Авторы

  • Choriyev Rustam Alisher o‘g‘li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.126142

Ключевые слова:

Yer polotnosi sifat nazorati zichlik deformatsiya monitoring georadar dala sinovlari laboratoriya tekshiruvlari vibratsion zichlashtirish cho‘kish geotexnika.

Аннотация

Ushbu maqolada tezyurar va yuqori tezlikdagi temir yo‘l 
magistrallarida er polotnosi sifatini nazorat qilishning zamonaviy usullari yoritiladi. 
Grunt zichligi, cho‘kish ko‘rsatkichlari, namlik darajasi, yuklamalarga chidamlilik 
kabi parametrlarning o‘lchash usullari, laboratoriya va dala sinovlari, 
avtomatlashtirilgan monitoring tizimlari haqida tahliliy ma’lumotlar keltirilgan. 
Shuningdek, xalqaro tajribalar va O‘zbekiston amaliyotidan misollar berilgan.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-73

Часть–2_ июл–2025

277

2181-

3187

TEZYURAR VA YUQORI TEZLIKDA HARAKATLANADIGAN TEMIR

YO‘LLAR YER POLOTNOSI SIFATINI NAZORAT QILISH

Choriyev Rustam Alisher o‘g‘li

choriyevr888@gmail.com

(Toshkent Davlat Transport Universiteti)

Annotatsiya:

Ushbu maqolada tezyurar va yuqori tezlikdagi temir yo‘l

magistrallarida er polotnosi sifatini nazorat qilishning zamonaviy usullari yoritiladi.

Grunt zichligi, cho‘kish ko‘rsatkichlari, namlik darajasi, yuklamalarga chidamlilik

kabi parametrlarning o‘lchash usullari, laboratoriya va dala sinovlari,

avtomatlashtirilgan monitoring tizimlari haqida tahliliy ma’lumotlar keltirilgan.

Shuningdek, xalqaro tajribalar va O‘zbekiston amaliyotidan misollar berilgan.

Kalit so‘zlar:

Yer polotnosi, sifat nazorati, zichlik, deformatsiya, monitoring,

georadar, dala sinovlari, laboratoriya tekshiruvlari, vibratsion zichlashtirish,

cho‘kish, geotexnika.

Yer polotnosini qurish ishlari boshlanmasdan avval karer, o‘yma, tabiiy

asoslardagi gruntlar tarkibi va holatini loyihada qabul qilingan va haqiqiy

ko‘rsatkichlarining o‘zaro muvofiqligi tekshirilishi kerak.

Namunalarning tarkibi (turi, xili) va namligi ishlabchiqarish laboratoriyalarida

amaldagi DavSt bo‘yicha aniqlanadi. O‘yma, karerlarni qazish vaqtida gruntlarning

namlanish va qurish sharoitlariga qarab, ularning namligini o‘zgarishi muntazam

kuzatib boriladi. Namlikni aniqlash maqsadida, havo o‘zgarmas bo‘lgan vaqtda xaftada

bir marta, o‘yma va karerlardagi har 10 000 m

3

er hajmi uchun kuniga kamida 2 marta,

intensivligi 5 mm/sut bo‘lgan yomg‘irlardan keyin esa har kuni namunalar olinishi

lozim.

Operatsion nazorat ishlabchiqarish jarayonida bajarilayotgan ishlarni loyiha

hujjatlari talablariga va belgilangan texnologiyaga muvofiqligini aniqlash maqsadida


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-73

Часть–2_ июл–2025

278

2181-

3187

amalga oshiriladi. Operatsion nazorat ishlarni mumiy bajarish vaqti davomida

bajarilgan barcha ish turlarining to‘liq hajmini qamrab olishi kerak.

Uzluksiz nazorat qilib boriladigan er polotnosini qurish sifati ko‘rsatkichlariga

quyidagilar kiradi: tarh va profilda yuzaki er polotnosi o‘qiy chizig‘ini to‘g‘riligi,

ko‘ndalang nishabliklarga rioya qilinganlik, er polotnosi kengligi, yonbag‘irlarning

qiyaligi, suvlarni chetlatish va drenaj inshootlarini, yonbag‘irlarni mustahkamlanishini

to‘g‘ri

bajarilganligi,

gruntlarni

zichlashtirish

koeffitsientlari,

gruntlarni

deformatsiyalanish modullari, himoya qatlamlarining me’yoriy qalinligi. Operatsion

nazorat bosqichida gruntni zichlash sifatini nazorati har bir texnik qatlamda bajarib

boriladi. Ko‘tarma sirti, ikkinchi qatlam va er polotnosi asosiy maydonchasining

ko‘ndalang nishabliklari hamda balandlik belgilarining loyihaga muvofiqligi

piketlarda kamida ikkita ko‘ndalang kesim bo‘yicha olib borilgan o‘lchashlar orqali

tekshirib turiladi.

