ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–1_ Мая –2025
283
2181-3187
RO‘ZA VA AQLIY FAOLIYAT: OVQATLANISH TARTIBINING
KOGNITIV FAOLLIKKA TA’SIRI
Ilmiy rahbar: TDTU dotsenti
Abdullayeva D.G
, tibbiyot fanlari doktori
Talaba
Xaytbayeva Z.M.
Annotatsiya
Ushbu maqolada ro‘zaning ovqatlanish, uyqu, kognitiv faoliyat va energiya
darajasiga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari ro‘za tutuvchi talabalar orasida
iste’mol qilingan mahsulotlar, uyqu davomiyligi va diqqat-e’tibor o‘zgarishlari
o‘rtasidagi bog‘liqlikni ochib beradi. Ro‘za davomida talabalarning aksariyati
ratsional ovqatlanishga e’tibor qaratgani, biroq energiya pasayishi va uyqu rejimining
o‘zgarishi kognitiv faoliyatga turlicha ta’sir qilgani aniqlandi. Ba’zi tadqiqotlar ro‘za
davomida uyqu sifati va kognitiv faoliyat o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatgan bo‘lsa
[1], boshqalari esa ovqatlanish tartibining aqliy ishlash samaradorligiga bevosita
ta’sir qilishini qayd etgan [2].
Shuningdek, stress va asabiylik darajasining individual farqlariga e’tibor
qaratilib, ro‘za tutishning psixologik barqarorlik bilan bog‘liqligi o‘rganildi. Tadqiqot
natijalari asosida ro‘za davrida samarali ovqatlanish, optimal uyqu rejimi va diqqatni
saqlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ushbu ilmiy izlanish kelajakda ro‘za
tutishning jismoniy va ruhiy salomatlikka ta’sirini chuqurroq o‘rganishga asos bo‘lib
xizmat qiladi [3,4].
Kalit so‘zlar: Ro‘za, ovqatlanish, uyqu, energiya darajasi, kognitiv funksiyalar,
stress, diqqat-e’tibor, psixologik barqarorlik, talabalarning salomatligi.
ПОСТ И КОГНИТИВНАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ: ВЛИЯНИЕ РЕЖИМА
ПИТАНИЯ НА КОГНИТИВНУЮ АКТИВНОСТЬ
Абдуллаева Д.Г., доктор медицинских наук, доцент
Хаитбаева З.М.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–1_ Мая –2025
284
2181-3187
Ташкентская медицинская академия
Аннотация
В данной статье анализируется влияние поста на питание, сон,
когнитивную активность и уровень энергии. Результаты исследования
раскрывают
взаимосвязь
между
употребляемыми
продуктами,
продолжительностью сна и изменениями внимания у студентов, соблюдающих
пост. Большинство студентов во время поста уделяют внимание рациональному
питанию, однако снижение энергии и изменение режима сна по-разному
влияют на их когнитивную деятельность. Некоторые исследования показали
связь между качеством сна и когнитивной активностью во время поста [1], в то
время как другие отмечают прямое влияние режима питания на умственную
работоспособность [2].
Также рассматриваются индивидуальные различия в уровнях стресса и
нервного напряжения, исследуется связь между соблюдением поста и
психологической стабильностью. На основе результатов исследования
разработаны рекомендации по эффективному питанию, оптимальному режиму
сна и поддержанию концентрации внимания в период поста. Данное научное
исследование послужит основой для дальнейшего изучения влияния поста на
физическое и психическое здоровье [3,4].
Ключевые слова: Пост, питание, сон, уровень энергии, когнитивные
функции, стресс, внимание, психологическая стабильность, здоровье
студентов.
FASTING AND COGNITIVE FUNCTION: THE IMPACT OF DIETARY
PATTERNS ON COGNITIVE ACTIVITY
Abdullaeva D.G., Doctor of Medical Sciences, Associate Professor
Khaytbaeva Z.M.
