Ta’limda baholashning ahamiyati va mazmun mohiyoti

Аннотация

Taʼlim–insonni hayotga tayorlash uchun unga keraklibilim berish, malaka va koʻnikmalar hosil qilish jarayoni bo’libhisoblanadi. Taʼlim jamiyat qurilishining muhim muammolarini hal qilish– jamiyatning moddiy-texnika bazasini yaratish, ijtimoiy munosabatlarni tarkib toptirish, yangi kishini tarbiyalashga katta rol oynaydi.Taʼlimning maqsadi,xarakteri, yoʻnalishlari obyektiv hayot talablariga muvofiq holda oʻzgarib boradi.

CC BY f
210-211
34

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Давлетмуратова U. . (2024). Ta’limda baholashning ahamiyati va mazmun mohiyoti. Преимущества и проблемы использования достижений отечественной и мировой науки и технологии в сфере иноязычного образования, 1(1), 210–211. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/field-foreign-education/article/view/32583
Улбосин Давлетмуратова , Нукусский государственный педагогический институт имени Ажинияза
докторант
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Taʼlim–insonni hayotga tayorlash uchun unga keraklibilim berish, malaka va koʻnikmalar hosil qilish jarayoni bo’libhisoblanadi. Taʼlim jamiyat qurilishining muhim muammolarini hal qilish– jamiyatning moddiy-texnika bazasini yaratish, ijtimoiy munosabatlarni tarkib toptirish, yangi kishini tarbiyalashga katta rol oynaydi.Taʼlimning maqsadi,xarakteri, yoʻnalishlari obyektiv hayot talablariga muvofiq holda oʻzgarib boradi.


background image

210

Discussion on how to teach grammar effectively and how to provide effective grammar practice

for students has always been a major concern for both language teachers and learners. In order to
make a grammar instruction meaningful, there are some reason to take into consideration: students
need to think critically when given grammar concepts and rules; they have a better understanding of
grammar if the grammar instruction is sequenced; students need regular practice of what they are
being taught; students need to acquire grammatical skills that will allow them to be able to transfer
their comprehension of grammar knowledge to reading, writing, and real life. Brown [2;98]
mentioned that grammar should be taught in accurate communicative contexts, thus encouraging
fluency and accuracy. He also offered a set of guidelines for teaching grammar for effective
communication: simple explanations, clear examples, relevant visual teaching aid; grammar should
be presented in an interesting, motivating way for the students, taking into account learners’ cognitive
style, as well.

REFERENCES

1.

Batstone, R. and R. Ellis. 2009. Principled grammar teaching. System 37: 194–204

2.

Brewster, J., Ellis, G. & Girard, D. 1992.The Primary English Teacher’s

Guide.London: Penguin.

3.

Brown, H. Douglas. 1994. Teaching by Principles: An Interactive Approach to Language

Pedagogy. New Jersey: Prentice Hall.

4.

Canale, M. And M. Swain. 2006. “Theoretical Bases of Communicative Approach to Second

Language Teaching and Testing”. Applied Linguistics 7/1-74.

5.

Celce Murcia, Maianne (Ed). 2001. Teaching English as a Second Foreign Language.

Boston, MA: Heinle and Heinle Thomson Learning.

6.

Coghill, Jeffrey and Stacy, Magendanz. 2003. English Grammar. New York: Wiley

Publishing, Inc.

7.

Cross, David. 1995. A Practical Hand book of Language Teaching. London: Phoenic ELT.

8.

Harmer, Jeremy. 2010. How to Teach English: An Introduction to the Practice of

English Language Teaching. Essex: Longman.