Himoya qatlamlari qalinligi yuzaning har 1000 m

2

kamida bir marta tekshirilgan

bo‘lishi kerak. Bu qatlamlarning kengligi esa yo‘lning har 30 metrida kamida bir

martadan tekshirib turilishi lozim. Sifat ko‘rsatkichlarini o‘lchash va baholash ishlari

zaxvatkada ko‘tarma qatlami, o‘yma uchastkasi, er polotnosining boshqa qismini barpo

etish bo‘yicha operatsiyalaridan keyin bajariladi.

Operatsion nazorat texnologik xarita tarkibidagi operatsion nazorat sxemalariga

yoki har bir texnologik jarayon uchun ishlarni bajarish loyihasini ishlab chiqishda

tuziladigan sxemalarga muvofiq amalga oshiriladi.

Er polotnosi buyurtmachining texnik nazorati va loyiha tashkilotining muallif

nazorati (amalga oshirish kerak bo‘lsa) ularning vakillari ishtirokida olib borilishi

kerak.

Er polotnosi qabul qilinmasdan turib, yo‘l ustki qurilmasini yaratish ishlarini

bajarish mumkin emas. Er polotnosi butunlay tayyor holatda topshirishga taqdim

etiladi. Er polotnosi bilan birgalikda ustki qoplami ochilgan (rekultivatsiya qilingan)

grunt karerlari va ag‘darilgan tuproq uyumlari topshirishga taqdim etilishi kerak.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-73

Часть–2_ июл–2025

279

2181-

3187

Er polotnosi va tarkibidagi inshootlar joyda ko‘z bilan kuzatish natijalari, nazorat

o‘lchashlari, ijro chizmalari, yashirin ishlarni tekshirilganlik haqida dalolatnomalar,

ishlabchiqarish nazorati hujjatlari, jami ishlar jurnali hamda mahsus kuzatuv va

laboratoriya sinovlari jurnallari asosida qabul qilinadi.

Drenaj inshootlarini bajarilgan ishlar alohida elementlarning tayyor bo‘lishiga

qarab yashirin ishlar sifatida qabul qilinadi. Odatda, bo‘ylama drenaj alohida oraliq

qabul qilish jarayonida qabul qilinadi. Tayyor er polotnosini qabul qilishda ko‘tarmaga

solingan gruntlarning sifati va ularning zichlash darajasi bajarilgan ishlabchiqarish

nazorati bosqichlarining hujjatlari bilan laboratoriya sinovlari ma’lumotlari asosida

tekshiriladi. Bunda quvurlar ko‘milgan joylariga hamda ko‘priklarga kirish joylariga

alohida e’tibor qaratiladi.

Gruntlar va ularni zichlatirish darajasining sifat ko‘rsatkichlarini tasdiqlash

uchun, nazorat tekshiruvlari tayinlanishi kerak. Nazorat sinovlari hajmi operatsion

nazoratida bajariladigan sinovlar hajmining 1/3 qismidan kam bo‘lmasligi lozim.

Er polotnosi majmuasi tarkibidagi suvlarni chetlatish inshootlari (yo‘l chetidagi

ariqlar, suvlarni chiqarib tashlash tizimi ariqlari va h.k.) ni qabul qilinganda bo‘ylama

va ko‘ndalang nishabliklar, ko‘ndalang kesimlarning o‘lchamlari tekshirilgan bo‘lishi

kerak. Hamma suv chetlatish inshootlari suvni loyihada ko‘rsatilgan joylarga

to‘xtamay oqib turishi uchun mo‘ljallangan muttasil suv chiqargichga ega bo‘lishi

zarur.

Er polotnosini loyilash jarayonida loyihalarda qurilishni atrofdagi tabiatga salbiy

ta’sirini kamaytirishga imkon beradigan konstruksiyalar va ishlarni bajarish

texnologiyalari nazarda tutilishi kerak.