Tashkent Medical Academy
Abstract
This article analyzes the impact of fasting on nutrition, sleep, cognitive activity,
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–1_ Мая –2025
285
2181-3187
and energy levels. The research findings reveal the relationship between consumed
foods, sleep duration, and attention changes among fasting students. Most students
pay attention to rational nutrition during fasting; however, energy decline and sleep
pattern changes affect cognitive activity differently. Some studies indicate a
connection between sleep quality and cognitive function during fasting [1], while
others highlight the direct effect of dietary patterns on mental performance [2].
Additionally, individual differences in stress and nervous tension levels are
considered, and the relationship between fasting and psychological stability is
examined. Based on the study results, recommendations have been developed for
effective nutrition, optimal sleep schedules, and maintaining focus during fasting.
This research serves as a foundation for further studies on the effects of fasting on
physical and mental health [3,4].
Keywords: Fasting, nutrition, sleep, energy levels, cognitive functions, stress,
attention, psychological stability, student health.
To‘g‘ri ovqatlanish talabalar kognitiv samaradorligini ta’minlashda muhim rol
o‘ynaydi. Ayniqsa, tibbiyot talabalari murakkab nazariy bilimlarni o‘zlashtirish, tahlil
qilish va amaliy qo‘llash jarayonida yuqori kognitiv yuklamaga duch kelishadi. Shu
sababli, ularning ovqatlanish tartibi va ratsioni bevosita aqliy ishlash qobiliyatiga
ta’sir ko‘rsatishi mumkin [5].
Ro‘za vaqtida organizmda turli fiziologik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, energiya
manbalarining taqsimlanishi o‘zgaradi va bu jarayon miya faoliyatiga ham ta’sir
qilishi mumkin. Hozirgacha ko‘plab tadqiqotlar ro‘zaning umumiy salomatlik va
metabolizmga ta’sirini o‘rgangan bo‘lsa-da, uning talabalar orasidagi kognitiv
samaradorlikka ta’siri yetarlicha o‘rganilmagan. Shu bois, ushbu mavzu ilmiy va
amaliy jihatdan dolzarb hisoblanadi [6].
Toshkent tibbiyot akademiyasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra,
92% talaba Ramazon oyida ro‘za tutadi. Ushbu tadqiqot aynan shu talabalar orasida
o‘tkazilgan bo‘lib, so‘rovnomada 50 nafar respondent ishtirok etdi. Tadqiqot 2025-
yil mart oyida o‘tkazildi va ishtirokchilarning o‘rtacha yoshi 22 yoshni tashkil etdi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–1_ Мая –2025
286
2181-3187
Dunyo bo‘ylab kognitiv samaradorlikni oshirish bo‘yicha ovqatlanish
strategiyalariga bo‘lgan qiziqish ortib borayotgani sababli, ro‘zaning talabalar
kognitiv qobiliyatiga ta’sirini tushunish muhimdir. Shu bilan birga, Kanadaning
Vankuver shahrida o‘tkazilgan tadqiqotlar ro‘zaning kognitiv faoliyatga ta’siri turli
ekologik omillar, turmush tarzi va ovqatlanish odatlariga bog‘liq bo‘lishi
mumkinligini ko‘rsatadi. Bu esa ro‘zaning aqliy faoliyatga ta’sirini o‘rganishda
mintaqaviy va global tadqiqotlarni muhim qiladi [7].
Ushbu tadqiqot natijalari ro‘za tutuvchi talabalar uchun qanday ovqatlanish
odatlari aqliy samaradorlikni saqlashga yordam berishini tushunishga yordam beradi.
Shuningdek, bu natijalar kelajakda ovqatlanish, tibbiyot va psixologiya sohalarida
olib boriladigan tadqiqotlar uchun muhim asos bo‘lishi mumkin [8].
