YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOT STRATEGIYASI DOIRASIDA FOND BOZORI SALMOG‘INI MAMLAKAT IQTISODIYOTIDA OSHIRISHDAGI DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNI TARTIBGA SOLISH MASALALARI

f
23-26
6
5
Поделиться
Mahkamova, G. (2023). YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOT STRATEGIYASI DOIRASIDA FOND BOZORI SALMOG‘INI MAMLAKAT IQTISODIYOTIDA OSHIRISHDAGI DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNI TARTIBGA SOLISH MASALALARI. Приоритетные направления, современные тенденции и перспективы развития финансового рынка, 23–26. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/financial-market-growth/article/view/18976
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ma’lumki, fond birjasi – investorlar qimmatli qog‘ozlarni, shu jumladan aksiyalarni, obligatsiyalarni, derivativlarni, fond indekslarini va boshqa moliyaviy vositalarni sotib olishlari va sotishlari mumkin bo‘lgan bozordir. Bu – moliyaviy bozorning eng kuchli komponentidir. Shuningdek, u iqtisodiyotning sog‘lig‘ining o‘lchovi va jahon iqtisodiy kuchining asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi.


background image

23

-

Ташаббусли бюджетлаштириш лойиҳаларини амалга ошириш учун маҳаллий

бюджетларга ҳисобланган солиқларни тақсимлашда солиқ тўловчиларнинг

иштирокини амалга ошириш тартиби солиқ органлари, маҳаллий ижориоя
органларнинг

ҳаракатлари

тартибини,

маҳаллий

ҳуддудларда

ташаббусли

бюджетлаштириш амалга ошириш тартиби каби таркибий қисмларни ўз ичига олиши

керак

АДАБИЁТЛАР:

1.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2021 йил 13 апрелдаги “Бюджет жараёнида

фуқароларнинг фаол иштирокини таъминлаш бўйича қўшимча чора

-

тадбирлари тўғрисида”ги

ПҚ

-5072-

сонли қарори.

https://lex.uz/ru/docs/3879197?otherlang=1

2.

Беленчук А.А., Вагин В.В., Шульга И.Е. Инициативное бюджетирование как инструмент

повышения эффективности бюджетных расходов. Финансы. 2017;(8):10

-21.

3.

Федосов В.А., Богатченко В.В.Финансовый механизм инициативного бюджетирования

в

Российской Федерации. Научно

-

исследовательский финансовый институт. Финансовый

журнал. 2019;(3):117

-127. DOI: 10.31107/2075-1990-2019-3-117-127

4.

Touchton M., Wampler B., Peixoto T. Of governance and revenue: Participatory institutions and

tax compliance in Brazil. World Bank Policy Research Working Paper. 2019;(8797). URL:

https://openknowledge.worldbank.org/bitstream/

handle/10986/31492/WPS

8797.pdf?sequence=4&isAllowed=y

5.

Н.

Расулов

“Ташаббусли

бюджет»нинг

имкониятлари

кўп,

аммо...”.

https://www.xabar.uz/jamiyat/tashabbusli-byudjetning-imkoniy

6.

Primova N. Trends in the Development of the Local Budget and the importance of Financial

Strategy in Our Country. EJBMR, European Journal of Business and Management Research. Vol. 5, No. 5,
October 2020. https://www.ejbmr.org/index.php/ejbmr/article/view/557/331

7.

Примова Н. Ташаббусли бюджет –

маҳаллий бюджет харажатларини режалаштириш

стратегияси сифатида. «Фуқароларнинг бюджет жараёнидаги иштироки: тажриба алмашиш

ва ривожланиш истиқболлари» мавзусида халқаро форум материаллари тўплами // и.ф.д.,
проф. Д.Х.Пулатов ва Махкамова Ш.Ю. таҳрири остида. –

Тошкент, 2022. –

201

б.

https://budget4me.ru/upload/medialibrary/cbe/cbe64df015c2758083148997a71350d6.pdf

8.

