулешова Марина Валерьевна

ОПАСНОСТЬ

ТРАНСЖИРОВ

ПИЩИ:

ПРОБЛЕМА

ИНФОРМИРОВАННОСТИ

НАСЕЛЕНИЯ

//

Вестник

Челябинского

государственного университета. Образование и здравоохранение. 2020. №4 (12).

URL:

https://cyberleninka.ru/article/n/opasnost-transzhirov-pischi-problema-

informirovannosti-naseleniya

2.

Starodubtseva

N.I.

TRANSJIRY

KAK

FAKTOR

RAZVITIYA

ZABOLEVANIY

//

Mirovaya

nauka.

2018

yil.

№4

(13).

URL:

https://cyberleninka.ru/article/n/transzhiry-kak-faktor-razvitiya-zabolevaniy

(ma'lumotlar manzili: 13.05.2024).

3.

https://www.who.int/news-room/fact-sheets/detail/trans-fat

4.

https://www.facebook.com/dr.Dilobar/posts/trans-yoglar-

%D1%82%D1%80%D0%B0%D0%BD%D1%81%D0%B6%D0%B8%D1%80%D1

%8B-arzon-lekin-xavfli-%EF%B8%8Ftogrisini-aytganda-ular-tabiatda-ham-

/1486014944933283/

5.

https://ok.ru/milliytao/topic/62570299315539

6.

https://uz.palatabledishes.com/10808808-the-benefits-of-fruits-and-vegetables

7.

https://yogaoutbreak.com/uz/2368-the-benefits-of-greenery-for-the-human-

div-tasty-and-healthy/

8.

https://xabardor.uz/uz/x/439232

9.

https://cyberleninka.ru/article/n/sog-lom-turmush-tarzi-va-uning-

shakllanishiga-ta-sir-ko-rsatuvchi-omillar

10.

https://m.ok.ru/faktlar/topic/62083273291109

Библиографические ссылки

Григорьева Наталья Михайловна, Кулешова Марина Валерьевна

ОПАСНОСТЬ

ТРАНСЖИРОВ

ПИЩИ:

ПРОБЛЕМА

ИНФОРМИРОВАННОСТИ НАСЕЛЕНИЯ // Вестник Челябинского

государственного университета. Образование и здравоохранение. 2020. №4 (12).

URL:

informirovannosti-naseleniya

Starodubtseva

N.I.

TRANSJIRY KAK FAKTOR RAZVITIYA

ZABOLEVANIY // Mirovaya nauka. 2018 yil. №4 (13). URL:

(ma'lumotlar manzili: 13.05.2024).

%D1%82%D1%80%D0%B0%D0%BD%D1%81%D0%B6%D0%B8%D1%80%D1

%8B-arzon-lekin-xavfli-%EF%B8%8Ftogrisini-aytganda-ular-tabiatda-ham

/1486014944933283/

body-tasty-and-healthy/

shakllanishiga-ta-sir-ko-rsatuvchi-omillar