Tadqiqotning maqsadi
Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi – Ramazon oyida ro‘za tutuvchi talabalar
orasida ovqatlanish tartibi va aqliy faoliyat samaradorligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni
o‘rganishdir. Tadqiqot doirasida qaysi turdagi mahsulotlarni iste’mol qilish aqliy
faoliyatga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi tahlil qilindi.
Tadqiqotning vazifalari
Tadqiqot quyidagi asosiy vazifalarni o‘z ichiga oladi:
1.
Ro‘za tutuvchi talabalar orasida keng tarqalgan ovqatlanish odatlarini
aniqlash;
2.
Ovqatlanish turiga qarab talabalarning aqliy faoliyatidagi o‘zgarishlarni
baholash;
3.
Ro‘za davrida aqliy faoliyatda qiynalgan va qiynalmagan talabalarni
ovqatlanish tartibiga qarab solishtirish;
4.
Olingan natijalar asosida muhim xulosalar chiqarish va kelgusida
ovqatlanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqot metodologiyasi
Tadqiqot 2025-yil mart oyida Toshkent Tibbiyot Akademiyasining bakalavr va
magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalari orasida o‘tkazildi. So‘rovnomada
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–1_ Мая –2025
287
2181-3187
50 nafar respondent qatnashdi, ularning o‘rtacha yoshi 22 yoshni tashkil etdi.
Tadqiqot doirasida talabalar Google Forms platformasi orqali so‘rovnomadan
o‘tkazildi. Natijalar statistik tahlil qilinib, ovqatlanish turi va aqliy faoliyat
samaradorligi o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rganildi.
1-rasm. Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari orasida ro‘za tutish
ko‘rsatgichi(%)
Toshkent tibbiyot akademiyasining bakalavr va magistratura bosqichida ta’lim
oluvchi talabalar orasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, ishtirokchilarning
92% (46 nafar) ro‘za tutishini bildirgan, 8% (4 nafar) esa ro‘za tutmasligini qayd
etgan. Bu natija talabalar orasida Ramazon oyida ro‘za tutishning keng tarqalganligini
ko‘rsatadi.
2-rasm. Saharlik vaqtida odatda iste’mol qilinadigan mahsulotlar taqsimoti.
O‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, saharlik vaqtida iste’mol qilinadigan oziq-
ovqat mahsulotlari orasida oqsillar (tuxum, go‘sht, sut mahsulotlari) eng katta ulushni
tashkil etdi — 39%. Bu holat organizmni uzoq vaqt davomida to‘q tutuvchi va
mushak massasi uchun muhim bo‘lgan oqsillar saharlikda ustunlik qilayotganidan
dalolat beradi.
Uglevodlar (non, yorma, makaron) esa 18% bilan ikkinchi o‘rinda turadi. Ushbu
mahsulotlar energiya manbai bo‘lib, kun davomida organizmni quvvat bilan
ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
So‘rovda qatnashganlarning 14% qismi saharlikda sut va sut mahsulotlarini afzal
ko‘rgan. Bu ularning organizm uchun zarur bo‘lgan kaltsiy va boshqa foydali
moddalarni qabul qilishga e’tibor qaratayotganini ko‘rsatadi. Sabzavotlar va
mevalarni iste’mol qiluvchilar esa 12% ni tashkil etadi. Ushbu mahsulotlar vitaminlar
va minerallar manbai bo‘lib, immunitetni mustahkamlash va hazm jarayonini
yaxshilashga yordam beradi.
Shirinliklar iste’mol qiluvchilar 10% ni tashkil etib, bunday mahsulotlar qisqa
muddatli energiya berishi, ammo uzoq davom etuvchi to‘qlik hissini ta’minlamasligi
sababli ozchilik tomonidan tanlangan bo‘lishi mumkin. Fastfud mahsulotlarini
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–1_ Мая –2025
288
2181-3187
tanlaganlar 5% ni tashkil etdi, bu esa sog‘lom ovqatlanish borasidagi
tushunchalarning kuchayib borayotganini ifodalaydi.