Rowe G., Frewer L.J. A typology of public engagement mechanisms. Science, Technology &

Human Values. 2005;30(2):251-290. DOI: 10.1177/0162243904271724

YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOT STRATEGIYASI DOIRASIDA FOND BOZORI

SALMOG‘INI MAMLAKAT IQTISODIYOTIDA OSHIRISHDAGI DOLZARB

MUAMMOLAR VA ULARNI TARTIBGA SOLISH MASALALARI

G.

G’

. Mahkamova -

Toshkent moliya instituti

Ma’lumki, fond birjasi –

investorlar qimmatli qog‘ozlarni, shu jumladan aksiyalarni,

obligatsiyalarni, derivativlarni, fond indekslarini va boshqa moliyaviy vositalarni sotib

olishlari va sotishlari mumkin bo‘lgan bozordir. Bu –

moliyaviy bozorning eng kuchli

komponentidir. Shunin

gdek, u iqtisodiyotning sog‘lig‘ining o‘lchovi va jahon iqtisodiy

kuchining asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi. Shu sababdan fond bozori faoliyatini

kengaytirish va uning o‘rnini mamlakat iqtisodiyotida oshirish davlatimizda dolzarb

masalalardan biri

bo‘lib qolmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi rivojlanayotgan mamlakat sifatida aynan jahon tajribasida

ijobiy baholangan fond bozorini rivojlantirish va iqtisodiyotning bir bo‘lagi hisoblangan

moliya bozori salmog‘ini oshirish maqsadida, 2022

-yil 28-yanvarda

gi O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining PF-60-

sonli “2022

-

2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi

O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘gʻrisida”gi Farmonining III bob 27

-maqsadi

doirasida, fond bozori salmog‘ini mamlakat iqtisodiyotida oshirish belgilangan bo‘lib, unga


background image

24

ko‘ra, kelgusi besh yilda fond bozori aylanmasini 200 million AQSH dollaridan 7 milliard

AQSH dollariga yetkazish reja qilingan

18

. Shunga ko‘ra, mamlakatimizda kapital harakatini

bosqichma-bosqich erkinlashtirish hamda yirik korxonalarni va ulardagi ulushlarni
(aksiyalarni), shu jumladan fond birjasi orqali xususiylashtirish va davlat ulushiga ega tijorat

banklarida transformatsiya jarayonlarini yakunlab, 2026-yil yakuniga qadar bank aktivlarida

xususiy sektor ulushini 60 foiz

gacha yetkazish rejalashtirilgan. Fikrimizcha, bu borada ilg’or

xorij tajribalarini milliy moliya bozorida qo’llash imkoniyatlarini tahlil qilish muhim

hisoblanadi

Bugungi kunda jahon mamlakatlarining qimmatli qog‘ozlar bozori holatini tadqiq

qiladigan bo‘

lsak, yer sharidagi eng yirik fond birjasi hisoblangan New York Stock Exchange

(NYSE)da 2022-

yilning yakunlariga ko‘ra birja kotirovkalash varag‘iga kiritilgan 2

600ga

yaqin aksiya emitentlarining umumiy bozor kapitallashuvi 39,00 trillion AQSH dollariga
yetgan. 2022-

yil davomida Birjaning kunlik (1H) o‘rtacha aylanmasi 38,8 million AQSH

dollarini tashkil etmoqda

19

. Bitimlar hajmi bu qadar yuqori bo‘lishi juda ko‘plab faktorlarga

bog‘liq bo‘lib, savdo platformalarida moliyaviy instrument turlari juda xilma

-xil. Bundan

tashqari, birja investitsion fondlari ham tashkil etilgan hamda birja indekslari savdolari aktiv

yo‘lga qo‘yilgan. Derivativ turlari ham ko‘p bo‘lib ularning salmoqli qismni opsionlar tashkil

qilmoqda. Shu bilan birga bugungi kunda islom moliyasi instrumentlari savdosi amalga

oshiriluvchi savdo maydonlari ham yaratilgan bo‘lib, investorlarning talablaridan kelib

chiqqan holda barcha sharoitlar joriy etilgan. Barcha savdolar uchun onlayn platformalar

jahon talablariga javob beradigan tarzda ishlab chiqilgan, bitimlar T+0, T+1 rejimida amalga
oshiriladi.