TA’LIMDA BAHOLASHNING AHAMIYATI VA MAZMUN MOHIYOTI

Davletmuratova Ulbosin Maxsetovna

NDPI Ingliz tili va adabiyoti 1 bosqich doktoranti


Taʼlim–insonni hayotga tayorlash uchun unga keraklibilim berish, malaka va koʻnikmalar hosil

qilish jarayoni bo’libhisoblanadi. Taʼlim jamiyat qurilishining muhim muammolarini hal qilish–
jamiyatning moddiy-texnika bazasini yaratish, ijtimoiy munosabatlarni tarkib toptirish, yangi kishini
tarbiyalashga katta rol oynaydi.Taʼlimning maqsadi,xarakteri, yoʻnalishlari obyektiv hayot
talablariga muvofiq holda oʻzgarib boradi. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul
qilingan „Taʼlim toʻgʻrisida“gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi taʼlim tizimining barcha
yoʻnalishlarini takomillashtirish va rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochib berdi.
Mamlakatimizda xalq taʼlimi boʻlimlari qoshida bolalarni maktab taʼlimiga tayyorgarligini
belgilaydigan „Tashhis markazlari“ tashkil etildi, oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalarini reyting
asosida nazorat qilish, maktab bitiruvchilarini yakuniy attestatsiyasini kompyuter yordamida test
orqali amalga oshirish, taʼlim amaliyotini diagnostik taxlil qilish, taʼlim muassasalarida marketing
tizimidan foydalanish kabi qator pedagogik yangiliklar joriy etildi.Hozirgi sharoitda ijtimoiy talablar,
oʻquvchilarning imkoniyati va ehtiyojlariga muvofiq taʼlim tobora takomillashtirilib, yangi metod va
shakllariishlab chiqilmoqda.

Ta’lim tizimining samarasini belgilovchi asosiy qismlaridan biri -bu baholash

tizimidir.Komil Jolilov “Baholash – biron-bir domenning (bilim, ko‘nikma, malaka va
kompetensiyalar majmuyining) ta’lim oluvchilarda (test topshiruvchilarda) shakllanganlik darajasini
o‘lchash jarayoni” [1;10]desa, Oxford lug’ati baholash bu “talabalarni sinovdan o’tkazish va ularning
bilimi,qobiliyati va taraqqiyoti haqida hukm chiqarish jarayoni” deb ko’rsatadi.Bu fikrlar bilan


background image

211

kelishgan holda biz baholashni ta’lim jarayonining ma’lum bosqichida o‘quv maqsadlariga
erishganlik darajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida o‘lchash, natijalarini aniqlash va tahlil
qilishdan iborat jarayon deb hisoblaymiz, va bu jarayon bizga olingan bilimlar bo‘yicha
ma’lumotlarni tizimli yig‘ish, tahlil qilish va ulardan foydalanishga imkon beradi. Chunki, baholash
tizimi o‘qitish sohasida teskari a’loqa tizimi hisoblanib, ta’lim natijalarini bevosita kuzatish,
monitoring olib borish, ta’limda oqitish taktikasini tanlash va ta’lim oluvchilarda rivojlantirish
ta’moyilini shakillantirish imkoniyatini yaratadi.Baho,nafaqat o‘quvchilarning har biri nimalarni
bilishi, nimalarni tushunishi va nimalarga qodir ekanligi to‘g‘risida ma’lumot beradi balki ularning
natijalari jarayonning barcha ishtirokchilari jumladan o`quvchilar, ota-onalar, o‘qituvchilar uchun
ahamiyatli bo‘lib, o‘quv rejalarini va o‘qitish metodikasini yaxshilash maqsadida qo’llaniladi.

Baholash jarayoni o’zining belgilangan tartibi va qoydalarini to’liq saqlagan holda olib borishni

taqoza etadi. Mark Wilson va Kathleen Scalisefikrincha: “Samarali baholash usullari o'rganish
jarayonida kuchli rol o'ynashi mumkin, masalan, o'rtacha o’qiydigan o'quvchini sinfning birinchi
uchligiga ko’tarishi mumkin - lekin faqat ma'lum bir shartlar bajarilgan taqdirdagina.
Talabalarbajaradigan topshiriqlar ta'lim maqsadlariga mos kelishi yoki maqsadga muvofiq bo'lishi
kerak, va talabalar o'z natijalari bo'yicha mazmunli va o'z vaqtida fikr-mulohazalarini olishlari,
shuningdek, maqsadli ishlarni bajarishlari kerak.O'z ta'limini samarali tartibga solish uchun talabalar
uchta narsani tushunishlari kerak: (a) ular qanday baholanishi kerakligi, (b) ularning bilim darajalari
qaysi bosqichda turganligini va (c) ularni qanday yaxshilash mumkinligini”.[2;635]