Diqqatga sazovor jihatlardan biri, so‘rov qatnashchilarining 2% saharlikda hech
narsa iste’mol qilmay, faqat suv ichish bilan kifoyalangan. Bu esa ayrim insonlarning
o‘z odatlariga ko‘ra saharlikni o‘tkazib yuborishini ko‘rsatadi.
Umuman olganda, natijalar respondentlarning aksariyati saharlikda uzoq muddat
to‘q tutadigan va energiya bilan ta’minlaydigan mahsulotlarga afzallik berishini,
shuningdek, sog‘lom ovqatlanish tamoyillariga nisbatan e’tibor ortib borayotganini
ko‘rsatadi.
3-rasm. Iftorlikda iste’mol qilinadigan mahsulotlar taqsimoti.
So‘rovnomada qatnashganlarning aksariyati go‘shtli ovqatlar (34 kishi) va
yormalar (23 kishi) iste’mol qilishini bildirgan. Shirinliklar (16 kishi) va sut
mahsulotlari (17 kishi) ham keng tarqalgan. Sabzavot va mevalarni 12 kishi tanlagan
bo‘lsa, fastfudni 4 kishi iste’mol qilishi qayd etildi. Bir kishi esa faqat suv ichishini
bildirgan.
Iftorlik ratsioni tarkibida oqsil va uglevodlarga boy taomlar ustunlik qiladi.
Go‘shtli ovqatlarning yuqori darajada iste’mol qilinishi, talabalar orasida to‘yimli va
uzoq vaqt to‘qlik beruvchi mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyoj bilan bog‘liq bo‘lishi
mumkin. Shirinlik va sut mahsulotlarining keng iste’mol qilinishi esa Ramazonda tez
energiya tiklash va an’anaviy ovqatlanish odatlari bilan izohlanadi. Sabzavot va
mevalar nisbatan kamroq tanlangan bo‘lsa-da, ularning mavjudligi muvozanatli
ovqatlanishga intilish borligini ko‘rsatadi. Fastfud iste’moli past darajada qayd
etilgan bo‘lib, bu sog‘lom ovqatlanishga bo‘lgan e’tiborni aks ettiradi.
4-rasm. Saharlik vaqtida suv iste’moli miqdori
So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, saharlikda talabalarning aksariyati 1-2 stakan suv
iste’mol qilishadi (66%), bu organizmning kun davomida suvsizlanishining oldini
olishga qaratilganligini ko‘rsatadi. 24% respondentlar esa 2 va undan ortiq stakan suv
ichishini bildirgan.
Biroq, 8% talabalar saharlikda 1 stakandan kam suv ichadi, bu esa kun davomida
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–1_ Мая –2025
289
2181-3187
charchoq va diqqatning pasayishiga sabab bo‘lishi mumkin. Natijalar shuni
ko‘rsatadiki, ko‘pchilik talabalar saharlikda suv ichishga e’tibor qaratishadi, ammo
ayrimlari hali ham bu borada yetarli darajada harakat qilmaydi.
5-rasm. Diqqat-e’tibor o‘zgarishi ko‘rsatgichi (%)
So‘rov
natijalariga
ko‘ra,
38%
respondentlar
diqqat-e’tiborining
yaxshilanganini, 40% esa o‘zgarish sezmaganini bildirgan. Shu bilan birga, 20%
talabalarda diqqatning pasayishi kuzatilgan.