Atrof muhitni tobora yomonlashib borishini oldini olish, qurilish jarayonida

buzilgan tabiiy tizimlarni tiklash hamda butun transport-tabiat tizimini bundan keyngi

rivojlanishining ekologik-iqtisodiy balansini ta’minlash uchun, loyihalanayotgan er

polotnosini atrof muhitga ko‘rsatadigan ta’sirini baholanishi (AMTB) ni ham nazarda

tutish zarur.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-73

Часть–2_ июл–2025

280

2181-

3187

AMTB xo‘jalik faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha qarorlarni tayyorlash tizimining

alohida bosqichi bo‘lib, loyiha echimlarini qabul qilishdan avval ishlab chiqiladi va

loyiha-smeta hujjatlar tarkibiga kiritiladi va alohida hujjat sifatida rasmiylashtiriladi.

“Atrof muhitni muhofalash” bo‘limi SHNK 1.03.01-08 binoan ishlab chiqiladi

hamda ekologik xavfsizlikka oid AMTB nizomlarining bajarilishini ta’minlovchi

loyiha choralari majmuining loyiha qarorlaridan tashkil topadi.

Er polotnosining asosiy konstruktiv echimlari erlarni iloji boricha qurilish

ixtiyoriga kam o‘tkazilishini, qurilish va ekspluatatsiya jarayonlarida flora va faunani

iloji boricha ko‘proq saqlab qolinishini ta’minlashi kerak, shu jumladan quyidagilarni

hisobiga ham:

qoyatoshli va yumshoq gruntlarda o‘ymalarni iloji boricha kamroq

qazilishini;

tegishli darajada tik yonbag‘irli ko‘tarmalar qurilishini;

o‘ymalar o‘rniga tonnellar, ko‘tarmalar o‘rniga estakadalar qurilishini;

er

polotnosini

loyihalash

va

qurish

jarayonlarida

texnologiyani

soddalashtiruvchi va atrof muhitga kam ta’sir etuvchi yangi konstruktiv echimlar

hamda materiallardan (an’anaviylar o‘rniga) foydalanishni.

Uzun qiyaliklarda ko‘tarmalarning yonbag‘irlari joylashadigan maydonni

kamaytirish maqsadida, yonbag‘irlarning quyi qismini turli xil tirgovuch inshootlar

yordamida mustahkamlash tavsiya etiladi. Ko‘tarma balandligi 8 m dan 20 m ga qadar

bo‘lganda, ko‘tarmalar o‘rniga estakadalarni qurish maqsadga muvofiqdir. Estakadalar

juda katta er maydonlarini tejashga, shovqin va vibratsiya kuchini kamaytirishga,

hamda trassa uzunligini qisqartirishga imkon beradi.

CHuqurligi 25 m katta o‘ymalar o‘rniga tonnellarni qurish maqsadga muvofiq.

SHunda mavjud landshaft saqlanib qoladi.

Er polotnosini qurishda atrof muhitga ta’sir etuvchi omillar quyidagilardan iborat:

ko‘tarma va o‘ymalar, qurilish maydonchalar hamda vaqtincha posyolkalar

uchun ajratilgan erlarni shikastlanishi;


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-73

Часть–2_ июл–2025

281

2181-

3187

qurilish mashinalar, mexanizmlarning ishlashi natijasida ajralib chiqadigan

zararli chiqindilar, qurilish changi bilan havoni ifloslanishi;

suv havzalarini xo‘jalik-maishiy, ishlabchiqarish va oqindi yomg‘ir

suvlaribilan ifloslanishi;

qurilish maydonchalari va vaqtincha posyolkalarni maishiy hamda qurilish

chiqindilari bilan ifloslanishi;

qurilish mashina va mexanizmlari ishidan hosil bo‘ladigan vibratsiya va

shovqin.

Loyihada quyidagilarni nazarda tutish kerak:

er polotnosini qurish, hamda qurilish maydonchalari va vaqtincha posyolkalar

uchun mo‘ljallangan uchastkalarda tuproq qatlamini oldindan olib tashlashni;

ishdan chiqarilgan foydali erlarni rezerv, karer, ag‘darilgan tuproq uyumlari,

erni tashish yo‘llari, vaqtincha qurilish maydonchalariva poselkalar bilan birga

rekultivatsiya qilishni.

Tezyurar va yuqori tezlikdagi temir yo‘llar xavfsizligi bevosita yer polotnosi

sifatiga bog‘liq. Sifat nazoratining muntazam va zamonaviy usullar asosida olib

borilishi yo‘lning barqarorligi, chidamliligi va uzoq muddatli xizmatini ta’minlaydi.