Ko’rib turganimizdek, baholash ta’limda juda katta ahamiyatga ega, asosan o’quvchilar

o’rtasida o‘zlashtirilganlik to‘g‘risida ma’lumot olinadi, savol-javob jarayonida boshqa
o‘quvchilarga takrorlanish bo‘ladi, bilim, ko‘nikma va malakalar egallanadi hamda
mustahkamlanadi, mashg‘ulotning qaysi bo‘lagiga yaxshiroq e’tibor berish kerakligi ma’lum bo‘ladi,
o‘qituvchi o‘z kamchiliklarini anglaydi, o‘quvchi o‘zining nimalarga qodir ekanligini biladi, davlat
ta’lim standartlarining bajarilish darajasi aniqlanadi, ta’lim oluvchining o‘rtoqlari, ota-onasi uning
faoliyati xaqida ma’lumotga ega bo‘ladi.

Baholash mezonlariga ijtimoyi, iqtisodiy va zamon talablariga qarab o’zgartirishlar kiritish

kerak deb hisoblaydi olimlar.Atab aytadigan bo’lsak, Avstraliya olimlari Patrick Griffi va Esther
Care“An'anaviy baholash shakllari yigirma birinchi asrning ko'plab ko'nikmalarini, ayniqsa kognitiv
bo'lmagan deb hisoblanishi mumkin bo'lgan ko'nikmalarni tekshirish uchun mos kelmasligi
mumkinligi” [3;7] ta'kidlaydi. Biz ham bu fikr tarafdorimiz, chunki bugungi kunda biz
o’rganuvchilarimizning nafaqat bilim darajasini orttiramiz, balki ularning muloqatga tushish,
boshqalar bilan ishlash, ijodkorlik, tanqidiy fikrlash, jamoani boshqarish, muammolarni echish,
technologiyadan foydalanish va haqoza kabi ko’nikma va maqoratini ham rivojlantiramiz, va albatta
baholaymiz ham.

Mamlakatimizda ta’lim jarayonini samarali tashkil etish uchun baholash tizimiga yangi xalqaro

baholash dasturlarini kiritish boyicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, PIRLS,
TIMSS, PISA, TALIS va boshqalar. Bunday baholashga kiritilgan o’zgarishlar nafaqat
o’quvchilarning bilimini baholashda alternativ uslublaridan foydalanishga imkon yaratadi, balki
ta’limning yanada rivojlanishiga o’z hissasini qo’shadi deb hisoblaymiz.

ADABIYOTLAR:

1.Jolilov Komil. Baholash nazariyasi asoslari. Toshkent. “Akademnashr”, 2020, 10b.
2.Mark Wilson& Kathleen Scalise.Assessment to improve learning in higher education: The

BEAR Assessment System. University of California, Berkeley, USA. Higher Education (2006) 52:
Springer 2006 DOI 10.1007/s10734-004-7263-y.

3. Patrick Griffi and Esther Care “Assessment and Teaching of 21st Century Skills”,2015,5;7b.

Springer.



Библиографические ссылки

Jolilov Komil. Baholash nazariyasi asoslari. Toshkent. “Akademnashr”, 2020, 10b.

Mark Wilson& Kathleen Scalise.Assessment to improve learning in higher education: The BEAR Assessment System. University of California, Berkeley, USA. Higher Education (2006) 52: Springer 2006 DOI 10.1007/s10734-004-7263-y.

Patrick Griffi and Esther Care “Assessment and Teaching of 21st Century Skills”,2015,5;7b. Springer.