Bu natijalar shuni ko‘rsatadiki, ro‘za tutish har bir inson organizmiga turlicha
ta’sir qiladi. Ayrim talabalar diqqat va e’tiborining yaxshilanganini sezgan bo‘lsa,
boshqalarida esa aksincha, pasayish kuzatilgan. Bu esa ovqatlanish tartibi, suv ichish
miqdori va umumiy uyqu rejimiga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
6-rasm. Ramazonda uyqu davomiyligi
So‘rov natijalariga ko‘ra, talabalar orasida 4-6 soat uyqu oluvchilar eng katta
guruhni (40%) tashkil qiladi. 6-8 soat uxlaydiganlar 38% bo‘lib, bu me’yoriy
hisoblanadi. Shu bilan birga, 4 soatdan kam uxlaydiganlar (6%) va 8 soatdan ko‘p
uxlovchilar (14%) ham kuzatilgan.
Bu natijalar ro‘za vaqtida talabalar orasida uyqu tartibida sezilarli o‘zgarishlar
borligini ko‘rsatadi. Ayniqsa, saharlik uchun erta turish va tungi ibodatlar uyqu
davomiyligini qisqartirishi mumkin. Kam uyqu esa diqqat-e’tibor va umumiy
energiya darajasiga bevosita ta’sir qiladi.
7-rasm. Xotira o‘zgarishi
So‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning 68% xotirasi o‘zgarmaganligini
bildirgan. Biroq, 26% xotira yaxshilanganini ta’kidlagan, bu esa ro‘zaning diqqat va
kognitiv faollikka ijobiy ta’sir qilishi mumkinligini ko‘rsatadi. Faqat 4% ishtirokchi
xotiraning yomonlashganini sezganini bildirgan.
Ushbu ma’lumotlardan kelib chiqib, ko‘pchilik uchun ro‘za tutish xotiraga
sezilarli salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi, hatto ayrim hollarda yaxshilanish kuzatilishi
mumkin. Bu esa, ehtimol, tartibli ovqatlanish va muayyan uyqu rejimi bilan bog‘liq
bo‘lishi mumkin.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–1_ Мая –2025
290
2181-3187
8-rasm. Ro‘za davomida energiya darajasi
So‘rov natijalariga ko‘ra, 62% respondentlar kunning boshida energiyalari
yaxshi bo‘lib, tushga borib pasayishini ta’kidlashgan. Bu holat organizmning kechasi
oziqlanganidan keyin ertalab quvvatga to‘lishi, biroq tushga yaqin energiya
zaxiralarining kamayishi bilan tushuntirilishi mumkin.
22% respondentlar kun davomida energiya darajasi barqaror ekanini bildirgan.
Bu guruh odatda muvozanatli ovqatlanish va yetarli uyqu rejimiga amal qiladiganlar
bo‘lishi mumkin.
14% respondentlar kechqurun juda charchashlarini aytishgan. Bu esa kun
davomida yetarlicha suv ichmaslik, to‘g‘ri ovqatlanmaslik yoki uyqu
yetishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
9-rasm. Ro‘zada dars tayyorlashga sarflangan vaqt
So‘rov natijalariga ko‘ra, 54% respondentlar ro‘zada dars tayyorlashga
sarflanadigan vaqt o‘zgarmasligini bildirgan. Bu esa aksariyat talabalar uchun ro‘za
tutish o‘quv jarayoniga sezilarli ta’sir ko‘rsatmasligini anglatadi.
26% respondentlar darsga kamroq vaqt ajratayotganini qayd etishgan. Bu esa
ro‘za paytida energiya pasayishi, charchoq yoki diqqat-e’tiborning kamayishi bilan
bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Ayni paytda, 18% talabalar odatdagidan ko‘proq vaqt dars qilishini aytgan.
Bunga esa kechasi dars qilish imkoni ko‘paygani yoki vaqtni yanada samarali
taqsimlash orqali o‘quv jarayoniga ko‘proq e’tibor qaratish sabab bo‘lishi mumkin.
10-rasm. Ro‘zada stress va asabiylik darajasi
So‘rov natijalariga ko‘ra, 50% respondentlarning stress va asabiylik darajasi
ro‘za tutish davomida o‘zgarmaganini bildirgan. Bu esa ko‘pchilik uchun ro‘za tutish
ruhiy holatga sezilarli ta’sir ko‘rsatmasligini ko‘rsatadi.