Qo‘shni davlatlar fond bozorlaridan Qozog‘izston Respublikasining Qozog‘iston fond

birjasi (KASE) ham bugungi kunda tez sur’atlarda rivojlanayotgan birjalardan biri hisoblanadi.

2022-yil yakunla

riga ko‘ra birjaning umumiy bozor kapitallashuvi 45,9 milliard AQSH

dollarini tashkil etgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilgi umumiy bozor kapitallashuviga

nisbatan 26,4%ga pasaygan. Shunday bo‘lishiga qaramasdan birja Markaziy Osiyodagi eng

yirik birja

maqomini saqlab qolmoqda. Sababi, KASE o‘zida valyuta va fond birjalarini

birlashtirgan bo‘lib, uning bitimlari soni va hajmi ko‘rsatkichlari oshib borishida ushbu omil

katta rol o‘ynaydi. Birjada aksiya, obligatsiyalar, davlat qimmatli qog‘ozlari, xorijiy

valyuta va

valyutaviy svoplar, hosilaviy qimmatli qog‘ozlar, KASE indeksi kabi moliyaviy instrumentlar

savdolari amalga oshiriladi. Ushbu instrumentlarning xilma-xilligi mamlakatning investitsion

jozibadorligini oshirib, fond bozori faoliyatini yanada o‘sishiga sabab bo‘lmoqda.

Jahon birjalari yoki qo‘shni davlatlarning fond birjalari bilan taqqoslaganda

O‘zbekistonning yagona fond birjasi hisoblangan “Toshkent” Respublika fond birjasi (keyingi

o‘rinlarda “Toshkent” RFB yoki Birja) u qadar keng ko‘lamdagi

moliyaviy instrumentlarni

investorlar uchun taklif qilmaydi. Birjaning faoliyati asosan aksiyalar va obligatsiyalar savdosi

hamda davlat tasarrufidagi korxonalarni xususiylashtirish uchun kelishilgan auksion savdo

platformalari taklifidan iborat hisoblanadi. Taraqqiyot strategiyasida ham fond bozori
aylanmasini yangi instrumentlarni bozorga olib kirish bilan emas, balki davlat korxonalarini

jadal xususiylashtirish yo‘li bilan oshirish maqsad qilib qo‘yilgan. Shuni ham ta’kidlash joizki,
qimmatli qog‘ozlar

savdolarini amalga oshirish uchun sharoit yaratib beruvchi tashkilot

sifatida, fond birjada davlat qimmatli qog‘ozlari savdolarini ham amalga oshirilishi maqsadga

muvofiq bo’lar edi.

Shunday bo’lsada, “Toshkent” RFBning savdo aylanmalari statistikasiga na

zar soladigan

bo‘lsak, yildan

-

yilga ushbu ko‘rsatkich natijalari oshib borayotganini ko‘rish mumkin (1

-

rasm).

18

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022

-yil 28-yanvardagi PF-60-

sonli “2022

-

2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi

O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘gʻrisida”gi Farmoni

19

www.nyse.com

Nyu York fond birjasi rasmiy veb-

sayti ma’lumotlari.


background image

25

Ma’lumotlarga ko’ra, 1994

-

yildan buyon faoliyat ko‘rsatayotgan “Toshkent” RFB

aylanmasi oxirgi besh yil davomida sezilarli darajada oshib, 2022 yi

l yakunlari bo‘yicha 114 ta

emitentning 36,15 mlrd dona qimmatli qog‘ozlari bilan jami 4,82 trillion so‘mlik (429,25

million AQSH dollari miqdorida) 80 723 ta bitim tuzilgan. 2022 yilda tuzilgan bitimlar soni va

hajmi o‘tgan yillar ma’lumotlariga nisbatan

mos ravishda quyidagicha oshgan:

- 2018 yil - +487,08% va +600,74%;
- 2019 yil - +145,99% va +997,54%;

- 2020 yil - +123,85% va +733,04%;

- 2021 yil - +12,92% va +282,08%.