Dala sinovlari, laboratoriya tadqiqotlari, geofizik tekshiruvlar va avtomatlashtirilgan

monitoring tizimlari birgalikda qo‘llansa, er polotnosi sifati yuqori darajada

kafolatlanadi.O‘zbekiston sharoitida mavjud texnologiyalar va xalqaro tajribani

uyg‘unlashtirish orqali yuqori tezlikdagi temir yo‘l infratuzilmasining sifatini yangi

bosqichga olib chiqish mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

И.А. Каримов. Ислоҳотлар стратегияси – мамлакатимиз иқтисодий

салоҳиятини юксалтиришдир. 2003 й. 17 февралда Вазирлар махкамаси

мажлисидаги маъруза. Т., «Ўзбекистон», 2003.

2.

Доклад первого Президента Республики Узбекистан И.А. Каримова на

заседании правительства по итогам 2010 года. Газета «Народное слово»,


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-73

Часть–2_ июл–2025

282

2181-

3187

22.01.2011 год. № 166.

3.

G Drysdale Dempsey “Practical Railway Engineer” London. 2005.

4.

Temir yo’lar umumiy kursi. A.Sh. Shorustamov, R.Ya. Abdullayev,

S.X.Xusanov, Toshkent. 2007-yil

5.

Бройтман Э.З., Боровикова М.С., Осьминин А.Т. Эксплуатационная работа

станций и отделений: Учеб. пособие для техникумов и колледжей ж.- д. трансп.-

М.: Желдориздат, 2002. – 242с.

6.

Железные дороги: Общий курс: Учебник для вузов /М.М.Уздин,

Ю.И.Ефименко, В.И.Ковалев и др.; Под ред. М.М.Уздина. - 5-е изд. - СПб.:

Информ. центр «Выбор», 2002. -368с.

7.

Железнодорожный путь /Т.Г.Яковлева, Н.И.Карпушенко, С.И.Клинов и др.;

Под ред. Т.Г.Яковлевой. – М.: Транспорт, 1999. – 405 с.

8.

Железнодорожные станции и узлы: Учебник для вузов ж.-д. трансп. /

В.Г.Шубко, Н.В.Правдин, Е.В. Архангельский и др.; Под ред. В.Г.Шубко,

Н.В.Правдина. –М.: УМК МПС России, 2002. – 368 с.

9.

Железнодорожные станции и узлы / Ю.И.Ефименко, С.И.Логинов,

В.Е.Павлов и др. – СПб.: Изд-во ПГУПС, 1996. – 202 с.

10.

Общий курс железных дорог: Учебник для техникумов и колледжей ж.- д.

трансп. / В.Н.Соколов, В.ФЖуковский, С.В.Котенкова, А.С.Наумов. - М.: УМК

МПС России, 2002. - 296 с.

11.

Основы эксплуатационной работы железных дорог: Учеб. пособие для студ.

сред. проф. образования / В.А.Кудрявцев, В.И.Ковалев, А.П.Кузнецов и др.; Под

ред. В.А.Кудрявцев. - М.: Проф.Обр.Издат, 2002

12.

Станционные системы автоматики и телемеханики / Вл.В.Сапожников,

Б.Н.Ёлкин, И.М.Кокурин и др.; Под ред. Вл.В.Сапожникова - М.: Транспорт,

2000. – 432 с.

13.

СТН Ц-01-95. Железные дороги колеи 1520 мм.- М.: МПС России, 1995.-86 с.

СНиП 32-01-95. Железные дороги колеи 1520 мм.-М.: Минстрой России, 1995. -

20с.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-73

Часть–2_ июл–2025

283

2181-

3187

14.

Темир йўл атамаларининг русча-ўзбекча қисқа луғати, Ибрагимов И. И.,

Гроссман Л.М., Мацкель С. С., Худоберганов К. Т. Тошкент

«Ўқитувчи». 1993. – 67 бет.

15.

Темир йўл қурилиши, йўл ва йўл хўжалиги атамалари ва тушунчаларининг

русча-ўзбекча луғати, Расулев А. Ф., Фозилова З. Т., Махаматалиев Э. М.:

Тошкент, 2005. -41 бет

Библиографические ссылки

И.А. Каримов. Ислоҳотлар стратегияси – мамлакатимиз иқтисодий

салоҳиятини юксалтиришдир. 2003 й. 17 февралда Вазирлар махкамаси

мажлисидаги маъруза. Т., «Ўзбекистон», 2003.

Доклад первого Президента Республики Узбекистан И.А. Каримова на

заседании правительства по итогам 2010 года. Газета «Народное слово»,

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)