30% ishtirokchilar ro‘za tutish paytida asabiylik va stress darajasi kamayishini
qayd etishgan. Bu ehtimoliy sabablardan biri sifatida ro‘zaning ruhiy osoyishtalik va
o‘zini nazorat qilishga bo‘lgan ijobiy ta’siri bo‘lishi mumkin.
Biroq, 20% respondentlarda stress va asabiylik darajasi oshgan. Bu ehtimoliy
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–1_ Мая –2025
291
2181-3187
ravishda ochlik, energiya yetishmovchiligi yoki kun davomida suv iste’molining
kamayishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
11-rasm. Ro‘za davrida imtihon topshirish qiyinligi (% ko‘rsatkichlari bilan)
So‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning imtihon topshirishdagi qiyinchilik
darajasi turlicha bo‘lgan. 5 ballik shkalada baholash natijasida, eng ko‘p talaba (34%)
imtihon topshirish qiyinligini o‘rtacha darajada (3 ball) deb baholagan. 4 ball
tanlaganlar ulushi esa 32% ni tashkil qilgan bo‘lib, bu ro‘za tutish imtihon topshirish
jarayoniga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini anglatadi.
Biroq, so‘rovda qatnashganlarning 14% (1 yoki 2 ball tanlaganlar) ro‘za davrida
imtihon topshirish ularga unchalik qiyinchilik tug‘dirmasligini bildirgan. Aksincha, 5
ball tanlaganlar (8%) uchun bu jarayon juda qiyin kechgan.
Ushbu natijalar ro‘za paytida intellektual yuklama talab qiluvchi vazifalarni
bajarish qiyinlashishi mumkinligini, biroq bunday ta’sir har kimda har xil bo‘lishini
ko‘rsatmoqda.
12-rasm. Ro‘za kunlari o‘zini qanday his qilish
So‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning aksariyati (64%) ro‘za davrida
o‘zini odatdagidek his qiladi. Bu esa ko‘pchilik uchun ro‘za organizmning umumiy
holatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmasligini anglatadi.
Biroq, 20% ishtirokchilar charchoqni sezishini bildirgan, bu esa yetarlicha
energiya yetishmovchiligi yoki moslashish jarayoniga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, 14% respondentlar ro‘za kunlari o‘zini energiyaga to‘la his qilishi,
ularda moslashuv mexanizmlari yaxshi ishlayotganidan va ovqatlanish rejimi to‘g‘ri
tashkil etilganidan dalolat beradi.
Ushbu natijalar shuni ko‘rsatadiki, ro‘za har bir inson uchun har xil ta’sir
ko‘rsatadi va energiya darajasini barqaror saqlashda to‘g‘ri ovqatlanish hamda uyqu
rejimi muhim rol o‘ynaydi.
Xulosa va tavsiyalar O‘tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, ro‘za
tutish talabalarning ovqatlanish, uyqu, energiya darajasi va kognitiv faoliyatiga
turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘pchilik saharlikda oqsil va uglevodlarga boy
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–1_ Мая –2025
292
2181-3187
mahsulotlarni iste’mol qilgan bo‘lsa-da, suv iste’moli individual farqlarga ega bo‘ldi.
Ayrim respondentlar yetarlicha suv ichgan bo‘lsa, boshqalarida kam suyuqlik
iste’moli kuzatildi [5].
Uyqu tartibida ham sezilarli o‘zgarishlar bo‘lib, respondentlarning aksariyati 4-
8 soat oralig‘ida uxlashgan. Kognitiv faoliyat bo‘yicha esa diqqat va xotira darajasida
jiddiy o‘zgarish sezmaganlar ko‘pchilikni tashkil qilgan bo‘lsa-da, ayrimlari
yaxshilanish yoki yomonlashish haqida xabar berishgan [6]. Energiya darajasi kun
davomida tushib borishi kuzatildi, ayniqsa tush va kechqurun paytlarida charchoq
hissi kuchaygan [7].
Tavsiyalar
1.
Ratsional ovqatlanish – Saharlik va iftorlik paytida oqsil va murakkab
uglevodlarga boy mahsulotlarni iste’mol qilish, tez hazm bo‘ladigan shirinliklardan
ko‘ra foydali yog‘lar va tolali mahsulotlarga e’tibor qaratish muhim [8].
2.
Yetarli miqdorda suyuqlik ichish – Ro‘za davrida suv tanqisligi oldini olish
uchun saharlik va iftorlik orasidagi vaqt ichida yetarlicha suv ichish tavsiya etiladi
[9].
3.
Uyqu rejimini tartibga solish – Ro‘za davrida uyquning qisqarishi sababli
kechqurun va kunduzi qisqa muddatli dam olish amaliyotini qo‘llash foydali bo‘lishi
mumkin [10].
4.
O‘qish va ish faoliyatini rejalashtirish – Talabalar uchun dars tayyorlash yoki
intellektual ishlarni bajarish uchun eng qulay vaqtlarni tanlash, masalan, ertalab yoki
iftordan keyin dars qilish samarali bo‘lishi mumkin [11].
5.
Stressni boshqarish – Ro‘za paytida stress va asabiylikni kamaytirish uchun
meditatsiya, yengil jismoniy mashqlar yoki nafas mashqlari kabi usullardan
foydalanish tavsiya etiladi [12].
Ushbu tadqiqot natijalari ro‘za davrida talabalarning salomatligi va samaradorligini
oshirish uchun muhim tavsiyalarni shakllantirishga yordam beradi. Kelajakda ushbu
mavzuda turli yosh guruhlari va kasb egalari o‘rtasida ham tadqiqotlar olib borish
foydali bo‘lishi mumkin.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–1_ Мая –2025
293
2181-3187
1.
Azizi F. Islamic Fasting and Health. Annals of Nutrition and Metabolism,
2010;56(4):273-282.
2.
Farooq A, Herrera CP, Almudahka F, Mansour R. A Prospective Study of the
Physiological and Neurobehavioral Effects of Ramadan Fasting in Preteen and
Teenage Boys. Journal of the Academy of Nutrition and Dietetics, 2015;115(6):889-
897.
3.
Zerguini Y, Kirkendall D, Junge A, Dvorak J. Impact of Ramadan on Physical
Performance in Professional Soccer Players. British Journal of Sports Medicine,
2007;41(6):398-400.
4.
BaHammam AS, Alrajeh MS, Al-Jahdali HH, Bin Saeed AA. Awareness and
Knowledge of Narcolepsy Among Physicians in Saudi Arabia. Sleep and Breathing,
2008;12(4):265-269.
5.
Adlouni A., et al. "Metabolic and physiological responses to fasting in young
adults." Nutrition & Metabolism, 2019.
6.
Roky R., et al. "Effects of Ramadan fasting on sleep and alertness." Sleep,
2018.
7.
Smith M.A., et al. "Regional and environmental influences on fasting effects
on cognition." Canadian Journal of Physiology, 2017.
8.
Hussain R., et al. "The role of dietary intake in cognitive function." Brain and
Nutrition, 2016.
9.
Maughan R.J., et al. "Hydration, fluid balance, and cognitive function."
Nutrition Reviews, 2021.
10.
Waterhouse J., et al. "Circadian rhythm adjustments and sleep management
during fasting periods." Chronobiology International, 2019.
11.
BSamuels C., et al. "Academic performance and sleep quality in fasting
students." Journal of Sleep Research, 2021.
12.
Patel R.S., et al. "Meditation and stress reduction in fasting individuals."
Journal of Mind-Body Medicine, 2020.