1-

rasm. “Toshkent” RFBning yillar bo‘yicha bitimlar soni va bitimlar hajmi

20

2022 yilda barcha savdo maydonlarida amalga oshirilgan oʻrtacha kunlik bitimlar soni

327 tani, oʻrtacha kunlik bitimlar hajmi –

19,50 mlrd soʻmni (1,73 million AQSH dollari),

sotilgan qimmatli qogʻozlarning oʻrtacha kunlik soni –

146,38 mln donani tashkil etdi. Birja

kotirovkalash varag‘idagi 107ta emitentning umumiy bozor kapitallashuvi hajmi 8,41 milliard

AQSH dollarni qayd etdi. Bu ko‘rsatkich yuqorida keltirilgan birjalarning bozor
kapitallashuvidan bir necha barobar kichik bo‘lib, O‘zbekiston YaIM hajm

ining 10,6%ni

tashkil etmoqda.

Ushbu ko‘rsatkichlardan shuni xulosa qilib aytish mumkinki, mamlakatimiz fond bozori

holati barqaror, ammo, sekinlik bilan rivojlanmoqda. Jahon moliya bozorida juda ko‘plab

moliyaviy instrument turlari paydo bo‘lib, ular bil

an aktiv savdolar olib borilayotgan bir

paytda, mamlakatimizda hanuzgacha xususiylashtirish bilan bog‘liq muammolar to‘liq

yechimini topa olamayapti. Xattoki, eng risk darajasi past hisoblangan davlat qimmatli

qog‘ozlari savdosi ham fond bozorlarida emas,

valyuta birjasida amalga oshirilmoqda.

Birja rivojlanishida yana bir to‘siq sifatida xorijiy valyutada birja savdolarini amalga

oshirish imkoniyatining mavjud emasligi deb e’tirof etish mumkin. Sababi, xorijiy investor

“Toshkent” RFBda mavjud qimmatli qog‘ozlarni faqatgina o‘zbek so‘mida xarid qilishi, savdo

platformalarida boshqa valyutada savdolar amalga oshirish uchun yetarlicha imkoniyat
berilmayotganligi, investitsion jozibadorlikni susayishiga olib kelmoqda.

Xorijiy fond birjalari faoliyatini o‘rgani

shlarimiz natijasida, shuni aniq xulosa qila

olamizki, mamlakatimizda ham valyuta va fond birjalarining birlashuvi qimmatli qog‘ozlar

bozori ulushining oshishida ulkan tashlangan qadam bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Sababi, bu

20

“Toshkent” Respublika fond birjasi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi

0.00

500.00

1,000.00

1,500.00

2,000.00

2,500.00

3,000.00

3,500.00

4,000.00

4,500.00

5,000.00

0

10,000

20,000

30,000

40,000

50,000

60,000

70,000

80,000

90,000

M

il

li

ar

d

Bitimlar hajmi

Bitimlar soni


background image

26

orqali birjada xorijiy valyuta

larda qimmatli qog‘ozlar savdosini yo‘lga qo‘yish, davlat qimmatli

qog‘ozlar savdosini amalga oshirish hamda xorijiy kompaniyalar orasida “Toshkent” RFBda

listingdan o‘tishga qiziqish uyg‘otish kabi o‘zgarishlarga zamin yaratiladi. Shu bilan birga,

aholi orasida birjaviy, moliyaviy instrumentlar turlari, ularga investitsiyalar kiritish va

daromad olish kabi bilimlarni aholi savodxonligini oshirish bo’yicha dasturlarga kiritish

ishlari keng ko‘lamda amalga oshirilishi, fond bozorida yangi instrumentlarga bo‘

lgan talabni

oshirishda xizmat qilishi bilan birga fond birjasida yangi savdo platformalarini yaratishga

turtki bo‘la oladi. Ushbu masalalar yuzasidan, fond birjasi ko‘plab mutaxassislar bilan

muzokarlar olib borishi maqsadga muvofiqdir. Fikrimizcha, kelti

rilgan jihatlar O‘zbekiston

Respublikasida kapital bozori rivojlanishini yangi darajaga ko‘tarib, aholi orasida ushbu

bozorga qiziquvchi investorlar sonini yanada orttirishiga hizmat qiladi.

ADABIYOTLAR:

1.

O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-

sonli “2022

-2026

yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘gʻrisida”gi Farmoni;

2.

Gabriele M. Lepori “Aksionerlar va fond bozori dinamikasi orasida o‘tkir kasallik belgilari: Nyu

-

York

shahridan olingan dalillar”. Empircal Finance jurnali, 2023 yil, 165

-181-betlar;

3.

A.E. Mambetkaziyev, G.A. Konopyanova, J.Ye. Baykenov “Zamonaviy iqtisodiyot rivojlanish

tendensiyalari sharoitida Qozog‘iston Respublikasi aholisining investitsion faoliyati”

. Central asian

economic review jurnali, 2022 yil;

4.

www.stat.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi rasmiy veb

-

sayti;

5.

www.uzse.uz

“Toshkent” Respublika fond birjasi rasmiy veb

-sayti

6.

www.nyse.com

Nyu York fond birjasi rasmiy veb-sayti;

7.

www.kase.kz

Qozog‘iston fond birjasi rasmiy veb

-sayti.

QIMMATLI QOG’OZLAR BOZORIDA INVESTOR PORTFELINI MATEMATIK

MODELLASHTIRISH

E.O. Aliqulov -

O’zbekiston Milliy universiteti, dotsent

Sh.U. Madreymova -

O’zbekiston Milliy universiteti

Mamlakatmizda ayni paytda nomli aksiyadorlik jamiyatlari mavjud shu bilan birga

qimmatli qog

ozlar bozori ham rivojlanib bormoqda.

Har bir investor qimmatli qog’ozlar

orasidan o’zining fikriga ko’ra daromad keltirishi mumkin bo’lgan variantlarni tanlaydi.
Ushbu tanlov xavf normasini aniqlash muddati, mablag’lar miqdori, maqbul investitsiyalar va

kerakli daromadga asoslanadi.

Hozirgi vaqtda qimmatli qog’ozlarning investitsiya jalb qilishning tahlil qilishning turli

yondashuvlari va usullari mavjud. Shu kabi tahliliy usullar va matematik modellar qurish,

koeffitsentlardan foydalanish nazariyasi investorlar uchun investitsiyalarning xavfliligini
oldindan belgilash haqidagi savolga aniq javob bermaydi lekin fond bozoridagi ayrim xatti

harakatlarning tendentsiyalarini yetarlicha ob’yektiv baholashga imkon beradi. Ko’pincha bu

amaliyotlar qimmatli qog’ozlar bozori amaliyotiga zid keladi.

O’zbekistonda, boshqa mamlakatlarda bo’lgani kabi, turli emitentlarning moliyaviy

vositalarini

tavsiflovchi tahliliy agentliklar mavjud, ammo O’zbekistonda investitsiya

qarorlarini qabul qilish uchun muhim bo’lgan koeffitsentlar amalda hali talab qilinmagan.
Ob’yektiv ko’rsatkichlarni olish uchun U.Sharpning korporativ qimmatli qog’ozlarni fond

birj

alarida kotirovkalarini vaqtli qatorlar asosida hisoblash g’oyasini amalga oshirish kerak.

Sharp koeffitsenti xavf birligiga to’g’ri keladigan daromadni aniqrog’i o’zgaruvchanlikni
risksiz stavkadan yuqori o’lchaydi. Shu bilan birga yetarli miqdordagi akti

vlarni sotib olgan

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘gʻrisida”gi Farmoni;

Gabriele M. Lepori “Aksionerlar va fond bozori dinamikasi orasida o‘tkir kasallik belgilari: NyuYork shahridan olingan dalillar”. Empircal Finance jurnali, 2023 yil, 165-181-betlar;

A.E. Mambetkaziyev, G.A. Konopyanova, J.Ye. Baykenov “Zamonaviy iqtisodiyot rivojlanish tendensiyalari sharoitida Qozog‘iston Respublikasi aholisining investitsion faoliyati”. Central asian economic review jurnali, 2022 yil;

www.stat.uz – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi rasmiy vebsayti;

www.uzse.uz – “Toshkent” Respublika fond birjasi rasmiy veb-sayti

www.nyse.com – Nyu York fond birjasi rasmiy veb-sayti;

www.kase.kz – Qozog‘iston fond birjasi rasmiy veb-sayti.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов